logo

Buxoro amirligi va Xiva xonligida 1917-1920-yillardagi ijtimoiy siyosiy vaziyat

Yuklangan vaqt:

14.03.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1767.5 KB
 Reja: 1. Buxoro amirligidagi ahvol va Yosh buxoroliklar faoliyati. 2. Kolesovning Buxoroga bosqini va uning oqibatlari. 3. Qizil armiyaning Buxoroga hujumi 4. Buxoro Xalq Sovet Respublikasining tuzilishi. 5. Xulosa 6. Adabiyotlar Adabiyotlar: • 1) Doniyorov A.X ,,Markaziy Osiyo xalqlari tarixshunosligi” Toshkent 2020-y (13-18) betlar • 2) Jo`rayev M, Nurullin R. ,,O`zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida” ,,Sharq” nashriyoti Toshkent 2000-y (113-132) betlar Buxoro amirligidagi ahvol va Yosh buxoroliklar faoliyati. Rossiyada podsho hokimiyatining ag‘darilishi Buxoro amirligida ham ba’zi o‘zgarishlarni keltirib chiqardi. Buxoro hukmdori Amir Sayid Olimxon (1881 – 1944) e’tirof etishicha, Muvaqqat hukumat Buxoro davlatining mustaqilligini tan olgan. Amir hukumati Afg‘oniston va boshqa davlatlar bilan aloqalar o‘rnatgan. Rossiya-Buxoro munosabatlarida ham o‘zgarishlar yuz bergan. Rossiya-Buxoro munosabatlarida ham o‘zgarishlar yuz bergan. Buxoroda ish olib borgan Rossiya imperiyasining siyosiy agentligi Rossiya hukumatining rezidenti deb ataladigan bo‘ldi. Buxoro amiri Sayid Olimxon Sovetlari paydo bo‘lib, siyosiy beqarorlik va tartibsizliklar kelib chiqqan. Bu holat Buxoro amirligidagi siyosiy ahvolga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Yosh buxoroliklar partiyasi dastlab mavjud amirlik tuzumi doirasida demokratik islohotlar o‘tkazish, konstitutsiyaviy monarxiya o‘rnatish orqali amirning mutlaq hokimiyatini cheklab qo‘yish tarafdori bo‘lishgan. Petrogradda 1917-yili bo‘lgan Fevral inqilobi Yosh buxoroliklar ichida kuchlar nisbatining qayta guruhlanishini tezlashtirdi. Asta-sekin isloh qilish tarafdorlari bo‘lgan eski jadidlarga Abdulvohid Burhonov-Munzim (1875 – 1934) va Sadriddin Ayniy (1878 – 1954) hamda islohot sohasida faol harakatlarni qo‘llovchi yosh jadidlarga Abdurauf Fitrat (1886 – 1938) va Fayzulla Xo‘jayev (1896 – 1938) yetakchilik qildi.Fayzulla Xo‘jayev Buxoro amiri Sayid Olimxon 1917-yil 7-aprelda Buxoroda turli islohotlar o‘tkazish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Biroq, farmonni quvvatlash maqsadida Yosh buxoroliklar tomonidan poytaxt Buxoro shahrida 8-aprelda bo‘lgan namoyish amir tomonidan bostirildi. 14-aprelda farmon bekor qilindi. Yosh buxoroliklar amirlikda ta’qib ostiga olindi. Biroq, farmonni quvvatlash maqsadida Yosh buxoroliklar tomonidan poytaxt Buxoro shahrida 8-aprelda bo‘lgan namoyish amir tomonidan bostirildi. 14-aprelda farmon bekor qilindi. Yosh buxoroliklar amirlikda ta’qib ostiga olindi. Kolesovning Buxoroga bosqini va uning oqibatlari. 1917-yil noyabrda Turkiston o‘lkasida bolsheviklarning hokimiyat tepasiga kelishi natijasida sovet Rossiyasi bilan Buxoro amirligi o‘rtasidagi siyosiy vaziyat keskinlashdi. 1917-yil 2-dekabrda Yangi Buxoro (hozirgi Kogon)da bo‘lib o‘tgan amirlik hududidagi rus manzilgohlari ishchi va soldat deputatlari Sovetlarining II syezdida Buxoroda amirlik tuzumini ag‘darib tashlab, hokimiyatni Fayzulla Xo‘jayev boshchiligidagi Yosh buxoroliklarga berishga qaror qilindi. Turkiston o‘lkasi XKS raisi Fyodor Kolesov boshchiligidagi 3500 kishidan iborat harbiy kuchlar 1918-yil 1-martda Yangi Buxoroga yetib keldi. Fayzulla Xo‘jayev raisligida yosh buxoroliklarning 7 kishidan iborat inqilobiy qo‘mitasi (revkom) tuzildi. 