logo

O'zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish istiqbollari va bojxona tizimida samarali qo'llanilishining jahon tajribasi

Yuklangan vaqt:

20.03.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

173 KB
O`zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish istiqbollari va bojxona tizimida samarali qo`llanilishining jahon tajribasi Reja: 1. Bojxona tizimini faoliyatini samaradorligini oshirishda axborot- kommunikatsiya texnologiyalari borasidagi xalqaro hamkorlikni ahamiyati 2. Axborot texnologiyalarining bojxona tizimida samarali qo`llanilishining jahon tajribasi 3. O`zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va elektron raqamli imzo, elektron deklaratsiyalashni rivojlantirish Bojxona tizimini faoliyatini samaradorligini oshirishda axborot- kommunikatsiya texnologiyalari borasidagi xalqaro hamkorlikni ahamiyati Bojxona xizmatini rivojlantirish va takomillashtirishga har tomonlama yordamlashish, bojxona qonunchiligining xalqaro standartlar bilan mutanosib va uyg`unligini ta’minlash, bojxona xizmatini boshqarish samaradorligini oshirish, xalqaro savdo sohasida sodir bo`layotgan ulkan jarayonlar bilan hamohang bo`lish bugungi kun talabidir. Unda nazarda tutilgan vazifalar quyidagilardan iborat : diagramma O`zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarining, jumladan, bojxona ishiga oid majburiyatlarining bajarilishini ta’minlash; -xorijiy davlatlar bojxona va boshqa mutasaddi organlari, bojxona ishi masalalari bilan shug`ullanuvchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshirish. Respublika bojxona xizmati umum qabul qilingan xalqaro me’yor va tajribalar bilan yaqinlashish yo`nalishida rivojlanmoqda va xalqaro bojxona huquqlarini qabul qilish va qo`llashga tayyorgarlik ko`rmoqda. Mazkur hamkorlik quyidagi asosiy yo`nalishlarda o`z aksini topadi: MDH mamlakatlari bilan hamkorlik; xorijiy davlatlar bilan hamkorlik; bojxona ishiga oid xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik. Xalkaro aloqalarining jadallashuvi va kengayishi hozirgi bosqichda O`zbekiston bojxona xizmati xalqaro faoliyatining farqlovchi xususiyati hisoblanadi. Bojxonani rivojlantirishning bugungi kundagi ustuvorliklari O`zbekiston jahon hamjamiyatining ajralmas qismi hisoblanishidek aniq-ravshan tushunchadan kelib chiqadi, bu narsa esa xalqaro bojxona hamkorligi uchun katta imkoniyatlar ochadi. Bunday hamkorlik nafaqat BJBT doirasida, balki O`zbekiston va dunyodagi boshqa davlatlarning bojxona xizmatlari o`rtasidagi ikki taraflama aloqalar yordamida ham amalga oshiriladi. Osiyo taraqqiyot bankining Bojxona hamkorligi qo`mitasi (BXQ) bojxona sohasida mintaqaviy hamkorlikka va mintaqaviy bojxona islohotlari hamda mintaqaning milliy bojxonalarini zamonaviylashtirishda keng qamrovli yondoshuvga ko`maklashadi. U 2002 yilda tashkil etilgan va sharqiy hamda markaziy Osiyo mamlakatlarining mintaqaviy iqtisodiy hamkorligi keng miqyosida dasturining muhim bo`g`ini hisoblanadi. BXQ tarkibiga Ozarbaydjon, Xitoy, Qozog`iston, Qirg`iziston, Mug`iliston, Tojikiston, Turkmaniston va O`zbekistonning bojxona xizmatlari kiradi. BXQning axborotni jamlash va ayirboshlash masalalari, bojxona operatsiyalari, xatarlarni boshqarish va postlardan o`tish auditini shuningdek, ma’lumot to`plash mintaqaviy tizimlarini rivojlantirish uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo`yicha ishchi guruhiga O`zbekiston bojxona xizmati raxbarlik qilib, u xalqaro bojxona amaliyotini isloh qilishga jahon bojxona ishining olg`a qarab rivojlanishiga o`z xissasini qo`shmoqda. Bugungi kunda xalkaro terrorizm, diniy ekstremizm va narkobiznes butun jahon hamjamiyatiga va xususan, Markaziy Osiyo mintakasiga g`oyatda jiddiy tahdid solmoqda. Mustaqillikning dastlabki kunlaridan O`zbekiston dunyodagi boshqa mamlakatlar bilan birgalikda ushbu tahdidga qarshi turib, mintaqaga tashqaridan ta’sirini kuchaytirishga urinayotgan qora kuchlarga qarshi murosasiz kurashning mashaqqatli yo`lini tanladi. Mozori Sharif, Kunduz, Kandaxor, Jalolobod xarbiy lagerlariga xalqaro terrorchilar joylashib oldi. BMTning narkotiklar ustidan nazorat qilish xalqaro agentligi hisob-kitoblariga ko`ra, 2002 yilda Afg`onistonda ko`knori hosilini hajmi taxminan 1900-2700 tonnani tashkil etgan bo`lib bunga qarshi kurash natijasida bu ko`rsatkich 2006 yilga kelib sezilarli darajada qisqargan bo`lsada o`zini xavfli oqibatlari bilan hanuzgacha xalqaro maydonda xavotirga tushishni sababi bo`lib kelmoqda. Birlashgan millatlar tashkilotining ma’lumotiga kura, xozirgi kunda butun duneda 8 milliondan ortik kishi geroin iste’mol qilar ekan, 13,8 milliondan ortiq kishi kokain, 142 mln. kishi marixuana, 280 mln.dan ortiq kishi esa sintetik giyohvandlik moddalarini iste’mol qilar ekan. Narkotik moddalarni dunyo bo`yicha bir yillik oboroti 400 mlrd. AQSH dollariga yoki butun dunyo savdo aylanmasining 8 foizini tashkil etar ekan. Chuqurroq o`ylab ko`rilsa, bu XXI asr boshlarida insoniyat oldida turgan mushkul muammolardan biridir. Terorchilarga qarshi operatsiyalar davomida na geroin zaxiralari, na uni tayyorlaydigan mini-zavodlar amalda zarar ko`rgan. Markaziy Osiyo xududi orqali jahon bozorlariga, ba’zi ma’lumotlarga ko`ra, ushbu davlatda tayyorlangan giyohvand moddalarning 65% o`tadi va bu xajmning 20%ga yaqini mintaqa mamlakatlarida qoladi. Bunday sharoitda O`zbekiston bojxona organlariga alohida ma’suliyat yuklanadi, ularning xushyorligi va fidokorligi tinch fuqarolar xavfsizligining garovlaridan biridir. Ular tomonidan xar bir muvvafaqiyatli o`tkazilgan operatsiya ortida yuzlab qutqarilgan hayot, minglab saqlab qolingan taqdir turibdi. O`zbekiston bojxonasi oldiga qo`yilgan vazifalarning muhimligi haqida 2002 yili Toshkentda JBT xomiyligida bo`lib o`tgan bojxona xizmatlari raxbarlarining xalqaro konferensiyasi yoritib o`tilgan bo`lib O`zbekiston respublikasi vakillari mazkur anjumanda ishtirok etayotgan boshqa mamlakatlar kabi narkotik moddalarning noqonuniy aylanishi va tarqatilishiga qarshi kurash muammolariga alohida ahamiyat berib, tobora ko`proq hudud va davlatlarni qamrab olayotgan bu mudhish jinoyatchilikning avj olishi ana shu illatga qarshi kurashda jahon hamjamiyatining say’i harakatlarini zudlik bilan jipslashtirishni taqazo etmoqda. Aytish joyizki narkobiznesga qarshi kurashda g`oyat keskin choralar tarafdori bo`lmish O`zbekiston bu borada zarur bo`lgan hamma ishni qilib kelgan bo`lib va hozirgi paytgacha yo`lda qat’iy turmoqda. Ta’kidlash lozimki hozirgi zamon uchun g`oyat dolzarb mavzudagi anjumanni o`tkazishda O`zbekistonga ishonch bildirilganligi mamlakatimizning bu olijanob ishiga qo`shayotgan salmoqli hissasining JBT tomonidan e’tirof etilishidir. Ushbu xalqaro anjumanda imzolangan Toshkent deklaratsiyasida quyidagilar bayon etilgan: Buyuk Ipak yo`li yo`nalishida narkotiklarning g`ayri qonuniy aylanishiga qarshi kurashga bag`ishlangan xalqaro konferensiya ishtirokchilari: - narkotik vositalar va psixotrop moddalarning g`ayriqonuniy aylanishi salomatlikka va jamiyatning gullab yashnashiga jiddiy hamda oshib boruvchi tahdid solinayotganligini e’tirof etgan; narkokorchalonlarning faoliyati, xususan, g`ayriqonuniy narkotik vositalar va psixotrop moddalarni xalqaro miqyosda olib o`tishdan iboratligi va uyushgan jinoyatchilikni jalb etishini tushungan; xalqaro terrorizm, giyohvand moddalarni kontrabanda qilish va uyushgan jinotchilikning boshqa turlari hisobidan moliyalanishini bilgan; Buyuk