logo

Poliomiyelit (shol), KOKSAKI, ECHO, Gepatit A viruslarini virusologik aniqlash usullari

Yuklangan vaqt:

20.09.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

882.390625 KB
Poliomiyelit (shol), KOKSAKI, ECHO, Gepatit A viruslarini virusologik aniqlash usullari. Poliomiyelit  (yun. polios — kulrang va myelos — orqa miya) — polioviruslar chaqiradigan oʻtkir yuqumli kasallik. Bunda  markaziy nerv sistemasi  zararlanadi.  Falaj  bilan yoki falajsiz kechadi, baʼzi hollarda oʻlimga olib keladi. Poliomiyelit qadimdan maʼlum. Asosan 3-8 yoshdagi bolalar oʻrtasida keng tarqalgan, baʼzan katta yoshdagilar orasida uchraydi. Epidemiologiyasi Virusni  sunʼiy koʻpaytirish usulining kashf etilishi, poliomiyelitga qarshi vaksina yaratilishi va bolalarni yoppasiga emlash amalga oshirilishi tufayli kasallik tez kamaydi. Kasallikni qoʻzgʻatuvchi viruslar suvda uzoq, vaqt saqlanadi, qaynatilganda,  kaliy permanganat  va  vodorod peroksid  taʼsirida halok boʻladi. Kasallik bemor bilan yoki kasallik qoʻzgʻatuvchisini tashib yuruvchilar bilan muloqotda boʻlganda yuqadi. Virus havo-tomchi yoʻllari orqali (aksirganda, yoʻtalganda), shuningdek, ifloslangan sabzavot, meva, qaynatilmagan suv, sutni isteʼmol qilganda organizmga oʻtadi. Yoz va kuz oylarida poliomiyelit koʻproq uchraydi. Inkubation davri 7-14 kun. Etiologiyasi Qoʻzgatuvchisi: kattaligi 30 Nanometer boʻlgan [1] , kapsulasiz, RNK tutuvchi poliovirusdir. Bu virus Picornoviridae oilasiga mansub boʻlgan Enterovirusdir. Polioviruslarning uchta serotipi mavjud: Brunhilde Lansing Leon Bu uchta tip oʻzidan soʻng alohida  immunitet qoldiradi. Patogenezi Virus ogʻiz orqali ichaklarga boradi. U yerda koʻpayib lokal  limfa tugunlarini  zararlaydi. Limfa tugunlarida ham koʻpayib,  qonga  oʻtadi (viremiya). Qon aylanish yoʻli bilan orqa miyaga boradi, orqa miya kulrang moddasini zararlaydi. Orqa miya motoneyronlarini shikastlab, koʻndalang — targʻil muskullar faoliyatini chegaralaydi. Orqa miyaga esa immun himoya reaksiyasi natijasida leykositlar toʻplanib yalligʻlanishni hosil qiladi. Bu yalligʻlanish natijasida orqa miya nerv hujayralari faoliyati buziladi. Natijada falajlik yuzaga keladi. [2] Simptomlari Kasallik oʻtkir boshlanadi: bemorning temperaturasi 38—39° gacha koʻtariladi,  yoʻtal ,  aksirish ,  tomoq ogʻrishi , qorinda ogʻriq paydo boʻlishi va  ich ketishi  kuzatiladi. Bu belgilar 4—5 kundan keyin oʻtib ketadi, bir haftadan soʻng temperatura yana koʻtariladi va turli muskullar, ayniqsa, oyoq va qoʻllar falaji avj oladi. Falajsiz poliomiyelit yuqori nafas yoʻllarining oʻtkir katari sifatida (qarang  Oʻtkir respirator kasalliklar ) yoki meʼda-ichak faoliyatining buzilishi koʻrinishida kechadi. Klinikasi Bemor kasalxonada davolanadi. Falaj bilan kechadigan poliomiyelitda zararlangan qoʻl va oyoqning harakatlanishi buziladi, kasal qoʻl yoki oyoq sogʻlom oyoq-qoʻlga qaraganda oʻsishdan orqada qoladi. Shu sababli kompleks davolashda  massaj ,  davo fizkulturasi , oyoq va qoʻllar uchun maxsus  ortopedik apparatlar , tana va boʻyinga korset taqish tavsiya etiladi. Keyinchalik sanatoriy- kurortda davolanish kerak. Falaj