logo

Gap bo’laklari. Bosh bo’laklar. Ega, uning ifodalanishi. Kеsim, uning ifodalanishi, turlari. Bog’lama

Yuklangan vaqt:

26.04.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1284.1123046875 KB
GAP BO‘LAKLARI. BOSH BO‘LAKLAR. EGA, UNING IFODALANISHI. KЕSIM, UNING IFODALANISHI, TURLARI. BOG`LAMA. KЕSIMNING EGA BILAN SHAXS VA SONDA MOSLIGI. EGA BILAN KЕSIM ORASIDA TIRЕ (-)NING ISHLATILISHI . Reja: 1. Gap bo‘laklari haqida umumiy ma’lumot 2. Gapning bosh bo‘laklari 3 Ega va uning ifodalanishi 4. Kesim va uning ifodalanishi 5. Ega bilan kesimning orasida tirening ishlatilish i 04/26/2024Gap bo‘laklari haqida umumiy ma’lumot Gapda biror so‘roqqa javob bo‘lgan vao‘zaro tobе boG‘langan so‘z yoki so‘z birikmasi gap bo‘lagi dеb ataladi. Gap bo‘laklarini bеlgilashda asosiy xususiyat ular orasidagi sintaktik aloqadir. So‘zlarga so‘roq bеrish, ularning qaysi turkumga mansubligi, gap ichida joylashish tartibi, qanday qo‘shimchalar olishi tom ma'noda gap bo‘laklarining turlarini bеlgilashda asos bo‘la olmaydi. Gap bo‘laklarining turi odatda bir-biriga nisbatan aniqlanadi: ega kеsimga nisbatan, aniqlovchi aniqlanmishga nisbatan, hol hollanmishga nisbatan, to‘ldiruvchi to‘ldirilmishga nisbatan aniqlanadi. 04/26/2024Gap bo‘laklarining gap tarkibidagi mavqei bir xil emas. Ba’zi gap bo‘laklari gap qurilishida markaziy o‘rinni egallaydi, bunday bo‘laklarsiz fikr anglashilmaydi. Ayrim bo‘laklar esa gap qurilishida asosiy rol o‘ynamaydi, ularning ishtirokisiz ham bosh bo‘laklar orqali fikr anglashilaveradi. 04/26/2024. Shunga ko‘ra gap bo‘laklari ikki turga ajratiladi: 1) bosh bo‘laklar; 2) ikkinchi darajali bo‘lakla r. 04/26/2024Bosh bo‘laklar gapning grammatik asosini tashkil qiladi. Fikr, asosan, gapning grammatik asosi orqali ifodalanadi. Ikkinchi darajali bo‘laklar gapning grammatik asosini tashkil qilmasdan, uni hajm jihatdan kengaytiradi yoki so‘z birikmasini shakllantirish uchun xizmat qiladi. 04/26/2024Ikkinchi darajali bo‘laklar bosh bo‘laklar bilan yoki o‘zaro tobe aloqada bo‘lib, ularni izohlash, aniqlash, to‘ldirish uchun xizmat qiladi. Bosh bo‘laklar ega va kesimdan iborat. Ikkinchi darajali bo‘laklar aniqlovchi, to‘ldiruvchi va holdir. 04/26/2024Ega va uning ifodalanishi Kesim orqali izohlanadigan fikr predmetni anglatadigan, gapning boshqa bo‘laklariga tobe bo‘lmagan bosh bo‘lakka ega deyiladi. Ega keng ma’noda predmet tushunchasini bildirib, kesimdan anglashilgan predikativ belgining kimga yoki nimaga qarashliligini ko‘rsatadi. 04/26/2024Ega bosh kelishikdagi birliklar bilan ifodalanib, kim? nima? qayer? so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi. Ega, odatda, yakka so‘z: ot, olmosh, harakat nomi, otlashgan so‘z (sifat, son, olmosh, sifatdosh, ravishdosh, ravish, taqlid so‘z, undov so‘z, modal so‘z) bilan ifodalanadi. 04/26/2024Eganing ot bilan ifodalanishi. Bosh kelishikdagi atoqli yoki turdosh ot ko‘pincha ega vazifasini bajaradi: Sirdaryo hammasini yig‘ib olib, rosa kuchga to‘ladi-da.(P.Q.). Chor-atrof yaproqlarning mungli shivir-shiviriga to‘ldi. (O‘.H.). 04/26/2024Eganing olmosh bilan ifodalanishi. Ega bosh kelishik shaklidagi ot o‘rnida qo‘llanuvchi olmoshlar bilan ifodalanadi: Ular kulimsirab askiyaga quloq solishdi (P.Q.) Kimdir unga darrov bir kosa ovqat keltirib berdi. (O‘.Usmonov). O‘zingiz juda aqlli, uzoqni ko‘radigan odamsiz. (S.Soliyev). Eganing harakat nomi bilan ifodalanishi. Ega harakat nomi bilan ifodalana oladi: ... ariqdan oqqan suvning shildirashi eshitila boshladi... (P.Q.). Boshliq bo‘lish oson, boshlamoq qiyin. (Maqol). 