logo

Ekologik omillar haqida tushuncha. Iqlim omillari - yorug’lik, harorat, havo va suvga nisbatan o’simliklarning guruhlari

Yuklangan vaqt:

11.04.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

2640.3388671875 KB
O’SIMLIKLAR EKOLOGIYASIGA KIRISH. EKOLOGIK OMILLAR HAQIDA TUSHUNCHA. IQLIM OMILLARI: YORUG’LIK, HARORAT, HAVO VA SUVGA NISBATAN O’SIMLIKLARNING GURUHLARI . ASOSIY SAVOLLAR 1. Yorug’lik ekologik omil sifatida 2. Harorat ekologik omil sifatida 3. Suv ekologik omil sifatida 4. Havo ekologik omil sifatida 5. Tuproq yoki edafik omillar 6. Orografik omillar O’SIMLIKLAE EKOLOGIYASI O’simliklar ekologiyasi va geografiyasi (botanik geografiya) yoki fitogeografiya o’simliklarning yer yuzida muhit bilan har tomonlama aloqalari, tarqalishi, joylashishi va taqsimlanishi qonuniyatlari (atmosfera bosimi, dengiz sathidan balandlik, muhit, nisbiy namlik, abiotik, biotik va antropogen omillar, havo tarkibi, harorat va boshq.) va sabablarini o’rgatadi. Bu murakkab jarayondir, chunki o’simliklarning yer ekvatoriyasida turli qutblarida, turli xil balandliklarda tarqalish qonuniyatlarini evolyutsion taraqqiyot davrlari asosida tushuntirish masalasini hal etishi kerak bo’ladi. Shu bois o’simliklar ekologiyasi va botanik geografiya fani o’z oldiga qo’yilgan vazifalarni o’rganish paytida, paleontologiya, tarixiy geologiya, geologiya, o’simliklar morfologiyasi, o’simliklar anatomiyasi, biogeografiya, zoogeografiya va shu kabi fanlarda mavjud bo’lgan ilmiy ma‘lumotlarga asoslanadi. Ekologiya – organizmlarning o’zaro va tashqi muhit bilan aloqasini o’rganuvchi fan sifatida tushuniladi. “ Ekologiya” atamasini (grekcha “ oykos ” – uy, joy, muhit va “ logos ”-ta‘limot) 1866 yilda nemis zoolog olimi Ernest Gekkel taklif etgan. Ekologiya ob‘ektiga turli pog’onadagi tirik organizmlar uyushmalari, jumladan – organizmlar, populyatsiyalar, biotsenozlar va ekosistemalar hamda umumiy biosfera mansubdir. Biosfera – Yerning tirik organizmlar tarqalgan va yashaydigan qobig’i bo’lib, unda quyosh energiyasi transformatsiyalanib kimyoviy energiyaga aylanadi, moddalarning biogeokimyoviy o’zgarishlarga uchrashi natijasida (fotosintez) organik moddalar hosil bo’ladi. Biosfera atamasini 1875 yilda avstriyalik geolog olim Eduard Zyuss fanga kiritgan. Biosfera haqidagi ta‘limotni 1926 yilda rus olimi V.I.Vernadskiy tomonidan yaratilgan. O’SIMLIKLAE EKOLOGIYASI Ekosistemalar – organizmlarning uzoq evolyutsiya ta‘siri ostida shakllangan barqaror majmuasi hamda abiotik komponentlar yig’indisi bo’lib, unda doimiy moddalar va energiya almashinuvi jarayoni sodir bo’lib turadi. Ekosistema atamasini 1904 yilda amerikalik tadqiqotchi T.Tensli tomonidan fanga kiritilgan. Demak o’simliklar ekologiyasi – o’simliklar turlari va bir turga mansub o’simliklar o’rtasidagi munosabatlarni hamda ularning yashash muhiti o’rtasidagi aloqalarini o’rgatadi. U hozirgi zamonamiz uchun juda dolzarb hisoblangan o’simlikshunoslik, o’simliklar introduktsiyasi va akklimatizatsiyasi, ekish va o’stirishning yangi texnologiyalari, hamda tabiat muhofazasi kabi muhim yo’nalishlarning muammolarini hal etishga ko’maklashadi, alohida bir o’simlik, o’simliklar populyatsiyalari va fitotsenozlarni ilmiy, amaliy jihatdan o’rganadi. O’simliklar ekologiyasi ma‘lumotlarni o’rganish darajasiga qarab, beshta bo’limga bo’linadi: 1.Autekologiya. 2.Demekologiya. 3.Sinekologiya. 4.Evolyutsion ekologiya. 