logo

Mahsulot sifati va sifat boshqaruvi. Mahsulot sifati menejmenti (mahsulot turlari bo`yicha) yo`nalishi – yangi yo`nalish

Yuklangan vaqt:

04.03.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

250.5 KB
Mahsulot sifati va sifat boshqaruvi. Mahsulot sifati menejmenti (mahsulot turlari bo`yicha) yo`nalishi – yangi yo`nalish. Mahsulot va xizmatlar muvofiqligini tasdiqlashning milliy tizimi Reja: 1. Mahsulot sifati va sifat boshqaruvi. 2. Mahsulot sifati menejmenti (mahsulot turlari bo`yicha) yo`nalishi – yangi yo`nalish. Mahsulot va xizmatlar muvofiqligini tasdiqlashning milliy tizimi. 3. Mahsulot sifatining ko`rsatkichi. Mahsulot sifatining darajasini baholash. Mahsulotning sifatini baholash Mahsulot sifati va sifat boshqaruvi Belgilangan mahsulotning sifat ko ` rsatkichlarining nomenklaturasini tanlash , bu ko ` rsatkichlarining qiymatlarini aniqlash va ularni asos bo ` luvchi qiymatlar bilan taqqoslashni o ` z ichiga oluvchi ishlarning yig ` indisi mahsulot sifatining darajasini baholash deb ataladi . Mahsulot sifatining darajasini baholash uchun mahsulotlar ikkita turkumga bo`linadi: - foydalanishda sarflanadigan mahsulot; - o`z resursini sarflaydigan mahsulot. Mahsulot sifatining ko`rsatkichlar nomenkulaturasini tanlab olishni asoslash quyidagilarni inobatga olgan holda amalga oshiriladi: - mahsulotni ishlatilishidagi sharoitlarini va vazifasini; - iste’molchilar talablarining tahlilini; - mahsulot sifatining tavsiflanuvchi tarkibini va tuzilishini; - sifat ko`rsatkichlariga bo`lgan asosiy talablarni. Mahsulot sifatiga ta’sir etuvchi omillarni to`rt toifaga bo`lish mumkin: * texnikaviy; * tashkiliy; * iqtisodiy; * ijtimoiy. Texnikaviy omillarga uskunalarning jihozlanish , asboblarning hamda nazorat vositalarining , texnikaviy hujjatlarning holati ; dastlabki materiallar , yarimfabrikat - larning sifati va shunga o ` xshashlar kiradi . Tashkiliy omillarga rejalik , bir maromda ishlash , texnikaviy xizmat va uskunalarni ta ’ mirlash ; materiallar , komplektlanuvchi buyumlar , jihozlanishi , asboblarni texnikaviy hujjatlar va nazorat vositalari bilan ta ’ minlanganligi , ishlab chiqarish madaniyati ; mehnatni ilmiy asosda tashkil etish ; ovqatlanish va ish vaqtida dam olishni tashkil etish va boshqalar kiradi . Ijtimoiy omillarga kadrlarni tanlash , joy - joyiga qo ` yish ; malaka oshirishni tashkil qilish ; ilmiy - texnikaviy ijodni , ijodkorlik va ixtirochilikni tashkil etish , turmush sharoitlari , o ` zaro munosabatlar , jamoadagi psixologik iqlim va tarbiyaviy ishlar kiradi . Mahsulot sifatining tashkil topishi , uning hamma hayotiy bosqichlarida : tadqiqot va loyihalash ishlarida ; ishlab chiqarishda ; muomalada ; iste ’ molda yoki ishlatishida namoyon bo ` ladi . Tadqiqot va loyihalash ishlari mahsulotning sifatini oshirilishida belgilovchi o`rinni egallaydi. Bu bosqich sifatni tashkil topishining boshlanishi hisoblanib, bunga ilmiy-texnika taraqqiyotining qo`llanishi natijasida hamda me’yoriy hujjatlarni mahsulot ishlab chiqarish uchun uni muomalada, iste’molga yoki ishlatilishiga belgilangan iqtisodiy ko`rsatkichlariga rioya qilgan holda tayyorlash natijasida erishiladi. Bu bosqichda quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi: - andozalar , sifat ko ` rsatkichlariga ega bo ` lgan namunalarga yo ` naltirilgan tadqiqot , tajriba - konstruktorlik va boshqa ishlarni bajarish ; - me ’ yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va joriy qilish ; - standartlarga rioya qilinishida o`z-o`zini nazorat qilishini amalga oshirish; - mahsulot sifatining darajasini istiqbollash va me’yorlash; - mahsulot sifatini rejalangan darajasiga erishish, turli usullarni tayyorlash choralarini joriy qilish, sinash va nazoratga yo`naltirilgan konstruktorlik va texnologik tadbirlarni ishlab chiqish; - bizda va xorijda chiqarilayotgan shu xildagi mahsulot sifati haqidagi axborotni tahlil qilish ; - mahsulot sifatining ko`rsatkichlarini va shuningdek sifat darajasini baholashni tasniflash va aniqlash. Mahsulot sifatini boshqarish tizimlari ishlab chiqish bosqichida texnikaviy darajani rivojlanishini doimo yuqori sur’atlarda bo`lishini ta’minlaydi. Murakkab va mas’uliyatli buyumlar uchun ishlab chiqishda sifatni boshqarish jarayonida maxsus ish rejalari tuziladi. Maxsus konstruktorlik ilmiy-tadqiqot yoki loyihalash institutlarida, sanoat korxonalarida konstruktorlik texnologik bo`lim (byuro) larda yangi mahsulot namunalarini ishlab chiqish mumkin. Bunda asosiy e’tibor ushbu buyum namunasi haqiqatdan yangi bo`lishligiga yoki ishlab chiqarishdagi buyumlarni takomillashganligiga qaratiladi. Mahsulotni ishlab chiqarishga tayyorlash bosqichida optimal texnologik jarayonlarni tanlash qiyin va u ma’suliyatli vazifa, chunki bu bosqichda doimiy texnologiyaning qiyinlashishi hamda ishlab chiqarishning iqtisodiy ko`rsatkichlarini yaxshilash zaruriyati bo`ladi. Tayyorlash bosqichida mahsulot sifatini oshirish korxonaning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Mahsulotni ishlab chiqarish bosqichida esa quyidagi tadbirlar amalga oshirilishi mo`ljallanadi: - mahsulotni bevosita tayyorlash; - uskunalarning, jihozlarning, nazorat o`lchash texnikasining sifatini kerakli darajada bo`lishini ta’minlash va nazorat qilish; - mahsulot sifatini oshirish, yaroqsizlikni oldini olish, me’yoriy hujjatlarga mos kelmaydigan mahsulot ishlab chiqarish sabablarini bartaraf qilish tadbirlarini tayyorlash va amalga oshirish; - me’yoriy hujjatlarni joriy qilish va ularga qat’iy rioya qilish; - korxonaga tushayotgan xom ashyoning, materiallarning, yarimfabrikatlarning komplektlanuvchi buyumlarning kirishdagi nazoratini o`rnatish; - chiqarilayotgan mahsulotning ish bajarishdagi, qabuldagi va sinashdagi nazoratini o`rnatish; - tekshiruvchan nazoratga, me’yoriy hujjatlarga rioya qilish; - ishlatilish bosqichidagi mahsulotning sifati haqidagi axborotni yig`ish va to`plash, uning yaroqsizligini, u haqidagi shikoyatlarni hisobga olish va tahlil qilish; - xom ashyo, materiallar, yarimfabrikatlar, komplektlanuvchi buyumlarni va tayyor mahsulotni omborlarda, korxona ichidagi transportlarda me’yoriy hujjatlarning talablariga binoan olib yurilishini ta’minlash va nazorat qilish; - belgilangan sifat darajasidagi mahsulotni chiqazishda korxonaning xodimlarini moddiy va ma’naviy rag`batlantirish. Ishlab chiqarish birlashmalarida, korxonalarda ishlab chiqarish bosqichida qo`yilgan maqsadlarga va vazifalarga erishishda mahsulot sifatini boshqarish tizimlari ta’minlaydi. Mahsulot sifati menejmenti (mahsulot turlari bo`yicha) yo`nalishi – yangi yo`nalish Mustaqil O`zbekiston Respublikamizda bozor iqtisodiyoti shakllanayotgan bir davrda «Sifat» so`zi katta ahamiyat kasb etmoqda, chunki mahsulot sifati korxonalarimiz ishlab chiqarayotgan mahsulotlarimizning jahon bozoriga chiqishini kafolatlaydi, bizning mustaqil davlatimizni eksport saloxiyatini, xalq farovonligini, korxonalarni mu’tadil iqtisodiy muvaffaqiyatlarini, uning mahsulotlarini jafon bozorida raqobatbardoshigini aniqlaydi. Shuning uchun «Sifat» so`ziga butun jahondagina emas, balki bizda ham juda katta ahamiyat berilmoqda. Eksportni kengaytirish va valyuta hamda to`lov balansini kengaytirish masalalari ustivor vazifalardan bo`lib, hech bir korxona o`z mahsulotini eksport qilish evaziga respublikaga valyuta olib kirmasa, u o`zini mahsulotini qonikarli deb hisoblashga haqqi yo`q. O`z-o`zidan ma’lumki, sifatli mahsulotni ishlab chiqarmay turib, eksport imkoniyatini kengaytirish mumkin emas, eksport qilinayotgan mahsulotlarga xalqaro miqyosda tan olingan sertifikatlar yo`kligi bundan ham mushkulroq masala bo`lib qolmoqda. XXI asr Evropa sifat tashkiloti, standartlashtirish bo`yicha Xalqaro tashkilot ISO kabi xalqaro tashkilotlar tomonidan «Sifat asri» deb tan olingan. Sifat tom ma’noda, jamiyatda mehnatni yuqori samarodorligini ko`rsatkichi, milliy boylik manbai va eng muhimi, iqtisodiy va ijtimoiy krizisdan chiqish va rivojlanish faktori ko`rsatkichiga aylandi. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi sharoitida, tovar ishlab chiqaruvchilar konkurensiyasi ham globallashadi. Bu jahonning etakchi ishlab chiqaruvchilari bilan, ularning xohishlariga bog`liq bo`lmagan holda, doimiy konkurensiyadir. Hozirgi kunning o`zida, qaerdadir, etakchi ishlab chiqaruvchilar etib borolmaydigan bozor topilib qolishiga ishonib, ishlab chiqarilayotgan mahsulot raqobat-bardoshligini oshirish uchun keskin choralar ko`rmasdan, tinch «o`tirish»ga umid qilish mumkin emas. Bordi-yu, siz jahon bozoriga chiqishga harakat qilmasangiz, jahon bozorining o`zi sizga keladi. Buni ko`pchilik tushunmaydi. Axir oldinlari bizning bozorimiz yopiq va unda raqobat bo`lmasdi. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi sharoitida, haqiqiy va keskin raqobat sharoitida o`sib jahonning etakchi firmalari bilan yuzma-yuz uchrashdik. Ular jahon bozorini o`zaro bo`lib olishibgina qolmay, izchillik bilan bizning bozorga ham kirib kelmoqdalar. Shuning uchun, jahon etakchi firmalariga qarshi qo`ya olinadigan sifat boshqaruvi tizimlarini yo`lga qo`yishimiz kerak. Moddiy jihatdan bizning mahsulotlarimiz ancha arzon bo`lishiga qaramasdan, ko`pgina hollarda g`arb mamlakatlarinikidan qolishmaydi. Shunday ekan, nega ularni rivojlangan mamlakatlarga sotish hanuzgacha mushkul bo`lib kelmoqda? Buning sababi, bizda sifat menejmenti tizimi haqida etarli axborot yo`q edi. Shunga karamay, mahsulotni raqobatbardoshligini ta’minlaydigan tizimlar ko`pgina korxonalarga ma’lum va ko`pchilik foydalanish imkoniyatiga ega. Va bu erda asosiy rolni xalqaro standartlar o`ynaydi. Avvallari bizning korxonalarimiz, asosan, mahsulotning o`zini sertifikatlashtirish etarli deb hisoblar edilar. Endi esa bu etarli emas, Iste’molchining psixologiyasi __ o`zgardi. ____ Bugungi iste’molchi, ishlab chiqaruvchidan o`ziga zarur bo`lgan, kerakli sifatga ega bo`lgan mahsulotni doimo olishga ishonch hosil qilishni talab qiladi, ya’ni mahsulot sifati tizimiga sertifikat talab qiladi. ISO 9001 xalqaro standartiga mos keladigan sifat menejmenti tizimining borligi, bugungi kunda, bozor iqtisodiyoti sharoitida kompaniyaning muvaffaqiyatli faoliyati uchun, «o`yin qoidasi» hisoblanadi. ISO 9001 xalqaro standarti asosida sifat menejmenti tizimini joriy qilish, korxonlarga, qanday faoliyat ko`rsatayotganliklaridan qat’iy nazar, ish samaradorligini oshiradi, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi, iste’molchilarni shu kungi va ertangi talablariga mo`ljal olishlariga imkon beradi. Respublika korxonalarining eksport imkoniyatlarini oshirishda mahsulotlar va ko`rsatilayotgan xizmatlarning sifati katta ahamiyatga ega ekanligini nazarga olib, keyingi vaqtlarda, davlatimiz tomonidan, ISO 9000 seriyasidagi xalqaro standartlarga asoslangan menejment tizimlarini joriy qilish va mahsulot sifatini ta’minlashga katta e’tibor berilmoqda. Bunga O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 22 iyundagi 349-sonli «Korxonalarda xalqaro standartlarga mos keladigan sifatni boshqarish tizimini joriy qilish choralari to`g`risida» gi, 2006 yil 29 avgustdagi 183-sonli “Korxonalarda xalqaro standartlarga mos ravishda sifat boshqaruvi tizimini joriy etish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbarlar to`g`risida” gi qarorlarini misol sifatida keltirishimiz mumkin Bugungi kunda xalqaro sertifikatlashtiruvchi kompaniyalar tomonidan tan olingan va Bureau Veritas Quality International (Fransiya), RWTUV (Germaniya), TSE (Turkiya), TUVNORD (Germaniya) kabi sertifikatlashtiruvchi kompaniyalar tomonidan berilgan sifat menejmenti tizimi sertifikatiga ega bo`lgan korxonalarning soni respublikamiz bo`yicha 180 dan oshib ketdi. Sifat menejmenti tizimini joriy qilish jarayoni maqsadli yo`naltirilgan va qaytmas xarakter kasb etmoqda. Bu jarayonning ijobiy ta’siri respublika eksport salohiyatining kengayishi va aholi hayot darajasining oshishida sezilmoqda. Mahsulot va xizmatlar muvofiqligini tasdiqlashning milliy tizimi Jahon amaliyotida, mahsulot va xizmatlar sifatining muvofiqligini tasdiqlash, uning xavfsizlik ko`rsatgichlari bo`yicha sinovlar o`tkazib sertifikatlash orqali hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulot va ko`rsatilayotgan xizmatlarning qonunchilik va me’yoriy hujjatlarda keltirilgan barcha xavfsizlik talablariga mos kelishini ishlab chiqaruvchi bilan birgalikda deklarasiya qilish yo`li bilan amalga oshiriladi. Mahsulot va xizmatlarning muvofiqligini tasdiqlash bo`yicha ishlar quyidagilarni amalga oshirish yo`li bilangina mumkin: - standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarida, qonunchilik tomonidan shakllantirilgan, eksportga mo`ljallangan mahsulotlarni sifati va xavfsizligini ta’minlashga, iste’molchilar huquqlarini himoyasi va respublikaning iqtisodiy ravnaqini ta’minlashga qaratilgan, hamda ISO 9000 va 14000 seriyalaridagi xalqaro standartlar asosida yagona siyosatni amalga oshirish; - 2003-2010 yillarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni raqobatbardoshligini oshirish uchun tadbirlar ishlab chiqish; - mahsulot sifatini oshirishda bir kator muammolarni hal kilish uchun milliy sertifikatlashtirish tizimini mukamallashtirish uchun imkon beradigan tadbirlarni ishlab chiqish; - ko`ngilli tartibda muvofiqligi tasdiqlanadigan mahsulotlarni nomenklaturasini kengaytirish; - ishlab chiqarish tizimlarida tezkorlik bilan mahsulot sifatini boshqarish va ularni ISO 9000 seriyasidagi xalqaro standartlar asosida sertifikatlashtirishni amalga oshirish bilangina mumkin; - shulardan kelib chiqib, muvofiqlikni tasdiqlash bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy sertifikatlashtirish tizimini mukammallashtirish; - ishlab chiqarishni tayyorlash jarayonida, mahsulotga qo`yiladigan talablarni, muvofiqlikni tasdiqlash, mahsulot ishlab chiqaruvchining o`zi yoki ish va xizmatni bajaruvchi tomonidan tasdiqlash mexanizmini joriy qilishni kengaytirish; - shulardan kelib chiqib, muvofiqlikni tasdiqlash bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy sertifikatlashtirish tizimini mukammallashtirish; - ishlab chiqarishni tayerlash jarayonida, mahsulotga qo`yiladigan talablarni, muvofiqlikni tasdiqlash, mahsulot ishlab chiqaruvchining o`zi yoki ish va xizmatni bajaruvchi tomonidan tasdiqlash mexanizmini joriy qilishni kengaytirish; - ko`ngilli sertifikatlashtirish ob’ektlariga tegishli bo`lgan cheklashlarni olib tashlash va ko`ngilli sertifiktlashtirishning rolini oshirish; - bir mahsulotni har xil sertifikatlashtirish tizimlarida majburiy sertifikatlashtirish davomida ishlarning ikki martadan bajarilishiga olib keladigan tashkiliy kamchiliklarni yo`qotishga yo`naltirilgan tadbirlar ishlab chiqish. - Muvofiqlikni tasdiqlash bo`yicha Milliy organ sifatida «O`zstandart» agentligi faoliyatining asosiy vazifalari quyidagilardan ham iborat: - korxonalarda xalqaro standartlarni mahsulotga va sifatni boshqarish tizimini joriy qilish bo`yicha uslubiy va amaliy yordam ko`rsatish milliy sertifikatlashtirish organining asosiy faoliyatlaridan biridir; - Milliy sertifikatlashtirish tizimining sertifikatlashtirish organlarining xalqaro tan olinishiga erishish; - milliy sertifikatlarga va muvofiqlik belgilariga iste’molchilarning ishonchlarini oshirish; - sertifikatlashtirish uchun zarur bo`lmagan xarajatlarni kamaytirish; - Vatanimiz ishlab chiqaruvchilari va etkazib beruvchilarining mahsulotlarini muvofiqligini tasdiqlash bilan bog`liq bo`lgan tashkiliy muammolarni kamaytirish; - muvofiqlikni tasdiqlash sohasidagi faoliyatni koordinasiyalash. O`zbekiston Respublikasining eksport salohiyatini oshirishda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifati muhim rol’ o`ynaydi. Ma’lumki, raqobatbardoshlik azaldan mahsulotni narxi, ekspluatasiya xarajatlari, xizmat ko`rsatish, ishlab chiqaruvchining obro`si va holati kabi faktorlar bilan aniqlanadi. Lekin, mahsulotning sifati uning asosiy ko`rsatkichi bo`lib kelgan va shunday bo`lib qoladi. Shunday ekan, mahsulot va xizmatlarning sifati, keng faoliyat sohalarida milliy maqsadlarga erishish uchun asosiy faktor hisoblanadi. Xuddi shuning uchun «O`zstandart» agentligi sifat tizimini ishlab chiqish va joriy qilish hamda kelgusida sertifikatlash sohasidagi uslubiy ishlarni jadallashtirmoqda. Yuqorida qo`yilgan maqsad va vazifalarni bajarilishini ta’minlash uchun 2003-2006 yillarda «O`zstandart» agentligi tomonidan tayyorlangan O`zbekiston Respublikasining 2 ta - «Texnik boshqaruv to`g`risida» va «Texnik boshkaruv sohasida me’yoriy-huquqiy aktlarni talablarga muvofiqligini baholash haqida» qonun loyihalarini qabul qilish mo`ljallangan. Sertifikatlashtirishga bog`liq bo`lgan bu qonunlarni qilinishi bilan amaldagi qonun va me’yoriy-huquqiy (proseduralar) hujjatlarga kerakli o`zgartirishlar 2006- 2007 yillarda kiritiladi va muvofiqlikni tasdiqlash bo`yicha yangi prosedura hujjatlari ishlab chiqiladi. 