logo

Parazit chuvalchanglar yassi chuvalchanglar tipining umumiy tavsifi va sistematikasi so'rg'ichlilar (trematoda) va monogeniyalar (monogenea) sinflari

Загружено в:

20.09.2019

Скачано:

0

Размер:

682.1015625 KB
Parazit chuvalchanglar yassi chuvalchanglar tipi- ning umumiy tavsifi va sistematikasi so'rg'ichlilar (trematoda) va monogeniyalar (monogenea) sinflari Reja; 1. Yassi chuvalchanglar (plathelminthes) tipi. 2. Jigar qurtlarining (Fasciola sp.) biologik xususiyatlari. 3. Mushuk ikki so'rg'ichlisi (Opisthorchis felineus). 4. Monogeniyalar (monogenea) sinfi. Parazitlik qilib hayot kechiruvchi chuvalchanglar gelmintlar, ular keltirib chiqaradigan kasalliklar esa gelmintozlar deb ataladi. Gelmintlarni o'rganuvchi fan gelmintologiya deyiladi. Skoletsidalar, ya'ni chuvalchanglar tabiatda eng ko'p tarqalgan hayvonlar guru- hini tashkil qiladi. Ularning ko'pchilik turlari suvda va tuproqda erkin holda yashay-di. Shu bilan bir qatorda o'simliklarning to'qimalarida, umurtqasiz va umurtqali hayvonlarda hamda odamlarning turli organlarida parazitlik qilib yashaydigan tur lari ham oz emas. Skoletsidalar katta tipi o'z navbatida yassi chuvalchanglar, tikan-boshlilar, to'garak chuvalchanglar, nemertinlar va halqali chuvalchanglar tiplariga bo'linadi. Parazitlik qilib yashaydigan turlari asosan birinchi 3 ta tiplarida uchraydi. Yas - si chuvalchanglar tipida 9000 dan ortiq turi, tikanboshlilar tipida 500 ta turi va to'garak chuvalchanglar tipida 3000 dan ortiq turi parazitlar hisoblanadi. Halqali chuvalchanglar tipida ham 450 dan ortiq turi parazitlik qilib hayot kechiradi. Jinsiy voyaga yetgan parazit chuvalchanglar, ya'ni gelmintlar asosan umurtqali hayvonlarda parazitlik qiladi. Ulaming ko'pchiligi endoparazitlar, ya'ni hayvon- larning turli ichki organlarida parazitlik qiladi. Gelmintlar rivojlanish sikliga ko'ra biogelmintlar va geogelmintlarga bo'linadi. Biogelmintlarning rivojlanish siklida oraliq yoki qo'shimcha xo'jayinlar ishtirok etadi (barcha so'rg'ichlilar, tasmasimon chuvalchanglar, tikanboshlilar sinflarining vakillari va qisman nematodalar sinfining vakillari). Geogelmintlar guruhiga kiruvchi parazit chuvalchanglar esa oraliq xo'jayinlarsiz to'g'ridan-to'g'ri rivojlanadi. Askarida, ostritsa, trixotsefala va boshqa nematodalar shular jumlasidandir. YASSI CHUVALCHANGLAR (PLATHELMINTHES) TIPI. Yassi chuvalchanglar dengiz va okeanlarning suv ostida hayot kechirishga o’tgan kovakichlilardan kelib chiqqan. Yassi chuvalchanglar tipi uchun quyidagi belgilar eng xarakterlidir: 1) embrional taraqqiyotida ekto- , ento- va mezoderma qavatlarning rivojlanishi va shu tufayli tananing uch qavatga ega bo’lishi, 2) muskul, nerv, ayirish, jinsiy sistemalar, ko’pchiligida hazm organlarining rivojlanishi va murakkablashishi, 3) teri-muskul xaltaning paydo bo’lishi, 4) tana shaklining ikki tomonlama simmetriyaga o’tishi, 5) tana bo’shlig’ining bo’lmasligi. Yassi chuvalchanglarning dastlabki vakillarini asosan erkin, yirtqich holda yashovchi kiprikli chuvalchanglar yoki turbellyariyalar tashkil qiladi. Yassi chuvalchanglar tipi vakillari gavdasining uzunligi 0,3 mm dan 15-20 metrgacha va hatto ayrim ulkan turlari 30 metrgacha (kashalotlarning ichagida parazitlik qiladigan tasmasimon chuvalchanglardan - Polygonoporus giganticus) boradi. Bu tipga 15 mingga yaqin tur kiradi. Umuman, yassi chuvalchanglar tipiga kiruvchi hayvonlar o'rtasida dengiz va chuchuk suv havzalarida erkin hayot kechiruvchi kiprikli chuvalchanglar yoki tur- bellariyalar bilan bir qatorda turli hayvonlar va odamlarning har xil organlarida parazitlik qiluvchi juda ko'plab turlari mavjud. Parazitlik bilan hayot kechiradigan yassi chuvalchanglar tuzilishi va biologiya- sida yashash sharoiti ta'sirida vujudga kelgan juda ko'p o'ziga xos xususiyatlari bor. Ularning ayrimlarining rivojlanish sikli ancha murakkab kechadi. Yassi chuvalchanglar tipi o'z navbatida 9 ta sinfga bo'linadi, asosiylari quyida- gilar: 1. Kiprikli chuvalchanglar yoki turbellariyalar (Turbellaria) sinfi. 2. So'rg'ichlilar yoki trematodalar (Trematoda) sinfi. 3. Monogeniyalar (Monogenea) sinfi. 4. Tasmasimon chuvalchanglar yoki sestodalar (Cestoda) sinfi. 5. Sestodasimonlar (Cestodaria) sinfi. Yassi chuvalchanglar tipidan faqat kiprikli chuvalchanglar sinfi vakillari erkin holda dengizlarda, chuchuk suvlarda va tuproqda yashaydi. Ularning barchasi yirt- qichlar bo'lib, bir hujayrali hayvonlar, chuvalchanglar, mayda qisqichbaqasimonlar va hasharotlar bilan oziqlanadi. Qolgan sinflarining vakillari esa parazitlar hisoblanadi. SO'RG'ICHLILAR (TREMATODA) SINFI. Trematodalar sinfi vakillari ham monogeneyalar singari kiprikli chuvalchanglardan kelib chiqqan. Ammo ular barcha umurtqalilar - baliqlar, amfibiyalar, reptiliyalar, qushlar va sut emizuvchilar, shu jumladan odamlarning h amda umurtqasizlarning ichki parazitlari hisoblanadi. Bu sinf haqidagi dastlabki ma'lumotlar 17-asrning o'rtalarida paydo bo'lgan. Taniqli italiyalik olim Redi birinchi marta qoramollar jigarida jigar qurtini topib, uning tuzilishini o'rganadi. Shved olimi K. Linney trematodalaming 40 dan ortiq turini o'rganib, birinchi marta trematodalar sinfiga asos solgan. 1819-yili mashhur gelmintolog olim K.A. Rudolfi 220 dan ortiq trematodalar turini o'rganadi. Trematodalarni har tomonlama o'rganishda rus olimlari yetakchi rol o'ynaydi. Akademik K.I. Skryabin o'z sho-girdlari bilan trematodalar bo'yicha 26 tomlik kapital asarlar yozgan. Hozirgi vaqtda trematodalar, ya'ni so'rg'ichlilar sinfiga 5000 dan ortiq tur kiradi , shulardan qariyb 50% i baliqlarda qolganlari esa boshqa umurtqalilarda parazitlik qiladi. Odamlarda ularning 30 ga yaqin turi uchraydi. Trematodalar o’z xo’jayinlarining hazm organlarida, jigar va jigar o’t yo’llarida, qon tomirlarida va boshqa ichki organlarda parazit holda yashaydi. Bu sinfga kiruvchilarning hammasi endoparazitlar hisoblanadi. Trematodalarning ko’pchiligi bargsimon shaklga ega. Ammo ular orasida noksimon, ipsimon shaklga ega bo’lganlari ham uchraydi. Trematodalarning tana uzunligi 0,1 mm dan 10-15 sm gacha yetadi. Akulalarning og’iz bo’shlig’ida parazitlik qiladigan ayrim so'rg'ichlilarning uzunligi 1,5 m ga yetadi (Didymozoidae oilasi turlari). Tana qoplag'ichi tegument deb ataladigan kipriksiz epiteliydan iborat. Epiteliyning sirtqi qavati yadrosiz sitoplazmatik plastinkadan iborat. Bu qavat hujayralar juda ko'p mitoxondriylar va vakuollarga ega, lekin hujayralar o'rtasida chegara yo'qolib, sinsitiy hosil qiladi. Epiteliy sirtidagi har xil pixlar qo'shimcha yopishuv organi hisoblanadi. Sitoplazmatik ipchalar yordamida tegument qavati sitoplazmaning parenximasiga botib turadigan yadroli qismi bilan bog'langan. Tegument ostida bazal membrana va uning ostida halqali-bo'ylama muskullar joylashadi. Hazm sistemasi ektodermali oldingi ichak (og’iz, tomoq, q izil o’ ngach) va entodermali o’rta ichakdan iborat. Yirik vakillarida ichak kuchli tarmo q langan bo’lsa, birmuncha mayda turlarida ikkita yon nayidan tuzilgan. Ichaklarining uchlari berk. O g’ zi tananing oldingi qismida, og’iz s o’ r g’ ichining ostida joylashgan (19- rasm). Ayirish sistemasi protonefridiy tipida bo'lib, odatda bir juft yig'uvchi naylar va ulardan tarqaladigan juda ko'p naychalardan iborat. Naylar siydik pufagiga, pufak esa tashqariga ochiladi. Nafas olish va q on aylanish sistemalariga ega emas. Nerv sistemasi ortogon tipda tuzilgan bo'lib, bir juft miya gangliylaridan hamda ulardan oldinga va orqaga ketadigan uch juft bo'ylama nerv tomirlari dan iborat. Nerv tomirlari ko'ndalang nerv tolalar bilan qo'shilgan. Bo'ylama nervlardan ayniqsa, qorin nerv tomiri yaxshi rivojlangan. Sezgi organlari voyaga yettan davrida rivojlanmagan, suvda erkin suzib yuradigan lichinkalarning bir yoki ikki juft oddiy ko'zchalari-teri retseptorlari bo'ladi. Endoparazitizmga o’tish tufayli k o’ zlari yo’qolgan. Trematodalarning ko’pchiligi germafrodit. Ular ichida faqat q on parazitlari - shistosomalar ayrim jinslidir. 19 -rasm. Fasciola hepatica ning ovqat hazm qilish va ayirish organlari: a) ovqat hazm qilish organlari: 1-og’iz so’rg’ichi va og’iz; 2-halqum; 3-qorin so’rg’ichi; 4-tarmoqlangan ichak; b) ayirish organlari: 1-protonefridiyalar; 2-markaziy ayirish kanali; 3-ekskretor teshik. Jinsiy sistemasi xilma-xil va murakkab tuzilgan. Erkaklik jinsiy organi qorin so'rg'ichidan orqaroqda joylashgan bir juft urug'dondan iborat. Urug'donlardan bittadan urug' yo'li boshlanadi. Qorin so'rg'ichidan keyinroqda urug' yo'llari qo'shilib, urug' chiqarish nayini hosil qiladi. Bu nay urug'lantiruvchi organ ichidan o'tadi. Urug'lantiruvchi organ maxsus xaltacha jinsiy kloakada joylashgan ( 20- rasm) . Tuxumdoni bitta; urag'donlardan keyinroqda joylashadi. Tuxumdon ootip deb ataladigan xaltachaga ochiladi. Ootipga urg'ochilik jinsiy bezlarining yo'li ochiladi. Tananing ikki yonida juda ko'p pufakchalar shaklidagi sariqdonlar joylashgan. Tananing oldingi va keyingi qismidan chiqadigan sariqdon yo'llari bitta ko'ndalang nayga birlashadi va ootipga kelib qo'shiladi. Ootipdan uzun egri-bugri bachadon boshlanadi. Bachadon yetilgan tuxum hujayralar bilan to'lgan bo'lib, jinsiy kloakaga ochiladi. Ootipga urug' qabul qilgich va qisqa laurerov nayi ham ochiladi. Bundan tashqari ootipni mayda po'choq bezlari ham o'rab turadi. Yetilgan tuxumlar ootipga tushib urug'lanadi. Buning uchun kuyikish organi bachadonga kiritiladi. Urug'lar bachadondan urug' qabul qilgichga va undan ootipga o'tadi. Laurerov nayi orqali ootipdagi ortiqcha urug' hujayralari chiqarib turiladi. Sariqdon hujayralarining sitoplazmasida zahira oziq modda glikogen to'planadi. Sariqdon hujayralari tuxum hujayrani o'rab oladi. Sariqdon hujayralari ajratadigan maxsus modda bu hu jayralar sirtida qattiq po'choq hosil qiladi. Yetilgan tuxum bachadonga tushadi; u joydan tashqi muhitga chiqib ketadi. 