logo

Amir Haydar faoliyati. Mamlakatdagi ichki urishlar. Amirlikning Xorazm xonligi bilan munosabatilari

Yuklangan vaqt:

06.09.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

3330.205078125 KB
Amir Haydar faoliyati. Mamlakatdagi ichki urishlar. Amirlikning Xorazm xonligi bilan munosabatilari Reja: 1. Amir Haydar faoliyati. 2. Mamlakatdagi ichki urishlar. 3. Amirlikning Xorazm xonligi bilan munosabatilari.  Mang‘itlardan bo‘lgan Buxoro amiri. Uning hukmronlik yillarida mamlakatda notinchlik hukm suradi, ya`ni markaz va viloyatlar hamda kechagina viloyat maqomida bo‘lgan, lekin endilikda alohida siyosiy birlik - xonlikka aylangan Xiva va Qo‘qon bilan qarama- qarshiliklar avjiga chiqadi va mamlakatda har 3-6 oyda uzluksiz ichki urushlar va qo‘zg‘olonlar bo‘lib turgan. Miyonkol, Shahrisabz, Karki, Marvdagi mahalliy kuchlar yana o‘z boshimchalik qila boshlaganlar. Chunonchi, Marvni boshqarib turgan Dinnosirbek (amirning ukasi) Xiva xoni Eltuzar ko‘magiga ishonib, bosh ko‘taradi.  Amir Haydar uchun bu nihoyatda havfli holat edi. Chunki, bu shunchaki bir viloyatning markazga bo‘yin egmasligi emas, balki rasmiy sulola namoyondasining mintaqadagi raqiblardan – xivaliklar bilan til biriktirib, oliy taxtga qarshi harakati edi. Shuning uchun ham Amir Haydar unga qarshi lashkar tortadi. Dinnosirbek bas kelolmay Mashhadga qochadi. Shohmurod davrida bo‘lganidek Amir Haydar Marvni egallagach, mahalliy aholining bir qismini Zarafshon vodiysiga ko‘chirtirib, bu yerga turkmanlarni o‘rnashtiradi.  Haydar Buxoro madrasalarida 10 yil tahsil olib,  Qur’oni Karim  sharhi va  hadis  ilmlarini puxta egallagan. Amir Shohmurod oʻgʻlining mukammal maʼlumot oilishiga katta eʼtibor qaratgan. Haydar naqshbandiya tariqati shayxlaridan ham dars olgan. U ilmiy majlislar va munozaralar paytida koʻpchilik diniy ilmlarda boshqa ulamolar ustidan gʻolib chiqqan .  Haydarning otasi Amir Shohmurod 1800-yil 30-noyabrda vafot etgach, uning vorisi sifatida 1800-yil 2-dekabrda 22 yoshida  Qarshi viloyatidan   Buxoroga  kelib,  Buxoro amirligi  taxtiga oʻtirgan va  „ amir al- moʻminin “  unvonini olgan. U 26 yil davomida amirlikni boshqargan. Amir Haydardan boshlab davlat hukmdorlari ismlaridan oldin  sayyid  (yoki said) unvonini ham qoʻshib olishgan. Amir Haydar farmonlari ostiga  Abul Fath Said Amir Haydar Bahodur podshoh  deb muhr bosgan va imzo chekkan. Amir Haydar otasi Amir Shohmurodning diniy siyosatiga qatʼiy amal qilgan.  Buxorodagi ichki ziddiyatlardan Xiva xonligi bundan keyin ham foydalanishga ko‘p uringan. Xususan Dinnosirbekka yordam berish bahonasida Buxoro amirligi hududiga kirib borgan Eltuzarxondan so‘ng 1821-1825-yillari Amir Haydar Miyonkolda xitoy- qipchoqlar isyonini bostirish bilan ovvoraligida Xivaliklar Chorjo‘y va Marvga harbiy yurish uyushtiradilar. Xivaliklar xatto Marvni zabt etishga ham muvaffaq bo‘lganlar.  Bungacha ham amirlikning Sharqiy qismida ancha yo‘qotishlar va o‘zgarishlar bo‘lgan. Masalan, Qo‘qon hukmdorlari 1805-yili Xo‘jandni, 1809-yili Toshkentni, 1816-yil esa Turkistonni ishg‘ol etib, xonlik doirasiga kiritadilar. 