logo

Ichak yuqumli kasalliklari qozg'atuvchilari keltirib chiqaradigan kasalliklarini labarator tashxisi

Yuklangan vaqt:

16.12.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

3544.4638671875 KB
ICHAK YUQUMLI KASALLIKLARI QOZG’ATUVCHILARI KELTIRIB CHIQARADIGAN KASALLIKLARINI LABARATOR TASHXISI . 1. Ichak yuqumli kasalliklari qo’zg’atuvchilari haqida tushuncha. 2. Keltirib chiqaradigan kasalliklarini labarator tashxisi. Reja:  Dizenteriya - shigellalar qo‘zg‘atad¡gan, umumiy zaharlanish va yo‘g‘on ichak distal qismining zararlanishi bilan kechadigan yuqumli kasallikdir. Dizenteriya to‘g‘risidagi toiiq ma’lumotni birinchi bo‘lib, yunon vrachi Aretey yozgan. Ichburug’ so‘zi yunoncha dys - “buzilish” va enteron — “ichak” so‘zlaridan olingan bo'lib, bu termin eramizdan oldingi IV- V asrlarda yashagan Gippokrat tomonidan ich ketish va qorin og‘rig‘i bilan kechadigan kasalliklami belgilash uchun kiritilgan. .  Etiologiyasi. Ichburug“ bakteriyalari Shigella mikroblar avlodiga mansubdirlar. Hozirgi kunda shigellalaming bir - biridan biokimiyoviy va serologik xususiyatlari bilan farq qiladigan 50 dan ziyod turlari aniqlandi. Shigellalar uzunligi 2-3- mkm, eni 05-0,7 mkm, harakatsiz, grammanfiy tayoqchalar bo‘lib, spora va kapsula hosil qilrnaydi. Shigellalar laktozani parchalashi natijasida kislota va kamdan-kam hollarda gaz ham hosil qiladi. Mannitni esa juda yaxshi parchalaydi. Shigellalar o‘zida O hamda K- antigenlar saqlaydi. O-antigen, issiqlikka chidamli, bakteriya tanasi bilan chambarchas bog‘liq. K- antigen issiqlikka chidamsiz, bakteriya tanasi bilan nisbatan sust..  Epidemiologiyasi. Ichburug“ infeksiyasining asosiy manbai bolib, kasal odam bolib hisoblanadi. O'tkir ichburug' bilan og‘rigan odamlar epidemiologik jihatdan eng xavfli hisoblanadilar, chunki o'tkir ichburug’da qo‘zg‘atuvchilar organizmdan juda ko‘p ajraladi. O‘tkir ichburug‘ bilan og‘rigan bemorlar kasallikning yashirin davridan boshlab qo‘zg‘atuvchini tashqariga chiqara boshlaydilar va kolit sindromi avj oigan davrida qo‘zgatuvchi ko‘plab tashqariga chiqariladi. .  Dizеntеriya kasalligi davomida 5 davr ajratiladi:  1) inkubatsion davr;  2) boshlang’ich davr;  3) kasallikni avj olgan davri;  4) simptomlarning so’nish davri;  5) sog’ayish davri..  Klinikasi. Umuman olganda dizеntеriya asosan intoksikatsiya va kolitik sindrom bilan ta’riflanadi. Gastroentеrokolitik xilida bulardan tashqari gastrit va entеrit alomatlari ham ko’riladi. Inkubatsion davr 2-3 kun davom etadi, u 1 kungacha qisqarishi va 7 kungacha cho’zilishi mumkin. Kasallik ko’pincha to’satdan boshlanadi. Bеmorning eti uvishib, harorat 38-39 darajagacha ko’tariladi va 2-4 kungacha yuqori bo’lib turadi. Harorat subfеbril darajada yoki normal bo’lishi ham mumkin. Harorat yuqori bo’lganida ko’pchilik bеmorlarning boshi og’riydi, darmoni qurib, badani qaqshaydi, kayfiyat yomon bo’ladi..  Davosi  Infeksiyaning umumiy terapiyasida parxez buyuriladi;  Bifikol, bifidum-bakteril va antibiotiklardan levometsitin;  Sulfanilamid preparatlardan furazalidon beriladi;  Surunkali infeksiyani spirtda o’ldirib tayyorlangan Chernoxvostovning ichburug’ vaksinasi bilan davolanadi..  Profilaktikasi: Avvalo dizеntеriya diagnozini imkoni boricha barvaqt aniqlab, bеmorni kasalxonaga jo’natish yoki kasalxonaning undan boshqalarga yuqmaslik choralarini ko’rish zarur.  