logo

Temirdaraxtkabilar ajdodchasi (Hamamelididae). Dalachoykabilar ajdodchasi (Dilleniidae). Yalpizdoshlar

Yuklangan vaqt:

16.01.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

550.0595703125 KB
MAVZU: Temirdaraxtkabilar ajdodchasi (Hamamelididae). Dalachoykabilar ajdodchasi (Dilleniidae). Yalpizdoshlar oilasi vakillari bilan tanishish. Ituzumdoshlar va karamdoshlar oilasi vakillari bilan tanishish . Temirdaraxtkabilar ajdodchasi (Hamamelididae) Bu ajdodcha vakillarining ko'pchiligi daraxtlardir. Gullari shamol (anemofiliya) yordamida changlanib, ayrim jinsli, ba’zan ikki jinsli, bir uyli, ко’rimsiz. Ajdodcha 10 qabilaga bo'linib, ulraning ba’zilari bilan tanishib o'tamiz. Kazuainnomalar (Cazuarinales) qabilasi bitta oila va kazuarina turkumiga ega. Kazuarindoshlar oilasiga 40 dan ortiq tur kiradi. Ushbu oila vakillarining ko'pchiligi asosan Avstraliyada tarqalgan. Emannamolar (Fagales) qabilasi qoraqayindoshlar va qayindoshlar oilasiga bo'linadi. Ushbu oila vakillari keng bargli va aralash o'rmonlarni hosil qiluvchi daraxt va butalar, gullari mayda, ayrim jinsli, kuchala, kallakcha va boshqa to'p gullar, urg'ochi gullari tangachasimon o'simta ichida joylashadi. Unda tangachasimon, tikonsimon va boshqa o'simtalar bo'ladi. Qoraqayindoshlar oilasiga eman (Quercus), qoraqayin (Fagus), kashtan (Castanea) turkumlari kiradi. Eman turkumiga 300 ta tur kirib, Shimoliy yarim sharda, ba’zan subtropik o'lkalarda uchraydi. Emandan qurilish materiali sifatida, bochkalar yasashda, durodgorlikda foydalanadi. Yong'og'idan soxta kofe olinadi. Emanning 7 turi O'zbekistonda madaniy holda uchraydi. Qoraqayin turkumi 10 turga ega. Ular Shimoliy yarim sharda tarqalgan. Sharq qoraqayini. (F.orientalis) Farg'ona, Andijon, Samarqandda madaniy holda uchraydi. Durodgarlikda, kemasozlikda foydalaniladi. Yong'og'idan presslash yo'li bilan toza moy olinadi. G'arbiy Ukraina, G'arbiy Belorusiyada Yevropa qoraqayini (F.silvatika), kavkaz va Qrimda Sharq qoraqayini (F.orientalis) uchraydi. O'rmon yong'og'i (Corylus) turkimiga 8 tur kiradi, bargini to'kuvchi bir uyli daraxt va butalardir. Qayindoshlar oilasi grab ( Carpinus) va qandag'och (Alnus) turkumlari ham kirib o'rmon hosil qiladigan daraxt va butalardir. Bu oila 26 turkumga mansub 100-130 turni o'z ichiga oladi. Chinordoshlarga yaqin turuvchi bu oilaning vakillari Amerika, Madagaskar oroli, Janubi-Sharqiy Osiyo va Avstraliyada tarqalgan. Oila 5 ta oilachiga bo'linadi. Chinordoshlar oilasi (Plantanaceae) Bu oilaga 1 ta turkum, 10 ta tur kiradi. Ular Shimoliy Amerika, (Canada, Meksika, O'rta Yer dengizi bo'ylari. G'arbiy Ximolay, Xindi-Xitoy, Bolqon yarim oroli va O'rta Osiyoda tarqalgan. Bizda bitta Sharq chinori ( Platanus orientalis) o'sadi. Chinor serbarg o'simlik, bargida yon bargchalari bo'ladi. Kurtagidan dastlab barg chiqadi, keyin gulga kiradi. Gullari bir jinsli, changchi guli sarg'ish boshchada, urug'chi guli qizil boshchada hosil bo'ladi. Shamol vositasida changlanadi. Changchilari 3-4, ba'zan 7 ta gacha bo'ladi. Chinorlar 2000 yilgacha