5.Tarixiy ekologiya. O’SIMLIKLAE EKOLOGIYASI Autekologiya (grekchadan “ autos ”- o’zi)-organizmlar ekologiyasi. Bir turga mansub bo’lgan organizmlar yoki populyatsiyalarning o’zaro va muhit bilan munosabatlarini o’rganadi: populyatsiyalarda turlarning sonini ko’payishi yoki kamayishini o’rganishda matematik modellashtirish usulidan keng foydalanilmoqda. Demekologiya (grekchadan “ demos ”–xalq) – populyatsiyalar ekologiyasi – populyatsiyalarning o’zaro aloqasini, ularning yoshi va jinsiy tuzilishining, tashqi muhit ta‘siri (antropogen) ostida populyatsiyalarda turlar sonini o’zgarish qonuniyatlarini o’rganadi. O’SIMLIKLAE EKOLOGIYASI Sinekologiya (grekchadan “ sin ” -birgalikda) – jamoalar xilma-xilligini o’rganadi. U shu bilan birga agrotsenozlardagi o’simliklarning xususiyatlarini ham o’rganadi. Evolyutsion ekologiya – yer sharida hayotning paydo bo’lishi bilan ekologik sistemalarning o’zgarishini, biosfera evolyutsiyasiga insonlarning ta‘sirini o’rganadi hamda paleontologik ma‘lumotlardan va hozirgi zamon ekologik sistemalari haqidagi ma‘lumotlardan foydalanib qadimiy ekosistemalarni nazariy rekonstruktsiyalashga harakat qiladi. Tarixiy ekologiya – insoniyat sivilizatsiyasi va texnologiyaning rivojlanishi natijasidagi ekologik sistemalarning o’zgarishlarini neolit davridan boshlab hozirgi davrgacha o’rganadi. O’SIMLIKLAE EKOLOGIYASI Muhit deganda – biogeotsenoz, biotsenoz yoki fitotsenoz, populyatsiyalarda yashaydigan ayrim turlarning holatiga, rivojlanishiga, ko’payishiga bevosita yoki bilvosita ta‘sir ko’rsatadigan biotik va abiotik omillarning barcha sharoitlari tushuniladi. Biomlar deganda – o’ziga xos ko’rinishga va o’simliklar dunyosiga ega bo’lgan yirik hudud yoki kontinental, subkontinental biosistemalar tushuniladi. Quruqlik, dengiz va chuchuk suv yirik biomlarga ega. Biogeotsenozlar – bir-biri va atrof-muhit bilan o’zaro munosabatda bo’lgan organizmlarning populyatsiyalari kiradi. Bu atamani 1940 yilda rus akademik olimi V.N. Sukachev tomonidan kiritilgan. Biogeotsenozning biotik qismi biotsenoz deyiladi. O’z navbatida fitotsenoz, zootsenoz va mikrobiotsenozlar farqlanadi. Biogeotsenozning tirik organizmlari ba‘zan biotop , abiotik qismi esa ekotop deb yuritiladi. O’SIMLIKLAE EKOLOGIYASI Ekosfera (biosfera) – bu yerning fizik muhiti bilan turg’un muvozanatlashgan, asosiy yorug’lik manbai hisoblangan quyosh bilan energiya almashinish holatida bo’lgan, Yerdagi barcha tirik organizmlar yig’indisidir. Tirik organizmlarga ta‘sir ko’rsatadigan muhitning har qanday biotik va abiotik tarkibiy qismlari ekologik omillar deyiladi. Ekologik omillarni uchta yirik guruhga ajratish mumkin: 1. Abiotik omillar – jonsiz tabiatning tirik organizmlarga ta‘siri. 2. Biotik omillar – jonli tabiatning o’zaro va ma‘lum bir tur yoki turlarga ta‘siri. 3. Antropogen omillar – Insonlar va ular ishlab chiqargan vositalarning Yer kurrasiga hamda undagi tirik organizmlarga ta‘siri. Har qanday tirik organizm uzoq evolyutsiya ta‘siri ostida o’zining normal rivojlanishi va ko’payishi uchun yashash muhitiga ega bo’ladi. Yashash muhitisiz organizmlar rivojlanmaydi. O’SIMLIKLAE EKOLOGIYASI  Ekologik omillar organizmlarda bevosita yoki bilvosita ta‘sir etadi: Masalan bizda shimoliy qiyaliklar janubiy qiyalikga nisbatan salqinroq, yoki qumli tuproqga nisbatan bo’z tuproqlarda namlik miqdori ko’proq bo’lishi, baland bo’yli daraxtlarning uning ostida o’sadigan o’tchil va butalarga yorug’likni cheklab qo’yishi bular o’simliklar hayotida bilvosita ta‘sir ko’rsatadi. Optimal muhit