logo

Dukkakdoshlar, soyabonguldoshlar, valerianadoshlar, ituzumdoshlar, labguldoshlar va astraguldoshlar oilalari

Yuklangan vaqt:

23.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1707.6748046875 KB
Dukkakdoshlar, soyabonguldoshlar, valerianadoshlar, ituzumdoshlar, labguldoshlar va astraguldoshlar oilalari   1. Dukkakdoshlar oilasiga tasnif. 2. Mimozagullilar oilasiga tasnif. 3. Kapalakgullilar oilasiga tasnif. 4. Kapalakgullilar oilasining ba’zi vakillari to’g’risida tushuncha 5. Sezalpinlar oilasiga tasnif. 6. Soyabonguldoshlar oilasiga tasnif. 7. Valerianadoshlar oilasiga tasnif. Reja: Dukkaklilar (Leguminosae) oilasi Bu tartibga kiradigan o’simliklar daraxtlar, lianalar, butalar va o’tlar xolida bo’lib, odatda qatorma-qator turadigan yonbargli murakkab barglar chiqaradi. Gullari pentamer (ba’zan tetramer), zigomorf yoki aktinomorf bo’lib, dumaloq gulqurg’oni besh a’zoli doiralardan tashkil topgan androtsey va bir a’zoli ginetsey bor. Gul tugunchasi yuqori tomonda, bir uyada, plansetasi chetda joylashgan. Bu tartibga o’simliklarning eng tipik belgisi mevalarning loviya shaklida (yoki loviyaga o’xshaydigan boshqa shaklda) bo’lishidir.   Mimozagullilar (Mimosaceae) oilasi Bu oilaga kiradigan o’simliklar asosan daraxtlar xolida bo’lib, yonbarglari bor, patsimon yoki qushpatsimon murakkab barglar chiqaradi. Gullari aktinomorf axyon-axyonda zigomorf va mayda- mayda bo’lib, kallak yoki boshoqsimon to’pgul xosil qiladi. Mimozagullilar oilasining vakillari ikkala yarim sharning tropik va subtropik zonalarida keng tarqalgandir. Bu oilaning eng katta akatsiya (Acacia) avlodiga taxminan 500 tacha tur kiradi, ularning yarmidan ko’prog’i Avstraliyada tarqalgan. Gulqurg’onidan ochiq rangli uzun-uzun otalik iplari chiqib turadi, usha iplarning ochiq rangi(sariq, pushti yoki qizil) changlovchi xashoratlarni jalb qiladi.   Kapalakgullilar (Papilionaceae) oilasi Bu oilaga kiradigan o’simliklar o’tlar, yarim butalar, goxo daraxtlar xolida bo’lib, yonbargli patsimon yoki barmoqsimon murakkab, ba’zan oddiy barglar chiqaradi. Gullari odatda o’rtacha yoki mayda bo’ladi, gullari mayda bo’lsa, odatda shingil, ba’zan boshcha, soyabon yoki boshoqsimon to’pgul xolida bo’lib turadi. Kapalakgullilar oilasining ko’pchiligi hashoratlar bilan changlanadi, gullarning murakkab tuzilganligi ham shunga bog’liq. Ochiq rangli gultojida yelkan qayirmasi yaqqol bo’lib ko’rinib turadi: changlovchi xashoratlarni jalb etishda shu tuzilma asosiy rolni o’ynasa ajab emas. Kapalakgullilar oilasi o’zining xo’jalikda tutgan axamiyati jixatidan yopiq urug’li o’simliklarning eng muxim oilalaridan biridir. Ularning ahamiyati birinchi galda kapalakgullilarning va umuman dukkaklilarning Bacterium radicicola degan umumiy nom bilan ataladigan bakteriyalar bilan birga yashashga bog’liq. Bacterium radicicola turlari orasida fiziologik jihatdan mustaqil bo’lgan bir qancha formalar borki, ularning har biri kapalakgullilar oilasining ma’lum bir turlari yoki tur guruxlari bilan birga yashaydi.   Sezalpinlar (Ceasalpiniaceae) oilasi Bu oilaga kiradigan o’simliklar daraxtlar, lianalar, butalar goxo o’tlar xolida bo’ladi va ketma-ket joylashgan, qo’sh patsimon, goxo oddiy barglar chiqaradi (oddiy barglar murakkab barglarning reduksiyalanishi natijasida yuzaga keladi) va xamisha yonbarglari bo’ladi. Tuklari ba’zan deyarli aktinomorf, lekin odatda zigomorf, siklik bo’lib, odatda besh a’zoli ba’zan to’rt a’zoli doiralardan tashkil topadi. Mevasi ba’zan ochiladigan ba’zan ochilmaydigan loviya shaklida. Ba’zi vakillarining urug’i endospermdir.   