logo

Xiva xonligida bunyod etilgan me’moriy yodgorliklaridagi naqshlar va tasvirlarning nafisligi va o’ziga xosligi

Yuklangan vaqt:

17.12.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

2170.3984375 KB
Xiva xonligida bunyod etilgan me’moriy yodgorliklaridagi naqshlar va tasvirlarning nafisligi va o’ziga xosligi Reja: 1. Xiva xonligi davrida ijtimoiy- iqtisodiy hayot 2. Xiva xonligi davrida bunyodkorlik ishlari 3. Naqsh va tasvirlarning oʻziga xosligi Xiva xonligi (yoki Xorazm xonligiI) – oʻzbek davlatchiligi tarixi bosqichlaridagi Oʻrta Osiyoda mavjud boʻlgan uchta oʻzbek xonliklaridan biri (1512 —1920 yillarda). Poytaxti – Vazir, Koʻhna Urganch, XVI asrning 70- yillaridan boshlab – Xiva shahri . Elbarsxon (1511—16) bilan birga Dashti Qipchoqdan Xorazmg a kelgan qabilalar oʻtroqlashganlar. Uning davrida xorazmlikla r Turkmanistonning janubiy qismi, Eron shimolidagi Saraxs, O rol va Mangʻishloqni egallashgan. Yangi yerlarni Elbarsxon oʻ gʻillari va ukasi, qarindoshlariga boʻlib berishi natijasida may da hokimliklar paydo boʻlgan. Elbarsxon vafotidan keyin uzluk siz oʻzaro nizolar sababli xonlar tez-tez almashib turgan. 16-a srda Xiva xonligini Sulton Hojixon (1516), Husaynqulixon (151 6), Soʻfiyonxon (1516—22), Bujaqaxon (1522—26), Avaneshxo n (1526—38), Alixon (1538—47), Akatoyxon (1547—56), Yunus xon (1556—57), Doʻstxon (1557—58), Hoji Muhammadxon (15 59—1602) lar boshqarganlar. Bu davrda xalq, Elbarsxon avlodl ari oʻrtasidagi oʻzaro qirgʻinlaridan tashqari Buxoro va Xiva x onligi oʻrtasida urushlar azobini ham tortishga majbur boʻlga n. Buxoroliklar Ubaydullaxon va Abdullaxon II hukmronlik dav rlarida (1537—38; 1593; 1595—98) Xorazmga hujumlar qilib, qisqa vaqt Xiva xonligini Buxoroga boʻysundirganlar. Bu urus hlar va 16-asrning 70-yillarida Amudaryo oʻzanining oʻzgarib, Kaspiy dengiziga oqmay qoʻyganligi ham Xorazm iqtisodiyotig a salbiy taʼsir koʻrsatgan hisoblanadi. Xorazmning vorisi va oxirgi xoni Asfandiyorxon 16—19-asrlar davomida Xiva xonli gi hududlari doimo oʻzgarib turgan . Dastlab xonlik hududi Xorazm vo hasidagina joylashgan boʻlsa, keyi nchalik uning chegarasi janubda E ron va Marvgacha, shimolda Ural d aryosigacha boʻlgan yerlarga choʻ zilgan, sharqda Buxoro amirligi, gʻ arbda esa Kaspiy dengizi qirgʻoqla rigacha yetgan. Ruslar bosqinidan keyin Amudaryoning chap qirgʻogʻ ida 62237,2 km² yer maydoniga eg a kichik vassal davlatga aylanib qo lgan. Aholisining soni ham doimo oʻzgarib turgan. Oʻrtacha 1 mln. ki shi atrofida aholi yashagan. Uning koʻpchiligini oʻzbeklar, turkmanlar, qoraqalpoqlar, kam sonli forslar, ar ablar, ruslar va boshqalar tashkil q ilgan. Hozirgi Xiva shahrida saqlanib qolgan qad. meʼmorlik inshootlari, asosan, xonliklar davrida qurilgan. Bularga Anushaxon hammomi, Shergʻozixon madrasasi, Muhammad Aminxon madrasasi, Koʻhna Ark, Toshxovli, Karvonsaroy, Islomxoʻja minorasi, Qalʼa devori, Nurillaboy saroyi va boshqa kiradi.  Ichan qalʼa "Muhammad Amin Xon Madrasasi" Muhammad Aminxon madrasasi – Xivadagi meʼmoriy yodgorlik (1852—55). Muhammad Aminxon qurdirgan. Ichan qalʼaning gʻarbiy qismida joylashgan. 