2010 yilgacha, texnik reglamentlarni ishlab chiqish shakllanishi bilan muvofiqlikni tasdiqlash proseduralarini qayta ishlash va bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlash tizimini shakllantirish ishlari olib boriladi. Yaqin kelajakda sertifikatlashtirish, respublikadagi qoidalarni xalqaro qoidalar bilan muvofiqlashtirish yo`nalishida rivojlanadi, qoidalarni muvofiqlantirish zarurati savdo aloqalarining rivojlanishi, JST (VTO) ga kirish rejalari, Evropa kengashi (ES) mahsulot sifatini muvofiqligini majburiy tasdiqlash Evropa bozorlariga mahsulotni kiritishning zarur shartidir. Garmonizasiyalash jarayonida qonuniy va me’eriy uslubiy ta’minotni mukammalashtirish zarurligi e’tibordan chetda qoldirmasligi kerak. Mahsulot turlari va xizmatlarni majburiy sertifikatlashtirishni joriy qilishni nazarga olgan amaldagi me’yoriy-huquqiy aktlarni tahlil qilish bo`yicha ishlarni olib boorish kerak, chunki qator me’yoriy-huquqiy aktlar, bir-biri bilan muvofiqlashtirishmagan, ayrim holatlarda, hattoki, bir-birlariga ziddirlar. Sertifikatlashtirish ob’ektlarining ro`yxati, shu ishlarni tashkil qiluvchi ijrochi hokimiyat organining nomi, sertifikatning me’yoriy bazasi, majburiy sertifikatlashtirishga mo`ljalangan, lekin xavfsizlik jihatdan me’yoriy hujjatlar talablariga mos kelmaydigan mahsulotlardan foydalanish tartibi, ularni ajratib qo`yish, utilizasiya qilish va yo`qotish kabi me’yoriy huquqiy aktlari belgilaydigan qonun me’yorlarini o`rnatish zarur. Hozirgi kunda, sertifikatlashtirish sohasidagi tashkiliy-uslubiy hujjatlar fondi, ma’lum darajada shakllandi va ularni quyidagi ikki guruhlarga bo`lib tartibga keltirilmoqda: 1. Umumrespublika hujjatlari; 2. Bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish aniq tizimlari doirasida foydalaniladigan tizimli hujjatlar. Muvofiqlikni tasdiqlash milliy tizimi doirasida, bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish qoida va tartiblarini bir xilligini ta’minlash bo`yicha ishlar olib borilmoqda. Bir xil talablarning kiritilishi bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirishda bir necha tizimlar bo`yicha ishlayotgan sertifikatlashtirish organlari uchun juda muhimdir. Sertifikatlashtirish sxemalari va usullarinin takomillashtirish, Respublikada qabul qilingan sertifikatlashtirish sxemalarini, Evropada qabul qilingan muvofiqlikni tasdiqlashning modul yondoshishiga o`tish yuli bilan Evropa sxemalariga yakinlashtirish davom ettiriladi. Bu borada birinchi qadam qo`yildi - muvofiqlik to`g`risidagi deklarasiyani qo`llanilishini nazarda tutgan sxema joriy qilindi va bu muvofiqlikni isbotlash usuli Evropa tizimiga «singib» ketgan. Sertifikatlashtirish sxemalarining ko`pligi, ariza beruvchiga mahsulotning muvofiqlik darajasini, hajmi va uni ishlab chiqarish xarakterini, aylanishi, foydalanish darajasini ham hisobga olib eng ma’qulini tanlash imkoniyatini beradi. Muvofiqlikni tasdiqlash va baholash tizimi mahsulot sifati va xavfsizligini nazorat qilish mexanizmidir. Shuning uchun davlat nazorati va kontroli, lisenziyalashtirish, ko`ngilli sertifikatlashtirish kabilar bilan muvofiqlashtirilishi kerak. Mahsulot o`z sifati va xavfsizligini yo`qotmaganiga jamiyat ishonch hosil qilishi kerak. Sifatni boshqarish tizimi Hozirgi kundagi adabiyot va amaliyotda sifat tushunchasini har xil talqin qilishlar uchrab turadi. Standartlashtirish bo`yicha xalqaro tashkilot (ISO) sifatga quyidagicha ta’rif beradi: mahsulotni yoki xizmatni xususiyat va xarakteristikalarining majmuasi bo`lib, mahsulotlarga va xizmatlarga belgilangan yoki kutilgan talablarni qondirish xususiyatini beradi. Sifat iqtisodiy kategoriya i boshqaruv ob’ektidir Sifat muammolarini to`g`ri tushunish uchun quyidagi xislatlarini hisobga olish kerak: - sifat iste’molchiga mo`ljallangan bo`lishi kerak; - sifatni ta’minlash, qandaydir bir bo`lim tomonidan amalga oshirilayotgan texnik faoliyatgina bo`lib qolmay, doimiy va tashkilot yoki korxonaning hamma tashkiliy tuzilmasini qamrab oladi; - sifat masalasi ishlab chiqarish doirasidagiga emas, balki mahsulotni ishlab chiqarish, marketing, sotilgan mahsulotga xizmat ko`rsatish va bosho`alarda ham dolzarbligini yo`qotmaydi; - mahsulot sifatini oshirish texnologiyani yangilash bilan uzviy bog`langan; - sifatni umumiy oshirish, mahsulot ishlab chiqarishda ishtirok etuvchilarning iqtisodiy qiziqishlari yordami bilangina amalga oshiriladi; - raqobatbardoshlikni ta’minlash uchun mahsulot buyurtmachi va iste’molchilar qo`ygan talablariga javob berishi kerak. Sifatni oshirishning ahamiyati Mahsulotni sotish uchun bozor uchun kurashda mahsulotning sifati asosiy qurol hisoblanadi. Faqatgina sifat mahsulotning raqobatbardoshligini ta’minlaydi. Sifat mahsulotni texnik darajasini, funksional, ijtimoiy, estetik, ergonomik, ekologik xususiyatlari orqali istemolchiga foydaliligidan tashkil topadi. Raqobatbardoshlik esa, mahsulotning iste’molchi extiyojini qoniqtira oladigan, sifat va tannarxining xususiyatlari, mahsulotni sotib olish va iste’mol qilish xarajatlari orqali aniqlanadi. Xuddi shu maqsadda, ishlab chiqarilgan mahsulotlar orasida, iste’molchini barcha xarajatlariga nisbatan katta samara beradigan mahsulot katta raqobatbardoshlikga ega ekanligini hisobga olish kerak. So`zsiz, sifatni oshirish katta xarajatlar evaziga bo`ladi, lekin ular olingan foyda hisobiga qoplanadi. Bozorda etakchi o`rinlarni egallash yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish va o`zlashtirishsiz mumkin emas. Agar mahsulot sifatiga e’tibor qaratilmasa, defektlarni to`g`irlash uchun kata mablag`lar sarf qilinishiga to`g`ri keladi. Katta iqtisodiy samarani, defektlarni yo`qotish bo`yicha uzoq muddatga mo`ljallangan dasturlar ishlab chio`ish bilan olishga erishish mumkin. Rivojlangan bozor iqtisodiyotiga ega bo`lgan davlatlarning etakchi firmalarida sifatga erishishga barcha xizmatlarni yo`naltirilgan bo`lishlari kerak deb hisoblaydilar. Sifatni oshirishda iste’molchilarning talablari, nosozliklar to`g`risidagi axborotlar, kamchilik va xatoliklar, iste’molchilarning baholari asosiy rol’ o`ynaydi. Sifat boshqarish ob’ekti sifatida Sifatni zamonaviy boshqarishning asosiy prinsipi - sifatni boshqarish bo`yicha faoliyat mahsulot chiqarilgandan keyin samarali bo`lmaydi, bu faoliyat mahsulot ishlab chiqarish jarayonida amalga oshirilishi kerak. Ishlab chiqarish jarayoniga zamin yasaydigan sifatni ta’minlash bo`yicha faoliyat juda muhimdir. Sifat ko`pgina tasodifiy, lokal va sub’ektiv faktorlarning ta’siri bilan aniqlanadi. Bu faktorlarin sifat darajasiga ta’sirini to`xtatish uchun sifatni bosho`arish tizimi zarur. Buning uchun, mahsulotni muvofiq sifat darajasini saqlab turish maqsadida, gohida ko`rsatilayotgan harakatlar o`rniga, mahsulot yaratish jarayoniga doimo ta’sir ko`rsatuvchi choralar zarur. Sifat menejment ob’ekti bo`lgani uchun menejmentning barcha rejalashtirish, tahlil, nazorat kabi tarkibiy qismlarini o`z ichiga oladi. ISO 9000:2000 xalqaro standarti asosida ko`rilgan sifat menejmenti tizimining asosiy maqsadi – buyurtmachi talab qilgan mahsulotni sifatini ta’minlash va iste’molchiga korxonani bu ishga qodir ekanligini isbotlashdir. So`zsiz, tizim mexanizmi, foydalanilayotgan uslub va vositalar shu maqsadga yo`naltirilgandir. Hozirgi bozorda korxonalarning muvaffaqiyatli ishlashi uchun, ularning ISO 9000 seriyasidagi xalqaro standartlariga muvofiq keladigan sifat tizimi va unga sertifikatni bo`lishi asosiy shart hisoblanadi. Sifatni boshqarish tizimi nimadan boshlanadi? Sifatni boshqarish tizimini yaratishda birinchi qadam bo`lib, korxonaning haqiqiy holati o`rganiladi. Olingan axborotlarning tahlili natijasida tizimni yaratish rejasi ishlab chiqiladi. Sifatni boshqarish tizimini joriy qilinishi muvaffaqiyati korxona rahbariyati, mutaxas-sislarini sifat menejmenti masalalarida qanchalik malakaga ega ekanliklariga ko`prok bog`liq bo`ladi. Shuning uchun, sifat tizimi joriy qilinayotgan korxonada xodimlarni o`qitishga asosiy e’tiborni qaratish zarur. Sifat tizmini yaratishda, eng avvalo, mutaxassislar ISO 9000:2000 xalqaro standartiga murojaat qiladilar. Shuning uchun, tizimni joriy qilish bo`yicha ishlarni keyingi etapida ishlab chiqilgan hujjatlarni ko`rsatilgan xalqaro standart talablariga mos kelishi tahlil qilinadi. Hujjatlar tartibga keltirilgach, korxonada sifatni boshqarishning yangi tarkibi ishga tushgandan keyin, sifatni boshqarish tizimi joriy qilishning keyingi etapiga o`tadi. Bu jarayonda korxona bo`limlari faoliyatini hujjatlashtirilgan proseduralar va ISO 9000:2000 xalqaro standarti talablariga mos kelishi audit (tekshiruv) qilinadi. Auditorlar korxonada kuzatilgan kamchiliklarni yo`qotish bo`yicha tavsiyalar va tuzatishlar kiritish uchun taqdim etadilar, hamda sertifikatlashtirish proseduralarini o`tkazish uchun korxonaning tayyorlik darajasiga baho beradilar. Audit vaqtida aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilingandan keyin, korxona sertifikatlashtirish prosedurasiga kirishishi