bo’lgandagina o’simliklar yaxshi rivojlanib, ko’p biologik massaga va urug’ hosil qilishga erishadi. Maksimal va minimal yashash darajasi chegarasidan chiqganda organizmlar nobud bo’ladi. Demak, har bir tirik organism uchun ma‘lum ekologik omilning o’z maksimumi, minimumi va optimumi bo’ladi. Chidamlilik chegarasi – organizmning shundan tashqari sharoitda yashay olmasligidir. Har bir turning har bir ekologik omilga nisbatan chidamlilik chegarasi mavjud bo’ladi. O’SIMLIKLAE EKOLOGIYASI  Organizmlarning hayot faoliyatini susaytiriuvchi omilga cheklovchi omil deyiladi. Organizmlarga ta‘sir qiluvchi omillarning bittasi cheklovchi omil bo’lishi mumkin. Masalan, o’simliklarning shimol tomonga qarab tarqalishiga issiq harorat yetishmasligi cheklovchi omil bo’lsa, janubga tarqalishiga namlikning yetishmasligi cheklovchi omil bo’lib ta‘sir ko’rsatadi. Shuningdek, omilning faqat yetishmasligi emas, balki ortiqchaligi ham cheklovchi ta‘sir ko’rsatishi mumkin. Suv muhitida yashovchi organizmlar gidrobiontlar (yunoncha “ hydro ”-suv, “ bios ”- hayot) deyiladi. Planktonlar (yunoncha “ planktos ”-sayyor, ko’chib yuruvchi) – suv qa‘rida yashovchi, mustaqil harakatlana olmaydigan va suv oqimi bilan ko’chib yuruvchi organizmlar. Nektonlar (yunoncha “ nektos ”- suzuvchi) – suvda faol harakatlanadigan, suv oqimiga qarshilik ko’rsata oladigan, katta masofalarni suzib o’ta oladigan organizmlardir. Bentos (yunoncha “ benthos ”-chuqurlik) – suv tubida yoki suv suv tubidagi qum orasida yashovchi organizmlar (qizil va qo’ng’ir suvot‘lari, chig’anoqli mollyuskalar). O’SIMLIKLAE EKOLOGIYASI Biotsenozlar – biotopda yashovchi tirik organizmlar yig’indisi bo’lib, u xilma-xil turlar tarkibi va soni bilan, har xil turga mansub tirik organizmlar o’rtasidagi turli tuman o’zaro munosabatlar yig’indisi hisoblanadi. Biotsenoz uchta tarkibiy qismdan tashkil topgan: 1. Produtsentlar (lotin. “ producens ”-yaratuvchi) (Avtotroflar). 2. Konsumentlar (lotin.” consume ”-iste‘mol qilaman) (Geterotroflar). 3. Redutsentlar (lot. “ reduce ” qaytaraman, tiklayman) (Geterotroflar). Yashash chegarasi yoki ekologik valent chegara ba‘zi o’simliklarda juda keng bo’ladi va bunga evritop o’simliklar yoki agar bu chegara tor bo’lsa bularga stenotoplar deyiladi. O’SIMLIKLAE EKOLOGIYASI Uzoq evolyutsiya jarayoni ta‘siri natijasida o’simliklarda noqulay muhitga asta sekinlik bilan moslanish hosil bo’ladi bu hodisaga adaptatsiya deyiladi. Buning natijasida aniq yashash muhitida o’simliklarning ixtisoslashgan hayotiy shakllari ( ekomorflar ) paydo bo’lgan. Ma‘lum bir xil yashash muhitiga moslashgan turli sistematik guruhlarga mansub o’simliklarda tashqi tomondan o’xshash bo’lib qoladi va bunga konvergentsiya hodisasi deyiladi. Masalan, biri-biridan uzoq bo’lgan, faqat quruq cho’lda yashashga moslashgan Meksika kaktuslari va Afrika sutlamalarida odatda, o’xshash poya sukkulentlari bo’lib hisoblanadi. Uzoq evolyutsiya jarayoni ta‘sirida o’simliklarning kelib chiqishida va tuzilishida bir-biriga o’xshash jihatlar paydo bo’ladi buni o’simliklarning ekologik guruhlari yoki turlarning ekologik guruhlari deyish mumkin.O’SIMLIKLAE EKOLOGIYASI YORUG’LIK EKOLOGIK OMIL SIFATIDA Yorug’lik eng muhim iqlim ekologik omillariga mansubdir. Bu omil Yerda hayotni davom etishini ta‘minlab turadi. Yorug’lik ta‘sirida o’simliklarda fotosintez jarayoni natijasida anorganik moddalardan organik moddalar hosil bo’ladi. O’simliklarning rivojlanishi va ko’payishi, nasl