umr ko'radi, tabiatda 500, 1000 yil yashagan chinorlar uchraydi. U mustahkamligi jihatdan yong'oq yog'ochidan qolishmaydi. Sharq chinori O'zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi»ga kiritilgan. Emandoshlar qabilasi (Fagales) Emandoshlar oilasi (Fagaceae) Emandoshlar oilasining 18 turkumga mansub 900 ga yaqin turlari bor. Ular asosan bargini to'kadigan yoki doim yashil daraxt va ayrim butalardan iborat. Emanlar asosan Shimoliy Yarim sharda keng tarqalgan, qisman ular Janubiy ekvatorda o'sadi. Emanlarning ko'pchilik turlari juda yirik daraxtlar bo'lib, balandligi 35-40 m ga yetadi. Barglari oddiy navbatlashib joylashgan. Gullari ayrim jinsli, gulqo'rg'oni oddiy, tugunchasi ustki, to'pguli kuchala yoki kallakchadan iborat. Mevasi bir urug'li yong'oqcha. Emandoshlar oilasiga mansub o'simliklarning xo'jalikdagi ahamiyati juda katta. Ulardan qimmatbaho yog'och mahsulotlari olinadi. Po'stlog'i esa oshlovchi moddalar tayyorlashda ishlatiladi. Eman manzarali o'simlik sifatida ko'plab ekiladi. O'zbekistonda uning 7 ta turi ekiladi. Qayinnamolar qabilasi (Betulales) Qayinndoshlar oilasi (Betulalaceae) Bu oilaga 6 ta turkumga mansub 150 ga yaqin tur kiradi. Ular asosan Shimoliy yarim sharda tarqalgan. Keng tarqalgan turlariga misol qilib TyanShan qayinini (Betula tiahshanica) olish mumkin. U bargini to'kuvchi daraxtdir. Bargi oddiy, yon bargchali. Gullari ayrim jinsli, bir uyli. Gulqo'rg'oni oddiy. Changchi guli kuchalada, urug'chi guli yumaloq to'pgulda joylashgan. Shamol yordamida changlanadi. O'zbekistonda 1 ta turkumga mansub 2 turi o'sadi. Qayin (Betula) turkumga 60 ga yaqin bargini to‘kuvchi daraxt va butalar kiradi. O'zbekistonda oq qayin (Betula verrucosa), momiqli qayin (B.pomirica) kabi turlar uchratiladi. Yong'oqnamolar qabilasi (Juglandales) Yong'oqdoshlar oilasi (Juglandaceae) Oila 7 ta turkumga mansub 60 ta turni birlashtiradi. Asosan Yevrosiyo va Amerikada tarqalgan. Gullari ayrim jinsli, changchilari kuchalasimon to’pgulda joylashgan. Urug'chisi ikkita mevachi bargning qo'shilib o'sishidan hosil bo'lgan. Tugunchasi ostki, mevasi - yong'oq meva. Barglari toq patsimon murakkab, efir moy chiqaruvchi bezchalardan iborat. O'zbekistonda oddiy yong'oq (Juglans regia) o'sadi. U Pskom, Ugam, Chotqol, Hisor tizmalarida keng tarqalgan. Yong'oqlar davr relikti hisoblanadi. Bir vaqtlar keng arealga ega bo'lib, keyinchalik qisqarib ketgan. Yong'oqning yog'ochidan qimmatbaho buyumlar tayyorlanadi. Mevasidan xalq tabobatida va ilmiy tibbiyotda turli xil kasalliklarni davolashda foydalaniladi. Mevasi mag'zida 75 foiz yog', po'stida oshlovchi moddalar saqlaydi. Dilleniyakabilar ajdodchasi (Dillenidae) Bu ajdodchaga har xil hayotiy shakllarga va turlicha gul tuzilishga ega bo'lgan vakillar kiradi. Uning dillenidnarnolar (Dilleniales) va choynamolar (Theales) qabilasi vakillarida guli spiral-tsiklik tuzilishda va urug'chisi apokarp tuzilishdagi sodda belgilari saqlangan; veresknamolar (Ericales) ebenanamolar (Ebenales) va navro'zgulnamolar (Primulales) qabilalari uchun esa