logo

Binolarning funksional, hajmiy-rejali, kompozitsion va konstruktiv sxemalari. Qurilish standartlashtirilishi va unifikatsiyasi

Yuklangan vaqt:

05.05.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

181 KB
Binolarning funksional, hajmiy-rejali, kompozitsion va konstruktiv sxemalari. Qurilish standartlashtirilishi va unifikatsiyasi Reja: 1. Bino va inshootning tipologik tashkil etuvchilari funksiyasi, konstruksiyasi, shakli 2. Funksional zonalash, xonalarni guruhlarga ajratish sxemasi 3. Binoning hajmiy-rejali tuzilmasi 4. Binoning konstruktiv tuzilmasi 5. Binolarning muhandislik uskunalari 6. Ekologik loyihalashtirish – binoning hajmiy-rejali tuzilmasini shakllantirishning zamonaviy usuli 7. Qurilish standartizatsiyasi va unifikatsiyasi Bino va inshootning tipologik tashkil etuvchilari funksiyasi, konstruksiyasi, shakli Jamoat binolarining funksional, kompozitsion va konstruktiv sxemalarini ko‘rib chiqishdan avval milliy arxitektura nazariyachilari tomonidan “funksiya”, “konstruksiya” va “shakl” degan tushunchalarga berilgan ta’riflar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tamiz. Misol uchun, akademik A.V.Ikonnikov arxitektura obyektinining funksiyasi va shaklini quyidagicha ta’riflagan: “... Funksiya – arxitektura orqali hal qilinadigan amaliy va axborot tusga ega turli vazifalar kompleksi”; “... arxitektura obyektining shakli uning muhit va madaniyat kontekstida tashkil etilishi va mavjud bo‘lishi usulini ifodalaydi”. Keyinchalik me’moriy shakl tushunchasini kengaytirgan: “Texnologiyani premetli shaklga tatbiq etishning uchta taktikasini ajratish mumkin. Birinchisida ishlab chiqarish jarayonining xarakteri uning g‘oyasi manbalari qatoriga kiradi. Texnologik shaklning ikkinchi konsepsiyasi boshqa vositalar orqali tatbiq etilgan ideal texnologiyaning obrazli ifodalanishiga asoslanadi. Uchinchi konsepsiya arxitektura tilidan jarayon izlarini istisno qilishdan iborat bo‘lib, obyektning vazifasi, uning materiali va amalga oshirish usuli qanday bo‘lishidan qat’iy nazar shaklning universallik prinsipiga asoslanadi”. Funksionalizm nazariyachilari funksiya shaklning tuzilmaviy va badiiy jihatlariga yakka o‘zi ta’sir o‘tkaza oladi deb hisoblar edilar. Amaliyotda tasdiqlanganki, me’moriy obyekt shakllari inshoot mazmunidan kelib chiqqanidagina yashay oladi, lekin mexanik tarzda emas, dialektikaga asoslangan bo‘lishi, ya’ni shakl bir vaqtning o‘zida mazmunni ham shakllantirishi lozim. funksiya, konstruksiya va shakl o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ular bir-birlarini va umuman binoning mavjud bo‘lishini shartlab va muvofiq sharoitlarni belgilab beradilar. Me’moriy shaklning uning ichida ro‘y berayotgan jarayonlarga ta’siri yetarlicha kuzatilgan. Misol tariqasida boshqa ijtimoiy funksiyalarga moslab rekonstruksiya qilingan juda ko‘p obyektlarni keltirish mumkin. Moslashtirilgan bino, garchi avvaliga boshqa fazoviy obyekt qulay bo‘lib ko‘ringan bo‘lsada, vaqt o‘tishi bilan yetarlicha