logo

Parenximal distrofiyalar - organlar parenximasidagi metabolik kasalliklar

Yuklangan vaqt:

20.09.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

872.236328125 KB
Parenximal distrofiyalar - organlar parenximasidagi metabolik kasalliklar Parenximal distrofiyalar - organlar parenximasidagi metabolik kasalliklar.. Organ parenximasi uning asosiy funktsiyalarini ta'minlovchi hujayralar yig'indisidir (masalan, kardiomiotsitlar - yurakning parenxima elementlari, gepatotsitlar - jigar, neyronlar - miya va orqa miya). Organ parenximasi parenximali organdan farqlanishi kerak (tasviriy anatomiyada kavitar bo'lmagan organlar deb ataladi).  Klassifikatsiya Metabolizmi buzilgan moddalar turiga qarab, parenximal distrofiyalarning uchta guruhi mavjud: Parenximal disproteinozlar (oqsil almashinuvining buzilishi) Parenximal lipodistrofiya (lipidlar almashinuvining buzilishi) Parenximal uglevod distrofiyalari. Parenximal disproteinozlar oqsil almashinuvining buzilishi turlari Gialin-tomchili distrofiya Gialin-tomchili distrofiyada sitoplazmada bir-biriga qoʼshilib ketadigan va xujayra tanasini boshdan-oyok, toʼldirib kuyadigan yirik gialinsimon oksil tomchilari paydo boʼladi xujayra disproteinozining bu xili buyrak kanalchalari epiteliysida, xususan, proksimal va distal segmentlarda kuzatiladi. Gialin-tomchili distrofiyada buyraklar kattalashgan, zich, pustlok katlami ok-kulrang, xira; piramidalar kizil yoki och pushti boʼladi Gialin-tomchili distrofiyaning oqibati yomon. Bu kaytmas protsess boʼlib, xujayra nekrobiozi va nekroziga olib keladi. Siydikda oksil (proteinuriya) va silindrlar paydo boʼlishi (tsilindruriya), plazma oksillari kamayishi (gipoproteinemiya), plazmadagi elektrolitlar balansnining buzilishi buyrak kanalchalari epiteliysining gialin-tomchili distrofiyasi bilan alakadordir. Buyrak kanalchalari epiteliysini gialin-tomchili distrofiyasi Gidropik distrofiya ◦ Gidropik distrofiya, istisko yoki vakuol distrofiyasi xujayra sitoplazmasida, yadrosida sitoplazmatik suyukligi bilan toʼlgan xar xil kattalikdagi vakuollar paydo boʼlishi bilan taʼriflanadi. Sitoplazma suyuklikka toʼlgan ballonlarga aylanib qoladi, xujayra ulьtrastrukturalari yemirilib ketadi (ballon distrofiya) yoki xujayra katta vakuolga aylanib, ichida pufaksimon yadro xosil boʼladi Gidrotopik distrofiya Membranalar oʼtkazuvchanligining buzilishi Diffuziya va osmos mexanizmlarining buzilishi Xujayra nasoslari faoliyatining buzilishi Xujayra tashkarisidagi boʼshlikdan xujayraga suyuklik oʼtishi Buyrak kanalchalari epiteliysini gidropik distrofiyasi Shoxli yoki Muguz distrofiya Shoxli (muguz) langan distrofiyasi yoki patologik shoxlanishda muguzlanadigan epitelida shox moddasining ortikcha xosil boʼlishi (giperkeratoz, ixtioz) koʼriladi yoki normada shoxlanish xodisasi uchramaydigan joylarda shox moddasi xosil boʼladi. Shoxli distrofiyasining sabablari xilma-xil: terining notoʼgʼri rivojlanishi, xronik