logo

Bank ishi fanining predmeti va vazifalari. O’zbekiston Respublikasi bank tizimi va boshqa kredit muassasalari

Yuklangan vaqt:

12.03.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

205 KB
Bank ishi fanining predmeti va vazifalari. O’zbekiston Respublikasi bank tizimi va boshqa kredit muassasalari Reja: 1. Bank ishi fanining predmeti va vazifalari 2. O’zbekiston Respublikasining bugungi kundagi bank tizimi va uning asosiy operatsiyalari. 3. Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida bank tizimi va islohotlari. 4. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyotni jadal rivojlantirishdagi rolini oshirishda bank faoliyati. 5. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining vazifalari va funktsiyalari. 6. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili” Davlat dasturidan o’rin olgan bank tizimi oldidagi masalalar. 7. Tijorat banklarining funktsiyalari va operatsiyalari. 8. Lombard tashkilotlari va mikrokredit tashkilotlarining tarkibi va vazifalari. Tayanch iboralar Korxona, oborot mablag’i, operatsiyalar, kredit, mulk, bank, islohatlar, samaradorlik ko’rsatgichlari, trast, vositachilik, vazifalari, manbalari, kreditor, debitorlar va barqaror passivlar. Bank ishi fanining predmeti va vazifalari Bugungi kunning eng dolzarb muammosi – bu 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy inqirozi, uning ta’siri va salbiy oqibatlari, yuzaga kelayotgan vaziyatdan chiqish yo’llarini izlashdan iborat. Shu bilan birga, jahon zaxira valyutalarining beqarorligi, moliya-bank tizimi kredit qobiliyatining keskin pasayishi va investitsiyaviy faollikning susayishi bilan bog’liq murakkab muammolar ko’plab davlatlar iqtisodiyotining tiklanish va o’sish sur’atlariga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Shu bilan bir qatorda, asosan etakchi rivojlangan mamlakatlarda kuzatilgan quyidagi salbiy holatlar ham moliyaviy inqirozning vujudga kelishiga asosiy sabablaridan hisoblanadi: - noratsional pul-kredit siyosatini, hamda qayta moliyalash stavkasini surunkali ravishda pats darajada ushlab turilishi natijasida qarzga yashashning odatga va kundalik holatga aylanishi; - moliyaviy institutlarning majburiyatlari bilan ustav mablag’lari o’rtasidagi mutanosiblikning keskin buzilishi; - qimmatli qog’ozlar bo’yicha reyting tashkilotlari tomonidan soxta xulosalar berilishi; - moliyaviy audit va professional etika tamoyillarini buzilishi va soxta audit xulosalari taqdim etilishi; - moliyaviy rag’batlantirish uslubi sifat ko’rsatkichlariga emas, balki miqdoriy ko’rsatkichlarga asoslanganligi; - yuqori riskli va murakkab hosilaviy qimmatbaho qog’ozlarni vujudga kelishi va hokazo. Haqiqatdan ham, mamlakatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek: “Bugun mamlakatimizning barqaror rivojlanish yo’lida izchil ilgarilab borishini tahlil qilar ekanmiz, o’tgan yili printsipial muhim islohotlarni amalga oshirish bo’yicha qat’iy qadamlar qo’yildi, deb aytishga barcha asoslarimiz bor. Bu islohotlarning asosiy maqsadi – aholi uchun munosib hayot darajasi va sifatini ta’minlashdir. Jadal va barqaror rivojlanishga qaratilgan bu siyosat bundan keyin ham so’zsiz davom ettiriladi. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbarni – bu Bosh vazir yoki uning o’rinbosarlari bo’ladimi, hukumat a’zosi yoki hududlar hokimi bo’ladimi, ular faoliyatining kundalik qoidasi bo’lib qolishi kerak”. Iqtisodiyotning erkinlashuvi sharoitida tijorat banklari muassasalarining keng tarmoqqa ega bo’layotganligi, o’z navbatida, mijozlarga sifatli bank xizmatlari ko’rsatish, ularning bank xizmatiga bo’lgan ehtiyojlarini to’liq qondirish va tijorat banklari o’rtasidagi raqobat muhitini kuchayishiga imkon bermoqda. Ayniqsa, keyingi yillarda o’z faoliyatini boshlagan nobank tashkilotlari hisoblangan mikrokredit tashkilotlari va lombardlar bank xizmatlari bozorida tijorat banklariga kuchli raqobatni yuzaga chiqarmoqdalar. Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning borish natijalariga asosan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoev quyidagilarni alohida ta’kidladi: «Bozor iqtisodiyotining talabi shundayki, resurs va imkoniyatlardan foydalanish imkoni, ya’ni faoliyat maydoni hammaga teng bo’lishi kerak. Yakkahokimlikka hech kimning haqqi yo’q. Shu nuqtai nazardan qaraydigan bo’lsak, aholi ehtiyoji uchun zarur bo’lgan mahsulotlarni mamlakatimizga import qilish faqat ayrim guruhlar qo’lida to’planib, ular uchun mo’may daromad manbaiga aylanib qolganini adolatdan deb bo’lmaydi. Endilikda banklar mutlaqo boshqacha, ya’ni bozor tamoyillari asosida ish olib bormokdalar. Mulkchilik shaklidan qat’iy nazar korxona yoki boshqa biror xo’jalik sub’ekti kabi banklar ham endilikda asoslangan biznes rejasisiz kredit va ularga unga tenglashtirilgan pul mablag’larini resurslarni ilgaridek topish imkoniyatiga ega bo’la ololmaydilar. Bundan tashqari bank kreditisiz ko’pgina korxonalarning to’g’ridan-to’g’ri pul mablag’lari bilan ta’minlanish shart-sharoitlari cheklanib qolmoqda. Ma’lumki bank kreditlari nafaqat qaytib berish sharti, balki tegishli foiz stavkalari bilan ham xo’jalik yurituvchi sub’ektlariga berilishi mumkin. Banklar faoliyatining asl mohiyatini ochib berishda xorijlik olimlar ham o’z fikrlarini bayon etganlar; “Ko’pchilik odamlar uchun banklar bu faqat pulni depozitga jalb qilish va chek yozib berishdir. Ammo, u erda shunday siz ahamiyat berishingiz kerak bo’lgan jarayon borki, ya’ni sizda o’z pulingizni to’g’ri boshqara olish ishonchi paydo bo’ladi. Shuning uchun iqtisodiyotda bank tizimining ahamiyatini oshirish maqsadida bir tomondan bank tizimi faoliyatini pul-kredit vositalari orqali tartibda solishnining turli tamoyillari, yondashuvlar va aniq shakllari muhim ahamiyatga ega bo’lsa, boshqa tomondan, O’zbekiston iqtisodiyotining hozirgi sharoitida bank tizimi operatsiyalaridan samaraliroq foydalanish orqali mamlakat iqtisodiyotidagi islohotlarni yanada rivojlantirish imkoniyatlarini oshirishhamda uni O’zbekiston sharoitiga moslashtirish bugugngi kunda zamon talabidir. Yurtimizda o’tgan yillar davomida ish haqi va pensiyalarning xarid qobiliyati izchil va barqaror o’sgani aholining hayot darajasi va sifati ortib borayotganining yaqqol tasdig’idir. O’zbekiston Respublikasining bugungi kundagi bank tizimi va uning asosiy operatsiyalari. Banklar faoliyatida tijorat ma’lum qoidalarga asoslanadi. Ular orasida eng muximi - xo’jalik yuritishdan foyda olish qoidasi, iloji boricha katta foyda ko’rish. Birok tijorat bankida ko’p foyda olish cheklangan. Birinchidan katta ketidan mijozlardan maxrum bo’lib qolishiga olib kelishi mumkin, chunki ular xaddan tashqari katta qo’yilgan stavkali kreditdan voz kechishlari mumkin, ikkinchidan banklararo raqobat sharoitida boshqa tijorat banklari orasidan bir kadar samaralirok ishlar uchun ancha arzon kreditlar taklif etilishi mumkin. Daromadlilik (foyda ko’rish) qoidasi sifatida shuni anglatadiki busiz bank mavjud bo’la olmaydi. Bank tijoratining bu qoidasi asosan "Arzonroq sotib olish, qimmatroqqa sotish" formulasi orqali amalga oshadi. Birok bu qoidaga madaniy yondashmok lozim. U qonunchilikka tayanish, unga aslo zid kelmasligi, binobarin, bunda shunday shart- sharoit yaratilishi kerakki xar bir bank o’zining tijorat ishlarini amalga oshirayotganda bank xizmati bozori haqida bab-baravar axborot olish imkoniyatlariga ega bo’lsin. Bank tijorati "Hamma narsa mijoz uchun hamma narsa uning foydali faoliyatini ta’minlash uchun" qoidasi asosida harakat qilishi lozim. Bankning amaliy faoliyatida eng muhimi mijozning foyda ko’rishi, undan keyingina bankning foydasi, chunki pirovard natijada mijoz foyda olib faoliyat ko’rsatgandagina bank ham foyda olgan bo’ladi, sababi-kreditlar bo’yicha foizlar faqat mijoz olgan foyda hisobidan to’lanadi. Bank mijozning foyda olishi uchun shart-sharoit yaratar ekan, demak o’zining manfaatini ham amalga oshirgan bo’ladi. Banklarning kelajakdagi yangi xizmat turlarini kengaytirish va mijozlarni yanada jalb qilish maqsadi yuzasidan; “Zamonaviy bank xizmatlari bu tarmoqni kengayishida turtki bo’ladi” - deydi amerikalik taxlilshunos olima Keyt Stalter. 