logo

Davlat organlari va boshqa organlar, shuningdek mansabdor shaxslarning xatti-harakati (qaror)lari ustidan berilgan shikoyat va arizalar bo`yicha ishlarni yuritish

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

76.5 KB
Reja: 1. Idoralar va mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyatlarni ko`rib hal etishning umumi tavsifi 2. Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti- harakatlar va qarorlar ustidan shikoyat berish 3. Saylov komissiyalarining xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyatlarni ko`rib chiqish muddati va tartibi 4. Notarial harakatlar yoki bunday harakatlarni bajarishni rad etganlik ustidan berilgan shikoyatlar to`g`risidagi ishlarni ko`rish 5. Fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlaridagi noto`g`riliklarni beglilash 6. Prokurorning huquqiy hujjatni g`ayriqonuniy deb topishi haqida Idoralar va mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyatlarni ko`rib hal etishning umumi tavsifi Fuqarolik sud ishlarini yuritish to`g`risidagi qonun hujjatlarida, jumladan Fuqarolik Protsessual kodeksining 2-moddasida belgilanganidek, sudlar da`vo ishi tartibida yuritiladigan ishlardan tashqari idoralar va mansabdor shaxslarning xatti- harakatlari (qarorlari) ustidan beriladigan shikoyatlarni ham, alohida ish yuritish tartibida hal qilinadigan ishlarni ham ko`radilar. Davlat idoralari va boshqa idoralar, shuningdek mansabdor shaxslarning xatti- harakatlari (qarorlari) ustidan beriladigan shikoyatlarni faqat qonunda to`g`ridan- to`g`ri nazarda tutilgan hollardagina sudlarga taalluqli bo`ladi. Umumiy qoida bo`yicha, idoralar va mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (qarorlari)ga beriladigan shikoyatlar asosan ma`muriy tartibda ish yuritish qoidasiga amal qilgan holda ish ko`riladi.1 Amaldagi fuqarolik protsessual kodeksida bu turkumga kiradigan ba`zi ishlarning hal etilishini sudning vakolatiga kiritilganligini va uning ish ko`rish doirasini kengayganini ko`ramiz, jumladan, bu masalalarga oid FPKning uch kichik bo`lim ajratilib, uni davlat organlari va boshqa organlar, shuningdek masabdor shaxslarning xatti-harakat (qaror)lari ustidan berilgan shikoyat va arizalar bo`yicha ish yuritish deb nomlanib, umumiy qoida deb nomlangan 29-bobda davlat organlari va boshqa organlar, shuningdek mansador shaxslarning xatti-harakat (qaror)lari ustidan berilgan shikoyatlarga oid ishlar yoritilib, bu ishlarga: 1-dan, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlari ustidan shikoyat berish; 2-dan, notariusning, fuqarolik holati aktlarini qayd qilish organining muayyan harakatlarini bajarishni rad etganligi yoki noto`g`ri bajarilganligi ustidan shikoyat berish; 3-dan, prokurorning huquqiy hujjatning g`ayriqonuniy deb topish to`g`risidagi arizasini ko`rish bilan bog`liq ishlarni ko`rib hal etish belgilangan (FPKning 264-moddasi). Fuqarolarning ishtiroki bilan bo`ladigan bunday ma`muriy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni ko`rib hal etishning sud tartibi sudsiz ma`muriy tartibda ko`riladigan ishlarga nisbatan muayyan ustunliklarga ega bo`lish nizolarning to`g`ri hal qilinishiga katta kafolatlar yaratilganligini, fuqarolar, davlat va boshqa idoralarning huquq ham manfaatlarini jiddiy qo`riqlanishi bilan farqlanadi. Idoralar va mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyatdar yuzasidan kelib chiqadigan ishlar fuqarolik sud ishlarini yuritishning umumiy qoidalari bo`yicha, ammo ularning ayrim xususiyatlarini e`tiborga olgan holda sudda ko`riladi. Bunday ishlar ma`muriy huquqiy munosabatlardan kelib chiksa ham, biroq qonunda ko`rsatilgan hollarda sud tartibida ko`rishga taaalukli qilib belgilangan. Qonunda ma`muriy huquqbuzarlik qoidalarini buzish uning huquqiy oqibatlari organlar, mansabdor shaxslar va sud tomonidan bunday ishlarni ko`rib hal qilish tartibiga, undan keyin davlat organlari boshqa organlar, shuningdek mansabdor shaxslarning xatti-harakat (qaror)lari ustidan berilgan shikoyat va arizalar bo`yicha ish yuiritish masalalari yoritiladi. Amaldagi qonunga asosan ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan shikoyatni manfaatdor shaxs-jabrlanuvchi, shuningdek ularning qonuniy vakillari va advokatlar tomonidan berilishi mumkin. Shikoyat yuqori turuvchi organga (mansabdor shaxsga) yoki ma`muriy ishlar bo`yicha tuman (shahar) sudyasiga, sudyaning ma`muriy ishlar bo`yicha qarori ustidan esa, tuman (shahar) sudi raisiga yoki yuqori turuvchi sudga berish tartibi belgilangan. Shikoyat ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi ish yuzasidan qaror qabul qilgan organ (mansabdor shaxsga) yoki bevosita sudga yuboriladi. Ish yuzasidan qaror chiqargan organ (mansabdor shaxs) shikoyatni olgach, uni uch sutka ichida ish bilan birga shikoyatni ko`rib chiqish huquqiga ega bo`lgan organga (mansabdor shaxsga) yuboradi. Qonunga ko`ra, qaror ustidan shikoyat bergan shaxs davlat boji to`lashdan ozod etiladi. Shikoyat qarorning nusxasini olgan kundan boshlab o`n kun ichida beriladi. Agar shikoyat muddati uzrli sabablar bilan o`tkazilib yuborilgan taqdirda bu muddat shikoyatni ko`rib chiqishga vakolatli organ (mansabdor shaxs) tomonidan tiklanishi konunda nazarda tutilgan. Prokuror, tuman (shahar) sudining ma`muriy ishlar bo`yicha sudyasining qarori