logo

Qishloq xo‘jaligining moddiy-texnika resurslari, fan-texnika taraqqiyoti, innovatsion texnologiyalar va ulardan samarali foydalanish

Yuklangan vaqt:

22.05.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

419.0693359375 KB
QISHLOQ XO‘JALIGINING MODDIY-TEXNIKA RESURSLARI, FAN-TEXNIKA TARAQQIYOTI, INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR VA ULARDAN SAMARALI FOYDALANISH REJA: 1. Moddiy-texnika resurslari haqida tushuncha, ularning ahamiyati, xususiyatlari va turkumlashtirilishi. 2. Fan-texnika taraqqiyoti, uning yo‘nalishlari va innovatsion texnologiyalar 3. Innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanishni joriy etish Xo‘jalik faoliyatining zarur elementi sifatida moddiy-texnika resurslari muhim ahamiyatga ega. Moddiy- texnika resurslari tarkibiga ko‘p turdagi unsurlar kiritiladi, ya’ni ishlab chiqarishning moddiy vositalari bo‘lgan binolar, inshootlar, mashinalar, urug‘liklar, o‘g‘itlar, qurilish materiallari va yoqilg‘i kiradi. Fermer xo‘jaliklari moddiy-texnika resurslarining tarkibiy tuzilmasi quyidagilardan iborat:  fermer xo‘jaliklari tasarrufidagi yer uchastkalari;  fermer xo‘jaliklaridagi ko‘p yillik daraxtlar va uzumzorlar;  chorva fermalarining mahsuldor va ishchi hayvonlari;  fermer xo‘jaliklaridagi bino-inshootlar, texnikalar, mashinalar va boshqa ish qurollari;  fermer xo‘jaliklaridagi aylanma mablag‘lar (urug‘lik, ozuqa, YOMM, mineral o‘g‘itlar va kimyo);  fermer xo‘jaliklarining hisob raqamidagi pul mablag‘lari, qimmatbaho qog‘ozlar;  fermer xo‘jaliklarining ta’sischiligi asosida tashkil qilingan muqobil MTP, SIU va agrofirmalar hisobidagi mol-mulki va hokazo.   Fan-texnika taraqqiyoti intellektual ong rivojlanish mahsuli bo‘lib, qishloq xo‘jaligida u bilan bog‘liq bo‘lgan jami fanlardagi o‘zgarishlar, rivojlanishlar, ularning yanada taraqqiy etishi, texnika -texnologiyalarni yaratish va u bilan shug‘ullanuvchi malakali kadrlar tayyorlash natijasida yanada yuksakliklarga erishish demakdir. Olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida innovatsiya – bu fan yutuqlari va ilg‘or tajribadan foydalanish, ijtimoiy ishlab chiqarishni takomillashtirish va rivojlantirish jarayonlari, yangi iste‘mol hususiyatlarga ega bo‘lgan mahsulotlarini (tovar, mahsulot, texnika, texnologiya, boshqa tashkiliy shakl va vositalar) shakllantirish, amaliyotga joriy etishga asoslangan investitsion va ijodiy faoliyatning moddiylashgan yakuniy natijasi bo‘lib, bozor va ijtimoiy ehtiyojlarning qondirilishiga ko‘maklashadi, xarajatlarni iqtisod qiladi va insonlarning turli xil hayot va faoliyat sohalarida turlicha samara berishini ta‘minlaydi. Ilmiy tahlillar natijasida qishloq infratuzilmasini innovatsion rivojlantirish deganda sohaning raqobatbardoshlik darajasini oshirish, xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, daromadlilik darajasini ko‘paytirish, mehnat unumdorligini oshirish maqsadida ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar majmuasini o‘tkazish, innovatsiyalarni yaratish va o‘zlashtirishga qaratilgan chora – tadbirlar tizimiga aytiladi.  Infratuzilmani rivojlantirishda innovatsion siyosat davlatning agrar sohadagi innovatsion siyosatning bir qismi bo‘lib, mamlakatni modernizatsiyalash, tarmoqning barqarorlik va raqobatbardoshlik ko‘rsatkichlariga erishishdagi innovatsion strategiyasini amalga oshirish shaklidir.  Innovatsiya – innovatsion faoliyatning yakuniy natijasi bo‘lib, yangi yoki takomillashtirilgan ko‘rinishda yuzaga chiqqan va bozorga kiritilgan mahsulot, amaliy faoliyatda qo‘llanilayotgan yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon, eng so‘nggi tadqiqotlar yoki ixtirolarning natijalariga asoslangan tarzda ijtimoiy xizmatlarga yangicha yondashuv sifatida ta’riflash maqsadga muvofiqdir.  