logo

Jamoat binolarining guruhlari. Jamoat binolarining tipologik yechimlari va shakllantiruvchi asosiy omillar

Yuklangan vaqt:

05.05.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

185.5 KB
Jamoat binolarining guruhlari. Jamoat binolarining tipologik yechimlari va shakllantiruvchi asosiy omillar Reja: 1. Jamoat binolari va inshootlarining klassifikatsiyasi 2. Jamoat binolarining tipologik belgilarini shakllantiruvchi omillar 3. Ijtimoiy-iqtisodiy omillar 4. Shaharsozlik omillari 5. Jamoat binolarini joylashtirishga bo‘lgan sanitariya talablari Jamoat binolari va inshootlarining klassifikatsiyasi Jamoat vazifalari uchun mo‘ljallangan bino va xonalar quyidagi guruhlarga ajratiladi. 1. Ta’lim-tarbiya vazifalari uchun mo‘ljallangan bino va xonalar. 1.2. 1.1. Ta’lim va kadrlarni tayyorlashga ixtisoslashgan muassasalar: 1.3. maktabgacha ta’lim muassasalari; 1.4. umumta’lim muassasalari: maktab, gimnaziya, litsey, kollejlar; 1.5. kasb-hunar (boshlang‘ich, o‘rta, oliy va diplom oldi) ta’lim muassasalari. 1.6. Maktabdan tashqari ta’lim muassasalari (maktab o‘quvchilari va yoshlar uchun). 1.7. Ixtisoslashtirilgan muassasalar (aeroklub, avtomaktab, mudofaa ta’lim muassasalari va sh.k.). 2. Sog‘liqni saqlash va aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish binolari va xonalari. - 2.1. Sog‘liqni saqlash muassasalari: - statsionar bo‘linmali davolash muassasalari, tibbiy markazlar va sh.k. - ambulatoriya-poliklinika va tibbiy-sog‘lomlashtirish muassasalari; - dorixonalar, sut oshxonalari, qon quyish stansiyalari va boshqalar; - tibbiy-reabilitatsiya va korreksiya muassasalari (shu jumladan bolalar uchun ham). - 2.2. Aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish muassasalari: - statsionari bo‘lmagan muassasalar; - statsionari bor muassasalar, shu jumladan bolalar uchun vasiylik muassasalari. 3. Aholiga servis xizmatlarini ko‘rsatish binolari va xonalari. 3.6. Chakana va mayda ulgurji savdo korxonalari. 3.7. Umumiy ovqatlanish korxonalari. 3.8. Aholiga maishiy va kommunal xizmat ko‘rsatuvchi noishlab chiqarish korxonalari: 3.9. aholiga bevosita xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan kommunal xo‘jalik muassasalari; 3.10. fuqarolik marosimlari muassasalari. 3.11. Aholiga bevosita xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan aloqa muassasalari va korxonalari. 3.12. Aholiga bevosita xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan transport muassasalari: 3.13. transportning barcha turlari uchun vokzallari; 3.14. yo‘lovchilarga (shu jumladan turistlarga ham) xizmat ko‘rsatish muassasalari. 3.15. Sanitariya-maishiy vazifalar uchun mo‘ljallangan inshoot, bino va xonalar. 3.16. Veterinariya muassasalari. 4. Aholining madaniy-hordiq chiqarish faoliyati va diniy marosimlar o‘tkazish uchun mo‘ljallangan inshootlar, binolar va xonalar. - Jismoniy tarbiya, sport va jismoniy tarbiya-hordiq chiqarish muassasalari. - Madaniy-ma’rifiy muassasalar va diniy tashkilotlar: - kutubxonalar va o‘qish zallari; - muzey va ko‘rgazmalar; - diniy tashkilotlar va aholi uchun diniy muassasalar. - 4.3. Tomosha va hordiq chiqarish-ko‘ngil ochar muassasalar: - tomosha muassasalari; - klublar va hordiq chiqarish-ko‘ngil ochar muassasalar; - delfinariy, akvapark, attraksionlar komplekslari va shu kabilar. 5. Vaqtinchalik istiqomat qilish binolari va xonalari. Mehmonxonalar, motellar va boshqalar. Sanatoriy, pansionat, dam olish uylari, turizm muassasalari, bolalar va yoshlar uchun yil bo‘yi ishlaydigan lagerlar va shu kabilar. O‘quv muassasalarining yotoqxonlar va internatlarning yotoqxona korpuslari. Ushbu ro‘yxatga jamoat binolarining quyidagi guruhlarini kiritish lozim. 