tojibarglarning o'zaro tutashganligi xos, binafshanamolar (Violates) qabilalari uchun gullarining tsiklik tuzilishi, tojbarglari erkin hamda tuguncha ustki kabi xususiyatlar saqlangan. Gulxayrinamolar (Malvales) qabilasi vakillarida gullari tsiklik changchilar soni ko'p bo'lib, ular o'zaro qo'shilib, nay hosil qiladi hamda urug'chini o'rab turadi. Ushbu qabilaga sutlamanamolar (Euphorbiales) qabilasi yaqin kichik ajdodga kapersnamolar (Capparales) qabilasi ham kirib, uning karamdoshlar (Brassicaceae) va toldoshlar (Salicaceae) kabi yirik oilalari ma’lum. Choynamolar qabilasi (Theales) Dalachoydoshlar oilasi (Clusiaceae, Hypericaceae) Bu oila 9 turkum, 400 dan ortiq turga ega. Bu turlami asosan tropik va subtropik xududlarda uchratish mumkin. O'zbekistonda 3 turi o'sadi. Bu oila ichida eng rnuhimi dalachoy (Hyperium) turkumi hisoblanadi. O'rta Osiyoda uning 2 turi (Hyperium perforatum, H. scabrum) keng tarqalgan. Barglari oddiy, nashtarsimon, qarama-qarshi joylashgan. Gullari ikki jinsli, aktinomorf, gulkosacha bargi beshta qo'shilib o'sgan. Gultojibargi 5 ta erkin joylashgan. Changchilari cheksiz, urug'chisi 3 ta, mevachi bargning qo'shilib o'sishidan hosil bo'lgan. Mevasi ko'sakcha. Dalachoyning barcha turlari ham dorivorlik xususiyatiga ega.  l- dalachoy (Hyperium perforatum)ning umumiy ko'rinishi, 2- guli, 3- diagrammasi YALPIZNAMOLAR QABILASI (Lamiales), LABGULDOSHLAR OILASI (Lamiaceae) Bu oila o‘z ichiga 200 dan ortiq turkum va 3500 turni o‘z ichiga oladi. Ular asosan yer sharining issiq va mo‘'tadil iqlimli hududlarida tarqalgan bo‘lib, bir va ko‘p yillik o‘t, chala buta, tropik mintaqalarda esa ba'zi vakillari buta va daraxtsimon o‘simliklardir. Ularning poyasi 4 qirrali, barglari oddiy, poyaga qarama-qarshi joylashgan, yonbargchalari yo‘q. To‘pgullari barg qo‘ltiqlarida joylashgan, (dixaziy). Ikki qarama-karshi barg qo‘ltig‘idan chiqqan dixaziy to‘pgullar o‘zaro birlashib xalqa to‘pgul hosil qiladi. Har bir doira to‘pgullar o‘z navbatida boshoq, ro‘vak, shingil, ba'zan kallak to‘pgullarda joylashgan. Gullari asosan noto‘g‘ri, ba'zan to‘g‘ri, 5 a'zoli qo‘sh gulqo‘rg‘onli. Gulkosa barglari 5 ta, birikib o‘sgan 5 tishli bo‘ladi. Gultojbarglari 5ta, birikib o‘sib 2 ta labni hosil qiladi. Ustki labi ikkita, pastki labi uchta gultojbargning birikib o‘sishidan hosil bo‘lgan. Changchilari 4 ta, ulardan 2 tasi qisqa changchi iplariga ega. Ba'zan changchilari ikkita bo‘lib, qolgani qisqargan yoki shiradonlarga aylangan bo‘ladi. Changchi iplari gultoji naylariga birikib o‘sgan. Urug‘chisi bitta, ikkita mevabargli, tugunchasi ustki. Har qaysi urug‘ kurtak orasida juda barvaqt to‘siq hosil bo‘ladi. Natijada tuguncha 4 bo‘lakchaga ajraladi. Mevasi bir urug‘li 4ta yong‘oqchasimon mevachalarga ajraladigan uvoq meva. Ahamiyati. Oila vakillari efir moylariga boy bo‘lganligidan parfyumeriya va oziq-ovqat sanoatida ishlatiladi. Bulardan tashqari bir necha turlari dorivor o‘simliklar hisoblanib tibbiyotda qo‘llaniladi. A - umumiy ko‘rinishi; B, D - gul; E - gulning bo‘yiga kesigi; F - ginetsey; G - kosa- chabarg; H - androtsey; I - changchi; J - gul diagrammasi; К - yon to‘pgullar chizmasi; L, M-urug‘lar.  