qulay bo‘lib qoladi. Harakatlarning muayyan universalligi mazmunan turlicha bo‘lgan jarayonlar parametrlari bo‘yicha o‘xshash bo‘lgan bo‘shliqlarda amalga oshirilishi uchun imkoniyat yaratib beradi. Bu, o‘z navbatida, istalgan arxitektura obyekti bir qator jarayonlar bir xilda kechishi uchun yaroqli bo‘lishini ta’minlaydi. Shunday qilib, so‘z arxitekturaning ko‘p funksionalligi to‘g‘risida yuritilishi zarur. So‘nggi yillardagi tadqiqotlar shuni ko‘rsatayaptilarki, ko‘p funksionallik arxitektura obyektining mazmun-mohiyatida kelib chiqadi. Biron funksiya uchun yaratilgan bo‘shliq ushbu funksiyaga nisbatan doimo keragidan ortiq hisoblanadi. Funksional potensial – o‘z ichiga ko‘p ma’noli tushunchalarning tarmoqlangan iyerarxiyasini olgan umumlashtiruvchi atamadir. Uni tashkil etuvchilar orasidan” dolzarb funksiyalar” guruhini, ya’ni istyemolchi tasavvurida obyekt shaklining qimmatli xarakteristikalari bilan bog‘liq funksiyalarni ajratish mumkin. Dolzarb funksiyalar tarkibida “sababli funksiyalar” guruhi bo‘lib, ular obyektning birlamchi vazifasini belgilab beradilar. “Sababli funksiyalar” “ishchi funksiyalar”, ya’ni arxitektura obyekti qurilganidan keyin unda beixtiyor jamlanadigan jihatlar namoyon bo‘ladigan funksiyalar kelib chiqishiga sabab bo‘ladilar. Ishchi funksiyalar obyekt mavjud bo‘lishining ustuvor va har bir davri uchun muvofiq tarzda belgilanadigan birgalikdagi funksiyalarga bo‘linadi. Arxitektura obyektlari faoliyatining funksional xususiyatlarini ko‘rib chiqishda sababli funksiyadan kelib chiquvchi jarayon doim ham qabul qilingan taxminga muvofiq kechmasligini hisobga olish zarur. Ikki: ideal va real funksiyalarni ajratish lozim. birinchisining talablariga ko‘ra obyekt shakllanadi, ikkinchisi bo‘yicha esa faoliyat ko‘rsatadi. Loyihachi ana shu farqlanishni imkon qadar kamaytirishga harakat qiladi, lekin, ideal funksiya o‘rta statistik iste’molchi uchun hisoblangan bo‘lsada, real foydalanuvchining istakxohishlarini oldindan aniqlash qiyin. Me’moriy interpretatsiyalar asosida shakl va funksiya o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklarning o‘ziga xos jihatlar bilan shartlanadigan bir qator hodisalar yotadi. Bu tarkibiy qismlar bilan shlash uchun ularni umumiy mahrajga keltirish lozim. Buni amalga oshirish uchun “funksional shakl” (konstruksiya, funksiya), “konstruktiv funksiya” (shakl, konstruksiya) va “shaklli konstruksiya” (funksiya, shakl) tushunchalarini kiritib har bir tarkibiy qismni uch xil elementdan tashkil topgan butunlik ko‘rinishida qabul qilamiz. Funksional shakl (konstruksiya, funksiya) bilan arxitekturaviy shakl (konstruksiya, funksiya) ni tashkil qiluvchi va o‘zlarida obyektning funksional xususiyatlarini jamlagan elementlar mujassamligi belgilanadi. Konstruktiv funksiya (shakl, konstruksiya) – arxitektura obyekti funksiyalari (shakli, konstruksiyasi) ni tashkil qiluvchi va o‘zlarida obyektning konstruktiv xususiyatlarini jamlagan elementlar mujassamligi. Shaklli konstruksiya (funksiya, shakl) – arxitekturaviy konstruksiya (funksiya, shakl) ni tashkil qiluvchi va o‘zlarida obyektning konstruktiv xususiyatlarini jamlagan elementlar mujassamligi. Ushbu bobning keyingi bo‘limlarida bu tushunchalar qanday va nimalar belgilanishini ko‘rib chiqamiz. Funksional zonalash, xonalarni guruhlarga ajratish sxemasi Yuqorida qayd etilganidek, jamoat binosining barcha funksiyalarini “ustuvor” va “birgalikdagi” toifalariga ajratish mumkin Jamoat binosidagi barcha funksional jarayonlarni, uning ustuvor funksiyasi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, quyidagilarga bo‘lish mumkin: - umumiy; - o‘ziga xos; - yordamchi . Binoning funksional vazifasi Binodagi funksional jarayonlar Binodagi funksional ustuvorliklar Jamoat xonalari Umumiy jarayonlar Bosh xonalar Turar-joy xonalari Yordamchi jarayonlar Birgalikdagi xonalar Ishlab chiqarish xonalari Maxsus jarayonlar Kommunikatsiyalar Funksional funksiya Funksional konstruksiya Funksional shakl Funksional zonalash – inshootni funksiyalarining umumiyligi bo‘yicha bir turdagi xonalardan iborat guruhlardan iborat zonalarga bo‘lish. Funksional bloklar – funksiyalari bo‘yicha umumiy bo‘lgan xonalar guruhi. Funksional zonalashning quyidagi turlari mavjud: - gorizontal funksional zonalash – barcha funksional bloklar bir sathda joylashib, o‘zaro gorizontal kommunikatsiyalar bilan bog‘lanadilar; - vertikal funksional zonalash – barcha funksional bloklar har xil sathlarda joylashib, o‘zaro veritkal kommunikatsiyalar bilan bog‘lanadilar; gorizontal-vertikal funksional zonalash - yuqorida keltirilgan ikki turlarning mujassamligiga asoslanadi va amaliyotda eng ko‘p tarqalgan tur hisoblanadi. Funksional zonalashning asosiy vazifasi – xonalar (yoki xonalar guruhlari) o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklarni ularning aniq chegaralarini saqlagan holda aniqlash. Bu masala xonalarni muayyan tarzda guruhlash yordamida yechiladi. Bunda xonalarni guruhlashning jamoat binosining ichki hajmi tashkil qilinishiga ta’sir ko‘rsatuvchi quyidagi asosiy sxemalarini belgilash mumkin: - yacheykali sxema; - yo‘lakli sxema; - anfiladali; - zalli sxema; - atriumli sxema; - pavilonli sxema; - aralash (kombinatsiyalashgan) sxema. Ushbu sxemalarning har birida batafsil to‘xtatilib o‘tamiz. Xonalarni guruhlashning yacheykali sxemasi funksional jarayonlar alohida kechadigan mustaqil fazoviy yacheykalardan iborat qismlardan tashkil topgan. Yacheykalar ularni tashqi muhit bilan bog‘lovchi umumiy kommunikatsiyaga ega. Xonalarni guruhlashning yo‘lakli sxemasi yagona funksional jarayonning qismlarini o‘z ichiga oladi, bu qismlar umumiy chiziqli kommunikatsiya – yo‘lak bilan bog‘lanadilar. Xonalarni guruhlashning anfiladali sxemasi bir-birining ketida joylashgan va o‘zaro umumiy o‘tish yo‘li bilan bog‘langan qator xonalardan iborat. Xonalarni guruhlashning zalli sxemasi qismlarga ajratilmagan katta maydonlarni talab etuvchi funksiyalar uchun yagona bo‘shliqni tashkil etishga