5 Shunday ekan, tijorat bankning mijozlarga nisbatan sheriklik munosabati o’zaro manfaatdorlik qoidasiga asoslanishi lozim. Bank uchun ham mijoz uchun ham hamkorlik tufayli kozonilgan ishonch ular o’rtasidagi sheriklik munosabatlarini mustahkamlaydigan jiddiy omilga aylanadi. Yaxshi sherik bo’lishni istagan bank o’z mijozlarini xizmatlar "majmuasi"bilan ta’minlashi zarur. Tijorat banklari xizmatining an’anaviy turlari qatorida, jumladan, xar-hil kreditlar berish barobarida valyuta, trast operatsiyalarini ham bajaradilar, ayni paytda o’z mijozlarining iqtisodiyotini to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalashi mumkin. Bozor iqtisodiyoti va jahon ho’jaligi rivojlanishi bilan bank tizimi ham rivojlana bordi. Hozirgi sharoitda banklar tobora ko’proq faqat sof bank operatsiyalarini bajaradigan emas, shu bilan birga moliyaviy xizmatlar ko’rsatadigan moliyaviy muassasalarga aylanmokda, bu bank balansida aks ettirilmaydi, lekin juda katta daromad keltiradi. Masalan: banklar valyuta operatsiyalarini bajarganda sarroflar-brokerlar sifatida maydonga chiqadilar va katta miqdorda vositachilik haqi oladilar. Lekin bu operatsiyalar bank balansida aks ettirilmaydi. Hozirgi paytda yirik tijorat banklari kariyib 350 turdagi moliyaviy xizmat ko’rsatmoqda. Kayd etish joizki, bank tizimi ikki bosqichlidir. Birinchi bosqichda dunyo bank amaliyotida bo’lganidayok Markaziy bank turadi, u banklar banki, davlat banki, emissiya banki va oltin-valyuta zaxiralarini boshqaruvchi bankdir. Tijorat banki o’z faoliyatini Markaziy bankda ro’yhatdan o’tib litsenziya olganidan so’ng amalga oshiradi. Tijorat banki qo’yidagi operatsiyalarni amalga oshiradi: ♦ Mijozlarning hisob varaqalarini olib boradi. ♦ Mijozlarga kassa xizmati ko’rsatadi. ♦ Mijozning topshirigiga binoan naqd pulsiz hisob-kitoblarni bajaradi. ♦ qisqa yoki uzok muddatli kreditlar beradi. ♦ Shartnoma yoki pullik asosida buyurtmachining topshirigiga binoan kapital quyilmalarni mablag’ bilan ta’minlaydi. ♦ Bo’sh pul mablag’lari-depozitlarini muomilaga jalb qiladi. ♦ Aholidan omonatlarni qabul qiladi. ♦ Investitsiya operatsiyalarini. ♦ Lizing operatsiyalarini. ♦ Tijorat banki davlatning hamda boshqalarning qimmatli qog ’ ozlarini xarid qiladi va sotadi . ♦ Xorijiy valyuta va qimmatbaho metallarni xarid qiladi va sotadi. ♦ O’z mijozlari uchun kafolat va majburiyatlar beradi. ♦ Byudjetning kassa ijrosini. ♦ Bank operatsiyalari bo’yicha maslaxatlar beradi. Banklarning operatsiyalari ularning bevosita faoliyati orqali (vazifasi) amalga oshiriladi. Bunday vazifalarni o’zaro bog’liq ikki turga bo’linadi. Passiv (bank resurslarini shakkilantirish bo’yicha operatsiyalar). Aktiv (bunday resurslarni joylashtirish hamda foydalanish bilan bog’liq operatsiyalar). Bank resurslari o’ziga tegishli va jalb etilgan mablag’lardan vujudga keladi. O’ziga tegishli mablag’lar odatda banklar tasarrufidagi barcha resurslarning faqat unga katta bo’lmagan qismlarini tashkil etadi. Ularning asosiy qismi depozitlar yoki banklarning mijozlariga karashli omonatlardan iborat. Bankning aktiv operatsiyalariga avvalo beriladigan, foizli, ssudalar yoki (kreditlar) kiradi. Ular orasida eng ko’p tarqalgani Veksellarni hisobga olish usulidir. Qimmatli qogoz garovga olinib, beriladigan ssudalar, shuningdek mana shunday qogozlarni xarid qilish bo’yicha operatsiyalar fond operatsiyalari deb yuritiladi. Tovar egasiga beriladigan ssudalar omborlar yo’ldagi va savdo aylanmasidagi bo’lgan tovarlarni garovga olib taqdim etildi. ssudalar o’z muddati o’lanmagan hamma xollarda garovga quyilgan qimmatli qogozlar va tovar moddiy boyliklari bank ixtiyoriga mulk bo’lib o’tadi. To’lov qobiliyatiga shubxa yo’q yirik mijozlarga bank xech qanday ta’minotsiz ssudalar yoki bank kreditlari deb ataladigan qarzlar beradi. Tijorat banklarining yana bir muhim funktsiyasidan biri bu hisob to’lovlarini amalga oshirish funktsiyasidir. Bugungi kunda korxona va xo’jalikliarni o’rtasidagi hisob-kitoblarning asosiy qismi pul o’tkazish yo’li bilan amalga oshirilmokda. Bu jarayonlarda tijorat banki vositachi sifatida to’lovlar o’tkazish jarayonini bajarmokda. To’lov xujjatlarining o’z vaqtida o’tishi hamda hisob-kitob jarayonlarining uzluksizligini ta’minlash zaruriyati bugungi kunda banklardan hisob-kitoblarni tashkil qilish va nazorat qilishning mukammal metodlarini ishlab chikishni talab etmokda. Hisob-kitoblarni tezlashtirish, jarayonlarni ishonchligini ta’minlash hamda bu jarayonlar bilan bog’liq xarajatlarni kamaytirish maqsadida tijorat banklari bugungi kunda kompyuter texnikasi bilan jihozlanmokda. Bundan tashqari mamlakat bo’yicha joylashtirilgan filiallar yordamida to’lovlar jarayoni yanada tezlashtirishga erishilmokda. Bankning bo’limlari tarmogi barpo etilishi kamida uchta asosiy vazifani ko’zlaydi: Umuman mamlakat iqtisodiyoti manfaatlari: Bank o’z infratsrukturasini rivojlantirish: Bankning eng katta mijozlari manfaatlarini nazarda tutish. Tijorat banklarining to’lovlarini amalga oshirish funktsiyasi orqali bugungi kunda yuridik shaxslarning davlat byudjetiga bo’lgan majburiyatlari nazorat kilinmokda. Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida bank tizimi va islohotlari. Bozor munosabatlariga o’tish bilan iqtisodiyotga ko’p ukladlik shakllanishi tijorat banklarini tashkil etishga to’rtki bo’ldi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish munosabati bilan birinchi navbatda bank ishini tashkil etish mazmuni o’zgartirishga kirishildi. Ko’p tomli intsruktsiyalar o’rniga bank ishlarini yuritish metodik ko’rsatmalari tayerlandi, kreditlashni kredit shartnomasi asosida amalga oshirish yo’lga ko’yildi, bir operatsiyalaridan bank nazorati olib tashlandi. Tijorat banklari xo’jalik tashkiloti kabi korxonaning alohida hisoblanadi. Mutsaqil ravishda xo’jalik faoliyati yuritib o’zlarining konkret natijalaridan hamda jihozlarining ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdan manfaatdordir. Jamiyatning ijtimoiy bazasini ifoda etib, tijorat banklari iqtisodiyotni boshqarishda tizim sifatida katnashib, Markaziy bankning pul, kredit va foizlar sohasidagi siyosatini tadbik etuvchi sifatida faoliyat ko’rsatadi. Tijorat banklarini rivojlanishi tor ma’noda bo’lsa ham ijtimoiy maxsulotning jami summasiga bo’ladi. Yuqorida keltirilgan fikirlarimizni tahlil etadigan bo’lsak, tijorat banklarining mohiyatini ularning milliy iqtisodiyotda bajaradigan roli va funktsiyalari ochib beradi. Pul, kredit va iqtisodiy kategoriyalar esa mohiyatini oshishida asos bo’lib hizmat qiladi. Bu kategoriyalarining harakatida banklar katnashadi, ya’ni banklar pul muomalasini aniqlaydi, kredit milliy iqtisodiyotni kreditlovchi sifatida, kredit esa foiz siyosatini amalga oshiradi. Banklar korxonalar sifatida o’z funktsiyasini ko’pchilik qismi ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash va ist’emol bilan. Bozor munosabatlariga o’tish bilan tijorat banklari o’z manfaatlari doirasida bo’sh pul resurslarini xarakatga keltiruvchi infratuzilmasining muhim tarkibiy qismiga aylanadi. Banklarning ikki pogonali tizimi paydo bo’lishi pul muomalasi barqarorligini ta’minlash zaruratining okibati bo’ldi, iqtisodiyoening "sog’lomligi" ko’p jihatdan ana shunga edi. Pul aylanishini umumilliy darajada tartibga solish huquqini olgan banklar keyinchalik yoki to’la davlat banklariga yohud davlat bilan mutsaxkam bog’liq bo’lgan banklarga aylanadi bu esa ularga davlat pul-kredit siyosatini amalga oshirish imkonini beradi. Banklarning bajaradigan operatsiyalariga qarab emissiya va tijorat banklariga bo’linadi. “Banklarning eng muhim vazifalaridan biri bu “pulni yaratish”. Pulni yaratish bu pulni “ishlab chiqarish” bilan cheklanmasdan, buning o’rniga bank rezervlaridan “tomchilanma” usulida ham pulni ko’paytirish mumkin”, - deydi xorijlik olim Stefan D. Simpson. Har qanday mamlakatda emissiya banklari kredit tizimining markazi hisoblanadi, ularga davlat banknotalar chiqarish, emissiya uchun monopoliyalik huquqini beradi. Ular boshqa banklarni kreditlaydi va shu ma’noda banklarning banki sanaladi. Bizning mamlakatimizda kredit tizimining markazi, emissiya banki