logo

Yunon tarixchilari asarlarida qadimgi O’rta osiyo tarixi masalasining yaratilishi

Yuklangan vaqt:

23.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

245.7939453125 KB
Yunon tarixchilari asarlarida qadimgi O’rta osiyo tarixi masalasining yaratilishi Reja:  Yunon-rim manbalari  Xitoy manbalari  O’rxun -enasoy yodgorliklari  Tarixiy va Arxeologik manbalar Markaziy osiyo Tarixi bo’yicha qadimgi manbalar Yunon- rim manbalar i O’rxun – enasoy yodgorlik lari Numizma tik va etnografi k manbalarTarixiy va Arxeologi k manbalarXitoy manbalar i  Markaziy Osiyo xalqlari qadimiy boy tarixga egadir. Biz bu qadimgi tarixni o`rganishda ko`plab arxeologik va tarixiy manbalarga murojat qilamiz. Bevosita, tarixiy manbalarga murojat qiladigan bo`lsak yurtimizning boy madaniy tarixi haqida ko`plab mamlakatlarning tarixchilari ma’lumot beradilar. Masalan, Yunon, Rim, Xitoy tarixchilari yurtimiz haqida ko`plab ma’lumotlarnni o`z asarlarida bayon etganlar. Bunda albatta, yunon- rim tarixchilari o`z o`rnilariga egalar. Jumladan, Gerodot, Ktesiy, Ktesofon, Diodor, Pompey Trog, Strabon, Kvit Kursiy Ruf va boshqalar alohida o`rin tutadilar. Yunon tarixchilari va ularning asarlari  Geradot “Tarix”  Ksenofont “Kiropediya”  Efor “Umumiy tarix”  Arrian “Iskandarningyurishlari”  Polibiy “Umumiy tarix”  Strabon “Geografiya”  Poliyen “Xarbiy xiylalar” Rim tarixchilari va ularning asarlari  Diodor “Tarixiy kutubxona”  Pompey Trog “Filipp tarixi”  Kvint Kursit Ruf “Buyuk Iskandar tarixi  Tatsit “Yilonomalar”  Katta Pliniy “Tabiiy tarix”  Gay Pliniy Sekund “Oddiy tarix”  Ular o`z asarlarida bu yerlarning tarixi, geografik joylashuvi, iqlimi, o`simlik va hayvonot dunyosi, aholisi, ularning mashg`uloti, madaniyati va boshqa ko`plab ma’lumotlarni bayon etganlar. Jumladan tarix otasi Gerodot o`zining 9 kitobdan iborat ”Tarix” kitobida Markaziy Osiyoning qadimgi xalqlari agribiylar, isedonlar, massagetlar, daylar va saklar haqida ularning turmushi, urf odatlari hamda qo`shni mamlakatlar bilan aloqalari haqida qimmatli ma’lumotlarni uchratamiz. Geradot (mil. avvalgi 490- 480-yillar o`rtasi – 425y.)  Yana bir yunon tarixchisi Strabon o`zining “Geografiya” asarida Gerkaniya, Parfiya, Baqtriya va Marg`iyonaning tabiiy holati, shaharlari, qisman ularga borish yo`llari, bu yerdagi xalqlar haqida qimmatli ma’lumotlarni berib o`tadi. Mashhur Rim tarixchisi Kvint Kursiy Ruf o`zining “Buyuk Iskandar tarixi” nomli asarida o`rta osiyoning Iskandar Zulqarnay tomonidan istilo qilinishi, xalqlarning chet el bosqinchilariga qarshi kurashi, xususan, Spitamen boshchiligidagi qo`zg`alon keng yoritib berilgan. Yana boshqa ko`plab yunon-rim tarixchilari asarlarida O`rta Osiyo tarixi haqidagi ma’lumotlarni ko`rish mumkin. Strabon (mil avv.63 – mil 23y) Xitoy tarixchilari va ularning asarlari Sima Szyan “ Tarixiy esdaliklar” Byan Gu “ Xan sulolasi tarixi” Fan Xua “ Keyingi xon sulolasi” tarixi Liyan Shou “ Shimoliy sulolalar tarixi”  O`rta osiyo tarixini yoritishda xitoy tarixchilari ham o`z hissalarini qo`shganlar. Lekin ular o`z asarlarini ma’lum bir maqsad va manfaatlarini ko`zlab yozganlar va xalqlarning tarixi ko`p hollarda bir tomonlama yoritilgan. Lekin Xitoy manbalarida bo`lib o`tgan voqealarning vaqti va o`rni, bir-biriga qarshi turgan qo`shinlarning aniq soni ko`rsatilgan. Bevosita bu manbalarga to`xtaladigan bo`lsak ularga Xitoy tarixshunoslarining otasi Sima Siyanning “Tarixiy estaliklar”, yirik tarixchi Bian Guning “Avvalgi Xon sulolasining tarixi”, Fan Xuaning “Keyingi Xon sulolasining tarixi” va boshqa asarlarni misol qilib keltirishimiz mumkin. Xitoydan O`rta Osiyoga elchi qilib jo`natilgan Chjan Szyan ham o`z estaliklarida bu yerlar haqida turli ma’lumotlar keltirgan. Bu asarlada ular o`lka tarixi ularning qadimiy xalqlari turmush tarzi madaniyati haqida ma’lumotlar berib o`tadilar. “ Shi Szi”(Tarixiy esdaliklar”)xitoy tarixshunosligining otasi hisoblangan Sima Syanning 130 bobdan iborat asaridir.Asarad O’zbekiston,uning 123-bobida Xususan