yalligʼlanish, virus infektsiyasi, avitaminoz. Organizm va hujayra darajasida muguz distrofiya HUJАYRА (PАRENXIMАTOZ) LIPIDOZLАR Bu – sitoplazmatik yogʼlar almashinuvi buzilishidan hujayrada yogʼ tomchilari paydo boʼlishidir. Koʼpincha jigarda, buyraklarda va miokardda rivojlanadi. Sabablari: qandli diabet, surunkali alkogolizm, och qolish, semirish, zaxarlanish (SSl, fosfor), anemiya, surunkali kasalliklar. Patogenezi: yogʼ kislotalarining va triglitseridlarni koʼp soʼrilishi, gipoksiya, lipidlar utilizatsiyasining sekinlashishi.  Natijada: -Erkin yogʼ kislotalarining ortiqcha safarbar boʼlishi -Triglitseridlar oʼzlashtirilishining susayishi -Yogʼlar oksidlanish surʼatining pasayishi -Eterifikatsiya kuchayishi -Lipoproteidlar ekskretsiyasining toʼxtashi -EPTning erkin radikallardan zararlanishi Jigar misolida Makro va Mikro ko’rinishi Jigar: Makro – kattalashgan, yumshagan, kesilganda sariq rangli, yogʼ tomchilari paydo boʼladi, nomi «goz jigari (diffuz)», «soxta muskatsimon jigar»(bulak periferiyasida) Mikro – gematoksilin eozin boʼyogʼida gepatotsitlarda rangsiz tomchilar paydo boʼladi. Yurak misolida Makro va Mikro ko’rinishi Miokard: Makro – yumshagan, och-sariq, yurak boʼshliqlari kengaygan, oʼlchamlari kattalashgan. Endokard tomondan soʼrgʼichsimon mushaklarda och-sariq chiziqchalar paydo boʼlgan, nomi «Yoʼlbars yuragi». Mikro – venalar atrofidagi kardiomiotsitlar sitoplazmasida yogʼ tomchilari paydo boʼlgan.   Uglevodlar almashinuvini buzilishi. Uglevodlar: 1. polisaxaridlarga (asosan glikogen) 2. mukopolisaxaridlarga 3. glyukoproteidlarga bulinadi. Ularni almashinuvini buzilishlari – gipo- giperglikemiya, glikogenozlar, aglikogenezlar, geksoz-, pentozemiya, pentozouriyalar va b. bilan namoyon buladi.  Giperglikemiyaning asosiy sabablari: 1.endokrinopatiyalar(gipoinsulinizm, «giperglikemiyalovchi gormonlarni» kupligi) 2.neyro- va psixogen buzilishlar(stress-reaktsiya, kauzalgiya, ruxiy zurikish) 3.Xaddan tashkari ovkatlanish 4.Jigarni patologiyalari(glikogenolizni faollashuvi, glikogenezni kamayishi) Гликогенозларни типлари Ферментлар етишмовчилиги ва нуксонлари Гликоген тузилишини Гликоген тупланадиган жой 1-тип (Гирке касаллиги) Глюкоза-6-фосфатаза Бузилмайди жигар, буйрак, миокардда, бош мия 2-тип (Помпе касаллиги) А-1,4-глюкозидаза Бузилмайди силлик ва кундаланг таргил мушаклар, миокард 3-тип (Кори касаллиги) Амило-1,6-глюкозидаза Бузилади жигар, мушаклар, юрак 4-тип (Андерсен касаллиги) L-1,4-глюкано-a-глюкозил- трансферазалар Бузилади жигар, талок, лимфа тугунлари 5-тип (Мак Ардля касаллиги) Миоцитларни гликогенфосфорилазалари Бузилмайди скелет мускуллар 6-тип (Гироа касаллиги) Гепатоцитларни гликогенфосфорилазаларини Бузилмайди жигар 7-тип (Томпосна касаллиги) Фосфогликомутазалар Бузилмайди жигар 8-тип (Таруа касаллиги) Фосфофруктомутазалар Бузилмайди жигар 9-тип (Хага касаллиги) Гепатоцитларда киназа фосфорилазалар Бузилмайди жигар  E’tiboringiz uchun raxmat