Ipak Yo`li yo`nalishining iqtisodiy va tijoriy ahamiyatini, Sharq va Farbni birlashtiradigan ushbu strategik yo`l va temir yo`l arteriyasi bo`yicha qonuniy savdoning to`siqsiz oqimiga yordam berish zaruratini, shuningdek, bojxona ma’muriyatlarning jamiyatni himoya qilishni ta’minlash maqsadida savdoga yordam berish bilan nazorat o`rtasida to`g`ri muvozanatni qo`llab quvvatlash majburiyatini ta’kidlagan; narkotiklarga qarshi kurash bo`yicha xalqaro shartnomalardan, shuningdek bir- birlarini tushunish to`g`risidagi bitimlar, rezolyutsiyalar, memorandumlardan kelib chiqadigan, ishtirokchilar tomonidan qo`llanadigan majburiyatlarni e’tiborga olib; - giyohvand moddalar kontrabandasiga qarshi kurash JBT a’zolarining bojxona ma’muriyatlari uchun muhim ahamiyat kasb etishini va faqat milliy darajada choralarning qabul qilinishi, ushbu kulfatning global xususiyatini hisobga olganda, cheklangan samaraga ega bo`lishiga alohida ahamiyat berib; - JBT a’zosi bo`lgan mamlakatlarning narkotiklar kontrabandasiga qarshi kurash uchun ma’sul boshqa xizmatlari, shuningdek boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilishdagi sa’y-harakatlarini kayd etib; - JBT bilan Interpol, YUNDSP, Yevropol hamda giyoxvandlik ustidan nazorat bo`yicha Yevropa markazi, shuningdek Yevropa ittifoqi bilan hamkorlikka e’tiborni jalb etib; tuzilma va mexanizmlarni, xususan JBTning bojxona huquqni muxofaza qilish tarmog`i (BXMKT) va xizmatlari o`rtasida hamkorlik qilish, axborot hamda tezkor ma’lumotlar almashishga ko`maklashish maqsadida barpo etilgan Mintaqaviy aloqa uzellari (RILO) tarmog`ini etiborga olib; mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar bilan samarali hamkorlik qilish uyushgan jinoyatchilikka qarshi samarali harakat qilish uchun muhim shart hisoblanadi deb fikrlab; - bunday hamkorlik barcha manfaatdor taraflarga ayniqsa xalqaro darajada kilinayotgan sa’y xarakatlarni takomillashtirish uchun mustaqil amalga oshiriladigan tadbirlarni o`tkazish chog`ida bir-birini takrorlash va aralashishga yo`l qo`ymaslik maqsadida foydali bo`lishiga komil ishonch bilan; Narkotik vositalar va psixotrop vositalarning g`ayriqonuniy aylanishiga qarshi kurashish shuningdek prekursorlar ustidan nazoratni kuchaytirish bobida quyidagi tadbirlarni tavsiya kiladilar: - mavjud aloqa tarmoqlaridan foydalangan holda axborot, tezkor ma’lumotlar va hujjatlar almashishning mavjud mexanizmi amal qilish doirasini kengaytirish; axborot almashishning mavjud mexanizmi, shu jumladan, Buyuk ipak yo`li bo`yicha Bolkon axborot tizimi (BASIS) Markaziy osiyo davlatlariga, ularning milliy konunchiligi va tegishli xalqaro shartnomalarni hisobga olgan holda tadbiq etiladi. narkotik vositalar va psixotrop moddalarni, ularni g`ayriqonuniy ishlab chiqarishda ishlatiladigan narkotiklar, prekursorlar va kimyoviy moddalarni g`ayriqonuniy olib o`tish xollariga ta’luqli bo`lgan tezkor axborot shuningdek, yangi tamoyillar yashirish joylari, tashish usullari va olib o`tish xavflari to`g`risidagi axborot BXMKT yordamida, mavjud kommunikatsiya tarmoqlari vositasida yig`iladi; - Yig`ilgan axborot g`arbiy Yevropa, markaziy va sharqiy Yevropa, Osiyo-Tinch okean mintaqasi va MDH mamlakatlari bo`yicha RILO tomonidan uning taxlilini global darajada amalga oshirish hamda manfaatdor bojxona ma’muriyatlariga taqdim etish uchun foydalaniladi, bu esa narkotik vositalar va psixotrop moddalar g`ayriqonuniy aylanishining oldini olish va uni tergov qilish bo`yicha yanada samarali harakatlarga ko`maklashadi. JBT a’zosi bo`lgan mamlakatlar: - axborot almashish o`zaro maqbul, to`liq va ochik bo`lishi maqsadida mavjud axborotdan foydalanishni o`z sa’y-harakatlarini birlashtiradilar; kontrabandaga qarshi kurash bilan shug`ullanadigan bo`linmalarning xabardorligini oshiradi va ularni o`qitish jarayonini rivojlantiradilar; - davlat organlari bilan xususiy sektor o`rtasidagi hamkorlikni rivojlantiradilar va takomillashtiradilar. Xar bir mamlakat narkotiklarga qarshi kurash masalalari bo`yicha milliy kontakt aloqa punktlarini tayinlaydi, ular axborot va tezkor ma’lumotlarni olish hamda uzatish uchun javob berib, ularni axborot va tezkor ma’lumotlarga eng yaxshi ishlov bera oladigan xizmatlarga yo`naltiradilar, shundan so`ng olingan javob-so`rov yuborgan ma’muriyatlarga yuborilishi kerak. Kontakt aloqa punkti xizmatining imkoniyatlari va uning huquqni muxofaza qilishdagi ya’ni aynan narkotiklar kontrabandasiga qarshi kurash bobidagi tajribasini xisobga olib belgilanadi. Bunday hamkorlik doirasida JBT a’zosi bo`lgan mamlakatlar ularning mansabdor shaxslariga boshqa bojxona ma’muriyatlarining so`rovlariga ko`ra tergov o`tqazish va shaxslar, binolar, transport vositalari, bitimlar hamda tovarlar ustidan nazoratni amalga oshirish imkonini beradigan qoidalarni qo`llashni ko`rib chiqadilar. Zarur texnik hamkorlik va texnik ko`makni amalga oshirish. Mazkur mintaqa mamlakatlarining bojxona ma’muriyatlari hamkorlikning ko`rib chiqilayotgan sohasidagi o`z yutuqlari to`g`risida muntazam maslahatlashishlarni o`tkazadilar. Ular nafaqat bir-birlari bilan, balki boshqa vakolatli milliy organlar va xalqaro tashkilotlarning mintaqaviy vakillari bilan ham fikr almashadilar. Bunday hamkorlikni mustahkamlash maqsadida manfaatdor bojxona ma’muriyatlari narkotiklar kontrabandasiga qarshi kurash bilan shug`ullanadigan mansabdor shaxslar bilan almashish dasturini amalga oshirish imkoniyatini ko`rib chiqadilar, ular ishlab chiqaruvchi mamlakatlar, tranzit mamlakatlar yoki iste’molchi mamlakatlar bo`lishidan qat’iy nazar mazkur mintaqa mamlakatlarida narkotiklarni g`ayriqonuniy olib o`tilishiga qarshi samarali kurashish maqsadida tezkor tadbirlarni amalga oshirish va nazoratni kuchaytirishni rag`batlantiradilar va bunga ko`maklashadilar. Amalga oshirilishi zarur bo`lgan chora-tadbirlar: - narkotiklar kontrabandasiga qarshi kurashish, nazorat qilish, o`ziga xos maxalliy sharoitlarni xisobga olgan holda kurashni samarali tashkil etish, xatar tahlili maqsadni tanlash usullariga o`rgatish; xizmatlarni tashkil etish: kinologiya bo`linmalari va kontrabandaga qarshi kurash uchun aniq javobgar bo`lgan xizmatlarni tashkil etish, tezkor axborot yig`ish va xatar taxlili; uskunalarni takdim etish: narkotiklarni topish uchun kompakt-testlar, tananing ichida yashirilgan narkotiklarni topish uchun apparatlar, xufiyona yashirish joylarini topish uchun xajmdor apparatlar, kichik xonalarda (masalan, avtomashinalar, yuk mashinalarining kabinalari, dam olish uchun vagonlar) mavjud bo`lgan chang to`zonni tahlil qiladigan to`zonni tahlil qiladigan uskunalar shuningdek rengen uskunalari bilan ta’minlash. BMT ning narkotiklar va prekursorlar ustidan nazorat qilish dasturi doirasidagi hamkorlik jo`shqin rivojlanmoqda. BMT ko`magida DBQ ning mintaqaviy kinologik markazi barpo etildi, qurol-yarog` va portlovchi moddalarni qidiradigan xizmat itlari o`rgatilishi samarali olib borilmoqda. BMT ning «O`sh tuguni» loyihasini amalga oshirish doirasida O`zbekiston bojxona xizmati xodimlari narkotiklar savdosiga qarshi kurash masalalari bo`yicha o`quv seminarlarida, Markaziy Osiyoda narkotiklar va prekursorlar ustidan nazorat qilish muommolari bo`yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etdi. BMT ning narkotiklar ustidan nazorat qilish va jinoyatlarning oldini olish boshqarmasining «O`zbek- Afg`on chegarasidagi «Ayritom» nazorat qilish-o`tkazish punkti» da faoliyatni boshlashda O`zbekistonga yordam