logo

Qishloq xo'jaligida tovar ishlab chiqarish uchun yagona yer solig'ining ijtimoiy mohiyati

Yuklangan vaqt:

23.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

2030.5 KB
Qishloq xo'jaligida tovar ishlab chiqarish uchun yagona yer solig'ining ijtimoiy mohiyati Reja: 1. Fermer xo‘jaliklarnin mohiyati, rivojlanish xususiyatlari va ularning qishloq xo‘jalagida tutgan o‘rni 2. Fermer xo‘jaliklarining tashkiliy-iqtisodiy va huquqiy asoslari 3. Fermer xo‘jaliklarini yer resurslari va ulardan samarali foydalanish masalalari 4.   Fermer xo‘jaliklarini mehnat resurslari va ulardan foydalanishning tashkil etish 5.   Fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy samaradorligi va yanada oshirish masalalari www.arxiv.uz Fermer xo‘jaliklarnin mohiyati, rivojlanish xususiyatlari va ularning qishloq xo‘jalagida tutgan o‘rni O‘zbekiston Respublikasining 2004 yil 29 avgustda qabul qilingan “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunining 1-bandida «Fermer xo‘jaligi o‘ziga uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda tovar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqorishi bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaligi a’zolarining birgalikdagi faoliyatiga asoslangan, yuridik shaxs huquqlariga ega mustaqil xo‘jalik yuritish subyektidir», - deb belgilab berilgan. Fermer xo‘jaligi uni tuzayotgan a’zolar hohishiga ko‘ra ixtiyoriy tashkil etilib, o‘z ishlab chiqarishini belgilangan qonunchilik doirasida yuqori foyda olishni ko‘zlab tashkil etadi va ishlab chiqarishning qonun bilan ta’qiqlanmagan har qanday turi bilan shug‘illanishga haqlidir. Fermer xo‘jaligining iqtisodiy negizini ishlab chiqarish vositalariga (yer bundan mustasno) va o‘z mehnati natijalariga mulkiy egalik tashkil etadi va u tadbirkorlik erkinligi, oila xamda shaxsning o‘z moddiy farovonligi yo‘lida mehnat qilishiga tayanadi. Mustaqil xo‘jalik yuritish subyekti sifatida u mulkchilikning boshqa shakllaridagi xo‘jaliklar bilan teng huquqlarga ega ishlab chiqarish birligi hisoblanadi. www.arxiv.uz Fermer xo‘jaligining jamoa, shirkat yoki hissadorlik kabi yirik xo‘jaliklardan asosiy farqi va ustunlik tomoni esa fermerning ishlab chiqarish vositalari bilan bevosita birikuvida, ya’ni mulk va mehnat natijalarini tasarruf etish bo‘yicha masalalarni mustaqil hal etishidadir. Fermer xo‘jaligi qishloq xo‘jaligida xo‘jalik yuritishning shakllaridan biri sifatida o‘ziga xos bo‘lgan ijtimoiy-psixologik, tashkiliy-iqtisodiy va huquqiy xususiyatlarga ega. Fermer xo‘jaligining asosiy vazifasi qishloq aholisini foydali mehnat va tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish orqali ishlab chiqarish resurslaridan oqilona foydalanishga erishish hamda shu asosda eng kam sarf-xarajat birligi evaziga mahsulot yetishtirishni har tomonlama ko‘paytirishdan iborat. Fermer xo‘jaligi mustaqil xo‘jalik yuritish subyekti sifatida o‘ziga xos bo‘lgan ma’lum bir tamoyillarga tayanadi: 1) Fermer xo‘jaligi ixtiyoriylik asosida tuziladi, ya’ni, fermer xo‘jaligi a’zolari o‘z xohishlari, manfaatlari va imkoniyatlaridan kelib chiqib xo‘jalikni tashkil etadilar. Ular ishlab chiqarish yo‘nalishlarini belgilash va o‘zlashtirish, boshqa xo‘jaliklar va davlat organlari bilan munosabatlarni ham mustaqil ravishda amalga oshiradilar. Qisqacha qilib aytganda fermerlar to‘liq tanlov va tadbirkorlik erkinligiga tayanadilar. www.arxiv.uz 