qoldirishi fotosintez jarayonining jadalligi bilan bog’liq. Fotosintezning faol radiatsiya (FFR) chegarasi nurining uzunligi 380-710 nm bo’lgan ko’rinadigan nurlar tashkil etadi. Tropiklarda quyosh radiatsiyasi tik tushgani bois, juda baland bo’ladi. Ayniqsa, sariq va qizil nurlar (600-680 nm) ni o’simliklar juda yaxshi o’zlashtiradi. Yerdagi o’simliklar quyoshdan yetib keladigan radiatsiya nurlarining ko’pi bilan 1% ini fotosintez uchun qayta ishlay oladi. Quyoshning infraqizil nurlari uzunligi 700 nm dan ziyod bo’lib, u yer yuzasigi 45% energiyani olib kiradi. Bu issiqlik energiyasi bo’lib, yerni va ko’pgina organizmlarni haroratini ko’tarishga yordam beradi. Ultrabinafsha qisqa to’lqinli nurlar to’lqin uzunligi 290 nm gachani tashkil etadi. Bu nurlar barcha tirik organizmlar uchun halokatli bo’lib, ularning ko’p qismi atmosferaning 20-22 km balandliklaridagi Ozon qobig’ida ushlanib qoladi. Atmosferaning ifloslanishi natijasida ozon qobig’ida teshiklar paydo bo’ldi, bu esa tiriklik uchun halokatli nurlarni biosferaga ko’p miqdorda to’planishiga olib kelishi mumkin. YORUG’LIK EKOLOGIK OMIL SIFATIDA O’simliklarni yorug’likga bo’lgan talab va ehtiyoji bir xil bo’lmaydi. Shunga ko’ra ularni uch guruhga bo’lish mumkin: 1.Yorug’sevar o’simliklar. 2.Soyaga chidamli o’simliklar. 3.Soyasevar o’simliklar. Yorug’sevar o’simliklarni - geliofitlar (grekchadan “ gelios ”- quyosh va “ fiton ”-o’simlik), hisoblanib, muhit to’liq yorug’lik bilan ta‘minlanganda o’zining optimal o’sish va rivojlanishini amalga oshiradi. Qishloq xo’jalik ekinlarining deyarli barchasi shu guruhga mansubdir. Bug’doy, arpa, g’o’za, pomidor, kartoshka, loviya, qand lavlagi, betaga, shuvoq, yantoq, saksovul va boshqalarni to’liq yoritilgan joylarda eksakgina mo’l-ko’l hosil olish mumkin. YORUG’LIK EKOLOGIK OMIL SIFATIDA Soyaga chidamli o’simliklar – stsiogeliofitlar yoki geliostsiofitlar (grekchadan “ stsio ” – soya, “ gelios ”- quyosh va “ fiton ”-o’simlik) deyiladi. Bu guruhga mansub o’simliklar yarim yoritilgan maydonlarda ham o’sib, rivojlanishi va meva berishi mumkin. Albatta ushbu o’simliklar yorug’lik yetarli bolgan hududlarda ham optimal rivojlanadi. Bularga ajriq, salomaleykum, soyasevar karrak, qichitqio’t, temirtikan, otquloq, qo’ng’irbosh kabi ko’plab o’simliklarni misol qilib olish mumkin. Soyasevar o’simliklar – stsiofitlar (grekchadan “ stsio ” – soya, va “ fiton ”-o’simlik) deyilib, bular ochiq, quyosh tushadigan maydonlarda o’sa olmaydi. Faqat soya joylarda yaxshi rivojlanadi. Bularga xina, paporotnik, qirmizak, qarg’ako’z, o’rmon yertuti, binafsha, yovvoyi qulupnay va boshqalar kiradi. Bu o’simliklar yorug’likning 1/90 qismi yetib kelganda ham fotosintez jarayonini bajarib o’sib, rivojlanaveradi. Tropik o’rmonlarda o’suvchi soyasevar o’simliklar quyosh yorug’ligining 1/120 qismi yetib borganda ham fotosintez jarayonini sodir etib o’sib, rivojlana oladi. YORUG’LIK EKOLOGIK OMIL SIFATIDA O’simliklarda uzoq evolyutsiya natijasida, generativ organlarining shakllanishi va rivojlanishida, kun uzunligi va yorug’likning ta‘sirida o’ziga xos ritm paydo bo’lgan. Shunga ko’ra o’simliklarni ikki guruhga ajratish mumkin: 1.Yorug’ uzun kunda va qisqa tunda o’sadigan shimol o’simliklari uzun kun o’simliklari deyiladi. Bu o’simliklarni gullashi uchun kunning yoritilganligi 12 soatdan ko’p bo’lishiga talabchan. kartoshka, bug’doy, zig’ir, suli, poliz va rezavor mevali ekinlari kiradi. 