berish loyihasi doirasida respublika loyihasiga bojxonachilar yo`lovchilar yuklar va transportni ko`rikdan o`tkazish uchun asbob-uskunalar, nazorat- texnik vositalarning uzluksiz ishlashi uchun elektr energiyasi generatorlari bir necha marotaba berildi. O`zbekiston bojxonachilari geroin tayyorlash uchun muhim ahamiyatga ega bo`lgan sirka kislota angidridining g`ayriqonuniy aylanishini o`rganish va bartaraf etish bo`yicha «Topaz» xalqaro operatsiyasida ham faol ishtirok etdilar. Chunonchi, Afg`oniston va Tojikiston bilan chegaradosh bo`lgan DBQning Surxondaryo viloyat boshqarmasi xodimlari bir necha bor respublika orqali ushbu narkotik xom ashyoni g`ayriqonuniy olib o`tish xolatlarining oldini olishda 72 tonnadan ortiq shunday modda ushlandi. O`zbekiston bojxona organlarining faol va muvaffaqiyatli faoliyati xalqaro hamjamiyat tomonidan ijobiy baholandi. Xalqaro darajadagi hamkorlikka kelganda misol tariqasida Germaniya Federativ Respublikasining bojxona kriminal xizmati (Zollkriminalamt-ZKA) delegatsiyasi mamlakatimizda bo`lib o`tganini ta’kidlash mumkin. Bu tashrifga mazkur idora prezidenti janob Karl-Xayns Mattias boshchilik qilgan bo`lib, tashrifning asosiy maqsadi - narkotik vositalarning g`ayriqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish sohasida mamlakatlarimiz o`rtasidagi ikki taraflama hamkorlikni mustahkamlash edi. Germaniyalik hamkasblarning qiziqishi narkotik moddalarni topish uchun eng zamonaviy ko`rikdan o`tkazish va maxsus uskunalar, videokuzatuv va radiatsion nazorat tizimlari, avtotarozilar va nazorat qilishning boshqa maxsus texnik vositalari bilan jixozlangan bojxona obyektining infratuzilmasi va xizmat arsenalini batafsil o`rganish bilan cheklanmadi. Ular bojxona nazoratini amalga oshirishda g`oyatda faol ishtirok etdilar. Uchrashuvda ushbu soxada va bojxona tergovlari bobida hamkorlikning axvoli va istiqbollari, shuningdek 2001 yilda Berlinda imzolangan, narkotiklar kontrabandasiga qarshi kurashda hamkorlik va o`zaro ma’muriy ko`makni yaxshilash to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo`mitasi bilan Germaniya Federativ Respublikasi Bojxona boshqarmasining qo`shma bayonotiga muvofiq tezkor va tahliliy axborotni ayirboshlash masalalari muxokama qilindi. Ikkala tomon ikki taraflama hamkorlikni kengaytirish, GFR va O`zbekiston bojxona xizmatlari o`rtasida bevosita aloqa o`rnatishning muhimligini ta’kidladi. Shu borada O`zbekiston Respublikasini DBQsi Rossiya federal bojxona xizmatida Jahon savdo tashkilotining ―SEN (Customs Enforcement Network) bojxona huquqni muhofaza qilish tarmog`i bilan ishni tashkil qilish bo`yicha seminar olib bormoqda. Unda Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya, Qozog`iston, Qirg`iziston, Moldaviya, Rossiya, Tojikiston va O`zbekiston vakillari ishtirok etishdi. Kontrabandani ushlashga doir ma’lumotlarni kiritishdan tashqari Jahon bojxona tashkiloti ―antinarkotik loyixalarni, xususan, Afgoniston atrofida xavfsizlik zonalarini barpo etish bo`yicha samarali ishlar olib bormoqdalar. 2003 yilning o`rtalaridan buyon qurol-yarog`, o`q-dori, portlovchi moddalar, yadroviy, radioaktiv va xavfli materiallarni ushlab qolish to`g`risidagi axborot to`planmoqda. Bu ma’lumotlarni Rossiya huquqni muxofaza qilish idoralari, MDX Aksilterror markazi, MDH Xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlarining raxbarlari kengashiga elektron vositalar orqali yilning har choragida, xorijiy hamkorlar nomiga esa ―CEN huquqni muxofaza qilish tarmog`i kanallari orqali real vaqt rejimida yetkazish tashkil qilingan. Xalqaro hamkorlik borasida O`zbekiston Respublikasi DBQsining vakillari Jahon bojxona tashkiloti (WCO) Kengashining Belgiya poytaxti - Bryusselda o`tkazilgan navbatdagi 105/106-sessiyalarida ishtirok etib, bunda WCO ni a’zosi bo`lgan 150 mamlakat, hamda kuzatuvchi sifatida bir qator xalqaro tashkilotlardan vakillar qatnashgan bo`lib, bu sessiyada yangi asrning dahshatli alomati bo`lgan terrorchilik harakatlari dunyo yanada xavfliroq bo`lib qolganligi haqida va chegaralarni yopib qo`yishning iloji yo`qligi sababli savdoga ko`mak berish choralarini uning xavfsizligini ta’minlash choralari bilan birlashtiradigan mexanizmni yaratishga zarurat paydo bo`ldi. Iqtisodiy, moliyaviy xavfsizlik ham muhim. Zero xozirgi paytda bojxona universal dastak xisoblanadi, uning zimmasiga nafaqat tashki savdoga ko`mak berish, ichki bozorni himoya qilish va iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash vazifalari, balki budjetga pul yig`ish ham yuklatilgan . Bu borada hujjatlarning aylanishini, vaqtida uzatish, axborot berish borasidagi kommunikatsiya texnologiyalarini samarali ishlashi juda muhimdir. Chunki elektron hujjatli bojxona rasmiylashtiruvi ertaga qanday bo`lishi va xavfsizlikning nimaligi to`g`risida tasavvur beradigan to`rtta asosiy qoidani belgilaydi. Birinchi qoida - ular bo`yicha ma’lumotlarni avtomatik rejimda oldindan ayirboshlash yo`li bilan barcha turdagi transportlar uchun tovarlar yetkazib berishning xalqaro zanjirini kompleks boshqarishni ta’minlash. U nafaqat butun dunyoda qog`ozli texnologiyalardan voz kechish, balki import mamlakatida bojxona rasmiylashtiruvini oldindan tayyorlash imkonini ham beradi, bu esa budjet xavfsizligini ta’minlash uchun juda muhimdir. Ikkinchi muhim jihat -haqiqatda xavf tug`diradigan tovar yetkazib berishlarini ko`rikdan o`tkazish imkoniyatiga ega bo`lish uchun xatarlarni tahlil qilish va boshqarish tizimini yaratish. Uchinchi qoida - chegarada transport vositalarini nazorat qilish, fizik nazorat texnologiyalarini takomillashtirish va joriy etish va to`rtinchi qoida - biznes hamjamiyati bilan kuchli hamkorlik munosabatlarini yaratish. Bunday hamkorlikka ixtiyoriy bosh qo`shadigan va bojxona hamda davlatning xavfsizligi bo`yicha me’yorlari va tavsiyalariga rioya qiladigan tashkilotlar ularga bojxona rasmiylashtiruvi chog`ida afzalliklarni kafolatlaydigan maqom oladilar. Shu tariqa hadli hujjat ikki omilga - turli mamlakatlar bojxona organlarining hamkorligini rivojlantirishga va ushbu ishda ixtiyoriy ishtirok etishni xohlovchi bojxona bilan tadbirkorlar o`rtasidagi hamkorlik munosabatlariga asoslanadi. Hadli hujjat me’yorlarining mazmuni mavjud xalqaro qoidalarga mosligi, shu sababli ular jahon savdosini rivojlantirishga xalaqit beradigan yangi g`ovlarni yaratmasligi ham juda muhimdir. Shuni ta’kidlash lozimki xozirgi paytda kushni respublikalardan xususan Tojikiston bojxona idorasining vakillari respublikamiz Davlat bojxona qo`mitasining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)ni joriy etish, xususan, Tashqi savdo operatsiyalari yagona elektron axborot tizimi (TSOYAEAT)ning pilot loyixasi, shuningdek bojxona organlarining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi (YAAAT)ni tatbiq etishga doir tajribasini har tomonlama o`rganib kelmokda. Aytish joizki bojxonalar hamkorligi qo`mitasining axborotni konsolidatsiyalash va ayirboshlash, bojxona operatsiyalari uchun axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish masalalari bo`yicha ishchi guruxiga boshchilik qiluvchi O`zbekiston bojxona xizmati tomonidan amalga oshirilgan, Bojxonalar hamkorligi qo`mitasining Boku uchrashuvida o`tkazilgan uchinchi majlisida ushbu noyob axborot texnologiyalari, shuningdek davlatlararo axborot ayirboshlash konsepsiyasi loyixasining taqdimot marosimi xamkasblarda katta qiziqish uyg`otdi. Qozog`iston va Xitoy bojxonalari delegatsiyalarining