va banklarning bankiO’zbekiston Respublikasining Markaziy banki hisoblanadi. Tijorat banklari bank tizimining quyi bo’lib, mijozlarga tijorat tomoyillarida kredit, hisob-kitob xizmatlari ko’rsatish yuzasidan bevosita vazifalarini bajaradigan mutsaqil bank muassasa tarmoqlaridan tarkib topgan. Tijorat banklari amalda o’z mijozining xo’jalik faoliyati xizmati bilan bog’liq kredit, hisob-kitob va moliya operatsiyalarini barcha turlarini bajaradi. Tijorat banklari sanoat, savdo va boshqa hil korxonalarini asosan omonat tarzida jalb etilgan pul mablag’lari hisobidan kreditlaydi, korxonalar o’rtasida hisob kitoblarini amalga oshiradi, shunindek fond, vositachilik va valyuta operatsiyalari bilan shugulanadi. O’zbekistonda bozor bank tizimini shakllantirishda vujudga kelayotgan boshqa bir muxim muammo-bu tijorat banklarining vujudga kelishi va rivojlanishida davlatning rolidir. Odatda ishlab chiqarishning pasayishi va pulning kadrsizlanishiga olib keladigan, butun xo’jalik tizimi qayta ko’riladigan bozor munosabatlariga o’tish chogida bozor infrato’zilmasining tarkib topishida davlat tomonidan ko’mak berilishi zarur hisoblanadi. Davlatning roli ishlab chiqarishdagi jamg’arishni jadallashtirishdan, moliyaviy resurslarni jalb etish hamda iqtisodiyoeni rivojlantirish uchun ulardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida iqtisodiy va moliyaviy muxitni yaratishan iboratdir. O’zbekistonda davlat ishtirokida ixtisoslashtirilgan moliya muassasalari tashkil etilmokda, ularning maqsadi uzoq davr mobaynida iqtisodiyoening sarmoyasiga bo’lgan ehtiyojini ta’minlashdan iborat bo’ladi. Ularning faoliyati asosan xususiy sektorning datsavval kichik va o’rta tadbirkorlikning mavkeyini rivojlantirish va mutsaxkamlashga karatilgan. Markaziy bank tijorat banklarining faoliyati ustidan samarali nazorat qilish, omonatchilar va aktsiyadorlarning manfaatlarini ximoyalash maqsadida bank nazorati tizimini mutsaxkamlash yuzasidan muntazam ish olib bormokda. Tijorat banklari ko’payib bormokda. Markaziy bank tijorat banklari o’rtasidagi raqobatni rivojlantirish, ular faoliyatini diversifikatsiyalash va universallashtirish maqsadida bunday ko’payishga ko’maklashmokda. Birok bu borada xali ko’p ish qilish lozim. Tijorat banki mohiyatini uning maqsad va vazifalarini yaxshi tushunmaslik tijorat banklari faoliyatida eng ko’p tashvish uygatmokda. Bu xolat aniq shakllantirilgan va puxta belgilangan rivojlanish tsrategiyasi yo’qligida o’z aksini topayapti. Bu banklar faqat shu kungi foydani uylamokda. Bu esa qanday bo’lmasin tez foyda olish, kerak bo’lsa, xatto o’z mijozlari hisobiga boyish maqsadi. Tijorat banklari faoliyatining asosiy maqsadini umumiy ko’rinishda moliya xizmatlari taklif etish va ko’rsatish sifatida ifodalash mumkin. Tijorat banklari bozorlarida qarz mablag’larini shakllantiruvchi, tartibga soluvchi va boshqaruvchi eng muxim elementlaridan biridir. Shu munosabat bilan ular zimmasiga sarmoyalar saklanishi va ko’paytirilishini, pullar samarali ishga solinishini, demak zarur daromadlar olinishini ta’minlash vazifasi yuklatiladi. Tijorat banklari o’z mijozlarining asosiy agenti ishonch bildirgan shaxsi, topshiriqlarni bajaruvchisi, ular mablag’larining bosh tasarrufchisi, aktsiyalar hamda bankdagi hisob varaqlar egalari aksariyat ko’pchiligi uchun eng yaqin maslaxatchi va ekspert hisoblanadi. Bizning uchun ular asosiy iqtisodiy, moliyaviy masalalar hamda shu bilan bog’liq yuridik muammolarni chuqur va juda yaxshi bilishi, rivojlangan axborot-taxlil bazasiga ega bo’lishi va ayni paytda o’z vazifalariga taallukli xar qanday so’rov bo’yicha konkret yordam bera olishi lozim. Hozirgi paytda qishloqda ssuda jamg’arma shirkatlari tusidagi kredit kooperatsiyalarini va shaxarlarda o’zaro kreditlar jamiyatlarini tashkil etish muxim vazifa hisoblanadi. Bu hozirgi paytda uydagi "paypokka" yashirib saklaetgan pul mablag’larini jalb etish va ularni kreditlar shaklida kredit kooperatsiyasi a’zolari o’rtasida joylashtirish imkonini beradi. Tuman markazlaridagi mikrokredit tashkilotlari kredit kooperatsiyalariga moliyaviy yordam ko’rsatishi, shuningdek ularning a’zolariga texnika, o’g’itlar sotib olish va maxsulotni sotishda ko’maklashishi kerak. Jahon tajribasining dalolat berishicha ishlab chiqarish kooperatsiyalari ham iqtisodiyoeni barqaror rivojlantirishning g’oyat muxim sharti hisoblanadi. Qimmatli qog’ozlar bozorida banklar bir vaqtning o’zida ham investor ham emitent sifatida qatnashmoqda. Banklarning boshqa xo’jalik sub’ektlariga nisbatan stabil moliyaviy xolatga egaligi Qimmatli qog’ozlar bozorida operatsiyalarda qatnashishga imkon bermoqda. Respublikada tijorat banklarning Qimmatli qog’ozlar bozorida aktiv ishtirok etishini sabablaridan yana biri banklarning nizom kapitalini oshrish sohasida o’z aktsiyalarini sotishga bo’lgan intilishdir. Bugungi kunga kelib tijorat banklari Qimmatli qog’ozlar bozorida aktsiyalardan tashqari depozit va jamg’arma sertifikatlar bilan ishlashni ham yo’lga qo’ymokdilar. Bundan tashqari banklar o’z mijozlariga moliyaviy broker sifatida ham xizmat ko’rsatmoqda. Banklarning bunday funktsiyalarni bajarishlari korxona tashkilotlarning qimmatli qogozlar bozori operatsiyalarida qatnashishlari uchun qo’lay sharoit yaratmokda. Respublika iqtisodiyotiga kirib kelayotgan «Lizing» jarayonlari bugungi kunda ishlab chiqarishni texnika va texnologiya ta’minlash hamda qayta mijozlashda muximligini ko’rsatmoqda. Agar biz lizing xizmatlariga to’lanadigan foiz bilan bank krediti bo’yicha to’lanadigan foiz o’rtasidagi bogliqlikga e’tibor beradigan bo’lsak, u holda lizing xizmatlarini bugungi kunda tijorat banklari tomonidan amalga oshirilishini yo’lga qo’yish qo’lay hamda muximdir. Chunki tijorat banklari lizing xizmatlari uchun boshqa lizing tashkilotiga kredit berishidan ko’ra bank krediti foizi darajasida mijozlarga xizmat ko’rsatishi va shu bilan lizing xizmatlari bahosini kamaytirish mumkin. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyotni jadal rivojlantirishdagi rolini oshirishda bank faoliyati. Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik davlat va jamiyatimiz rivojida alohida o’rin egallaydi. Bugungi kunda biz bu sohani rivojlantirmasdan turib iqtisodiyotimizning kelajagini ta’minlay olmaymiz. “Aqlli biznes egalari bilishadiki, xodimlarni maqsad sari to’g’ri yo’naltirish bu omad sari etaklovchi kuchdir”,- deb ta’kidlaydi iktisodchi Jim Blasingeym o’zining zamonaviy qarashlarida. 7 Xuddi shunday kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi ichki bozorimizni raqobatdosh va sifatli mahsulotlar bilan to’ldirishda, aholini ish bilan ta’minlash va shu asnoda ularning munosib daromad topishi, farovonligining oshib borishiga erishishda eng asosiy omillardan biri hisoblanadi hamda jamiyatimizning ijtimoiy-siyosiy tayanchi va poydevori bo’lgan mulkdorlar sinfining, ya’ni o’rta sinfning shakllanishi va mustahkamlanishini ta’minlaydi. Shuningdek, bu soha hozirda jamiyatimizdagi ijtimoiy va siyosiy barqarorlikning kafolati va tayanchiga, yurtimizni taraqqiyot yo’lidan faol harakatlantiradigan kuchga aylanib bormoqda. Kichik biznes sohasining iqtisodiyotdagi ahamiyati uning iqtisodiyotda raqobat muhitini ta’minlash, yirik korxonalar uchun mahsulot va xizmatlar etkazib berish, yangi ish o’rinlarini yaratish va ikkilamchi bandlikni ta’minlash, bozor tizimining moslashuvchanligini oshirish, ilmiy-texnikaviy inqilobni jadallashtirish, resurslarni ishlab chiqarishga safarbar etish, soliq tushumlari hajmining o’sishini ta’minlash, aholi daromadlari darajasini barqarorlashtirish kabi omillar bilan belgilanadi. So’ngi yillarda ham Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida iqtisodiy o’sishni ta’minlash, yangi ish o’rinlarini tashkil qilish, bandlik muammosini hal etish, aholining daromadlari va farovonligini oshirishda tobora muhim o’rin tutayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, rag’batlantirish va qo’llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi. Prezidentimiz ta’kidlab o’tganlaridek, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag’batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish: -xususiy mulk huquqi va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivoji yo’lidagi barcha to’siq va cheklovlarni bartaraf etish, unga to’liq erkinlik berish, «Agar xalq boy bo’lsa, davlat ham boy va kuchli bo’ladi» degan tamoyilni amalga oshirish va boshqalar. Ushbu chora-tadbirlar soliq va kredit imtiyozlari bilan bir qatorda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay biznes muhitini yaratish maqsadida instituttsional islohotlarni yanada chuqurlashtirishni ham o’z ichiga oladi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining mamlakatimizni modernizatsiya qilish va yangilashning ishonchli tayanchi bo’lgan mulkdorlar sinfini, ya’ni o’rta sinfni shakllantirishdagi ulkan ahamiyatini hech narsa bilan qiyoslab bo’lmaydi. Ushbu chora-tadbirlar soliq va kredit imtiyozlari bilan bir qatorda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay biznes muhitini yaratish maqsadida instituttsional islohotlarni yanada chuqurlashtirishni ham o’z ichiga oladi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining mamlakatimizni modernizatsiya qilish va yangilashning ishonchli tayanchi bo’lgan mulkdorlar sinfini, ya’ni o’rta sinfni shakllantirishdagi ulkan ahamiyatini hech narsa bilan qiyoslab bo’lmaydi. Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik davlat va jamiyatimiz rivojida alohida o’rin egallaydi. Bugungi kunda biz bu sohani rivojlantirmasdan turib iqtisodiyotimizning kelajagini ta’minlay olmaymiz. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi ichki bozorimizni raqobatdosh va sifatli mahsulotlar bilan to’ldirishda, aholini ish bilan ta’minlash va shu asnoda ularning munosib daromad topishi, farovonligining oshib borishiga erishishda eng asosiy omillardan biri hisoblanadi hamda jamiyatimizning ijtimoiy-siyosiy tayanchi va poydevori bo’lgan mulkdorlar sinfining, ya’ni o’rta sinfning shakllanishi va mustahkamlanishini ta’minlaydi. Shuningdek, bu soha hozirda jamiyatimizdagi ijtimoiy va siyosiy barqarorlikning kafolati va tayanchiga, yurtimizni taraqqiyot yo’lidan faol harakatlantiradigan kuchga aylanib bormoqda. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etish bo’yicha chora-tadbirlar dasturi to’g’risida” 15.05.2015 yildagi PF-4725-son Farmoni va “Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida” 2015 yil 28 apreldagi PQ-2340-son qarorining bajarilishi borasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati uchun yanada qulay muhit yaratish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining huquq va manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirishga yo’naltirilgan normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining moliya-xo’jalik faoliyatiga davlat va nazorat tuzilmalarining aralashuvini keskin kamaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini tashkil etish tartibini soddalashtirish va faoliyat yuritishning moddiy-texnik shart-sharoitlarini ta’minlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga soliq va boshqa to’lovlar borasida engilliklar yaratish, hisobot topshirish tizimini takomillashtirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlash mexanizmini yanada takomillashtirish, kichik biznesni rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, ularining tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi ishtirokini kengaytirish, ilg’or ilm-fan yutuqlariga asoslangan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga keng yo’l ochib berish, kichik biznes sub’ektlariga taqdim etilayotgan imtiyozlar va qulay sharoitlar tizimini yanada rivojlantirish kabi ustuvor yo’nalishlar belgilab berilgan. So’nggi yillarda kichik biznes sub’ektlarining mamlakatimizda yangi ish o’rinlarini tashkil qilish, aholining daromadlari va farovonligini oshirishning muhim omili sifatidagi natijalari salmoqli bo’lib bormoqda. Mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash bo`yicha amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish va barqaror iqtisodiy o`sish sur`atlarini ta`minlash imkonini bermoqda. 2000-2016 yillarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning YAIMdagi ulushi 31,0 foizdan 56,9 foizga o`sib, 25,9 foiz birlikka ortgan (1- rasm). rasm . Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning YAIMdagi ulushi . ( foizda ). O ’ zbekiston iqtisodiyotini barqaror sur ’ atlarda rivojlantirish omillaridan biri kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni taraqqiy etishini ta ’ minlash hisoblanadi . Ushbu soha bozor kon ’ yunkturasi o ’ zgarishlariga tez moslasha olishi , yangi ish o ’ rinlarini yaratish orqali aholi bandligini ta ’ minlash va daromad manbalarini yaratishi , o ’ rta mulkdorlar sinfini shakllantirish xususiyatlariga egaligi bilan ajralib turadi . 2016 yilda respublikamiz hududlari bo ` yicha kichik biznes va xususiy tadbirkorliknining YAHMdagi ulushi Namangan va Jizzax viloyatlarida yuqori darajaga yetib , 80,3 foizni tashkil etgan . Shuningdek , Samarqand viloyatida bu ko ` rsatkich 78,0 foiz , Surxondaryo viloyatida 75,3 foiz va Xorazm viloyatida 74,2 foizni tashkil etgan . Sirdaryo , Buxoro , Andijon , Farg ` ona , Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida , Toshkent shahri va Qoraqalpog ` iston Respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 50-70 foizlar oralig ` ida bo ` lib , o ` rta darajani qayd etgan . Shu bilan birga, past daradaja qolayotgan Navoiy viloyatida bu ko`rsatkich 37,6 foizni tashkil etgan (1-jadval). jadval Kichik biznes va xususiy tadbirkorliknining YAHMdagi ulushi (foizda) yillar 2000-2016 yillarda o’zgarish (+;-)2000 y. 1) 2005 y. 2010 y. 2016 y. Yuqori darajada Namangan viloyati 33,4 45,2 76,0 80,3 46,9 Jizzax viloyati 37,1 58,3 77,3 80,3 43,2 Samarqand viloyati 44,3 49,9 73,6 78,0 33,7 Surxondaryo viloyati 39,1 42,8 71,7 75,3 36,2 Xorazm viloyati 34,2 47,1 71,8 74,2 40,0 O’rta darajada Sirdaryo viloyati 38,9 59,8 77,4 68,7 29,8 Buxoro viloyati 33,0 40,7 64,1 67,9 34,9 Andijon viloyati 32,9 35,8 54,7 66,0 33,1 Farg’ona viloyati 32,0 40,8 59,5 63,4 31,4 Toshkent shahri 41,5 46,4 49,9 58,9 17,4 Toshkent viloyati 34,0 32,3 54,7 57,1 23,1 Qoraqalpog’iston Respublikasi 26,9 45,1 63,6 57,0 30,1 Qashqadaryo viloyati 25,8 34,9 55,0 51,7 25,9 Past darajada Navoiy viloyati 21,5 18,5 34,4 37,6 16,1 Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarini har tomonlama qo`llab quvvatlash va ularga qulay shart-sharoitlar yaratib berish bo`yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida ularning soni yil sayin oshib bormoqda. 2017 yil 1 yanvar holatiga respublikamizda faoliyat ko ` rsatayotgan kichik biznes sub ` ektlari soni ( dehqon va fermer xo ` jaliklaridan tashqari ) 218170 tani tashkil etib , 2000 yilga nisbatan 118731 taga yoki 2,2 barobar ko ` paygan . Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni barqaror rivojlantirish orqali uning YaIMdagi ulushini oshirish , aholini ish bilan band etish , real daromadlarini ko ’ paytirish va turmush farovonligini yaxshilashda mikromoliyalash muhim ahamiyat kasb etadi . Mikromoliyalash aholini kambag ’ allikdan xalos etishi , ya ’ ni mehnatga layoqatli , iqtidorli aholi qatlamiga ish o ’ rinlari yaratish orqali o ’ z g ’ oya va yangiliklarini ro ’ yobga chiqarishi , daromad olish manbalarini kengaytirish asosida turmush farovonligini yaxshilashi , kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo ’ li bilan ularni jamiyatning ijtimoiy - iqtisodiy faol sub ’ ektlariga aylanishiga imkon beradi . Shuni ham ta ’ kidlash zarurki , mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlar xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning reytinglarida o ’ zining ijobiy ifodasini topmoqda . O ’ zbekistonda aholi bandligini ta ’ minlash , uy xo ’ jaligi daromadlarining shakllanishi kabi ijtimoiy - iqtisodiy muammolar echimi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub ’ ektlarini mikromoliyalash amaliyotining qay darajada rivojlanganligiga bog ’ liq bo ’ ladi . Hozirda respublikamizda mikromoliyaviy xizmatlar ko’rsatuvchi barcha moliya-kredit institutlari ushbu xizmat turiga bo’lgan jami talabni qondira olmaydi. 