6. Ilmiy-tadqiqot muassasalari, loyiha tashkilotlari va boshqarmalari. 6.1. ITI va loyiha tashkilotlarining binolari. 6.2. Arxivlar va axborot markazlarining binolari. 6.3. Boshqaruv muassalarining binolari: - vazirliklar, idoralar, elchixonalar va konsulxonalarning binolari; - viloyat, shahar, tuman va posyolka ma’muriyatlarining binolari; - ishlab chiqarish korxonalari ma’muriyatining binolari. 6.4. Ishbilarmonlik markazlarining binolari: - byuro va ofislar; - notarial idoralar va yuridik maslahatxonalar; - ijodiy ustaxonalar va atelye binolari. 7. Kredit-moliya muassasalarining binolari. 7.1. Bank binolari va komplekslari: - markaziy (emissiya) banklar; - tijorat banklari; - omonat kassalari. 7.2. Hisob-kitob-kassa markazlari. 7.3. G‘aznachilik binolari. 7.4. Birjalarning binolari. 8. Ko‘p funksiyali binolar va komplekslar.  Savdo, mehmonxona, sport, ishbilarmonlik, tomosha, kredit-moliya kabi turli funksional vazifalar uchun mo‘ljallangan jamoat binolari Jamoat binolarining tipologik belgilarini shakllantiruvchi omillar Jamoat binolari va inshootlari arxitekturasi ijtimoiy-iqtisodiy, shaharsozlik, ekologik, sanitariya, funksional, hajmli-rejali, konstruktiv, kompozitsion-badiiy omillarning o‘zaro va birgalikdagi ta’siri ostida shakllanadi. Binolarning turli tiplari uchun muayyan davrning bir qator sharoitlariga bog‘liq holda u yoki bu omilning ta’siri ahamiyatliroq va ustuvor bo‘lib qoladi. Ularni izchillik bilan ko‘rib chiqamiz. Ijtimoiy-iqtisodiy omillar Sivilizatsiya rivojlanishidagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar binolarni me’moriy loyihalanishiga qanchalik tez ta’sir qilishini tarix yaqqol namoyish qilib bergan. Muayyan davr va voqeliklar jamoat binosining u yoki bu turiga bo‘lgan ehtiyojni, shuningdek har bir tur ichidagi muayyan tarixiy davr va iqtisodiy tuzilma uchun mos bo‘lgan aniq o‘ziga xos xususiyatlar yo‘nalishini belgilab beradi. Alohida turlar o‘rtasidagi aniq chegaralarning yo‘qolib borishi, polifunksionallik, universallik, bino turini shakllantiruvchi omillarning o‘zaro bog‘liqligi va bir biriga qo‘shilib ketishi hozirgi kun uchun xos hisoblanadi. Arxitektura va shaharsozlikka menejment metodlarining tatbiq etilishi shahar rivojlanishi manfaatlariga zid kelishi mumkin. Shaharsozlik yo‘nalishidagi loyihalash o‘z mohiyatiga ko‘ra ijtimoiy aksiya bo‘lib, jamoaviy birdamlikni ifodalaydi. Shaharsozlik komplekslarini, bir nechta binolardan tarkib topgan ko‘p funksional ansambllarning tashkil etilishi o‘rniga individual obyektlarni joylashtirish amaliyoti tatbiq etilmoqda. Binolarni loyihalashtirishga bu kabi yondoshish natijasida shakllanib ulgurgan shahar qabul qila olishi mumkin bo‘lgan miqdordan ko‘proq dominantalar yaratilishiga olib keladi. Bu yerda shaharsozlik boshqaruvida ahamiyatli mavqega ega yirik investorlar va banklar tomonidan “dominanto- polislar” qurishga bo‘lgan talab va buyurtmalar hajmi kun sayin ortib borishi kuzatiladi. Bu muammoning boshqa jihati sifatida shaharsozlik siyosatida ikki tomonlama yechimga ega funksiyalarning ajratilishini e’tirof etish mumkin. Bu holatni hayotning real voqeliklarini iqtisodiy konsepsiyalar asosida ajratilishi va turmushning barcha sohalarini qamrab olgan mehnat taqsimotining iqtisodiy toifalanishi natijalari bilan izohlash mumkin. Shaharsozlik nuqtai nazarida bu holat ikki tendensiya sifatida