asoslangan. Xonalarni guruhlashning atriumli sxemasi yopiq ichki hovli – atrium atrofida joylashgan va unga chiqadigan xonalardan iborat. Xonalarni guruhlashning pavilonli sxemasi xonalar yoki ularning guruhlarini alohida hajmlar – yagona kompozitsion yechim vositasida o‘zaro bog‘langan pavilonlarda taqsimlanishiga asoslanadi. Ushbu sxemalar mujassamlikda va birgalikda qo‘llanilishida kombinatsiyalashgan: yo‘lakli-halqali, anfilada-halqali va shu kabi sxemalar yaratiladi. Xonalarni guruhlashning yuqorida keltirilgan sxemalari jamoat binosi yoki inshootining turli kompozitsion sxemalarini yaratish uchun asos bo‘lib xizmat qilib, ular vositasida jamoat binosining hajmiy-rejali tuzilmasi shakllantiriladi. Yo‘lakli Zalli Anfiladali Yacheykali  Yo‘lkali-xalqasimon Pavilonli Yacheykali-zalli Anfilada-halqali Binoning hajmiy-rejali tuzilmasi Binoning hajmiy-rejali tuzilmasi – бу bosh va yordamchi xonalarni, ularning tanlangan o‘lchamlari va shakllarini yagona butun kompozitsiyaga birlashtirish tizimidir. Kompozitsion sxemalarning quyidagi asosiy turlari mavjud: Ixcham sxema xonalar guruhlanishining zalli, atriumli va kombinatsiyalashgan sxemalari asosida tuziladi. Chiziqli sxema tarkibiga xonalar guruhlanishining yo‘lakli, galereyali va anifadali sxemalari kiradi. Ajratilgan sxema xonalar guruhlanishining pavilonli sxemasi asosida tashkil etiladi. Binoning konstruktiv tuzilmasi Binoning konstruktiv tuzilmasi – binoda aniq vazifalarni bajaruvchi o‘zaro bog‘langan konstruktiv elementlar (poydevor, devor, orayopma, tom va boshq.) jamlanmasi. Konstruksiyalar binoda ikki vazifani bajaradilar: ular binoga tushadigan barcha yuklamalarni (konstruksiyalarning o‘zini, uskunalar va odamlar og‘irligini) va tashqi ta’sirlarni (shamol, seysmik tebranishlar va boshq.) deformatsiyasiz va buzilishlarsiz ko‘tarishi, shuningdek xonalarni sovuqdan, jaziramadan, yog‘inlardan, shovqin va boshqa kuch bilan bog‘liq bo‘lmagan noqulay ta’sirlardan himoya qilishlari lozim. Shunday qilib, binolar konstruksiyasi ko‘tarib turuvchi va to‘suvchi funksiyalarni bajaradi. Bunda ushbu funksiyalarning birlashishi yoki konstruksiyalarning ko‘tarib turuvchi va to‘suvchi toifalarga ajratilishi bo‘lishi mumkin. Jamoat binolari uchun turli konstruktiv sxemalar qo‘llaniladi: temir beton yoki po‘lat vertikal va gorizontal bog‘lovchi elementli to‘liq karkasdan iborat sxemalar, ko‘tarib turuvchi bo‘ylama yoki ko‘ndalang devorli to‘liq bo‘lmagan karkasli sxemalar. To‘suvchi konstruksiya Ko‘tarib turuvchi konstruksiya Qoplama turi Devorlar Bog‘lovchi Yassi qoplama Osma panellar Romli Fazoviy qoplama Monolit to‘siqlar Qayishqoq (egiluvchan) qavatli Tarkibli qoplama Konstruktiv funksiya Konstruktiv konstruksiya Konstruktiv shakl Tarixdan ma’lumki, arxitektura doimo texnika va texnologiyalar rivojlanishiga bog‘liq bo‘lib kelgan. “Zamonaviy texnika bizning arxitekturaga chuqur ta’sir ko‘rsatdi. Zamonaviy texnika va texnologiyalarsiz osmono‘par binolar, Bauxauzning g‘oyaviy