20-rasm. Fasciola hepatica ning nerv sistemasi va jinsiy organlarining tuzilishi: a) nerv sistemasi: 1-halqum oldi nerv tuguni; 2-qorin va yon nerv tomirlari; 3-komissuralar; b) jinsiy organlari: 1-urug’donlar; 2-sariqdon yo’li; 3-laurer kanali; 4-ootip; 5-urug’ qabul qilgich; 6-tuxumdon; 7-sirrus; 8-sirrus xaltasi; 9-sariqdon; 10-bachadon; 11-melis tanachasi; 12- urug’ yo’li; v) 1-urug’donlar; 2-sariqdonlar; 3-laurer kanali; 4-ootip; 5-urug’ qabul qiluvchi; 6- tuxumdon; 7-bezlar; 8-qo’shilish organlarining xaltasi(sumkasi); 9-sariqdon bezlari; 10-bachadon; 11-melis tanachasi; 12-urug’ yo’llari. Barcha trematodalar xo’jayin almashtirish yo’li bilan rivojlanadi. Ular ikki yoki uch xo’jayin orqali taraqqiy etadi. Necha xo’jayin ishtirokida rivojlanmasin barcha trematodalarning birinchi oraliq xo’jayini suvda yoki quruqlikda yashovchi mollyuskalar hisoblanadi. Mollyuskalar uchramaydigan hududlarda trematodalarning ontogenezi t o’ xtaydi. O’zbekiston hududida suv mollyuskalari orqali rivojlanuvchi trematodalar odatda ikki xo’jayinli (biri nchi -orali q xo’jayin- mollyuskalar, ikkinchisi-asosiy, yoki definitiv xo’jayinlar-umurtqalilar), quru q likda yashovchi mollyuskalar orqali rivojlanuvchilari – uch xo’jayinli bo’ladi. Trematodalarning taraqqiyoti, ya’ni ontogenezi o’z ichiga 4 bosqichni oladi, ya’ni embriogoniya, partenogoniya, sistogoniya va maritogoniya. Ikki xo’jayinli trematodalarda embrional taraqqiyot bosqichi suv muhitida, nam sharoitda kechadi. Bu bosqichda tuxum ichida 1- avlod lichinka - kiprikli miratsidiya yetiladi, bu lichinka tuxum qopqoqchasini ochib tuxum ichidan suvga o’ tadi. Bunday miratsidiyda ikkita oddiy k o’ zcha, bosh nerv tuguni, protonefridiyalar, muskul qavatlar rivojlangan bo’ladi. Unda ichak va jinsiy apparat bo’lmaydi. Shunday q araganda trematodalarning 1 - avlod lichinkasi - miratsidiyning tuzilishi ancha murakkab va ko’p jihatdan turbellyariyalarni eslatadi. Miratsidiy ichaksiz bo’lganligi tufayli oziqlana olmaydi, shuning uchun uning umri juda qisqa bo’ladi(36 soatgacha). Shu orada u suzib yurgan holda o’ zining orali q xo’jayini-mollyuskalarni qidiradi va faol holda uning tanasini teshib kiradi. Buning uchun ular tana uchidagi x artumcha va maxsus bezlar shirasidan foydalanadi. Mollyuskaning jigarida kiprikchalari, ko’zchalari, nerv tugunlari, protonefridiyalarini y o’q otib, 2- avlod lichinka - xaltasimon sporotsistaga aylanadi. Shu paytdan boshlab trematodalarning partenogoniya taraqqiyot bosqichi boshlanadi. Sporotsistalar ichagi bo’lmagan holda tana yuzasi bilan xo’jayin tanasidan erigan moddalarni shimib oziqlanadi. Sporotsistadagi tuxum hujayralari otalanmasdan, partenogenetik yo’l bilan ko’payib, ko’plab 3- avlod lichinka - rediyalarni hosil qiladi. Rediyalar sporotsistalar ichidan ajralib chiqadi. Partenogenetik yo’l bilan ularning tuxum hujayralaridan 4 - avlod lichinkalar - dumli serkariyalar rivojlanadi. Serkariyalarda ikkita s o’ r g’ ich, ikki shoxli ichak, pr o tonefridiyalar yetilgan bo’ladi. Shu darajaga yetgan serkariyalar rediyalarni yorib mollyuskalarning maxsus teshigidan suvga chi q adi. Shu bilan trematodalarning partenogoniya taraqqiyot bosqichi tugab, sistogoniya taraqqiyot bosqichi boshlanadi. Bunda serkariyalar suv o’ tlariga va boshqa qattiq substratlarga, ayrim hollarda suv yuzasida o’zining sistogenli bezlaridan ajralib chiqqan yelimsimon modda bilan yopishib, yumaloq shaklga keladi va maxsus qobiqlarga o’ raladi, dumini yo’qotib, sista-adoleskariya hosil qiladi. Adoleskariyalar trematodalarning 5 - avlod lichinkasidir. Maritogoniya taraqqiyot bosqichida o’tlarga yopishgan yoki suvdagi bunday yu q umli adoleskariyalar asosiy xo’jayinlar (barcha umurtqalilar, shu jumladan barcha qishloq xo’jalik hayvonlari, odamlar) organizmiga og’iz orqali tushgach, oshqozonda va ichakda ularning qobiqlari erib, ajralib chiqqan lichinkalar o’ zlarining parazitlik q ilish joylariga tushadi va asta-sekin maritaga, ya’ni voyaga yetgan trematodaga aylanadi. Bunday trematodalardan tashqi-suv muhitiga ajralib chiqqan tuxumlarda rivojlangan miratsidiyalar yuqorida ko’rsatilgan taraqqiyot bos q ichlarini bosib o’tadi. So’rg’ichlilar sinfidan odam va mahsuldor hayvonlarga ko’proq Fasciolata, Paramphistomata, Heterophyata, Echinostomatata va Schistosomatata kenja turkumlarning vakillari katta ziyon yetkazadi. Jigar qurtlarining ( Fasciola sp .) biologik xususiyatlari. Jigar qurtlari Fasciolidae oilasiga kiradi. Jigar qurti odatda mayda va yirik shoxli mollarda, ba’zan boshqa hayvonlar va odamlarning jigarida hamda o’t yo’llarida parazitlik qiladi. Dunyoda Fasciolidae oilasiga 8 ta tur kiradi. Respublikamizda chorva mollarida fasciolalarning asosan 2 ta turi, ya’ni oddiy jigar qurti (Fasciola hepatica) va gigant jigar qurti (Fasciola gigantica) parazitlik qiladi. F.hepatica bargsimon shaklda bo’lib, voyaga yetganlarining tanasi 30-40 mm uzunlikka, eni esa 12-13 mm ga teng. Bunday fasciolalarning rangi kulrang va biroz qo’ng’ir bo’lsa, jigar to’qimalarida parazitlik qiluvchi yosh trematodalar oq, sutsimon ko’rinishga ega va ular tanasining uzunligi odatda 18-19 mm dan oshmaydi. F.gigantica ning tanasi bo’yiga cho’zilgan, eni esa qisqa bo’ladi. Ularning jigar o’t yo’llarida parazitlik qiluvchi voyaga yetganlarining tana uzunligi 30 mm dan 70 mm gacha bo’lib, eni esa 6-11 mm. Jigar to’qimalarida parazitlik qiluvchi mazkur turga oid yosh trematodalarning uzunligi 1-2 mm dan 30 mm gacha bo’lib, eni 0,2-5,0 mm ni tashqil qiladi. Ushbu trematoda F.hepatica ga nisbatan yuqori patogenli hisoblanadi. Fasciolalarning tuxumlari oval shaklida, sariq-tilla rangda bo’lib, bitta qutbida qopqoqchasi mavjud. F. hepatica tuxumlarining o’lchami 0,12-0,15 mm ga teng. F.gigantica tuxumlari esa biroz yirikroq bo’ladi. Fasciolalar biogelmint bo’lib, ular asosiy va oraliq xo’jayinlar ishtirokida rivojlanadi. Asosiy xo’jayin vazifasini o’txo’r sutemizuvchilar, oraliq xo’jayin vazifasini esa Lymnaeidae oilasiga mansub chuchuk suv mollyuskalari bajaradi. O’zbekistonda chuchuk suvlarda yashaydigan qorinoyoqli mollyuskalardan kichik chuchuk suv shilliqqurti (Lymnaea truncatula) oddiy jigar qurtining oraliq xo'jayini hisoblanadi. F.gigantica ning oraliq xo’jayini doirasi esa ancha keng bo’lib, uning rivojlanishi L. auricularia, L. bactriana, L. subdisjuncta va L. impura mollyuskalari ishtirokida o’tadi. Ushbu turlarga oid mollyuskalar ko’pincha yer osti suvidan paydo bo’lgan doimiy va vaqtinchalik suv havzalari(ko’llar, suv qochirish kanallari, buloq suvlari)da tarqalgan. Ularni shuningdek barcha sug’orish shoxobchalarida ham yetarli darajada uchratish mumkin. Hozirgi vaqtda fasciolalarning oraliq xo'jayinlari sifatida 18 turga kiruvchi chuchuk suv qorinoyoqli mollyuskalari aniqlangan. Jigar qurti nihoyatda serpusht, bitta jigar qurti bir hafta davomida bir milliontagacha tuxum qo'yishi mumkin. Tashqi muhitda qulay sharoit bo'Iganda 17-18 kunda usti mayda kiprikchalar bilan qoplangan, harakatchan lichinka- miratsidiy chiqadi(21-rasm). Miratsidiylar 2-3 kun suvda erkin suzib yuradi va keyingi rivojlanishi uchun oraliq xo'jayini-qorinoyoqli mollyuskalarni topib, xartumi orqali mollyuska chig'anog'ini teshadi va uning ichiga kiradi. So'ngra bu lichinkalar mollyuska jigariga o'rnashib, kiprikli ustki qavatini tashlab, qopga o'xshash shaklga ega bo'lgan keyingi lichinkalik davri - sporotsistaga aylanadi. Sporotsista ichidagi embrion hujayralari partenogenez (otalanmasdan) yo'li bilan ko'payib, lichinkaning navbatdagi generatsiyasi-rediyalarni hosil qiladi. Rediyaning kalta xaltaga o'xshash ichagi bo'ladi. Bitta sporotsistada 10-15 ta rediyalar yetiladi. Sporotsista yorilib, rediyalar mollyuska tanasiga chiqadi. Rediyalar murakkabroq tuzilgan bo'lib, ularda og'iz, shoxlanmagan to'g'ri ichak, ichki qismida esa tuxum (embrion) hujayralari bo'ladi. Bunday rediyalar sporotsista po'stini yorib chiqib, mustaqil ravishda rivojlanishini davom ettiradi. Rediyalar mollyuska ichida 2-2,5 oy yashaydi. Cho'ziq shakldagi rediyalar ham partenogenetik yo'l bilan ko'payib, jigar qurtining navbatdagi lichinkalik davri - serkariylarni hosil qiladi. Serkariylar rediyalardan keskin farq qilib, ularning tanasi tuxum shaklida, 2 ta so'rg'ichi, ya'ni og'iz va qorin so'rg'ichi, 2 shoxchaga bo'lingan o'rta ichagi, anchagina rivojlangan ayiruv organlar sistemasi, jinsiy organlar boshlang'ichi va orqa uchida lichinkaga xos organ muskulli dumi bo'ladi. Serkariylar ana shu dumi orqali suvda suzadi. 