raxbarlari o`zbekistonliklarning katta muvaffaqiyatga erishganlarini tan olib, uning uslubiyatini o`rganish xoxishini bildirdilar, Qirg`iziston, Ozarbayjon, Tojikiston va Mo`g`uliston bojxona xizmatlari esa bunday tizimlarni o`zlarida ishlab chiqish va tatbiq etish hamda shu tariqa davlatlararo ma’lumotlar ayirboshlash uchun zamin yaratishga tayyorliklarini bildirdilar. Ana shu maqsadda 2004 yil dekabr oyining so`nggi kunlarida mamlakatimizga qirg`izistonlik bojxonachilar tashrif buyurdilar. Endilikda esa bojxona soxasiga AKTni joriy etish bo`yicha DBQ tajribasini o`rganishning keng ko`lamli dasturi bilan Tojikistondan xamkasblar kelishdi. Shuni aytib o`tish joizki, Osiyo taraqqiyot banki ikkala mamlakatning milliy bojxonalariga avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini ishlab chiqishlari va tatbiq etishlari uchun kredit ajratgan. Xozirgi kunda mamlakatlarimiz bojxona soxalarida AKTning rivojlanish darajalari bir-biridan ancha farq qiladi. Agar O`zbekiston bojxonasi ayni paytda tatbiq etilayotgan YAAAT doirasida ma’lumotlar bazasini boshqarishning ko`pchilik foydalanadigan tizimini qo`llagan xolda yangi dasturlar yaratish ustida ishlayotgan, bojxona yuk deklaratsiyalari, bojxona qiymati deklaratsiyalarini kiritish, jamlash va ishlov berish, bojxona to`lovlarini xisoblab yozish va undirishni nazorat qilish jarayonlari esa allaqachon avtomatlashtirilgan bo`lsa, biz endigina bu yo`nalishdagi ishni boshlashimiz kerak. Tojikistonlik xamkasblarimizning taqsimlangan, olisdan kirish mumkinligi bilan axborot uzatish, ayirboshlash va saqlashning ko`p funksiyali dastagi bo`lgan TSOYAEAT bilan tanishuvi nazariy axborot bilan cheklanib qolmadi. Ular ushbu tizim vositasida vakolatli organlarning idoralararo tezkor xamkorlik qilish jarayoni bilan DBQning Toshkent shaxar boshqarmasida eksport-import kontraktlarining hisobga qo`yilishini kuzatib tanishdilar. Ma’lum vaqt ichida bir nechta vazirlik va idoralarning axborot resurslarini tahlil qilish va ulardan foydalanish imkonini beruvchi TSOYAEAT imkoniyatlarini o`z ko`zlari bilan ko`rdilar. Bu tizim tatbiq etilayotgan YAAATning tarkibiy qismi ekanligi bojxonamizning axborot imkoniyatlarini kengaytirishga doir o`tkazilayotgan ishlar hajmi to` ј risida guvohlik beradi. Poytaxtimizdagi 11-son ―Aksiz posti inspektorlarining ishini kuzatgan tojik hamkasblarimiz bojxona taomillarini ancha soddalashtirish va Bojxona texnologiyalarini avtomatlashtirish departamenti tomonidan joriy etilgan taomillarni rasmiylashtirish vaqtini qisqartirish imkonini beruvchi dasturiy mahsulotlar amalda qanday qo`llanayotganini ko`rdilar. O`zbekiston bojxona hududiga olib kelinuvchi yuklar bojxonada tozalangunicha aynan shunday nazorat qilinib, BYUDlar kiritiladi va ishlov beriladi. DBQ Toshkent viloyat boshqarmasining ―G`ishtko`prik bojxona majmuiga tashrif ham Tojikiston bojxonachilarini loqayd qoldirmadi. Bu yerda ularga AQSH Mudofaa vazirligi tomonidan moliyalanadigan ―Eksport nazorati va chegaralar xavfsizligi (EXBS) dasturi doirasida taqdim etilgan, radiatsion nazoratni amalga oshirish uchun portal monitorlar va bizning bojxona amaliyotimizda faol qo`llanadigan nazorat qilishning boshqa samarador texnik vositalarini namoyish qildilar. Uzini navbatida qo`shni respublikadan kelgan mehmonlar olgan tajribalari haqidagi taassurotlari va ularni joriy etish niyatlari bilan o`rtoqlashdilar. Ular pilot loyihalar vositasida sinovdan o`tkazilgandan keyin yangi axborot tizimlarini tatbiq etishning o`zbekistonliklar amaliyoti ularga mos kelishini bildirdilar. Mehmonlarning fikricha, bunday yondashuv maqsadga muvofiq keladi. O`z navbatida O`zbekiston Davlat bojxona qo`mitasi TSOYAEAT va YAAAT yaratishga doir tajribamizni o`rganishga qiziqish bildirgan mamlakatlarning barcha bojxona idoralari bilan ikki tomonlama asosda hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi. Jahon bojxona hamjamiyatining ajralmas qismi hisoblangan O`zbekiston bojxonasi mamlakatimiz bojxona ishini umumqabul qilingan xalqaro me’yorlar va amaliyot bilan birxillashtirish va uyg`unlashtirishga qaratilgan ko`p tomonlama ish olib bormoqda. Respublika bojxonachilarining turli xalqaro va mintaqaviy ta’lim tadbirlarida ishtirok etishlari ana shu vazifalarni hal etishga yordam bermoqda. Hozirda avtomatlashtirilgan axborot tizimini qo`llagan holda ma’lumotlar intellektual tahlili asoslari mavzusida maxsus kurs tashkil etilmoqda. Aytish lozimki, maxsus treningning butun mavzuviy doirasi bo`yicha ishtirokchilarga o`quv qo`llanmalari taqdim etilmoqda, ulardan bevosita joylarda milliy kadrlarni o`qitish chog`ida o`quv-uslubiy maqsadlarda foydalanish mumkin. Xulosa qilib aytish mumkinki O`zbekiston bugungi kunda o`z kelajagi uchun XXI asr uning tarixidan erkinlik, farovonlik va barqarorlik davri sifatida o`rin olishi uchun kurashmoqda. Axborot texnologiyalarining bojxona tizimida samarali qo`llanilishining jahon tajribasi Jahon bojxonalaridan biri jamiyat farovonligini yaratishda yangi texnologiyalar va ertangi kun to`g`risida g`amxo`rlik qilishda shvetsiya bojxona xizmatini yevropadagi eng takomillashgan xizmatlardan biri deb hisoblashadi. Shvetsiya bojxona xizmati (SHBX)ni Karin Starrin xonim boshqara boshladi. Buning hayratlanarli joyi yo`q: Shvetsiyada erkak va ayollarning teng huquqli ekanligi har qadamda ta’kidlanib, u yoki bu tashkilotda rahbarlikda ikkala jinsning nisbati sinchiklab hisoblanadi. Bu esa shved jamiyatining asosiy yutuqlaridan biri bo`lib hisoblanadi. Bojxona ham bundan istisno bo`lmay, teng huquqlilikdan tashqari, o`z ishini tashkil etishda salmoqli natijalarga erishdi. U o`z oldiga izzatga bog`liq vazifa - Yevropada eng yaxshi bojxonaga aylanish vazifasini qo`ydi. Rekordlar sari yo`lni SHBXni keng miqyosda isloh qilish ochib berdi, bunga esa axborot texnologiyalarining rivojlanishi va Yevropa Ittifoqining sharqqa qarab kengayishini undadi. Bojxona deklaratsiyalarining 90 foizdan ko`prog`i elektron ko`rinishda taqdim etiladigan (ularning 70 foiziga avtomat tarzda ishlov beriladi), YEIga a’zo bo`lgan mamlakatlardan keltiriladigan tovarlarning nazorati esa eng kam sa’y- harakatlarni taqozo etadigan holatda ko`p xodimlar talab qilinmaydi. Shu sababli 2004 yil o`rtasiga kelib mintaqaviy bojxona boshqarmalari butunlay tugatildi, bunda 350 ga yaqin bojxonachi ishdan bo`shatildi. Butun SHBXda 2200 xodim borligi bois, xodimlarni qisqartirish salmoqli bo`ldi. Mamlakatda ko`p yo`nalishli olti markaz tashkil etilgan, ularning har biri o`z mas’uliyat zonasiga ega. Ular faoliyatning ikki asosiy turi - huquqni muhofaza qilish va savdoga ko`maklashish bilan shug`ullanadi. Huquqni muhofaza qilish xizmati tovarlar, yo`lovchilar yoki aviatashishlar bilan ishlaydi, bojxona rasmiylashtirishi esa 2002 yildan boshlab ―Zina tizimiga asoslanadi, unga bojxona brokerlari, deklarantlar va sertifikatlashtirish tashkilotlari jalb etilgan. ―Zinaning mohiyati shundaki, YEIga kirmaydigan mamlakatlar bilan savdo qiladigan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari ularning tashqi bozorda ishlashga tayyorligi, ishonchliligi, savdo hajmlari va hokazolarga qarab birinchidan beshinchigacha pillapoyaga qo`yiladi. Bojxona TIF ishtirokchisining pillapoyasiga muvofiq nazorat usullarini qo`llaydi. Oliy -beshinchi pillapoyadagilar eng ko`p erkinlikka ega bo`lib, ularga nisbatan soddalashtirilgan taomillarning eng ko`p miqdori qo`llanadi. Binobarin, ularda tovar oqimi ancha tez va xarajatlar kam bo`ladi, bu esa eksport-import operatsiyalarining boshqa ishtirokchilarini yanada ko`proq ter to`kishga undaydi. 