2016 yilda O’zbekiston iqtisodiy rivojlanishining asosi bo’lgan biznes yuritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun xorijiy investitsiyalarni jalb etishga qaratilgan qator tizimli chora-tadbirlar amalga oshirildi. 2016 yil oktyabr oyida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoevning «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini rejadan tashqari va muqobil tekshirishlarning barcha turlarini bekor qilish orqali yanada qulay ishbilarmonlik muhitini yaratishga qaratilgan Farmoni qabul qilindi. Ushbu hujjatda asosiy e’tibor kichik va xususiy korxonalarni jadal modernizatsiya qilish va ularning eksport faoliyatini rag’batlantirishni ta’minlash bo’yicha amaliy chora-tadbirlarga qaratilgan bo’lib, bu tarmoqlar va hududlar iqtisodiy rivojlanishining hamda aholi bandligini ta’minlashning muhim yo’nalishi bo’lishi lozim. Xususiy mulk va kichik biznes manfaatlarini ishonchli himoya qilish bo’yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar 2016 yilda ushbu sohaning barqaror rivojlanishi uchun imkon yaratdi. Mamlakat yalpi ichki mahsulotining umumiy hajmida kichik tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan yaratilgan mahsulotlar qo’shilgan qiymati yil davomida o’sib bordi va birinchi chorakda – 43,1%ni, ikkinchi chorakda – 46%ni, uchinchi chorakda – 54,6%ni va yil yakuni bo’yicha 56,9%ni tashkil etdi hamda 2017 yilga nisbatan 0,4 f.b.ga o’sdi. 2016 yil davomida YaHMda kichik tadbirkorlik sub’ektlarining yuqori o’sish sur’ati Jizzax (1-chorakdagi 61,6%dan yil yakunida 80,3%ga), Namangan (68,2%dan 80,3%ga), Samarqand (67,7%dan 78%ga) shuningdek, Surxondaryo, Xorazm, Sirdaryo, Buxoro va Andijon viloyatlarida qayd etildi. 2016 yilda asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar 6 barobardan ziyodga o’sib, I chorakdagi 3235,9 mlrd.so’mdan yil yakuni bo’yicha 19963,2 mlrd.so’mgacha o’sdi va respublika bo’yicha o’zlashtirilgan investitsiyalar hajmining 40,3%ini yoki o’tgan yilga nisbatan o’sish 122,9%ni tashkil etdi. 2016 yil yakuniga ko’ra, KTdagi bandlar soni 10392,5 ming kishini tashkil etib, o’tgan yildagi ko’rsatkichga (10178,9 ming kishi) nisbatan 102,1% ni tashkil etdi. Iqtisodiyotdagi jami bandlar tarkibida KTdagi bandlarning ulushi 78,1%ni tashkil etdi. KTning individual sektorida – 8212,1 ming kishi (2017 yilga nisbatan o’sish 3,3 f.b.), kichik korxona va mikrofirmalarda – 2180,4 ming kishi mehnat qilmoqda. KTning xususiy sektori hissasiga 9573,5 ming kishi yoki kichik biznesda band bo’lganlarning 92,1%i to’g’ri kelmoqda. Hukumat tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari uchun yaratilgan qulayliklar va imtiyozlar tufayli, yangi tashkil etilgan sub’ektlar soni sezilarli ortdi va 2017 yildagi 225998 birlikdan (o’sish 26,9 ming birlik) 2016 yilda 233292 birlikka (o’sish 31,8 ming birlik) ko’paydi. Tarmoqlar kesimida eng ko’p tashkil etilgan yangi kichik biznes sub’ektlari soni sanoat va qurilish sohasi (9654 birlik), savdo (8536), qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligi (3337), xizmatlar sohasi (2839), tashish va saqlash sohasi (1666) va boshqa sohalarga (5734) to’g’ri keldi. Hududlar kesimida yangi tashkil etilgan kichik korxonalar sonining o’sishi Toshkent shahri (o’sish 23,5%), Toshkent (9,2%), Andijon (8,4%), Samarqand (7,2%), Farg’ona (8,0%), Buxoro (5,8%), Jizzax (4,7%), Xorazm (4,7%) viloyatlarida qayd etildi. Tashkil etilgan kichik biznes sub’ektlari ulushi bo’yicha respublika o’rtacha darajasidan past ko’rsatkichlar Navoiy (2,7%), Sirdaryo (3,8%) viloyatlari va Qoraqalpog’iston Respublikasi (4,1%) bo’yicha qayd etildi. So’nggi yillarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasiga davlat tomonidan katta e’tibor berilishi hamda qo’llab-quvvatlanishi natijasida uning mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotidagi ulushi yildan-yilga ortib bormoqda. O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirilishida moliyaviy xizmatlar ko’rsatuvchi tashkilotlar asosiy o’rinni egallamoqdalar. Ularning moliyaviy ko’maklari evaziga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari va tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo’lgan aholining iqtisodiy faol qismi o’z bizneslarni yo’lga qo’ymoqdalar, chunki mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda kreditning ahamiyati kattadir. Kreditlash asosan moliyaviy xizmatlar ko’rsatuvchi tashkilotlar tomnidan amalga oshiriladi. Moliyaviy xizmatlar ko’rsatuvchi tashkilotlar odatda tijorat banklari, kredit uyushmalari, lombardlar, mikrokredit tashkilotlari va boshqa kredit tashkilotlaridan tashkil topadi. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining vazifalari va funktsiyalari Bank faoliyatida riskning iqtisodiy asoslangan chegaralardan chiqib ketmaslik bank sistemasi barqaror ishlanishi muhim shartidir. Risk doiralarini cheklab qo’yish Markaziy bank tomonidan tijorat banklari uchun rioya etilishi majburiy bo’lgan iqtisodiy me’yorlarni belgilab qo’yish orqali amalga oshiriladi. Markaziy bank banklar uchun majburiy bo’lgan iqtisodiy me’yorlarni. Shu jumladan: . kapitalning etarliligi koeffitsienti; . bir qarz oluvchi yoki bir – biriga daxldor qarz oluvchilar guruhiga tavakkalchilikning eng ko’p miqdorini; . yirik kredit tavakkalchilik va investitsiyalarning eng ko’p miqdorini; . likvidlilik koeffitsientlarini va boshqalarni belgilaydi. Markaziy bank iqtisodiy me’yorlarning o’zgarishi to’g’risida kamida bir oy oldin e’lon qiladi. Banklar va ularning filiallari banklarga oid qonun xujjatlarini, belgilab qo’yilgan iqtisodiy me’yorlarni buzgan taqdirda Markaziy bank ulardan ustav kapitalining eng kam miqdorining 0,1 foizigacha jarima undirish yohud ayrim operatsiyalarni o’tkazishni olti oygacha bo’lgan muddatga cheklab qo’yish huquqiga ega. Tijorat banklariga kredit berishning eng ko’p tarqalgan bu turi banklarni qayta moliyaviy ta’minlash deb yuritiladi va u "O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risida"gi Qonunning 30 - moddasiga asosan amalga oshiriladi. Tijorat banklari va hukumat O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy mijozlaridir. Boshqacha aytganda, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki banklarning banki hisoblanadi. Tijorat banklari O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi o’z hisobvaraqlaridan o’zaro hisob - kitoblar uchun foydalanadilar va undan tashqari naqd pul zarur bo’lganda ham ular Markaziy bankga murojaat qilishadi. Bugungi kunda banklarni va boshqa moliya-kredit tashkilotlari orasidagi farqini yo’qotishni mamlakatdagi kapital harakatini markazlashuvuni va jamg’arlishi bilan bevosita bog’liqdir. Bunday harakat natijasida o’zaro yakin va uxshash bo’lmagan kredit tashkilotlarini yo’qolib ketishi yoki kushilishi jarayoni amalga oshirilishi mumkin. Shu bilan birga banklarning universallashuvi makroiqtisodiy omillariga bog’liqdir. Ammo bu faoliyat uzoq muddatni o’z ichiga oladi. Hozirgi kunda farqlarning yo’qolishi va banklar tomonidan funksional va yuridik xususiyatlarni bekor bo’lishi asosan yirik tijorat banklarida sezilarli amalga oshmokda. Shu qayd qilish lozimki yirik banklarning universallashuvi va global yo’nalishlarining olib borilishi kichik banklarning, maxsus kredit tashkilotlariga yani malum turdagi operatsiyalarga moslashgan tashkilotlarga aylanishiga sabab bo’lmoqda. Bu esa ko’pgina mamlakatlarda faoliyot ko’rsatayotgan ko’p bosqichli bank tizimiga hos xususiyatdir. Bozor iqtisodieti va jahon xo’jaligi rivojlanishi bilan bank tizimi ham rivojlana bordi. Hozirgi sharoitda banklar tobora ko’prok faqat sof bank operatsiyalarini bajaradigan emas. Pul-kredit siyosati usullari umumiy bo’lishi mumkin, yani mamlakatdan kredit munosabatlar holatiga umumiy tasir ko’rsatuvchi, yoki sElektiv, yani alohida olingan kredit turlariga tasir ko’rsatish uchun yo’naltirilgan hamda alohida korxona, jumladan tarmoqlarni kreditlash uchun yo’naltirilgan bo’lishi mumkin. Pul-kredit siyosatining umumiy usullariga: - Markaziy bankning hisobga olish siyosati yoki foiz stavkalarini tartibga solish siyosati; - ochiq bozordagi operatsiyalar, yoki davlat qimmatbaho-qog’ozlarini sotib