21-rasm. Fasciola hepatica ning taraqqiyot sikli sxemasi: 1-jinsiy voyaga ytgan shakli (marita); 2-asosiy xo’jayinlari; 3-tuxum; 4-miratsidiy; 5-oraliq xo’jayin-mollyuska; 6-sporotsista; 7-yosh rediya; 8-yetilgan rediya; 9-serkariya; 10-adoleskariya; 11-o’tga yopishgan adoleskariyalar. Demak, serkariylar ma'lum darajada voyaga yetgan jigar qurtiga o'xshaydi. Serkariylar rediya tanasidagi teshik orqali mollyuska tanasidan suvga chiqadi. Serkariyalar ham miratsidiylar singari oziqlanmaydi. Ma'lum vaqt (24-48 soat) suvda suzib yurib, so'ngra yumaloqlanadi, dumi tushib ketadi va o'zidan chiqqan po'stga, ya'ni sistaga o'ralib, adoleskariy deb ataladigan keyingi lichinkalik davriga aylanadi. Adoleskariylar suv ustida suzib yuradi yoki ko'pincha suv o'tlariga yopishgan holda suv ostiga cho'kib, uzoq vaqt tiriklik xususiyatini saqlab qoladi. Adoleskariy yuqumli (invazion) holat hisoblanadi. Ular o't va suv orqali asosiy xo'jayinlari (umurtqali hayvonlar) yoki odam organizmiga o'tadi. Xo'jayini ichagida sistaning qobig'i eriydi, yosh parazit hayvonning ichak devorlariga yopishib qon kapillyarlari orqali jigar o't yo'llariga o'tadi va u yerda jinsiy voyaga yetib, yuqoridagi hayot jarayoni yana takrorlanadi. Shunday qilib, miratsidiyning mollyuska organizmiga kirib serkariyga aylanishiga qadar 60-90 kun kerak bo'ladi. Partenogenetik yo'li bilan ko'payib, bitta miratsidiydan 600-800 tagacha serkariylar yetishib chiqadi. Asosiy xo'jayini organizmiga kirgan adoleskariylar 2,5-4 oydan keyin jinsiy voyaga yetadi va ular asosiy xo'jayinlar organizmida o'rtacha 10-12 oydan 3-5 yilgacha, ba'zan esa 10 yildan ortiq hayot kechiradi. Fasciolyoz O’zbekistonning barcha viloyatlarida uchrab, sug’oriladigan, tog’ oldi va tog’ hududlarida hamda suv havzalari mavjud bo’lgan yaylovlarda tarqalgan. F.hepatica zoogeografik belgilari bo’yicha kosmopolit tur hisoblanadi, shunga ko’ra u barcha mamlakatlarda tarqalgan. Uning tur areali doirasida bir-biridan morfologik va biologik xususiyatlari bilan farq qiluvchi populyatsiyalari mavjud (yapon, amerika va avstraliya shakllari). F.hepatica O’zbekistonning Xorazm viloyati va Qoraqalpog’iston Respublikasidan tashqari barcha hududlarda tarqalgan. F.gigantica - kosmopolit emas, dunyoning faqatgina issiq iqlimli mamlakatlarida tarqalgan. Ushbu tur fastsiola hozirgi paytda O’zbekistonning barcha hududlarida uchraydi. U Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyatida fastsiolyozning yagona qo’zg’atuvchisi hisoblanadi. Boshqa viloyatlarda esa F.hepatica bilan aralash holda uchraydi. Jigar qurti keltirib chiqaradigan kasallik fasciolyoz deyiladi. Bu kasallik qo'zg'atuvchilari ko'proq sersuv to'qayzorlarda, chuchuk suvlari ko'p bo'lgan yaylovlarda keng tarqalgan. Ayniqsa, yaylovlarni almashtirmasdan kasal hayvonlarni bir joyning o'zida uzoq vaqt boqilsa fassiolyoz keng tarqaladi. Chunki kasal hayvon o'z tezagi 'bilan uzluksiz parazit tuxumlarini chiqarib turadi. Jigar qurti asosan qon va jigar to'qimasi bilan oziqlanib, o'z xo'jayiniga katta ziyon yetkazadi. Bu parazit jigardagi o't yo'ilarida ohak to'planishi va uning bekilishi tufayli jigarda og'ir kasallik tug'diradi. Hayvonlarning ishtahasi pasayib, ozib ketadi, ichi ketadi. Yosh mollarning o’sishi sekinlashadi, sigirlarning sut mahsuloti kamayadi. Surunkali fasciolyozda qoramolar va qo’ylarning jag’ ostida, ko’krak qismida shishlar paydo bo’ladi. Ba’zan bola tashlash ham kuzatilishi mumkin. Kasallik davolanmasa o'lim bilan tugaydi. Fasciolyoz yer yuzida keng tarqalgan. Prof. N.V. Demidovning rna'lurnotiga qaraganda MDH mamlakatlarida har yili chorva mollarining fassiolyoz kasalligidan nobud bo'lishi natijasida 1500-2500 tonna go'sht va bir million tonnadan ortiq sut yo'qotiladi. Bu kasallik O'zbekistonda ham keng tarqalgan bo'lib, mahsuldor mollarning 35,9-65,5 %i fassiolyoz bilan kasallangan. Fasciolyoz barcha yoshdagi qishloq xo’jalik hayvonlarida parazitlik qiladi. Hayvonlarning kasallanishi bahor oylaridan boshlanadi, yoz va kuzda fastsiolalar bilan zararlanish kuchayadi, qish oylarida ham davom etadi. Fasciolyozning kechishi va uning klinik belgilari parazitlik kiladigan fastsiolalar soniga, yoshiga, turiga, hayvonning fiziologik holatiga, saqlanish va oziqalanish sharoitiga bog’liq. Fasciolyoz bilan kasallangan chorva mollarini davolash uchun ularga fassiolalarni o'ldiradigan va ularni hayvon tanasidan hay dab chiqaradigan dorilar (angelmintlar) beriladi. Sunday preparatlarga uglerod IV-xlorid, geksaxlorparaksilol, filiksan, geksaxloretan, dertil "O", "B", geksixol, asemidofen, faskoverm, disalan, bitionol va boshqalar kiradi. Hayvonlarga fasciolyoz yuqtirmaslik uchun, avvalo, yaylov va suv manbalarida jigar qurti lichinkalarining tarqalishiga yo'l qo'ymaslik, fasciola yuqishidan saqlash, tezaklarni zararsizlantirish, irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarini tartibga solish, botqoqliklarni quritish, fassiola lichinkalari bilan zararlangan mollyuskalarning bio-toplarini mis kuporosi, dixlosalitsilanilid, ammiak selitrasi eritmasi bilan ishlash, yaylovlarni almashtirish va boshqa chora-tadbirlarni ko'rish kerak. Odamlar ham fassiolyoz bilan kasallanishi mutnkin. Bunda odamlar tasodifan jigar qurtining ko'zga ko'rinmas lichinkalari (adoleskariylari) bor bo'lgan hovuz, ko'l va xalqob suvlarni ichganda yoki bar xil suv o'tlarini yuvmasdan iste'mol qilganda ularni o'zlariga yuqtiradi. Masalan, Fransiyaning Lion shahri yaqinida 500 dan ortiq kishi fasciolyoz kasalligi bilan og'rigan. Olimlarning tekshirishicha bu odamlar botqoqlikda o'sadigan krest-salat o'tini iste'mol qilib, bu kasallikni o'zlariga yuqtirganlar. Umuman, odamlar bu kasallik bilan og'rimasligi uchun, avvalo oqmaydigan suvni qaynatmasdan ichmasliklari, suv va botqoqliklarda o'suvchi o'tlarni yaxshilab yuvib iste'mol qilishlari kerak. Kasallangan odamlar albatta xloksil preparati bilan davolanishlari lozim. Hamma so'rg'ichlilarning hayot sikli ham jigar qurtinikiga o'xshamaydi. Ko'pchilik so'rg'ichlilar uchun suv shillig'i birinchi oraliq xo'jayin hisoblanadi. Ularnnng suv shillig'i tanasidan chiqqan serkariya lichinkasi ikkinchi oraliq xo'jayin (har xil mollyuskalar, baliqlar, itbaliq, suv hasharotlari lichinkalari va boshqa hayvonlar) tanasiga o'tib, o'z rivojlanishini davom ettiradi. Serkariya ikkinchi oraliq xo'jayinda dumini yo'qotib, yupqa tiniq po'st bilan o'raladi, ya'ni sista hosil qiladi. Parazit bu davrda metatserkariy deyiladi. Agar metatserkariyli hayvonni boshqa biror yirikroq hayvon oziq bilan birga yeydigan bo'lsa, uning tanasida parazit voyaga yetadi. Lantsetsimon ikki so’rg’ichlisi(Dicrocoelium lanceolatum)ning tuzilishi va biologik xususiyatlari. Lantsetsimon ikki so’rg’ichlisi ham jigar qurti kabi chorva mollari va boshqa umurtqali hayvonlarda, ba’zan esa odamlarning jigar va o’t yo’llarida, o’t qopida parazitlik qiladi. Bu so’rg’ichlining tanasi jarrohlik pichoqchasi(lantset)ga o’xshaganligi uchun lantsetsimon ikki so’rg’ichlisi deb ataladi. Tanasi cho’ziq, uzunligi 5 - 15 mm keladi. So’rg’ichlari bir-biriga yaqin joylashgan. Tuzilishi jihatidan jigar qurtiga o’xshasada, ayrim farqlari ham bor. Jumladan, ular tanasining cheti bo’ylab joylashgan naysimon ko’rinishdagi ichaklari shoxlanmay gavdasining oxirida ko’r o’simta bilan tugaydi. Yumaloq shakldagi 2 ta urug’doni qorin so’rg’ichining orqasida, undan keyin bir dona yumaloq tuxumdoni joylashgan. Lantsetsimon ikki so’rg’ichlining rivojlanish siklida uchta xo’jayin qatnashadi. Asosiy xo’jayini har xil umurtqali hayvonlar va ba’zan odam, birinchi oraliq xo’jayini quruqlikda yashovchi Xeropicta avlodiga mansub qorinoyoqli mollyuskalar va qo’shimcha, ya’ni ikkinchi oraliq xo’jayini Formica va Proformica avlodlariga mansub chumolilar hisoblanadi(22-rasm). 22-rasm. Lantsetsimon so’rg’ichlisi – Dicrocoelium lanceolatum ning tuzilishi va taraqqiyot sikli: 1-voyaga yetgan shakli; 2-asosiy xo’jayinlari; 3-tuxumi; 4-birinchi oraliq xo’jayini va 5-9- lichinkalik taraqqiyoti; 5-miratsidiy; 6-7-sporatsistalar; 8-serkariya; 9-serkariya tugunchalari; 10-ikkinchi oraliq xo’jayin; 11-metatserkariy. Jinsiy voyaga yetgan trematodalar jigarning o’t yo’llari, o’t qopiga tuxum qo’yadi. Tuxum o’t suyuqligi bilan 12-barmoqli ichakka tushib, hayvon tezagiga aralashib tashqariga chiqadi. Uning tuxumi ichida yetilgan miratsidiya bo’lib, u tuxum qobig’idan tashqariga chiqolmaydi va uni tuxum bilan birgalikda mollyuska yutadi. Uning ichagida tuxumdan yetilgan miratsidiy jigarga o’tib, onalik sporotsistaga, keyinchalik qiz sporotsistaga, ulardan dumli serkariyalar paydo bo’ladi. Serkariylar yetilgandan keyin mollyuska o’pkasiga o’tadi va u yerdan nafas yo’llariga keladi. Mollyuska organizmida trematoda lichinkalari Parazit lichinkalarining mollyuska tanasida rivojlanishi 82 kundan 6 oygacha davom etadi. Mollyuskaning nafas yo’llarida serkariylar 100-300 nusxadan to’planib, shilliq tugunchalar hosil qiladi. Bu tugunchalar mollyuskalarning nafas yo’llari orqali tashqariga chiqib, o’simlik va boshqa narsalarga yopishib qoladi. Ikkinchi oraliq xo'jayini - chumoli serkariylari bor shilliq qopchalarni, ya'ni to'plam sistalarni yeb, ularni o'zlariga yuqtiradi. Chumolilar organizmida 26-62 kundan keyin serkariylar metatserkariylarga aylanadi. Asosiy xo'jayinlari (chorva mollari va boshqa umurtqali hayvonlar) suv va o'simliklar bilan birga