logo

Tilshunoslikda tovush, fonema va harf tushunchalari haqida. (ingliz va ozbek tillari misollarida)

Yuklangan vaqt:

23.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

94.3134765625 KB
 MAVZU: TILSHUNOSLIKDA TOVUSH, FONEMA VA HARF TUSHUNCHALARI HAQIDA. (INGLIZ VA OZBEK TILLARI MISOLLARIDA) W W W .ARXIV.UZ REJA  Fonetika va fonologiya  Ingliz tili konsonantlar sistemasi  O’zbek tili konsonantlar sistemasi W W W .ARXIV.UZ  Fonetika atamasi grekcha phone – tovush so’zidan olingan bo’lib, tilshunoslikning alohida sohasini bildiradi va tildagi tovushlar xususiyatini o’rganadi. [ Djusupov, 1991, 85-b]  Fonetika keng ma’noda nutq tovushlarini hosil qilishda ishtirok etadigan nutq a’zolarining tuzilishi, fonetik birliklarning o’ziga xos xususiyatlari va tovush o’zgarishi hodisalarini tadqiq etadi. Fonetik birliklarga nutq tovushlari, bo’g’in, fonetik so’z, takt, fraza, o’rg’u, ohang kabilar kiradi. SHuni ta’kidlash lozimki, fonetika, tabiatdagi har qanday tovushlarni emas, balki inson nutq apparatida hosil bo’luvchi, ijtimoiy qiymatga ega bo’lgan tovushlarini o’rganadi. Tabiatdagi boshqa tovushlarni esa fizika fanining akustika bo’limi tekshiradi. [ Irisqulov, 1992, 22-b]  Fonetikaning maqsadi fonetik birliklarning akustik, anatomik-fiziologik va funksional xususiyatlarini o’rganish va ularning til mexanizmidagi rolini aniqlashdan iborat. [ Abduazizov, 1986, 8-b]W W W .ARXIV.UZ  Fonetika tovushlarning eshitilishini o’rganishda akustikaga, talaffuz qilinishi, aytilishi, hosil bo’lish tomonlarini o’rganishda fiziologiyaga tayanadi.  Fonetikaning bo’g’in, o’rg’u bilan shug’ullanuvchi tarmoqlari badiiy adabiyot va she’riyat bilan ham aloqador.  Fonetikani o’rganish orfografiya (to’g’ri yozish), orfoepiya (adabiy talaffuz qilish) me’yorlarini yaxshi o’zlashtirib olishga, adabiy talaffuz bilan shevalar o’rtasidagi farqni aniqlashga, o’quvchilarining nutqini to’g’ri shakllantirishga katta yordam beradi.[ Azizov, 1996, b. 27]  XX asrning ikkinchi yarmida tilshunoslikda tilning og’zaki tamonini o’rganishda yangi soha yuzaga keldi.  Fonetikada nutq tovushlari turli jihatdan o’rganiladi. SHunga asosan uning quyidagi bo’limlari mavjud:  1) Umumiy fonetika – fonetikaning barcha tillarga xos umumnazariy masalalari haqida ma’lumot beradi.  2) Tavsifiy fonetika – muayyan tilning fonetik tizimini statik (o’zgarmas) holatda (til taraqqiyotining oldingi bosqichida yuz bergan hodisalar bilan bog’lanmagan holda) o’rganadi.  3) Tarixiy fonetika – biror tilning tovush tizimini diaxron jihatda va dinamik holatda (tilning tarixiy taraqqiyoti bilan bog’lab) o’rganadi va shu asosda tilning tovushlar tizimida yuz bergan tarixiy o’zgarishlarni aniqlaydi.  4) Qiyosiy fonetika – qardosh yoki noqardosh tillarning tovush tizimlarini qiyoslab o’rganadi. [Abduazizov,1986, 8-b ]W W W .ARXIV.UZ  Inson nutqi makon va zamonda ketma-ket paydo bo’ladigan kichik va katta birliklardan tashkil topadi. Tilda uch asosiy qatlam – fonetika, leksika, grammatika farqlanib, ularning har biri o’z oldiga qo’ygan vazifasiga ko’ra nutqni tarkibiy qismlarga ajratadi. Nutqning eng kichik bo’linmas birligi tovush bo’lib, tildagi so’zlar, iboralar va umuman nutq tovushlar orqali shakllanadi. Nutq tovushlari nutqning bu birliklari uchun ifoda materiali bo’lib xizmat qiladi. Nutq tovushlarining quyidagi