Farg’ona va uning qadimiy hayoti haqidagi qimmatli ma’lumotlar mavjud. “ Syan Xan shu ”(“Avvalgi xan sulolasining tarixi”) Yirik tarixchi olim Byan Guning qalamiga mansub. Bu asarning 95-bobida O’zbekiston va Sharqiy Turkistonnnig qadimgi tarixi, xalqi va uning hayoti haqida qimmatli ma’lumotlarni uchratamiz. “ Xou Xan shu”(“Keyingi Xan sulolasi tarixi”) Tarixchi Fan Xua asari hisoblanadi.Bu asrda O’zbekiston, Sharqiy Turkiston va Jung’oriyaning 25-221- yillar orasidagi tarixi haqidagi Qimmatli ma’lumotalr bor. Xitoy manbalari O’rxun- Enasoy yodgorlik lariTo’nyuq uq bitigi Bilga xoqon bitigi Kultegin bitigiOngin bitigi  O`lkamiz tarixi haqidagi yana bir muhim manbalardan biri O`rxun-Enasoy obidalari hisoblanadi. Bu bitiktoshlarga To`n Yuquq, Bilgi Xoqon, Kultegin va Ongin bitiklari kiradi. Bu bitiktoshlar yurtimiz tarixida mavjud bo`lgan ko`k turklar davlati haqida uning aholisi, madaniyati, yashash tarzi haqida ma’lumotlar beradi. Bu manbalar nafaqat tarixiy, balki noyob lingvistik manbalar bo`lib xizmat qiladi. O`rxun-enasoy yodgorliklaridan namunalar V-VII asrlar  O`rta osiyo xalqlari tarixini yoritishda albatta arxeologik manbalar juda muhim, chunki biz eng qadimgi davr bo`yicha hech qanday yozma manbalarga ega emasmiz. Shuming uchun biz qadimgi davrni o`rganishda arxeologik manbalarga murojat qilamiz. O`zbekiston hududida eng qadimgi arxeologik manbalar Farg`ona vodiysida joylashgan Selung`ur g`oridan Toshkent viloyatida joylashgan Ko`lbuloq makonidan Surxandaryodagi Teshiktosh g`oridan va boshqa ko`plab joylardan topib o`rganilgan. Markaziy Osiyo hududidan topilgan arxeologik topilmalar  Yurtimiz hududida yashagan odam qoldiqlari Selung`ur g`oridan topilgan. Bu odam shartli ravishda “fergantrop” deb nomlangan. Bu odamninhg yoshi deyarli pitekantrop odamning yoshi bilan teng. Boysun tog`ining Teshiktosh deb nomlangan g`oridan topilgan yodgorlik alohida qimmatga ega. G`ordan 9 yoshli bolaning qabri topilgan. Bu neandertal odami hisoblangan. Umuman olganda yurtimiz hududida ko`plab arxeologik manbalar topilgan bo`lib, ular o`lkamiz boy o`tmishi haqida, bu yerda yashagan insonlar haqida ma’lumot beradi.  Diyorimiz tarixini o`rganishda numizmatik manbalar ham muhim ahamiyatga ega. O`rta osiyo tarixidagi ilk tangalar bu miloddan avvalgi VI asrda ahamoniylar davriga tegishli tangalar hisoblanadi. Ular bu yerda o`zlarning kumush va mis tangalarini zarb ettirganlar. Ulardan keyingi hukron sulolalar ham o`zlarining tangalarini zarb ettirganlar. Ularda asosan hukmdor tasviri suvoriy yoki sulola tamg`alari bilan bezatilib zarb etilgan. Biz bu tangalar orqali o`sha davr tarixi, madaniyati, yozuvi va boshqa ko`plab ma’lumotlarni bilib olishimiz mumkin. O`rta Osiyodan topilgan tangalar (mil avv. IV-II asrlar)  Yozma manbalarning shunday turlari borki bu folklor va lingivistik manbalardir. Ular asosan o`lkamizning qadimgi madaniyati shu jumladan, o`sha davr tili, urf odati, diniy tasavvurlar, marosim va tadbirlar haqida ma’lumotlar beradi. Bunga misol qiolib yuqorida qayt etib o`tilganidek o`rxun-enasoy yodgorliklarini misol qilishimiz mukin. Bu manbalar yana bir muhim lingivistik ma’lumotlarni ham beradi. Yana misol qilib Mahmud Qoshg`ariyning “Devonu lug`at at-turk” asari hisoblanadi bu asardagi 6727 ta lug`at maqolasida olim turkiy urug`lar qabilalarning tili madaniyati, adabiyoti, tarixi, urf-odatlari bo`yicha noyob ma’lumotlarni jamlagan. Hatto yunon-rim tarixchilari o`z asarlarida ham yurtimiz tarixiga oid afsona va rivoyatlarni bayon etib o`tgan. Bunga misol To`maris va Shiroq haqidagi afsonalarni aytib o`tish mumkin.  Xulosa qilib aytadigan bo`lsak-umuman barcha tarixiy yozma va arxeologik yozma manbalar yurtimizning boy o`tmishi, xalqlari, yashash tarzi, urf-odati, madaniyati haqida muhim ma’lumotlani beradi. Biz yosh avlod bu manbalarni o`rganishimiz, ulardan tegishli xulosa chiqarib, biz yashayotgan o`lkaning naqadar shonli o`tmishga ega ekanligini chuqur anglab, shu yurtga munosib farzand bo`lmog`imiz lozim.