olish va sotish; - majburiy zahira normalarini o’zgartirishlar kiradi. Hisobga olish siyosati Markaziy bankning tijorat banklari uchun oxirgi navbatdagi zahirasi sifatida kreditoriga ayalanishi bilan bog’liq. Majburiy zahira normalarini tartibga solish bu hukumat talabi asosida tijorat banklarining belgilangan miqdoridagi pul mablag’larini Markaziy bankdagi foizsiz hisob varag’iga o’tkazilishidir. Ochiq bozordagi operatsiyalar-bu markaziy bankning tijorat va gazna obligatsiyalari va boshqa qimmatbaho qog’ozlarni bozor kursi yoki oldindan elon qilingan kurs bo’yicha sotib olish va sotish, hamda qayta kelishuvlaridir. Markaziy bankning pul-kredit siyosati selektiv usullariga: - limitlar, kvotalar urnatish orqali kredit miqdorini yoki Veksellarini hisobga olishni to’g’ridan-to’g’ri qisqartirishdir; - kredit operatsiyalarini o’sish darajasini pasaytirish; - alohida olingan turdagi kreditlar ustidan nazoratni urnatish, ismol krediti ustidan; - alohida olingan jamg’armalarga yuqori foizlarni o’rnatish yoki umuman foiz stavkalarini tartibga solish va boshqalardir. Turli mamlakatlarda Markaziy banklarga turli funktsiyalarni belgilab berilishi mumkin. Lekin Markaziy bank doimo Davlat va bank belgilarini o’zida mujassamlashtirilgan o’zida Davlatning tartibga soluvchi organi bo’lib qoladi. “Tarixan zamonaviy Markaziy Bank tushunchasi 20 asrgacha paydo bo’lmagan. Uning zamonaviy funktsiyalari allaqachon tijorat banklari tuzulishida mavjud bo’lgan”, - deb iqtisodchi olim Rim Xikel o’zining “Markaziy Banklar nima?” deb nomlangan maqolasida Markaziy Bankning kelib chiqishiga tarixan nazar solgan holda o’z fikrlarini bildirib, ularni video tasma orqali izoxlab beradi. Mamlakatning Markaziy Banki - shu davlat bank tizimining asosiy qismi bo’lib hisoblanadi. Markaziy bank- birinchi urinda davlat va iqtisodiyot o’rtasida vositachi bo’lib xizmat qiladi. Ammo Markaziy bank o’z oldiga foyda olishni maqsad qilib kuymaydi. Markaziy bank funktsiyalari uzoq yillar mobaynida deyarli o’zgarmay aniq modifikatsiyalangan ko’rinishga egadir. Turli iqtisodiy adabiyotlarda va ukuv darsliklarida Markaziy bank funktsiyalari turlicha talkin qilinadi. Masalan V.M. Usoskinining fikriga ko’ra Markaziy bank funktsiyalariga: - kredit pullari (banknotlar) emissiyasi; - banklar uchun va boshqa kredit tashkilotlari uchun turli xizmatlarni amalga oshirish; - hukumatning moliyaviy agenti funktsiyasi; - markazlashgan oltin-valyuta zahiralarini saqlash; - pul-kredit siyosati tadbirlarini o’tkazish kabilar kiradi. “Moliya, pul muomalasi, kredit” kitobining mualliflari fikricha Markaziy bankning asosiy funktsiyasi: - “muomalaga kredit pullari - banknotalarni chiqarish va pul muomalasini tartibga solishdan iboratdir”. Shunday qilib, Markaziy banklar - “banklar banki”ga aylantirib yuborildi, ya’ni ularning mijozlari bo’lib tijorat banklari hisoblanadilar. Markaziy banklar o’zlarining joriy (depozit) raqamlarida tijorat banklarining pul mablag’larini aks ettiradilar, ularning naqd pullarini tuldirishga bog’liq operatsiyalarni amalga oshiradilar, tijorat banklariga kreditlar beradilar. Markaziy banklar ko’p hollarda Davlatning bankirlari hisoblanadilar. Shu bilan barcha emission banklarning yana bir asosiy funktsiyalariga ochiq bozordagi operatsiyalar va deviz operatsiyalari kiradi. Ular davlatning qimmatbaho qog’ozlarini sotish va olish, xorijiy valyutalarni hamda milliy valyuta kurslarini ushlab turish maqsadida sotadi va sotib oladi. Lekin, umuman olganda Markaziy banklar tomonidan bajariladigan operatsiyalar quyidagi turt guruhga (turga) bo’linadi: 1. Banknotlarning monopol emissiyasini amalga oshirish; 2. Markaziy bank- banklar banki hisoblanadi; 3. Markaziy bank- hukumat bankiri hisoblanadi; 4. Markaziy bank pul- kreditni tartibga soladi va bank nazoratini amalga oshiradi. Markaziy banklarga davlat vaqili sifatida qonuniy tarzda banknotlarni monopol ravishda emissiya qilish biriktirilgan, yani umummilliy kredit pullarini bosib chiqarish yuklatilgan. Takidlash kerakki, sanoati rivojlangan mamlakatlarda banknotalar pul massasining sezilarsiz qismini tashkil etadi, shuning uchun Markaziy bankning monopol emissiya funktsiyasi birmuncha pasaytirilgan. Biroq banknotalarni chiqarish funktsiyasi mamlakatdagi pul zahiralarini tashkil qiluvchi, chakana pul muomalasini naqd banknotalar bilan taminlash va kredit tizimini likvidliligini taminlash vositasi hisoblanadi. Bu funktsiyalar naqd pul muomalasi ulushi sezilarli bo’lgan mamlakatlarda katta ahamiyatga egadir. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili” Davlat dasturidan o’rin olgan bank tizimi oldidagi masalalar. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil “22” yanvardagi PF-5308- son Farmoniga asosan 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturi «Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili»davlat dasturi belgilab berildi. O’zbekiston Respublikasida «Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili» deb e’lon qilinganligi munosabati bilan: 1. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlari: > Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish; > Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish; > Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish. 2.Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo’nalishlari: > Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish; > Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash; > Ma’muriy, jinoyat va fuqarolik protsessualqonunchilikni takomillashtirish; > Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish. 3.Iqtisodiyotni rivojlantirish va faol tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlashning ustuvor yo’nalishlari: > Makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolish; > Soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish; > bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirish va tegishli rag’batlantiruvchi choralarni kengaytirish; > Tarkibiy o’zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish; > Qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish; > Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag’batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish. 4.Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari: > Aholining ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish; > Sog’liqni saqlash tizimini takomillashtirish; > Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish; > Arzon uy-joylar barpo etish bo’yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi yo’l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish. 5. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosatni amalga oshirish sohasidagi ustuvor yo’nalishlar: > Xavfsizlik, dinny bag’rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash sohasidagi ustuvor yo’nalishlar. jadval 2018 yilda Davlat dasturi tadbirlarini amalga oshirishning jami xarajatlari № 1 . 2 . 3. 