o’ziga xos uch jihati mavjud:  Ular nutq azolari vositasida hosil qilinadi;  Nutq tovushlari eshituv apparati yordamida qabul qilinadi;  Ular ijtimoiy ahamiyatga ega;  Demak, nutq tovushlarini talaffuz etmay, shuningdek, eshitmay turib tevarak olamdagi narsa-hodisalar haqida muayyan tushunchalarga ega bo’lish mumkin emas. Zero, real predmetlar tovush yoki tovushlar shaklida inson ongida qayta gavdalanadi. Muhimi tovushlarning ketma- ketligi, o’ziga xos ma’no zanjiri vositasida eshituvchiga axborot yetkaziladi. Insonlar nutq tovushlari yordamida fikr berib, fikr oladilar. Aynan shu xususiyatiga ko’ra nutq tovushlari tabiatdagi jonsiz jismlar va hayvonlarning tovushidan farq qiladi. Umuman, inson tili tovush tili bo’lib, ularning ishtirokisiz hech qanday nutq va muloqot amalga oshmaydi. W W W .ARXIV.UZ  Tilning tovush tizimi murakkab hodisa bo’lib, fonetik va fonologik tomondan quyidagi 4jihatga yani:  fizik – akustik ,  anatomik – fiziologik ,  perseptiv (eshitib – xis etish) va  lingvistik – funksional jihatlarda o’rganadi. [Abduazizov,1986, 12-b]  Fizik hodisa sifatida tabiiy tovushning qanday akustik belgilari mavjud bo’lsa, nutq tovushlarining akustik xususiyatlari ham ana shulardan iborat, ya’ni nutq tovushlarining akustik xususiyatlari tovushning kuchi, balandligi, tembri, cho’ziq-qisqaligi bilan izohlanadi.  Tovushlarni hosil qilishga qatnashuvchi nutq a’zolari va ularning ishtiroki, harakat- holatini o’rganish anatomik-fiziologik jihatning tadqiqot doirasiga kiradi. Buyuk rus tilshunosi Bodeun de Kurtene uni “antropofoniks” deb atagan. Uning ma’nosi nutq tovushlarini antropologik o’rganishdir. Akustik jihat nutq tovushlarining talaffuzi insonning biologik, fiziologik va aqliy faoliyati bilan bog’liqdir. [Aduazizov, 1986, 12-b]  Fonetik birliklarning eshitish a’zolariga ta’sirini his etish orqali so’zning ma’nosini yoxud nutq va gap mazmunini idrok etish qonuniyatlarini perseptiv jihat o’rganadi.  Lingvistik – funksional aspektda fonetik birliklarning ijtimoiy vazifa bajarishi ya’ni ma’no farqlash xususiyati e’tiborga olinadi. Tilshunoslikda bu jihat fonologiya deb ataladi.  XIX asr oxirlarda nutq tovushlarini tadqiq etishda ularning 2 xil ko’rinishi – til va nutq tovushlarini farqi o’rganila boshlandi. Til tovushlari haqidagi ilk g’oyalar rus va polyak tilshunosi I.A.Boduen de Kurtene tomonidan ilgari surildi va shogirdi N. B. Krushevskiy bilan birga o’z tadqiqotlarida til tovushlarini ilk bor fonema deb nomladi.W W W .ARXIV.UZ  Fonema – tildagi ma’nodor birliklar bo’lmish so’z va morfemalarni shakllantiruvchi va ularni farqlash uchun xizmat qiluvchi tilning eng kichik, o’zi mustaqil ma’noga ega bo’lmagan (bir planli) birligidir. Masalan, ingliz tilida: bar, bass, bag, run, gun, gum, ship, chip, lip so’zlarida |r|, |ss|, |g|, |n|, |m|, |sh|, |ch|, |l| fonemalariga ko’ra ma’no farqlangan. Bu turdagi undosh tovushlar va ularning yozuvda harflar bilan ifodalanishini qiyoslashda turli o’xshashlik va farqlarni ko’rish mumkin.  