logo

Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi madaniyati va Kaltaminor Sopoliteppa, Chust Zamon bobo madaniyatlarti

Yuklangan vaqt:

23.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

710.296875 KB
Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi madaniyati va Kaltaminor Sopoliteppa, Chust Zamon bobo madaniyatlarti Kaltaminor madaniyati • Kaltaminor madaniyati -O`zbekistonda neolit davriga oid birinchi topilgan arxeologik madaniyat (mil. av. 7—3-ming yillik). Kaltaminor ko`li yonidan topilgan. 1939—40 va 1945 y.lar Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi tekshirgan. K.m. Amudaryoning qad. Oqchadaryo deltasi, Qizilqum, Yuqori O`zboy, Mohondaryo, Orolning shim.-sharqiy bo`ylarida, Qozog`iston va sharqiy Kaspiy, ya`ni Balxan va Manqishloq hududlarigacha tarqalgan. Albatta, bu juda katta hududda yagona bir oilaga oid odamlar yashagan emas, bu yerlarda bir-biriga yaqin bo`lgan qabilalar yashagan deyish to`g`ri bo`ladi. Yaqinlik, asosan, tosh qurollarda yaxshi ko`rinadi. Kalta minor shahar ramziy belgisi • Ko‘hna Xiva shahrini bu me'moriy yodgorlik obidasiz tasavvur etish qiyin. Kalta minor shahar ramziy belgisi sifatida tan olingan. Uning o‘lchami va noyob bezaklari har bir shaxsni hayratga solmasdan qo‘ymaydi. Minora poydevori 15 metr chuqurlikda, uning diametr asosi 14,5 metrni, balandligi 29 metrni tashkil topadi. • Minora hozirgi paytda kesik konus shaklida bo‘lib hozirni o‘zida ham haybatli ko‘rinishga ega. Dinamik qisqarishiga qarab xulosa qilinadigan bo‘lsa, bitganidan so‘ng uning balandligi 100 metrga yaqin bo‘lib O‘rta Osiyoda eng katta va baland minora bo‘lishi mumkin edi. Minoraga tushgan insolyatsiya (quyosh nurlarini tushushi va sinishi)ga qaraydigan bo‘lsak minoradagi koshinlarning rangi o‘zgarmaydi. Chunki quyosh nuri har qanday jismni rangini o‘zgartiradi, ya'ni oqartiradi yoki ochiq tusga kirgizadi. Bu holat minorada sezilmaydi. Mana qancha vaqt o‘tgan bo‘lsa ham xuddi yangi qurilganday saqlanib turibdi. Minorada asosan geometrik naqshlar (gireh) ko‘p qo‘llanilgan minoraga ikkinchi qavatdan ko‘tarilish mumkin, ya'ni minoraga yog‘och zinapoya orqali chiqiladi. Minora 1853 yilda Muhammad Aminxon tomonidan qurila boshlangan va 1855 yil Shimoliy Eronga yurish paytida xonning o‘ldirilishi va Abdullaxonning taxtga o‘tirishi bilan qurilish ishlari to‘xtab qolgan. • Lekin uning balandligi yana 70 metrga qad rostlashi kerak edi. Ba'zi bir manbalarda 110 metrga yetkazilishi qayd etilgan. Me'mor rejasiga ko‘ra, faqat kengligini mustahkamlab, balandligi kuchli toraytirilgan. Ammo bu minoraning qurilishi oxiriga yetkazilmagan u xuddi bahaybat sirli bochkaga o‘xshab qolgan. Shunga ko‘ra unga "Kalta minora" deb nom berilgan. Zamonbobo madaniyati Evrosiyo xududidagi chorvador-dexkonlarning ilk madaniyati xisoblanadi. Zarafshondan topib urganilgan kabriston va makondan iborat bulib, uni YA. Gulomov, Kuzmina, Latinin, Askarov kabi olimlar urganganlar. Zamonbobo madaniyatiga yirik ertulalar, asosan kulda yasalgan nakshsiz kosalar va yassi sopol idishlar, bronza kurollar va katakomba tipidagi kabristonlar xosdir. Zamonbobo madaniyatini sunggi Namozgox IV va Nomozgox V davri bilan belgilash mumkin. Uning xronologiyasi miloddan avvalgi III ming II ming yillar bilan belgilanadi. Zamonbobo kulining shimol tomonida kabriston va uncha uzok bulmagan joyda esa makon topib urganilgan. • Zamonbobo