zararlangan chumolilarni yutib yuborish orqali parazitlarni o'zlariga yuqtiradi. Odam ham xuddi shu yo'l bilan zararlanishi mumkin. Asosiy xo'jayini organizmiga o'tgan metatserkariylar jigar va o't yo'llarida taraqqiy etib, 1,5-3 oydan keyin jinsiy voyaga yetadi. Nashtarsimon ikki so'rg'ichlilar keltirib chiqaradigan kasallik dikrotselioz deyiladi. Bu kasallik chorva mollari o'rtasida deyarli hamma joyda uchraydi. O’zbekistonda ham bu parazit deyarli barcha viloyatlarida (Xorazm viloyati va Qoraqolpog’iston Respublikasidan tashqari) qayd etilgan. Respublikamtzda chorva mollarning dikrotselioz bilan kasallanishi ko'pincha tog' va tog'oldi mintaqalarida kuzatiladi. Chunki bu mintaqalarning iqlim sharoitlari oraliq xo'jayinlarning yashashi va ko'payishi uchun qulaydir. Bunday joylarda Katta yosh-dagi qo'ylar dikrotselioz bilan 93 % gacha, 1-2 yoshdagi qo'ylar esa - 87 % gacha va bir yoshgacha bo'lgan qo'zilar - 66 % gacha kasallanganligi kuzatilgan. Birinchi oraliq xo'jayini - mollyuskalarning parazit lichinkalari bilan zararlanish darajasi 5-5,8 % ni tashkil qiladi. Dikrotseliyning ikkinchi, ya'ni qo'shimcha xo'jayini -chumolilarning zararlanish darajasi 28-43 % ni tashkil qilib, ayrim chumolilarda metatserkariylar soni 250 tagacha boradi. Bitta qo'y jigaridagi parazitning soni 50 mingtagacha borishi mumkin, bunday paytda kasallik og'irlashib, hatto o'limga olib keladi. Dikrotseliyning tuxumlari tashqi muhit ta’sirlariga ancha chidamli. Tezak ichida bo’lgan tuxum hayotchanligini 1 yilgacha saqlab qolishi mumkin. 23°C dan -50°C gacha bo’lgan sovuqqa bir necha soatdan bir kungacha chidashi mumkin. Hayvon jigarida parazitlik qiluvchi dikrotseliy miqdori hayvonning yoshiga to’g’ri proportsional bo’ladi. Hayvon qanchalik uzoq yashasa, u shuncha ko’proq reinvaziyaga uchraydi, uning jigarida esa parazit miqdori osha boradi. Kasallik ham shuncha og’ir o’tadi. Dikrotselliozda kasallik belgilari uncha xarakterli emas. Hayvon kuchli zararlanganda (10-15 ming nusxa) oriqlash, ko’krak sohasida shishlar paydo bo’lishi, ovqat hazm qilish jarayonining buzilishi va mahsuldorlik pasayishi, ayrim hollarda hatto o’lim bo’lishi kuzatiladi. Dikrotseliozni davolash va uning oldini olish uchun avvalo kasallangan chorva mollarni geksaxlor - paraksilol, geksixol, fevendazol, getolin va boshqa dorilar bilan degelmintizatsiya qilinadi. Yosh mollarni dikrotseliy tarqalgan yaylovlarda boqmaslik, vaqti - vaqti bilan yaylovlarni almashtirib turish va oraliq xo’jayinlariga qarshi kurash chora - tadbirlarni amalga oshirish lozim. Dikrotseliylar fastsiolalarga nisbatan antgelmintiklarga ancha chidamli, shu sababli hayvonlar bir oy ichida qayta gijjasizlantiriladi. Dikrotseliozning kuchli, tor doiradagi o’chog’larini kuz oylarida shudgor qilib tashlash va donli ekinlar ekish maksadga muvofiqdir. Hayvonlar orasida o’lim kuzatilsa, ularni bog’lab boqishga o’tish yoki yaylovlarni almashtirish zarur. Bu vaqtda kasallangan hayvonlarni davolash maqsadida majburiy gijjasizlantirish o’tkaziladi. Kasallik belgilari qayta namoyon bo’lsa, gijjasizlantirish takroriy o’tkaziladi. Dikrotselioz bo’yicha nosog’lom bo’lgan xo’jaliklarda hayvonlar rejali asosda yiliga ikki marta - noyabr va dekabr - yanvar oylarida gijjasizlantiriladi. Qo’y qo’ralari va molxonalarda maxsus go’ng saqlaydigan joylar tashkil kilish va ularni dala maydonlariga faqat biotermik usulda qayta ishlangandan so’ng chiqarish zarur. Parafistomalarning tuzilishi va biologik xususiyatlari. Paramphistomata kenja turkumiga mansub parazitlarning voyaga yetgan vakillari kavsh qaytaruvchi sutemizuvchilarning oshqozon oldi bo’limlarida (katta qorinda, ba’zan to’r qorinda), yosh parazitlar esa shirdon va ingichka ichakning shilliq pardasi ostida parazitlik qiladi. Uy va yovvoyi kavsh qaytaruvchilarda 60 turdan ziyod paramfistomatalar parazitlik qiladi. O'zbekistonda qoramol va qo'y-echkilarda Paramfistomatalardan - R aramphistomum, Calicophoron, Gastrothylax va Liorchis avlodlariga mansub bir necha tur trematodalar parazitlik qiladi. Paramfistomalarning gavdasi ipsimon yoki silindrsimon shaklda, rangi oq- qizg'ish, uzunligi 5-20 mm bo’lib, ularda og’iz so’rg’ichi bo’lmaydi. Qorin so’rg’ichi yaxshi rivojlangan bo’lib, tananing orqa qismiga yaqin joylashadi. Paramfistomatalar tuxumlari oval shaklda, kulrang, tuxum pusti sariqliq hujayralari bilan zich to’lmagan, o’lchami 0,11-0,16 mm. Fastsiola tuxumlaridan rangi va sariqlik hujayralari joylashishi bilan farq qiladi. Paramphistomatidae oilasiga kiruvchi barcha turlarning rivojlanish bosqichlari deyarli bir xil o’tadi. Ular oraliq va asosiy xo’jayinlar ishtirokida rivojlanadi(23- rasm). 23-r а sm. P а r а mfist о m а lar( Paramfistomum sp .)ning riv о jl а nish bosqichlari: А - p а r а zitning а s о siy х o‘j а yinl а ri; B - p а r а zitning о r а liq х o‘j а yini – chuchuk suv m о llyusk а si: 1-jinsiy ytilg а n p а r а zit; 2-tu х um; 3-mir а sidiy; 4-sp о r о sist а ; 5-r е diya; 6-s е rk а riy; 7- а d о l е sk а riy. Ularda og'iz so'rg'ichi bo'lmaydi, terminal joylashgan og'iz teshigidan rivojlangan farinks vaundan keyin ikkiga shoxlangan ichakketadi, Qorin so'rg'ichi kuchli rivojlangan bo'lib, gavdasining orqa uchida joylashgan, u yopishib turish vazifasini bajaradi. Jinsiy voyaga yetganlari asosiy xo'jayinlarining (kavsh qaytaruvchi juft tuyoqli sutemizuvchilar, asosan, qoramol, qo'y, echki va boshqalar) katta va to'rqorinlarida parazitlik qiladiParamfistomalar biogelmintlar hisoblanadi. Rivojlanishi ikkita xo'jayinda o'tadi. Ularning oraliq xo'jayinlari chuchuk suvlarda yashovchi molluskalar (Planorbis, Galba, Physa urug'larining turlari) hisoblanadi. Asosiy xo'jayinlari esa kavsh qay-raruvchi sutemizuvchilar. Parazitning tuxumi asosiy xo'jayinining tezagi bilan tashqariga (suvga) chiqib, 12- 13 kundan keyin undan miratsidiy lichinkasi chiqadi. Miratsidiy oraliq xo'jayini - chuchuk suvda yashovchi molluskalarning organizmigakirib, sporotsistaga, keyin rediyaga aylanadi. 1,5-3 oydan keyin esa serkariylarga aylanib, oraliq xo'jayinlardan tashqariga chiqadi. Ma'lum vaqtdan keyin serkariylar domini yo'qotib, sistaga o'ralib adoleskariylarga aylanadi. Asosiy xo'jayinlari suv va o't orqali adoleskariylarni o'zlariga yuqtiradi. Adoleskariylar ichak bo'shlig'i orqali katta qoringa va to'rqoringa o'tib jinsiy voyaga yetadi. Adoleskariydan to jinsiy voyaga yetgan parazitga aylanguncha 3-3,5 oy vaqt kerak bo'ladi. Oraliq xo’jayin vazifasini Planorbidae oilasiga mansub chuchuk suv qorinoyoqli mollyuskalari bajaradi. Parazit tuxumi hayvonlar tezagi bilan tashqi muhitga chiqadi. Tuxum suvga tushgach, unda miratsidiy yetiladi. 19-27°C haroratda tuxumdan 12-13 kundan keyin miratsidiy chiqib, mollyuska organizmiga kiradi. Mollyuska organizmida sporotsista, rediy va serkariy kabi lichinkalik bosqichlarini o’tadi. Serkariylar mollyuska zararlangandan 1,5-3 oydan keyin tashqi muhitga chiqa boshlaydi va suvda o’simliklar yuzasida sistaga o’ralib, adoleskariyga aylanadi. Asosiy xo’jayinlari suv va o’t orqali parazitning adoleskariylarini o’ zlariga yu q tiradilar. Yosh paramfistomatalar shirdon va ingichka ichak devorlariga kiradi. Keyinchalik esa ular katta va to’r qorinlarga qaytib, uning shilliq pardalarida parazitlik qiladi va jinsiy voyaga yetadi. Parazitlarning jinsiy voyaga yetishi turli muddatda amalga oshadi: liorxislar qoramollarda 97-130 kunda, qo’ylarda 26-107 kunda; paramfistomalar qoramollarda 40-100 kunda, qo’ylarda 103-115 kunda. Trematodalarning voyaga yetishi uchun o’rtacha 3-4 oy talab etiladi. Jinsiy voyaga yetgan parazitlar 4-5 yil yashashligi to’g’risida ma’lumotlar bor. Hayvonlarning zararlanish manbalari bo’lib, botqoqli, namli yaylovlar va invaziya bo’yicha nosog’lom (zararlangan mollyuskalar mavjud bo’lgan) suv havzalari hisoblanadi. Invaziyani tarqatish manbalari - kasal hayvonlar va paramfistomatalar lichinkalari bilan zararlangan mollyuskalar hisoblanadi. Invaziya manbai bo’lib, yovvoyi kavsh qaytaruvchilar ham bo’lishligi mumkin. Zararlangan mollyuskalar qishlab chiqadi va invaziyaning manbai bo’lib qoladi. Adoleskariylar chidamsiz, biotoplar quriganda tez nobud bo’ladi. Paramfistomatalar keltirib chiqaradigan kasallik paramfistomatoz deb ataladi. O’zbekistonning janubiy hududlarida (Surxandaryo viloyati) Calicophoron avlodiga mansub trematodalar, Shimoli-g’arbiy hududlarida esa paramfistomalarning qolgan avlod vakillari tarqalgan. So’ngi yillarda Samarqand viloyatining Urgut va Tayloq tumanlarida kalikoforoz va gastrotilyaksozlarning kuchli o’choqlari paydo bo’lgan. Ayrim qishloqlarda aholi qoramollarining ular bilan 100% gacha zararlanganligi va ayrim hollarda nobud bo’lishi kuzatilgan. Bu kasallik, ayniqsa, yosh mollarda ko'proq uchraydi. Paramfistomatoz o’tkir va surunkali shaklda kechadi. O’tkir paramfistomatoz 1,5-2 yoshli buzoqlarda kuzatiladi. Hayvonlarda ishtaha yo’qoladi, holsizlanadi, uzoq vaqt yotadi, ich ketish, ich qotishi bilan almashib turadi. Surunkali paramfistomatozni voyaga yetgan gelmintlar qo’zg’atib, trematodalarning oshqozon oldi bo’limlarida parazitlik qilishidan kelib chiqadi. Kasallikning bu shaklida hayvonlar keskin ozadi, ko’pincha yotadi, qoramollarning sut mahsulotlari kamayadi. Odatda paramfistomatozning