1. Ijtimoiy-psixologik jihatdan Jamiyatning boshlang‘ich bo‘g‘ini - oila va unga xos bo‘lgan axloqiy- tarbiyaviy qadriyatlarga hamda shaxsiy manfaatdorlik, xususiy tashabbuskorlik va tadbirkorlik erkinligiga tayanuvchi aholining ijtimoiy qatlami 2. Tashkiliy-huquqiy jihatdan Yuridik shaxs maqomiga (o‘z balansi, hisob raqami, muhri va boshq.) ega bo‘lishi shart 3. Mehnat munosabat-lari jihatidan Xo‘jalikda a’zolar mehnati bilan birgalikda yollanma mehnatdan foydalanish mumkin 4. Ishlab chiqarish yo‘nalishi jihatidan Ishlab chiqarish qisman ichki iste’molga va asosan bozorga yo‘naltirilgan tovar xo‘jaligi 5. Mulkiy munosabatlar jihatidan ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulkchilik; yer maydoni uzoq muddatli ijaraga (eng kamida 30 yildan uzog‘i bilan 50 yilgacha) beriladi, ijara muddatida ijara huquqini meros qilib qoldirish mumkin. www.arxiv.uz 2) Fermer xo‘jaligida mulk egaligi huquqi alohida xususiyatga ega. Fermer xo‘jaligidagi mol-mulk shu xo‘jalik a’zolarining xususiy mulki bo‘lganligi tufayli, ular bu mulkni yaxshi saqlanishi va ko‘payib borishidan manfaatdordirlar. Bu esa fermerlarda mulkdan oqilona foydalanish ko‘nikmasini hosil qiladi. Yer maydonining 50 yilgacha muddat bilan ijaraga, ijara muddatida ijara huquqini meros qilib qoldirish bilan berilishi esa yer resurslaridan unumli foydalanish, tuproq tarkibi va hosildorligini muttasil oshirib borishga rag‘bat yaratadi. 3) Fermer alohida statusga ega shaxs sifatida yuzaga chiqadi, ya’ni bunda o‘z mehnati bilan ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etuvchi mehnatkash, yuqori foyda olishni ko‘zlab o‘z mol-mulkini tavakkalchilik asosida ishlab chiqarishga jalb etgan tadbirkor va ma’lum bir intelektual qobiliyatga ega bo‘lgan boshqaruvchi bir shaxs timsolida mujassamlanadi. 4) Fermer xo‘jaligida mehnatning xarakteri ham o‘ziga xos xususiyat kasb etadi. Agrar ishlab chiqarishning doimiy ravishda jonli organizmlar bilan bog‘liq holda yuritilishi, bu sohada ishlab chiqarishga haqiqiy javobgarlik hissi bilan yondashuvchi, uning natijalaridan bevosita manfaatdor shaxslar mehnat qilishi lozimligini ko‘rastadi. Fermer faqat uning o‘zi va oilasining farovonligini ta’minlashga yo‘naltirilgan erkin, ijodiy mehnatdagina o‘zining qobiliyatlari va mahoratini to‘laligicha namoyon eta oladi. www.arxiv.uz 5) Fermer xo‘jaligini asosini jamiyatining boshlang‘ich bo‘g‘ini - oila tashkil etadi. Oilaviy xo‘jalikda o‘zgacha ijtimoiy va ma’naviy muhit mavjud bo‘lib, bu yerda har bir shaxsning manfaati butun oila manfaati bilan qo‘shilib ketadi. Bunda mehnat jamoasi vakillarining bir-biriga bo‘lgan ishonchi yuqoriligi sababli, har bir kishi umumiy oila farovonligi yo‘lida vijdonan va sifatli mahnat qiladi, mehnat va uning natijalarini qadrlashga o‘rganadi, o‘zaro yordam va shaxsiy javobgarlik xislatlariga moslashadi. 6) Fermer xo‘jaligi asosan bozorga yo‘naltirilgan mayda tovar xo‘jaligi sifatida bozor konyukturasiga tez moslashuvchan bo‘ladi. Bunday xo‘jaliklar bozor holatidagi ozgina o‘zgarishni ham tezda ilg‘ab, bozordagi iste’molchilar talabiga mos taklif bilan chiqishga intiladi. Fermerning mahsulotiga o‘rnatiladigan baho bozorda, xaridorlar tomonidan o‘rnatilishi tufayli, uning uchun mahsulot sifatini xaridorlar didiga moslashdan boshqa iloj qolmaydi. Bu holatlar bir tomondan aholini zarur mahsulotlar bilan o‘z vaqtida, kerakli mikdorda