logo

Xorazm Ma’mun akademiyasida tabiiy va ijtimoiy fanlarning rivojlanishi

Yuklangan vaqt:

29.03.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1808.3662109375 KB
Mavzu: Xorazm Ma’mun akademiyasida tabiiy va ijtimoiy fanlarning rivojlanishi Reja : 1) Xorazm Ma’mun akademiyasida tabiiy fanlarning rivojlanishi 2) Xorazm Ma’mun akademiyasida ijtimoiy fanlarning rivojlanishi 3) Xulosa Xorazim mamun akademiyasiʼ, Maʼmuniylar akademiyasi — Xorazmda 10-asr oxiri — 11-asr boshlarida faoliyat koʻrsatgan ilmiy muhit. Maʼmuniylar davlati (992—1017) tarixi bilan bevosita bogʻliq. Siyosiy, iqtisodiy, harbiy qudratga erishgan xorazmshoxlar davlati mamlakatni birlashtirish, unda tartib oʻrnatish boʻyicha tadbirlarni boshlab yuborgan. Kun tartibida davlat ichki va tashki siyosatini olib borishda mafkuraviy masalalarni hal qilish turgan. Ali ibn Maʼmun (997—1010) dono va zukko maslahatchilarga muhtoj boʻlgan.  Abu Sahl alMasihiy tabib, Ibn Sinoning ustozi boʻlgan. Akademiya rahbari Abu Rayhon Beruniy fanning deyarli hamma sohalari bilan shugʻullangan. Uning geodeziya va matematika sohalari boʻyicha asarlari bugun ham dolzarbdir. Beruniy Oʻrta Osiyoda birinchi boʻlib, tibbiyotga oid. "Kitob asSaydana fittib" ("Tabobatda dorishunoslik kitobi") asarini yozgan. Beruniy Amerika qitʼasi mavjudligini yevropalik olimlardan taxminan 450 yil oldin aytib oʻtgan. Uning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asarida qad. xalklar (yunonlar, eroniylar, sugʻdiylar, xorazmiylar va boshqalar) ning yil hisoblari, bayramlari va mashhur kunlari, urfodatlariga oid qimmatli maʼlumotlar toʻplangan. 995 yili Kat shahrida yashagan olim u yerda Yer sharini globusda aks ettirish masalalari bilan shug‘ullangan. U yasagan globus Sharqdagi birinchi va relefli globusligi bilan ahamiyat kasb etadi. Beruniyning Gurganchda olib borgan ilmiy faoliyatida geografiyaning bir qancha sohalari – tabiiy geografiya, gidrologiya, mineralogiya kabilarga oid tadqiqotlar o‘rin olgan. Xorazm Ma’mun akademiyasida aniq va tabiiy fanlar bilan bir qatorda ijtimoiy fanlar ham keng rivoj topgan. Falsafa ana shunday ilmfan sohalaridan biridir. Akademiyada rivojlangan falsafiy g‘oyalar zamirida Abu Rayhon Beruniy va Ibn Sino o‘rtasida olib borilgan ѐzishmalar muhim o‘rin tutgan. Ushbu ѐzishmani Aristotel kitoblari yuzasidan Sharqning ikki buyuk allomasi savol-javoblari, ularning 59 falsafiy dunѐqarashlari tashkil etadi. Beruniy bilan Ibn Sino ѐzishmalari o‘zlari yashab turgan olamdan boshqa dunѐlar mavjudligi to‘g‘risida ikki olim o‘rtasida jiddiy fikr-mulohaza yuritilganidan guvohlik beradi. Beruniy Hammorni olim sifatida juda hurmat qilgan shu bois, o‘z asarlarida Hammorning kitoblaridan foydalangan. Ma’muniy Xorazmshohlar homiyligida tabobat bilan shug‘ullangan olimlardan yana biri Abu Sahl al-Masihiy edi. Agar Abu-l-Xayr Hammor ko‘proq tib nazariyasiga e’tibor bergan bo‘lsa, al-Masihiy tib amaliѐtini 62 rivojlantirishga hamda tibbiy ta’lim berishga xizmat qildi. Olim astronomiya, matematika, falsafa, tabobat va boshqa fan sohalari bilan shug‘ullangan, ular bo‘yicha asarlar yaratgan, lekin fan tarixida u ko‘proq tabib sifatida mashhurdir. Al-Masihiyning tib ilmi bo‘yicha nechta asar ѐzgani ma’lum emas, lekin ulardan sakkiztasi saqlanib qolgan. Xorazmda bu davrda tibbiѐt sohasida faoliyat olib borgan olimlar qatorida Abu Ali Ibn Sino ham bor edi. Butun umri davomida Ibn Sino tib bo‘yicha 30 dan ortiq asar ѐzgan bo‘lsa, ular tibning anatomiya, fiziologiya, patologiyaning umumiy va xususiy tarmoqlari, terapiya, xirurgiya, nevrologiya, psixiatriya, dorishunoslik, gigiena, dietetika kabi sohalarini qamrab oladi. Olim Xorazmda faqat besh yil yashagan bo‘lsa-da, (1005- 1010), bu yerda u o‘zining gigiena, ya’ni sog‘likni saqlash masalalariga bag‘ishlangan ―Daf’ al-madorr‖ (―Zararlarni yo‘qotish‖) nomli hajm va mazmun jihatdan muhim asarini yaratdi. Ibn Sino tibbiy faoliyati va ijodining gultoji uning keyinchalik ѐzilgan ―Tib qonunlari‖ asaridir. Xorazm Ma’mun akademiyasida tabobat bilan shug‘ullangan olimlar qatoriga Beruniyni ham qo‘shish joizdir. Garchi, alloma tib amaliѐti bilan bevosita shug‘ullanmagan bo‘lsa-da, Xorazmda yashagan davrida uning tabiati, hayvonot va o‘simlik dunѐsini chuqur o‘rganib, o‘z fikrlarini, ko‘zatuv natijalarini qayd etib borgan. Bundan tashqari, u dorivor moddalar, shu jumladan, o‘simliklarni diqqat bilan ko‘zatib, ularning mahalliy nomlarini arab, fors, surѐn, yunon, keyinchalik esa hind tillaridagi nomlari bilan taqqoslab, bo‘lg‘usi kitob uchun ma’lumotlar to‘plagan. Olimning moddalar xossalariga, nomlariga bo‘lgan qiziqishlari uning ―Xronologiya‖, ―Geodeziya‖, ―Minerologiya‖ nomli asarlarida ham ko‘rinadi, lekin ular to‘la-to‘kis holda haѐtining so‘nggi yillarida yaratilgan ―Kitob as-saydana fi-t-tibb‖ (―Tabobatda dorishunoslik‖ ѐki ―Farmakognoziya‖) nomli asarida o‘z aksini topgan.  Akademiyada tarix fani ham rivoj topgan. Beruniy xorazmda tarix sohasida mavjud bo‘lgan ilmiy an’analarni davom ettirib, o‘zining ―Xorazmning mashhur kishilari‖ ѐki ―Xorazm tarixi‖ nomli kitobini ѐzgan. Asar to‘liq holda saqlanmagan. Uning faqat yirik bir parchasi Abu-lFazl Bayhaqiyning Sulton Mas’ud G‘aznaviyga bag‘ishlangan ―Tarixi Mas’udiy‖ asari orqali yetib kelgan. Bundan tashqari muallifning ―Yodgorliklar‖, ―at-Tafhim‖ va ―Hindiston‖ asarlarida ham muhim tarixiy ma’lumotlarni uchratish mumkin. X-XI asrlarda yashagan as-Saolibiyning ―Ajoyib ma’lumotlar‖ (―Latoif al- maorif‖), XII asrda yashagan as-Sam’oniynig ―Nasablar haqida kitob‖ (―Kitab al-ansob‖), Yoqut al-Hamaviyning ―Adiblar qomusi‖ (―Mu’jam al- udabo‖) va boshqa bir qator manbalar orqali yetib kelgan ma’lumotlarga qaraganda, Ma’mun saroyida badiiy ijod va adabiѐtshunoslikka ham alohida e’tibor berilgan. Shu bois, o‘sha davrning ko‘pgina mashhur adiblari xorazmshohlar saroyida to‘plangan. Ular orasida Ahmad b. Muhammad b. Saxriy, Abdulloh b. Hamid, Abu Said b. Shabib, Abul-Hasan b. Ma’mun, Abu Abdulloh at-Tojir, Ibrohim Raqqoniy kabi shoirlar she’riy devonlar, qasida va madhiyalar ѐzganlar. Badiiy ijod shaydosi vazir as-Sahliy o‘zi she’r ѐzishdan tashqari saroydagi adabiy mushoiralarni ham har taraflama qo‘llab-quvvatlar edi. Bu davrda Xorazmda bir qancha tilshunoslar ham ijod etganlar. Ular o‘sha davrning ilmiy tili bo‘lgan arab tili grammatikasining bir tizimga solib, lug‘at va til o‘rganish bo‘yicha asarlar yaratganlar. 3. Ma’lumki XI-asrda tashkil etilgan Ma’mun akademiyasi birgina O’rta Osiyo emas balki butun jahonda yirik o’rta asrlarda faoliyat yuritgan hamda hozirgi kunda ham faoliyat yuritib kelayotgan akademiya o’z o’rniga ega. Bu akademiyada yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk allomalarimiz faoliyat yuritgan hamda uning rivojiga munosib hissa qo’shgan. Bular : Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Ali ibn Iroq va shu kabi yirik allomalar akademiyada fanlarning rivojiga o’z hissasini qo’shgan. Ma’mun akademiyasida tabiiy hamda ijtimoiy fanlar yuksak holda rivojlanganini ko’rishimiz mumkin. Bu fanlarda kashf etilgan ixtirolar va asarlardagi olimlarning ilmiy qarashlari hozirgi kunda dunyoning ko’plab davlatlarida o’quv qo’llanma sifatida foydalanib kelinmoqda. Shu jumladan yurtimizda ham allomalarimiz qoldirgan ilmiy merosdan yosharimiz unnumli foydalanib kelinmoqda. E’tiboringiz uchun rahmat !