ustidan-tuman (shahar) sudining raisiga yoki yuqori turuvchi sudga boshqa organ (mansabdor shaxs) qarori ustidan qaror chiqargan organga (mansabdor shaxsga) protest bildirishi mumkin. Ma`muriy ish yuzasidan chiqarilgan qarorga nisbatan berilgan shikoyat va bildirilgan protestni vakolatli organlar (mansabdor shaxslar), shikoyat va protest tushgan kundan boshlab o`n kun muddat ichida ko`rib chiqishi lozim. Berilgan shikoyat yoki bildirilgan protestni ko`rib chiqish paytida organ (mansabdor shaxs) chiqarilgan qarorni qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirishi lozim. Ma`muriy ishlar bo`yicha sudyaning qarori yuzasidan berilgan shikoyat yoki protest bo`yicha kassatsiya instansiyasi sudida ish yuritish tartibi ayrim istesnolardan tashqari qonunda ko`rsatilgan qoidalarga asosan hal etiladi. Kassatsiya instansiyasi sudi ma`muriy ishlar bo`yicha sudyaning qarori yuzasidan berilgan shikoyatni yoki bildirilgan protest bo`yicha hal qiluv qarori chiqaradi va u chiqarilgan vaqtdan boshlab kununiy kuchga kiradi. Ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi ish yuzasidan ish yoki bildirilgan protestni ko`rib chiqish paytida organ (mansabdor shaxs) quyidagi qarorlaridan birini qabul qiladi. 1) chiqarilgan qarorni o`zgartirishsiz, shikoyat yoki protestni esa qanoatlatirmasdan qoldiradi; 2) chiqarilgan qarorni bekor qiladi va ishni qayta ko`rib chiqish uchun yuboradi; 3) chiqarilgan qarorni bekor qiladi va ishni yuritishni tugatadi; 4) jazo chorasini kuchaytirmagan holda uni ma`muriy huquq-buzarlik uchun javobgarlik to`g`risidagi normativ hujjatda nazarda tutilgan doirada o`zgariradi. qarorni bekor qilish yoki o`zgartirish uchun organ (mansabdor shaxs) tomonidan ishni to`liq bo`lmagan holda yoki bir tomonlama ko`rib chiqilishi, organ (mansabdor shaxs) hal qiluv qarorining va qonunda qo`llangan normalari va ma`muriy javobgarlik nazarda tutilgan boshqa normativ hujjatlar ishning faktik holatlariga mos kelmasligi, ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi ishlarni yuritilsh qoidalarini jiddiy buzilishi, qo`llanilgan ma`muriy jazoning adolatsizligi asos bo`lib hisoblanishi lozim. Shikoyat yoki bildirilgan protest bo`yicha qabul qilingan qarorlarida: u chaqirilgan vaqt va joy, shikoyat va protestni ko`rib chiqayotgan mansabdor shaxs, prokuror va boshqa ishtirok etayotgan shaxslar, protestni mohiyati, chiqarilgan qarorni asoslanishi qarorda ko`rsatilishi lozim. Sudning hal qiluv qarorining nusxasi uning ish yuzasidan qaror chiqarilgan shaxsga uch kun muddat ichida yuboriladi. Protestni ko`rib chiqish natijalari to`g`risida esa prokurorga ma`lum qilinishi lozim. Agar sud ma`muriy ishni ko`rishda tugatish bilan qarorni bekor qilish, undirib olingan pul summalarini va narsalarini qaytarib berishga, shuningdek ilgari qabul qilingan qaror bilan bog`liq chiqimlar cheklashlari bekor qilishga oid bo`ladi. Narsani qaytarib berish mumkin bo`lmagan hollarda uning qiymati, basharti bu narsalar tadbirkorlik uchun muljallangan bo`lsa, boy berilgan foydasi ham qoplanadi. Bunday ishlar qaytarma da`vo talablariga oid qoidalar asossiz tartibga solinadi. Idoralar va mansabdor shaxlarning xatti-harakat (qaror)lariga berilgan shikoyatlar yuzasidan kelib chiqadigan va fuqarolik sud ishlarini yurgizish qoidalari bo`yicha ko`riladigan ishlar sudning yoki sudyaning yakka holda ma`muriy jazoga tortish to`g`risidagi ko`riladigan ishlarini, chunonchi mayda xuliganlik uchun qamoqka olish yoki jarima solish to`g`risidagi, ichkilikka berilganlarni davolash uchun mehnat profilaktoriyalariga yuborish va shu kabi boshqa ishlarni ko`rishdan farq qilish kerak. Yuqorida qayd qilingan ma`muriy huquqbuzarlik tufayli sudda ko`riladigan ishlarni idoralar va mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (qaror)lariga berilgan ishkoyatlar yuzasidan kelib chiqadigan ishlarni da`vo ishi tartibida ko`riladigan fuqarolik ishlariga ham aralashtirmaslik kerak. Agar ma`muriy akt bilan fuqarolik, mehnat yoki boshqa munosabatlardan kelib chiqadigan huquqlar buzilsa-bu holda ish da`vo ishini yuritish tartibida ko`riladi. Bunday ishlar, masalan, turar joy maydoniga beriladigan orderni haqiqiy emas deb topish, notarial organning ijro xati haqida nizolashish, mulkni xatlashdan arestdan chiqarish, fuqarolik holati dalolatnoma yozish daftarida otalikni haqiqiy emas deb topish to`g`risidagi, ma`muriy jazo berilishi haqidagi buyruqni bekor qilish va shu kabi boshqa da`volar ko`riladi. Yuqorida ko`rsatib o`tilgan ishlarga nisbatan fuqarolik sud ishini qoidalariga hech qanday istisnolar va qo`shimchalar belgilanmagan. Bunday ishlar da`vo ishini yuritish tartibida ko`riladi. Davlat yoki jamoat xo`jaliklarining ekinlarini poyxon qilish tufayli yetkazilganzararning to`lanishi to`g`risidagi fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish idoralarining qarori ixtiyoriy ravishda bajarmagan fuqarolarga nisbatan qo`zg`atiladigan da`volar ham da`vo ishini yuritish tartibida ko`riladi. Sudga shikoyat berish uchun asos bo`lib davlat organlari boshqa organlar va mansabdor shaxslarning hay`at tarkibi (kollegial) tomonidan hamda rahbar xodimlarining yakka taribda amalga oshirilgan xatti-harakatlari natijasida; Fuqarolarning huquqlari va erkinliklari buzilsa; fuqaro yuqorida ko`rsatilgan idora