aks ettiriladi: - funksiya kooperatsiyasi va ixtisoslashuvi shaharning jamoat markazida joylashgan ko‘p qavatli kompleks bo‘lishini talab qiladi; - funksiyaning qismlarga ajratilishi shahar markazidan uzoqda joylashgan kam qavatli jamoat binolari qurilishi taqozo qiladi. Biroq, funksional zonalash nazariyasi erkin va alohida turuvchi, keng hududlar bilan o‘ralgan va tegishli energiya yo‘qotishlari mavjud bo‘lgan binolar qurilishi g‘oyasini ilgari suradi. Ushbu nazariyaning yaqqol va kundalik isboti sifatida tijorat zonalardagi avtoturargohlarni keltirish mumkin – bu inshootlar, xuddi biznes-markazlar singari tunda umuman bo‘mbo‘sh bo‘ladilar. Xuddi shunday holatni turar-joy zonalarida kunduz soatlarida kuzatish mumkin. Ko‘p energiya sarflaydigan va “katta energiya yo‘qotishli”, ya’ni sanoat-tijorat zonalaridagi energiyani behuda sarflaydigan ulkan yuzali yassi tomlar ochiq dam olish joylari sifatida foydalanilmaydi. Muammoning yechimi ekologik loyihalash va ko‘p funksiyali universal binolarni qurish, bino fasadlarini yo‘nalishga qarab assimetrik joylashtirish, sanoat-tijorat binolarining yassi tomlarida turar-joy xonalarini qurish bilan bog‘liq. Bu kabi yondoshuvlar mintaqaviy iqlim sharoitlari, qurilishning mahalliy xususiyatlari, uzoq muddat xizmat qiladigan mahalliy materiallardan foydalanish ko‘lamini kengaytirilishiga asoslanadilar. Shunday qilib, yangi mintaqaviy sifat rivojlanishi zarur. Ekologik qurilish, birinchi navbatda, mintaqaviy farqlanishlarga ega va ularni hisobga olgan holdagina bino va umuman shaharning yangi individual turini yaratish mumkin. Shaharsozlik omillari Shaharsozlik omillari jamoat binolarini shaharning rejali tuzilmasidagi joylashuvini belgilab beradilar. Shahar hududi funksional foydalanishiga qarab istiqomat, ishlab chiqarish va landshaft-rekreatsiya zonalariga bo‘linadi. Istiqomat hududi uyjoy fondini, jamoat binolari va inshootlarini, shu jumladan ilmiytadqiqot institutlari va ularning komplekslarini, shuningdek sanitariyahimoya zonalarini tashkil etishni talab etmaydigan alohida kommunal va sanoat obyektlarini joylashtirish, shahar ichidagi qatnov yo‘llari, ko‘chalar, maydonlar, park va bog‘lar, bulvar va umumiy foydalanishdagi joylar uchun mo‘ljallanadi Shahar va qishloq aholi punktlaridagi istiqomat hududlarining rejali tuzilmasini jamoat markazlari, turar-joy imoratlari, ko‘cha-yo‘l tarmog‘i, umumiy foydalanishdagi ko‘kalamzorlashtirilgan hududlarning o‘zaro bog‘lanishini va, shu bilan birga, umuman, aholi punktining maydoni va hududining tabiiy sharoitlariga bog‘liq bo‘lgan rejali tuzilmasini inobatga olgan holda loyihalashtirish lozim. Shaharlarda o‘z tarkibida umumshahar markazi, rejalashtirilgan hududlar (zonalar) markazlari, turar-joy va sanoat zonalari, dam olish zonalari, kundalik ehtiyojlar uchun savdo-maishiy markazlari, shuningdek shahar yaqinida joylashtirilishi mumkin bo‘lgan ixtisoslashtirilgan (tibbiy, o‘quv, sport va boshqa) markazlar mavjud bo‘lgan jamoat markazlari tizimini shakllantirish lozim. Jamoat markazlarining soni, tarkibi va joylashtirilishi shaharning kattaligi, uning joylashuv tizimida tutgan o‘rni va hududning funksional-rejali tashkil etilishini hisobga olgan holda qabul qilinadi. Yirik va juda yirik shaharlar, shuningdek tuzilmasi qismlarga ajratilgan shaharlarning umumshahar jamoat markazi, odatda, shahar miqyosidagi kichik markazlar bilan to‘ldiriladi. Kichik shaharlar va qishloq aholi punktlarida yagona jamoat markazi shakllantirilib, turar-joy imoratlari zonasida