logo

Aksiyadorlik jamiyatlari foliyatiga xalqaro moliya bozoridagi o'zgarishlarining ta'siri tahlili

Yuklangan vaqt:

07.03.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1030.8837890625 KB
Aksiyadorlik jamiyatlari foliyatiga xalqaro moliya bozoridagi o'zgarishlarining ta'siri tahlili Mas’uliyati cheklangan firmalar yirik korxonalar miqyosida — aksiyadorlik jamiyati ko‘rinishida tashkil qilinadi. Aksiyadorlik jamiyati boshlang‘ich nizom jamg‘armasi hajmiga teng miqdorda o‘z aksiyalarini chiqaradi va sotadi. Bu aksiyani sotib olgan har bir kishi jamiyatning aksiyadoriga aylanadi. Jamiyat aksiyadorga har yilgi foydasidan sotib olgan aksiyasiga mos ravishda haq — dividend to‘laydi. Aksiyadorlik jamiyatini chet ellarda aksiyadorlik kompaniyasi yoki korporatsiyalar deb ham atashadi. Agar aksiyadorlik jamiyatining aksiyalari istalgan shaxsga sotilsa, bunday jamiyat ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati deb, agar faqat oldindan belgilab qo‘yilgan shaxslar guruhiga (masalan, jamiyatning ta’sischilari yoki xodimlariga) sotilsa, u yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati deb ataladi. Birinchi aksiyadorlik jamiyati XVI asrda Niderlandiyada tashkil qilingan “ Ost-Ind ” kompaniyasi bo‘lib, u Hindiston bilan Yevropa o‘rtasida savdo-sotiq ishlarini olib borgan. Aksiyador sotib olgan aksiyalari soniga qarab, aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda ovoz berish yo‘li bilan qatnashishi mumkin. U qancha aksiya sotib olgan bo‘lsa, aksiyadorlik jamiyati umumiy majlisida shuncha ovozga ega bo‘lib, u yoki bu qarorni qabul qilishda, jamiyat rahbarlarini saylashda o‘z ovozi bilan ta’sir etishi mumkin. Shu sabab, aksiyadorda aksiya qancha ko‘p bo‘lsa, u korxonani boshqarish masalalariga shuncha ko‘proq ta’sir o‘tkaza oladi. Agar aksiyador aksiyalarning yarmidan ko‘pini, ya’ni aksiyalar nazorat paketini qo‘lga kiritsa, u korxonaning yakka xo‘jayiniga aylanadi. Chunki, aksiyadorlar umumiy majlisida har qanday qarorning qabul qilinishida uning fikri — ovozi hal qiluvchi bo‘lib qoladi. Aksiyadorlik jamiyati — nizom jamg‘armasi aksiyalarini sotish yo‘li bilan shakllanadigan, mas’uliyati cheklangan yirik firma. Aksiya — firma nizom jamg‘armasiga hissa qo‘shilganini tasdiqlovchi va egasiga firma foydasidan ma’lum daromad olish huquqini beruvchi hujjat — qimmatbaho qog‘oz. Ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati — aksiyalari istalgan shaxsga sotiladigan jamiyat. Yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati — aksiyalari faqat oldindan belgilab qo‘yilgan shaxslar guruhiga sotiladigan jamiyat. Aksiyalar ikki xil — oddiy va imtiyozli bo‘ladi. Oddiy aksiyalar ulardan keladigan daromad—dividendni kafolatlamaydi. Lekin aksiyadorlik jamiyati umumiy majlisida ovoz berish huquqini, ya’ni boshqaruvda qatnashish huquqini beradi. Imtiyozli aksiyalar esa ulardan keladigan har yilgi dividendni aksiya narxining ma’lum foizi miqdorida kafolatlaydi. Imtiyozli aksiya egasi aksiyadorlar jamiyatini boshqarishda qatnasha olmaydi, chunki u aksiyadorlar umumiy majlisida ovozga ega bo‘lmaydi. Aksiyadorlik jamiyati faoliyati bilan bog‘liq muhim masalalarni aksiyadorlarning umumiy majlisida saylanadigan direktorlar kengashi hal qiladi. Jamiyatni boshqarish esa yollangan menejerlar tomonidan amalga oshiriladi. Aksiya — qimmatli qog‘oz bo‘lib, uning ustiga bahosi — nominal qiymati yozib qo‘yilgan bo‘ladi. Aksiyani aksiyador boshqa kishiga sotishi yoki hadya qilishi mumkin. Odatda, aksiyalar fond birjalarida sotiladi va sotib olinadi. Aksiyadan uning egasiga kelayotgan daromad — dividendning ko‘p yoki kamligiga qarab, aksiyaning fond birjasidagi bozor narxi — aksiyaning kursi o‘zgarib turadi. Masalan, aksiyaning nominal qiymati 10 000 so‘m bo‘lgani holda, aksiya 12 000 so‘mga yoki 9 000 so‘mga sotilishi mumkin. Bunday hollarda aksiyaning kursi ko‘tarilganligi yoki pasayganligi haqida gapiriladi. Aksiya kursining o‘zgarishi uning bozor narxi nominal qiymatiga nisbatan foiz miqdori bilan aniqlanadi. Yuqoridagi misolda birinchi holatda aksiya kursi 120% ni, ikkinchi holatda esa 90% ni tashkil qilganini ko‘rish mumkin Aksiyaning nominal qiymati — aksiya ustiga yozib qo‘yilgan baho. Aksiya kursi — aksiyaning bozordagi narxi. Dividend — aksiya egasining firma foydasidan oladigan ulushi