2- mart kuni Eski Buxoro shahriga hujum boshlandi. Buxoro shahri yaqinidagi Fathobodda bo‘lgan dastlabki to‘qnashuvda amir Olimxon qo‘shinlari yengilsa ham keyinchalik buxoroliklar Kolesov otryadini qurshab olishdi. Karmanadan Qorako‘lgacha bo‘lgan 170 km masofadagi temiryo‘l izlari amir sarbozlari tomonidan buzib tashlandi. Bir necha kun davom etgan muzokaralardan keyin 1918-yil 25-martda sovet Turkistoni bilan Buxoro amirligi o‘rtasida Qiziltepa bitimi imzolandi. Amir nomidan bitimni bosh zakotchi Mirza Salimbek imzoladi. Kolesovning tajovuzkorona hujumi sharmandalarcha barbod bo‘lsa ham, o‘z mustaqilligini himoya qilgan Buxoro amirligi bosqinchi qizil askarlarning o‘z hududidagi harbiy harakatlari uchun javobgar deb hisoblandi hamda katta miqdorda tovon to‘lashi belgilandi. Shuningdek, Kolesov otryadi Buxoro, Karmana va Xatirchida talon-toroj qilingan katta boylik bilan Toshkentga qaytdi. Bu hodisalar amir hay’atiga boshchilik qilgan taniqli davlat arbobi va mashhur tarixchi Mirza Salimbekning “Tarixi Salimiy” asarida o‘z aksini topgan. Qizil armiyaning Buxoroga hujumi hamda amir hokimiyatining ag‘darilishi. 1920-yil 12-avgustda Turkiston fronti qo‘mondoni M.V.Frunze amirlikni tugatish maqsadida Samarqand-Buxoro guruhi (fronti)ni tuzish haqida buyruq bergan. Shu tariqa Buxoro amirligi chegaralariga 7000 piyoda, 2500 otliq askar hamda zamonaviy harbiy texnika shay holatga keltirib qo‘yilgan. Sovet hukumati xalqaro huquq normalarini qo‘pol ravishda buzib, 1920-yil 29-avgustda Buxoro amirligini tugatishga kirishdi. Shu sanadan boshlab Eski Buxoro ham havodan, ham yerdan qattiq bombardimon qilingan. Buxoroning Qarshi darvozasigacha kelgan temiryo‘lda turgan bronepoyezd (zirhlipoyezd) va Samarqand, Shayx Jalol, Namozgoh darvozalari yaqinida joylashtirilgan to‘plardan 1-2-sentyabr kunlari shaharga 12 000 snaryad tashlangan. Buxoro Xalq Sovet Respublikasining tuzilishi. Shaharni bosib olgan qizil askarlar Arkdagi amir xazinasini, Buxoro qozikaloni, qo‘shbegi va boshqa amaldorlarning boyliklarini musodara qilganlar. Bolsheviklar, qizil armiya qo‘mondonlari, oddiy askarlar katta boylik orttirganlar. Hatto katta boylikni o‘margan “qizil qo‘mondon” M.Frunze 1920-yil sentyabrda Moskvaga qaytgach, qo‘lga olingan va bir necha oy uy qamog‘ida saqlangan. Sentyabr oyi boshlarida amirlik xazinasi va boshqa boyliklar ortilgan 2 ta eshelon Samarqand va Toshkent orqali Moskvaga yo‘l olgan. BXSRdagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy o‘zgarishlar. 1921-yil 18 – 23 sentyabrda bo‘lgan Butunbuxoro xalq vakillarining II qurultoyida demokratik ruhdagi BXSR Konstitutsiyasi qabul qilindi. Markaziy Revkom o‘rniga qonun chiqaruvchi va nazorat qiluvchi oliy organ – Butunbuxoro Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi tashkil qilindi. Taniqli davlat arbobi Usmon Xo‘ja unga rais bo‘ldi. U keyinchalik, xorijga chiqib ketgach, 1922–1924-yillarda bu lavozimni Porso Xo‘jayev egalladi. Porso Xo‘jayev Buxorodagi demokratik o‘zgarishlarga mamlakat tashqarisidan tazyiq tobora kuchayib bordi. 1923- yil yozi va kuzida tashqi kuchlar tazyiqi bilan Fayzulla Xo‘jayevning yaqin safdoshlari bo‘lgan Fitrat, Otaulla Xo‘jayev, Sattor Xo‘jayev, Muinjon Aminov, Qori Yo‘ldosh Po‘latov va boshqa nozirlar hukumat tarkibidan chiqarildi hamda Buxorodan surgun qilindi. Buxoro hukumati Moskva va Toshkentning “kommunistcha sabog‘”ni olgan “tajribali sovet xodimlari” bilan to‘ldirildi. Hukumatda Turkiston ASSRdan yuborilgan komissarlarning ta’siri tobora kuchayib bordi. Usmon Xo‘ja Xulosa: • Xulosa qilib aytganda, Xorazim o‘lkasida ham Savetlar hokimyati kuch bilan o‘rnatildi va ming afsuslar bolsinki bu ishlar xalq vakillari qo‘li bilan amalga oshirildi. 1923-yil kuzidan boshlab Xorazm respublikasidagi demokratik o‘zgarishlarga butunlay chek qo‘yildi. Xorazmni sovetlashtirish jarayoni o‘zining yuqori bosqichiga ko‘tarildi. Bu holat 1924 yilning oxirigacha davom etdi. Buxoro va Xorazm respublikalarining tugatilishi bilan kamida uch ming yillik tarixga ega bo‘lgan o‘zbek xalqining milliy davlatchilik xalqasi deyarli uzib tashlandi. O‘zbekiston SSR tuzilsa ham (1925 yil fevral) oradan ko‘p o‘tmay u SSSR tarkibiga kiritildi. O‘zSSR amalda hech qanday mustaqil siyosiy huquqlarga ega bo‘lmay, balki yangi shakldagi mustabid sovet rejimining bir qismi bo‘lganligi uchun ham mustaqil davlat vazifasini o‘tay olmadi.