joylashtiriladigan kundalik foydalanishdagi obyektlari bilan to‘ldiriladi. Umumshahar markazida, uning o‘lchamlari va rejalashtirilishiga bog‘liq ravishda, umumshahar yadrosini tashkil etuvchi o‘zaro bog‘langan jamoat hududlar (bosh ko‘chalar, maydonlar, piyoda zonalari) tizimlarini tashkil etish lozim. Tarixiy shaharlarda umumshahar markazi yadrosini tarixiy imoratlar qurilgan hududda to‘liq yoki qisman shakllantirishga qaror topgan tarixiy muhitni saqlab qolishni ta’minlash shartiga rioya qilinganida yo‘l qo‘yiladi. Turar-joy imoratlarini qurish va aholiga madaniy-maishiy tizimini shakllantirishning shaharsozlik konsepsiyasi ishlab chiqilgan bo‘lib, unga muvofiq har bir shaharsozlik tuzilmasi uchun muayyan xizmat ko‘rsatish bosqichi mos kelishi kerak: shaharga – epizodik xizmat ko‘rsatish, turar-joy tumaniga – davriy xizmat ko‘rsatish, mikrotumanga – kundalik xizmat ko‘rsatish. 1. Mikrotuman markazi – kundalik xizmat ko‘rsatish – mikrotuman darajasi – birinchi bosqich. Mikrotuman – turar-joy binolari qurilmasining tuzilmaviy elementi, odatda 10- 60 gektar, lekin 80 gektardan ko‘p bo‘lmagan maydonda joylashadi. Mikrotuman magistal yo‘llar va ko‘chalar bilan qismlarga ajratilmaydi. Mikrotuman doirasida kundalik maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari va muassasalari joylashgan bo‘lib, ularning xizmat ko‘rsatish radiusi 500 metrdan oshmaydi (maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari bundan istisno); chegaralari, odatda, magistral yoki turar-joy ko‘chalari, piyoda yo‘llari, tabiiy to‘siqlar bilan belgilanadi. Mikrotuman markazi tarkibiga quyidagi jamoat binolari kiradi: - maktabgacha ta’lim muassasalari; - maktab; - oziq-ovqat (sut, non va non mahsulotlari) do‘konlari; - savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari; - aloqa bo‘limi; - bank filiali; - poliklinika. 2. Turar-joy tumanining markazi – davriy xizmat ko‘rsatish – turarjoy yoki rejalashtirilgan tuman darajasi – ikkinchi bosqich. Turar-joy tumani – shaharning aholi istiqomat qiladigan hududining tuzilmaviy elementi, odatda, 80-250 gektar maydonni egallaydi va uning doirasida xizmat ko‘rsatish radiusi 1500 metrdan oshmaydigan muassasa va korxonalar, shuningdek shahar ahamiyatiga ega obyektlarning bir qismi joylashtiriladi; tabiiy va sun’iy to‘siqlar, magistral ko‘chalar va umumshahar ahamiyatiga ega yo‘llar bilan chegaralandi. Turar-joy tumani markazi tarkibiga quyidagilar kiradi : - ixtisoslashtirilgan maktablar; - bank bo‘linmalari; - pochta muassasalari; - kutubxonalar; - katta bo‘lmagan sport inshootlari; - klublar; - kinoteatrlar; - universal zallar; - kafe. 3. Umumshahar markazi – epizodik xizmat ko‘rsatish – shahar miqyosi – uchinchi bosqich. Tarkibiga quyidagilar kiradi: - teatrlar; - muzeylar; - kinomarkazlar; - ko‘rgazma zallari; - yirik sport inshootlari; - yirik savdo markazlari. Aholiga xizmat ko‘rsatishning bosqichli sxemasiga kasalxona va yirik ilmiy markazlar kiritilmaydi, sababi, ularning aksariyat qismi aholi istiqomat qiladigan hududlarda emas, balki shaharning landshaft-rekreatsiya zonasida joylashtiriladi. Shahar va qishloq hududlaridagi xizmat ko‘rsatish muassasalari va korxonlarini istiqomat qilish joylari va ishxonalarga yaqinlashtirib joylashtirish va odatda, jamoat markazlarini jamoat yo‘lovchi transport tarmog‘i bilan bog‘lanishini ko‘zda tutish lozim. Aholiga xizmat ko‘rsatish muassasalari va korxonalari soni va sig‘imlarini hisoblashda belgilangan tartibda amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq yoki loyihalash topshirig‘iga ko‘ra ishlab chiqilgan ijtimoiy normativlarga rioya qilish. Joylashuv tizimlarining shahar-markazlaridagi xizmat ko‘rsatish muassasalari va korxonalarining soni, tarkibi va sig‘imini belgilashda boshqa shahar va qishloq aholi punktlaridan keluvchi aholi ham hisobga olinishi zarur. Tarixiy shaharlarda esa, ushbu hududlarga tashrif buyuruvchi turistlar oqimi ham inobatga olishinishi kerak. Qishloq aholi punktlaridagi xizmat ko‘rsatish muassasalari va korxonalarini qishloq aholisini eng zarur xizmatlar bilan 30 daqiqapi piyoda yurish radiusida ta’minlanishini hisobga olgan holda joylashtirish zarur. Xizmat ko‘rsatishning yuqoriroq darajasi uchun mo‘ljallangan obyektlar bilan ta’minlash qishloq aholi punktlarining guruhlari uchun ko‘zda tutilishi lozim. Xizmat ko‘rsatishni tashkil etish uchun statsionar binolardan tashqari ko‘chma vositalar va mavsumiy foydalaniladigan inshootlar va ular uchun alohida maydonchalar ham nazarda tutiladi. Turar-joy imoratlari qurilgan hududda joylashtirilgan muassasalar va korxonalar tomonidan aholiga xizmat ko‘rsatish radiuslari, odatda, quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlardan ko‘p bo‘lmasliklari kerak : Xizmat ko‘rsatish muassasalari va korxonalari Xizmat ko‘rsatish radiusi, m Maktabgacha ta’lim muassalari: shaharlarda qishloq aholi punktlari va kichik shaharlarda Umumta’lim maktablari 750 Jismoni tarbiya-sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlar uchun xonalar 500 Turar-joy tumanlarining jismoniy tarbiya-sport markazlari 1500 Poliklinikalar va ularning shaharlardagi filiallari 1000 Sut oshxonasining tarqatish punktlari 500 Shaharlardagi dorixonalar 500 Mahalliy ahamiyatga ega savdo, umumiy ovqatlanish va maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari shaharlarda qishloq aholi punktlarida Aloqa bo‘linmalari va omonat bankining filiallari 500 Ushbu qisqacha tahlildan quyidagi xulosani chiqarish mumkin: turar-joy imoratlari shaharning asosiy “to‘qimasini” tashkil qilib, fon vazifasini bajaradilar, jamoat binolari esa mikrotuman, turar-joy tumani, shaharning jamoat markazini shakllantirib, o‘ziga xos “karkas” vazifasini o‘tab, shaharsozlik dominantalarini tashkil qiladilar. Shuning uchun ham, ularning chuqur-fazoviy, hajmiy va frontal kompozitsiyasiga qo‘yiladigan estetik talablar ancha yuqori bo‘ladi. Rekonstruktiv choralar ijtimoiy ahamiyatga ega kundalik va davriy xizmat ko‘rsatish obyektlarining mikrotuman va turar-joy hududlarida tashkil etilgan tarmoqlarini saqlab qolish va to‘ldirishga qaratilishi lozim. Kundalik ehtiyojlar bo‘yicha eng asosiy korxonlar sifatida quyidagilar qayd etilgan: narxlari mo‘tadil bo‘lgan universam turidagi universal oziq-ovqat do‘koni, umumiy ovqatlanish korxonalari – kafe, yemakxonalar, oshxona, diyetik oshxonalar, kulinariya do‘konlari; maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalar – kir yuvish va kimyoviy tozalash korxonalarining qabul punktlari, o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish kir yuvish korxonalar, poyafzal, metall buyumlar, charm-galantereya va shu kabilarni ta’mirlash bo‘yicha kichik ustaxonalar, kiyim-kechak, bosh kiyim va trikotaj mahsulotlarini tikish va ta’mirlash atelyesi, sartaroshxona, fotoatelye, xizmat ko‘rsatish byurosi va h.k. Jamoat binolarini joylashtirishga bo‘lgan sanitariya talablari Yashash muhiti va odam sog‘lig‘iga ta’sir o‘tkazuvchi manbalar hisoblanuvchi korxonalarni, ularning o‘ziga xos texnologik jarayonlariga ega bo‘lgan alohida