Ichi kеtgan bеmorlarning hammasi nazorat ostida bo’lishi kеrak. Oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlanadigan, saqlanadigan va sotiladigan joylarda ishlovchilar, shuningdеk, muassasalari va kasalxona xodimlarini vaqti-vaqti bilan tеkshirib turiladilar.  Bеmor yotgan uy dеzinfеksiya qilinadi. Bеmorning kasalxonadan uyiga kеtishiga kasallik simptomlari butunlay barham topib, axlati tеkshirib ko’rilganida dizеntеriya mikroblari yo’qligi aniq bo’lganidan kеyingina ruxsat etiladi. Uyiga qaytgan bеmor poliklinika vrachi nazoratida bo’ladi. .  Esherexioz(E.coli)- Ichak tayoqchasi (Escherichiacoli)ni 1885-yilda nemis olimi Teodor Esherix dispepsiya bilan og'rigan bemor najasidan ajratib olgan. E.coli tabiatda keng tarqalgan bo'lib, odam va sut emizuvchilaming ichaklarida yashaydi. Bundan tashqari, qush, baliq. sudralib yuruvchilar, amfibiya va hasharotlar ichagida ham bo'ladi. Ichak tayoqchasi najas bilan ko'p miqdorda ajralib, tashqi muhit (tuproq, suv, turli buyumlar)ni ifloslantiradi. .  M o r f o lo g iy a s i.  Ichak tayoqchasi morfologiyasiga ko’ra Enterobacteriaceae guruhiga mansub enterobakteriyalarga o'xshaydi, hajmi l.l- 1 .5 x 2 ,0 -6 ,0 mkm.  Bularning ayrim shtammlari harakatchan (peritrix), ayrimlari esa harakatlanm aydi, ya'ni xivchinlari yo'q.  Grammanfiy, spora hosil qilmaydi. Bakteriya hujayrasi mayda tuklar (fibriyalar) bilan qoplangan. Nukleoid DNK sida G +S 4 8 -5 2 % ni tashkil etadi. .  0’sishi.  E .coli fakultativ anaerob. 37°C haroratda va pH 1,2 - 1 ,5 bo'lganda yaxshi o'sadi."Esherixiylar 22- 37"C da o 'z faoliyatini saqlab qoladi. Ammo past haroratda o'sish i to'xtaydi.  Ular go'sht-peptonli agarda shakli yumaloq. rangi tiniq va yaltiroq, chetlari esa bo'rtgan diametri 1- 2 mm li S-shakldagi koloniyalar hosil qiladi. .  Chidamliligi.  Ichak tayoqchasi kimyoviy, fizik om illar ta’siriga shigella, salmonellalarga nisbatan chidamli, shuning uchun tashqi muhitda (suv va tuproqda) bir necha hafta va oylab yashaydi.  Dezinfeksiyalovchi eritmalar: 5% li fenol,3% li xloramin eritmasi ta’sirida bir necha daqiqa davomida. Esherixiylar 55°C gacha qizdirilganda 1 soat, 6 (>’C da esa 15 daqiqada nobud bo'ladi. H .  Infeksiya manbai bemor va bakteriya tashuvchilardir. Patogen mikrob alimentar yo‘l bilan, ba'zan bilvosita aloqa. havo-tomchi va chang orqali yuqadi.  Asosiy yuqish yo'li fekal-oral, bunda odam ifloslangan oziq-ovqat, suv orqali kasallanadi.  Laboratoriya tashxisi.  Kolienterit va boshqa koliinfeksiyalarga mikrobiologik tashxis qo'yish uchun be -morning najasi. burun-halqumidan surtma, murdadan esa qon, o 't, jigar, taloq, o'pka , ingichka va yo'g'on ichakdagi moddalar, yiring olib tekshiriladi.  Tekshirilishi lozim bo'lgan material qattiq oziq muhitlarga (Endo. Levina va boshqalar) va qo'shimcha tif va paratiflar, ichburug ' bakteriyalari o'suvchi Ploskirev, vismut-sulfita- garlarga ekiladi.  Agar sepsisga gumon qilin sa, u holda qon avval bulonga, so'ng muvofiq qattiq oziq muhitga ekiladi. Ajratib olingan sof kulturanidifferensiatsiya qilish uchun uning mor fologiyasi, o'sish i, biokimyoviy va serologik xususiyatlari tekshiriladi.  Davosi  Koli- infeksiyasi bilan og’rigan bemorlarga antibiotiklar: tetrasiklin ,Levomitsetin, Polimiksin, Nitromitsin va boshqalar buyuriladi;  Bundan tashqari biologik preparatlar: koli- autovaksina, Kolibakterin, Laktobakterin, bifikol,Bifidum bakterinlar qo’llaniladi;  Koli infeksiyasini oldini olish uchun bemorlarni erta aniqlash, ularni kasalhonaga joylash, va tegishli davolash muhim ahamiyatga ega. . . .