va mansabdor shaxslarning harakatlari tufayli fuqaroning o`z huquq va erkinliklarini amalga oshirishga turli to`sqinliklar vujudga kelgan bo`lsa; Shuningdek fuqaro zimmasiga birorta g`ayriqonuniy majburiyat yuklatilishi yoki uning g`ayriqonuniy ravishda biror-bir javobgarlikka tortilishiga sabab bo`ladigan harakatlar (qarorlar) ham sudga shikoyat qilishini mumkin bo`lgan harakatlar jumlasiga kiradi (FPKning 266-moddasi). Fuqarolarning huquq va erkinliklarini buzadigan organlar va mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyatlarga oid ishlar Fuqarolik protsessual kodeksining 264-275-moddalarida ko`rsatilgan bo`lib har qanday xatti-harakatlar tushiniladi. Bulardan mustasno tariqasida agar; a) qonun hujjatarida binoan bunday ishlar O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining vakolatiga kiritilgan xatti-harakat (qaror)lar; b) qonunda yoki boshqa huquqiy me`yorlarda tegishli xatti-harakatlar (qarorlar)ga nisbatan shikoyat qilish boshqa tartibi belgilangan xatti-harakat (qaror)lar sudlarga taalluqli bo`lmaydi, bu FPKning 267-moddasiga belgilangan. Organlar va mansabdor shaxslarning xatti-harakat (qarorlar)lari ustidan beriladigan shikoyatlarga oid ishlar sudlovlik to`g`risidagi qoidalarga amal qilgan holda fuqaro o`zining yashab turgan joyidagi sudga yoki davlat organi yoki mansabdor shaxsning ish joyi joylashgan hududdagi (alternativ sudlovlik) sudga shikoyat bilan murojaat qilishga haqli. Shikoyat bo`yicha sudyaning harakatlari organlar va mansabdor shaxslarning xatti-harakat (qaror)lari ustidan shikoyatlarga oid ishlarni qonunda ko`rsatilgan turkumdagi ishlariga tegishli bo`lib, bu qoidaga asosan sudya organlar va mansador shaxslardan zarur bo`lgan hujjatlarni talab qilishga hamda fuqaroning iltimosiga yoki o`zining tashabbusi bilan qilingan xatti-harakat (qaror)larining ijrosi sudda hal etgunga qadar to`xtatish masalasini ham hal etishga haqlidir. Sud, bu umumiy qoidalarni FPKning 27-29-boblarida belgilangan ma`muriy huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan ishlarga ham tadbiq etishi lozim. Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan shikoyat berish Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlarni va qarorlar yuzasidan shikoyat berish bilan bog`liq bo`lgan ishlarni yuritish FPKning 27 bobida belgilangan qoidalardir. Bulardan tashqari 1995 yil 30 avgustda qabul qilingan «Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to`g`risida»gi hamda «Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlari va qarorlari ustidan keltirilgan shikoyatlarni sudlarda ko`rish amaliyoti to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumining 1996 yil 19 iyulidagi qarori bilan tartibga solinadi.1 Bu huquqiy me`yorlarda shikoyat qilish uchun asoslar va boshqa qoidalar o`z ifodasini topgan. FPKning 269-moddasida shu turkumdagi ishlar yuzasidan shikoyat berish tartibi ko`rsatilgan. Bu qoidada fuqaro o`zining huquqlarini va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar (qarorlar) ustidan bevosida sudga murojaat qilishga agar yuqori idora, mansabdor shaxs shikoyatni bir oy muddatda ko`rib chiqmasa yoki shikoyatga rad javobini olsa, fuqaro shikoyat bilan sudga murojaat qilishga haqli bo`la oladi. Davlat organlari, fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoa birlashmalari, mansabdor shaxslarning xatti- harakat (qaror)lari ustidan beriladigan shikoyatlar FPKning 148-149-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq rasmiylashtirilishi va O`zbekiston Respublikasining «Davlat boji haqida»gi qonuni va Vazirlar mahkamasining «Davlat boji stavkalari haqida»gi qarorida belgilangan tartibda davlat boji undirilishi yuqoridagi O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenum qarorini 12- bandida ko`rsatilgan.1 Shikoyat berish huquq manfaatlari poymol qilingan fuqaro yoki uning vakili, shuningdek fuqaroning iltimosiga asosan vakolat berilgan jamoat birlashmasining, mehnat jamoasining vakili tomonidan berilishi mumkin. Shikoyat qilish turli sohalarda uchrashi mumkin. Masalan, boladan alohida yashayotgan ota yoki ona, tarbiya, davolash, aholini ijtimoiy himoyalash muassasalari va boshqa shunga uxshash muassasalardan o`z bolasi to`g`risida axborot olish huquqiga ega ekanligi, agar ota (ona) tomonidan bolaning hayoti va sog`lig`i uchun xavf-xatar bo`lganda ularga axborot berishni rad etganda manfaatdor shaxs rad etish haqidagi qaror ustidan sudga shikoyat qilish mumkinligi belgilangan.2 Amaldagi Fuqarolik-protsessual kodeksida harbiy xizmatchilar o`zlarining huquqlari va erkinliklarini buzgan harbiy boshqarma organlari va harbiy mansabdor shaxslarning xatti harakatlari (qarorlari) ustidan qonunda ko`rsatilgan hollarda harbiy sudga shikoyat bilan murojaat qilish huquqi belgilangan. O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenum qarorida harbiy xizmatchi bo`lmasada, harbiy boshqaruv organlarida egallab turgan lavozimi bo`yicha harbiy xizmatchilarning huquqlari va erkinliklariga taalluqli masalalarni hal etish vakolatiga ega bo`lgan shaxslarning harakatlari va qarorlari ustidan ham harbiy sudga shikoyat qilishi mumkinligi ko`rsatilagan. Bulardan tashqari bu Plenum qarorining 4-6-bandlarida, shikoyat qilish uchun asos bo`ladigan ayrim ishlar keltirilgan. Shuningdek jamoat tashkilotlari va birlashmalari, uy-joy ko`rish kooperativlari, xissadorlik jamiyatlari, kasaba uyushmalari va shu kasabalar uyushmasining umumiy majlis hamda ularning boshqaruv organlari va mansabdor shaxslarning qarorlari hamda sudga shikoyat qilinishi mumkinligi belgilangan. Demak, harbiy xizmatchilar o`zlarining harbiy tartib qoidalarini bajarishda mansabdor shaxslari yoki harbiy boshqarmalarining qarorlari tufayli ularining huquq va manfaatlari poymol qilingan bo`lsa, yuqoridagi qonun va boshqa huquqiy me`yorla shu holatga ko`ra sudga shikoyat qilish imkoniyatidan foydalanish mumkinligi o`z ifodasini topgan. Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlari va qarorlar ustidan shikoyat berish uchun muddatlarga amal qilgan bo`lishi lozim masalan, fuqaroga o`zining huquqlari va erkinliklarini buzilganligi ma`lum bo`lgan kundan e`tiboran uch oylik muddat belgilangan. Bunday turkumdagi ishlarni sud fuqarolik ishlarini sudda ko`rish bilan bog`liq umumiy kodalar asosida hal etadi. Oliy sudning yuqoridagi Plenum qarorida agar sud shikoyatni ko`rish paytida harakati ustidan shikoyat qilinayotgan mansabdor shaxs ilgarigi lavozimida ishlamayotgan bo`lsa, u holda sud fuqarolarning buzilgan huquq va erkinliklarini tiklash vakolatiga ega bo`lgan tegishli organ, tashkiloti ishga jalb qilish to`g`risidagi masalani hal etishi, bordi-yu shikoyat qanoatlantirilgan taqdirda sul shu organ tashkilot rahbariga fuqaroning buzilgan huquq va erkinliklarini tiklash majburiyatini yuklash mumkinligi ko`rsatilgan. Sud shikoyati ko`rib chiqish yakuniy bo`yicha hal qiluv qarori chiqaradi. Agar sud ishda to`plangan dalillariga asosan shikoyatni asosli ekanligi aniqlasa shikoyat qilingan xatti-harakat (qarorni) g`ayriqonuniy deb topadi va fuqaroning talabni qanoatlantirish masalasini hal etib uning uning buzilgan huquq va erkinliklarini tiklaydi va fuqaroni talabini qanoatlantirish majburiyatini yuklaydi. Unga nisbatan qo`llanilgan javobgarlik chorasini bekor qiladi yoki uning buzilgan huquqini boshqacha yo`l bilan tiklash masalasini hal etadi, aks holda shikoyatni qanoatlantirishni rad etish to`g`risida hal qiluv qarorini chiqaradi.1 qonuna belgilanganidek hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgandan so`ng tegishli organga yoki mansabdor shaxsga shuningdek fuqaroga o`n kundan kechiktirmasdan hal qiluv qarorini nusxasini yuborilishi ko`rsatilgan. Tegishli manfaatdor shaxs esa, hal qiluv qarorini olgan kundan e`tiboran bir oy muddatda kechiktirmay ijrosi haqida sud va fuqaroga ma`lum qilishi lozim. Agar hal qiluv qarori belgilangan muddatda ijro qilinmagan taqdirda sud javobgar zimmasiga mulk yoki pul berish bilan bog`liq bo`lmagan muayyan harakatlarni bajarish majburiyatini yuklovchi ishni ko`rsatgan bo`lsa, talab qiluvchi bu harakatlarni javobgar hisobidan bajarishi va sarf qilgan xarajatlarini keyinchalik javobgardan undirib olishga haqlidir (FPKning 211-moddasi). Xal qiluv qarorini boshqa hollarda bajarmaslik oqibatlarini FPKning 381- moddasida ko`rsatilgan huquqiy oqibatlar tug`dirishi mumkin. Fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida sud ishlarni ko`rish chogida tegishli organlar va mansabdor shaxslarning faoliyatida jiddiy kamchiliklar aniqlansa, sud bu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida xususiy ajrimlar chiqarib, vakolatli organlar va mansabdor shaxslarga yuborishi, agar jinoyat alomatlari mavjudligi aniqlansa proko`ratura organlarini xabardor qilishi lozim bo`ladi. Saylov komissiyalarining xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyatlarni ko`rib chiqish muddati va tartibi  Sud amaliyotida saylov komissiyalarining harakatlari (qarorlari) ustidan beriladigan shikoyatlar juda kam uchraydigan ma`muriy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar turkimiga kirsa-da, bunday ishlar ham sudlarga taalluqli ekanligi belgiglangan. Saylov bilan bog`liq ishlar aksariyat hollarda uchastka komissiyalarida, tegishli hokimiyatlarda hal etiladi. Sud idoralarida bu turkumdagi ishlarni yuritish faqat qonunda ko`rsatilgan hollardagina ularga taalluqli bo`ladi (FPKning 272-moddasi). Saylov o`tkazishda uchastka saylov komissiyalarining ahamiyati muhim o`rin to`tadi. Ular har bir saylovchini saylov ro`yxatiga to`g`ri kiritishlari darkor. Bu ishlar tuman (shahar) hokimiyat-larini roli beqiyos bo`lib, ular shu hududda istikomat qiluvchi saylovchilarning ro`yxatlari va boshqa saylovga doir ma`lumotlar bilan saylov komissiyasini ta`minlashi va shular asosida ro`yxat tuzishi lozim. Fuqarolar saylov ro`yxati bilan tanishish uchun saylov uchastka komissiyasi binosiga taklif qilinadi. har qanday O`zbekiston fuqarosi saylov komissiyasiga saylovchilari ro`yxatidagi xato va kamchiliklar to`g`risida arz qilishga haqlidirlar. Fuqarolarning saylovchilar ro`yxatidagi noto`g`riliklari tushunchasiga, chunonchi: ro`yxatga kiritilmaslik, ro`yxatdan chiqarilganlik, familiyasi, ism va otaning ismi buzib yozilganlik va hokazo kiradi. Uchastka saylov komissiyasi saylovchining arizasini yigirma to`rt soat ichida ko`rib chiqishi lozim. Ro`yxatga noto`g`ri kiritilganlik to`g`risidagi va qonunda ko`rsatilgan boshqa masalalar hamda tegishli uchastka saylov komisssiyasi tomonidan chiqargan qarorlardan norozi tomon shu qaror ustidan tegishli saylov