Ingliz tilida 26ta harf va 44ta tovush mavjud. Shulardan 20tasi unli tovush, 24tasi undosh tovushlardir. Undosh tovushlarga quyidagilar kiradi:  [b], bed- kravat, [d], do-bajarmoq, [f ], safe-xafsiz [g] good-yaxshi, [h], hat-qalpoq, [ j], you-siz, [k], cat-mushik, [l], allow-ruxsat bermoq, [m], me-menga [n], no-yo’q, [p], put- qo’ymoq, [r], run-yugirmoq, [s], soon-tez, [t], talk-suhbat [v], very-juda [w], win-g’olib, [z], zoo-zo’park [∫], ship-kema, [ ], measure-o’lchamoq, [ ], sing-kuylamoq, [ ], cheap-ʒ ƞ ʧ arzon, [θ], thin-nozik, [ð], then-o’sha vaqtda, [ ] June-iyun. [ Irisqulov, 2007, b. 7] ʤ  O’zbek tilida 29ta harf bo’lib shundan 6tasi unli 23ta undosh va 1ta tu’tuq belgisi mavjud. O’zbek tilida ham harf va tovushlar soni bir xil emasdir. O’zbek tilda undoshlar qatoriga [b], [d], [z], [g], [v], [g]’,[ j], [y], [m], [n], [ng], [l], [r], [p], [t], [s], [f ], [k], [ch], [sh], [q], [h], [x] tovushlari kiradi.  Masalan: Bola-boy, donolik-wisdom, ziyrak-sharp,  Kitob- book, maqsad- aim, pishloq-cheese  Mazkur tillarda undosh tovushlar jarangli va jarangsizlarga ajraladi.  Ingliz tilidagi jarangsiz tovushlar : [p], [t], [k], [ ], [f ], [s], [h], [θ], [∫] xisoblansa, ʧ  o’zbek tilida eas quyidagi jarangsiz tovushlar mavjud:[p], [t], [s], [f ], [k], [x], [ch], [sh], [q], [h]. W W W .ARXIV.UZ  Masalan. Put [put] qo’ymoq, feeling [fi:li ] hissiyotƞ  Talk [t :k] suxbatlashmoq, chip [ ip] parcha, ↄ ʧ  Ship [∫ip] kema, thunder [θ nd (r)] ʌ ǝ chaqmoq  Ingliz tilida jarangli: [b], [d], [g], [ ], [v], [ ], [z], [ð], [m], [n], [ ], [w], [l], ʤ ƞ ʒ [r], [ j] tovushlar bo’lsa,  o’zbek tilida jaranglilarga [b], [d], [z], [g], [v], [g’], [ j], [g’], [m], [n], [ng], [y], [l], [r] tovushlari kiradi. [ Irisqulov, 2007, b. 21]  Bu tovushlar quyidagi misollarda uchraydi:  Bog [b g] batqoqlik, glass [glαs] shisha, ɒ  Dispute [díspju:t] janjal monkey [m ki] maymun. ʌƞ  Ingliz va o’zbek yozuvlarida, ba’zi bir undoshlarning turli xil harflar orqali ifodalanishini uchratish mumkin, masalan; ingliz undoshlari [θ], [ð], [w] o’zbek tilida mavjud emas, [kh], [g’], [q] undoshlari esa o’zbek tiliga mansub bo’lib, ular ingliz tilida yo’q. O’zbek tilida [t], [d] tovushlari til oldi undoshlari, ingliz tilida [t], [d] til o’rta undoshlari hisoblanadi. O’zbek tilidagi s, z, sh, j tovushlarining ingliz tilidagi vazifadoshi [s, z, ∫, ] dir. ʒ O’zbek tilida s, z dorsal, sh, j til oldi undoshlari, ingliz tilida [s, z] apical, [∫, ] til oldi undoshlaridir ʒ W W W .ARXIV.UZ  Masalan. Put [put] qo’ymoq, feeling [fi:li ] hissiyotƞ  Talk [t :k] suxbatlashmoq, chip [ ip] parcha, ↄ ʧ  Ship [∫ip] kema, thunder [θ nd (r)] chaqmoq ʌ ǝ  Ingliz tilida jarangli: [b], [d], [g], [ ], [v], [ ], [z], [ð], [m], [n], [ ], [w], [l], ʤ ƞ ʒ [r], [ j] tovushlar bo’lsa,  o’zbek tilida jaranglilarga [b], [d], [z], [g], [v], [g’], [ j], [g’], [m], [n], [ng], [y], [l], [r] tovushlari kiradi. [ Irisqulov, 2007, b. 21]  Bu tovushlar quyidagi misollarda uchraydi:  Bog [b g] batqoqlik, glass [glαs] shisha, ɒ  Dispute [díspju:t] janjal monkey [m ki] maymun. ʌƞ  Ingliz va o’zbek yozuvlarida, ba’zi bir undoshlarning turli xil harflar orqali ifodalanishini uchratish mumkin, masalan; ingliz undoshlari [θ], [ð], [w] o’zbek tilida mavjud emas, [kh], [g’], [q] undoshlari esa o’zbek tiliga mansub bo’lib, ular ingliz tilida yo’q. O’zbek tilida [t], [d] tovushlari til oldi undoshlari, ingliz tilida [t], [d] til o’rta undoshlari hisoblanadi. O’zbek tilidagi s, z, sh, j tovushlarining ingliz tilidagi vazifadoshi [s, z, ∫, ] dir. ʒ O’zbek tilida s, z dorsal, sh, j til oldi undoshlari, ingliz tilida [s, z] apical, [∫, ] til oldi undoshlaridir ʒ W W W .ARXIV.UZ