va sifatda ta’minlash imkonini yaratsa, ikkinchi tomondan bozorlar mo‘l-ko‘lchiligi sharoitida baholarning asta-sekin arzonlashib borishiga sabab bo‘ladi. www.arxiv.uz 7) Fermer xo‘jaligi respublikamiz qishloq xo‘jaligida endigina shakllanib kelayotgan tadbirkorlik shakllaridan biri sifatida qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish samaradorlgini oshirishga imkon beruvchi kuchli rag‘batlardan biridir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida aynan shu xususiy tadbirkorlik faoliyatini jonlantirish orqali ishlab chiqarishda yuksak natijalarga erishish mo‘ljallangan. 8) Har qanday iqtisodiy sistemada ishlab chiqarish samadorligini yuksaltirishning eng muhim shartlaridan biri-bu turli mulk shakllariga asoslangan tovar ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy erkinligi va ular o‘rtasida vujudga keladigan sog‘lom raqobatdir. Rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, sog‘lom raqobat kurashi vujudga kelishi uchun jamiyatda mulk shakllarining xilma-xilligini ta’minlash zarur. Fermer xo‘jaliklari agrar sohada yangi uklad sifatida shakllanib borishi bir tomondan haqiqiy mulk egaligining vujudga kelishiga imkon yaratsa, ikkinchi tomondan mulkchilikning boshqa turlariga asoslangan korxonalar bilan ma’lum darajada raqobat kurashi muhitini yaratishga yo‘l ochadi. www.arxiv.uz Fermer xo‘jaliklariga ustuvorlik berilishining sabablari: umumiy (jamoa) mulkchiligidan xususiy muklchilikka o‘tish; umumiy (jamoa) javobgarligidan shaxsiy javobgarlikka o‘tish; moddiy-texnik resurslaridan tejamli foydalanish va pirovard natijada ishlab chiqarish samaradorligini oshirish; mol-mulk va ishlab chiqarishga bo‘lgan shaxsiy munosabat va moddiy rag‘batni oshirish; fermerning yagona mulk egasi ekanligi, xo‘jalikning ustav kapitalini o‘zi shakllantirishi va uni mustaqil boshqarishi; boshqarish, sotish va boshqa operatsion sarflar bilan bog‘liq noishlab chiqarish xarajatlari keskin kamayishi; fermerning mahsulot yetishtirish, sotish va daromaddan foydalanishda mustaqil erkinlikka ega ekanligi; «yaxshi mehnat qilgan dehqon yaxshi daromad olishi va pirovard natijada yaxshi hayot kechirishi kerak» degan tamoyilning amal qilishi; jahon tajribasida fermer xo‘jaliklari qishloq xo‘jaligidagi eng asosiy xo‘jalik yuritish shakli ekanligi; yer uchastkalarini 30-50 yil muddat bilan ijaraga olganda yerdan asrab-avaylab foydalanishga, tuproq unumdorligini muttasil oshirib borishga rag‘bat uyg‘onishi; fermerning yuridik shaxs sifatida faoliyat yuritishi, tayyorlov, ta’minot va xizmat ko‘rsatish korxonalari bilan shartnomalarni mustaqil tuzishi va majburiyatlar bo‘yicha javob berishi; shirkat xo‘jaliklari bilan qiyosiy taqqoslaganda fermer xo‘jaliklarida moddiy va moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligi yuqori ekanligi va boshqalar; davlat buyurtmasidan ortiqcha ishlab chiqarilgan mahsulotga erkin baho qo‘ya olish va sotish huquqiga ega bo‘lishi; ishlab chiqarish va mahsulot sotishdan kelgan sof foydani mustaqil tasarruf etish imkoniyati. www.arxiv.uz O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 24 martdagi “Qishloq xo‘jaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi farmonida fermer xo‘jaliklarini shakllantirishning quyidagi tamoyillari belgilab berilgan: - fermer xo‘jaliklari qoida tariqasida, tugatiladigan, zarar bilan ishlayotgan, past rentabelli va istiqbolsiz