uchastkasi joylashgan tuman, shahar sudiga shikoyat berishlari mumkinligi qonunda ko`rsatilgan.1 Sudda beriladigan bunday shikoyatga shikoyatchining arizasi rad qilinganligi to`g`risidagi uchastka saylov komissiyasining asoslantirilgan ma`lumoti ilova qilinadi. Agar bu yozma ma`lumot shikoyat bilan birga taqdim etilmagan bo`lsa, sud uni tegishli uchastka saylov komissiyasidan talab qilib olishga majbur. Demak, sud shikoyatni qabul qilishi uchun ariza beruvchi shaxs saylovchilar ro`yxatida bo`lgan noto`g`riliklarni tuzatish to`g`risida ilgari ariza bergan bo`lishi va saylov komissiyasi bu arizani rad qilgan bo`lishi kerak degan xulosa qilish lozim. Bordi-yu fuqaro arizani avval saylov komissiyasiga bermasdan, sudiga shikoyat qilgan taqdirda sud arz qiluvchiga saylovchilar ro`yxatini tuzatishning qonun bilan belgilangan tartibini tushuntirib, shikoyatni tegishli uchastka saylov komissiyasiga yuborishga majbur. O`zbekiston Respublikasi Oliy majlisiga saylov o`tkazish to`g`risidagi qonunning 18-moddasida ko`rsatilganidek, Saylov komissiyasining qarorlari siyosiy partiyalarning organlari xokimiyat vakillik organlari, deputatlikka nomzodlar, ularning ishonchli vakillari, kuzatuvchilari, saylovchilar tomonidan yuqori saylov komissiyasiga yoki sudga qaror qabul qilingandan keyin o`n kun muddat ichida shikoyat qilishlari mumkin. Markaziy saylov komissiyasining qarori esa, qaror qabul qilingandan keyin o`n kun muddat ichida Respublika Oliy sudiga shikoyat qilinishi mumkin.1 Amaldagi kodeksda saylov komissiyalarining xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyat sudda uch kundan kechiktirmay ko`rib chiqilishi agar, saylov kuniga (masalan olti kun yoki undan kam) vaqt qolgan bo`lsa darhol ko`rib chiqishi belgilangan. Shikoyatni sud ochiq sud majlisida ariza beruvchini va tegishli saylov komissiyasining vakilini, shuningdek prokurorni agar shikoyat ariza beruvchiga daxli bo`lmasdan boshqa fuqarolarga tegishli bo`lsa, o`sha fuqarolarni ham chiqargan holda ko`radi. Ko`rsatilgan shaxslarning kelmasligi, agar sudda ishni ko`rish to`g`risidagi chaqiruv xati ularga topshirilgan bo`lsa, ishni ko`rishga to`sqinlik qilmaydi. Lekin sud bu shaxslarning shaxsiy bayonotlarini zarur deb topsa, ishni ko`rishni keyinga qoldiradi va ular qaytadan chaqiradi. Sud saylov komissiyasining harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyatlar bilan bog`liq ishlarni prokurorning ishtirokida ko`radi. Sudning saylov komissiyasining harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyatlari bo`yicha chiqargan hal qiluv qarori bu sohadagi kamchiliklarga o`zgartirish kiritishi uchun asos bo`ladi. Binobarin, bu qaror chiqarilishi bilan darhol tegishli saylov komissiyasiga va arizachiga topshiriladi. Notarial harakatlar yoki bunday harakatlarni bajarishni rad etganlik ustidan berilgan shikoyatlar to`g`risidagi ishlarni ko`rish Amaldagi «Notariat to`g`risida»gi 1996 yil 26 dekabrdagi O`zbekiston Respublikasining qonunida va FPKning 273-moddasida ko`rsatilishicha, manfaatdor shaxs mansabdor shaxs bajarilgan notarial harakatlarni yoki fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish idoralari, xususiy amaliyot bilan shug`ullanuvchi notariuslar bajargan notarial harakatni bajarish rad etilganligini noto`g`ri deb hisoblasa, bu haqidagi u sudga shikoyat qilishga haqlidirlar. Mansabdor shaxslar shikoyatni notarial kontora, fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish idoralari, xususiy amaliyot bilan shug`ullanuvchi notariuslar turgan joydagi tuman (shahar) sudiga berishi mumkin. Notariat to`g`risidagi qonunda Letsenziya berish rad etilganligi haqida chiqarilgan qaror ustidan ham sudga shikoyat berish belgilangan.1 Notariat faoliyati bilan shug`ullanish huquqini beruvchi Litsenziya qoraqalpog`iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari tomonidan malaka komissiyalarining qarorlari asosida beriladi. Letsenziya berish tartibi O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilab qo`yilgan. Letsenziya berish rad etganligi to`g`risidagi sudga qoraqalpog`iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmasining qarori olingan kundan boshlab bir oy ichida shikoyat qilishi mumkin. Sudga mansabdor shaxslar tomonidan noto`g`ri tasdiqlangan vasiyatnomalar va vakolatnomalar to`g`risidagi yoki mazkur shaxslar notarial harakatlarni bajarishni kechiktirish yoki uni amalga oshirishni rad etganliklari haqidagi shikoyatlar tegishli bo`lishiga qarab, kasalxona va boshqa statsionar davolash profilaktika muassasasi, sanatoriy, keksalar va invalidlar uyi, ekspeditsiya, gospital, harbiy davolash muassasasi, harbiy qism, qo`shilma, harbiy o`quv yurti, qamoqxona joylashgan yerdagi tuman (shahar) sudiga topshiriladi. O`zbekiston Respublikasi bayrogi ostida so`zib yuruvchi dengiz kemasi yoki xavzalarida bo`lgan kema kapitani noto`g`ri tasdiqlangan vasiyatnoma to`g`risidagi yoki kapitan uni tasdiqlashni rad etganligi haqidagi shikoyatlar esa shu kema ro`yxatiga olingan port joylashgan yerdagi tuman (shahar) sudiga beriladi. Odatda, notarial harakatlar barcha zarur hujjatlar topshirilgan kunning o`zidayok amalga oshiriladi. Ayrim hollarda notarius notarial harakatlar qilishni boshqa kunga qoldirishi mumkin, ammo uch kundan oshiq muddatga kechiktirmasligi lozim. Notarial harakatni amalga oshirish kushma ma`lumotlarni talab qilish yoki hujjatlarni ekspertizaga yuborish zarur bo`lganida kechiktirilishi mumkin. Notarial harakatlarni amalga oshirish, basharti qonunga binoan manfaatdor shaxslardan ushbu harakatni amalga oshirishga e`tiroz bor-yo`qligini so`rash lozim bo`lganda, kechiktirilishi mumkin. Notarial harakatni amalga oshirishni kechiktirish muddati bir oydan oshmasligi lozim. Notarial harakatni amalga oshirishni so`rab murojaat qilgan shaxsning talabiga ko`ra unga notarial harakatni amalga oshirishni kechiktirish haqidagi qaror beriladi.1 Manfaatdor shaxs tasdiqlashni so`rayotgan huquq yoki fakt ustida da`volashish uchun sudga murojaat qilish istagidagi boshqa manfaatdor shaxsning arizaga ko`ra notarial harakatni amalga oshirish ko`pi bilan o`n kun muddatga kechiktirilishi mumkin. Agar bu muddat ichida ariza tushganligi haqida sudga ma`lumot olinmasa, notarial harakat amalga oshirilishi lozim. Yuqorida keltirilgan qonunga muvofiq shikoyat ishining ko`rilishi uchun quyidagicha dalillar keltirilishi yoki sud tomonidan talab qilib olinishi kerak. 1-dan, notarial harakat bajarilganligi yoki uning bajarilishi to`g`risidagi hujjat. Bunday hujjat, chunonchi: merosga bo`lgan huquq to`g`risidagi guvohnoma berishni rad qilganlik, ijro xati berishni rad qilganlik, oldi-sotdi, mulkni xadya qilish to`g`risidagi va boshqa bitimlarni guvohlantirishni rad qilganlik to`g`risidagi notariusning qarori; 2-dan, shikoyat yuzasidan notariusning yoki notarial harakatlarni bajaruvchi organ vakilining yozma bayonoti va bunga ilova qilinadigan tegishli hujjatlar; 3-dan, shikoyatda ko`rsatilgan vajlarni isbotlaydigan dalillar, masalan, uy- joyga bo`lgan egalik huquqini tasdiqlaydigan hujjatlar, vasiyatnoma, avtomashina hujjati, tovarning kreditga olinishida berilgan majburiyatnoma va shu kabi dalillar bo`ladi. Notarial harakat noto`g`ri bajarilganligi yoki uni bajarish rad etilganligi haqidagi shikoyatlar notarial harakat noto`g`ri bajarilganligi yoki bunday harakatni bajarish rad etilganligi arizaga ma`lum bo`lgan kundan e`tiboran yigirma kunlik muddatda beriladi. Shikoyatda bajarilgan notarial harakatning yoki bunday harakatni bajarishning rad etishning noto`g`riligi nimalardan iborat ekanligi ko`rsatilishi lozim. Shikoyat berish muddati o`tkazib yuborilganda uni tiklash haqidagi iltimos sud tomonidan umumiy asoslarda hal qilinadi. qarzdor notarius yoki konsul tomonidan berilgan ijro xati xususida umumiy tartibda da`vo taqdim etish yo`li bilan nizolashishi mumkin. Bajarilgan notarial harakat negizida manfaatdor shaxslar o`rtasida kelib chiqqan huquqqa doir nizo taalluqliligiga qarab, sud tomonidan ko`riladi. Notarius va notarial harakatlarni bajaruvchi idoralarning xatti-harakatlari ustidan berilgan shikoyatlar 1996 yil 26 dekabrdagi O`zbekiston Respublikasining Notariati to`g`risidagi qonunining 39-moddasi, FPKning 31-moddasi, 264- moddani 3-bandida va 273-275-moddalariga muvofiq ko`riladi. Fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlaridagi noto`g`riliklarni beglilash  Ushbu mavzu amaldagi Fuqarolik Protsessual kodeksida mansabdor shaxslarning nojuya xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish bobida berilgan, chunki bunday ishlar bizning nazarimizda mansabdor shaxslarning harakatlari bilan bog`liq bo`lishi deb hisoblaymiz. Shuning uchun bunday turkumdagi ishlarni alohida tartibda ko`riladigan bobdan ushbu bobga o`tkazilgan. Fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlarini qayd qilish idoralarida xodisa va harakatlar belgilangan ro`yxatga olingandan keyingina fuqarolar, davlat va jamoat tashkilotlari subyektlarining, huquq va manfaatlari tegishli fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlarini qayd etish idoralarida va sudlarda himoya qilinishi mumkin. Oila kodeksida ko`rsatilganidek, tug`ilish, farzandlikka olish, otalikni belgilash, ism, otaning ismi va familiyani o`zgartirish, nikoh tuzish, nikohdan ajralish va o`lim holatlari fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish davlat idoralarida va fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish to`g`risidagi 1993 yil 2 sentabrdagi qonunga ko`ra shaharcha, kishlok, ovul fuqarolari yig`inining raisi (oksoqoli) fuqarolik holati aktlarini ro`yxatga olishni qayd qilishi lozim.1 Dalolatnoma yozuvlariga tuzatish kirish uchun asos bo`lgan holatlar dalolatnoma yozuvlaridagi va beriladigan tegishli guvohnomalarni yozishda yo`l qo`yilgan xato va noaniqliklar hisoblanadi. Fuqarolik holati dalolatnomallardagi yozuvlar unda nomlari ko`rsatilgan shaxslarning huquq va burjlarini belgilash bilan birga boshqa shaxslarning ham huquq hamda burjlariga ta`sir etish mumkin. Shu tufayli bunday yozuvlarning to`g`ri bo`lishi muhim ahamiyatga egadir. Dalolatnoma yozuvlari rasmiy hujjat bo`lib hisoblanadi. Bu turkumdagi ishlarni tug`ilish, farzandlikka olish, nikoh, ajralish va vafot etganlik faktlarini belgilashga oid bo`lgan ishlardan farqi shundaki, noto`g`riliklari belgilashda dalolatni tasdiqlaydigan hujjatlar mavjud bo`lib, faqat bu hujjat o`zidagi noaniqliklar borligi bilan farqlanadi. Yozuvlarda bo`lgan xatolar, noto`g`riliklari odatda fuqarolik holati dalolatlarini qayd qilish to`g`risidagi nizoga binoan tuzatiladi. Agar fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish idoralarida huquq haqida biron nizo bo`lmasa ham, yozuvga tuzatish kiritishni rad etgan bo`lsalar, fuqarolik holatlari dalolatnomalari daftaridagi yozuvlarning noto`g`riligini belgilash to`g`risidagi ishlarni sud ko`radi. Bunday ishlar amaldagi fuqarolik Protsessual kodeksida sudlar tomonidan davlat organlari va boshqa organlar, shuningdek mansabdor shaxslarning xatti-harakat (qaror)lari ustidan berilgan shikoyatlarni sudda ko`rish qoidasi asosida ko`riladi. Bunday toifadagi ishlar bo`yicha mafaatdor shaxslar nafaqat hujjatlarida xato noto`g`riliklar bo`lgan fuqarolar bo`lib qolmay, balki meros qoldiruvchini vafotidan keyin tegishli huquq va burchlarga ega bo`lgan ularning merosxurlari ham berishi mumkin. Voyaga yetmagan bolalarning tug`ilganlik haqidagi yozuvlarga tuzatish kiritish haqida ularning ota-onasi, farzandlikka oluvchilari ham shikoyat bilan murojaat etishga haqlidirlar. Daftarlardagi yozuvlarning noto`g`riligini belgilash to`g`risida sudga manfaatdor shaxslar: hujjat egalari, vorislar va tegishlicha boshqa shaxslar, shuningdek, prokuror murojaat qilishi mumkin. Fuqarolik holatlari dalolatnomalari daftaridagi noto`g`ri yozuvlarni belgilash to`g`risidagi shikoyat, shikoyat beruvchi yashaydigan joydagi sudga beriladi. Shikoyatda fuqarolik holatlari dalolatnomalari daftaridagi yozuvlarning noto`g`riligi nimadan iborat ekanligi, qachon va qaysi fuqarolik holati aktlarini qayd qilish organi tomonidan yozilgan yozuvni tuzatishni rad etganligi ko`rsatilishi lozim. Bulardan tashqari shikoyatda tegishli guvohnoma nusxasi, rad etish xulosasi, hujjatlardagi xatolarni tuzatish yoki ularga o`zgartirishlar kiritish haqidagi ma`lumotlar ham ilova qilinadi. Sud shikoyatlari tayyorlash faktida lozim hollarda tegishli hujjatlarni o`z tashabbusi bilan talab qilib olishi ham mumkin. Shu bilan bir qatorda sudya manfaatdor shaxslardan, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish idoralaridan va boshqa manfaatdor tashkilot, fuqarolarni ishga jalb qilish masalasini ham ko`rib chiqadi. Agar sud fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlaridagi xatoliklarni ko`rishda, manfaatdor shaxslarning huquqi buzilishida nizo borligi aniqlansa, bu ishlar da`vo yuritish qoidalari asosida hal etiladi. O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining «Fuarolik holati aktlari yozularidagi xatoliklarini belgilashni tartibga soluvchi qonunchilikni sudlar tomonidan qo`llash haqida»gi 1992 yil 13 noyabrdagi qarorida sud fuqarolik holati aktidagi shikoyatchini tug`ilganlik haqidagi yozuvda ota-onasini millati yozilmay qolgan bo`lsa, bu masalani ham ko`rishi hamda agar, bedarak yo`qolgan deb topilgan esa yoki xotin topilsa, ularning nikohini bekor qilish haqidagi yozuvlardan tashqari fuqarolik holati aktlardagi dastlabki yozuvlarni bekor klish masalasi sud tomonidan hal qilinishi belgilangan.1 FPKning 275-moddasi 2-qismiga muvofiq fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish daftaridagi yozuvning noto`g`riligi to`g`risidagi sudning hal qiluv qarori fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish idoralarining bunday yozuvni tuzatishlari uchun asos bo`ladi. Fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlaridagi noto`g`riliklarni belgilashga oid boshqa masalalar yuqorida O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1992 yil 13 noyabrdagi « Fuqarolik holati aktlari yozuvlaridagi xatoliklarni belgilashni tartibga soluvchi qonunchilikni sudlar tomonidan qo`llash haqida»gi qarorida o`z ifodasini topgan. Prokurorning huquqiy hujjatni g`ayriqonuniy deb topishi haqida Yuqorida fuqarolik ishlarini sudda ko`rish bilan bog`liq bo`lgan prokurorning protsessual faoliyati to`g`risida fikr yuritilgan edi. Prokuror o`ziga berilgan vakolat doirasida qonunlarni aniq bajarishi yuzasida nazorat olib boruvchi mansabdor shaxs bo`lib, fuqarolik ishlari bo`yicha ham sudlar tomonidan qonuniy va asosli qaror chiqarishga ko`maklashishi lozim. «Prokuratura to`g`risida»gi 1992 yil 9 dekabr qonunda belgilangandek, prokuratura idoralarining faoliyati yuqoridagilar bilan birga qonuning ustunligini har tomonlama qaror toptirishga, huquq-tartibotni mustahkamlashga, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan mustahkamlangan inson va fuqaroning ijtimoiy, iktisodiy, siyosiy, shaxsiy huquqlari hamda erkinliklariga, shuningdek davlat mustaqilligini, ijtimoiy davlat tuzumi, siyosiy va iktisodiy tizimlarini, milliy guruhlar va tuzilmalarning huquqlarini g`ayriqonuniy tajovuzlardan muxofoza qilishni taminlashga qaratilgan.1 Prokuraturani nazorat qilish doirasiga vazirliklar, davlat qumitalari va idoralari, korxanalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar tomonidan chiqariladigan aktlarning qanchalik qonuniy ekanligi ham kiradi. Masalan, prokuror ham o`zini-o`zi boshqarish organlarining qarorlari. shuningdek rais (oksoqol)ning xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish mumkin (qonunning 25-moddasi).1 Prokurorlar o`z faoliyatlarini sudlarda jinoiy ishlarni ko`rish davlat ayblovni qo`llab-quvvatlash, fuqarolik ishlarini ma`muriy huquqbuzarliklar to`g`risidagi ishlarni hamda xo`jalik nizolarni ko`rishda ishtirok etish bilan qonunlarga zid bo`lgan sud xarajatlariga protest