1852—1855-yillarda oʻzbek hukmdori Muhammad Aminxon mablagʻi va farmoni bilan barpo etilgan. Muhammad Aminxon madrasasi boshqa Xiva madrasalariga nisbatan eng katta va koshinli qoplamaga ega. Madrasa ikki qavatli. Birinchi qavatidagi hujral ar dahlizli, ikkinchi qavatdagilar ayvonli. Bu u slub Xiva madrasalari meʼmorligida ilk bor shu binoda qoʻllangan. Ayvonlarning qurilishi sodd a, hovlining umumiy meʼmorligiga moye. Ikki qavatli ayvonlardagi qanoslar va qarama-qars hi qoʻyilgan peshtoqlar sirkor parchinlar bilan naqshlangan. Hujralar tomi balxi gumbaz bila n berkitilgan. Sharqiy qanotidagi masjid va gʻ arbiy qanotidagi darsxonaning gumbazlari bur chaklaridan chiqarilgan toqili qiya sathbagʻalg a qoʻyilgan. Peshtoqining 6 qirrali kurkam rav ogʻi ham sirkor parchinlar bilan bezatilgan. Ma sjidning baland gumbazi peshtokidan ancha y uqori koʻtarilib turadi. Madrasaning baland va bezakdor peshtoqi oʻziga xos mayda ravoqcha larga boʻlingan, burchaklaridagi mezanali guld astalar binoga salobat va goʻzallik bagʻishlayd i. Binoda Xiva meʼmorlik maktabiga xos uslubl arning eng yaxshi namunalari qoʻllangan. Bos h tarzidagi miyonsaroy 2 oshyonli, 5 gumbazli boʻgʻimlarga ajratilgan. Yogʻoch oʻymakorligid a ishlangan eshik va panjaralar noyob sanʼat a sari hisoblanadi. Umumiy tarhi – 77×60,0 m; h ovli 38,0×38,0 m; masjid 9,4×8,4 m; darsxona 5,6×5,6 m. Madrasa taʼmirlanib, mehmonxona uchun moslashtirilgan, oʻtmishda yirik oʻquv d argohi va shahar devonxonasi boʻlgan. Madra sa kichik yogʻoch koʻprik orqali Kalta Minor bil an bogʻlangan Madrasaning ichki koʻrinishi Olloqulixon (1825-1842) davrida Xiva uzunligi 6 kilometr boʻlgan devor bilan oʻralgan. Xivaning hozirgi meʼmoriy qiyofasining asosi 18-asr oxiridan 20- asrgacha shakllangan. Xiva meʼmoriy ansambli oʻzining yaxlitligi bilan ajralib turadi. Uning ichida dastlab Ichan qal’a qurilgan boʻlib, unda xon saroyi, xon oilasi uchun turar joy, maqbara, madrasa va masjidlar joylashgan. Ichan qal’aning umumiy maydoni 26 gektar, devorining uzunligi 2200 metrni tashkil qiladi[2]. U ikki koʻchadan oʻtgan, shaharga toʻrtta darvoza orqali kiriladi. Hunarmandlar va savdogarlar yashaydigan qism Dishan Qalʼa deb nomlangan. U yerda doʻkonlar va savdo maydonchalari bor. Dishan Qal’aning uzunligi 6250 metr, 10 ta darvozasi bor Xivaning saqlanib qolgan yodgorliklaridan biri Said A llauddin maqbarasi XIV asrda qurilgan. Boshqa meʼ moriy yodgorliklar – sobor masjidi, Oq masjid, Uch-a vliyo maqbarasi, Shergʻozixon maqbaralari, Olloqulix on karvonsaroyi, Qutlugʻmurod inoq madrasasi, Muh ammad Amin inoq madrasasi, 163 xonadan iborat To shhovli saroyi (Olloqulixon davrida qurilgan)[3]. Ular xivalik quruvchilar, tosh yoʻnuvchilar, yogʻoch ustala rining mahoratidan dalolat beradi. Bu jihatdan Xiva shahri xonlikning faxri edi. Yangi Urganch 17-asrda Abulgʻozixon davrida qurilg an. Shundan keyin qadimiy Urganch Koʻhna Urganch deb atala boshlagan. Unda 12—14-asrlarga oid Faxri ddin-Roziy maqbarasi, Sulton Takash maqbarasi, Naj middin Kubro, minora va karvonsaroy qoldiqlari joyl ashgan. Yangi Urganch hozirgi Xorazm viloyatining markazi. Bugungi kunda Ko‘hna Xiv a shahrini bu me'moriy yod gorlik obidasiz tasavvur eti sh qiyin. Kalta minor shah ar ramziy belgisi sifatida t an olingan. Uning o‘lchami va noyob bezaklari har bir shaxsni hayratga solmasda n qo‘ymaydi. Minora poyde vori 15 metr chuqurlikda, uning diametr asosi 14,5 m etrni, balandligi 29 metrni tashkil topadi. Minora hozirgi paytda kesi k konus shaklida bo‘lib hoz irni o‘zida ham haybatli ko ‘rinishga ega. Dinamik qis qarishiga qarab xulosa qili nadigan bo‘lsa, bitganidan so‘ng uning balandligi 100 metrga yaqin bo‘lib O‘rta Osiyoda eng katta va bala nd minora bo‘lishi mumkin edi. Minorada asosan geometrik naqshlar (gireh) ko‘p qo‘llanilgan minoraga ikkinchi qavatdan ko‘tarilish mumkin, ya'ni minoraga yog‘och zinapoya orqali c hiqiladi. Minora 1853 yilda Muhammad Aminxon t omonidan qurila boshlangan va 1855 yil Shimoliy Eronga yurish paytida xonning o‘ldirilishi va Abdull axonning taxtga o‘tirishi bilan qurilish ishlari to‘xt ab qolgan. Lekin uning balandligi yana 70 metrga qad rostlas hi kerak edi. Ba'zi bir manbalarda 110 metrga yet kazilishi qayd etilgan. Me'mor rejasiga ko‘ra, faqat kengligini mustahkamlab, balandligi kuchli toraytir ilgan. Ammo bu minoraning qurilishi oxiriga yetka zilmagan u xuddi bahaybat sirli bochkaga o‘xshab qolgan. Shunga ko‘ra unga "Kalta minora" deb no m berilgan. Pahlavon Mahmud majmuasi, Pahlavon Mahmud maqbarasi, Polvon ota maqbarasi – Xivadagi meʼmoriy yodgorlik (1810— 1913). Maqbara majmuasining umumiy hajmi 50x30 m boʻlib, dastlab Pahlavon Mahmud qabri ustiga 1664-yilda moʻjaz sinchkori imorat qurilgan. Pahlavon Mahmud (1247—1326) maqbarasi azaldan oʻzbeklar, turkmanlar, qoraqalpoqlar va boshqa xalqlar vakillari ziyorat qilgan va ziyorat qiladigan muqaddas maskan hisoblanib kelgan. Bu majmua Xivada „Hazrati Pahlavon Pir“ nomi bilan ham mashhurdir Majmuaga jan. tomondagi darvozaxona orq ali kiriladi, ichkari sahniga gʻisht terilgan. C hetida quduq, kichik hovli qarshisida pesh-t okli honakohmaqbara, oʻngda ayvon, soʻlda supa va qorixona joylashgan. Xonakoh pesh togʻidagi gʻishtlar orasida sirkor bandlar bo gʻlangan, ikki chekkasidagi guldasta morpe ch shaklida. Gumbazning naqshin bezaklari, asosan, moviy rang sirli sopollardan terilga n. Bino ichkarisi nafis bezatilgan. Uning izor asidan tortib gumbazli qubbasigacha oq va moviy naqshli. Bezaklar orasidagi kitobaga Paxlavon Mahmud ruboiylari bitilgan. Xona qohning gʻarbiy eshigi orqali ziyoratxonaga oʻtiladi. Unda Pahlavon Mahmudning sirkor sagʻanasi joylashgan. P.Pahlavon Mahmud majmuasidagi asosiy binolar Odina Muham mad Murod boshchiligida qurilgan. Bezaklar ini Mulla Nurmuhammad K,alan-dar oʻgʻli, S oʻfimuhammad Abdujabbor oʻgʻli va Abdulla „jin“lar bajargan. Ziyoratxona eshigi (1810) , tashqari eshik (1894) usta Nurmuhammad tomonidan ishlangan. 1960 yilda usta Roʻzi mat Masharipov ishtirokida qorixona va ayv on taʼmir etilgan. P.Pahlavon Mahmud majm uasida 19-asr Xiva meʼmorligi us-lubi yorqi n namoyon boʻlgan. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Zohidov P. Sh. Xiva. Qoʻllanma. – Toshkent: O‘zbekiston Kompartiyasi MK nashriyoti, 1980. – 64 b. 2. Ya.Gʻ.Gʻulomov Xiva shahrining yodgorliklari , SSSR Fanlar akademiyasi UV materiallari, 1941 y. 3. Jukovskiy S.V. Rossiya bilan Buxoro va Xiva oʻrtasidagi keyingi uch yuz yillik munosabatlari. = Rossiya bilan Buxoro va Xiva oʻrtasidagi keyingi uch yuz yillik munosabatlari. - Sankt-Peterburg. , 1915. - 225 b. 4. Erkinov A. Muhammad Rahimxon II davrida Xiva saroy muhitida madaniy kamolotchilik Rossiya protektorati rejimiga qarshi chiqish usuli sifatida // Markaziy Osiyo tarixi va madaniyati / Rep. ed. M. Yoshikazu, B. Abduxalimov, K. Hisao. - Tokio: Tokio matbuoti, 2012. - 444 b. — ISBN 978-4-904039-44-1 .