2004 yilda SHBX bazaviy tizimidan 180 kompaniya foydalandi. Ayni ―Zinada ro`yxatdan o`tkazilgan TIF ishtirokchilari ―Yashil yo`lak Rossiya-fin-shved loyihasida ishtirok etish huquqiga egalar. Biroq hamkasblarimiz ―Ishongin, biroq tekshir! degan maqolga qo`shiladilar. O`tgan yilgi yangilik - ―Zina xavfsizligi kompyuter dasturi joriy etildi. Uning yordamida bojxona inspektori kompyuter oldidan nariga ketmay, xatarlar tahlili tizimi va shved bojxonachilarining boshqa kasbiy sirlaridan foydalanib, bayon etilgan ma’lumotlarning ishonchlilik darajasini baholashi mumkin. Eng yangi kompyuter texnikasi va ilg`or texnologiyalarning mo`l-ko`lligi katta taassurot qoldiradi. Bojxona ichida hujjatlar aylanishi deyarli to`laligicha elektron ko`rinishda amalga oshiriladi. TIF ishtirokchilari uchun esa besh yildan beri virtual ofis ishlayapti, u kunu tun va har kuni bojxona rasmiylashtirishining hamma xizmatlarini taklif qiladi. Yil sayin virtual bojxona takomillashmoqda va bugungi kunda bojxona deklaratsiyasini mobil telefon, SMS tizimidan foydalanib, to`ldirish mumkin. Mobil telefonga javob esa bojxonadan keladi. Virtual ofisda kichik va o`rta biznes korxonalari uchun alohida bo`lim ochilgan. Fitosanitariya nazorati hujjatlarini rasmiylashtirish, hayvonlarni tashishni tashkil etish bo`yicha elektron tizim mavjud. ―Sandra deb nom olgan maslahatchi robot sizni qiziqtiradigan savolga javob beradi. SHBXda ichki va tashqi portallar bor. Tashqi portal to`qqiz tilda bo`lib, ular orasida ingliz, fransuz, nemis, rus tillari mavjud. Jamoatchilik bilan aloqalar bo`yicha mutaxassislarning sa’y-harakatlari behuda bo`lmayapti. Hamma yerda ―Bojxona jamiyat farovonligini yaratadi shiorini bayon etib, ular o`z mamlakatlarida SHBX faoliyatiga hurmat bilan qaralishini ta’minladilar. Yigirma yil avval bojxona ―kamroq ishon pozitsiyasida edi. Biroq savdo hajmlari o`sdi, bojxona esa ularga yetisha olmay qoldi. Shu bois bu siyosatdan voz kechildi va xatarlarni boshqarish tizimiga o`tildi. Bu yerda yaqin istiqbolda xalqaro savdo qanday bo`ladi, bojxona shved tovarlari eksportiga qanday yordam berishi mumkin, Shvetsiya va YEI chegaralarida xavfsizlikni mustahkamlash uchun nima qilish lozim degan g`oyatda muhim masalalar ustida o`ylashadi. Bo`lg`usi SHBX markazida bir necha loyiha ishlanyapti (darvoqe, ―Zina va ―Geteborg tizimlari - ularning ishi), Yevropada vaziyatni rivojlantirish variantlari prognoz qilinyapti. Masalan, SHBX yaqin vaqt ichida elektron deklaratsiyalardan foydalanishga 100 foiz o`tganda qanday iqtisodiy samaraga ega bo`linishi hisoblab chiqarildi. SHBXning ichida ham keng miqyosli o`zgarishlar rejalashtirilgan. Xizmatni rivojlantirish dasturi bo`yicha 2006 yil oxirigacha rahbar lavozimlaridagi ayollar miqdorini 40 kishiga yetkazish zarur (hozir ular 36 nafar). Erkak bojxonachilar 1200, ayol bojxonachilar esa 1000 nafarligini hisobga olsak, bunda ishlarning adog`i ko`rinmaydi. Ushbu vazifa bajarilganida SHBX dunyodagi eng yaxshi muassasalardan biri bo`lishi kutilmoqda . Bojxona kartasi muqobil to`lovnoma. Bugungi kunda O`zbekiston bojxona xizmati oldida yuklarning bojxona rasmiylashtirishini soddalashtirish va jadallashtirish hamda bojxona to`lovlari tushumlari va joriy etilayotgan ta’minotning tegishli darajasini saqlab qolishdek mushkul vazifa turibdi. DBQ mutaxassislarining fikricha, uni hal etishda Rossiya Federal bojxona xizmati tomonidan to`plangan, "Bojxona kartasi" mikroprotsessor kartalaridan foydalangan holda bojxona to`lovlari bo`yicha elektron hisob-kitoblar tizimini joriy etish tajribasi foydali bo`ladi. Ushbu tizimning taqdimoti SHHTga a’zo davlatlarning Bojxona hamkorligi bo`yicha qo`shma guruhning to`rtinchi majlisida bo`lib o`tgan bo`lib unda ixtisoslashgan banklararo tizimning xususiyatlari, uni mamlakatimizda joriy etishning afzalliklari va istiqbollari to`g`risida so`z yuritilgan. Bunda elektron bank kartasi texnologiyasi asosida yaratilgan "Bojxona kartasi" yagona elektron to`lov tizimi bank va bojxona tuzilmalari bilan hamkorlikda ishlab chiqilganligiga e’tibor berish zarur. U Rossiya Federatsiyasida 2000 yildan buyon muvaffaqiyat bilan qo`llanib kelmoqda. Ushbu tizim tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga bevosita bojxona postida real vaqt rejimida hisob-kitoblarni yuritish va shu tariqa bojxona to`lovlarini to`lashga istalgan hajmdagi naqd pulsiz pul o`tkazmalarini amalga oshirish, shuningdek ushbu o`tkazmalarning yuz foiz ishonchliligini ta’minlash imkonini beradi.60 Hozirgi kunda TIF ishtirokchilari uchun eng asosiysi tezkorlik hisoblanadi. Avvalgi chizma bo`yicha tovar turkumini rasmiylashtirishga pul garovi ko`rinishida ta’minot kiritilishiga bir necha kun ketar edi, chunki bojxona ishini faqat pul uning hisob raqamiga kelib tushgan paytdan boshlardi. "Bojxona kartasi" tizimiga o`tgandan so`ng barcha operatsiyalar besh daqiqadan ko`p vaqtni olmayapti. Yana bir g`oyatda muhim afzallik: bojxona organiga ta’minot yoki bo`lak to`lovini kiritayotganda tadbirkor ko`pincha zarur summaning aniq miqdorini bilmaydi, natijada ehtiyot yuzasidan ortiqcha to`laydi, ya’ni o`zining mablag`larini "muzlatadi". Bojxona kartasidan foydalanilganda bunday muammoga endi duch kelinmaydi. Bunday sharoitda asosan Rossiyaning yangi Bojxona kodeksi joriy etilishi bilan bojxona to`lovlarini to`lash bo`yicha majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash zarur bo`lgan hollar ko`payganligiga qaratish lozim. Shu sababli hisobni tizimlashtirish va ta’minotni kiritishni soddalashtirish uchun bojxona kartalarini qo`llash sohasi kengaytirilgan. Bojxona kartasidan to`lovchining maxsus karta hisob raqamida mablag`larni rezervlashtirish operatsiyasi asosida bojxona to`lovlarini to`lash majburiyatini ta’minlash chog`ida foydalaniladi. Fikrimizcha, bunday tizimni mamlakatimizda joriy etish chog`ida quyidagi tajribani qo`llash mumkin: "Bojxona kartasi" bir qator tijorat va jamoat tashkilotlari, shu jumladan Bojxona brokerlari milliy uyushmasi, hamda TIF ishtirokchilari va bojxona ishi sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi boshqa shaxslar uchun Rossiya bojxona organlari oldida kafil bo`lish huquqini ham oldi. Rossiya FBX vakillari avval-boshdan to`lov dastagi bo`lishi ko`zlangan bojxona kartasi to`lovlarni kuzatib borib, eksport-import operatsiyalarini amalga oshiradigan biznes vakillarining majburiyatlarini hisobga oladigan yanada samarali va murakkab vositaga aylanganligini ta’kidladilar. Aytish lozimki, xozirga kelib 2015 yilda 3 mingdan ortiq bojxona kartasi chiqarilgan (emissiyalangan). Biroq, emissiya "Bojxona kartasi" to`lov tizimida belgilovchi ko`rsatkichi hisoblanmaydi. Asosiy ko`rsatkich tranzaksiya miqdori. O`tgan yili bojxona kartasi bo`yicha tranzaksiyaning o`rtacha summasi bir million Rossiya rublidan oshib ketdi, bu esa xalqaro to`lov tizimlarining kartalari bo`yicha tranzaksiyaning o`rtacha summasidan taxminan 80 marta ko`pdir. 2015 yil oxiriga kelib bojxona kartalari yordamida Rossiya TIF ishtirokchilari barcha to`lovlarining 12%ga yaqini to`langan, ikki yil avval esa bor-yo`g`i 3%i to`langan edi. "Bojxona kartasi" tizimiga bojxona kartalari emitenti bo`lgan 60 dan ortiq bank kirgan, butun Rossiya bo`ylab 100 bojxonada 400 dan ortiq terminal o`rnatilgan. Buning ustiga bojxona kartalari emitenti bo`lgan banklarning