Innovatsion faoliyat – ishlab chiqarishda yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot turini o‘zlashtirish, yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayonni amaliyotga joriy etish, iste’molchilar uchun yoki mahsulot raqobatbardoshliligini oshiruvchi yanada sifatli tarkibga ega bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarish hisoblanadi.  Innovatsion infratuzilma - ishlab chiqarishda yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot turini o‘zlashtirishni, yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayonni amaliyotga joriy etishni tashkil qilish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlardan iboratdir.  Intensivlash - umumlashtirish, serunumlik degan ma‘nolarni anglatadi. Fan-texnika taraqqiyoti joriy qilinib, yangi texnikani kiritish natijasida mahsulot tannarxi ham kamayadi, bu esa quyidagi formula bilan aniqlanadi:   Ishlab chiqarishda qatnashadigan moddiy- texnika resurslari ishlab chiqarish fondlari tarkibiga kiritiladi. Ishlab chiqarish fondlari - mehnat predmetlari va vositalari yig‘indisi bo‘lib, ular yordamida xo‘jalik faoliyati amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish jarayoni sodir bo‘lgach, tayyor mahsulotga qiymatini o‘tkazish jihatidan ishlab chiqarish fondlari 2 ta, ya’ni asosiy va aylanma fondlar ga bo‘linadi.  Asosiy fondlar ishlab chiqarishda uzoq vaqt ishtirok etadigan moddiy ashyoviy, qimmatbaho buyumlarni o‘z ichiga oladi: bino-inshootlar, mashinalar, uskunalar, transport vositalari, ishchi va mahsuldor chorva mollari, daraxtzorlar va hokazo.  Aylanma fondlarga esa shunday ishlab chiqarish vositalari kiradiki, ular bir ishlab chiqarish siklida to‘liq qatnashib, o‘z qiymatini to‘lig‘icha ishlab chiqariladigan mahsulotga o‘tkazadilar. Bularga yem-xashak, ozuqa, o‘g‘itlar, urug‘lik, yoqilg‘i-moylash materiallari, elektroenergiya va hokazolar kiradi.  Mehnatning fond bilan qurollanganligi ko‘rsatkichi bir ishchi hisobida foydalanilayotgan moddiy-texnika resurslarining qiymati asosida aniqlanadi:  Fond bilan ta’minlanganlik ko‘rsatkichi ishlab chiqarish obyekti yoki asosi ishlab chiqarish resursi birligi yoki ishlab chiqarish maydoni hisobiga moddiy-texnika resurslarining to‘g‘ri kelishi, qiymatini bildiradi. Xususan, fond bilan ta‘minlanganlik qishloq xo‘jaligida asosiy fondlarning qishloq xo‘jaligi tadbirlariga ishlatilishi jihatidan baholanadi. Bunda yoki 100 gektar, 1000 gektar qishloq xo‘jaligi ekin maydoniga fondlarning to‘g‘ri kelishi bo‘yicha baholanadi.   Ishlab chiqarishda asosiy fondlardan samarali foydalanish ko‘rsatkichlariga yana fond qaytimi va fond sig ‘ imi kabi ko‘rsatkichlar kiradi. Fond qaytimi qishloq xo‘jaligida yetishtirilgan yalpi mahsulot qiymatini asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymatiga nisbati bilan aniqlanadi:  Fond sig‘imi fond qaytimiga teskari bo‘lgan ko‘vvrsatkich bo‘lib, quyidagicha aniqlanadi: Asosiy vositalar o‘rtacha yillik qiymatining yetishtirilgan qishloq xo‘jalik yalpi mahsuloti qiymatiga nisbati bilan aniqlanadigan ko‘rsatkich fond sig‘imidir.  Foyda meyori asosida ishlab chiqarish fondlarining iqtisodiy samaradorligi aniqlanadi:  Ishlab chiqarish jarayonlarining mexanizatsiyalashuvi darajasi – mashina- traktorlar yordamida bajarilgan jami ish miqdorini korxona bo‘yicha bajarilgan jami ish hajmiga bo‘lib aniqlanadi.  Fan-texnika taraqqiyoti samaradorligini aniqlash uchun yangi texnikani qo‘llash natijasida olingan iqtisodiy samarani uni ishlab chiqarishga qilingan barcha xarajatlar miqdoriga bo‘lish kerak: