logo

O'simliklar vegetativ organlarning tuzilishida tashqi muhit omillarning a''siri. O'simliklar tuzilishidagi umumiy qonuniyatlar

Yuklangan vaqt:

28.03.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

798.8681640625 KB
O'SIMLIKLAR VEGETATIV ORGANLARNING TUZILISHIDA TASHQI MUHIT OMILLARNING TA'SIRI. O’SIMLIKLAR TUZILISHIDAGI UMUMIY QONUNIYATLAR • Vegetativ organlar  (oʻsimliklarda) — yuksak oʻsimliklarning oziqlanishi va tashqi muhit bilan moddalar almashinuvini taʼminlaydigan qism. Vegetativ koʻpayish vazifasini bajaradi. Asosiy Vegetativ organlarga barg va poyali novda hamda ildiz kiradi. Barg fotosintez, ildiz suv va mineral moddalarni shimib olish vazifasini bajaradi. Evolyutsiya jarayonida V. o. oʻsimliklar quruqlikka chiqishi bilan tuzilishining mukammallashuvi tufayli paydo boʻlgan. Tuban koʻp hujayrali % Oʻsimliklar (suv oʻtla-ri) va zamburugʻlarning vegetativ tanasi (tallomi) birmuncha sodda va bir xilda tuzilgan boʻlib, organlarga boʻlinmaydi (ipsimon va ayrim plastinkasimon suv oʻtlari, zamburugʻlar mitselleysi). Koʻpchilik yirik yashil va qoʻngʻir suv oʻtlarining tashqi koʻrinishi yuksak oʻsimliklar organlariga oʻxshaydi, yaʼni bargsimon, poyasimon yoki iddizsimon boʻladi, lekin toʻqima tuzilishiga ega boʻlmagan qismlarga boʻlinadi. Hayvonlarda V. o. ga baʼzan nafas olish, hazm qilish, ayirish va b. organlar kiritilad  • Oʻsimliklar fiziologiyasi  — oʻsimliklar hayot faoliyati umumiy qonuniyatlarini oʻrganadigan fan. Oʻsimliklar fiziologiyasi oʻsimliklarning oʻz tanasini tiklashi, koʻpayishi uchun zarur boʻlgan mineral moddalar va suvni oʻzlashtirishi, oʻsishi, rivojlanishi, gullashi va meva hosil qilishi, ildizdan (mineral) va havodan (fotosintez) oziqlanishi, nafas olishi, biosintez qilishi, zaxira moddalarni toʻplashi va boshqalar jarayonlarni oʻrganadi. Oʻsimliklar fiziologiyasi hayotiy jarayonlarning tashqi muhit bilan bogʻliqligini ochib berish orqali oʻsimliklarning umumiy mahsuldorligi, oziq qiymati, organ va toʻqimalarining texnologik sifatini oshirish usuli va metodlarining nazariy asoslarini tadqiq qiladi. Fiziologik tadqiqotlar oʻsimliklarning oʻsishi va moʻl hosil berishi uchun zarur boʻlgan tuproq va iqlim sharoitlari hamda ulardan oqilona foydalanishning nazariy asosi hisoblanadi. Oʻsimliklar fiziologiyasiga oid masalalar uning obʼyekti boʻlgan yashil oʻsimliklarning oʻziga xos xususiyatlari bilan aniqlanadi. Yashil oʻsimliklar quyosh nuridan energiya manbai sifatida foydalanishi va uni organik birikmalarning kimyoviy energiyasiga aylantirishi, yaʼni fotosintez jarayonini amalga oshirishi bilan boshqa organizmlardan farq qiladi.  • . Oʻsimliklarning oʻziga xos xususiyatlari ularning umumiy anatomik va morfologik tuzilishi bilan chambarchas bogʻliq. Oʻsimliklar organizmi, odatda, yer ustki va yer ostki qismlarining shoxlanishi tufayli juda katta sathni egallaydi. Bu holat ularning tuproq va havoning katta hajmi bilan bogʻlanishiga imkon beradi. Oʻsimliklarda doimiy, oʻzgarmas ichki muhit boʻlmasligi tufayli ular toʻqimalarining harorati, kislorod va karbonat angidrid miqdori hamda boshqa koʻrsatkichlari oʻzgarib turadi. Ularning tashqi muhit oʻzgarishiga moslanishi (adaptatsiya) ham butunlay boshqacha yoʻl bilan amalga oshadi • Oʻsimliklar fiziologiyasi dastlab oʻsimliklarning tuproqdan oziqlanish muammosi bilan shugʻullanuvchi botanikaiing tarkibiy qismi sifatida paydo boʻldi va rivojlandi. Oʻsimliklar