shirkatlar negizida barpo etiladi; - fermer xo‘jaligi yuridik shaxs sifatida, asosan xususiy korxona shaklida, keyinchalik ular turli shakldagi kooperatsiyalarga birlashish huquqi bilan barpo qilinadi; - yer maydonlari fermerlarga tanlov asosida ellik yilgacha uzoq muddatli asosda, ijara muddati davomida meros qilib qoldirish huquqi bilan ijaraga foydalanish uchun beriladi; - fermer xo‘jaliklariga beriladigan yer maydonlari bo‘yicha uzoq muddatli ijara shartnomasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuman hokimlari bilan tuziladi. Fermer xo‘jaliklarini tuzishning quyidagi shakllari mavjud: Maxsus respublika fondidagi, mehnat resurslari yetarli bo‘lmagan va yangi sug‘oriladigan mavzelardagi yerlar hamda zaxira yerlarda maxsus davlat yer fondini shakllantirish orqali fermer xo‘jaliklarini tuzish. www.arxiv.uz Фермер хўжаликларининг ташкилий-иқтисодий ва ҳуқуқий асослари Har qanday xo‘jalik yuritish shakli muayyan bir ijtimoiy -iktisodiy tizimda vujudga kelish va rivojlanish jarayonida tashkiliy iktisodiy, huquqiy, ijtimoiy va psixologik xarakterdagi bir qator omillar ta’sirida shakllanib, o‘ziga yo‘l ochib boradi. Fermer xo‘jaligining vujudga kelishi va shakllanishida uning tashkiliy-iqtisodiy asoslari muhim ahamiyat kasb etadi. Fermer xo‘jaligi uni tuzayotgan a’zolar xohishiga ko‘ra, ixtiyoriy tashkil etilib, o‘z ishlab chiqarishini belgilangan qonunchilik doirasida yuqori foyda olishni ko‘zlab tashkil etadi. Fermer xo‘jaligi tuman (shahar) hokimligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab yuridik shaxs maqomini oladi va o‘z nomidan shartnomalar tuzish, mulkiy va mulkiy tusda bo‘lmagan huquq va majburiyatlarga ega bo‘lishi mumkin. www.arxiv.uz Amaldagi qonunchilikka ko‘ra femer xo‘jaligi tashkiliy-huquqiy jihatdan: - xo‘jalik a’zolarning birgalikdagi faoliyatiga asoslangan; - o‘ziga uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda tovar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanuvchi; - o‘z nomi o‘yib yozilgan hamda gerb tasviri tushirilgan muhrga hamda shtampga ega, yuridik shaxs maqomidagi; - bank muassasalarida hisob-kitob va boshqa hisob varaqalar ochadigan; - boshqa korxonalar, tashkilotlar, birlashmalar hamda muassasalar bilan o‘zaro teng huquqli munosabatlarga kirishuvchi mustaqil xujalik yuritish subyekti hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligida fermer xo‘jaliklarining boshqa xo‘jalik yuritish shakllari bilan teng sharoitlarda va sog‘lom raqobat asosida rivojlanishi uchun mustahkam huquqiy-me’yoriy baza yaratilgan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining Bosh Qomusi, «Fuqarolik Kodeksi», «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida»gi, «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunlar, respublika Prezidentning bir qator farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, fermer xo‘jaliklari faoliyatining mulkiy daxlsizligi va tadbirkorlik erkinligini ta’minlashga hamda qo‘llab-quvvatlash vazifalarini amalga oshirishga xizmat qiladi. www.arxiv.uz Fermer xujaligi faoliyatining iqtisodiy asoslari mulkchilik munosabatlariga borib taqaladi. Fermer xo‘jaligi o‘ziga qarashli xo‘jalik imoratlari, qishloq xo‘jaligi ekinzorlari va ko‘chatzorlari, dov-daraxtlar, mahsuldor chorva mollari, parrandalar, qishloq xo‘jaligi texnikasi, inventar, asbob-uskunalar, transport vositalari, pul