mumkin. Buning uchun korxona rahbariyati, sertifikatlashtirish auditi o`tkazishi va qaralayotgan sifat tizimini xalqaro ISO 9000:2000 sandarti talablariga mos kelishini tasdiqlaydigan sertifikat berish huquqiga ega bo`lgan tashkilotga murojaat qiladi. Sifat menejmenti tizimini yaratish va joriy qilish masalasi bo`yicha qaerlarga murojaat qilish mumkin Sifat menejmenti tizimini yaratish va joriy qilish bo`yicha hamma masalalar bo`yicha maslahatlar va yordam «O`zstandart» agentligining Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazining barcha hududiy bo`limlarida beradilar. Hududiy bo`limlar faoliyatida sifat menejmenti tizimini ishlab chiqish va joriy qilishda quyidagi xizmatlar kompleksi nazarda tutilgan: - xalqaro ISO 9000:2000 standarti talablariga mos keladigan sifat menejmenti tizimini ishlab chiqish va joriy qilishda maslahat xizmatlarini ko`rsatish; - sifat menejmenti tizimini joriy qilish bo`yicha konferensiyalar va seminarlar o`tkazish, shu bilan birga, chet el kompaniyalari va firmalarini jalb qilish; - korxona va tashkilotlarni mutaxassislariga sifat menejmenti tizimini ishlab chiqarishga jalb qilish masalari bo`yicha o`quv kurslarini tashkil qilish; - «ISO 9000 seriyasidagi xalqaro standartlarga kirish»; - «Sifat tizimining hujjatlarini ishlab chiqish»; - «Sifat menejmenti tizimining ichki auditi»; - korxona mutaxassislari bilan ichki auditda ishtirok etish; - korxonalarga sifat menejment tizimini sertifikatlashtirish bo`yicha korxona va tashkilotlarga yordam ko`rsatish; - sifat menejmenti tizimini sertifiatlashtirish oldi auditida ishtirok etish; - sertifikatlashtirish organi tomonidan o`tkazilayotgan sertifikatlashtirish auditini o`tkazishda maslahatlar berish. Mutaxassislarni o`qitish bo`yicha «O`zstandart» agentligining Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti (SMSITI) ning kadrlarni malakasini oshirish markaziga murojaat qilish kerak. Sifat menejmenti tizimi, paydo bo`lishi tarixi, tushunchalar va prinsiplari ISO-standartlashtirish bo`yicha xalqaro tashkilot ISO – bu standartlashtirish bo`yicha xalqaro tashkilot nomini belgilanishi- standartlashtirish bo`yicha butun jahon federasiyasining milliy tashkiloti. ISO 1946 yili dunyo bo`yicha standartlashtirishni rivojlantirish maqsadida xalqaro moslashuvini va o`zaro ko`maklashuvni ta’minlash uchun tashkil etilgan. 160 dan ortiq davlatlar ISO ga a’zo hisoblanadi. Juda ko`p odamlar bu tashkilotni qisqartirilgan nomi va uning to`liq rasmiy nomi International Organization for Standartiration bilan muvofiq emas deb ta’kidlashadi. Demak, bu tashkilotning qisqartma (abbreviaturasi) nomi ISO bo`lishi kerak. Lekin ISO- abbreviatura emas. Haqiqatda ISO so`zi isos grekcha so`zdan hosil bo`lgan va bir hil (bir maqomda, mavqeda) degan ma’noni bildiradi. ISO-old qo`shimcha bo`lib, izometriya, izonomiya atamalarining majmuidir. ISO nomi butun dunyo miqyosida ishlatiladi va masalan, ISO-inglizchada, OIN-fransuz tilida (Organization Internationale de Normalization). Shunday qilib, ISO istalgan davlatda xalqaro tashkilotning qisqartirilgan formadagi belgisidir. 9000-sifat menejmenti tizimiga tegishli standartlarning seriyasi. Shunday qilib, 9000 seriyasidagi standartlar-sifat ta’minoti bo`yicha xalqaro standartlar seriyasidir, bu standartlarda tashkilotlar sifat menejmenti tizimiga, tashkilot faoliyatini yaxshilash bo`yicha tavsiyalar, asosiy xolatlar, atamalarga qo`yiladigan talablar bayon qilinadi. Sifat bilan bog`liq bo`lgan sifat va terminologiya Sifat o`zi nima? Sifat-xususiy (o`ziga xos) jamiki xarakteristikalarning talabga (ISO 9000:2005) muvofiqligini bildiruvchi daraja. “Sifat-bu vazifasiga muvofiqligi” A. Deming. Masalan, poyafzal sifati deganda nima nazarda tutiladi? Faraz qilaylik, erkaklar botinkasi to`g`risida fikr yuritamiz. Yaxshi sifat deganda uni uzoq kiyish nazarda tutilar? Yoki ularni oson tozalashmi? Yoki ular qulaymi? Yoki ular suv o`tkazmaydimi? Yoki uni narxi sifatli deb xisoblashga mos deb qabul qilinganligimi? Boshqacha aytganda, iste’molchi uchun qaysi sifat xarakteristikalari muxim? Istalgan mol yoki xizmat sifatida ko`p o`lchash shkalasi bor. Tovar bir shkala bo`yicha xaridorda yuqori baxolanishi va boshqa shkala bo`yicha esa arzon. Sifat bu xaridorni to`la qanoatlantirishdir. Mutlaqo sifatli degan narsa mavjud emas. Bu turli odamlar uchun turlicha tushunadi. Avvalo, bizning xaridorimiz kim bo`lishini aniqlash juda muxim hisoblanadi, va keyin, bizdan ular qanday “sifatli” maxsulot yoki xizmat kutishadi. Sifat shunday ko`rsatkichlar bilan belgilanishi mumkin: yomon, yaxshi, a’lo. Sifat aniq, muqarrar tushuncha emas. “Sifat” so`zi qachonki u ishonchlilik, punktuallik (juda aniq), rang, shakl, xizmat va individuallik xarakteristikalariga taalluqli aniq atamalar to`plashiga o`tkazilganda ahamiyatga ega bo`ladi. Istalgan (har qanday) maxsulot o`zining boshqalaridan ajralib turadigan xususiyatlariga ega bo`ladi. Xarakteristikalar sifat va miqdoriy bo`lishi mumkin. Xarakteristikalar o`ziga xos va belgilangan bo`lishi mumkin. “O`ziga xos” xarakteristika nimadir borligini bildiradi. Bu avvalo doimiy xarakteristikalarga tegishli. Xarakteristikalarning har xil klasslari: fizikaviy, orgonoleptik, etik, vaqtli, ergonomik, funksional. Belgilangan (o`rnatilgan) xarakteristikalar (masalan, mahsulot narxi, mahsulot egasi) mahsulot sifatini xarakteristikasi bo`lmaydi. Kayzen (juda kam mablag` sarflash bilan doimiy yaxshilanishini yaponcha yo`li), bu keskin (tubdan) o`zgarishlarsiz takomillashtirishni oz-ozdan tadbiq etish hisobiga tashkilot faoliyatining sinchkovlik bilan shoshilmasdan o`tkaziladigan jarayon. Kayro (takomillashtirishni evropacha yo`li) muhim (salmoqli) yaxshilanishlarni tadbiq etish (masalan, biznesni yangicha tashkil etish), bu mablag` sarflashni talab etadi. Maxsulotning hayotiy sikli Shirkatdagi barcha jarayonlarni 2 tabaqaga bo`lish mumkin: asosiy , ishlab chiqarish va maxsulotni tarqatish (sotish) bilan bog`liq bo`lgan va qo`shimcha (boshqarish, xomashyo bilan ta’minlash, taxlil va nazorat qilish). Keyingi sxemada maxsulotni yaratish va sotish asosiy jarayonlari ko`rsatilgan. Bu jarayonlar ham maxsulotni xayotiy siklini jarayonlari deb ataladi. (rasm). “Sifat” tushunchasi moliyaviy ashyoga ega (muayyan mol va xizmat qancha to`lashimiz kerak). Iste’molchilarga qolsa, har qanday yuqori darajadagi sifatli mahsulotni arzon narxda olishni xohlaydi. Qimmatbaxo mahsulotni nisbatan past narxda ta’minlash ko`p xollarda ishlarni hayotiy siklini dastlabki bosqichlarda tashkil etishga bog`liq (rejalashtirish, ishlab chiqarish - mahsulotni loyixalash, ishlab chiqarish – jarayonni loyixalash, ishlab chiqarish, utilizasiya chiqindiga chiqarish). Maxsulot sifati, qanchalik o`zining parametrlari bilan iste’molchi kutayotgan sifatiga mosligi, uning hayotiy siklini oldingi bosqichlarida bajarilgan sifatiga bog`liq. Boshqa tomondan, maxsulotni hayotiy siklini eng oxirgi bosqichda sifat parametrlarini korrektirovkalash o`tkazilgan bo`lsa, shunchalik u ko`p mablag` talab etadi (rasm-2). Sifat konsepsiyasining evolyusiyasi I – Bosqich Sifat nazoratining boshlang`ich davri II – Bosqich Mahsulot sifatini nazorat qilish tizimining boshlang`ich davri (Teylor tizimi) III – Bosqich XX asrning 20-50 yillarini qamrab olgan. Sifat nazoratining statistik usullarini rivojlanish davri IV – Bosqich XX asrning 50 yillarini qamrab olgan. Sifat nazoratining umumiy rivojlanish davri. Bu davrni qisqacha TQC deb belgilanadi V – Bosqich XX asrning 70-80 yillarini qamrab olgan. Bu davr sifat menejmentining umumiy rivojlanish davri deb qabul qilingan va qisqicha TQC deb belgilanadi 20-chi asrni boshlangunicha sifat nazoratiga javobgarlik ayrim ishchining yoki ishchilarning kichik guruxlarida bo`lgan. Ko`pincha ishlab chiqariladigan maxsulotning sifati ishlab chiqaruvchi, masalan, hunarmandning o`ziga va ishchilarini o`rgatish, kuzatish qobiliyatiga ega. Birinchi bosqich – tizimli yondashuv, maxsulot sifatini nazoratini birinchi tizim- Teylor tizimi 1905 yilda paydo bo`lishi bilan boshlangan. 