Selderdoshlar oilasi-Apiaceae Bu oilaga kiradigan o’simliklarning ko’pchilik qismi o’tsimon o’simliklar bo’lib, chala buta va buta o’simliklari kam uchraydi.o’tsimon o’simliklar asosan shimoliy yarim sharning mo’tadil iqlimli zonasida, buta va chala buta o’simliklari esa tropik va subtropik mamlakatlarda o’sadi. Gullari mayda bo’lib, soyabonsimon to’pgullarga to’planadi. Murakkab soyabonning asosi gulyonbarglardan iborat umumiy o’rama ichiga olingan, soyabonlarning asosida xam mana shunday kichik o’ramachalar bor. (rama va o’ramachalarning shakli, kattaligi va qay xilda joylashganligi o’simliklarni to’g’ri sistemasiga imkon beradigan muxim belgi xisoblanadi. Gul formulasi: Sa(5) So5 A5 G(1) Bu oilaning katta ahamiyatga ega bo’lgan turlari qo’yidagilardir. Sabzilar avlodi (Dacus). Bu avlod vakillari 2 yillik va ko’p yillik o’t o’simliklardir. Ularning gullari 1 yoki 2 jinsli, oq yoki sarg’ish, o’rtasidagi gullari qizil rangda. Mevasi chuziq, 5 ta tikanaksimon qovurg’ali. Bu avlod 60 turdan iborat. Shimoliy yarim sharda shu jumladan O’zbekistonda ham tarqalgan. Yovvoyi sabzi.(D.carota). Yevropa va Osiyo mamlakatlarida uchraydi. 2 yillik o’t o’simlik. Bu sabzi ildizining dag’al va mayda bo’lishi bilan ekma sabzidan farq qiladi. Ekma sabzi (D.sativus).2 yillik o’simlik . Kashnich (Coriandrum sativum . U gullari oq 2 jinsli, urug’i silliq, bir oz dumaloq yoki ovalsimon,barglari qirqilgan bir yillik tuksiz yashil o’simlikdir. Vatani O’rta dengiz. Kashnich mevasida 0,8% gacha korindrin efir moyi bor. 18% gacha yog’ bo’lib, u sovun ishlab chiqarishda va to’qimachilik sanoatida ishlatiladi. Bargi taomlarga ko’k sifatida ishlatiladi. Petrushka(Petroselinum crispus). U ildizlari urchiqsimon, barglari 2-3 marta patsimon qirqilgan, gullari sarg’ish, oq, qzg’ish tusli 2 yillik o’simlik. Uning hamma qismi yoqimli xid va ta’mga ega. Urugida efir moyi bor.   Valerianadoshlar oilasi-Valerianaceae Bu oila vakillari buta, chala buta ko’proq o’t o’simliklardir. Barglari qarama-qarshi joylashgan, odatda, patsimon qirqilgan va yonbargsiz. To’pgullari dixoziy yoki gajak. Gullari 2 jinsli, ba’zan bir jinsli, zigomorf, assimetrik, ya’ni teng 2 qismga ajratish mumkin bo’lmaydigan, 5 a’zolidir. Kosachasi gullash davrida yaxshi sezilmaydi, keyinroq patsimon o’simtaga aylanadi. Valeriana avlodi (Valeriana). Bu avlod vakillari ildizlari ko’pincha yug’onlashgan 200 tacha turni o’z ichiga oladi. Ular shimoliy yarim sharning mo’tadil poslarida va And tog’larida tarqalgan. 3 turi (V.Ticarifolia, V.chionophila,V.Tedtschenkovii) O’zbekiston florasida o’sadi. Dori valeriana (V.officinalis). U meditsinada katta ahamiyatga ega bo’lgan ildizpoyali, yirik ko’p yillik o’tlardandir. Barglari toq patsimon, qirqilgan qarama-qarshi joylashgan, gullari pushti rangli xushbo’y. Changchisi 3 ta bo’lib, tojbarg naychasiga birikkan. Ildizi bilan ildizpoyasi dori sifatida ishlatiladi. Asosan Ukrainada va Voronej oblastida ekiladi. Belorusiya,Ukraina, Rostov oblastlarida yovvoyi xolda o’sganlari xam yig’ishtirib olinadi Valeriananing xo’jalikdagi ahamiyati . Bu oilaning vakillaridan dori valeriana ekiladi. Uning ildiz va ildizpoyasidan tayyorlangan dori asab kasalliklarini, xapaqon kasalligini, yurak urishi va uyqusizlik kasalliklarini davolashda keng qo’llaniladi. Salat sifatida valerianella eriokarpa barglari ishlatiladi. Sigirquyruqgullilar tartibi - Ituzumguldoshlar oilasi-Solanaceae Bu oila vakillari o’t, chala buta, buta ba’zan ilashuvchi tropiklarda o’suvchi xatto kichikroq daraxt o’ziga xos xidi bor o’simliklardir. Barglari oddiy butun yoki qaychibarg va yonbargsiz bo’lib, asosan navbatlashib joylashadi. Biroq gulli tanalarida barglari ba’zan juft-juft, xatto qarama-qarshi joylashgandek ko’rinadi (mas.o’simligida) to’p gulli simoz odatda gajjak, gullari och sariq, pushti binafsha rangda bo’ladi. Bu gulli o’simliklarning eng yirik avlodlaridan bo’lib, 1300 dan ortiqroq turni o’z ichiga oladi. Uning vakillari asosan markaziy va janubiy Amerikada, Afrikada, bir qismi Yevro Osiyo va Amerikaning o’rta iqlimli zonalarida o’sadi. Ituzumning MDX florasida 18, O’zbekistonda 7 turi uchraydi. Dexqonchilikdagi bir necha muxim o’simliklar shu avlodga kiradi.   Yasnotkagullilar tarkibi - lamiales  Yasnotkadoshlar oilasi -Lamiceae. Labguldoshlar oilasi - labiatae Bu katta oilaga o’t, chala buta va buta o’simliklari kiradi. Poyasi 4 qirrali but shaklida qarama-qarshi joylashdi. Yon barglari bo’lmaydi. Gullari zigomorf, ikki jinsli gultojisi 2 ta tojbargining qo’shilib o’sishidan vujudga kelgan bo’lib, qalpoqsimon yoki yassi shaklda bo’ladi. Gul formulasi Sa (5) So(2/3) A4 G( 2) Mavrak turkumi - (Salvia) Ko’p yillik o’t chala buta o’simliklar. Uning Osiyoda 20 dan ko’p turi uchraydi. Ular tog’li rayonlarda ko’p tarqalgan. Sofficinalis turi dori tayyorlashda ishlatiladi. Yalpiz turi (Mentha) –Ko’p yillik o’t o’simliklari bo’lib efir moylidir. Bu oilaning vakillari asosan zax yerlarda, ariq va kanal bo’ylarida tarqalgan O’zbekiston florasida Osiyo yalpizi (M.asiatica) keng tarqalgan. Cho’l yalpiz (M. Arvensis) va jingalak yalpizlar (M. crispa) ekiladi. Oddiy rayxon-(Acimum basilicum). Bir yillik o’t o’simlik, uning oq rayxon, qora rayxon, osh rayxon, turlari ma’lum. Ular ziravor va xushbo’y o’simlik sifatida ekiladi. Yasnotkalar turkumi-Lamium- . Bir va ko’p yillik o’t o’simliklar. O’zbekiston florasida pushti yasnotka (L.amplexicanle) va oq yasnotka (L.alla) turlari begona o’t sifatida o’sadi. L.alla dori tayyorlashda ishlatiladi. Ular asal beruvchi o’simlik xisoblanadi. Kiyikutlar turkumi-Ziziphora . Bular tarkibida efir moylari bor bir yillik va ko’p yillik o’tlardir. Tog’ jambili (origanum)- Faqat bir turi (O.tythantum) O’zbekiston florasida tarqalgan. Astradoshlar oilasi-Asteraceae (Murakkabgullilar Compositae oilasi) Murakkabgullilar eng katta o’simliklar oilasi bo’lib, 800 dan ortiq avlodni va 14 mingdan ko’proq turni (ba’zan sistematiklar xisobicha xatto 25 ming turni) o’z ichiga oladi, bu oilaning ko’pchilik vakillari o’tlar, ba’zilari butalar va xatto kamdan kam daraxtsimon o’simliklardir. Bu oilaning nomi savatchasimon to’pgullarga qarab qo’yilgan, ularning to’pguli sirtdan qaraganda alohida-alohida guldek bo’lib ko’rinadi. Gul savatchalari o’z navbatida talaygina vakillarda murakkab supurgisimon, qalqonsimon to’pgullar xosil qiladi Adabiyotlar: 1. Xrjanovskiy V.G."Kurs obshey botaniki" II tom «Visshaya shkola» 1982. 2. Kursanov L.I,Komarnitskiy N.A,Meyyer K.I,Razdorskiy V.F,Uranov. A "Botanika"II tom, o’simliklar sistematikasi", Toshkent 1972 3. Jebrak A.R."Kurs botaniki", M.Sovetskaya nauka,1949. 4. Jukovskiy P.M "Botanika“ M, Sovetskaya nauka 1949. 5. Komilova F,Jonurazov F. "Botanikadan amaliy mashgulotlar", "Mexnat" 1986. 6. G.P.Yakovlev.,V.A.Chelombitko.Botanika.M.Iz-vo "Visshaya shkola"1990 god.