bir qismi 2004 yildan boshlab kredit kartalari chiqara boshlagan. Bunday kartalarning egalariga banklar maxsus karta hisob raqami bo`yicha overdraft (overdraft -bankning mijozga (odatda ishonchlisiga) hisob-kitob raqamida qisqa muddat debet saldosiga ega bo`lishga ruxsatnomasi) rejimida bojxona kartalaridan foydalangan holda bojxona to`lovlarini o`tqazish uchun yuridik shaxslarni kreditlash xizmatlarini taqdim etadi. Amaliyotda "Bojxona kartasi" boshlang`ich mahsuloti vaqt o`tishi bilan hamroh bo`ladigan xizmatlarning butun bir paketiga ega bo`lishi va bu faqat ijobiy omil ekanligiga qaratildi. Biz Rossiya Federatsiyasi bojxona organlari tizimida Federal xazina tizimi orqali hisob-kitoblarning samarali muqobil usuli haqida ancha batafsil to`xtab o`tdik. Endi bizning respublikamizda bunga o`xshash tizimni joriy etish qanday istiqbollarga ega ekanligi haqida so`z yuritadigan bo`lsak aytish kerakki rossiyalik hamkasblar tajribasi g`oyatda qiziqarlidir. Bojxona xizmatimizning asosiy ustuvor yo`nalishi savdoga ko`maklashish va tashqi iqtisodiy faoliyat uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hisoblanishi inobatga olinsa, istiqbolda bunday tizimni joriy etish uni amalga oshirish sari qo`yilgan qadam bo`lar edi. Zero TIF ishtirokchilari qulay va tezkor bojxona rasmiylashtirishiga, pul mablag`lari to`liq nazorat qilinishiga, ular bilan muomala erkinligiga ega bo`ladilar. Bunda shuni qayd etish lozimki, ilgari Yevrosiyo iqtisodiy kengashiga a’zo mamlakatlarning bojxona xizmatlari tomonidan bojxona hamda bank texnologiyalarining integratori sifatida Rossiya banklar hamjamiyati va "Bojxona kartasi" ning tajribasi ma’qullangan edi. Shu bilan birga shuni nazarda tutish lozimki, bunday taomilni joriy etish ko`p qirrali uzoq davom etadigan ish, yuridik, moliyaviy, texnologik va texnik tusdagi bir qator muammolarni hal etish zarurati bilan bog`liq. Avvalo bojxona kartalarini qo`llash imkoniyatini Markaziy bank bilan hamkorlikda ko`rib chiqish zarur, chunki bojxona kartalarining emitenti sifatida butun respublika bo`ylab filiallarning keng shoxobchali tarmog`iga ega bo`lgan biror-bir vakolatli bank chiqishi kerak. Bojxona rasmiylashtirishi butun jarayonini axborotlashtirish, rejalashtirilayotgan istiqbolda elektron deklaratsiyalashga butunlay o`tish doirasida mikroprotsessor kartalaridan foydalangan holda bojxona to`lovlari bo`yicha elektron hisob-kitoblar tizimini joriy etish ushbu jarayonlarning muhim pog`onalaridan biriga aylanishi mumkin. Rossiyalik hamkasblarning tajribasiga qaraganda, bojxona kartasi bojxona rasmiylashtirishining real dastagidir. Axborot texnologiyalarining bojxona tizimida samarali qo`llanilishining jahon tajribasiga nazar soladigan Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlar sirasiga kiradigan Sharqdagi yetakchi bojxonalardan biri - Singapur bojxona xizmatining ish tajribasi bilan tanishib chiqsak bo`ladi.62 Bunga Singapur xalqaro tadbirkorlar uyushmasi (IE Singapore) OTB bilan hamkorlikda tayyorlangan dasturi savdoga ko`maklashish va bojxona xizmatini zamonaviylashtirish (Singapur Xalqaro savdo instituti); ichki yig`imlar va soliqlar bo`yicha integratsiyalangan axborot tizimi (Daromadlar va yig`imlar vazirligi); bojxona va soliq xizmatlarini zamonaviylashtirish, xususiy sektorni jalb etish va uning ushbu jarayonni tezlashtirishdagi roli; bojxona axborotining yagona avtomatlashtirilgan tizimi (Trade Net); Singapur bojxona xizmati ishining samaradorligini oshirishda xatarlarni boshqarish va logistika markazlarining ahamiyati kabi masalalari bo`yicha ma’lumotlar kiradi. Bunda pozitsiyalarning kelishib olingani va savdo uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga kompleks yondashuv ularga qonunlar, bojxona deklaratsiyalariga ishlov berishdan boshlab bojxona ombori faoliyatiga litsenziyalar va savdo qilish uchun sertifikatlar berishgacha bo`lgan turli bojxona taomillarini takomillashtirish, soliq yukini kamaytirish, bojxona va bojxona muhitining rivojlanishiga investitsiyalar uchun kichik va o`rta biznesga qulay sharoitlar yaratish va boshqa masalalar ustida samarali ishlashlari uchun imkon yaratadi. Bojxona taomillarini soddalashtiruvchi yangi axborot texnologiyalarining joriy etilishiga alohida ahamiyat beriladi. Darvoqe, bojxona boshqaruvini takomillashtirishga doir asoslangan va aniq dastur davlat tomonidan bojxona xizmatini zamonaviylashtirishga investitsiyalar ko`rinishida qo`llab-quvvatlangan. Qisqacha Singapur bojxona xizmati xususida izoh beradigan bo`lsak quyidagilarni aytib o`tish mumkin. Singapur bojxona xizmati Moliya vazirligi tarkibiga kiradi, uning shtatida 500 kishi bor. 94 yillik tarixi davomida uning tuzilmasi bir necha bor o`zgargan. So`nggi qayta tashkil qilish 2003 yilda o`tkazilgan.63 Buning natijasida 1 apreldan boshlab bojxona va aksiz departamentlaridan tashkil etilgan Singapur bojxonasi ish boshladi. Shuningdek, unga Singapur xalqaro tadbirkorlar uyushmasi (anjuman tashkilotchisi) kirdi. O`tkazish punktlaridagi nazorat ishi vazifalari yangi tashkil etilgan migratsiya nazorati organiga (ICA) topshirildi, u ilgari Immigratsiya va ro`yxatga olish xizmati deb atalardi. Singapur bojxonasining asosiy vazifalariga import bojlari va aksiz to`lovlarini undirish kiradi. Ayni paytda Singapurda boj solinadigan tovarlarning 4 guruhi mavjud: sigareta va tamaki mahsulotlari, o`tkir spirtli ichimliklar, benzin va avtomobillar. qo`shilgan qiymat solig`i stavkasi 5% ni tashkil etadi, u barcha import va mahalliy tovarlardan undiriladi. Singapur tovar aylanmasi 2004 yilda 320 mlrd AQSH dollariga yetdi. Davlat budjetidagi bojxona to`lovlarining ulushi 20-30% ni tashkil etadi. Bojxona xizmati tuzilmasiga 5 ta boshqarma: tezkor, savdo, nazorat, rejalashtirish va korporativ rivojlantirish boshqarmalari kiradi. Bundan tashqari ikkita ixtisoslashtirilgan bo`linma - ichki audit va sud tergovi bo`linmalari mavjud. Narkotiklarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash bilan maxsus Narkotiklar ustidan nazorat qiluvchi agentlik shug`ullanadi. Ta’kidlash lozimki Singapurda rejali va ilmiy yondashuvlarsiz bunga erishib bo`lmaydi. Singapur Xalqaro savdo instituti intellektual va maslahat markazi vazifasini bajaradi, u bilan hamkorlikda loyiha ishlab chiqilib, endilikda bojxona xizmatini zamonaviylashtirish kompleks dasturi jadal joriy etilgan. Axborot texnologiyalari qimmatga tushadi, biroq ularsiz zamonaviy bojxonani barpo etib bo`lmaydi. Aynan ular ayni vaqtda nazorat samaradorligini oshirgan holda bojxona rasmiylashtiruvi jarayonini tezlashtiradi. Crimson Logic kompaniyasi ofisida anjuman ishtirokchilariga namoyish qilingan bojxona axborotining yagona avtomatlashtirilgan tizimi (Trade Net) bundan guvohlik beradi, u jahon amaliyotidagi dastlabki savdo operatsiyalari bo`yicha umummilliy elektron hujjatlar yuritish tizimlaridan biri hisoblanadi. U tezkor ravishda, men hatto bir zumda (1-2 daqiqa) deb aytgan bo`lardim, savdo bilan bog`liq turli xil ruxsatnomalarni olishga berilgan so`rovlarni tasdiqlash imkonini beradi. Oraliq axborot tizimlaridan foydalanib, on - layn rejimida ishlash samaradorligi savdo hamjamiyatini g`oyatda o`ziga jalb etadi. Milliy bojxona xizmati faol qo`llaydigan xatarlarni boshqarish tizimi va savdoga ko`maklashish bo`yicha logistika markazi faoliyati bilan tanishib chiqsak. Xatarlarni - baholash uslubi bojxona rasmiylashtiruvini tezlashtiradi. Xatarlarni boshqarishda elektron hujjatlar