logo

Islom sivilizatsiyasining asosiy xarakterlari, belgilari, o’ziga xos xususiyatlari va rivojlanishi bosqichlari

Yuklangan vaqt:

28.03.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1206.9375 KB
ISLOM SIVILIZATSIYASINING ASOSIY XARAKTERLARI, O’Z BELGILARI, O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA RIVOJLANISHI BOSQICHLARI ISLOM SIVILIZATSIYASI RIVOJLANISHING APOGEYASI (O’Z TARAQQIYOTINING CHO’QQISI) HAMDA UNING TARAQQIYOTI VIII ASRDAN XII ASRGACHA BO’LGAN DAVRNI O’Z ICHIGA OLADI. BUNGA HAMMA ROZI. FAQAT ISLOM SIVILIZATSIYASI SO’NISHINING SANASINI ANIQLASH MUAMMOLIDIR. DOIMIY FIKRGA ASOSLANADIGAN BO’LSA, UNDA ISLOMNING SO’NISHI XIII ASRDA BOSHLANGAN. BIROQ BUNDAY O’YLASH – IKKITA UMUMAN HAR XIL HOLATLARNI CHALKASHTIRISHDIR: ISLOM QUDRATINING SO’NISHI HAMDA ISLOM SIVILIZATSIYASINING SO’NISHI.  Shubhasizki, XIII asrda aniq ravshanki islom o’zining liderlik pozitsiyasini yo’qotdi. Sodir bo’lishi mumkin bo’lgan eng yomoni, islom tomonidan rivojlanish dinamikasining yo’qotilishi XVIII asrda boshlangan. Agar sivilizatsiyaning sekinlik bilan rivojlanishini hisobga oladigan bo’lsak, bu unchalik uzoq vaqt emas. Islom sivilizatsiyasining taqdiri – bu ko’plab millatlarni taqdiridir. Bu millatlarni hozirda sust rivojlangan deb aytishadi, sababi ular industrial revolyutsiyani – xalqaro rivojlanishni juda tezlashtiradigan birinchi revolyutsiyani o’tkazib yuborishgan. Bu sohadagi yutuqlarning yo’q bo’lishiga qaramasdan, islom sivilizatsiya sifatida tanazzulga yuz tutmagan. U faqat Yevropadan moddiylik nuqtayi nazaridan ikki asrga ortda qolgan. Islom siyosiy reallik sifatida bi necha yil ichida shakllandi. Arablar bosqinchilik urushlari vositasida imperiyani yaratishdi. Biroq islom sivilizatsiyasi shu imperyianing hamda qadimdan mavjud bo’lgan sivilizatsiyalar qorishmasining nattijasi bo’ldi. Bunga ko’p vaqt hamda ko’p avlod kerak bo’ldi. Arablarning o’z diniga e’tiqodlar kam edi, ko’o narsa o’sha davrda ketayorgan jarayonlarga bog’liq edi: arablarning birinchi bosqinchilik davri davlatni, imperiyani yaratdi, biroq sivilizatsiyani emas. Вставка рисунка Ba’zi bir tadqiqotchilarga ko’ra ,dastlab arab bosqinchilari mag’lub bo’lganlarni o’z e’tiqodiga o’tkazishga ham, ularning e’tiqodiga o’tishga ham harakat qilishmagan. Ular faqat bo’ysundirilgan sivilizatsiyalardan foydalanishgan, undan ziyotisi emas: Fors, Suriya, Misr, Rim Afrikasi (arablar bu yerni Ifrika deb atashgan, uning hududi bugungi kunda Tunisga to’g’ri keladi), Ipaniya (hozirgi Andaluziya). Agar o’sha davrda xristianlar islomni qabul qilishga harakat qilishsa, ularni tayoq bilan jazolashgan. Bu jarayon soliqlar faqat musulmon bo’lmaganlardan olingani uchun bo’lgan, yangi xo’jayinlar esa o’zlarining doromadining kamayishiga qarshi edi.   To’rt yoki besh asr davomida Islom Eski Dunyoning eng zo’r sivilizatsiyasi bo’lib qoldi. Umuman va xususan olganda, Xalifalikning oltin asri Xorun ar- Rashidning o’g’li Al – Ma’mun (813 – 833) davridan boshlanadi, u Bog’dodda Donishmandlik uyiga (bir vaqtning o’zida ham kutubxona, ham tarjima markazi va astronomik abservatoriya edi) asos soladi, va oltin asr Avveroesa (Ibn Rushda) ning o’limigacha davom etgan, u mashhur arab faylasuflaridan biri bo’lib, 1198 – yili Marokashda olamdan o’tadi (o’sha payt u 72 yoshda bo’lgan). Biroq g’iya va san’at tarixi o’zi bilan Islomning buyukligini tushuntirib bermaydi.  