Ituzumguldoshlar oilasi-Solanaceae.         Ituzumdoshlar oilasi 85 turkum, 2500 ga yaqin turdan iborat bo‘lib, yer sharining mo‘tadil iqlimli va tropik hududlarida tarqalgan. Ular asosan o‘t o‘simliklar, ba’zan chala buta va kichik daraxtlardir. Barglari oddiy, butun yoki patsimon qirqilgan, yon bargsiz bo‘lib, poyada ketma-ket joylashadi. Gullari yakka-yakka ko‘pincha oddiy yoki murakkab gajak, shingil to‘pgul hosil qilib to‘g‘ri yoki biroz noto‘g‘ri, och sariq, pushti, binafsha, oqimtir ko‘k rangli, ikki jinsli, qo‘sh gulqo‘rg‘onli. Gulkosa. va gultojbarglari 5ta bo‘lib, qo'shilib o'sgan, gultojisi karnaysimon, qo‘ng‘iroqsimon bo‘ladi. Changchilar 5ta, ko‘pincha changdoni chetlari bilan birlashib urug‘chi ustunchasini nay hosil qilib o‘rab turadi. Urug'chisi bitta ikkita mevabargchaning qo‘shilib o‘sishidan hosil bo‘lgan, tugunchasi ustki, tuguncha atrofida halqa bolib joylashgan beshta bo’lakchali shiradoni bor. Mevasi rezavor meva yoki ko‘sakcha. Ituzumdoshlar (Solatium) turkumi. Oilaning eng yirik turkumi hisoblanadi. 1300 turni o‘z ichiga oladi. Ular o‘t, chalabuta va buta o'simliklaridan iborat bolib, asosan Janubiy Amerikada tarqalgan. MDH hududida 18 ta, O‘zbekistonda 7ta turi uchraydi. Chuchmal ituzum (S. dulcamara). Sudralib o‘suvchi, poyasi yog‘ochlangan ko‘p yillik, mevasi juda ham zaharli o‘simlik. Qora ituzum (S. nigrum). Bir yillik begona o‘t bolib, mevasi mayda qora rangda boladi, С vitaminiga juda boy. Qizil ituzum (S.rubrum) turi ham uchraydi.   Kartoshka (S.tuberosum). Ko‘p yillik o‘t o‘simlik bo’lib, poyalari qirralik. Tuganaklarida 12-25% gacha kraxmal, 2% moy, 2% oqsil va А, В vitaminlari boladi. Janubiy Amerikada tarqalgan. XVIII asrda Rossiyada ekila boshlagan. Hozirgi vaqtda 1000 dan ortiq navi bor. Oziq-ovqat, yem-xashak va texnik ekini hisoblanadi. Baqlajon (S. melongena). Bir yillik o‘t o‘simlik bo’lib, gullari yakka joylashgan. Mevasi ko‘p urug’li, yirik, to‘q binafsha rangli rezavor meva. Vatani Hindiston hisoblanadi. Pomidor ( Lycopersicum ) turkumi. Pomidor sariq gulli bir yillik o‘t o'simlik, vatanida ko‘p yillik. Pomidorning vatani Amerika bo’lib, Rossiyada 1780-yilda ekilgan. Markaziy Osiyoda XIX asrning birinchi yarmidan boshlab ekila boshlagan. Garimdorilar ( Capsicum ) turkumi. C. annuum turi gulining rangi oqish va shirasiz, mevasi rezavor meva bo’lib, A va С vitaminlariga boy bo’ladi. Meksikadan kelib chiqqan. Garimdorining navlari achchiq, shirin va mayda mevali guruhlarga ajratiladi.  