yo‘nalishlari, geodezik gumbaz, ommaviy tarzda ishlab chiqariladigan elementlardan yig‘ilgan binolar bo‘lmas edi”. Biroq, ta’kidlash zarurki, izlanishlar davom etmoqda, shu sababdan zamonaviy sharoitlardagi konstruktiv sxemalar va elementlarning rangbarangligi, shuningdek turli ilg‘or, doimiy ravishda takomillashib borayotgan texnologiyalarning mavjudligi jamoat binolarining arxitekturaviy konstruksiyalarini alohida mavzu sifatida ko‘rilishi taqozo etadi. Santa- Krus-de-Tenerife shahridagi auditorium, Ispaniya, arxitektor S.Kalatrava, 19972003  Air shahridagi konsert zali, Yaponiya, arxitektor F. Maki, 1993-1994 Bu o‘rinda ta’kidlash lozimki, bugungi kunda aksariyat hollarda ko‘p qatlamli osma panelli karkasli tizimlar, shuningdek aralash tizimlarning turli – an’anaviy va yengil yuqori samarali materiallar jamlanmasidan tarkib topgan variantlari eng keng tarqalgan konstruksiyalar hisoblanadi. Masalan, ko‘tarib turuvchi ko‘ndalang g‘isht devorlar osma tashqi devorlar, yig‘ma karkas – monolit orayopmalar bilan birga qo‘llanilishi mumkin. Undan tashqari, yuqori samaradorlikka ega energiya tejovchi tizimlar: shamolatilladigan fasadlar, tuzilmali oyna, alyuminiy qotishmalari va plastikdan iborat vitraj elementlari ham keng qo‘llanilmoqda. Yangi qurilish va pardozlash materiallarining ko‘plab paydo bo‘lishi fasad va umuman bino qiyofasi uchun yangidan-yangi yechimlardan foydalanish imkoniyatini bermoqda. Aytish lozimki, aynan noyob va g‘ayri oddiy konstruksiya binoning kompozitsion yechimlarini belgilaydi va uning yakuniy shakllanishiga hal qiluvchi ta’sir o‘tkazadi. Shu munosabat bilan jamoat binolarining tom qoplamasi konstruksiyalari alohida e’tiborga loyiq masala sifatida ko‘rilishi lozim. Arklar, qobiqlar, gumbazlar, pnevmatik qoplamalar faqat shu binoga yoki jamoat binolarining ma’lum turiga xos bo‘lgan badiiy obraz yaratilishi uchun imkon yaratadilar. Binolarning muhandislik uskunalari Me’moriy loyihalashtirish – bino yoki inshootning ishchi loyihasini yaratib beradigan yagon kompleksli jarayonning faqat bir qismidir. Ishchi loyihalashtirish o‘z tarkibiga obyektning muhandislik uskunalariga bag‘ishlangan bir qator yondosh bo‘limlarni olgan. Jamoat binosi quyidagilar bilan ta’minlanishi lozim: isitish tizimlari, havoni shamollatish va o‘zgartirish tizimlari, suv ta’minoti va suvni chiqarish tizimlari, gaz ta’minoti, elektr uskunalari va elektr energiyasi ta’minoti, shahar telefon aloqasi, radio va televideniye tarmoqlari, qo‘riqlash va yong‘indan saqlash signalizatsiyasi, lokal kompyuter tarmoqlari. Ekologik loyihalashtirish – binoning hajmiy-rejali tuzilmasini shakllantirishning zamonaviy usuli Ekotizimni shakllantiruvchi va zamonaviy binolar uchun eng muhim va tuzilma yaratuvchi hisoblangan bir nechta jihatlarni belgilaymiz: - bino yo‘nalinishi va konfiguratsiyasini belgilash maqsadida loyihalash hududining iqlimiy sharoitlarining tahlili; - xonalarning, xususan, har bir ish joyining tabiiy yoritilganligi; - xonalarning tabbiiy shamollatilishi; - energiya tejamkorligi: iqlimiy sharoitlardan kelib chiqqan holda, isitish va, aksincha, sovutish nutqai nazaridan tejamkor rejalashtirish; - binoda mikroiqlim shakllantirish maqsadida o‘simliklardan foydalanish imkoniyatlari; - dinamik adaptatsiya prinsipida qurilgan energo faol binolar. Quyida sanab o‘tilgan jihatlarning har biri ustida to‘xtalib o‘tamiz. Xonalarning chuqurligi bilan shartlangan tabiiy yoritilganlik muammosi ayniqsa atriumli binolarda dolzarb hisoblanadi. An’anaviy rejali tuzilmaga ega ma’muriy binolarni loyihalashtirish amaliyotida shakllangan xonalar yoritilishining hisoblash usullari atriumli inshootlar uchun to‘g‘ri kelmaydi. Yo‘lakli sxemaga ega binolar uchun qo‘llaniladigan an’anaviy usullar quyosh nurlari xonalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushishiga va xona ichida aks etishiga mo‘ljallangan. Atriumli binolarda esa nurlar ishchi xonalarga yetib borguncha turli yo‘nalishlarda ko‘p marotaba aks etadilar. Shu nuqtai nazarda atriumli bo‘shliqlardan ishchi xonalarni qo‘shimcha tabiiy yoritilishi va, aksincha, ko‘z dam olishi uchun foydalaniladi. Agar, atriumli sxemada qabul qilingan hajmiy-rejali yechim ishchi xonalarni faqat tabiiy yoritilishini taqozo etsa, “atriumga quyosh nurlarini tutuvchi va tarqatuvchi shaklini berish va uning atrofida tegishli bo‘shliqni yaratish kerak” Bunda, R.Sakson bo‘yicha, atriumga tutashadigan xonalar enini kichraytirish yoki balandligini oshirish lozim (tabiiy yoritilganlik talab etilgan darajaga ega bo‘lishiga qadar). Xonalarning balandligi va derazalar turi odatdagicha bo‘lganida kengligi 12 metrdan oshmaydigan xonalarni tashkil qilish mumkin. Qavat balandligini oshirib va ayrim aks ettiruvchi maxsus qurilmalarni qurish orqali bu parametrlarni kattalashtirish mumkin. Qavat balandligini 2,7 metrdan 3,6 metrgacha kattalashtirib xonalarning qoniqarli hisoblangan yoritilishini 9 metrga ko‘paytirishni ta’minlash imkoniyati yaratiladi. Chuqur bo‘lmagan xonalar perimetr bo‘ylab tashkil etilgan oraliqlar yordamida oson yoritilib, qo‘shimcha yoritish vositalarini talab qilmaydilar. Bu holatlarda, agar qavatlar balandligi kichiklashtirilsa, atrium hajmi kattalashtiriladi. Qavatlar balandligini oshirilishi atriumning belgilangan balandligida ularning soni kamaytirilishiga, shuningdek ventilyatsiya kanallarini joylashtirish uchun qavatlararo bo‘shliqning kattalashishiga olib keladi. Agar funksional nuqtai nazardan chuqur xonalarni tashkil qilish talab etilsa, u holda ushbu bo‘shliqlarning atrium bilan bog‘lanishlarini diqqat bilan o‘rganib chiqish zarur bo‘ladi. Agar kunduzida tabiiy yoritish talab etilsa, mo‘tadil iqlim kengliklarida ham haroratni muvofiqlashtirish katta muammoga aylanishi mumkin. Atriumdan o‘ziga xos isitish qurilmasi sifatida foydalanish yo‘li bilan binoni sovutish uchun xarajatlarni kamaytirish, isitishni esa ancha soddalashtirish mumkin. Muqobil strategiya sifatida qisman tabiiy yorug‘lik bilan, qisman