1806-1813-yillari O‘ratepa, 1806- yili Jizzaxga, 1821-yili Samarqandga tahdid solganlar. Xullas, Amir Haydar hukmronligi ancha tahlikali bo‘lib, markaziy hokimiyat qudrati susaygan.  Mang‘itlardan bo‘lgan Buxoro amiri. Uning hukmronlik yillarida mamlakatda notinchlik hukm suradi, ya`ni markaz va viloyatlar hamda kechagina viloyat maqomida bo‘lgan, lekin endilikda alohida siyosiy birlik - xonlikka aylangan Xiva va Qo‘qon bilan qarama- qarshiliklar avjiga chiqadi va mamlakatda har 3-6 oyda uzluksiz ichki urushlar va qo‘zg‘olonlar bo‘lib turgan. Miyonkol, Shahrisabz, Karki, Marvdagi mahalliy kuchlar yana o‘z boshimchalik qila boshlaganlar. Chunonchi, Marvni boshqarib turgan Dinnosirbek (amirning ukasi) Xiva xoni Eltuzar ko‘magiga ishonib, bosh ko‘taradi.  Amir Haydar uchun bu nihoyatda havfli holat edi. Chunki, bu shunchaki bir viloyatning markazga bo‘yin egmasligi emas, balki rasmiy sulola namoyondasining mintaqadagi raqiblardan – xivaliklar bilan til biriktirib, oliy taxtga qarshi harakati edi. Shuning uchun ham Amir Haydar unga qarshi lashkar tortadi. Dinnosirbek bas kelolmay Mashhadga qochadi. Shohmurod davrida bo‘lganidek Amir Haydar Marvni egallagach, mahalliy aholining bir qismini Zarafshon vodiysiga ko‘chirtirib, bu yerga turkmanlarni o‘rnashtiradi. Buxorodagi ichki ziddiyatlardan Xiva xonligi bundan keyin ham foydalanishga ko‘p uringan  Xususan Dinnosirbekka yordam berish bahonasida Buxoro amirligi hududiga kirib borgan Eltuzarxondan so‘ng 1821-1825-yillari Amir Haydar Miyonkolda xitoy-qipchoqlar isyonini bostirish bilan ovvoraligida Xivaliklar Chorjo‘y va Marvga harbiy yurish uyushtiradilar. Xivaliklar xatto Marvni zabt etishga ham muvaffaq bo‘lganlar. Bungacha ham amirlikning Sharqiy qismida ancha yo‘qotishlar va o‘zgarishlar bo‘lgan.  Masalan, Qo‘qon hukmdorlari 1805-yili Xo‘jandni, 1809-yili Toshkentni, 1816-yil esa Turkistonni ishg‘ol etib, xonlik doirasiga kiritadilar. 1806-1813-yillari O‘ratepa, 1806-yili Jizzaxga, 1821-yili Samarqandga tahdid solganlar. Xullas, Amir Haydar hukmronligi ancha tahlikali bo‘lib, markaziy hokimiyat qudrati susaygan.  Haydar Xurosonga ham harbiy yurishlar qilib,  Balx  (1817),  Badaxshon ,  Qunduz  va  Maymanani  Buxoro amirligiga qaytargan. Xususan, Balx mamlakat uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan strategik shahar edi. U afgʻon shohi  Shujo ul-Mulk  (1803— 1809) bilan doʻstona munosabatlar oʻrnatishga intilgan.  Amirlikka qoʻshni davlatlarning hukmdorlari Amir Haydar hukmronligini zaiflashtirish maqsadida uning saroy ayonlari va viloyat hokimlari, qarindosh-urugʻlari va yaqin kishilariga turli vaʼdalar berib, ularning oʻzaro totuvligiga putur yetkazishga intilganlar. Masalan, Marv viloyati hokimi va Amir Haydarning ukasi  Dinnosirbek  (Din Nosirbek, Nosiriddin) Xorazm xoni  Eltuzarxon  (1804—1806) qutqusiga uchib, 1804-yili akasiga qarshi bosh koʻtaradi.  Markaziy hokimiyatga qarshi isyon koʻtargan Dinnosirbek 4 ming askar bilan  Marvdan  chiqib,  Chorjoʻyga  kelganida Amir Haydar unga qarshi  Niyozbek parvonachini  10 ming kishilik qoʻshinga qoʻmondon qilib joʻnatgan. Dinnosirbek magʻlubiyatga uchrab, ahli ayoli bilan avval Marvga, soʻngra  Mashhadga  ( Eronga ) —  Fath Alishoh  (1797-1834) huzuriga qochgan. Niyozbek parvonachi Marvni egallab,  Bandi Sulton  toʻgʻonini buzdirib, 1806-yili  Buxoroga  qaytgan.  Amir Haydar turkmanlardan 200 oilani Marvga koʻchirib, ularning yoʻlboshchisi  Yorkaqabbiyni  Marvga hokim qilib tayinlagan. Shu asnoda Xorazm xoni qoʻshinlarining Buxoro amirli sarhadlariga, hatto, mamalakat ichkarisiga uyushtirgan talonchilik hujumlari kuchaygan. Xorazm xoni  Eltuzarxon  bir necha marta  Buxoroga  harbiy bosqinlar uyushtirgan. Ana shunday yurishlarning birida Niyozbek parvonachi boshchiligida 20 ming kishilik Buxoro qoʻshinidan Xorazm qoʻshini magʻlubiyatga uchratgan.  Eltuzarxon magʻlubiyatdan keyin  Amudaryodan  qochib oʻtayotganda daryoga gʻarq boʻlib oʻlgan. Eltuzarxonning 3 birodari va koʻplab xorazmliklar asir tushishgan. Amir Haydar muruvvat koʻrsatib, marhum Eltuzarxonning kichik birodari  Qutlugʻmurodxonni  400 asir bilan birgalikda ozod qilib,  Urganchga  joʻnatgan. Biroq keyinchalik Xorazmning yangi xoni va Eltuzarxonning ukasi  Muhammad Rahimxon I  (1806—1825) 1826—1824-yillarda Buxoro amirligiga tegishli  Forob ,  Chorjoʻy ,  Poykendga  talonchilik yurishlar qilgan. Bir qator janglardan soʻng Amir Haydar 1825-yili u bilan sulh tuzgan.  Shuningdek, qoʻshni davlatlar Buxoro amirligi ichida koʻtarilgan turli gʻalayonlardan oʻz maqsadlari yoʻlida foydalanishga urinishgan. 1821—1825- yillarda Amir Haydarning soliq siyosatiga qarshi xitoy-qipchoqlar koʻtargan  Miyonqol qoʻzgʻoloni  ham katta qiyinchilik bilan bostirilgan. Tarixiy manbalarga koʻra, bu qoʻzgʻolon avj olishiga Qoʻqon xonligi va Xorazm xonlari oʻz taʼsirlarini koʻrsatib, Buxoro amirligini zaiflashtirmoqchi boʻlishgan.  Buxoroda xattotlik va miniatura san’ati yaxshi rivojlangan edi. Rassomlar asosan qo’lyozmalarni naqshli bezash bilan shug’ullanib, ko’proq diniy mazmundagi kitoblarni bezata boshladilar. Bu sohaning qator yetuk bilimdonlari zamonasiga yarasha yodgorlik qoldirdilar. Chunonchi, Amir Haydar davrida ijod qilgan Mir Mas’um Olamiyon "Axloqi Muhsiniy" kitobini hamda Sa’diyning she’riy asarlarini rasm bilan bezaydi. Mirzo Sodiq Jondoriy Nasrulloxon amirligi davrida qo’lyozma kitoblarga lavhalar, Sa’diy va Hofiz asarlariga turmush manzaralari tasvirlangan rasmlar ishlagan. Qo’lyozmalarni badiiy muqovala gan.  Yirik olim, faylasuf, shoir Ahmad Donish (1827-1897) 20 yil mobaynida Buxoro saroy kutubxonasida xattot va rassom bo’lib ishlagan. Ahmad Donish astronomiya, tibbiyot, riyozat, me’morchilik va musiqadan tashqari xattotlikni, rassomlik hamda rang berish san’atini ham o’rgangan edi. Ahmad Donish ko’chirgan, bezagan yoki rasm ishlagan-qo’lyozmalar ichida "Shohi darvish" (1849 yil), "Ajoyib at-tabaqot" (1847) va boshqa asarlar buning dalilidir. Buxoro yuksak ustozona musiqa san’atining markazlaridan biri bo’lgan. E’TIBORINGGIZ UCHUN RAHMAT