bilan kechadigan poliomiyelit uzoq va toʻgʻri davolanganda oyoq va qoʻllarning izdan chiqqan funksiyalari tiklanishi mumkin. Profilaktikasi Poliomiyelitning oldini olish uchun suyuq holdagi va konfet (antipoliodraje) shaklidagi tirik poliomiyelit vaksinasi bilan emlanadi. Gepatit viruslari№ Turlari Oilasi Yuqish yo’llari Nuklein kislota 1 Gepatit A Picarno viruslar Alimentar RNK 2 Gepatit B Gepadno viruslar Parenteral DNK 3 Gepatit D Gepadno viruslar Parenteral RNK 4 Gepatit C Flaviviridae Parenteral RNK 5 Gepatit E Caliciviridae Alimentar RNK 6 Gepatit G G Flaviviridae Parenteral RNK 7 Gepatit F Nomalum Alimentar RNK 8 Gepatit TTV Nomalum Transfusion RNK Gepatit А virusi Nomlanadi: - epidemik gepatit - infektsion gepatit - Botkin kasalligi - enterovirus 72 tipi Oila - Pikornaviruslar – Ricornaviridae Аvlod - Enterovirus - Yenterovirus • Gepatit kasalligining 70% ni keltirib chiqaradi • 1888 yilda S.P.Botkin - yuqumli ekanligini aniqlaydi • 1979 yilda Feystaun-kasal axlatidan ajratib oladi. Elektron mikroskopda koʼradi MORFOLOGIYASI • virus kubsimon koʼrinishda • oddiy tuzilishga ega • 1-ipli RNK tutadi • 27-32 nm kattalikda • lipid va uglevodlar tutmaydi • super kapsidlar yoʼq O’stirish 1. Makak rezus maymuni embrionining buyrak hujayralarida 2. Jigar toʼqimalari hujayralarida – gepatotsitlarda qatʼiy tropizmga ega 3. Cheksiz oʼsuvchi hujayra kulturalarida 4. Virus xujayrada uzoq vaqt reproduktsiyalanadi Chidamliligi • haroratga chidamli • 1000 da 5 minutdan soʼng oʼladi • -200 da yillab yashaydi • dezinfektsiyalovchi moddalarga sezuvchan Patogenezi • koʼpincha 15 yoshgacha bolalar kasallanadi • kasallik mavsumga bogʼlik – avgust va sentyabr oilarida koʼp uchraydi • yuqishi axlat- ogʼiz orqali: • - suv, oziq- ovqatlar, sutlar • - buyumlar, oʼyinchoqlar • - qizdirish mumkin boʼlmagan oziq- • ovqatlar: - salatlar • - sharbatlar • Suv orqali yuqishi mavsumga bogʼliq boʼlmaydi • Birlamchi reproduktsiya ingichka ichak shilliq qavatida oʼtadi • Yashirin davri: • - sariqlik kelib chiqmasdan 1-2xafta oldin • - bu davrda virus axlat orqali koʼp miqdorda ajraladi • Prodromal davri: • - gripp kasalligiga xos simptomlar kuzatiladi • - harorat koʼtariladi • 4-5 kundan soʼng harorat tushadi • Oshqozon ichak kasalliklariga xos simptomlar kuzatiladi: - koʼngil aynishi - qusish - ishtahaning yoʼqolishi - oʼng kovurgʼa ostida ogʼriq • Kasallik oʼtkir boshlanadi • Virus qonga oʼtadi- virusemiya kelib chiqadi • Jigar shikastlanadi - sariqlik kelib chiqadi • Qon zardobida fermentlar koʼpayadi (transaminaz) • Siydik toʼq sariq rangga kiradi • Аxlat och rangga kiradi • Surunkali shaklga oʼtmaydi • Kasallik sariqsiz xolatda ham oʼtishi mumkin • Har doim safro orqali ichakka tushib turadi va axlat orqali tarqaladi Immunitet qatʼiy immunitet hosil boʼladi qon zardobida JgG koʼpayadi Profilaktika Immunoglobulinlar Vaktsina olish yoʼlga qoʼyilmoqda АVАKSIM vaktsinasi Laboratoriya diagnostikasi • Tekshirish uchun - kasal axlati olinadi • Mikroskopik metod - elektron mikroskopda virus aniqlanadi • Serologik metod – IFА • Qon zardobida JgM - aniqlanadi, • keyinchalik JgG aniqlanadi