Musulmon falsafasining tadqiqotchisi Leon Gotyening fikricha, islom g’oyasining rivojlanishi uchun eng qulay payt hamma narsaga qodir va ma’rifatlangan xalifaning himoyasiga umid qiladigan paytda – «tinchlik va umumrivojlanish davrida» bo’lgan. VIII – IX asrlarda Sharqda Al – Mansurdan tortib toki Al – Mutavakkilgacha bo’lgan xalifalar shunday hukmdor bo’lishgan, ular deyarli yuz yil davomida musulmon olamida grek ilm – fani va falsafasining rivojlanishi uchun zamin yaratishdi, avvalo betaraf – xristianlar tomonidan qilingan ko’p sonli tarjimalar tufayli bo’ldi; xuddi shu gapni Almoxadax xalifalari (XII asr) haqida ham aytsa bo’ladi, ular o’ziga yaqin faylasuf va shifokorlar bilan yuzma – yuz suhbat qurish odati bor edi. Xuddi shunday qulay dave sifatida yagona imperiyasining so’nishi vaqtini ko’rsatish mumkin, chunki bu davrda jasur bilim sohiblar mahalliy hukmdorlar orasidan u yoki bu hukmdorni homiy sifatida tanlashi mumkin edi; Al – Farobiy uchun IX asrning birinchi yarmida shunday homiy Aleppo amiri Sayf ad – Daula bo’ldi.   Leon Gotye o’zingiz ko’rib turganingizdek, muammoni siyosiy tarix terminlarida deb ko’rsatmoqda. Sivilizatsiya hukmdorlarga, “ma’rifatlangan despotlarga” bog’liq edi. Bog’dod xalifaligining tezlik bilan qulashi aqlbovar qilmas siyosiy tarqoqlikni keltirib chiqardi, biroq g’oyaning tarqalishiga zarar yetkazmadi. Aksincha, u ma’lum darajada intelektual erkinlikka yordam berdi, chunki o’qimishli odamlarga qudratli homiylarni va davlatlarni almashtirish imkonini bergan. Natijada xuddi shudnay jarayon uyg’onish davrida italiyada, XVII va XVIII asrlarda Yevropada takrorlanadi. Islom sivilizatsiyasida bu ma’rifatlangan odamlarning imtiyozi bo’lgan.    Abbosiylar boshqaruv davrida tub o’zgarish: VIII asr o’rtalarida qat’iyatli o’zgarishlar ro’y beradi. Bular siyosiy, ijtimoiy va keyinchalik intelektual sohadagi burilishlar edi. Bu xalifalik Abbosiylarga o’tayotagan paytda hamda ularning qora shtandarti (davlat bayrog’i) oq shtandart o’rniga kelayotgan paytda yuz bergan. Bu davrda arab dunyosi Sharqqa qadam quyadi va uni oldin o’ziga tortgan O’rtayer dengizidan sekinlik bilan uzoqlashadi. Yangi xaliflar davrida islom dunyosining poytaxti Damashqdan Bog’dodga ko’chiriladi. Bu holat eronliklarning hamda boshqa bosib olingan xalqlarning kuchayishiga olib keladi. Bu hokimiyat tepasida bir asr turgan, “qoni toza” arablar hukmronligining yakunini englatar edi, ular uch yoki to’rt avlod boshqargan. Shu davr mobaynida “yuqori tabaqa” boylik va hashmat botqog’iga botib qoldi, sivilizatsiya rohatida o’z afzalliklarini yo’qotadi. Ibn Xaldun, Andalusiyalik aslzoda arab, keyinchalik bu sivilizatsiyani “personifitsiyalashgan yovuzlik” (shaxslantirilgan, jonlantirilgan) deb ataydi.  Tabiiyki, moddiy taraqqiyot hamma joyga yetib borgan sharoitida birinchi o’ringa eski sivilizatsiyalashgan mamlakatlar chiqadi. 820 – yilga kelib xalifaning daromadi o’sha davrdagi Vizantiya imperiyasining yillik daromadidan 5 marta ko’p daromad kelgan. Katta boylik ilk savdo kapitalizmi, Xitoy va Hindiston, For ko’rfazi davlatlari, Efiopiya, Qizil dengiz mamlakatlari, Ifrika, Andaluziya va boshqa mamlakatlar bilan savdo aloqalari rivojlanganligi tufayli to’plangan .  Shunday qilib Islomning asoslari qadimgi Sharq va O’rtayer dengizi sivilizatsiyalaridan olish hisobiga boshqacha talqin qilinadi, ular esa o’z navbatida yosharish jarayoniga uchraydi. Bu sivilizatsiyalarning hammasi umumiy til bilan bog’liq holda yagona va imtelektual vazifani bajaradi; Arabiston tarixiy epizodlarning biri, xolos; ma’lum nuqtayi nazardan qaralsa, musulmon sivilizatsiyasi arab bo’lmagan xalqlarning islomga o’tishi, musulmon maktablarining ko’payishi, Anlantikadan to Pomirgacha bo’lgan hududda islomga e’tiqod qiluvchilarning birlashmasi vujudga kelishining natijasida paydo bo’lgan.