o’tkir shakli buzoqlar yaylovga haydagandan bir oydan keyin kuzatiladi. Parazitning voyaga y etgan shakllari hayvonlar organizmida bir necha yil yashab, ularni katta va to’r qorinlarida yilning hamma fasllarida topish mumkin. Kasallangan mollarni bitionol va geksaxloretan kabi dorilar bilan davolanadi. Paramfistomatozning oldini olish uchun chorva mollarni paramfistomatidlar bilan zararlangan yaylovlarda boqmaslik, dalaga ishlatiladigan go'nglarni qayta ishlash, oraliq xo'jayinlari uchun qulay bo'lgan ko'lmak va keraksiz suv havzalarini quritish, yaylovlarni almashtirib turish kabi chora-tadbirlami amalga oshirish lozim. So'rg'ichlilar sinfidan - prostogonimus (Prosthogonimus) urug'ining vakil- lari, ayniqsa, Prosthogonimus ovatus va Prosthogonimus cuneatus turlari tovuq, kurka, o'rdak, g'oz va boshqa yovvoyi parrandalarning fabritsiyev xaltasi va tu- xumdonlarida parazitlik qilib, prostogonimoz kasalligini keltirib chiqaradi. Bu parazitning tanasi noksimon shaklda, darzoventral tomondan yassilangan. Uzunligi 3-6 mm, eni esa 1-2 mm keladi. Ichaklari og'iz so'rg'ichi bilan qorin so'rg'ichi oralig'ida ikkiga shoxlangan. Qorin so'rg'ichi og'iz so'rg'ichiga nisba-tan ancha yirik. Urug'donlari ikkita, ovalsimon ko'rinishda, asosan tanasining orqa yarmida joylashgan. Tuxumdoni qorin so'rg'ichining yuqorisida, sariqlik bezlari tananing ikki yon tomonida, bachadoni esa tanasining orqa tomonida joylashgan. Prostogonimning rivojlanishi uchta xo'jayinda ketadi (24-rasm). Birinchi oraliq xo'jayini chuchuk suvda yashovchi Bithynia va Gyraulus urug'iga mansub mol-luskalar, ikkinchi oraliq xo'jayinlari, ya'ni qo'shimcha xo'jayinlari har xil turga kiruvchi ninachilar (Libellula Anax, Sympetrum va boshqa urug'lar turlari) va asosiy xo'jayinlari esa parrandalar hisoblanadi. Parazitning tuxumlari parrandalarning tezagi bilan tashqi muhitga, suvga tushgandan 8-14 kundan keyin tuxumdan miratsidiy chiqadi va faol harakat qilib. birinchi oraliq xo'jayini - molluskalarning ichiga kiradi, Molluska jigarida miratsidiy sporotsistaga aylanadi va sporotsista ichida uzun dumli serkariylar yetiladi va ular molluskadan suvga chiqadi. Keyinchalik serkariylar ikkinchi oraliq xo'jayin - ninachilar lichinkasining ichiga kirib oladi. Bu yerda serkariy ninachi lichinkasi ichagining devorini teshib, qorin muskuli oralig'iga kelib joylashadi va to'rtinchi kuni metatserkariyga aylanadi. Metatserkariy kapsulaga o'ralib, 70 kundan keyin yuqumli (invazion) holatga aylanadi. Asosiy xo'jayinlari - parrandalar metatserkariy bilan zararlangan ninachilar va ularning lichinkalarini yeyishi bilan parazitni o'zlariga yuqtiradi. Parranda ichagidan meta-tserkariy kloaka orqali tuxum yo'li va fabritsiyev xaltasiga o'tadi va taxminan ikki haftadan keyin jinsiy voyaga yetadi. 24-rasm. Prostogonimus ( Prosthogonimus ovatus ) ning tuzilishi va rivojlanish sikli: A- Prosthogonimus ovatusning tuzilishi: 1-jinsiy teshiklar; 2-og'iz so'rg'ichi; 3-tomoq; 4- qizilo'ngach; 5-bursa; 6-bachadon; 7-ichak; 8-tuxumdon; 9-qorin so'rg'ichi; 10-sariqlik bezi; 11- urug'donlar; B- Prosthogonimus ovatusn ing rivojlanish sikli: I. Asosiy xo'jayin-tovuq; II. Birinchi oraliq xo'jayin - mollyuskalar; III. Ikkinchi oraliq xo'jayin - ninachi; a-jinsiy voyaga yetgan parazit; b-tuxum; d-sporotsista; e-serkariya; f-g-metatserkariylar. Parrandalar yoshidan qat'iy nazar prostogonimoz bilan kasallanadi. Kasallik, ayniqsa, tuxum qiladigan tovuqlarda juda og'ir kechadi. Kasallik manbai prosto - gonimoz bilan kasallangan uy va yovvoyi parrandalar hisoblanadi. Prostogonimoz bilan kasallangan parrandalarning tuxumdon yo'llari yallig'lanadi, natijada tuxum po'stlog'ini hosil qiluvchi qismining ish faoliyati buzilib, parranda, shu jumladan, tovuq po'stloqsiz yoki yupqa po'stloqli yumshoq tuxum qo'yadi. Prostogonimozga qarshi kurashish uchun avvalo kasallangan parrandalarni gek-saxioretan va uglerod (IV) - xlorid preparatlari bilan davolash kerak. Parazitning tarqalishiga yo'l qo'ymasiik uchun parrandachilik fermasi binolarini suvga yaqin joyga qurmaslik, parrandalarni botqoq yaylovlar va yomg'ir yoqgandan keyin yay-ratish maydonchasiga chiqarmaslik, parrandalarni invaziyaga gumon qilingan suv havzalaridan sug'ormaslik kerak. Mushuk ikki so'rg'ichlisi ( Opisthorchis felineus ). Bu parazit asosan mushuk, it, tulki, sher, cho'chqa va odamning jigarida, o't yo'llarida, o't pufagida hamda oshqozon osti bezlarida parazitlik qilib yashaydi. U aso san G'arbiy Sibirda ko'p tarqalgan. Ko'rinishi nashtarsimon ikki so'rg'ich-liga o'xshaydi, lekin tanasi biroz kichik, ya'ni 8-13 mm uzunlikda bo'ladi. Bir juft urug'donlari va bir dona tuxumdoni gavdasining orqa tomonida joylashgan. Bachadoni ko'p shoxlangan bo'lib, tana bo'shlig'ining oldingi yarmini to'ldirib turadi, Mushuk ikki so'rg'ichlisining, ya'ni opistorxisning rivojlianishida uchta xo'j- ayin qatnashadi. Yuqorida aytilgan sutemizuvchilar va odam definitiv (asosiy) xo'jayin bo'lsa, chuchuk suvda yashovchi qorinoyoqli molluska - bitiniya ( Bithynia leachi ) birinchi oraliq xo'jayin, sazan (zog'ora baliq), karas (tobon baliq), leshch (oqcha), yaz va boshqa baliqlar ikkinchi oraliq yoki qo'shimcha xo'jayin hisoblanadi(25- rasm). 25-rasm. Mushuk ikki so'rg'ichlisi ( Opisthorchis felineus )n ing tashqi ko’rinishi va rivojlianish sikli: 1 -voyaga yetgani(marita), 2-asosiy xo’jayinlari, 3-tuxumi, 4-oraliq xo’jayini(Bithynia avlodiga mansub mollyuska), 5-miratsidiy, 6-sporotsista, 7-rediya, 8-serkariy, 8 a - mollyuskadan suvga chiqqan serkariy, 9-qo’shimcha xo’jayini-karplar oilasiga kiruvchi baliqlar, 10-metaserkariy. Parazitning tuxumlari asosiy xo'jayini o't suyuqligi orqali ichakka va imdan ax- lati bilan tashqi muhitga chiqadi. Molluska parazit tuxumlarini yutib yuboradi va uning organizmida tuxumdan miratsidiy lichinkasi chiqib, harakatsiz sporotsistaga aylanadi va molluska jigariga o'rnashib oladi. Bu yerda sporotsistalardan rediyalar hosil bo'ladi. Rediyalar o'sishi bilan partenogenetik usulda ko'payib, serkariylar-ga aylanadi. Serkariylar harakatchan bo'lib, molluska tanasidan suvga chiqadi va keyingi rivojlanishi uchun ikkinchi oraliq, ya'ni qo'shimcha xo'jayini - baliqlar terisi hamda jabralariga yopishib oladi. Baliq terisini teshib muskul va biriktiruvchi to'qimalari orasida pardaga o'ralib, taxminan 6 haftadan keyin metatserkariyga ay - lanadi. Kasallangan baliqlar bilan oziqlangan asosiy xo'jayinlar parazitni o'zlariga yuqtiradi. Odam ham yaxshi dudlanmagan yoki yaxshi qovurilmagan kasal baliqlarni yesa, parazitni o'ziga yuqtiradi. Asosiy xo'jayini oshqozonida va ingichka ichagida metatserkariyning po'sti yemirilib, parazit o't yo'li orqali jigarga o'tadi. Bu yerda 3—4 haftadan keyin jinsiy voyaga yetib, yana tuxum qo'ya boshlaydi. Umuman, opistorxisning tuxumdan tortib, to jinsiy voyaga yetishigacha 4-4,5 oy vaqt kerak bo'ladi. Opistorxis keltirib chiqaradigan kasallik opistorxoz deyiladi. Opistorxozni kasallik sifatida birinchi marta 1891 -yilda Tomsk shahrida shifokor K.N. Vinogradov aniqlagan. Bu kasallik Ukrainada, Perm va Kaliningrad viloyatlarida, Don, Volga daryolarining ba'zi hav-zalarida borligi aniqlangan. Opistorxoz, ayniqsa, Ob va Irtish daryolarining havza-larida keng tarqalgan. Asosiy xo'jayini organizmida opistorxis 25 yil yashaganligi fanga ma'lum. Bu kasallikdan o'lgan bir kishining jigarida 25320 dona parazit borligi aniqlangan. Opistorxoz bilan kasallangan odamlarda bosh aylanishi, bosh og'rig'i, asabiyla- shish va ko'ngil aynish kabi holatlar kuzatiladi. Jigar va oshqozon osti bezining ishi buziladi, ba'zi hollarda bu kasallik jigar va oshqozon osti bezlarida rakning paydo bo'lishiga sababchi bo'ladi. Bu kasallikka qarshi kurashish uchun awalo opistorxoz bilan kasallangan odam va hayvonlarga xloksil, geksaxlorparaksilol, geksaxloretan va boshqa dorilar berib davolash kerak. Metatserkariy bilan kasallangan baliqlarni yaxshilab pishirish yoki muzlatish yo'li bilan yuqumsizlantirish, zararlangan xom baliqlarni asosiy xo'jiyinlariga bermaslik, suv havzalariga opistorxisning tarqalishiga yo'l qo'ymaslik hamda aholi o'rtasida sanitariya-gigiyena qoidalariga anial qilishni targ'ibot qilish kerak. O'pka so'rg'ichlisi ( Paragonimus westermani ). Bu parazit ham odam, it, mushuk, cho'chqa va boshqa yirtqich sutemizuvchilaming o'pkasida, ba'zan esa jigar, miya, oshqozon osti bezida parazitlik qiladi. O'pka so'rg'ichlisi , asosan, Xitoy, Koreya, Filippin, Tailand, Nepal, Hindiston va G'arbiy Afrikada krab va qisqichbaqalarni yeb hayot kechiradigan odam va yirtqich hay-vonlarning o'pkasida parazitlik qilib, paragonimoz kasalligini tarqatadi. MDH da Uzoq Sharqda kamdan-kam odamlar bu kasallikka chalinib turadi. O'pka so'rg'ichlisining tanasi oval, tuxumsimon shaklda, rangi qizg'ish-jigar- rang bo'lib, uzunligi 10-16 mm keladi. Butun tanasi sirtqi tomondan tikanaklar bilan qoplangan bo'ladi. O'pka qurtining o'ziga xos belgilaridan biri tanasining o'rtasida qorin so'rg'ichi, uning atrofida esa bachadon bilan tuxumdonlar joylashgan. Ulardan pastroq qismida ikkita bo'lakchaii urug'donlar yotadi. Tanasining oldingi qismida og'iz so'rg'ichi bilan o'ralgan og'zi joylashgan. Og'zidan halqum, so'ng qisqa qizilo'ngach davom etadi. Ichaklari ikki shoxli