20-chi asr boshlarida zamonaviy fabrika paydo bo`lgan. Ishchilar guruxlari tashkil etilgan, ular tayyor maxsulot ishlab chiqarishga nisbatan o`zlariga maxsus funksiyalarni qabul qilishgan, lekin mahsulot tayyorlashni barcha fazalarda emas, balki faqat aloxida fazalarda ishtirok etishgan. Ishlab chiqarishni hajmi uning miqdoriga nisbatan ko`tarilgan. Teylor (“Ilmiy menejmet atamasi”) ishlab chiqarish jarayonining o`zgaruvchanligini xisobga olish zarurligiga jiddiy e’tibor bergan va uni nazorat qilish va bartaraf etish muximligini baholagan (imkoniyat qadar). Teylor tizimi sifatni yuqori va pastgi chegaralari tushunchalarini o`z ichiga olgan yo`l qo`yish maydonini, shablonlar va kalibrlash kabi o`lchash instrumentlarini kiritgan, sifat bo`yicha lavozimdagi inspektorni mustaqil bo`lishi lozimligini asoslagan, mahsulot sifatiga ta’sir etuvchi forma va usullarni, “Nuqsongarchilik” uchun turli hil jarima tizimlariga va b., kabi masalalarda sifat bo`yicha lavozimdagi inspektorning mustaqil bo`lishi kerakligi asoslangan. Teylor tizimining muvaffakkiyatli faoliyat yuritishini ta’minlash uchun sifat soxasida birinchi professionallar-inspektorlar-texnik nazoratchilar kiritilgan. Tizim har qanday nuqson va braklarga jarima, hamda ishda bo`shatishni ham ko`zda tutadi. Tizim ishchilarni profesionallikka o`qitishga olib keladi va o`lchash va nazorat asbob-uskunalari bilan ishlashga o`rgatadi. Ta’minlovchi va istemolchilarning o`zaro munosabatlari texnikaviy shartlarda talablar asosida o`rnatiladi. Bularni bajarilishi qabul qilishda, kirim va chiqimdagi nazoratda tekshiriladi. Yuqorida ta’kidlangan Teylor tizimining barcha xususiyatlari uni har bir alohida olingan mahsulot uchun sifat boshqaruvi tizimi bo`lishiga asos bo`ldi. 60-chi yillarning o`rtalarida asosiy e’tibor mahsulot sifatini ta’minlashga qaratilgan. Asosiy rol’ mahsulotni nazorati va nuqsonli mahsulotni brakovkalashga qaratiladi. Ishlab chiqarish amaliyotida nazorat va brakovkalash xar hil metodlar bilan amalga oshirilgan. Nazorat tizimi quyidagi prinsip bo`yicha o`rnatilgan: Nuqsonni aniqlash va brak mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida iloji boricha tezroq yo`qotilishi kerak. Bu nuqsonli mahsulot keyingi qayta ishlovida jiddiy isrofga olib kelgan va mahsulotni ishlab chiqarishda asossiz chiqindilarni ko`paytirgan. Sifatni ta’minlash masalasi faqat nazariy pozisiyasi nuqtai nazaridan yondoshilgan va ko`p malakali nazoratchilar talab etilgan. Teylor tizimi har bir aniq mahsulotga (detal, yig`ma birlik) sifat boshqaruv mexanizmini taqdim etdi, ammo ishlab chiqarish-bu jarayondir. Va tez orada jarayonni boshqarish aniq bo`ladi. 2-chi jahon urushi mobaynida ko`plab (ommabop) ishlab chiqarishga o`tish sifatni statistik usulda nazorat qilishga olib kelgan (100% nazorat o`rniga, statistik tanlov bilan olingan namunalarni nazorat qilish qabul qilingan). Ikkinchi bosqich (20-50-chi yillar) da sifat nazoratini statistik usullari rivoj topdi. Mahsulot sifatini nazorati tanlab olinadigan metodlariga asoslanuvchi va texnik jarayonlarni rostlash uchun nazorat xaritalari paydo bo`ldi. Matematik statistika metodlari tanlov metodini qo`llash bilan mahsulot sifatini berilgan ehtimollikga baholash imkonini bergan. Ular nazorat qilish operasiyalariga ketadigan vaqtni qisqartirishga va nazorat samaradorligini ko`tarishga imkon bergan. Sifat tizimlari murakkablashdi, negaki ularga statistik metodlari qo`llaniladigan hizmatlar kiritilgan. Konstruktorlar, texnologlar va ishchilar echadigan (xal qiladigan) sifat bo`yicha masalalar murakkablashib bormoqda, chunki ular buni tushunishlari kerak bo`lib qoldi-ki, bunday o`zgarishlar, o`zgaruvchanlik qanday metod bilan ularni kamaytirishga erishish mumkin. Shunday qilib, sifat bo`yicha injener degan mutaxassislik paydo bo`ldi, u mahsulot sifati va nuqsonini taxlil qilishi, nazorat (kontrol’) kartalarini tuzishi kerak va b. q. Umuman, inspeksiya tomonidan bunga e’tibor berish (urg`u) va nuqsonlarni keltirib chiqaruvchi sabablarni oldini olish va ularni bartaraf etish jarayonlarni o`rganish va ularni boshqarish yo`li bilan amalga oshiriladi. Mexnatni o`zgartirish yanada murakkab tus olganki, chunki hozirda jarayon qanchalik aniq sozlangan (yo`lga qo`yilgan), u yoki bu nazorat kartalari, rostlash va nazorat qanday taxlil qilinganligi hisobga olinadi. Professional o`qitishga boshqaruv va nazorat metodlarini statistik usulda taxlil qilishni o`rgatish ham qo`shilgan. Ta’minlovchi-iste’molchi orasidagi munosabatlari yanada murakkabroq bo`lib qoldi. Bunda statistik qabul nazorati standart jadvallar katta rol’ o`ynaydi. 50-60-chi yillar davriga kelib odamlar mahsulotlarini nuqsonsiz ishlab chiqarish masalalariga e’tibor bera boshladi, bu esa nuqsonlarni oldini olish, nuqsonlarni keltirib chiqaruvchi sabablarini aniqlab va ularni keyinchalik bartaraf etish maqsadida o`tkaziladigan ishlarni texnik jixatdan mukammallashgan va yanada yaxshiroq nazorat yo`llarini rivojlanishiga 50-chi yillarda sifat boshqaruvining total (umum) konsepsiya (TQC) masalasi qo`yildi (oldinga qo`yildi). Uning muallifi amerikalik olim A. Feygenbaum edi. TQC tizimi Yaponiyada xodimlarni statistik metodlarini qo`llash va sifat to`garaklari ishlariga jalb etish juda yuqori ko`tarinki tusda rivojlangan. Bu bosqichda korxona raxbariyatini vakolati va javobgarligini o`rnatuvchi, hamda korxonadagi nafaqat, sifat hizmati mutaxassislarining balki barcha korxona ma’muriyatining ham sifat bo`yicha o`zaro munosabatini xujjatlashtirilgan sifat tizimi vujudga keldi. Tizim odamlarda moddiy rag`batlntirish emas, ma’naviy rag`batlantirishlikni oshirdi. Sifatli ishlashni asosiy omili kollektiv bilan ishlash, ma’muriyat va hamkasabalarni yutuqlarini tan olish, firmani har bir ishchisi kelajagi xaqida g`amxo`rligi, uni sug`urtasi va uni oilasini qo`llab-qo`ltiqlashdan iboratdir. Evropada sifat tizimini xujjatlashtirishga va uni qayd qilinishiga yoki uchinchi (mustaqil) tomondan sertifikasiyalashga katta e’tibor qaratiladi. Ta’minlovchi-iste’molchi orasidagi o`zaro uzviylik tizimi ham mahsulotni uchinchi tomondan sertifikasiyalanishini nazarda tutmoqda. Bunda, shartnomalarni sifatiga, ularni bajarish kafolatiga juda yuqori javobgarlik kabi talablar qo`yilishi taqozo etiladi. 70-80-chi yillarda sifatni total’ boshqarishdan sifatni total’ menejmentiga o`tishi boshlandi (TQC) – belgilangan talablarni bajarish maqsadida sifatni boshqarish bo`lsa, sifat menejmenti (TQM) esa yana maqsad va talablarni boshqarish hamdir. TQM iste’molchida maxsulot sifatiga ishonchllikni ta’minlaydigan va sifatni ta’minlaydigan bir o`lchov tizimni o`z ichiga oladi. TQM tizimi sifatni doimiy yaxshilanishiga mo`ljallangan, ishlab chiqarish sarf xarajatlarini kamaytirish va aniq muddatida etkazib beradigan (ta’minlaydigan) kopleks tizim hisoblanadi. TQM ning asosiy filosofiyasi “yaxshilanishining chegarasi bo`lmaydi” prinsipiga asoslanadi. Sifatga (nisbatan) moslab quyidagi maqsadli yo`l tutladi-nuqsonlarni 0 ga keltirishga intilish, sarf xarajatlari kamaytirish, ta’minlashni-aniq muddatida. Albatta maqsadga to`la erishish juda qiyin, lekin bunga doimo intilish kerak va erishilgan natijalarga to`xtab qolmaslik kerak. Bu falsafa maxsus atama bilan – “sifatni doimiy yaxshilash” yuritiladi. TQM tizimida sifat boshqaruvi maqsadiga o`xshash metodlar ishlatiladi. Bu tizimning birdan-bir asosiy xususiyatlaridan biri bu kollektivlik formani qo`llash, izlanish, taxlil qilish va muammolarni echish, butun kollektivni sifatini yaxshilashda doimiy ishtirok etishi. TQM da insonni roli, xodimlarni o`qitish sezilarli ko`tariladi, oshadi. Bu xolat kishilarni o`z ishlariga shunchalik berilib ketadilarki, xattoki ta’tilga chiqishdan ham voz kechadilar, ishlarida ushlanib qoladilar, uyda ham ishlarini davom ettiradilar. Xodimlarni o`qitish ularning butun mehnat faoliyatlari davomida uzluksiz olib boriladi. O`qitish formasi ham sezilarli darajada, ya’ni maxsus testlar, komp’yuterli dastur va metodlardan foydalangan xolda o`zgartirib boriladi. Shu sababli, yaxshi o`qigan odam kollektivda o`zini dadilroq xis etadi, boshqarish qo`lidan kelishiga ishonadi, erishgan mavqeida ustunlikka ega bo`ladi. Ishchilarni ijodiy qobiliyatlarini o`stirish usullari ishlab chiqiladi va foydalaniladi. Amerikalik Edvard Deming-Yaponiya korparasiyasining konsul’tanti - TQM ning asoschilaridan hisoblanadi. Uning ilg`or g`oyalari sifatni uzluksiz takomillashtirishga qaratilgan kompaniyani boshqarishga undaydi. TQM konsepsiyasiga muvofiq bu elementlar tashkilotdagi sifat menejmentini samaradorligini, unumdorligining majburiy shartlari hisoblanadi. TQM konsepsiyasi vujudga kelganiga bir necha o`n yilliklar o`tdi. Bu yillar ichida TQM ko`p sonli standartlari, metodikalari, sifatni baholashda reyting tizimida o`z aksini topdi. 