almashinuvi va bojxona texnologiyalarini avtomatlashtirishning yuqori darajasi muhim ahamiyat kasb etadi. Taomillarni tezlashtirishdan tashqari, axborot tizimlari mansab huquqbuzarliklari ehtimolini ancha kamaytiradi. Singapurda bunga qarorlarni qabul qilishda inson omili rolini kamaytirish hisobiga erishilgan. Chunonchi, masalan, kompyuter dasturi bojxona tozalashini o`tkazish uchun «kutilmagan tarzda» inspektorni tayinlab, xatarlar tahlili asosida bojxonada rasmiylashtirishning tezlashtirilgan taomilini qo`llashni tavsiya etadi yoki taqiqlaydi, shuningdek ko`rikdan o`tkazish darajasini tavsiya etadi. Singapur porti zamonaviy texnik nazorat vositalari bilan yaxshi jihozlangan, bizga namoyish qilingan eng yangi skanerli uskuna yuqori ehtimollik darajasi bilan kontrabandani aniqlash imkonini beradi. Shuni qayd etish kerakki, yuklarni ko`zdan kechirish samaradorligi ko`p funksiyali va o`zaro bir-birini to`ldiruvchi majmuaga birlashtirilgan ko`rikdan o`tkazish texnikasini faol qo`llash bilan shartlangan. OTB mutaxassislarining baholashiga ko`ra, logistika sohasida xizmatlar xalqaro standartiga mos keladigan va eng zamonaviy texnologiyalarga tayanib ishlaydigan savdoga ko`maklashish bo`yicha logistika markazining ish tajribasi qiziqarlidir. U to`liq doiradagi logistik xizmatlar ko`rsatadi: tashish, bojxona rasmiylashtirishi, saqlash, murakkab chizmalar, shu jumladan turli xil transportlar mos kelishi bilan yuklarni yetkazib berish tezlashadigan multimodal tashishlar bo`yicha ekspeditsiyani amalga oshiradi. Logistika markazi turli xil jo`natmalar uchun tovarlarni o`rash xizmatlarini ham ko`rsatib, ularni ishlab chiqaruvchi zavodlarga buyurtma qilib, bojxona omborlaridagi tovar zaxiralarini kuzatib boradi. Yirik savdo kompaniyalarining o`zlarida shunday xizmatni tashkil qilgandan ko`ra, bu ishni logistik operatorga topshirishi osonroq. Savdoga ko`maklashish bo`yicha logistika markazlarining vazifasi - mijozlarni ortiqcha tashvishlardan xolos qilib, ularga asosiy faoliyatlari bilan shug`ullanish - ko`proq sotish imkonini berishdir, markazlar esa mijozlar xarajatlarini tejagan holda tovarlar harakatini samarali boshqarishni o`z zimmalariga oladilar. Aytib o`tish lozimki, Singapur Janubi-Sharqiy Osiyodagi eng katta logistik markazdir. 5000 dan ortiq yirik transmilliy kompaniya uni o`z distribyuter bo`g`ini sifatida tanlagan. Hozirgi kunda O`zbekistonda ham joriy etilayotgan bojxona organlarining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga jahonning turli mamlakatlarining bojxona xizmatlari vakillarini qiziqishini hisobga olib, DBQ rahbariyati bojxona xizmatimiz TSOYAEAT va YAAATni barpo etish bo`yicha BXQga a’zo barcha manfaatdor mamlakatlar bilan tajriba almashishga tayyorligini bildirib o`tgan. Qirg`iziston, Ozarbayjon, Tojikiston va Mo`g`uliston bojxona xizmatlari bunday tizimlarni o`zlarida joriy etish istagini va bunga tayyorliklarini bildirib, shu tariqa davlatlararo o`zaro ma’lumotlar ayirboshlash poydevorini yaratmoqchilar. Qozog`iston va Xitoy bojxonalari delegatsiyalarining rahbarlari O`zbekiston bojxona xizmatining ancha muvaffaqiyatga erishganini tan olib, uning uslubiyatini o`rganish istagini bildirdilar. O`zbekiston tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (AKT) rivojlantirishga doir aniq tashabbuslar taqdim etilgan . O`zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va elektron raqamli imzo, elektron deklaratsiyalashni rivojlantirish Davlatimiz rahbarining O`zbekiston Respublikasi Prezidanti Islom Karimov tomonidan 2015 yil 17 yanvardagi O`zbekiston Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2014 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilga mo`ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo`nalishlariga bag`ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror o`sishini ta’minlash, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishish borasida bir qator ustuvor yo`nalishlarni va vazifalarni belgilab bergan. Natijada 2015 yilda olib borilgan islohotlarning bosqichma- bosqich amalga oshirilishi natijasida davlatimizning deyarli barcha sohalarida stabil iqtisodiy o`sish kuzatildi. Axborotlashtirishni rivojlantirish, iqtisodiyot va jamiyat hayotining barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalarini, kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya vositalarini ommaviy ravishda joriy etish hamda ulardan foydalanish, fuqarolarning axborotga ortib borayotgan talab-ehtiyojlarini yanada to`liqroq qondirish, jahon axborot resurslaridan bahramand bo`lishni kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish aloqa va axborot-kommunikatsiya sohasini rivojlantirishni asosiy vazifalari hisoblanadi. 2015 yil davomida olib borilgan iqtisodiy islohotlar, tarkibiy o`zgarishlar, iqtisodiy va ijtimoiy siyosat aloqa va axborotlashtirish sohasida ham o`zining natijalarini berdi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish 2016-2018 yillarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturi, Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan qabul qilingan dasturlar va Kengashning ish rejasiga muvofiq amalga oshiriladi. Xozirgi paytda axborot texnologiyalarini hamma soxada foydalanishni yulga kuyish, jumladan bojxona tizimida ushbu zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish uzini ijobiy natijalarini kursatib kelmokda. Bunga misol tarikasida yaqinda qabul qilingan «Elektron raqamli imzo to`g`risida» va «Elektron hujjatlar aylanishi to`g`risida» gi qonunlar bojxona xizmatida axborot texnologiyalarini har tomonlama joriy etishga yo`l ochib berdi . Yuqorida ko`rsatilgan axborot kommunikatsiya tarmog`ini jaxon bozoridagi o`sish suratlari yaqqol ko`rinib turibdi. Hozirgi vaqtda DBQ bojxona bo`linmalari orasida elektron deklaratsiyalash, tovarning elektron bojxona pasporti, oldindan elektron xabardor qilish kabi elektron hujjatlar aylanishini joriy etish ustida faol ishlamoqda. Ma’lumotlar bazasini boshqarishning ko`p foydalaniladigan tizimi qo`llanadigan bir qancha yangi dasturlar joriy etishga karatilgan. Bu yangiliklarning ikki qismi yaxlit vazifasi bojxonada rasmiylashtirishni imkon qadar jadallashtirish bilan bir vaqtda bojxona nazorati samaradorligini oshirishdan iborat. Asosiy bo`g`in - bojxona maskanlaridir. Ayni shu yerda tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari va davlat manfaatlari to`qnashadi, bojxona organlarining xodimlari davlat nomidan uning manfaatlarini himoya qiladilar, ko`pincha ayni shu yerda kelishmovchiliklar vujudga keladi. Hozir tovarni rasmiylashtirayotgan bojxona xodimi faqat bir manbadan - deklarantning o`zidan axborot oladi. BYUD (bojxona yuk deklaratsiyasi) va boshqa qog`oz hujjatlardagi ma’lumotlarni tekshirish, odatda, ko`p vaqtni oladi. Bu esa bojxona uchun ham, TIF ishtirokchisi uchun ham maqbul emas. Yangi texnologiyalar bu yerda nimani o`zgartiradi ? Birinchidan, tovarlar, transport vositalari va TIF ishtirokchilari to`g`risidagi axborot manbalari doirasi kengayadi. Ikkinchidan, zarur ma’lumotlarni kerak bo`lgan paytda -bojxonada rasmiylashtirish chog`ida olish mumkin bo`ladi. Uchinchidan, hujjatlar qog`oz tusida emas, elektron tusda bo`ladi. Kelajakda, bojxona deklaratsiyasidagi ma’lumotlarni avtomat tarzda tekshirish nazarda tutiladi. Kelgusida bojxonada rasmiylashtirish bunday ko`rinishda bo`ladi: hujjatlar avtomatik ravishda qabul qilinadi va tekshiriladi, nazoratning maxsus choralarini talab qiladigan