mablag‘lari, intellektual mulk obyektlari, shuningdek, fermer xo‘jaligi balansida bo‘lgan boshqa mol- mulkning, ishlab chiqarish faoliyati natijasida yetishtirilgan mahsulotning, olingan daromad (foyda)ning va qonunda taqiqlanmagan asoslarda olingan boshqa mol-mulkning egasi hisoblanadi. Fermerning pul va moddiy mablag‘lari, tovarlarni sotishdan, ishlarni bajarishdan, xizmatlar ko‘rsatishdan, shuningdek, faoliyatning boshqa turlaridan olingan daromad (foyda), qimmatli qog‘ozlardan olingan daromadlar, yuridik va jismoniy shaxslarning beg‘araz xayriya va boshqa badallari, ehsonlari va qonun hujjatlarida taqiqanmagan boshqa manbalar fermer xo‘jaligi mol-mulkini shakllantirish manbalari bo‘lishi mumkin. www.arxiv.uz Respublikamizda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish davrini shartli ravishda 4 bosqichga bo‘lish mumkin. № Bosqichlar Bosqichlar davri Bosqichlarning nomlanishi 1. I-bosqich 1989-1997 yillar Fermer xo‘jaliklarini dastlabki vujudga kelishi va shakllanishi davri 2. II- bosqich   1998-2001 yillar Fermer xo‘jaliklarining me’yoriy-huquqiy bazasini yaratish va mustahkamlash davri 3. III-bosqich 2002-2007 yillar Surunkasiga zarar ko‘rib ishlagan past rentabelli shirkatlarni tugatish negizida fermer xo‘jaliklarini keng ko‘lamda ustivor rivojlantirish davri 4. IV-bosqich 2008 yildan boshlab Fermer xo‘jaliklarining hajmini optimallashtirish davri www.arxiv.uz Fermer xo‘jaliklarini rivojlanish bosqichlari   I-bosqich – 1989-1997 yillar. Respublikada fermer xo‘jaliklarini mustaqil xo‘jalik yuritish subyekti sifatida rasman tan olish va faol shakllantirish jarayoni 1991 yilning oxirlaridan boshlandi. Qishloq xo‘jaligida bozor munosabatlarini joriy etishni jadallashtirish, mulkchilikning turli shakllarini vujudga keltirish, xususiy mulk va shaxs manfaatlarining ustivor rivojlanishini ta’minlash maqsadida 1991 yil 29 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 295-sonli «Respublikada dehqon (fermer) xo‘jaliklarini yanada mustahqamlash va tadbirkorlik faoliyatini davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi. Bu farmonning qabul qilinishi respublikada fermer xo‘jaliklarini bozor sharoitida shakllanib kelayotgan xo‘jalik yuritishining yangi shakli sifatida hisobga olish va rivojlantirish uchun dastlabki huquqiy asos bo‘lib xizmat qildi. Farmonda fermer xo‘jaliklarini shakllantirish maqsadida boshlang‘ich yer fondini shakllantirish, ularni moddiy-texnika resurslari va kreditlar bilan ta’minlash hamda fermerlar faoliyatini davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash masalalari belgilab berildi. Respublika Prezidentining 295-sonli farmoni asosida 1991 yil 30 dekabrda Vazirlar Mahkamasining 315-sonli “Respublikada dehqon (fermer) xo‘jaliklarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chorlari haqida”gi qarori e’lon qilindi. www.arxiv.uz Mazkur qarorining 1-bandiga muvofiq fermer xo‘jaliklari tashkil etish uchun 200 ming gektardan iborat yer fondi tuzish ko‘zda tutilgani holda haqiqatda ajratilgan yer maydoni 217232 gektarga teng bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 315-sonli qarorini hayotga tatbiq etilishi natijasida respublikamizda fermerlik harakati ancha kuchaydi. Dastlabki tashkil etilgan fermer xo‘jaliklari asosan respublika hukumati tomonidan ajratilgan davlat yer fondi bazasida, zahiradagi yerlarda, mehnat resurslari yetishmaydigan, yangi