2. Janubda o’sadigan o’simliklar esa yorug’lik davrini bir muncha qisqa kun va hiyla uzun tunda o’tkazgani uchun ular qisqa kun o’simliklari deyiladi. Ular kun yorug’ligi 12 soatdan kam bo’lsa ham bemalol gullab hosil beradi. Qisqa kun o’simliklariga makkajo’xori, kungaboqar, soya, kanop, xrizantema, qo’qongul, georgina, rediska va boshqalarni misol qilib olish mumkin. YORUG’LIK EKOLOGIK OMIL SIFATIDA HARORAT EKOLOGIK OMIL SIFATIDA Yorug’lik singari, o’simliklarning o’sishi va rivojlanishida atmosfera havosini va tuproqning ma‘lum bir harorat-issiqlik sharoitlarining juda katta ahamiyati bor. Urug’li o’simliklarning ko’pchiligida harorat 0°C dan past bo’lsa, ularning urug’lari unib chiqmaydi. Binobarin, har bir o’simlik urug’i unib chiqishi uchun minimal, optimal va maksimal harorat talab qilinadi. Bizning sayyoramizda tirik organizmlarning yashab qolish diapozoni juda keng bo’lib, muzlik sianobakteriyalari -300C dan past haroratlarda yashab rivojlana olsa, ularning yaqin ajdodlari bo’lgan arxeybakteriyalar esa issiq suvlarda yashaydiganlari +800Cda erkin yashab rivojlana oladi. Juda ko’p organizmlar uchun optimal harorat, jumladan o’simliklar uchun ham, 15-30C hisoblanadi. HARORAT EKOLOGIK OMIL SIFATIDA Xuddi shunday harorat amplitudasi o’simlikning o’sishi va rivojlanishida kuzatiladigan hamma bosqichlar uchun zarur. Masalan, yashil o’simliklarda kuzatiladigan hayotiy jarayonlar ya‘ni o’sish, fotosintez, ularning gullashi va meva hosil qilish hodisalari ma‘lum bir harorat rejimida o’tadi. Shu sababli o’simliklar issiqsevar, sovuqqa yoki jazirama issiqqa chidamli guruhlarga bo’linishi mumkin. Janubda o’sadigan issiqsevar o’simliklar qishning qattiq sovuqlariga chidamsiz bo’ladi. Masalan, g’o’zaga kuzning -2-3°C sovug’i o’ta salbiy ta‘sir qiladi. Sitrus o’simliklari (limon, apelsin, mandarin) esa -5-8°C sovuqda nobud bo’ladi. Shimol (tundra)da o’sadigan o’simliklar esa issiqlik kam bo’lganda ham o’z hayotini davom ettiraveradi. Masalan, Sibirda o’sadigan tilog’och, qarag’ay, pixta va shu kabi daraxtlar -70°C gacha sovuqqa bardosh bera oladi. O’rta Osiyoning jazirama issiq sharoitlarida uchraydigan yantoq, saksovul, shuvoq, izen kabi cho’llarda o’sadigan o’simliklar +60 +70°C haroratga bardosh bera oladi. HARORAT EKOLOGIK OMIL SIFATIDA Uzoq evolyutsiya jarayoni ta‘sirida yuksak o’simliklarda sutkalik va mavsumiy harorat o’zgarishlariga moslanishlar paydo bo’lgan. Agar o’simliklar keng o’zgaruvchan harorat diapozonida o’sib rivojlana olsa, bularga evriterm (grekchadan “ evri ”- keng, “ terma ” - harorat) lar deyiladi: Sibir tilog’ochi - 70 0 C dan- +40 0 C gacha diapazon haroratda o’sib rivojlana oladi. Agar o’simlikning o’sish va rivojlanishi qisqa harorat diapazonida bo’lsa bunday o’simliklarga stenoterm (grekchadan “ stenos ”-qisqa, “ terma ” - harorat)lar deyiladi. Tirik organizmlar sifatida o’simliklar poykilotermlar hisoblanadi, chunki ularning tana harorati tashqi muhit haroratining baland yoki pastligiga bog’liq holda o’zgarib turadi. O’z tana haroratini bir xil ushlab tura olmaydi. Hozircha o’simliklar orasida gomoyotermlari (grekchadan “ gomoyos ”-barqaror, “ terma ” – harorat, bunga qushlar va sut emizuvchi hayvonlar misol bo’ladi) yo’q. Harorat o’simlik hujayrasi shirasining harakatlanishiga, urug’ning unib chiqishiga, fotosintez jadalligiga, nafas olish va hujayraning bo’linish tezligiga jiddiy ta‘sir ko’rsatadi. Umuman o’simliklar turlari haroratga talabi turlichadir. Aksariyat, boshoqli ekinlar, bug’doy, suli, sebarga