keltiradilar. Fuqarolik qonunchiligida ko`rsatilganidek, davlat organining yoki fuqarolarning o`zini-o`zi boshakrish organinng qonun hujjatlariga muvofiq bo`lmagan hamda fuqarolarning yoki yuridik shaxsning fuqarolik huquqlarini va qonun bilan qo`riqlanadigan manfaatlarini buzadigan hujjati sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. «Prokuratura to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasining qonuniga asosan prokuror yoki uning o`rinbosari qonunga zid bo`lgan huquqiy hujjatga nisbatan ana shu hujjatni chiqargan idoraga yoki yuqori beruvchi idoraga protest keltiradilar. Mansabdor shaxsning xatti-harakatlariga nisbatan ham huddi shu tartibda protest keltiriladi. Prokuror keltirilgan protest bu protest topshirilgan vaqtdan boshlab ko`pi bilan o`n kunlik muddat ichida qarab chiqilishi lozim. qonuniylik buzilganligidan tezda barham berish talab qilingan favkulotda prokuror protestni ko`rib chiqishning qisqartirilgan muddatini belgilashga haqdidir. Protestni qarab chiqish natijalari to`g`risida prokurorga darhol yozma ravishda ma`mul qilinishi belgilangan. Protest g`ayriqonuniy huquqiy hujjat chiqargan idora yoki yuqori turuvchi idora tomonidan rad etilgan taqdirda, shuningdek protest qonunda belgilangan muddat ichida qarab chikilmagan taqdirda, prokuror tegishli sudga ana shu hujjatni g`ayriqonuniy deb e`tirof etish tegrisidagi ariza bilan murojaat qilishi mumkin. Sudga ariza, protest rad etilganligi to`g`risidagi ma`lumot berilgan paytdan boshlab bir oylik muddat ichida yoki qarab chiqish uchun qonunda belgilangan muddat o`tgandan keyin berilishi ko`rsatilgan.1 Ana shu qoidani bajarilishiga qaratilgan FPKning 29-bobi prokurorni huquqiy hujjatni g`ayriqonuniy deb topish to`g`risida ariza bilan tegishli idoralar va mansabdor shaxslar ustidan sudga murojaat etish tartibi belgilangan. Masalan, FPKning 276-moddasida prokuror qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslarga ko`ra haqiqiy hujjatni g`ayriqonuniy deb topish haqida ariza bilan sudga murojaat qilishga haql ekanligi maxsus huquqiy me`yor sifatida ifoda etilgan. Prokurorning sudga ariza berishi sudda ko`rib chikilgunga qadar huquqiy hujjatning amal qilishini to`xtatib qo`yishligi ham asoslantirilgan. Sud bunday turkumdagi ishlarni fuqarolik sud yuritish qoidalarining umumiy tartibi asosida ko`rib hal etadi, jumladan, ishni sudga tayyorashda protsessga jalb etiladigan shaxslar, ularning vakillari va boshqalar haqida. FPKning 158-161- moddalarida ko`rsatilgan harakatlarni amalga oshira borib, ishni mazmunan ko`rishga tayinlashi lozim. Prokurorning arizasini sud yigirma kun ichida uning ishtirokida va protestni rad etish to`g`risidagi qaror qabul qilgan yoxud protoyestni ko`rib chikmagan organning rahbari yoki uning vakili ishtirokida ko`rib chiqadi. Sud majlisiga organ rahbari yoki uning vakili uzrsiz sabablarga ko`ra kelmaganligi prokurorning arizasini ko`rib chiqish uchun to`sqinlik qilmaydi, biroq sud bu shaxsning kelishini majbur deb topishi FPKning 277-moddasida berilgan. Prokuror fuqarolik ishlarini qo`zg`atish, unda ishtirok etish shaklidan qat`iy nazar, hamma vaqt davlat vakili qonunni bajarilishi ustidan nazorat qiluvchi organ bo`lib qolaveradi. Shu sababli prokuror huquqiy hujjatni g`ayriqonuniy deb topish to`g`risida ariza bilan sudga murojaat etganda sudga nizo qilgandan so`ng oqibatda haqli bo`lib chiqqan tarafning manfaatini himoya qilgan bo`ladi. Agar sud prokurorning arizasi asosli ekanligini aniqlasa, arizani qanoatlantirish haqida hal qiluv qarori chiqaradi va huquqiy hujjatni g`ayriqonuniy deb topadi. Bundan tashqari, agar sud protest keltirilgan hujjat uni chiqargan organning vakolatlari doirasida qonunga muvofiq qabul qilingan deb topsa, u arizani qanoatlantirishni rad etish haqida hal qiluv qarorini chiqaradi. Prokurorning huquqiy hujjatni g`ayrikonuiy deb topish haqidagi arizasi bo`yicha sud chiqargan hal qiluv qarori protestini rad etish to`g`risida qaror qabul qilgan yoki protsestni ko`rmagan organ rahbariga yuboriladi. Prokuror fuqarolarni manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudga ariza bilan huquqiy hujjatni g`ayriqonuniy deb topish haqida murojat etish bilan, agar davlat organlari, fuqarolarni o`zini-o`zi boshqarish organlari yoki ushbu organlar mansabdor shaxslarning g`ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi), shu jumladan, davlat organi yoki fuqarolar o`zini-o`zi boshqarish organlari tomonidan qonun xo`jatlariga muvofiq bo`lmagan hujjat chiqarilishi natijasida fuqaroga yoki yuridik shaxsga yetkazilgan zarar davlat tomonidan yoki fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organi tomonidan to`lashi lozimligi masalasini ham qo`yishi mumkin. Demak prokuror davlat boshqaruv idoralari va jamoat tashkilotlari tomonidan qabul qilinadigan huquqiy xo`jatni g`ayriqonuniy deb topish to`g`risida ariza bilan sudga murojat etish qoidalari ham davlat, jamoat tashkilotlari va fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan huquqiy me`yorlardir. Sud ham o`z navbatida davlat organlari yoki fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organining qonunga zid bo`lgan huquqiy me`yorlari mavjudligini aniqlagan taqdirda ishni hal etishda bu hujjatlarni tadbiq etmaslik masalasini ko`rib chiqishi lozim.