logo

Adaptiv immunitet, shakllanish prinsiplari. Hujayraviy gumoral tipdagi immun reaksiyalar, mexanizmlari

Yuklangan vaqt:

08.04.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

8972.939453125 KB
Adaptiv immunitet, shakllanish prinsiplari. Hujayraviy gumoral tipdagi immun reaksiyalar, mexanizmlari. Immun sistemaga baho berish usullari. Immunoprofilaktika.   • Adaptiv immun sistemasi birinchi boʻlib dastlabki umurtqali hayvonlarda rivojlangan va immunologik xotira bilan bir qatorda kuchli immunitetg imkon bergan. Bunda har bir patogen nishon antigen tomonidan „eslab qolinadi“. Adaptiv immun javob antigen-spetsifik boʻlib, antigen taqdim etish jarayoni davomida maxsus yot antigenlarni tanib olishni talab qiladi. Antigen spetsifikligi maʼlum patogenlar yoki patogen bilan kasallangan hujayralarga moslashtirilgan javoblarni shakllantirishga imkon beradi. Ushbu moslashtirilgan javoblarni chiqarish xususiyati „xotira hujayralari“ tomonidan saqlanib turadi. Agar patogen organizmga bir necha marta yuqsa, spetsifik xotira hujayralari uni tezda yoʻq qilishda foydalaniladi.    Иммун реактивлик холати (организмнинг махсус химояланиши) • Бу организмнинг антигенга нисбатан юкори махсусликка эга булган реакцияси тушинилади. Хозирги вақтда иммунологик реактивликка 5 та махсус реакция формалари киради: 1. Антителанинг ишлаб чиқилиши; 2. Юқори сезувчанликнинг дархол юзага чиқадиган типи; 3. Юқори сезувчанликнинг аста-секин юзага чиқадиган типи; 4 . Иммунологик хотира; 5. Иммун толерантлик. Антителалар синтез бўлиш механизми      Adaptiv immun sistemasi hujayralari leykotsitlarning maxsus turi limfotsitlar hisoblanadi. B va T hujayralar limfotsitlarning asosiy turlari boʻlib,  suyak koʻmigidagi  gematopoetik asos hujayralaridan kelib chiqadi. B hujayralar gumoral immun javobda, T hujayralari esa hujayraviy immun javobda ishtirok etadi. T killerlar faqat I sinf MHC molekulalari bilan bogʻlangan antigenlarni taniydi, T helperlar va regulyator T hujayralari esa faqat II sinf MHC molekulalari bilan bogʻlangan antigenlarni taniydi. Antigen taqdim etishning ushbu ikkita mexanizmi ikki xil T hujayralarining turli vazifalarini aks ettiradi. Uchinchi, γδ T hujayralarining kichik subtipi boʻlib, MHC retseptorlari bilan bogʻlanmagan antigenlarni taniydi Ikki tomonlama musbat T hujayralari ayrisimon bezdagi turli xil oʻziniki boʻlgan antigenlar bilan toʻqnashadi, bunda  yod  uning ayrisimon bezda rivojlanishi va faoliyati uchun zarurdir. Bundan farqli oʻlaroq, B limfotsit antigen spetsifik retseptori B limfotsitlar yuzasida boʻladigan antitana molekulasi hisoblanadi va antigen protsessing jarayonlarisiz nativ (qayta ishlanmagan) antigenlarni taniydi. Bu kabi antigenlar patogenlar sirtida uchrovchi yirik molekulalar boʻladi, lekin tashuvchi molekula bilan birikkan kichik gaptenlar ham antigen boʻlishi mumkin. B limfotsitlarning har bir nasli turlicha antitana chiqaradi, shuning uchun B limfotsit antigen retseptorlarining ummumiy toʻplami inson tanasi ishlab chiqarishi mumkin boʻlgan barcha antitanalarni ifodalaydi. B yoki T limfotsitlar oʻzlariga tegishli antigenlar bilan toʻqnashishganda, ular boʻlinadi va oʻsha antigenni nishonga oluvchi klon hujayralar hosil qiladi. Bu klonal seleksiya deyiladi.     ЭЪТИБОРИНГИЗ УЧУН РАХМАТ!