urug’lari +1+2 0 C , poliz ekinlari +20 0 C haroratda ko’karib chiqadi. HARORAT EKOLOGIK OMIL SIFATIDA HARORAT EKOLOGIK OMIL SIFATIDA Yer sharining harorati +5,+10 0 C dan tushmaydigan hududlarida o’sadigan o’simliklar megatermlar deyiladi. Mezotermlar esa harorat yuqori bo’lgan hududlarda o’sib rivojlanadi, ammo ba‘zan ular o’sadigan hududlarda harorat pasayib +5,-5 0 Cni tashkil etadi. Mikroterm o’simliklar tundra va baland tog’ hududlarida o’sadigan o’simliklar bo’lib, ular harorat pasayib ketganda vegetatsiyasini vaqtincha to’xtatishi ham mumkin. Bu o’simliklar hujayrasini sovuqdan (o’limdan) himoya qiluvchi, muzlamaydigan moddalar antifrizlar ajralib chiqadi. Ko’pincha sovuq haroratda hujayralar oraliq bo’shliqlaridagi suv yaxlaydi va hujayra ichidagi suvni so’rib olib hujayrani suvsizlantirib (plazmoliz) qo’yadi natijada organoidlar nobud bo’ladi – o’simlikni sovuq uradi. O’simliklar baland, past haroratlarga hujayra, to’qima va organlar darajasida moslanishlar hosil qiladi. SUV EKOLOGIK OMIL SIFATIDA Suv o’simliklar uchun muhim ahamiyatga ega bo’lib, u hujayraning 50-95% qismini tashkil etadi. O’simlik tana hujayralarida sodir bo’ladigan barcha reaksiyalar suvli muhitda sodir bo’ladi. Suv hujayra organoidlarining kolloid holatini ta‘minlaydi, suvdagi va metabolizm jarayonida qatnashadigan ko’p organik hamda mineral moddalarni eritadi, hujayrani saqlaydi (turgor), fermentlar ishini kuchaytiradi. Suv va unda erigan mineral tuzlar ildiz orqali o’simlik organizmiga shimiladi. Suv o’simliklarda sodir bo’ladigan fotosintez jarayoninig asosi hisoblanadi. Urug’ va sporadagi suv miqdori 8-12% dan pastga tushib ketsa, ular nobud bo’ladi, o’sish qobiliyatini yo’qotadi. Bug’lanish yillik yog’in miqdoriga nisbatan ko’p bo’lgan hududlar cho’l yoki adir mintaqalar hisoblanadi. Ayrim hududlarda yillik yog’in miqdori bug’lanishga nisbatan ko’p bo’ladi SUV EKOLOGIK OMIL SIFATIDA Tanasidagi suv miqdorini ta‘minlab tura olish qobiliyatiga ko’ra o’simliklarni ikki guruhga bo’lish mumkin: 1.Poykilogidrid o’simliklar. 2.Gomoygidrid o’simliklar. Poykilogidridlar o’z to’qimalaridagi suvni, muhitda namlik etishmasa mustaqil ushlab tura olmaydi, natijada tez anabioz holatiga tushib qoladi: Masalan, lishayniklar, moxlar, suvo’tlar va qirqquloqlarni bularga misol qilish mumkin. Gomoygidridlar esa mustaqil ravishda tana to’qimalarini suvga bo’lgan ehtiyojini (baquvvat va murakkab tuzilgan ildiz tizimi, suvdan tejab tergab foydalanish, bug’latish) qondira oladi. Bularga asosan yuksak o’simliklarning deyarli barchasi mansubdir. O’simlikning suv rejimini boyitib turadigan asosiy manba-bu yomg’ir va qor suvlaridir. Ana shu suvlarning umumiy miqdori va ularning yil fasllari bo’ylab taqsimlanishi o’simliklar hayoti uchun juda muhimdir. Masalan, ba‘zi bir tropik iqlim sharoitidagi mamlakatlarda, ya‘ni janubi-sharqiy Osiyo yoki Braziliya, Amazonka daryosi atrofida bir yilda 10 000 mm gacha yog’in yog’adi, buning ustiga iqlimi issiq va qish ham bo’lmaydi, natijada o’simliklarning o’sish va rivojlanishi uchun o’ta qulay sharoit mavjud. Braziliyada 40 mingga yaqin o’simlik turi o’sadi. Iqlim sharoiti o’simliklar uchun noqulay yog’inning miqdori juda kam bo’ladigan hududlar ham mavjud. O’rta Osiyo cho’l zonasida o’rtacha yillik yog’in 80- 200 mm ni tashkil etsa, janubi-g’arbiy Afrikada joylashgan Namibiya sahrosida bir yilda taxminan 8 mm yog’in yog’adi. Lekin shunga qaramay bu joylarda ham o’simliklar o’sadi. Yog’inning