bo'lib, tanasining orqa qismigacha boradi va berk holda tugaydi. O'pka so'rg'ichlisining rivojlanishi oraliq va qo'shimcha xo'jayinlar orqali bo - radi. Asosiy xo'jayinlari odam, it, mushuk, yo'lbars, cho'chqa va boshqa yirtqich hayvonlar hisoblanadi. Parazit tuxumlari asosiy xo'jayinining balg'ami (o'pkada parazitlik qilganda) yoki axlati (ichak paragonimozi) bilan tashqariga chiqadi va bu tuxumlarning rivojlanishi suvda kechadi. O'pka so'rg'ichlisining oraliq xo'jayini ikkita: birinchisi Semisulcospira, Mela- nia urug'lariga kiradigan molluskalar, ikkinchisi Potamon, Eriocheir avlodlariga kiradigan chuchuk suv krablari va Cambaroides urug'iga kiruvchi qisqichbaqalar hisoblanadi. Parazit tuxumlari suvga tushgach, bir necha kundan keyin tuxumdan lichinka - miratsidiy chiqadi. Miratsidiylar suvda faol suzib yurib, o'zining birinchi oraliq xo'jayini - suv shil-liqqurtini topib, uning tanasiga kiradi va keyingi lichinkalik davri - sporotsistaga aylanadi. Keyinchalik sporotsistalardan rediyalar rivojlanadi, rediyalardan esa serkariylar taraqqiy etadi. Serkariylarda rudiment holdagi dumi va tesha oladigan kutikulyar stileti bo'ladi. Molluskalardan suvga chiqqan serkariylar suvda suzmasdan, balki suv havzalari tu-bida sekin harakatlanadi va faol ravishda ikkinchi oraliq xo'jayinlari bo'lmish chuchuk suv krablari va qisqichbaqalar organizmiga kiradi. Serkariylar xo'jayinlarining muskullari, jigari va jabralarida yashab, o'rta hisobda 6 hafta ichida yuqumli holatga ega bo'lgan lichinkalik bosqichi" metatserkariyga aylanadi. Metatserkariy bosqichida dumi bo'lmaydi, ancha mustahkam qobiqqa o'ralgan bo'ladi. Asosiy xo'jayinlari, ya'ni odam, it, mushuk, cho'chqa, yovvoyi cho'chqa, yo'lbars, qoplon, yovvoyi mushuk va boshqa yirtqich sutemizuvchilar metatserkariy bilan zararlan-gan krablarni va qisqichbaqalarni xomligicha yeganda parazitlarni o'zlariga yuq-tiradi. Asosiy xo'jayini ichiga kirgan metatserkariylar o'n ikki barmoqli ichak de-vorini teshib, tana bo'shlig'iga o'tadi, so'ng diafragma va plevra orqali o'pkaga boradi. Asosiy xo'jayini zararlanishidan to parazitlarning tuxumi chiqqungacha bo'lgan vaqt 3 oyga to'g'ri keladi. Vesterman so'rg'ichlisining odam uchun xavfli tomoni - o'pkada ko'plab tu- gunlar hosil qiladi, natijada ko'krak og'riydi, nafas siqiladi, yo'tal paydo bo'ladi va o'pkadan qon keladi. Bunday tugunlar bosh miyada ham hosil bo'lishi mumkin. Odamlarni davolash uchun turli dorilar ishlab chiqilgan (bitionol), lekin og'ir hol- larda faqat jarrohlik yo'li bilan davolash mumkin. Agar bemorning o'pka va miyasida parazit tugunlari haddan tashqari ko'payib ketsa, jarrohlik yo'li ham natija bermaydi. Paragonimoz kasalligini aniqlash uchun bemorning balg'ami va axlati tekshi- rilib, parazit tuxumlari aniqlanadi. Asosiy profilaktik choralarga yaxshi pishirilmagan krab va qisqichbaqalarni yemaslik, suv havzalariga hayvonlar axlatining tushishiga yo'l qo'ymaslik hamda aholi o'rtasida gigiyena qoidalariga rioya qilish to'g'risida targ'ibot ishlarini olib borishdir. Klonorxislar (Clonorchis). Klonorxislardan - Clonorchis sinensis ning uzunligi 10-20 mm atrofida bo'lib, tanasi yassilashgan, ikkita so'rg'ichi bor. Parazitning tuzilishi va rivojlanishi opistorxisnikiga o'xshash. Bu trematodaning ham asosiy xo'jayinlari odam va yirtqich sutemizuvchilar hisoblanadi. Asosiy xo'jayinlarining jigarida, o't pufagida va oshqozon osti bezida parazitlik qiladi. Parazitning tuxumi sariq-jigarrang bo'lib, suvga tushganidan keyin miratsidiy lichinkasi chiqadi. Lichinka oraliq xo'jayini - suv shilliqqurtlariga (Bithynia) kirib rivqjlanishini davom ettiradi. Molluska tanasida miratsidiydan sporotsista, sporo- tsistadan rediy, rediydan serkariy kabi lichinkalik bosqichlari 2 oy davomida rivoj- lanadi. Serkariy moiluska tanasidan suvga chiqib, karpsimonlar oilasiga kiruvchi baliqlar va qisqichbaqalar tanasiga o'tib, metatserkariy bosqichiga aylanadi(26- rasm). 26-rasm. Xitoy ikki so'rg'ichlisi ( Clonorchis sinensis )n ing tashqi ko’rinishi va rivojlianish sikli: 1 -voyaga yetgani(marita), 2-asosiy xo’jayinlari, 3-tuxumi, 4-oraliq xo’jayini(Bithynia avlodiga mansub mollyuska), 5-miratsidiy, 6-sporotsista, 7-rediya, 8-serkariy, 8 a - mollyuskadan suvga chiqqan serkariy, 9-qo’shimcha xo’jayini-baliqlar, 10-metaserkariy. Odamlar va yirtqich sutemizuvchilar klonorxislar metatserkariylari bilan zarar- langan baliqlar va qisqichbaqalarni yeyishi natijasida parazitni o'zlariga yuqtiradi. Odamlarga metatserkariylar o'tgandan 4 oydan keyin parazit jinsiy voyaga yetib, tuxum qo'ya boshlaydi. Klonorxis odamlar organizmida 25 yilgacha parazitlik qilib hayot kechirishi mumkin. Klonorxislar asosan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Koreya Xalq Demok- ratik Respublikasida keng tarqalgan bo'lib, odamlar o'rtasida klonorxoz kasalligini keltirib chiqaradi. MDH da klonorxislar Amur daryosining suv havzalari atrofidagi aholi o'rtasida uchrab turadi. Klonorxislarni aniqlash, davolash va oldiniolish choralari opistorxislarnikiga o'xshash. Metagonimuslar (Metagonimus). Metagonimuslardan - Metagonimus yokogawai ning u zunligi 1-2,5 mm atrofida (27-rasm). 27-rasm. Metagonimus yokogawai : 1-og’iz so’rg’ichi, 2-ichagi, 3-qorin so’rg’ichi, 4- urug’ yo’li, 5-bachadon, 6-urug’ qabul qiluvchi, 7-tuxumdon, 8-sariqdonlari, 9- urug’donlari. Metagonimus odam, mushuk, it, cho'chqa va boshqa yirtqich sutemizuvchilaming ingichka ichagida parazitlik qiladi. Bu parazit bilan kasallangan asosiy xo'jayinlari axlatlari orqali tashqi muhitga tuxumlarini chiqaradi. Metagonimusning oraliq xo'jayinlari chuchuk suv shilliqqurtlari va qo'shimcha xo'jayinlari har xil turga kiruvchi baliqlar (zog'ora baliq, leshch, laqqa baliq, do'ng peshona, gulmoy baliq va bosh.) hisoblanadi. Metatserkariylar baliqlaming tangachalarida, suzgich qanotlarida, jabralarida va teri osti yog' qavati hujayralarida hamda muskullarida joy-lashadi. Odam va yirtqich sutemizuvchilar metatserkariylar bilan zararlangan baliqlarni iste'mol qilishi natijasida parazitni o'zlariga yuqtiradi. Metagonimoz qo'zg'atuvchilari bilan asosan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Koreya Xalq Demokratik Respublikasi va Filippin orollari atrofidagi aholi ko'proq zararlanadi- lar. MDH da esa Amur daryosi suv havzalari atrofidagi odamlarda uchrab turadi. Odamlar asosan xom baliqlarni yeyishlari oqibatida kasallanadi. Metagonimoz qo'zg'atuvchisini aniqlash, bu parazit bilan kasallangan odamlar- ni davolash va profilaktik chora-tadbirlarni olib borish opistorxoznikiga o'xshash. Kasallangan odamlar naftamon va kombantirin kabi dorilar bilan davolanadi. Shistosomalar(Schistosoma)ning tuzilishi va biologik xususiyatlari. Trematodalar sinfi orasida odam va hayvonlarning xavfli parazitlaridan yana bir guruhi qon ikki so’rg’ichlilari - shistosomalar (Schistosoma, Orientobilharzia va boshqalar) hisoblanadi. Shistosomalar qon parazitlari bo’lib, odam va hayvonlarning qorin bo’shlig’idagi yirik vena qon tomirlarida, shuningdek, buyrak, qovuq venalarida parazitlik qiladi. Asosan issiq iqlimli mamlakatlarda, ya’ni Afrika, Osiyo va Janubiy Amerikada keng tarqalgan. Ular ayrim jinsliligi bilan boshqa trematodalardan farq qiladi. Erkagining tanasi ancha yo’g’on, 10-15 mm uzunlikda bo’ladi, ularning qorin tomonida maxsus tarnovsimon chuqurchasi bo’lib, unga uzun (20 mm dan ortiq) va ingichka urg’ochisini joylashtirib birga yashaydi. Shistosomalarning so’rg’ichlari kuchsiz rivojlangan yoki butunlay bo’lmaydi. Shistosomalar, ya’ni qon ikki so’rg’ichlilari biogel-mintlar bo’lib, ularning rivojlanishida oraliq xo’jayin sifatida planorbis urug’iga mansub suv mollyuskalari qatnashadi (28-rasm). Urg’ochi chuvalchang odam qon tomiri devorini yemirib, qovuq devorining biriktiruvchi to’qimasiga tuxum qo’yadi. Buning natijasida qovuq yallig’lanadi va kasallanadi. Miratsidiy lichinkasi bo’lgan tuxumlari ichak va siydik pufagi devorlarini teshib, uning bo’shlig’iga, undan xo’jayin axlati va siydigi orqali tashqariga chiqadi. Suvga tushgan tuxumlardan miratsidiy chiqib, oraliq xo’jayini - qorinoyoqli mollyuskalar tanasiga kirib oladi. 28-rasm. Shistosomatoz qo'z-g'atuvchilari( Schistosoma sp .)ning hayot sikli: a-asosiy xo'jayin; la-ur-g'ochi va erkak parazitlarning kopulyatsiyasi; Ib-parazitning tuxumi; 2-miratsidiy; b-rivojlanish sikli namunasi; 3-Planorbis urug'iga mansub qorinoyoqli mollyuska; 3a-birinchi yoshdagi sporotsista; 3b-ikkinchi yoshdagi sporotsista; 4-serkariy. Shundan so’ng mollyuskalar jigarida dastlab ona sporotsistalar, keyin qiz sporotsistalar, rediyalar va oxiri esa dumlari ayrisimon harakatchan serkariylar hosil bo’ladi. Mollyuska organizmida bitta miratsidiydan 200 mingtagacha serkariylar yetishadi. Serkariy asosiy xo’jayinga, ya’ni odamga cho’milish paytida yoki serkariylar mavjud bo’lgan botqoqliklarda ishlayotganda (sholipoyada) serkariylar stileti yordamida xo’jayini terisini teshib qon aylanish sistemasiga o’tadi va butun organizm bo’ylab migratsiyalanadi. Parazit 43-55 kundan keyin jinsiy voyaga yetib tuxum qo’ya boshlaydi. Shistosomalar keltirib chiqaradigan kasallik shistosomoz deyiladi. Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga qaraganda yer yuzida 700 mln. dan ortiq odamlar shistosomoz kasalligidan azob chekadi. Odamlarda, asosan Schis-tosoma mansoni, Schistosoma haematobium, Schitosoma japo-nicum kabi turlari ko’proq para-zitlik qiladi. Braziliyada Schistosoma mansoni turi bilan 4 mln. dan ortiq kishi, Misr va boshqa arab mamlakatlarida Schistosoma haematobium turi bilan 16 mln. kishi kasallangan. Braziliyada 50 - 70 % aholi ichak shistosomozi bilan kasallangan. Misrda ba’zi qishloqlarda aholining 60 – 95 % ushbu kasallik bilan zararlangan. Shistosomalar bemorlar tanasida 5 - 10 yilgacha parazitlik qiladi. Shistosomalar odamlarning qovuq, buyrak va siydik nayining devorini jarohatlashi tufayli siydik bilan birga qon ham ajraladi. Zararlangan organlarning yallig’lanishi va parazit tuxumlari atrofida fosforli tuzlarning to’planishi tufayli qovuqda tosh hosil bo’lishiga olib kelishi mumkin. Bu parazitlar bilan kasallangan odamlarga ambilgar, antiomalin, miratsil-D, ginanton, metrifonat kabi dorilar qo’llaniladi. Chorva mollarining ichak, jigar, oshqozon osti bezi kabi organlari qon tomirlarida parazitlik qiladigan qon ikki so’rg’ichlilariga - Orientobilgartsiya kiradi. Bu parazitni birinchi marta 1913 yili akademik K.I. Skryabin topgan. Parazitning keltirib chiqaradigan kasalligi orientobilgartsioz deyiladi. Bu kasallik asosan Iroq, Eron, Hindiston, Pokiston, Turkiya va Mo’g’iliston davlatlarida keng tarqalgan. MDHda esa O’rta Osiyo mamlakatlarida, Ozarbayjon va Uzoq Sharqda uchraydi. O’zbekistonda bu parazit asosan Xorazm viloyati va Qoraqalpog’iston Respublikasida keng tarqalgan. Orientobilharzia turkestanica o’ziga xos ayrim jinsli trematoda turi bo’lib, Schistosomatida turkumiga Schistosomatidae oilasiga mansub. Erkaklarining uzunligi 6,4-12,9 mm, eni 0,48-0,64 mm. Og’iz so’rg’ichi yumaloq, 70-80 tagacha bo’lgan urug’donlari cho’zinchoq-oval shaklga ega. Urug’donlari ichak naylari orasida ikki qator bo’lib joylashadi. Urg’ochilarining uzunligi 4,8-6,8 mm, eni 0,08-0,14 mm. So’rg’ichlari rudimentar. Bachadonda bitta tuxum uzunchoq-oval shaklda bo’lib, har bir qutbida bittadan ilmoqchalari mavjud. Boshqa qon ikki so'rg'ichlilariga o'xshab uning ham rivojlanishi ikkita xo'ja- yinda ketadi(29-rasm). Uning oraliq xo’jayini chuchuk suv shilliqqurtlari(Lymnaea auricularia, Lymnaea pereger) va asosiy xo’jayinlari chorva mollari hisoblanadi Urg’ochi trematodalar bevosita ichak devoriga yaqin joylardagi mayda qon tomirlariga o’tadi va shu joylarga hali to’liq yetilmagan tuxum ajratadi. Tuxumning keyingi rivojlanishi va tuxum ichida miratsidiy shakllanishi xo’jayin to’qimasida amalga oshadi. Tuxum o’zida mavjud bo’lgan ilmoqchalari yordamida mayda qon tomirlarini yorib ichakga o’tib oladi va hayvon tezagi bilan tashqi muhitga chiqadi. Tuxum suvga tushganida uning ichidagi miratsidiy chiqadi va chuchuk suv qorinoyoqli mollyuskalar sinfi vakillari organizmiga mantiya bo’shliqlari orqali o’tib oladi. Mollyuska organizmida parazit lichinkalari partenogenetik yo’l bilan rivojlanib, ona va qiz sporotsistalarga aylanadi. 29-rasm. Oriyentobilgarsiya( Orientho- bilharzia turkestanica )ning rivojlanish sikli: A- parazitning asosiy xo'jayinlari; B-parazitning oraliq xo'jayini-mollyuska; 1-jinsiy voyaga yetgan parazit; 2-tuxum; 3-miratsidiy; 4-serkariy. Ona sporotsista o’z navbatida partenogenetik yo’l bilan ko’payib 100 - 200 ta qiz sporotsistalar va har bir qiz sporotsistada kelgusida 100 tadan serkariylar hosil bo’ladi, ya’ni bitta miratsidiydan kelgusida 20 mingdan ortiq serkariylar shakllanadi. Mollyuskalar tanasida serkariylar 18 - 21 kunda rivojlanadi va mollyuskalardan suvga chiqadi. Bunda serkariylar asosiy xo’jayinlari tanasiga terini teshib kiradi. Yosh parazitlar jigar, oshqozon, charvi, oshqozon osti bezining qon tomirlariga o’tib 2 oydan keyin jinsiy voyaga yetadi va yana tuxum qo’ya boshlaydi. Orientobilgartsiyalar asosiy xo’jayini organizmida 7 yilgacha yashashi mumkin. Respublikamizda bu kasallik asosan Orol bo’yi hududida, ya’ni Qorapolpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyati chorvachilik xo’jaliklariga tegishli hayvonlar orasida keng tarqalgan. Kasallik mamkalatimizning shimoli- sharqiy hududlarida ham qayd etilgan. Orientobilgartsiozga barcha yoshdagi qo’ylar va qoramollar chalinadi. Yilning hamma fasllarida orientobilgartsioz qayd etilishi mumkin, ammo kuz-qish davrida invaziya ekstensivligi va intensivligi eng yuqori darajaga etadi. Hayvonlar mollyuskalar yashaydigan suv havzalarida zararlanadi. Respublikamizda qoramollar o’rtacha 43,7 %, qo’ylar - 20,9 %, echkilar - 12,2 %, tuyalar - 8,3 %, otlar - 18,7 %, cho’chqalar - 5,0 % zararlanganligi va invaziya intensivligi 110000 tagacha nusxani tashkil yetganligi aniqlangan. Orientobilharzia turkestanica trematodasi serkariyalari odamlarda shistosomatid "serkariozi" yoki "dermatiti" kasalligini keltirib chikarishligi mumkin. Bu kasallik O.turkestanica trematodalarining oraliq xo’jayinlari mavjud suvlarda cho’milish vaqtida, baliq tutishda, suv havzalari bilan bog’liq ishlarni bajarayotganda paydo bo’ladi. Orientobilgartsiyalar yopiq tizimda parazitlik qilib, qon tomirlarini tuxumlari va modda almashinuvining so’ngi mahsulotlari bilan to’ldiradi. Serkariyalar organizmga kirishi va migratsiya qilishi, tuxumlarning to’qimalardan o’tish davrida organizmga mexanik ta’sir ko’rsatadi. Parazitlarning modda almashish mahsulotlari esa toksik ta’sir etadi. Qo’ylarni tajriba sharoitida orientobilgartsiya bilan zararlab ko’rish orqali, kasallik bir necha bosqichda kechishi aniqlangan. Kasallikning birinchi bosqichida dermatit, tana haroratining ko’tarilishi, puls va nafas olishi tezlashuvi kuzatilib, orientobilgartsioz serkariozi bilan xarakterlanadi. Ushbu o’zgarishlar hayvonlar zararlangandan keyin 10-12 kun ichida kuzatiladi. Ikkinchi bosqich - organizmda sezilarli fiziologik funktsiyalar buzilishi kuzatilmaydi. Bu davr orientobilgartsiyalarning qon tomirlarda o’sish va rivojlanish vaqtiga to’g’ri keladi Kasallikning uchinchi (o’tkir) bosqichi hayvonlar zararlangandan 5-6 hafta o’tgach paydo bo’lib, kuchli ich ketishi kuzatiladi, tezakda qon va fibrin pardalari paydo bo’ladi. Barcha klinik belgilar yaqqol namoyon bo’ladi: tana harorati 41,6°C ga ko’tariladi, puls minutiga 180 tagacha yetadi, aritmiya, tez-tez nafas oladi. Kuchli zararlangan hayvonlar nobud bo’ladi Qoramollar orientobilgartsiozida asosan ingichka ichak jarohatlanadi. Ichak ichidagi massa suyuq qon va fibrin parda aralash bo’ladi. Ichak shilliq pardalariga qon quyilishlari kuzatiladi. Ichak tutqichlari qon tomirlari qaralganda, ularda trematodalarni ko’rish mumkin. Jigar hajmi kattalashadi. Bu kasallikka qarshi ambilgar, miratsil-D, dronsit kabi dorilar qo'llaniladi. Kasallikning oldini olish uchun esa parazitning oraliq va asosiy xo'jayinlari orasidagi biologik zanjirni uzish kerak. Buning uchuji esa mollarni ko'proq og'ilxonalarda boqish zarur, buzoqlarni alohida saqlash, xo'jaliklarda mollarni sug'orishni to'g'ri yo'lga qo'yish, botqoqliklarni quritish kabi ishlarni amalga oshirish lozim. Trematodalar sinfidan yana prostogonimuslar, exinastomatidalar oilalari vakil- lari parrandalar va chorva mollari ichagida parazitlik qilib, og'ir kasalliklarni keltirib chiqaradi. So'rg'ichlilar sinfi o'z navbatida digenetik so'rg'ichlilar va aspidogasterlar kenja sinflariga bo'linadi. Digenetik so'rg'ichlilar (Digenea) kenja sinfi vakillarining barchasida 2 ta so'rg'ichi bo'ladi. Rivojlanishi juda murakkab bo'lib, nasl gallanishi orqali boradi. So'rg'ichlilar sinnning ko'pchilik turlari digenetik so'rg'ichliliar kenja sinfiga kiradi. Aspidogasterlar (Aspidogastera) kenja sinfining 40 ga yaqin turi bor. Ularning yopishuv organlari juda keng yopishuv diskidan iborat. Disk bir necha qator so'rg'ich chuqurchalariga bo'lingan. Aspidogasterlar metamorfoz orqali rivojlanadi, lekin rivojlanish siklida nasl gallanishi bo'lmaydi. Tipik vakili Aspidogaster conchicola - ikki pallali mollyuskaiardan baqachanoqning yurak oldi xaltasida parazitlik qiladi. Boshqa vakillari, asosan, mollyuskalar, baliqlar va toshbaqalarda parazitlik qiladi. O’zbekiston sharoitida yuqorida ko’rsatilgan trematodalarning tarqalishi, barcha biologik xususiyatlari O’zbekiston FA akademigi J.A.Azimov, professorlar Sh.A.Azimov., B.S.Salimov va ularning shogirdlari tomonidan chu qu r o’rganilgan, fanga esa birmuncha yangiliklar kiritilgan va ularga qarshi kurashda ilmiy jihatdan asoslangan chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. MONOGENIYALAR (MONOGENEA) SINFI. Bu sinf vakillari fanga qadimdan ma'lum. 1858-yili Van Beneden trematodalar sinfini saqlab qolgan holda, uning tarkibida monogenetik va digenetik so'rg'ichlilar guruhlarini joriy qildi. Keyinchalik, 1863-yili I. Karus ana shu guruhlami kenja sinf darajasiga ko'tardi. Akademik B.Ye. Bixovskiy monogenetik so'rg'iehlilarni chuqur o'rganib, bu guruhga kiruvchi hayvonlar mustaqil sinf ekanligini ilmiy jihatdan asoslab berdi. Monogeniyalar sinfiga 2500 dan ortiq tur kiradi. Ular asosan baliqlar, amfibi- yalar, reptiliyalar va suvda yashovchi ayrim sutemizuvchilarda parazitlik qiladi. Monogeniyalar asosan ektoparazitlardir. Faqat ayrim turlari ikkilamchi marta endo-parazitlikka o'tgan. Bunday turlar amfibiyalar va reptiliyalarning