4. Manbalar So’mda (mlrd.so’m) AQSh dollarida (mln.doll.) Davlat byudjeti va Davlat maqsadli jamg ’ armalari mablag ’ lari 5348,9 102,4 Ijrochilar va xayriya tashkilotlari mablag’lari 1560,1 Tijorat banklari kreditlari 441,9 Xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari mablag’lari va beg’araz yordam 3888,3 1182,5 Tijorat banklarining funktsiyalari va operatsiyalari. Tijorat banklarining iqtisodiy roli uning faoliyat doirasining keng bo’lishiga olib keladi. Hindistonlik olima Shrita Chand o’zining “Tijorat banklari va ularning funktsiyalari” haqidagi maqolasida quyidagicha fikr bildirgan; “Banklarni ularning tuzulishi asosida yoki ularning funktsiyalariga qarab turli guruxlarga bo’lish mumkin. Bank strukturasi bank ishlari doirasida bank bo’limlarida shakllanadi. Bankning bajaradigan funktsiyalariga qarab depozit va investitsion banklar faoliyatiga bo’lish mumkin”. Tijorat banklari o’z faoliyati bilan bozor iqtisodiyoti talablariga mos ravishda ishlay oladigan tashkilotlarni o’z vaqtida mablag’ bilan qo’llash va bunday tashkilotlarni aniqlash kabi muxim bir vazifani amalga oshirmoqda. Tijorat banklari kreditlash jaraenlari orqali mamlakat iqtisodining rivojlanishiga xam juda katta xissa qo’shmoqda. (jadval). Tijorat banklarining yana bir muxim funktsiyasidan biri bu xisob to’lovlarini amalga oshirish funktsiyasidir. Bugungi kunda korxona va xo’jaliklari o’rtasidagi xisob–kitoblarning asosiy qismi pul o’tkazish yo’li bilan amalga oshirilmoqda. Bu jaraenlarda tijorat banki vositachi sifatida to’lovlar o’tkazish jaraenini bajarmoqda. To’lov xujjatlarining o’z vaqtida o’tishi xamda xisob- kitob jaraenlarining uzluksizligini ta’minlash zaruriyati bugungi kunda banklardan xisob-kitoblarni tashkil qilish va nazorat qilishning mukammal metodlarini ishlab chiqishni talab etmoqda. Xisob-kitoblarni tezlashtirish jaraenlarni ishonchligini ta’minlash xamda bu jaraenlar bilan bog’liq xarajatlarni kamaytirish maqsadida tijorat banklari bugungi kunda kompyuter texnikasi bilan jixozlangan. Bundan tashqari mamlakat bo’yicha joylashtirilgan filiallar yordamida to’lovlar jaraeni yanada tezlashtirishga erishilmoqda. Bankning bo’limlari tarmog’i barpo etilishi kamida uchta asosiy vazifani ko’zlaydi: - Umuman mamlakat iqtisodieti manfaatlari; - Bank o’z infrastrukturasini rivojlantirish; - Bankning eng katta mijozlari manfaatlarini nazarda tutish. Tijorat banklari to’lovlarni amalga oshirish funktsiyasi orqali bugungi kunda yuridik shaxslarning davlat byudjetiga bo’lgan majburiyatlari nazorat qilinmoqda. Ayni paytda bank tizimining umumiy aktivlari hajmi aholi va yuridik shaxslarning hisobvaraqlaridagi mablag’lar miqdoridan 2 barobardan ham ortiq bo’lib, bu depozitlarni ishonchli himoya qilish hamda ularga o’z vaqtida va to’la hajmda xizmat ko’rsatishni kafolatlaydi. Tijorat banklari quyidagi operatsiyalarni bajaradi: - vaqtincha bo’sh turgan pul mablag’larni yig’ish va ularni kapitalga aylantirish; - korxona, tashkilotlar va axolini kreditlash; - muomalaga kredit pullar (muomalaning kredit vositalari) ni chiqarish; - iqtisodiyotda xisob-kitoblar va to’lovlarni amalga oshirish; - moliya–valyuta bozorida faoliyat ko’rsatish; - iqtisodiy-moliyaviy axborotlar berish va maslaxat xizmatlarini ko’rsatish. Tijorat banki shuningdek quyidagi operatsiyalarni amalga oshiradi: 1. Mijozlarning xisob varaqlarini olib boradi; 2. Mijozlarga kassa xizmati ko’rsatadi; 3 Mijozning topshirig’iga binoan naqd pulsiz xisob-kitoblarni bajaradi; 4. Qisqa eki uzoq muddatli kreditlar beradi; 5. Shartnoma eki pullik asosida buyurtmachining topshirig’iga binoan kapital qo’yilmalarni mablag’ bilan ta’minlaydi; 6. Bo’sh pul mablag’lari - depozitlarini muomalaga jalb qiladi; 7. Axolidan omonotlarni qabul qiladi; 8. Faktoring operatsiyalarini; 9. Lizing operatsiyalarini; 10. Tijorat banki davlatning xamda boshqa tashkilotlarning qimmatli qog’ozlarini xarid qiladi va sotadi; 11. Xorijiy valyuta va qimmatbaho metallarni xarid qiladi va sotadi; 12. O’z mijozlari uchun kafolat va majburiyatlar beradi; 13. Byudjetning kassa ijrosini; 14. Bank operatsiyalari bo’yicha maslaxatlar beradi Lombard tashkilotlari va mikrokredit tashkilotlarining tarkibi va vazifalari. Respublikada nobank kredit tashkilotlari tizimini rivojlantirish borasida ko’rilgan chora-tadbirlar natijasida ularning soni, aholining keng qatlamlariga mikromoliyaviy xizmatlar ko’rsatish imkoniyati kengayib bormoqda. Lombard (frantsuz tilidan tarjima qilinganda Lombard) moliya muassasasi, ko’char mulk garovga qo’yish asosida ssuda beruvchi tashkilot tushuniladi. Lombardlar - fuqarolarga tegishli bo’lgan ko’char mulklar garovga qo’yilgan holda lombardlar tomonidan fuqarolarga kredit berish tushuniladi ya’ni lombardlar aholidan tilla taqinchchoqlar va boshqa likvid buyumlarni garovga qo’yish evaziga ma’lum bir shartlar va foizlarda moliyaviy xizmatlar ko’rsatmoqdalar. O’zbekiston respublikasida lombardlar 2002 yildan buyon O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining «O’zbekiston Respublikasi xududida lombardlarni ro’yxatdan o’tkazish va ular faoliyatini litsenziyalash masalalari to’g’risida"gi 402 - sonli Qarori bilan faoliyat yuritib kelmoqdalar. 2009 yilning 1 yanvar holatiga lombardlarning soni 34 tani tashkil qilmoqda. Mikrokredit tashkilotlari mikromoliyaviy xizmatlar bozorining eng yosh ishtirokchiloridan biridir. Ular 2006 yil 25 avgustdan buyon O’zbekiston Respublikasi "Mikrokredit tashkilotlari to’g’risida"gi Qonuni qabul qilingan dan so’ng faoliyat yuritmoqdalar. Mikrokredit tashkiloti - mikrokredit, mikroqarz, mikrolizing berish soxasida xizmatlar ko’rsatish bo’yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va «Mikrokredit tashkilotlari to’g’risida»gi Qonunga muvofiq boshqa mikromoliyaviy xizmatlar ko’rsatuvchi yuridik shaxsdir. “Aksariyat hollarda mikrokredit va mikromoliyalash mazmun mohiyati birdek tushunilsa hamki, ular o’rtasidagi farqni to’g’ri tushunib olish lozim. Mikrokredit biz bilganimizdek, kredit ishlab chiqarish jarayonida vujudga kelsa, mikromoliyalash esa xuddi shu mijozlarga jamg’arma institutlari va sug’urta kompaniyalari orqali moliyaviy xizmatlarni ko’rsatadi”, - deb mikromoliyalash institutlariga iqtisodchi olimlar ta’rif keltirganlar. 16 “Mikrokredit tashkilotlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq mikrokredit tashkilotlarining boshqa mikromoliyaviy xizmatlar ko’rsatuvchi tashkilotlardan farqi, ular qarz majburiyatlarini chiqarishga hamda jismoniy shaxslardan omonatlar (depozitlar) qabul qilishga haqli emas deb ko’rsatilgan. Bugungi kunda mikrokredit tashkilotlari mikrokredit yoki mikroqarz berish, qarz majburiyatini sotish yoki sotib olish(faktoring), mikrokredit tashkiloti lizing beruvchi sifatida ishtirok etadigan mikrolizing (moliya ijarasi) va qonun xujjatlariga muvofiq boshqa turdagi mikromoliyaviy xizmatlar ko’rsatish, shu jumladan iste’mol kredit berish bilan shug’ullanmoqdalar. Mikrokredit tashkilotlari kredit siyosatiga muvofiq o’rtacha yillik 60 % gacha mikrokreditlar bermoqdalar. Garov, ta’minot sifatida ular tilla taqinchoqlar, texnika asbob uskunalar va boshqa buyumlar qabul qilishadi. Shuningdek mikrokredit tashklotlar tijorat banklar va mikrokredit tashkilotlar singari depozitlar qabul qilmaydi. Unga ko’ra tijorat banklar tomonidan ajiratilayotgan kreditlar va mikrokreditlar uchun foiz stavkalari o’rtacha yillik 16 foizni, mikrokredit tashkilotlarida yillik 30 foizni, mikrokredit tashkilotlarida yillik 35 foizni tashkil qilayotgan bo’lsa, lombardlarda bu foiz stavkasi ancha balandroq. Lombardlar bir oyiga 17 foizgacha yillik foiz stavkalri esa tahminan 210 foizni tashkil qilmoqda. Mikrokredit tashkilotlari o’z faoliyatini belgilangan qonuniy hujjatlar asosida olib boradilar. Qonuniy baza to’g’ri va mustahkam bo’lsa ularning faoliyati barqaror bo’ladi. Shu sabali ham Prezident I. Karimov ta’kidlaganidek, kredit tashkilotlari zimmasiga “...investitsiya faoliyatini kengaytirish vazifalari yuklangani sababli ularning ishini tubdan qayta tashkil etish lozim.”. Lombardlar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2003 yil 17 sentyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi xududida lombardlarni ro’yxatdan o’tkazish va ular faoliyatini litsenziyalash masalalari to’g’risida”gi 402-sonli qaroriga muvofiq shuningdek O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 289-moddasiga, "O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 50-moddasiga, Vazirlar Mahkamasining "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida" 2002 yil 28 iyundagi 236-son qaroriga muvofiq hamda O’zbekiston Respublikasi hududida lombardlarni ro’yxatdan o’tkazish va ular faoliyatini litsenziyalashni tartibga solish va boshqa yo’riqnomalar va tartiblarga asosan, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 2003 yil 22 sentyabrda tasdiqlangan va O’zbekiston Respublkasi Adliya vazirligi tomonidan 2003 yil 10 dekabrda ro’yxatdan o’tkazilgan 1291-sonli “Lombardlar faoliyatini litsenziyalash tartibi to’g’risida”gi Nizomga va O’zbekiston respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 2003 yil 22 sentyabrda tasdiqlangan va O’zbekiston Respublkasi Adliya vazirligi tomonidan 2003 yil 10 dekabrda ro’yxatdan o’tkazilgan 1290-sonli “Lombardlar tomonidan faoliyat va operatsiyalarni amalga oshirish qoidalari”ga muvofiq o’z faoliyatlarini amalga oshiradilar. Lombardlar tomonidan kreditlarni rasmiylashtirish va berish tartibi quyidagicha: Garov ostida kreditni berilishi lombard bilan fuqaro o’rtasida tuziladigan kredit shartnomasiga va garov shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Lombardlar undiruvni qaratish mumkin bo’lmagan mulkni garovga qabul qilish huquqiga ega emas. Shuningdek bir shaxsga berilishi mumkin bo’lgan kreditlar summasi va soni, ularning beriladigan muddatlari, shuningdek kreditlardan foydalanish uchun to’lovlar me’yori, tomonlar kelishuviga asosan belgilanadi. Fuqarolar kredit olish uchun lombardga garovga topshiriladigan mulk tomonlar kelishuviga asosan baholanadi. Lombardlar faoliyatini tartibga soluvchi xuquqiy xujjatlar 1. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining 2003 yil 17 sentyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi xududida lombardlarni ro’yxatdan o’tkazish va ular faoliyatini litsenziyalash masalalari to’g’risi” dagi 402- sonli qarori. 2. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 2003 yil 22 sentyabrda tasdiqlangan va O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2003 yil 10 dekabrda ro’yxatdan o’tkazilgan “Lombardlar tomonidan faoliyat va operatsiyalarni amalga oshirish qoidalari” 1290-sonli yo’riqnomasi. 3. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 2003 yil 22 sentyabrda tasdiqlangan va O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2003 yil 10 dekabrda ro’yxatdan o’tkazilgan “Lombardlar faoliyatini litsenziyalash” 1291-sonli yo’riqnomasi. Mikromoliyaviy xizmatlar ko’rsatuvchi tashkilotlar orasida yagni bir moliya muassasalaridan biri bu mikrokredit tashkilotlaridir. Mikrokredit tashkilotlar 2006 yil 26 avgustdagi “Mikrokredit tashkilotlari to’g’risida”gi qonunga muvofiq o’z faoliyatlarini amalga oshiradilar. Unga ko’ra mikrokredit tashkiloti - mikrokredit, mikroqarz, mikrolizing berish soxasida xizmatlar ko’rsatish bo’yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va «Mikrokredit tashkilotlari to’g’risida»gi Qonunga muvofiq boshqa mikromoliyaviy xizmatlar ko’rsatuvchi yuridik shaxs deb ko’rsatib o’tilgan. Mikrokredit tashkiloti ishlab chiqarish, sug’urta, savdo-vositachilik va «Mikrokredit tashkilotlari to’g’risida»gi qonunda nazarda tutilmagan boshqa faoliyat bilan bevosita shug’ullanishga xakli emas. Mikrokredit tashkiloti faoliyatining huquqiy asoslari quyidagilardan iborat: 4- «Mikrokredit tashkilotlari to’g’risida»gi Qonun; 4- «Mikromoliyalash to’g’risida»gi Qonun; 4- Vazirlar Maxkamasining “Moliyaviy xizmatlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori (2007 yil 19 fevral №37); 4- Mikrokredit tashkilotlarini litsenziyalash tartibi to’g’risidagi Nizom (Adliya vazirligida 2006 yil 31 oktyabrda ro’yxatga olingan №1635); A Mikrokredit tashkilotlari tomonidan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish Qoidalari (Adliya vazirligida 2006 yil 23 noyabrda ro’yxatga olingan №1642); 4- Mikrokredit tashkilotlarida buxgalteriya xisobi xisobvaraklari rejasi (Adliya vazirligida 2006 yil 11 noyabrda ro’yxatga olingan №1639); 4- Tijorat banklari, mikrokredit tashkilotlari va mikrokredit tashkilotlari tomonidan byudjetga soliqlarni hisoblash va to’lash tartibi to’g’risida Nizom (Adliya vazirligida 2007 yil 9 avgustda davlat ro’yxatiga olingan №1701); 4- Mikrokredit tashkilotlari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish Qoidalari (Adliya vazirligida 2007 yil 24 sentyabrda davlat ro’yxatiga olingan № 1719); 4- Mikrokredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish to’g’risida Yo’riqnoma (Adliya vazirligida 2007 yil 12 oktyabrda davlat ro’yxatiga olingan № 1728); 4- Mikrokreditbank orqali mikromoliyalashtirish uchun jalb etilgan grant va kreditlarni mikrokredit tashkilotlari va mikrokredit tashkilotlari o’rtasida tanlov asosida taqsimlash tartibi to’g’risidagi Nizom (Adliya vazirligida 2008 yil 31 yanvarda davlat ro’yxatiga olingan № 1763); Mikrokredit tashkilotlari yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq har kanday tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etilishi mumkin, shuningdek mikrokredit tashkilotlari davlat organlari, siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari va dinniy tashkilotlar tomonidan tashkil etilishi mumkin emasligi qonunda ko’rsatib o’tilgan. Mikrokredit tashkilotining ustav fondi pul mablag’laridan, shuningdek mazkur tashkilot ustav fondi miqdorining yigirma foizidan oshmaydigan boshqa mol-mulkdan shakllantiriladi. Mikrokredit tashkilotining ustav fondini shakllantirishda kreditga, garovga olingan mablag’lardan va boshqa jalb qilingan mablag’lardan foydalanishga yo’l qo’yilmaydi. Mikrokredit tashkilotlari ustav fondining eng kam mikdori, Toshkent shaxrida tashkil etilayotgan mikrokredit tashkilotlari uchun 20 ming AKSh dollari ekvivalentida, boshka axoli punktlarida tashkil etilayotgan mikrokredit tashkilotlari uchun 10 ming AKSh dollari ekvivalentida belgilangan. Litsenziya olish uchun mikrokredit tashkiloti qonunchilikda belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tganidan so’ng 60 kundan kechiktirmasdan Markaziy bankka yoki uning xududiy Bosh boshqarmasiga quyidagi xujjatlarni taqdim etishi lozim. > litsenziya berish to’g’risidagi ariza; >mikrokredit tashkilotining ta’sis hujjatlari; >mikrokredit tashkiloti davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risida guvoxnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi; >mikrokredit tashkiloti boshqaruv organlarining tarkibi to’g’risida ma’lumot; >mikrokredit tashkilotining ustav fondi shakllanganligini tasdiqlovchi bank hujjati; Mitsenziya davogarining arizasini ko’rib chiqilishi uchun yigim to’langanligini tasdiklovchi to’lov topshiriknomasining nusxasi. > Markaziy bank taqdim etilgan hujjatlar qonunchilikda o’rnatilgan talablarga nomuvofiqligiga, hujjatlarda noto’g’ri va buzib ko’rsatilgan ma’lumotlar mavjudligiga, mikrokredit tashkiloti ijro etuvchi organi rahbarining malaka talablariga nomuvofiqligiga ko’ra, litsenziya berilishini rad etish huquqiga ega. Mikrokredit tashkilotlar o’z mablag’lari, shu jumladan olgan daromadlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan mikromoliyaviy xizmatlar ko’rsatadi. Iqtisodchi Anil Karnani o’zining “Mikromoliyalash izidan...” nomli asarida; “Mikrokredit avvalam bor, nochorlarga yordam ko’rsatishi kerak. Bu to’g’rida hamma o’z fikrini bildirgan, shu asnoda Yunus ham; “Biz Bangladesh halqini 2030 yilgacha qashshoqlikdan qutqaramiz”, - degan g’oya bilan chiqqan. 2006 yilda Mikrokredit tashkilotlar yig’ilishida Umum jahon qashshoqlikka qarshi kurashishda mikrokredit eng afzal instrument hisoblanadi” deb mikrokredit haqida o’z fikrlarini bildirgan. Mikrokredit tashkilotlari mikromoliyaviy xizmatlar ko’rsatishi uchun o’z mablag’lari, shu jumladan olgan daromadlari, shuningdek investorlar, shu jumladan chet ellik investorlar tomonidan investitsiya shartnomalari asosida berilgan mablag’lari, bankning kreditlari va davlat maksadli jamg’armalarining mablag’lari, xalqaro moliya institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, shu jumladan chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining grantlari va qarz mablag’lari va qonun xujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbaalar hisobidan xizmat ko’rsatadi. Adabiyotlar: 1. Cousin. E. J. Invertment strategy and the monetary a buziness cyeles – NY. Ets: Wiley, 1990. - R. 301. 2. Friedman M. The lag in Effect of monetary policy, journal of Political Economy, Oct. 1961. - R. 237-260. 3. M.Fridmen. Esli bi zagovorili dengi. Per. s angl. -M.: INFRA-M, 2001.- S. 63. 4. Rashidov O.Yu. va boshqalar. Pul, kredit va banklar. Darslik. –T.: Cho’lpon, 2011. -328 bet. 5. Abdullaeva Sh.Z. Bank ishi. Darslik . - T .: Iqtisod - moliya , 2017. 6. Лаврушин О.И., Афанасьева О.Н., Корниенко С.Л. Банковское дело: современная система кредитования. Учебное пособие. – М.: КНОРУС, 2009. – 264 стр. 7. Меркулова И.В., Лукьянова А.Ю. Деньги, кредит, банки. Учебное пособие. – М.: КНОРУС, 2010. – 352 стр. 8. Toymuhamedov I.R. Bank ishi. Toshkent. 2012 yil.