04/26/2024Eganing otlashgan olmosh bilan ifodalanishi. Ega vazifasida sifat, son o‘rnida qo‘llanuvchi otlashgan olmosh bilan ham ifodalanadi: Bu, ehtimol, ona suti bilan kirgan g‘ayrishuuriy bir tuyg‘udir. (P.Q.). Odamlar uchun xuddi mana shunisi kerak edi. (CH.Aytmatov). Eganing otlashgan sifatdosh bilan ifodalanishi. Bosh kelishikdagi otlashgan sifatdosh ega vazifasini bajaradi: Ishlagan xor bo‘lmas (Maqol). Qimirlagan qir oshar (Maqol). Birlashgan daryo bo‘lar, tarqalgan irmoq bo‘lar (Maqol). 04/26/2024Ega ba’zan frazeologik ibora bilan ham ifodalanishi mumkin: Birovning ko‘nglini ko‘tarish qiyin, ko‘nglini cho‘ktirish esa oson. Bundan tashqari, ega so‘z birikmasi yoki gapga teng predikativ birlik bilan ifodalanadi. Eganing so‘z birikmasi bilan ifodalanishi. Ega vazifasida so‘z birikmasi kela oladi: Haqiqat va to‘g‘rilikni sevadigan odam doim vijdoni farmoniga itoat qiladi. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»). Eganing gapga teng predikativ birlik bilan ifodalanishi. Ega-kesim munosabati aks etgan predikativ birlik ega vazifasida kela oladi: Bilagi zo‘r birni yiqitadi, bilimi zo‘r – mingni (Maqol). 04/26/2024Kesim va uning ifodalanishi Ega anglatgan predmetning predikativ belgisini ifodalaydigan, ega haqidagi hukmni bildiradigan bosh bo‘lak kesim deyiladi. Kesim o‘zida predikativlikni aks ettiradigan, gapni grammatik jihatdan shakllantiradigan bosh bo‘lak hisoblanadi . 04/26/2024Fe’l kesim. Turli fe’l shakllari bilan ifodalanadigan kesim fe’l kesim deb yuritiladi: Yo‘l chetida zarg‘aldoqlar sayraydi. (P.Q.). O‘rik qiyg‘os gullaganda, birdan havo sovib, laylakqor yog‘ib berdi. (P.Q.). Fe’l kesim ba’zan frazeologik ibora bilan ham ifodalanadi: Tog‘ etagida qishloqning mirzateraklari elas-elas ko‘zga tashlanadi. (P.Q.). Ot kesim. Fe’ldan boshqa so‘z turkumlari (ot, sifat, son, olmosh, ravish, undov va b.) bilan, shuningdek, fe’lning harakat nomi shakli bilan ifodalanadigan kesim ot kesim deb ataladi. 04/26/20241) kesimning ot bilan ifodalanishi. Ot kesim vazifasida ko‘pincha bosh kelishikdagi ot, ba’zan esa o‘rin-payt, chiqish, jo‘nalish kelishiklardagi ot yoki ko‘makchi bilan qo‘llangan ot kelishi mumkin: Yoshning hurmati - qarz, qarining hurmati – farz. (Maqol). So‘zning ko‘rki - maqol. (Maqol). O‘sha kuni Norboy ota dalada edi. (P. Q.). Safaviylar ham o‘zimizning turkiy ulusdan. (P.Q) 04/26/2024Ot bilan ifodalangan kesim nafaqat bosh kelishik shaklida, ba’zan jo‘nalish, o‘rin- payt, chiqish kelishiklar shaklida bo‘lishi mumkin, hatto ko‘makchi orqali shakllangan bo‘lishi mumkin. Masalan: Ilmu hunar yerga emas, elga. (Maqol). Haqiqat kuchda emas, kuch haqiqatda. (V.Kataev). Bir kishi hamma uchun, hamma bir kishi uchun.(Maqol) . 04/26/2024Kesim tuzilishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: 1) sodda kesim yakka bir asosli fe’llar bilan ifodalangan kesimlar hamda bog‘lamasiz kelgan ot kesimlardir. Sodda kesim ifoda materialiga ko‘ra ikki xil: sodda fe’l kesim, sodda ot kesim. a) sodda fe’l kesim tuslangan fe’l, ravishdosh, sifatdosh bilan ifodalangan kesimdir. Masalan: Ot yiqilayotganda, Humoyun oyoqlarini uzangidan chiqarib egardan qumga sakradi. (P.Qodirov) Qalin qorlar erib, o‘tlar ko‘karib qoldi. (Ch 04/26/2024 E’TIBORINGIZ UCHUN R AHMAT! 04/26/2024