siydik xaltasida, o’ pkasida va tashqi organlar bilan tutash bo’lgan boshqa organlarida parazitlik qiladi. Monogeniyalarning tanasi bo'yiga cho'zilgan, yassi yaproqsimon ko'rinishda bo'lib, kattaligi 0,3 mm dan 2-3 sm gacha boradi. Parazitning katta yoki kichik bo'lishi parazit xo'jayinining gavdasiga bog'liq. Xo'jayinning gavdasi qanchalik katta bo'lsa, parazit ham shuncha yirik bo'ladi. Monogeneyalar tanasining oldingi va oxirgi uchida xo’jayinlari organlariga yopishib turish uchun xizmat q iluvchi maxsus moslamalar mavjud. Ular musta h kam ilmo q chalar, s o’ r g’ ichlar va boshqa shu xil " q urollar" ga ega. Ayrim turlarida bir qism kiprikchalar saqlanib qolgan. Bu esa ularni turbellyariyalar bilan q avmu- q arindosh ekanligidan, aniqro g’ i ulardan kelib chiqqanligidan dalolat beradi. Hazm organlari tananing oldingi qismida joylashgan og’iz, tomoq va xaltasimon yoki ikki shoxli uchi berk ichakdan iborat. Boshqa ichki organlari va teri-muskul xaltasining tuzilishi turbellyariyalarnikiga o’ xshash. Faqat sezgi organlari parazitizmga o’tishi munosabati tufayli yaxshi rivojlanmagan, ayrim turlarida tanasining oldingi qismida teskari o’ girilgan k o’ zlari mavjud. Monogeneyalar germafrodit chuvalchanglar bo’lib, to’g’ri yo’l bilan, ya’ni xo’jayin almashtirmasdan rivojlanadi. Otalangan tuxumlaridan kiprikli ikki ko’zli, xo’jayin tanasiga yopishi sh ga xizmat q iluvchi organlarga ega bo’lgan onkomiratsidiya deb ataluvchi lichinka paydo bo’ladi. Unda bosh nerv gangliyalari, protonefridiyalari, hazm organlari h am rivojlangan bo’ladi. Bunday lichinkalar xo’jayin tanasiga yopishib birmuncha o’zgarishlardan s o’ ng voyaga yetgan parazitga aylanadi. Monogeniyalar vakillarining barcha hayotiy jarayoni bitta xo'jayinda o'tadi, ya'ni hayotiy jarayonida xo'jayin almashinish va nasl gallanish sodir bo'lmaydi. Odatda ikki individ jinsiy teshiklari tashqariga ochilgan old tomoni bilan bir- biriga yopishadi va spermalarini almashishadi. Monogeniyalarning tuxumlari shar- simon, ovalsimon va ipsimon bo'ladi. Urug'langan tuxum hujayralari suvga chiqa- riladi. Tirik tug'uvchi turlari ham mavjud. Otalangan tuxumninig suvda rivojlanishi natijasida ustki tomonidan kiprikchalar bilan qoplangan cho'ziq gavdali lichinka chiqadi. Lichinka kiprikchalari yordamida suvda harakat qiladi. Lichinka tanasi- ning orqa uchida disk va ilmoqchalar, oldingi uchida esa ko'zlar, bezlar va og'iz joylashgan. Ularda nerv va sezgi organlari yaxshi rivojlangan. Lichinkalarning ke- yingi rivojlanishi xo'jayini organizmida ketadi, ya'ni ular ma'lum vaqt suvda erkin suzib yurib hayot kechirgach, o'z xo'jayini tanasiga yopishadi va kiprikchalarini yo'qotib, jinsiy voyaga yetadi. Shuni ham aytib o'tish kerakki, lichinkalarning voyaga yetish muddati hamma tur monogeniyalarda ham bir xil bo'lmaydi. Masalan, daktilogirus avlodining lichinkalari 7-9 kunda voyaga yetib, tuxum qo'ya boshlaydi. Baqaning siydik pufagida parazitlik qiluvchi baqa ko'p so'rg'ichlisining lichinkalari o'z xo'jayinlariga o'xshab 3 yildan keyin jinsiy voyaga yetadi. Monogeniyalarning ayrim turlari baliqlarda parazitlik qilib, baliqchilikka katta zarar keltiradi. MDH mamlakatlaridan Rossiya, Ukraina va Belorussiyada baliqchilik xo'jaliklarida, ayniqsa, karpsimon baliqlarda monogeniyalardan daktilogirus urug'ining turlari ( Dactylogyrus vastator ) ko'p tarqalgan bo'lib, daktilogiroz kasalligini keltirib chiqaradi va bu kasallikdan yosh baliqchalar yoppasiga qirilib ketadi (30-rasm). Daktilogiruslar baliqlarning jabralarida parazitlik qilib, jabraning epiteliya to'qimasini yemiradi. Natijada baliqlarning nafas olishi qiyinlashadi. O'sish va semirishdan to'xtaydi. 30-rasm. Karpsimon baliqlar jabrasi paraziti- Dactylogyrus vastator : A-jinsiy voyaga yetgan chuvaichang; B-lichinkasi: 1- ko'zi, 2-halqumi, 3-ichagi, 4-kopulyativ apparati, 5-tuxunili bacbadon, 6-qin, 7- sariqdoniar, 8-tuxumdon, 9-urug'don, 10- yopishuv diski, yirik, o'rtancha va mayda chetki ilmoqchalari bilan, 11-kiprikchalari, 12-embrional ilmoqchali serkomer. Bir necha kun ichida ko'plab baliqlar nobud bo'ladi. Dakti-logirusning uzunligi 1-3 mm, ular baliqlar jabrasida parazitlik qiladi va o'sha joyga tuxum qo'yadi. Tuxumdan kiprikli lichinka chiqadi. Lichinka shu joyda voyaga yetadi. Shuningdek, monogeniyalardan yana bir avlodi - girodaktilusning vakillari ( Gyrodactylus elegans ) ham baliqlarning xavfli parazitlari hisoblanib, girodaktilyoz kasalligini keltirib chiqaradi (31-rasm). Girodaktilus biologik jahatdan juda qiziq. Ular ham germafrodit bo'lib, bitta urug'doni va tuxumdoni bor, tirik lichinka tug'adi. Shuning uchun parazit bachadonida doimo rivojlanayotgan embrionlari (lichinkalari) bo'ladi, ya'ni voyaga yetgan chuvalchang bachadonida faqat bitta tuxum bo'lib, bundan partenogenetik yo'l bilan bitta embrion hosil bo'ladi. Bu embrion voyaga yetguncha uning ichida ikkinchi embrion, ikkinchi embrionning ichida uchinchisi, uchinchisining ichida esa to'rtinchisi shakllanadi. Bu jarayonning hammasi parazit bachadonida o'tadi. Shunday qilib, girodaktilus tirik bola tug'adi va bunda bitta parazit to'rtta yosh chuvalchangni tug'adi. Girodaktiluslar karp, zog'ora baliq, toban baliq (karas) va boshqa baliqlarning terisi, jabralari va suzgich qanotlariga yopishib parazitlik qiladi. Ular asosan Ukraina, Belorussiya, O'zbekiston, Krasnodar o'lkasida keng tarqalgan bo'lib, yosh baliqlarni ko'plab nobud qiladi. Kasallangan baliqlar terisining rangi o'zgarib dog'lar pay do bo'ladi. Girodaktiluslardan yana bir turi - nitsha ( Nitzchia sturiorus ) Volga daryosida osyotrsimon baliqlarga katta zarar kelti-radi. Bu parazit sevruga balig'ini iqlimlashtirish jarayonida Orol dengiziga ham kelib qolgan va mahalliy osyotrsimon baliqlarda (baqra balig'ida) parazitlik qilishga o'tgan. Agar davolash choralari ko'rilmasa, kasallaagan yosh baliqlar ning 90-95 % qirilib ketadi. Shuning uchun ham baliqlar bahor va kuz oylarida 5%li osh tuzi eritmasidan tayyorlan-gan suvda cho'miltiriladi. Oqmaydigan hovuzlarning suvini 10-14 kun ichida chiqarib tashlab, hovuz quritiladi va qaytadan suv bilan to'ldirilib, keyin baliqlar boqiladi. Ayrim tur monogeniyalar baliqlardan tashqari baqalarda ham parazitlik qiladi. Shulardan biri baqa ko'p so'rg'ichlisi ( Polystoma integerrimum ) hisoblanadi. Bu parazit voyaga yetganida, baqaning qovug'ida so'rg'ichlari va ilmoqchalari yor-damida yopishib olib yashaydi. Bahorda baqalar tuxum qo'yayotgan paytda baqa ko'p so'rg'ichlisi ham baqaning kloakasi orqali siydik pufagidan bir oz tashqariga chiqib, suvga o'zining urug'langan tuxumlarini tashlaydi. 31-rasm. Baliqlar jabrasi paraziti- Gyrodactylus elegans : 1-og'iz teshigi, 2-bezlari, 3-kopulyativ organi, 4-ichagi, 5-to'rtta avlod embrionlari, 6-tuxum, 7-tuxumdon, 8-urug'don, 9-yopishuv diskining asosiy ilmoqlari, 10-yopishuv diskining chetki ilmoqlari. Parazit tuxumidan suvga kipriklar bilan qoplangan, ko'zi bor, gavdasining orqa qismida 16 ta mayda ilmoqchali diski bo'lgan lichinka chiqadi. Bunday lichinkalar 1-2 kun suvda suzib yurganidan so'ng, baqa tuxumidan chiqqan itbaliqlarning jabralariga ilmoqchalari bilan yopishib oladi va kipriklarini tashlab, 6 ta yumaloq so'rg'ich va 2 ta yirik il-moqcha hosil qilib, jinsiy voyaga yetadi va tuxum qo'ya boshlaydi. Agar lichinka itbaliqda voyaga yetmasa, o'sha itbaliq baqaga aylanishi bi lan uning siydik pufagiga ko'chadi va shu yerda jinsiy voyaga yetib ko'payadi, ya'ni itbaliqning baqaga aylanish vaqtida uning jabrasi bekilib ketadi va o'pkaga aylanadi. Bu paytda lichinka ichakka va bu joy dan kloaka orqali siydik pufagiga ko'chib o'tadi. Parazit lichinkasi bu vaqtda ko'p so'rg'ichliga aylanadi. U o'sadi va uchinchi yili jinsiy voyaga yetadi. Demak, baqa ko'p so'rg'ichlisining hayot sikli xo'jayini - baqaning hayot sikli bilan bog'liq, ya'ni baqa ko'p so'rg'ichlisi baqa singari uchinchi yoshida jinsiy voyaga yetadi. Shunday qilib, baqa ko'p so'rg'ichlisi rivojlanishi davomida jabralar ektoparaziti holatidan qovuq endoparaziti holatiga o'tadi. Monogeniyalar ichida ko'pchiligi o'z-o'zini urug'lantiradi. Lekin ayrim turlari borki, ularda o'z-o'zini urug'lantirishga to'sqinlik qiluvchi omillar rivojlangan. Masalan, monogeniyalardan spaynik turi yosh davrida yakka yashaydi. Keyinchalik parazitlar qorin so'rg'ichlari orqali bir-biriga yopishib olib birining urug' yo'li ikkinchisining tuxum yo'liga ochiladi. Natijada ular bir-birini urug'lantiradi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Abduraxmanov G.M., Lopatan I.K., Ismailov Sh.I. Osnovo’ zoologii i zoogeografii. Uchebnik dlya studentov vo’sshix pedagogicheskix uchebno’x zavedeniy. M., Izdatelskiy tsentr «Akademiya» 2001. 2. A buladze K.I. i dr. Parazitologiya i invazionno’e bolezni selskoxozyaystvenno’x jivotno’x. Uchebnik d lya studentov VUZov po spetsialnosti "Veterinariya". M., 1990. 3 . Akbaev M.Sh. i dr. Parazitologiya i invazionno’e bolezni jivotno’x. Uchebnik dlya studentov VUZov po spetsialnosti «Veterinariya». M. KOLOS, 2000. 4. Biologiya. Bolshoy entsiklopedicheskiy slovar. Nauchnoe izdatelstvo "Bolshaya Rossiyskaya entsiklopediya". M. 1998. 5. Burdelev T.E. i dr. Osnovo’ veterinarii. Uchebnik. M.,1978. 6. Genis D.E. Meditsinskaya parazitologiya. M. 1991.