1982 yili AQSh da E. Demingning “Sifat, mahsuldorlik, konkurentlik”, (“Kachestvo, produktivnost’, konkurentnost’”) kitobi nashr etilgan. Bu kitobda uning fikrlari 14 pastulat ko`rinishida bayon etilgan bo`lib (ba’zida ularni prinsiplar, punktlar yoki menejment majburiyatlari deb atashadi); Deming 20 yil mobaynida ishlab chiqqan butun jahonga tarqalgan. Edvard Deming postulatlari: 1. Korxonaning doimiy maqsadi ishlab chiqariladigan mahsulotlarni va ko`rsatiladigan xizmatlarni sifatini yaxshilash bo`lishi kerak. Sifatni yaxshilashda epizodik ishlash mumkin emas. Qattik konkurensiya (raqobat) takomillashtirish yo`lidagi xatti xarakatlarga uzluksiz talablar qo`yadi. Bu konkurensiya yoki talablar resurslarni shunday taqsimlanishini taqozo etishi kerakki, u uzoq muddatli yutuqni ta’minlashi kerak, bu esa o`z navbatida sifatli mahsulotni stabil (barqaror) ishlab chiqarishga va korxonaning raqobatbardoshligini oshirishga olib keladi. 2. Nomuvofiqlikka mutlaqo yo`l qo`ymaslikdan iborat yangi qurilma (falsafa) qabul qilish. Raqobatda (konkurensiyada) chidash uchun xattoki minimal nuqsonlarga, xatolarga, to`xtalib qolishlariga yo`l qo`yilmaydigan boshqarish yo`llarini qabul qilish kerak. Korxona rahbariyati o`zining ma’suliyatini xis etishi kerak va har qanday o`zgarishlarda boshqaruvni o`z qo`liga olishi kerak. 3. Sifatni ommaviy nazoratga bog`liqligini cheklash kerak. Tayyorlovchi sotib oluvchi tashkilotlardan maxsulot sifatini statistik isboti bilan talab etish kerak. Har qanday nuqsonlarni, ularni sodir bo`lishini iloji boricha cheklash zurur. Statistik metodlarin qo`llash nuqsonlarni aniqlash va tuzatishga ketadigan xarajatlarni kamaytirishga imkon beradi. 4. Faqat arzon narxda sotib olish amaliyotiga barxam berish. Shartnoma tuzishda mahsulotni o`zining vazifasiga hamda etkazib beruvchi (ta’minlovchi) ning reputasiyasini hisobga olgan xolda uning har tomonlama narxiga (bahosiga) muvofiqligi asos bo`lishi kerak. 5. Har bir jarayonni yaxshilash. Ma’muriyat korxonaning xar qanday faoliyatini doimo takomillashtirishi kerak: rejalashtirish, ishlab chiqish, hizmatlar va boshq. Bu masalada muammolar bashorat qilinishi va izlanishi ko`zda tutiladi. 6. Barcha ishchilarni shu qatorda administrasiyani ham o`qitish. Ish o`rinlarida zamonaviy o`qitish metodlaridan foydalanish ko`zda tutiladi. O`qitishni eng muhim qismi texnologik jarayonlarni boshqarishda statistik metodlari bo`lishi kerak. Ishchilarni ishlab chiqarishda sodir bo`ladigan yangiliklardan orqada qolmaslik imkoniyatlari ta’minlanishi kerak. 7. Boshqarishda (idora etishda) yangi metodlarini joriy qilish masterlar va nazoratchilar o`zlarining e’tiborini odamlarga yordam berishga va stanoklar ishlarini nechog`lik yaxshi bajarishlariga qaratishlari kerak. Ularning roli-bu “o`qituvchining roli, xakamniki emas”. Asosiy maqsad rentabellikni ko`tarishga keltiriladigan sifatni yaxshilashdan iborat bo`lishi kerak. O`z navbatida, ma’muriyat, ishchilarni sifatni yomonlashishini keltirib chiqaruvchi muammolar bo`yicha kechiktirmaydigan tadbirlar qabul qilinishini kafolatlaydi. 8. Qo`rquvga barxam bermoq. Ishchilar va boshliqlar orasidagi ikkitomonlama aloqani avj oldirish va rag`batlantirish kerak. Ishchilarni korxona manfaati yo`lida unumli, samarali ishlashga yo`naltirish zarur. Qo`rquv, cho`chish mehnatga nisbatan ustunlik, mag`rurlikni yo`qotish, bu esa sifatga o`z ta’sirini ko`rsatadi. Tashkilotda juda qat’iy, erkin va salbiy ta’sirlardan xoli atmosfera xukm surishi kerak. 9. Bo`limlar orasidagi g`ovlarni yo`qotish. Bo`limlar orasidagi g`ovlar ba’zida bir kichik guruhlarda foyda keltirishi mumkin, lekin butun bir tashkilot foydasiga emas. Shuning uchun har bir xodim, ishchi o`zining tashkilotini bir butun deb qabul qilishi kerak va o`zini umumiy tashkilotdagi o`rnini bilishi va umumiy tashkilot ishini rivoji yo`lida hizmat qilishi kerak. 10. Lozung va chaqiriqlarni yo`qotish. Ba’zi boshliqlar ishlab chiqariladigan maxsulotlarning sifati va ishlab chiqarish, mehnat unumdorligi chiqariladigan buyruqlarga bog`liq deb bilishadi. Ular o`zlarining ishlari va umuman ishlab chiqarish tizimini taxlili bilan bosh qotirmaydilar. Lekin ishchilardan nuqsonsiz mahsulotlarni talab etish mumkin emas, agar mahsulot ishlab chiqarishda ishlatilgan materiallar sifatsiz bo`lsa yoki texnologik jarayon berilgan parametrlarni ta’minlay olmasa. Ba’zi menejerlarni sifatsiz maxsulot ishlab chiqarilganda aybni ishchilar zimmasiga yuklashga harakat qilishi boshqarishni eng jiddiy xatosi hisoblanadi. Sifati yomon mahsulotlarni ishlab chiqarishning asosiy sababini tizimdan axtarish kerak, uning ishchi kuchidan emas. 11. Ishchilar uchun miqdoriy me’yorlarga va ma’muriyat uchun miqdoriy ko`rsatkichlarga chek qo`yish kerak. Miqdoriy me’yorlar ishchilarni mehnat unumdorligini baholash vositasi sifatida qulay. Ammo xar bir ishchining qilgan mehnatini natijasi na faqat uning shaxsiy qobilyati, g`ayratiga, ishlab chiqarish jarayoniga, asbob-uskunalarning xolatiga, materiallarning sifatiga ham bog`liq. Agar yuqoridagi barcha bog`liqliklarni hisobga olish imkoni bo`lganda edi, miqdoriy metodlar o`zini oqlagan bo`lar edi. Menejerlarning ishi ko`pincha miqdoriy ko`rsatkichlar (xar yillik reyting, maqsadli boshqarish samaradorligini baholash) yordamida baholanadi. Bunday metod odamlarni kamsitadi ularning tashabbusini, g`ayratini so`ndiradi. Albatta, sifat bo`yicha baholashdan ko`ra, miqdoriy baholash ancha sodda, oson. Miqdoriy baholash shaxsiyat uchun yomon ta’sir etadi, uni buzadi. 12. Odamlarga o`zlarining mutaxassisliklaridan mag`rurlanishlariga xalaqit beradigan to`siqlarni yo`qotish. Ishchi uchun engib bo`lmaydigan to`siqlar, oxir oqibat uning ijodiy qobilyatini sindiradi. Ishchi qachonki, umumiy ishga o`z hissasini qo`shayotganini real his etsagina, qilayotgan ishidan, o`zining mutaxassisligidan (malakasidan) g`ururlanishi mumkin. Ishchining faoliyatini faqat konkret topshiriq bilan chegaralanishi bo`tun tasavvurga ega bo`lishiga imkon bermaydi. Shu bilan birga biron kichik masala ham agar unga tashkilotning umumiy yutug`i nuqtai nazaridan qaralsa salmoqlm vaznga ega bo`ladi. 13. Ta’lim (o`qitish) olish va o`z ustida ishlashni rag`batlantirish. Odamlarga o`z ishini boshidan yaxshi bajarishga intilish xos xususiyat va ularga buni amalga oshirish uchun o`z ustida ishlashga va mexnat qilish jarayonida qo`shimcha bilimlarga ega bo`lishlariga imkon berish kerak. 14. Sifat soxasidagi yuqori zveno boshlig`iga aniq majburiyat o`rnatish. Sifat boshliq kobinetida jamg`ariladi. Sifatni doimiy shakllantirish masalasini echimi qo`l ostidagilarga topshirish mumkin emas. Yuqori darajadagi boshliq, ma’muriyat, bevosita ijrochilar-xammalari yuqorida ta’kidlangan 13 punktlarni xayotga tadbiq etishlari zurur. Ishchilar doimiy o`qitilsa, sifat masalasiga to`g`ri yondoshilsa, ishchilarni ishlab chiqarish jarayonida vujudga keladigan muammolarni munozara qilishga jalb etilsa yaxshi natijalarga erishish mumkin. Ammo, bu yo`lda nihoyatda extiyotkorlikka rioya qilish kerak: korxonani boshqarish boshliqni sifatni yaxshilash uchun urinishi noto`g`ri tashkil etilishi, kerakmas tashvishlarni keltirib chiqarishi mumkin va ijrochilik intizomini pasaytirib yuborishi mumkin. Demingning 14 postulati o`zaro uzviy bog`langan kompleksni tashkil etadi. 14 ta postulatdan biron birini rad etilishi qolganlarga salbiy ta’sir etishi mumkin. Deming prinsiplari kompaniyani uzoq muddatli va barqaror ishlashiga yo`naltiriladi. Deming postulatlari odamlarni manfaatlari, qiziqishlari va intilishlarini birinchi o`ringa qo`ygan xolda menejerlarni korxona faoliyatini doimiy takomillashtirish uchun sharoit yaratishga undaydi. Bu falsafaning mohiyati quyidagi so`zlarda ifodalanadi: “Sifatga yo`l cheksiz”. Iste’molchini talabani qanoatlantirish masalasini qo`yib, Deming ta’kidlaydi, sifat qanchalik yuqori bo`lsa, shunchalik u arzonga tushadi. Deming tomonidan sifatni ishlab chiqarish iqtisodiga ta’sirini tasvirlaydigan sxema taklif qilingan. Sxema “Demingni zanjirli reaksiyasi” nomi bilan yuritiladi (rasm 4). Bozor munosabatlarini yaxshilashda kompaniyani muvaffaqiyatli ish olib borishini, unumdorlikni ko`tarish, xarajatlarni kamaytirishni yaqqol ko`rgazmasidir. 4-rasm. Deming zanjir reaksiyasi Xuddi shunday yapon avtomobil firmalar Amerika bozoriga tarqaldi (kirib bordi). Muntazam ravishda jarayonlarni yaxshilash bilan ular sekin asta narxlarni pasaytirish imkoniga ega bo`lishdi. Narxlarni pasayishi, daromadni kamayishi hisobiga emas, balki mahsulotning tannarxi va narxi orasidagi tez o`suvchan oraliq tufayli ro`y beradi. 