o’simliklar hayotiga ta‘sirini O’rta Osiyo misolida ko’rish mumkin. O’rta Osiyoning tog’li tumanlarida yog’in ko’p yog’adi (1000-2000 mm gacha), yog’inning yil fasllari bo’ylab taqsimlanishi ham mavjud, ya‘ni bu yerlarda yoz oylarida ham tez- tez yomg’ir yog’ib turadi. Natijada o’simliklar o’sishi va rivojlanishi uchun sharoit vujudga keladi. Binobarin, bu zonada 8 ming dan ortiq o’simliklar (O’zbekistonda yuksak o’simliklarning 4500 dan ziyodroq) turlari uchraydi. SUV EKOLOGIK OMIL SIFATIDA Osiyodagi ko’pgina mintaqalarning, jumladan O’zbekistonning cho’l hududlarining iqlimi ancha quruq, ya‘ni yozi issiq va qishi juda sovuq (ba‘zan -40 0 C gacha sovuq) bo’ladi. Bu yerlarda yog’in faqat bahor, kuz va qish oylarida tushadi. Yozda esa yog’in deyarli yog’maydi. Shu sababli bu hududlar florasi juda kambag’al, ya‘ni hammasi bo’lib 800 ga yaqin o’simlik turlari o’sadi. O’simliklarning tuproq va havodagi namlik foiziga bo’lgan talabi va unga moslashuviga ko’ra ularni quyidagi ekologik guruhlarga bo’lish mumkin: kserofitlar, mezofitlar, gigrofitlar, gelofitlar va gidrofitlar (Bu atamalarni birinchi bo’lib,yirik daniyalik botanik olim E. Varming taklif etgan). SUV EKOLOGIK OMIL SIFATIDA Kserofitlar. Qurg’oqchil muhitga moslashgan o’simlik turlariga kserofitlar (grekchadan “ kseros ”- quruq) deyiladi. Tuproqda suvning miqdori yetarli bo’lganda ularda transpirasiya jadalligi sodir bo’ladi, tuproqdagi namlik kamayganda esa transpirasiya susayadi, yoki butunlay to’xtaydi (kaktuslar). Kunning issiq paytlarida kserofitlarda transpiratsiya juda pasayadi, biroq yuqori haroratqa chidamliligi oshadi, barglari uzoq muddat o’zining turgor holatini saqlab turadi. Kserofitlarning ana shunday noqulay sharoitda yashashi va ko’payishi uchun moslashgan quyidagi belgilari mavjuddir: 1. Kserofitlarda hujayralar o’lchami kichik bo’ladi. 2. Hujayra po’sti qalinlashgan. 3. Barg mezofilida palisad parenxima yaxshi rivojlangan. 4. Barg tomirlari zich joylashgan. 5. Bargdagi og’izchalar soni ko’p. 6. Ildizning osmotik bosimi yuqori bo’lib, ba‘zida 100 atmosferagacha yetadi. SUV EKOLOGIK OMIL SIFATIDA Hayotiy shakliga ko’ra kserofitlr daraxt, buta, yarimbuta, ko’p yillik va bir yillik o’tchil o’simliklarga bo’linadi. Kserofitlarni o’zini quyidagi ekologik guruhlarga bo’lish mumkin: 1) Eukserofitlar. 2) Sukkulentlar. 3) Freatofitlar. Eukserofitlar – (grekchadan, “ eu ” – haqiqiy, “ kseros ”- quruq) haqiqiy kserofitlardir. Ularni sklerofitlar (grekchadan “ skleros ” – quruq, qattiq, “ fiton ” – o’simlik) deb ham yuritiladi. Bularga kovul, shuvoq, efedra, saksovul, juzg’un va boshqa o’simliklar misol bo’ladi. SUV EKOLOGIK OMIL SIFATIDA Sukkulentlar (lotinchadan “ sukkulentus ”-yumshoq, ho’l) bu o’simliklar suvni tejab-tergab foydalanishi natijasida, o’z tanasida ko’p miqdordagi suvni to’play oladi. Bularga Afrika, Amerika va Avstraliyaning cho’llarida o’sadigan kaktuslar, sutlamalar, agavalar, aloelar, toshyorarlar va boshqalar misol bo’ladi. Ularning ildizi 7 metrgacha chuqurlikga kirib borishi mumkin. Namlik paydo bo’lganda efemer ildizlar hosil qiladi. Sukkulentlarning hujayrasida ko’p miqdorda uglevodlar va quyuq shilimshiq moddalar bo’lganligi uchun suvni ko’proq o’zida saqlay oladi. SUV EKOLOGIK OMIL SIFATIDA Freatofitlar (grekchadan “ freat ”-quduq, “ fiton ” – o’simlik) ning ildiz tizimi 10-30-50 metr chuqurliklargacha kirib borib, u yerlardan kerakli namlikni o’zlashtiradi. Asosiy ildiz yer osti suvlariga