sun’iy yoritgichlar bilan yoritiladigan tuzilmadan foydalanish qo‘llaniladi. Bunda, optimal iqtisodiy samaraga erishish uchun tabiiy va sun’iy yorug‘liklar maxsus muvofiqlashtirish tizimi bilan o‘zaro bog‘lanishi zarur. Intergal yoritilishga mo‘ljallanib loyihalashtirilgan binolarda qorong‘i tushishiga yoki bulutli havoga qarab sun’iy yorug‘lik manbalari binoning eng chuqur va qorong‘i qismlaridan boshlab asta-sekin ishga tushirilishi lozim. Bino tuzilmasining energiya tejamkorligi nuqtai nazarida asosiy jihatlaridan biri sifatida hisoblangan ekotexnik konsepsiyasini atriumli binolar misolida ko‘rib chiqamiz. Atriumli binolarni loyihalashtiruvchilar qulaylik darajasini ham kamaytiradigan, ham yaxshilaydigan oranjereya effekti va aerodinamik tortish kuchi effekti kabi ikki hodisa bilan to‘qnash keladilar. R.Sakson bo‘yicha oranjereya effektining mohiyati shundan iboratki, quyosh nurining qisqa to‘lqinli tarkibiy qismi oynadan o‘tib, interyerni isitadi. Issiqlikning ichkaridan tashqariga nurlanishi to‘lqinlari uzunroq bo‘lib, oyna tomonidan ushlab qolinadi. Shunday qilib, quyosh issiqligi ichkarida saqlanib qolib qishda samarali va yozda, aksincha, salbiy effektni beradi. Bu hodisa atriumli bo‘shliqlarni ikki yo‘nalishda foydalanishni belgilab berdi: binolarni isitishga mo‘ljallangan atrium va binolarni sovutishga mo‘ljallangan atrium. Birinchi yo‘nalish qishda atrium ichini foydalanilgan havo hisobiga isitishga va yozda tabiiy shamollatish yo‘li bilan sovutishga asoslangan. Ikkinchi yo‘nalish atriumdan havo almashinuvini ta’minlab beruvchi havo rezervuari sifatida foydalanishni ko‘zda tutadi. Havoning tortish kuchi turli balandliklardagi havo bosimlar o‘rtasidagi farqlanish orqali hosil bo‘ladi, natijada issiq havo atriumning yopiq hajmi ichida doim pastdan yuqoriga harakatlanadi. Ana shu tortish kuchini ventilyatsiyani ta’minlash uchun ishlatish mumkin, shu sababdan ham atriumni vetliyatsion kanal sifatida ham talqin etadilar. Konstruktiv usullar ham, o‘z mohiyatiga ko‘ra binoning yo‘naltirilishi va yon-atrofdagi tabiiy obyektlardan chiqqan quyosh nurlarini aks etish kabi shaharsozlik yechimlarini hal qilish bilan birga, jamoat binolarining energetik va ekologik samaradorligini oshirishga, shuningdek ularning tejamkorligiga yo‘naltirilgan usullar sirasiga kiradi. “Dinamik adaptatsiya prinsiplaridan foydalanuvchi kinematik usullar ... quyosh energiyasini ushlab qolinishi va jamlanishini yaxshilash imkonini beruvchi energofaol binolarning Quyosh aylanishini kuzatish rejimida aylanishi yoki boshqa siklik harakatlanishlar; to‘siqlarni energofaollik va energetik tejamkorlikni oshiruvchi turli ko‘rinishlarga o‘zgartirilishi; Quyosh harakatlanishini kuzatuvchi kollektorning va buriluvchi panelli kollektorlarni tatbiq etilishi; buriluvchi qaytarish ekranlarining qo‘llanilishi alohida o‘rin tutadilar”. Qurilish standartizatsiyasi va unifikatsiyasi Binolarnng qurilishi industrial metodlar bilan, ya’ni industrial opalubkada tayyorlangan yig‘ma elementlar yoki monolit konstruksiyalar qurilish maydonchasida olib boriladi. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda loyihalashtirishda binolar va ularning elementlari parametrlari maksimal darajada unifikatsiyalashgan bo‘lishi lozim. Unifikatsiya – binolar va ularning elementlari parametrlari miqdorini ular orasidagi funksionallik nuqtai nazaridan asoslanmagan farqlanishlarni ilmiy asoslangan yo‘l bilan qisqartirilishi. Unifikatsiya bir tipdagi buyumlarni – blok, orayopma plitalalari, yig‘ma kashaklar, shuningdek deraza va eshik bloklari, deraza tokchalari taxtalari va shu kabilarni turli vazifalar uchun mo‘ljallangan binolarda qo‘llash imkonini beradi. Buyumlarni geometrik o‘lchamlari unifikatsiyasining asosi bo‘lib qurilishdagi o‘lchamlarning modulli koordinatsiyasi xizmat qiladi. Modul o‘lchamlar koordinatsiyasi maqsadida qabul qilingan shartli birlik. Asosiy modul qilib 100 mm ga teng uzunlik qabul qilingan bo‘lib, binoning barcha o‘lchamlari shu modulning karralik miqdorlarida belgilanadi. Yiriklashtirilgan modul asosiy modulning butun songa ko‘paytirilgan kattaliliga teng bo‘lib, yiriklashtirilgan modullarning 300 mm, 600 mm, 1200 mm, 1500 mm, 3000 mm va 6000 mm ga teng amaliyotda qo‘llanishi uchun qulay qatori belgilangan. Yiriklashtirilgan modullar asosiy me’moriy-rejali parametrlarning – orayopmalar oraliqlari, devorlararo qadamlar, qavatlar balandligi, oraliqlar kattaligi va shu kabilarning o‘lchamlarini belgilashda ishlatiladi. Keng miqyosda qo‘llash uchun eng takomil va iqtisodiy nuqtai nazardan samarali bo‘lgan konstruktiv elementlarni tanlash maqsadida ularning turlariga qarab guruhlash, ya’ni tipiklashtirish usulidan foydalaniladi. Bino va inshootlar elementlarini unifikatsiyalashtirish, standartlashtirish va tikilashtirish asosida katalog, davlat standartlari, rejalashtirish elementlarining normallari kabi bir qator hujjatlar tuziladi. Adabiyotlar: 1. Ubaydullayev X.M., Inagamova M.M. Turar-joy va jamoat binolarini loyihalashning tipologik asoslari: Darslik. - T.: Voris-nashriyot, 2005. 2. Abdujabbarova M.T. Turar-joy binolarini loyihalash: O‘quv qo‘llanma. – T.: TAQI, 2018. 3. Qodirova S.A. Jamoat binolarini loyihalash: O‘quv qo‘llanma. – T.: TAQI, 2015. 4. Inogomov B.I. Zamonaviy bino va inshootlarni loyihalash: O‘quv qo‘llanma. - T.: TAQI, 2010. 5. Ubaydullayev X.M., Xidoyatov T.A, Abduraxmanov Y.I, Korobovsev G.I., Mansurov Y.M. Arxitekturaviy loyihalash: O‘quv qo‘llanma. - T.: TAQI, 2012. 6. Ubaydullayev X.M., Maxmudov V.M. “Metodika arxitekturnogo proyektirovaniya” Toshkent,TAQI, 2010 y., o‘quv qo‘llanma. 7. Xidoyatov T.A., Kadirova S.A., Magomedova F.X. “Arxitektura obsheobrazovatelnix shkol Uzbekistana”. Tashkent 2005 g. 8. Qodirova T.F. O‘zbekistonning istiqlol yillari me’morchiligi: O‘quv qo‘llanma., O‘AJBNT markazi, 2004 y. 9. Rojin I.YE., Urbax A.I. Arxitekturnoye proyektirovaniye obshestvennix zdaniy i soorujeniy: Uchebnik., - M.: Stroyizdat. 1990 g