5. Sifat menejmenti tizimi nima (SMT). SMT -bu korxonaning barcha ishlab chiqarish - xo`jalik faoliyatini boshqarishdir, hamda, avvalo chuqur puxta o`ylangan ish qoidalari va korxona diorasida ishchilarning o`zaro munosabatlari-ki, ular kerakli xajmda xujjatlashtiriladi. SMT-bu korxonada sifat soxasida doimiy siyosat va maqsadni shakllantirish uchun tuzilgan boshqarish (idora etish) tizimidir. Sifatli menejment tizimi shunday yo`l tutadiki bu bilan tashkilot sifatini ta’minlash bilan bog`liq ishga oid masalalarni hal qiladi. Keng ma’noda bu korxonaning tashkiliy strukturasini qamrab oladi, xujjatlarni, ishlab chiqarish jarayonlar va resurslar maxsulot sifati soxasida qo`yilgan maqsadga erishish uchun qo`llaniladigan tizimidir. Sifat menejmenti tizimining maqsadi, olib boradigan faoliyatiga ko`ra ko`pgina kichik korxonalar xozirdanoq standart nima talab qilsa, shuni bajaryapti. SMT ning unumli va samarali ishlarining asosiy elementlari quyidagilar: • Sifat sohasida siyosat va maqsadi; • Resurslarni mavjudligi (moddiy, moliyaviy, informasion ta’minot); • Maqsadga erishishni shakllangan algoritmi (jarayonlar, amallar va xujjatlar); • Tashkilot strukturasi. SMT ning vazifasi SMT korxona maxsuloti va hizmatining sifatini ta ’ minlashga qaratilgan va iste ’ molchilarni e ’ tiborini mana shu sifatiga “ qaratadi ”. Asosiy (bosh) maqsad-har bir mahsulotni nazorat qilish kerak emas, shunday qilish kerak-ki, ishda xato bo`lmasin, chunki xato yaroqsiz mahsulot ishlab chiqarishga olib keladi (sifatsiz maxsulot). Nuqsonni sababi-noto`g`ri ishlash. Nuqson bo`lmasligi uchun, sifatli mahslot ishlab chiqish uchun to`g`ri ishlash bo`yicha instruksiya ishlab chiqish va bu xatti- harakatlarni (faoliyatni) nazorat qilish kerak. Bu tizimlarning asosiy afzalligi-u ham bo`lsa e’tiborni iste’molchilarga va toter maxsulotning sifat nazoratiga va nuqsonlarni tuzatishga emas, balki uni maxsulotni xayotiy siklining dastlabki etapida bartaraf etishga qaratilganligidir. Mahsulot sifatining darajasini bir-biridan alohida ajratilgan tadbirlarni tadbiq qilish hisobiga ko`tarish mumkin emas. Mana shu tizim vujudga keladi. Tizimni o`zaro uzviy bog`langan jarayonlarni boshqarish tashkilotni o`z oldiga qo`ygan maqsadiga yo`lida uning unumdorligini, samaradorligini yaxshilaydi. Sifat menejmenti-bu oddiy nazorat va nuqsonli maxsulotlarni brakovkalashdan ko`ra anchagina ko`proq. Bunga barcha rejalashtirishga, ta’minlashga nazorat, taxlil va maxsulot sifatini yaxshilashga yo`naltirilgan faoliyatni o`z ichiga oladi. Mahsulot va uning sifati haqida umumiy tushunchalar Mahsulot deganda mehnat faoliyati jarayonining moddiylashtirilgan natijasi tushunilib, u foydali xossalarga ega bo`ladi, aniq ishlab chiqarish jarayonlarida olinadi va muayyan jamoa va shaxsiy xarakterli ehtiyojlarni qanoatlashtirishi uchun mo`ljallanadi. Mahsulotlar tayyor holda, aniq bozorda sotilishi uchun yaroqli yoki tayyorlash jarayonida, ishlashda, etishtirishda, ta’mirlashda va shunga o`xshashlarda bo`lishi mumkin. Mahsulot ta’rifi yana boshqa bir hujjat – xalqaro standart ISO 8402 (1991y) da qisqa holda keltirlgan bo`lib, «mahsulot - faoliyat yoki jarayon natijasi» deb ta’riflangan. Mahsulot moddiylashtirilgan (masalan, qismlar, qayta ishlanadigan materiallar) yoki moddiylashtirilmagan (masalan, axborot yoki tushuncha) yoki ularning o`zaro uyg`unlashgan birikmasi sifatida bo`lishi mumkin. Mahsulot o`z ichiga xizmatni ham oladi. Mahsulotni yaratilishida, sotilishida va iste’molida yoki ishlatilishida namoyon bo`ladigan xossasi uning xolisona ko`rsatkichi hisoblanadi. Mahsulot ko`pgina turli xossalarga ega bo`lib, u yaratilishida, sotilishida va iste’molida yoki ishlatilishida namoyon bo`lishi mumkin. « Ishlatilishi » atamasi shunday mahsulotga nisbatan ishlatilishi mumkinki, bunda mahsulotdan foydalanish jarayonida u o`z resursi hisobiga sarflanadi. « Iste’mol » atamasi shunday mahsulotga nisbatan ishlatiladiki, uning vazifasiga ko`ra, ishlatilishida o`zi sarflanadi. Mahsulot xossalarini shartli ravishda oddiy va murakkab turlarga bo`lish mumkin. Mahsulotning oddiy xossasiga massa, sig`im, tezlik va boshqa ko`rsatkichlar kiradi. Mahsulotning murakkab xossasiga misol sifatida buyum ishining ishonchliligini olishimiz mumkin. Bu esa o`z navbatida bir qator oddiy xossalarni o`z ichiga qamrab oladi (buzilmasligi, chidamliligi, ta’mirlanuvchanligi va saqlanuvchanligi kabilar). Mahsulot sifati deganda, uning vazifasiga binoan muayyan ehtiyojlarni qanoatlantirishga yaroqliligini belgilaydigan xossalar majmuasi tushuniladi. Mahsulot sifati, uni tashkil etuvchi buyum va materiallarning sifatiga bog`liq. Agar mahsulot mashinasozlik buyumlaridan tashkil topgan bo`lsa, mahsulotning sifatini belgilovchi, uning ayrim buyumlarining hamda birxillik, o`zaro almashuvchanlik va boshqa shunday xossalarining majmuasidan tashkil topadi. Masalan, paxta terish mashinasining sifati, uni tashkil etuvchi dvigatelning, shpindellarning, bolt va gaykalarning, g`ildirak va undagi rezina kabilarning sifatiga bog`liq. Mahsulot belgisi deganda mahsulotning har qanday xossalari va holatlarining miqdoriy va sifat tavsiflari tushuniladi. Sifat belgisiga materialning rangi, buyumning shakli, detalning sathida himoya va bezak uchun ma’lum qoplamalarning bo`lishi, prokatning yon tomoni (burchak, tavr, shvellar va shunga o`xshashlar), mahsulot detallarining biriktirish usullari (payvandlash, yopishtirish, parchinlash va shunga o`xshashlar), sozlash usullari (qo`lda, yarim avtomatik, avtomatik va shunga o`xshashlar) kiradi. Sifat belgilari orasida mahsulot sifatini boshqarishda katta ahamiyatga ega bo`lgan statistik nazoratda qo`llanuvchi muqobil belgisi bo`lib, faqatgina ikkita bir -birini inkor qiluvchi imkoniyatlari bo`lishi mumkin. Masalan, buyumlarda yaroqsizlikning borligi yoki yo`qligi, detallarda ximoya katlami borligi yoki yo`qligi va shunga o`xshashlar. Mahsulotning miqdoriy belgisi uning parametridir. Mahsulot sifati o`zining ko`rsatkich alomati bilan ifodalanadi. Mahsulot sifatining ko`rsatkichi Mahsulot sifatining ko`rsatkichi mahsulot sifatiga kiruvchi bitta yoki bir necha xossasining miqdoriy tavsifi, uning yaratilish va ishlatilishi yoki iste’molidagi muayyan sharoitlarga qo`llanilishini qurilishiga aytiladi. Sifat ko`rsatkichlari quyidagi asosiy talablarga javob berishlari lozim: - Turg`unligi; - Rejali asosda ishlab chiqarish samaradorligini oshishiga yordam berishi; - Fan va texnika yutuqlarini inobatga olinishi; - Muayyan vazifasiga ko`ra ma’lum ehtiyojlarni qondirishga layoqatliligi. Vazifaviy ko`rsatkichlar mahsulot xossalarini tavsiflaydi, ularni asosiy vazifalarni belgilaydi, mahsulotni qo`llash sohasini aniqlaydi. Mashina va asbobsozlik, elektrotexnika va boshqa buyumlar uchun bu ko`rsatkichlar buyum tarafidan bajariladigan foydali ishni tavsiflaydi. Turli xil konveyrlar uchun vazifaviy ko`rsatkichlar, unumdorlik, yuk uzatish masofasi va balandligi; o`lchash asboblarida - aniqlik ko`rsatkichlari, o`lchash chegarasi va shunga o`xshashlarni tashkil etadi. Tarkib va tuzilish ko`rsatkichlari mahsulotdagi kimyoviy elementlarni yoki guruxli to`zilishlar miqdorini ifodalaydi. Tarkib va tuzilish ko`rsatkichlariga quyidagilarni misol qilish mumkin: - Po`latning tarkibiy komponentlarini massa ulushlari; - Kislotalardagi turli tarkiblarining konsentrasiyasi; - Koksdagi oltingugurtning, kulning massa ulushi; - Oziq-ovqat va boshqa mahsulotlardagi kandning, tuzlarning massa ulushlari kiradi. Xom-ashyo, materiallar, yoqilgi va elektr quvvatlarini tejab foydalaniladigan ko`rsatkichlari buyumning xossalarini tavsiflaydi va uning texnikaviy takomillanish darajasini yoki ular tomonidan iste’mol qilinayotgan xom-ashyo, materiallar, yoqilgi va elektr quvvatlar me’yorini ifodalaydi. Buyumlarni tayyorlashda va ishlatishda shunday ko`rsatkichlarga xom-ashyo, materiallar, yoqilg`i va elektr quvvatini asosiy turlarining solishtirma sarflanishi (sifat ko`rsatkichining asosiy o`lchovi); moddiy resurslardan foydalanish koeffisienti, ya’ni foydali sarflanishiga nisbati tushuniladi, foydali ish koeffisienti va shunga o`xshashlar kiradi. Maxsulotlarning murakkab xossasini tavsiflovchi, uning ehtiyojini, maqsadini va topshiriqga binoan berilgan vazifalarni bajarishga mahsulotning funksional layoqatligi deb ataladi. Mahsulotning badiiy ifodalanishini, shaklning to`g`riligini, kompozisiyaning butunligini tavsiflovchi murakkab xossa mahsulotning estetikligi deb ataladi. Mahsulotning xavfsizligi - bu uning murakkab xossasi bo`lib, inson uchun zararli ta’sir etish miqdorini belgilaydigan ko`rsatkichidir. Mahsulotning ekologikligi ham uning murakkab xossalaridan biri hisoblanib, atrof - muhitga zararli ta’sir etish miqdorini belgilaydi. Tayyor mahsulot o`zining iste’moldagi bahosi va boshqalariga hamda uning iste’mol yoki ishlatilishdagi harajatlarning yig`indisiga mahsulotning iste’mol bahosi deb ataladi. Mahsulot, ham muayyan ehtiyojga mos kelish darajasi bo`yicha, ham shu ehtiyojni qanoatlantirishdagi harajatlar bo`yicha raqobatlanuvchi mahsulotlardan uning ajralib turishini ifodalovchi mahsulotning tavsifi uning raqobatbardoshligi deb ataladi. Mahsulot bozori deganda, uning sotilishida ehtiyoj va taklif orasidagi o`zaro muvofiqlashtirish sharoitlaridagi tizim tushuniladi. O`zaro muvofiqlashtirish darajasi esa bozor munosabatlarini boshqarishda va turg`unligida mezon bo`lib xizmat qiladi. Marketing deganda, mahsulotning har bir hayotiy davri bosqichlarida amalga oshiriladigan uning raqobatbardosh qilib yaratilishini va bozorda sotilishini ta’minlaydigan faoliyat tushuniladi. Sifat halqasi ehtiyojlarni aniqlashdan tortib, to ularni qanoatlantirishning baholashgacha bo`lgan turli bosqichlarda sifatga ta’sir etadigan, o`zaro bog`langan faoliyat turlarining nazariy tushunchalar modelidir. Mahsulot sifatining darajasini baholash Belgilangan mahsulotning sifat ko`rsatkichlarining nomenklaturasini tanlash, bu ko`rsatkichlarining qiymatlarini aniqlash va ularni asos bo`luvchi qiymatlar bilan taqqoslashni o`z ichiga oluvchi ishlarning yig`indisi mahsulot sifatining darajasini baholash deb ataladi. Mahsulot sifatining darajasini baholash uchun mahsulotlar ikkita turkumga bo`linadi: 1. Foydalanishda sarflanadigan mahsulot; 2. O`z resursini sarflaydigan mahsulot. 