sug‘oriladigan, qishloq xo‘jaligi korxonalarining kam unumli, foyda bermaydigan yoki kam rentabelli yerlarida shakllantirilgan. Bu vaqt oralig‘ida respublika qishloq xo‘jaligida dehqon (fermer) xo‘jaliklarini shakllantirish borasida dastlabki qadam qo‘yilgan bo‘lishiga qaramay, hali ularning mustahkam ildiz otishlari uchun qonuniy asos yaratilmagan edi. Shu tufayli 1992 yil 3 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi muhim ahamiyat kasb etdi. Qonunda dehqon (fermer) xo‘jaliklari faoliyatining tashkiliy, iqtisodiy va huquqiy asoslari belgilab berildi. www.arxiv.uz II-bosqich – 1998-2001 yillar. Bu davr fermerchilik harakatini rivojlantirishning me’yoriy-huquqiy bazasini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Qishloq xo‘jaligida bozor munosabatlarining faol kirib borishi va tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishi bilan fermer xo‘jaliklarining yangi ijtimoiy-iqtisodiy uklad sifatida mohiyatini aniqlashtirish, ularning tashkiliy-iqtisodiy asoslarini teranlashtirish hamda huquqiy maqomini mustahkamlash zaruriyati yuzaga keldi. O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 apreldagi «Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida»gi va «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida»gi qonunlari qabul qilinishi bilan fermer va dehqon xo‘jaligining maqomi, ularning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va tashkiliy-iqtisodiy asoslari, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyekti sifatidagi umumiy va farqli tomonlarini aniq belgilab berildi. Bu davrda past rentabelli va zarar ko‘rib ishlayotgan shirkat xo‘jaliklarini fermer xo‘jaliklariga aylantirish mexanizmi ishlab chiqildi va tajriba tariqasida amaliyotda qo‘llanila boshlandi. Respublikamizda 1999 yildan boshlab zarar keltirib keltirib ishlayotgan, past rentabelli va istiqbolsiz shirkat xo‘jaliklarini fermer xo‘jaliklariga aylantirish jarayoni boshlandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 15 maydagi 243- sonli qaroriga asosan Xorazm viloyatidagi jami 8 ta shirkat xo‘jaligi tugatilib, o‘rnida 472 ta, 1999 yil 25 dekabrdagi 543-sonli qarori bilan jami 8 ta shirkat xo‘jaligi tugatilib, ular o‘rnida 564 ta fermer xo‘jaliklari tanlov asosida tashkil etildi. Bularga qo‘shimcha ravishda Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 29 dekabrdagi 516-sonli qaroriga asosan jami 52 ta shirkat xo‘jaligi tugatilib, ular negizida 3031 ta fermer xo‘jaliklari tashkil etildi. www.arxiv.uz III-bosqich – 2002-2007 yillar. Respublikamizda fermer xo‘jaliklarini keng ko‘lamda rivojlantirish ishlari 2002 yildan boshlandi. Bu davrga kelib qishloq xo‘jaligida istiqbolsiz shirkat xo‘jaliklari negizida fermer xo‘jaliklari tuzish va ular faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasida ma’lum bir tajribalar to‘plangan edi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 5 maydagi 8-sonli qarori bilan past rentabelli va zarar ko‘rib ishlayotgan shirkat xo‘jaliklarni fermer xo‘jaliklariga aylantirish bilan bog‘liq me’yoriy hujjatlar to‘plami tasdiqlandi va fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish uchun mukammallashgan darajada huquqiy baza yaratildi. Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 5 maydagi 8-sonli qarori bilan 83 ta, 2003 yil 22 yanvardagi 38-6-sonli qarori bilan 177 ta shirkat xo‘jaliklari tugatilib, ular negizidan fermer xo‘jaliklari tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 24 martdagi “Qishloq xo‘jaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi PF-3226-sonli Farmoni qishloq xo‘jaligida islohotlarni chuqurlashtirishning ustivor yo‘nalishlarini belgilashda muhim qadam bo‘ldi. Agar shunga qadar fermer xo‘jaliklariga ajratiladigan yer maydonlari shirkat xo‘jaliklari balansida bo‘lgan bo‘lsa, ushbu farmon qabul qilingandan so‘ng ular yer ijarasi shartnomasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri hokimiyatlar bilan tuzadigan bo‘ldilar. Shuningdek, yer ijarasi 30 yildan 50 yilgacha muddatga tuziladigan bo‘ldi. www.arxiv.uz Respublikada 1999-2007 yillar oralig‘ida zarar keltirib ishlayotgan va istiqbolsiz shirkat xo‘jaliklari negizida tashkil etilgan fermer xo‘jaliklari № Yillar Tugatilgan shirkat xo‘jaliklari soni Ular negizida tashkil etilgan fermer xo‘jaliklari soni   1. 1999 yilda 8 440 1. 2000 yilda 8 479 1. 2001 yilda 52 3031 1. 2002 yilda 91 3822 1. 2003 yilda 177 11383 1. 2004 yilda 326 15161 1. 2005 yilda 445 25023 1. 2006 yilda 666 74124 1. 2007 yilda 329 24091 1. Jami 2102 157554 www.arxiv.uz Fermer xo‘jaliklarini yer-suv resurslari va ulardan samarali foydalanish masalalari Davlat yerdan foydalanuvchilarga hamda qishloq xo‘jalik korxonalariga qonunda belgilangan tartibda yer uchastkasi ajratib beradi. Yer uchastkasi - yer fondining qayd etilgan chegaraga, maydonga, joylashish manziliga, huquqiy rejimi hamda davlat yer kadastri va yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlariga, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hujjatlarida aks ettiriladigan boshqa jahatlarga ega bo‘lgan muayyan qismidir. Har bir qishloq xo‘jalik korxonasi ma’lum yer maydoniga ega bo‘lib, qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish bilan shug‘ullanadi. Korxonaning umumiy yer maydoni tabiiy sharoitlari hamda xo‘jalikda foydalanish xususiyatiga ko‘ra bir xil emas. Hamma yerlardan ham qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishda foydalanilmaydi. Shuning uchun yer maydonlaridan qishloq xo‘jaligiga yaroqlilari ajratiladi. Qishloq xo‘jaligiga yaroqli yerlar deganda, doimiy qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun foydalaniladigan yerlar tushuniladi. Ularga haydaladigan yerlar, ekinzorlar, bog‘lar va uzumzorlar, pichanzorlar va yaylovlar kiradi. Qishloq xo‘jaligiga yaroqli yerlar maydoni va uning tarkibi bir xil bo‘lmasdan o‘zgarib turadi. www.arxiv.uz Fermer va dehqon xo‘jaliklarining jami ekin maydonlaridagi salmog‘i, (barcha toifadagi xo‘jaliklarga nisbatan foizda) Кўрсаткичлар 2002 2004 200 6 20 12 Фермер хўжаликлари салмоғи Жами экин майдони, ш.ж. 28,0 47,7 74,5 84,4 Пахта 32,6 54,5 87,6 98,4 Дон экинлари 27,0 48,3 73,0 83,4 Картошка 4,3 6,3 9,9 16,3 Сабзавотлар 8,2 13,8 29,1 34,8 Полиз экинлари 23,6 41,5 51,9 53,8 Ем-хашак экинлари 25,1 36,6 60,5 69,7 www.arxiv.uz Yerning har bir turiga (sug‘oriladigan yerlar, lalmikor yerlar, pichanzorlar, o‘tloqlar va hokazo) tegishli bazaviy stavkalar va tuzatish koeffitsiyentlari qo‘llanadi, ular to‘lovchilarga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda yetkaziladi. Sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlari bo‘yicha bazaviy stavkalar uchun tegishli tuman va shahar bo‘yicha tasdiqlangan stavkalar qabul qilinadi. Lalmikor yerlar, shuningdek pichanzor va o‘tloqlar bo‘yicha bazaviy stavkalar uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘yicha tasdiqlangan stavkalar qabul qilinadi. Jamoat binolari, suv hhavzalari, kanallar, kollektorlar va yo‘llar, shuningdek qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan boshqa yerlar band etgan yerlar bo‘yicha bazaviy stavkalar uchun tegishli tumanlar va shaharlarning sug‘oriladigan yerlari uchun tasdiqlangan stavkalar qabul qilinadi. Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari yagona yer solig‘i summasini mazkur Yo‘riqnoma ilovasiga binoan shakl bo‘yicha hisoblab chiqaradilar va davlat soliq organlariga hisob-kitobni joriy yilning 1 fevraligacha taqdim etadilar. Fermer xo‘jaliklari hisoblab chiqarilgan yagona yer solig‘i umumiy summasining 97,5 foiziini maxsus tranzit hisobvarag‘iga, 2,5 foizini Dehqon va fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga to‘laydilar. www.arxiv.uz Fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy samaradorligi va yanada oshirish masalalari Har qanday xo‘jalik yuritish shaklining muayyan bir ijtimoiy- iqtisodiy tizimda vujudga kelishi va rivojlanishining asosiy shartlaridan biri uning samaradorligi darajasi bilan belgilanadi. Samarali xo‘jalik yuritish raqobatli bozor muhitida xo‘jalikning yashovchanligini va taraqqiyotini belgilab beruvchi eng asosiy omillardan biri hisoblanadi. Shu bilan birga ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan iqtisodiy resurslar (yer, kapital, menat va boshkalar) cheklangan xarakterga ega bo‘lib, bu holat ulardan imkoni boricha unumli, samarali foydalanishni talab etadi. Ishlab chiqarish samaradorligi - juda murakkab iqtisodiy kategoriyadir. U obyektiv iqtisodiy qonunlar, ijtimoiy ishlab chiqarishning asosini ifoda etuvchi – natijani, ya’ni oqibatni aks ettiradi. Oqibat yoki natija har qanday faoliyatning maqsadidir. Samara tushunchasi bilan iqtisodiy samara tushunchasini farqlash kerak. www.arxiv.uz Samara bu keng tushuncha bo‘lib, har qanday tadbir yoki faoliyatning natijasida, o‘g‘itlardan foydalanish samarasi, ekinlar hosildorligi oshishida, yem-xashak samarasi, chorva mahsuldorligi oshishida ifodalanadi. Ammo bu samara, ya’ni hosildorlikning va mahsuldorlikning oshishi bu tadbirlar qanchalik foydaliligini ko‘rsatmaydi. O‘g‘it va yem-xashaklardan foydalanish bilan bog‘liq xarajatlarning qoplanganlik darajasi shu xarajatlar bilan olingan natija daromad bilan taqqoslangandagina ma’lum bo‘ladi. O‘g‘it va yem- xashakdan foydalanish natijasida ekinlar hosildorligi, chorva mollari mahsuldorligini oshuvi bu tadbirni texnik samaradorligini ifoda qilsa, tadbirni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar bilan, buning natijasida olingan daromadni taqqoslash iqtisodiy samaradorlikni ifodalaydi. Iqtisodiy samaradorlik ishlab chiqarish vositalari va jonli mehnatni qo‘llash orqali olingan foydali natijani yoki jami resurslar birligiga olingan natijani ifoda etadi. U yoki bu tadbirga baho berishda yoki uning o‘lchamlarini aniqlashda iqtisodiy samaradorlik mezonini bilish kerak. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir korxona to‘la iqtisoiy va huquqiy mustaqillikka ega bo‘lganligi uchun asosiy maqsadi o‘ziga biriktirilgan resurslardan to‘la va samarali foydalanishga qaratilgan bo‘lib, shu resurslar birligiga qancha ko‘p daromad va foyda olsa, raqobat kurashida shuncha ustunlikka ega bo‘ladi. www.arxiv.uz