Kartoshka. A - gulli novda; В - gul (kosacha barg tomonidan ko‘rinishi) va uning kesigi; D - gul diagrammasi; E - meva (rezavor). Pomidor (Lycopersicum esculentum): A - mevali novda; В - gul; D - androtsey; E - gultojibargsiz va androtseysiz gul; F - meva (rezavor). Tamakilar ( Nicotiana ) turkumi. Bir yillik va ko‘p yillik o‘t o‘simlik bo’lib, 40 tadan ortiq turi bor. Barglari butun yirik bo’lib, navbat bilan joylashgan. Janubiy Amerikadan kelib chiqqan, narkotik va insektitsid o‘simliklar hisoblanadi. Yevropaga XVI asrda kirib kelgan. Tamakining guli och pushti qizgish rangli chekiladigan yoki virginiya (N. tabacum) va guli ko‘kish-sariq rangli maxorka (N. rustica) kabi turlari madaniy o‘simlik sifatida ekiladi. Bangidevonalar (Datura) turkumi. Issiq mamlakatlarda o‘sadigan o‘t va buta o‘simliklar bo’lib, 15 ga yaqin turni o‘z ichiga oladi. D. stramonium turi ko‘p uchraydi. Begona o‘t sifatida va tashlandiq joylarda ko‘p o‘sadi. Mingdevonalar ( Hyoscyamus) turkumi. 11 ta turni o‘z ichiga oladi. MDH hududida 8ta turi uchraydi. Qora mingdevona (H. niger) turi ayniqsa ko‘p tarqalgan bo’lib, ikki yillik o'simlikdir. Birinchi yili yer yuzasiga to‘pbarglari o‘sib chiqadi. Barglarining usti qoramtir yashil, ostki tomoni kulrang bo‘lib, uzunligi 8-13 sm, kengligi 3-5 sm, cho‘ziq-tuxumsimon yoki ellipssimon, o‘yilgan patsimon bo‘lakli, bandli. Ikkinchi yili poya o‘sib chiqadi. o‘simlikning hamma qismi yumshoq. Bezli tuklar bilan qoplangan. Poyasining bo‘yi 50-100 sm bo‘lib, sernam va organik tuproqlarga boy joylarda 150 sm gacha o‘sadi.  Karamdoshlar oilasi - Brassicaceae Bu tartibga 4 ta oila kiradi. Ularga kovuldoshlar (Capparidaceae ) va karamdoshlar (Brassicaceae) oilalari ham kiradi. Karamdoshlar (Brassicaceae) oilasi 380 ta turkum va 3200 ga yaqin turni birlashtirib, gulli o‘simliklarning eng qadimiy shu bilan polimorf oilalaridan biri hisoblanadi. Oila vakillari asosan 1, 2 va ko‘p yillik o‘t o‘simliklar ba’zi vakillari chala buta va buta shaklida shimoliy yarim shaming mo‘tadil va sovuq iqlimli hududlarida o‘suvchi o‘simliklar orasida muhim o‘rinni egallaydi. Barglari oddiy, butun yoki qirqilgan, poyada navbatlashib o‘rnashgan, yon bargchasiz. Gullari oddiy yoki murakkab shingil, ro‘vak to‘pgullarda joylashgan. Gullari to‘g‘ri, ikki jinsli, qo‘sh gulqo‘rg‘onli kosachabarglari va gultojibarglari 4 tadan, erkin qarama-qarshi bo‘lib, butasimon joylashgan. Chanchisi 6 ta, bulardan 4tasi uzun, ikkitasi qisqa, ikki doirada joylashgan urug‘chisi bitta, ikkita mevabarchalaming qo‘shilib o‘sishidan hosil bo‘lgan. Tugunchasi ustki, ikki uyali, tumshuqchasi ko‘pincha sharsimon. Mevasi odatda pastdan yuqoriga qarab ikkita pallaga bo‘linadigan ko'p urug‘li qo‘zoq, qo‘zoqcha yoki bir urugchi chatnamaydigan yong‘oqcha. Ba’zan qo‘zoq chatnamaydigan bo‘g‘imli bo‘lib, faqat bo‘g‘imidan parchalanadi. Urug'i endospermsiz. Bu oilaga mansub o‘simliklarning ko‘pchiligi sabzavot o‘simliklari hisoblanib, oziqovqat sifatida ko‘p ishlatiladi. Boshqa turlari esa dorivor, bo‘yoq beruvchi, yem- xashak va manzarali o‘simlikIar hisoblanadi.  Karam (Brassica) turkumi. Bu turkumning vakillari bir, ikki yoki ko‘p yillik o‘t o‘simliklar. Eng muhim turlaridan biri- karamdir (ikki yillik o‘t o‘simlik). Karamning bir necha xili mavjud. Jag‘-jag ‘(Capsella) turkumi. Bu turkumning turlari keng tarqalgan. Capsella bursa-pastoris turining tarkibida qonni to‘xtatadigan modda, shuningdek, «С» va «К» vitaminlari hamda organik kislotalar borligi aniqlangan.