1 - turkum mahsulotlari vazifasi bo`yicha foydalanish jarayonida sarflanadi. Odatda, qayta ishlash kaytmas jarayon hisoblanadi: (xom-ashyo, materiallar, yarimfabrikatlar), yokilgining yonishi, oziq-ovqat mahsulotlarining o`zlashtirilishi, ayrim vaqtda qaytariluvchi jarayon ham bo`lishi mumkin (masalan, erituvchilarni rekuperasiya va regenerasiyasi). Vazifasi bo`yicha 2 - turkum mahsulotlaridan foydalanishda, uning resursi sarflanadi. Bu holda mahsulot texnikaviy va ma’naviy eskirishi hisobiga foydalaniladi. Mahsulot sifatining ko`rsatkichlari nomenklaturasining tanlab olishni asoslash quyidagilarni inobatga olgan holda amalga oshiriladi: - Mahsulotning ishlatilishidagi sharoitlarni va vazifasini; - Iste’molchilar talablarining taxlilini; - Mahsulot sifatini tavsiflanuvchi tarkibini va tuzilishini; - Sifat ko`rsatkichlariga bo`lgan asosiy talablarni. Mahsulot sifatiga ta’sir etuvchi omillarni to`rt toifaga bulish mumkin: 1. Texnikaviy; 2. Tashkiliy; 3. Iqtisodiy; 4. Ijtimoiy. Texnikaviy omillarga uskunalarning jihozlanish , asboblarning hamda nazorat vositalarning , texnikaviy hujjatlarning holati ; dastlabki materiallar , yarimfabrikatlarning sifati va shunga o ` xshashlar kiradi . Tashkiliy omillarga rejalik , bir maromda ishlash , texnikaviy xizmat va uskunalarni ta ’ mirlash ; materiallar , komplektlanuvchi buyumlar , jihozlanishi , asboblarni texnikaviy hujjatlar va nazorat vositalari bilan ta ’ minlashganligi , ishlab chiqarish madaniyati , mehnatni ilmiy asosda tashkil etish ; ovqatlanish , ish vaqtida dam olishni tashkil etish va boshqalar kiradi . Iqtisodiy omillarga mehnatga haq to ` lash shakllari , oylik maoshning miqdori ; yuqori sifatli mahsulotni va ishni moddiy rag ` batlantirish , mahsulotning yaroqsizligi uchun oylik maoshidan ushlab qolish , sifat darajasi , tannarxi , mahsulotning bahosi va shunga o ` xshashlar kiradi . Ijtimoiy omillarga kadrlar tanlash va joy - joyiga qo ` yish , malaka oshirishni tashkil qilish , ilmiy - texnikaviy ijodni , ijodkorlik va ixtirochilikni tashkil etish , turmush sharoitlari , o ` zaro munosabatlar jamoadagi psixoligik iqlim va tarbiyaviy ishlar kiradi . Mahsulot sifatini tashkil topishi, uning hamma hayotiy bosqichlarida - tadqiqot va loyihalash ishlarida, ishlab chiqarishda; muomalada; iste’molda yoki ishlatilishida namoyon bo`ladi. Mahsulotning sifatini baholash Sifat tizimlarida mahsulot sifatini baholashning uslubiy asoslariga, ayniqsa, mahsulotni majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirishda alohida talablar qo`yiladi, bunda quyidagilar deyarli to`liq ta’minlanadi; - Mahsulotning iste’moldagi hamma xossalarini kompleks tahlil va xolisona baholanishi, xavfsizliligi va ekologikligi namoyon bo`lish imkoniyati; - Keltirilgan baholanishga asoslanib, iste’molchi tomonidan mahsulotning ishlatilishdagi va ekologikligidan xavfdan hamda mahsulot va uning sifatini (amaldagi bozor sharoitida) noto`g`ri baholanish xavfidan ijtimoiy himoya qilishga zamin yaratish. Mahsulot sifatining darajasini baholanishining asosiy maqsadi; - Yangi mahsulot turlarining parametrlarini asoslash; - Mahsulotni, standartlarini, texnikaviy shartlarni ishlab chiqishda texnikaviy topshiriqlar tayyorlash hamda yangi mahsulot uchun, uning texnikaviy darajasi kartalarini tuzish; - Ishlab chiqariluvchi mahsulotning sinov natijalariga qarab qaror qabul qilish; - Mahsulotni ta’mirlash bo`yicha qaror qabul qilish; - Mahsulotni bozorda etarlicha qadrlanishiga va arziydigan bahoda sotilishiga zamin yaratish. Mahsulot sifatining darajasi baholashda turli usullardan foydalaniladi: differensial, kompleks, aralashgan va statistik usul va boshqalar. Differensial usul deb, mahsulotning birgina ko`rsatkichidan foydalanishga asoslangan mahsulot sifatining baholash usuliga aytiladi. Differensial usul baholanuvchi mahsulot sifatining ko`rsatkichiga asos bo`luvchi ko`rsatkich bilan taqqoslashga asoslangan. Masalan, bir korxonadan chiqarilayotgan uskunaning ishlash muddati 8 yilni, ikkinchi korxonada esa bu raqam 12 yilni tashkil etadi, asos bo`luvchi qiymat asos bo`luvchi qiymatga nistbatan past, ikkinchisida esa balanddir. Bu ko`rsatkich uning ishlash muddatini yaxshilanishi natijasida erishilgan. Mahsulot sifatining kompleks ko`rsatkichlarining qo`llanilishiga asoslangan mahsulot sifatini baholash usuli - kompleks usul deb ataladi. Masalan, avtobuslarning sifatini baholashda umumlashtirilgan sifat ko`rsatkichi - bu ularning yillik unumdorligi tushuniladi. Aralashgan usul - bu bir vaqtning ichida ham birgina ko`rsatkichidan, ham kompleks ko`rsatkichlardan foydalanib mahsulotning sifati baholanadi. Statistik usul bilan mahsulotning sifatini baholashda matematik statistika usullaridan foydalaniladi. Mahsulot sifatini bir me’yorda bo`lishini ta’minlashda mahsulot sifatini boshqarish alohida o`rin egallaydi. Har qanday boshqarishning mohiyati boshqarish qarorlarini ishlab chiqish va uni boshqaruvchi ob’ektda o`z ta’sirini amalga oshirish ko`zda tutiladi. Mahsulot sifatini boshqarish deganda mahsulotni yaratishda uning kerakli sifatini ta’minlash va me’yorida bo`lib turish maqsadida amalga oshiriladigan harakatlar majmui tushuniladi. Mahsulot sifati jarayonlarning qanday tashkil etilganligiga ularni qanday me’yorda ishlashiga, nazorat - o`lchash asboblarining naqadar tekis ishlashiga va shu jarayonlarda ishlayotgan xodimlarning malakasiga so`zsiz bog`liqdir. Boshqarish ta’siri boshqariluvchi jarayonlarni amaldagi holatini saqlash yoki unga o`zgartmalar kiritishdan iborat. Mahsulot sifatini boshqarish tizimi deganda boshqarish idoralari va boshqariluvchi ob’ektlarning mahsulot sifatini boshqarishda moddiy-texnika va axborot vositalari yordamida o`zaro bog`lanishning majmui tushuniladi. Shuning uchun bu tizim o`zaro bog`langan mahsulot sifatini boshqarishni ta’minlaydigan tashkiliy, texnikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy tadbirlarning yig`indisi sifatida ko`zda tutilgan bo`lmoqligi lozim. Boshqarishning asosiy maqsadi esa mahsulot sifatini kerakli darajaga erishilishini ta’minlash hisoblanadi. Yuqorida keltirilgan iboradan quyidagi ta’rifni keltirishimiz mumkin. Mahsulot sifatini boshqarish – mahsulot sifati darajasini joriy qilish, ta’minlash va zaruriy darajada ushlab turish maqsadida loyihalash, tayyorlash va foydalanishi (yoki iste’mol qilish) paytida amalga oshiriladigan xarakatlar majmuasidir yoki yig`indisi. Аdаbiyotlаr : 1. Kаrimоv I.А. O`zbеkistоn - bоzоr munоsаbаtlаrigа o`tishning o`zigа xоs yo`li. T. O`zbеkistоn, 1994 y. 2. Kаrimоv I.А. O`zbеkistоn iqtisоdiy islоhоtlаrni chuqurlаshtirish yo`lidа. T. O`zbеkistоn, 1996 y. 3. Mеtrоlоgiya hаqidа. O`zbеkistоn Rеspublikаsi qоnuni. 1993 yil. 4. Stаndаrtlаshtirish hаqidа. O`zbеkistоn Rеspublikаsi qоnuni. 1993 yil. 5. Mаhsulоt vа xizmаtlаrni sеrtifikаtlаsh hаqidа. O`zbеkistоn Rеspublikаsi qоnuni. 1993 yil. 6. Ismаtullаеv P.R., Mа`rufоv E.А., Аbdullаеv А.X. Mеtrоlоgiya bo`yichа izоhli lug`аt. Tоshkеnt, 1993 y. 7. Ismаtullаеv P.R., To`xtаmurоdоv Z.T. Sifаt vа sеrtifikаt. Kоnstruktоr IChB. 1994 y. 8. Ismаtullаеv P.R., To`xtаmurоdоv Z.T., Аbdullаеv А.X. Stаndаrtlаshtirish, mеtrоlоgiya vа sеrtifikаtlаshtirishgа muqаddimа. Kоnstruktоr IChB. 1995 y. 9. Крылова А.Н. Осnовы метролоgии, стаnдартиzаsии и сертифиkаsии. М. : Аuдит, 1998 g, ЮНИТИ. 10. O`zРСТ 8.010-93. Метролоgия. Атамалар ва таърифлар.