toʻqima va organlarini qanday moddalar hisobiga hosil qilishi masalalarini hal qilishga urinishlar gollandiyalik tabiatshunos olim Yan van Gelmont tajribalari bilan bogʻliq (1629). U ogʻirligi aniq boʻlgan tuproq bilan toʻldirilgan maxsus idishga tol novdasini oʻtqazadi va 5 yil davomida suv quyib turadi. Tajriba soʻnggida tol novdasining ogʻirligi 30-marta oshganligini, tuproqning ogʻirligi esa juda kam oʻzgarganligini aniqlaydi. Olimlar Gelmont oʻtkazgan tajribaga asoslanib, oʻsimlikning oziq manbai tuproq emas, balki suv degan xulosaga kelishadi  •   Bunday xulosa notoʻgʻri boʻlishiga qaramasdan oʻtkazilgan tajribada birincha marta miqdoriy usul (tortish)ning qoʻllanishi bundan keyingi tadqiqotlarning rivojlanishida katta ahamiyatga ega boʻldi. 1727-yilda ingliz olimi S.Geyls oʻsimlik toʻqimalari boʻylab suv va mineral moddalarning harakatini aniqladi. Ingliz olimi D.Pristli yashil oʻsimliklar hayot faoliyati tufayli buzilgan havo tozalanishi, hayvonlarning hayot kechirishi, yonish sodir boʻlishini anikdadi. Bu jarayon keyinchalik "fotosintez" nomini oldi. Oʻsimliklar fiziologiyasining rivojlanishida fransuz olimi A.Lavuazyening yonish va oksidlanish ustida olib borgan ishlari (1774—84) ham katta ahamiyat kasb etdi. 19-asr boshlarida oʻsimliklarning oʻsishi va tuproqdan ozilanishiga oid tadqiqotlar jadal rivojlana bordi • Oʻsimliklar morfologiyasi , fitomorfologiya — botanikaning boʻlimi; oʻsimliklarning tuzilishi va forma hosil boʻlishi jarayonlaridagi qonuniyatlarni oʻrganadigan fan. Oʻsimliklar morfologiyasining tarixiy taraqqiyoti davomida undan oʻsimliklar anatomiyasi, oʻsimliklar embriologiyasi, sitologiya mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi. Tabiatdagi oʻsimliklarning morfologik jihatdan turlitumanligini aniqlash; tuzilishi, organlar va organlar sistemasining oʻzaro joylashuvi qonuniyatlarini oʻrganish; oʻsimliklarning umumiy tuzulishi va ayrim organlarining individual rivojlanishida (ontomorfogenez) oʻzgarishini tadqiq etish; oʻsimlik dunyosining evolyutsion rivojlanishida organlarning paydo boʻlishini izohlash (filomorfogenez); forma hosil boʻlishida turli xil tashqi va ichki omillar taʼsirini oʻrganish Oʻsimliklar morfologiyasining asosiy muammolaridan hisoblanadi.  • O‘simlikning tashqi ko‘rinishini, ularning ayrim organlari tuzilishini va har xil shakl  • o‘zgarishlarda bu organlarning o‘zaro munosabatini o‘simliklar morfologiyasi o‘rganadi. O‘simlilkar  • morfologiyasi faqat o‘simliklarning ayrim organlarini emas, balki ularning funksiyasiga qarab va biron  • tashqi sharoit ta’sirida kelib chiqishi tarixini ham o‘rganadi.  • O‘simliklar morfologiyasi eng avval gulli o‘simliklarga uchta asosiy organ: ildiz, poya va barg xos  • deb hisoblaydi. Boshqa organlar esa, masalan: gul, tikan, ilgakcha (gajakcha) kurtak, meva va shunga  • o‘xshashlar yuqorida aytib o‘tilgan asosiy organlardan birining shakli o‘zgarishi metamorfoz natijasi  • hisoblanadi. Shu bilan birga yuksak o‘simliklarning organlari funksiyasiga qarab ikkita asosiy guruhga  • bo‘linadi. Jumladan: o‘simliklarning individual hayotidagi funksiyalarni (masalan: oziqlanish, assimi- • lyatsiya, gazlar almashi-nuvi va hokazolarni) bajarishga xizmat qiluvchi organlar vegetativ organlar  • jinsiy ko‘payish funksiyasini bajarishga moslashgan organlar (gul, meva va urug‘) generativ organlar  • deb ataladi.   E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT