logo

Samarqand davlat universiteti arxeologiya kafedrasining tashkil topishi va kafedra ilmiy faoliyati

Yuklangan vaqt:

17.12.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

6553.1298828125 KB
Samarqand davlat universiteti arxeologiya kafedrasining tashkil topishi va kafedra ilmiy faoliyati Reja: ① Arxeologiya kafedrasining ochilishi ② Arxeologiya kafedrasi olimlarining ilmiy faoliyati ③ Arxeologiya kafedasi olimlarining arxeologik tadqiqot ishlari ARXEOLOGIYA MAKTABI O‘tgan asr 60-yillarining 2-armidan boshlab, Samarqand shahrining ta shkil topganligiga 2500-yillik yoshini asoslash uchun Afrosiyob (Samar qand) shaharchasini arxeologik jihatdan o‘rganish bo‘yicha arxeologik tadqiqot ishlari qayta qizg‘in boshlanib ketdi. Atoqli arxeologlar V.A.Shi shkin, uning vafotidan keyin Ya.G‘.G‘ulomov rahbarligida Afrosiyob arx eologik kompleks ekspeditsiyasi keng ko‘lamli ilmiy faoliyat ko‘rsatayo tgan bir vaqtda bu ishga ko‘pgina ilmiy tadqiqot institutlari, oliygohlar, jumladan, O‘ZFA Arxeologiya, San’at, Sharqshunoslik institutlari, O‘zbe kiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetlari jalb qiling an edi. Shu munosabat bilan 1967-yili SAMDU huzurida «Afrosiyobni tar ixiy arxeologik jihatdan o‘rganish ilmiy-muammoviy laboratoriyasi” tas hkil qilinib, t.f.n. M.D.Djurakulov rahbarligida arxeologik otradi tashkil etilib, uning tarkibida arxeolog ilmiy xodimlardan Ya.K.Krikis, N.A.Avan esova, X.Odilov, A.N.Ulyanova, F.Aliyevalar faoliyat ko‘rsatgan va 1970- yilga qadar otrad harakatda bo‘lib, uning bazasida esa 1971-yilning de kabrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligini ng №448 buyrug‘i bilan SAMDU «Arxeologiya” kafedrasi tashkil qilindi va kafedrani M.D.Djurakulov boshqara boshlagan. Shu vaqtdan e’tibora n “O‘zbek Arxeologiya maktabi” ga asos solingan. Universitetimizda arxeologiya fanidan ta’lim berish ishlarining boshlanishi universitetning tashkil topish tarixi bilan bog‘liq kechgan, arxeologik ilmiy tadqiqot ishlari esa ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda tashkil topishi va soha bo‘yicha kadrlar tayyorlash ishlari taniqli paleolitshunos olim David Natonovich Lev nomi bilan bog‘liqdir. Buyuk inson, fizik olim Muso Mo‘minov 1944-yili urush tufayli vaqtincha yopilgan universitetni qayta tiklashga muyassar bo‘ldi va Leningraddan evakuatsiya tufayli Samarqandga kelgan D.N.Levni ishga taklif qiladi. Bu olim arxeologiya fanidan ta’lim ishlarini, o‘sha yillarning qiyinchiliklariga qaramay, bir muncha jonlantirib, Zarafshon vodiysining eng qadimgi davr tarixini o‘rganishga kirishadi, dala tekshiruv va tadqiqot ishlariga universitet tarixchi talabalarini jalb qilib, uyushtirilgan arxeologik otradga ilmiy rahbarlik qilib, muhim ilmiy yutuqlarga erishadi. David Natonovich Lev Kafedrani 1971-1974 yillar dos. M.D.Djurakulov, 1975-1985 yillar dos. R.R.Mukasheva, 1986-yil dos. Q.K.Kubakov, 1986-1993 yillar prof. N.A.Avanesova, 1993-2012 yillar prof. M.D.Djurakulov va 2012- yilning yanvar oyidan boshlab t.f.n. D.M.Djurakulova tomonidan boshqarilib kelinmoqda. Ayni vaqtda kafedra tarkibida 18 professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib keladi. Jumladan, tarix fanlari doktori professor M.D.Djurakulov, dotsentlar N.A.Avanesova, D.M.Djurakulova, N.U.Xolmatov, o‘qituvchilar R.B.Abriyev, I.M.Qurbonboyev, O.T.Ergashev, assistentlardan A.Aslanov, U.Umarov, A.Umarov, A.Sandiboyev, O.Fatayeva, A.Kasparov, shular jumlasidandir. Bundan tashqari O‘ZR FA Arxeologiya instituti yetakchi ilmiy xodimlaridan t.f.n. J.K.Mirzaaxmedov, B.K.Sayfullayev va KIX M.M.Saidovlar ham kafedrada qator yillar faoliyat olib borishmoqda. Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Ph D). 2006-yildan beri Samarqand davlat u niversiteti arxeologiya kafedrasida katta o‘qituvchi, dotsent lavozimlarida ishlab kelmoqda. 2022-yildan e’tiboran Samarq and davlat universiteti arxeologiya kafe drasi mudiri sifatida faoliyat yuritmoqda . Odil Ergashev 2017-yilda “Ko‘kayoz boti g‘ining toshga ishlov berish ustaxonalari (texnik-tipologik tadqiqot)” mavzusida t arix fanlari bo‘yicha falsafa doktori diss ertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilga n. Faoliyati davomida 1 monografiya, 1 il miy risola, 2 darslik va 3 o‘quv qo‘llanm alar muallifi. Odil Ergashev 40 dan ortiq i lmiy maqolalar muallifi bo‘lib, Scopus, W eb of Science va boshqa nufuzli xalqaro j urnallarda 5 dan ortiq maqolalari e’lon q ilgan. Tarix fanlari doktori, professor. SamDU arxeologiya kafedrasida 1983-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 1991-yilda “O‘rta va quyi Zarafshon neoliti” mavzucida nomzodlik dissertatsiyasini, 2018-yilda “Sazog‘on madaniyati va uning O‘zbekiston neolit davrida tutgan o‘rni” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. • Normuhammad Xolmatov faoliyati davomida 5 ta monografiya, 1 ta darslik, 9 ta o‘quv, uslubiy qo‘llanmalar nashr ettirgan. Shuningdek, olim bugungi kunga qadar 3 ta Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda maqolalar e’lon qilgan. Samarqand davlat universiteti arx eologiya kafedrasi professori. Sa mDU arxeologiya kafedrasida 196 7-yildan buyon faoliyat yuritib kel moqda. Nona Avanesova qariyb 25 yil dav omida universitet arxeologiya eks peditsiyasining Surxondaryo otrya diga rahbarlik qilib keldi. U butun ilmiy faoliyatini Markaziy Osiyo va O‘zbekiston bronza davrini o‘rgan ishga bag‘ishladi. Nona Avanesov a 1 xalqaro va respublika jurnallar ida tahririyat a’zosi. Faoliyati dav omida 1 darslik, 5 o‘quv qo‘llanm a, 4 monografiya, 6 risola, 100 da n ortiq ilmiy maqolalar nashr ettir gan. Ularning aksariyati xorijdagi yetakchi ilmiy nashrlarda e’lon qil indi. Ilmiy adabiyotlar Arxeologiya kafedrasi qoshidagi muzey Muammoviy laboratoriya tarkibida harakat qilgan arxeologik otrad Afrosiyob shaharchasining g‘arbiy sektorida qazishmalar olib borib, shaharning VIII-XI asrlarga oid kommunikatsiyasi, me’morchiligi, yo‘l qurilishi, suv bilan ta’minlanish, kulolchilik hunarmanchiligi, savdo- iqtisodiy va madaniy aloqalar tarixiga doir qiziqarli ilmiy manbalarni qo‘lga kiritdi va natijalarini ilmiy nashriyotlar orqali e’lon qildi. Xususan, otrad xodimlari qimmatli numizmatik kolleksiyalar to‘pladi. Masalan, Urgut tumaniga qarashli Jumabozor qishlog‘i atrofidan XIV asrning 1-armida Samarqandda va Buxoroda zarb qilingan mis tanga pullar xazinasi, Afrosiyobning shimoliy sharqiy qismidan topilgan va shayboniylar davriga oid mis tangalar shahar tarixini o‘rganishda qimmatli manbalar sifatida foydalanildi. Kafedra grant mablag‘lari asosida faoliyat ko‘rsatib, vatanimiz qadimgi sivilizatsiyasi tarixini tadqiq qilish bo‘yicha qator ilmiy kashfiyotlar qilishga erishdi. Ayni vaqtda kafedra tadqiqotchilari O‘ZFA Arxeologiya instituti bilan kelishgan holda polyak arxeologlari bilan hamkorlikda «Zarafshon vohasi toshga ishlov berish ustaxonalari” mavzusida ilmiy izlanishlarni olib borilmoqda. Shuningdek, Qoratepa – Sazag‘on tog‘ining shimoliy-sharqiy qiya betlaridagi dara soylar qayirlaridan 30 dan ziyod mezo-neolit (mil. avv. 12-6 ming yilliklar) davrlariga doir urug‘-jamolarining manzilgohlari, g‘or tipidagi 10 dan ziyod makonlar topib o‘rganildi. Natijalari esa «Sazag‘on madaniyati” nomi bilan fanga kiritilindi.  So‘nggi yillardagi arxeologik mavsumlarda ko‘p madaniy qatlamga ega «Ochil” g‘orini qazib o‘rganish davom ettirilmoqda va bu yodgorlik Sazag‘on qishlog‘i atrofidan 1966-yilda Ochil Ibragimov tomonidan dastlab keltirilgan arxeologik manbalarga nisbatan berilgan holda uning nomi bilan atalgan. U arxeologiya faniga qiziquvchan bo‘lib, D.N.LEV e’tiborini qozongan yosh arxeolog edi. Ochil Ibragimov fan nomzodi va dotsent lavozimida faoliyat ko‘rsatib, arxeologik dala kuzatuv va tekshiruv ishlarining tashabbuskorlaridan edi. Sazag‘on madaniyati majmuasi yodgorliklarini o‘rganishda marhum arxeolog B.Amirqulovning ham munosib xizmatlarini unutmaslik lozim. Dos. N.U.Xolmatov ishtirokida Sazag‘on, Tepaqul, Jangal qishloqlari atrofida qator neolit davri makonlari qazib o‘rganildi va boy arxeologik manbalar to‘plashga erishildi. Bu manbalar bu muzofotda, umuman, O‘rta Zarafshon havzasida bundan XII, VI-IV ming yillar ilgari yashagan urug‘-jamoalarining turmush-tarzi, xo‘jaligi, madaniy va ma’naviy hayoti haqida qiziqarli arxeologik ma’lumotlar berdi. Arxeologik ashyo-manbalarning guvohlik berishicha, sazag‘onlik urug‘- jamoalar ilk bor o‘troq dehqonchilikni kashf qilib, o‘zlashtiruvchi xo‘jalikdan ishlab chiqaruvchi xo‘jalikka o‘ta borib, sivilizatsiya sari intilib yashagan jamoalardan bo‘lib chiqdi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASI akademy.uz 2. Arxeologi raskopali v Samarkande kartinu VIII veka s neizvestnim ritualom zoroastrizma — podrobno.uz, 18-dekabrya 2017. 3. Egamberdiyeva.N Arxeologiya qoʻllanma Toshkent 2011 4. Ibragimov.R.Z Oʻrta Osiyo arxeologiyasi T 2020 E'tiboringiz uchun tashakkur