tovarlarni aniqlash uchun tovarlar avtomat tarzda seleksiya qilinadi, so`ngra xatarlar tahlil qilinadi va qaror qabul qilinadi. Shu o`rinda deklaratsiyalashga alohida to`xtalib o`tsak . Xozirgi kunda xatarlarni boshqarish tizimi bilan bog`langan, to`g`ri tuzilgan elektron deklaratsiyalash to`lovlar to`planishini oshiradi hamda deklarantlar va bojxona organlarining xodimlari yo`l qo`yadigan tartib-qoida buzilishlarini kamaytiradi. Bu albatta bojxona xizmati faoliyatini yanada samarali amalga oshirishda katta ahamiyatga egadir. Chetdan qaraganda, elektron deklaratsiyalash natijasida nazoratning to`laligi kamaygandek ko`rinadi, biroq haqiqiy vaziyat mumkin qadar to`la nazorat qilinadigan bo`ladi.68 Bu yerda ta’kidlab o`tish lozimki, elektron deklaratsiyalashni joriy etishni vazifalaridan biri TIFning qonunga rioya qiluvchi ishtirokchilari uchun bojxonada rasmiylashtirishni qisqa va imkoni boricha qulay jarayonga aylantirishdir. Shubhasiz, amalda axborot texnologiyalarini keng qo`llanishga yangi me’yoriy-huquqiy hujjatlar yordam beradi. Bu narsa o`sha bojxona yuk deklaratsiyasi misolida aniq namoyon bo`ladi. U deklarantning bojxona organlari bilan munosabatlarini belgilabgina qolmay, tovarlar qonuniyligi to`g`risida dalolat beruvchi hujjat bo`lib xizmat qiladi. Nazorat qiluvchi organlar yagona tizimning ma’lumotlar bazasiga qarab, uning haqiqiyligiga ishonch hosil qilishlari mumkin. Shu tariqa, turli davlat tuzilmalari o`rtasida axborot ayirboshlashni kengaytirish - boshqaruv va nazorat samaradorligini oshirishning eng muhim dastaklaridan biri bo`lib koladi. Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi (TSO YAEAT) da bo`lgani kabi ayirboshlash formatini tartibga solib, ikki tomonlama axborot ayirboshlashni qo`llab-quvvatlash, mantiqiy ish bo`ladi. Bojxona organlari boshqa idoralardan olgan axborot, shu jumladan xatarlarni tahlil qilish va boshqarish tizimida ham to`planadi, tizimlarga ajratiladi va foydalaniladi. DBQ bojxona texnologiyalarini avtomatlashtirish departamenti bu axborotni olish, saqlash, izlash va undan foydalanishni algoritmga solish bilan shug`ullana boshladi. Yaqin kelajakda elektron deklaratsiyalash texnologiyasi va taomil qoidalarini puxta ishlab chiqish lozim bo`ladi. Bojxona inspektori deklarantdan elektron deklaratsiyani olgach, BYUD (bojxona yuk deklaratsisi) da keltirilgan ma’lumotlarni tekshiradi va tovarni chiqarish yoki bojxona nazoratining qo`shimcha choralarini qo`llash to`g`risida tegishli qaror qabul qiladi. Bojxona xodimida qo`shimcha savollar tug`ilishi mumkin. Balki deklarant elektron deklaratsiyaga kiritilgan axborotni aniqlashtirishi, tuzatish kiritishiga to`g`ri kelar. Bunday hollarda ular real vaqt tartibida elektron xabarlarni ayirbosh qiladilar. Elektron deklaratsiyalash deklarantning bojxona inspektori bilan bevosita muloqot qilish zaruratini bartaraf etadi. TIF ishtirokchisi bojxona postidan yuzlab chaqirim olisda kompyuter oldida o`tirib, axborotni ishlash tarmog`iga ulanib, bojxona deklaratsiyasini to`ldirishi, unga elektron raqamli imzo qo`yishi, boshqa zarur ma’lumotlarni kiritishi va barcha axborotni o`z xabari sifatida hududiy bojxona boshqarmasiga yuborishi mumkin. Raqamli imzoning mavjudligi ushbu ma’lumotlar yuridik kuchga egaligini bildiradi. Shu urinda elektron bojxona pasporti to`g`risida gapirib utish zarurdir. Ishlab chiqilayotgan dasturning asosiy unsurlaridan biri bitimning elektron bojxona pasportidir. Uni avtomatik ravishda - chegarada rasmiylashtirish taomilining boshlanishida rasmiylashtirishadi. Bu hujjatga tovar to`g`risidagi ma’lumotlar (kodi, vazni, faktura qiymati), BYUD (bojxona yuk deklaratsiya) ning va tovarni vaqtincha saqlash omborida hisobga olish hujjatlari nusxalarini kiritish mo`ljallanmoqda. Bulardan tashqari, unda bojxona xodimlarining hamma harakatlari qayd etiladi. Shu tariqa, chegarani kesib o`tgan paytdan boshlab, bojxonada rasmiylashtirishning oxirigacha tovar va transport vositasining tarixi to`la yoziladi. Bu texnologiyani shartli ravishda to`la hujjatli nazorat desa bo`ladi. Bunda esa biz albatta oldindan xabar qilish texnologiyasi ga e’tibor berishimiz lozim. U bojxonada rasmiylashtirishni tezlatishning yana bir imkoniyatidir. Texnologiya taxminan bunday: tovar to`g`risidagi elektron hujjatlar paketi bojxona organlariga oldindan yuboriladi. Tovar chegaraga yetib kelganda bojxona inspektori axborotning dastlabki tahlili va nazorat shaklini tanlashga vaqt sarflamaydi. Bundan importchi ham yutadi - uning yukki bojxona omborida yotmaydi, binobarin uni saqlash bilan bog`liq chiqimlar ham bo`lmaydi. Bunday texnologiya jarayonning barcha ishtirokchilariga o`z harakatlarini rejalashtirish imkonini beradi. Bojxonada rasmiylashtirishni yetarlicha tezkorlik bilan amalga oshirish imkoni paydo bo`ladi. Yukni keltirish ustidan nazorat avtomat dasturining yaratilishi va uning hozir DBQ bojxona nazoratini tashkil etish bo`linmasida qo`llanilishi bunga yaqqol misol bo`la oladi. Xulosa: So`nggi yillarda bojxona organlarini axborot - texnik ta’minlashda, ularning barcha davlat idoralari bilan o`zaro aloqalarida katta sifat o`zgarishlari yuz berdi. 2003 yildan boshlab DBQ xududiy boshqarmalarida lokal hisoblash tizimlari (LHT)ni o`rnatish ishlari nihoyasiga yetdi. Ushbu axborot tashqi savdo operatsiyalarining yagona tizimiga kiritilgan. Qaror va Nizomga ko`ra eksport-importni tartibga solish sohasida axboriy ta’minotning «ikki taraflama» tizimi belgilanadi, u vakolatli davlat organlari (monitoring yuritish doirasida foydalaniladi) va tashqi savdo faoliyati subyektlarini axboriy ta’minlashni nazarda tutadi. Monitoring yuritish asosini tashkil etadigan axborot ayirboshlashning asosiy bo`g`ini bo`lib Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi (TSOYAEAT) hisoblanadi. O`z mohiyatiga ko`ra, u eksport-import sohasida monitoring va nazoratni amalga oshirishga vakolatli organlarga eksport-import kontraktlarining bajarilishi to`g`risida ma’lumotlarni tezkor olish va huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda qonun hujjatlarida belgilangan choralarni ko`rish imkonini beradi. Shuni ta’kidlash lozimki, ko`rsatilgan tizimga faqat vakolatli organlarning xodimlari kirish huquqiga ega, unga yuridik va jismoniy shaxslarning kira olishi mumkin emas. TSOYAEATda mavjud bo`lgan barcha axborot qat’iyan mahfiy hisoblanadi va uchinchi shaxslar o`rtasida tarqatilmaydi . Adabiyotlar : 1. С . С . Ғуломов , Б . А . Бегалов , Н . Р . Зайналов , Р . А . Дадабаева , А . Э . Давронов . Дастурлаш технологиялари Олий ўқув юртлари учун ўқув қўлланма . - Тошкент .: ТДИУ , 2006 й ., 192 б . 2. Б.А.Бегалов, С.А.Новосардова. Образовательная технология по дисциплине ―Информационные технологии и системы‖. Из серии ―Технология обучения в экономическом образовании‖. - Ташкент. ТГЭУ, 2006 г, 128 с. 3. С.С.Ғуломов, Б.А.Бегалов, Т.И. Сарсатская. Маълумотлар ва билимлар базаси. Ўқув қўлланма - Тошкент.: ТДИУ. 2005 й., 164б. 4. Информатика Учеб. пособ. Под обш ред. И.А.Чернопустовой. -СПб.: Питер, 2005. - 272с. 5. Каплан А.В. Решение экономических задач на компьютере. - СПб.: Питер, 2004 - 600с. 6. Максимова О.В., Невзорова В.И. Информационные технологии для экономистов: Учеб.пособ. - Ростов на Дону: Феникс, 2004. - 416с. 7. Контрабанда жинояти ва унга қарши кураш масалалари, Ўқув-услубий қўлланма, ДБҚ Ўқ ув маркази, Т.,2010 й. 8. Кучаров А.С., Тиллахўжаев Б.Т. Божхона таомиллари. Ўқув қшлланма. ТДИУ. 2015 йил. 239-бет.