kabristonida 45 dan ortik kadimgi kabrlar ochib urganilgan. Uning 8 ta kabrida juft, 28 ta kabrda esa yakka murdalar kumilgan. SHuningdek 2 ta kabrda katta odamlar suyaklari bilan birga bola suyagi xam mavjud bulgan. Zamonbobo kabrlari oddiy va katakombali kabrlar bulib, murdalar bukchaytirilib bir tomonga yonboshlatib kumilgan. Erkaklar kabrlarida kuprok sopol idishlar, chakmoktoshlar, paykonlar, pichoksimon plastinkalar uchrasa, ayollar kabrlarida lojuvard, feruza, serdolikdan ishlangan turli shakldagi munchok va marjonlar, mis kuzgular, ayol xaykalchasi uchraydi. Kabrlarda murdalar bukchaytirilib, ung yoki chap tomonga yonbosh xolatda boshi esa shark, shimoli-shark, shimol tomonga karatib kuyilgan. • Zamonbobo moddiy madaniyatidagi kupgina elementlar janubiy Turkmaniston utrok dexkonchilik madaniyatiga uxshab ketadi. Mis belkurakchalar, munchok va marjonlar, xaykalchalarda bu narsa yakkol kurinadi. Zamonboboning kulolchilik xumdoni Nomozgox V davri xumdonining • kichkinasi. SHu bilan birga Zamonbobo madaniyati sopol idishlarida Kaltaminor madaniyatining ta’siri kuchli, shuningdek janubiy Turkmaniston yodgorliklarida katakomba kabrlari uchramaydi. Bu narsa Zamonbobo madaniyati mustakil ravishda tarkib topganligini kursatadi. Zamonbobo odamlari Badaxshon bilan xam xujalik- madaniy alokalarga kirishganlar. Bu erdan topilgan takinchoklar Badaxshon lojuvardidan yasalgan. Sopollitepa madaniyati Surxondaryo viloyatidagi Sherobod cho’lida Qaynarbuloqsoy hududida topilgan. U Termiz shahridan 70 km shimoliy g’arbda joylashgan. Bu manzilgoh Sherobod cho’lini o’zlashtirish jarayonida 1968- yilda L.Albaum tomonidan topilgan. Uning tadqiqotlar ishlari bilan 1969- 1974-yillarda A.Asqarov shug’ullangan. Ushbu madaniyatga tegishli 20 dan ortiq yodgorlik topilgan. Sopollitepa koridorsimon bloklar sistemasi asosida qurilgan, uch qator mudofaa devorlari bilan o’rab olingan yirik qishloq bo’lgan. Uning umumiy maydoni 4 ga ga yaqin. Katta qismi paxta maydoniga qo’shib yuborilgani sababli, faqatgina uning markaziy qal’a qismi saqlanib qolgan. U kavadrat 82X82 m bo’lgan istehkomdir. Qal’a mudofaa devorlari qalinligi 2 m bo’lib, somon qo’shilgan xom g’ishtdan qurilgan. 17 04 0A 0E 12 1F 0E 39 12 15 12 07 38 12 0A 39 1F 3102 11 1F 0E 10 Sopollitepa manzilgohi. plani Sopollitepada 3 ta qurilish bosqichi aniqlangan. Sopollitepaning 2 ta qurilish davri bir xil materiallar bergan. Yuqori 3-qurilish davrida ba’zi o’zgarishlar mavjud. • Bu o’zgarishlar Jarqo’ton yodgorligining quyi qatlami materiallariga o’xshaydi. Shuning uchun Sopollitepadagi 2 ta quyi qatlam “sopolli bosqichi”, uning yuqori qatlami “Jarqo’ton bosqichi” deb ataladi. • Sopollitepadagi uy-joylar 8 ta kvartalga bo’lingan. Kvartallar urug’lar asosida shakllangan. Sopol idishlar to’plami. Sopollitepa madaniyati Jo’mrakli sopol buyum. sopollitepa Sopollitepa manzilgohida urug’ jamoa a’zolari olamdan o’tsa, uni o’zi yashagan xonaning poli ostiga, eshik yoki o’choq oldiga yoki xona devorlari ostiga ko’mish odati bo’lgan. Agar o’lgan kishi jamoada nufuzli obro’ga ega bo’lsa, yoki urug’ oqsoqoli bo’lsa, u holda uning qabri unga ajratilgan xonaning qoq o’rtasida bo’lgan. Shuning uchun o’lgan kishi qabriga o’z shaxsiy mulki va urug’doshlar keltirgan idish-tovoqlardagi ovqatlar bilan ko’mganlar. Har bir qabrda 2-3 tadan to 50 tagacha buyumlar topilgan.17 1D 0B 30 1D 0C 17 1D 04 16