binolari va inshootlarini turar-joy imoratlari joylashgan hududdan sanitariya- himoya zonalari bilan ajratish lozim. Sanitariya-himoya zonasi (SHZ) – sanoat maydonchalari chegaralari va turar-joy imoratlari, landshaftrekreatsiya zonasi, dam olish va kurort zonalari o‘rtasidagi hudud. Sanitariya qoidalari korxonalar, inshootlar va boshqa obyektlarning sanitariya klassifikatsiyasiga bog‘liq ravishda sanitariya-himoya zonalarining o‘lchamlariga, ularni tashkil qilish va obodonlashtirilishiga, ushbu o‘lchamlarni qayta ko‘rib chiqishga bo‘lgan talablarni belgilab beradilar. Sport inshootlari, parklar, ta’lim muassasalari, umumiy foydalanishdagi davolash-sog‘lomlashtirish muassasalarini SHZ hududida joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. SHZ lar ichida yong‘in depolari, hammomlar, kir yuvish korxonalari, garajlar, avtomobil va mototsikllarni yakka tartibda saqlash uchun turargohlar, konstruktorlik byurolari, o‘quv muassasalari, poliklinikalar, boshqaruv binolari, yoqilg‘i quyish stansiyalari, poliklinika, do‘konlar, ushbu korxonalarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq ilmiy-tadqiqot laboratoriyalar, korxona xodimlari uchun sportsog‘lomlashtirish inshootlarini joylashtirish mumkin. SHZ imkon qadar ko‘kalamzorlashtirilishi lozim. Turar-joy imoratlari joylashgan hududlar va quyida sanab o‘tilgan sanitariya-texnik inshootlar, transport infratuzilmasi inshootlari, kommunal soha obyektlari, sport inshootlari va sado korxonalari o‘rtasida eni 50 metrdan kam bo‘lmagan sanitariya- himoya zonasi tashkil qilingan bo‘lishi zarur: - sport o‘yinlarining o‘tkazishga mo‘ljallangan va 100 tagacha o‘rinli tribunalari bo‘lgan ochiq turdagi jismoniya tarbiya-sog‘lomlashtirish inshootlari; - savdo komplekslari, mayda ulgurji bozorlar, oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat mollari bozorlari; - kamida ikki postga ega avtomobil yuvish joylari (avtomobillarga qo‘shimcha xizmat ko‘rsatishsiz); - bir smenada 500 kg gacha kir yuvish quvvatiga ega kir yuvish korxonalari; - maishiy texnika, soat, poyafzal ta’mirlash ustaxonalari (alohida joylashtirilgan); - “Tez yordam” xizmati kichik stansiyalari; - avtomatik telefon stansiyalari; - savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari (statsionar va vaqtincha); - kichik kimyoviy tozalash va kir yuvish korxonalari; - alohida joylashtirilgan yopiq jismoniy-tarbiya-sog‘lomlashtirish komplekslari, sport klublar, ochiq sport maydonchalari. Adabiyotlar: 1. Ubaydullayev X.M., Inagamova M.M. Turar-joy va jamoat binolarini loyihalashning tipologik asoslari: Darslik. - T.: Voris-nashriyot, 2005. 2. Abdujabbarova M.T. Turar-joy binolarini loyihalash: O‘quv qo‘llanma. – T.: TAQI, 2018. 3. Qodirova S.A. Jamoat binolarini loyihalash: O‘quv qo‘llanma. – T.: TAQI, 2015. 4. Inogomov B.I. Zamonaviy bino va inshootlarni loyihalash: O‘quv qo‘llanma. - T.: TAQI, 2010. 5. Ubaydullayev X.M., Xidoyatov T.A, Abduraxmanov Y.I, Korobovsev G.I., Mansurov Y.M. Arxitekturaviy loyihalash: O‘quv qo‘llanma. - T.: TAQI, 2012. 6. Ubaydullayev X.M., Maxmudov V.M. “Metodika arxitekturnogo proyektirovaniya” Toshkent,TAQI, 2010 y., o‘quv qo‘llanma. 7. Xidoyatov T.A., Kadirova S.A., Magomedova F.X. “Arxitektura obsheobrazovatelnix shkol Uzbekistana”. Tashkent 2005 g. 8. Qodirova T.F. O‘zbekistonning istiqlol yillari me’morchiligi: O‘quv qo‘llanma., O‘AJBNT markazi, 2004 y. 9. Rojin I.YE., Urbax A.I. Arxitekturnoye proyektirovaniye obshestvennix zdaniy i soorujeniy: Uchebnik., - M.: Stroyizdat. 1990 г