yetib borgandan keyin kuchli yon ildizlar hosil qiladi va o’simlikni to’liq suv tanqisligidan olib chiqadi. Bunga qirg’iz yantog’ini misol qilish mumkin. Mahalliy aholi bunday o’simliklarni bilganlar va ularga qarab quduq qazish uchun suvni aniqlaganlar. SUV EKOLOGIK OMIL SIFATIDA Mezofitlar (grekchadan “ mezos ”-o’rtacha, “ fiton ” – o’simlik) namlik yetarli bo’lgan hududlarda yashashga moslashgan o’simliklardir. Bularga butun dunyoda tarqalgan o’tloqzorlarda (yaylov) va o’rmonlarda tarqalgan o’simliklar kiradi. Mezofitlarning tabiatda barcha hayotiy shakllari – daraxtlar, butalar, yarim butalar, ko’p yillik va bir yillik o’tlari mavjud. Botanikada olinadigan barcha anatomik va morfologik tuzilishlar mezofit o’simliklarning organlari tuzilishidan olinadi. Mezofitlar nihoyatda issiq va sovuqlarga ham bardosh berishi mumkin. Ular ichida vegetatsiya davri qisqa (4-6 hafta) bo’lgan, bir yillik efemerlar va ko’p yillik efemeroidlari ko’p. Qurg’oqchilik davrida efemerlar tinim davrini urug’ holida, efemeroidlar esa, tuganak,ildizpoya piyoz, ildiz tuganaklar holida o’tkazadi. Mezofit o’simliklarga madaniy o’simliklarning deyarli barchasi mansubdir. SUV EKOLOGIK OMIL SIFATIDA Gigrofitlar (grekchadan ― gigros ‖-sernam, ― fiton ‖ – o’simlik) yer usti o’simliklari bo’lib, ular o’sadigan joylarda namlik va havo ko’p bo’lishi bilan ajralib turadi. Bu o’simliklar uchun ortiqcha suvni to’qimalaridan chiqarib ( guttatsiya deyiladi) turadigan suv og’izchalari–gitatodlarning bo’lishi xarakterlidir. Gigrofitlarni ikkita ekologik guruhga bo’lish mumkin: 1.Soyasevarlar. 2.Yorug’sevarlar. Soyasevarlarga xina, balzamin, qirmizak kabilarni, yorug’sevarlarga esa qumrio’t, qamish, ilonchirmovuq va boshq. misol qilib olish mumkin. SUV EKOLOGIK OMIL SIFATIDA Gelofitlar (grekchadan ― gelo ‖-botqoq, ― fiton ‖ – o’simlik) suvda va yer ustida o’sadigan o’simliklarning oralig’idagi o’simliklar bo’lib, ular asosan daryo qirg’oqlarida, botqoqliklarda, kichik hovuzlar atrofida o’sadigan o’simliklardir. Ular uchraydigan joylar, doimo sernam, botqoq bo’lib turadi. Ba‘zan poyasining pastki qismi suvga botib turadi. O’qbarg ham suvli ham quruq sharoitda o’sa oladigan gelofitdir. Gelofitlar gigrofitlarga nisbatan qoplovchi, mexanik va o’tkazuvchi to’qimlari yaxshi rivojlangan. Gelofitlarda geterofilliya hodisasi uchraydi, ya‘ni havodagi va suvdagi barglar bir-biridan farq qiladi. Bularga qamish, bulduruqo’t, o’qbarg, suv piyozi kabi o’simliklar misol bo’ladi. SUV EKOLOGIK OMIL SIFATIDA Gidrofitlar (grekchadan ― gidro ‖-suv, ― fiton ‖ – o’simlik) suvda yashaydigan o’simliklardir. Bular evolyutsiya nuqtai nazaridan qaraganda, ikkilamchi suvga yashashga o’tgan o’simliklardir. Suvda yorug’lik kam, yorug’likning ma‘lum bir qismi suv yuzasidan atmosferaga qaytadi. Fotosintez uchun zarur bo’ladigan infra-qizil nurlar suvning 1-2 metr chuqurligigacha yetib borganligi uchun ham, undan chuqurlikda yuksak o’simliklar deyarli uchramaydi. Suv ichida doimo deyarli bir xil harorat hamda o’simlikni tik tutib turishga yordam beradi. Suvda kislorod va karbonat angidrid gazi oz bo’ladi. Gidrofitlarni quyidagi ekologik guruhlarga ajratish mumkin: 1.Suv tubida o’rnashgan, barglari suzuvchi – bunga nilfiya, nilufarlar misol bo’ladi. 2. Suv ichida suzib yuruvchi, bunga elodeya, suzuvchi rdest,shoxbarg va boshq. olish mumkin. 3. Suv yuzasida suzib yuruvchi – bunga poyabarg (ryaska), salviniya va boshqalarni olish mumkin. SUV EKOLOGIK OMIL SIFATIDA Gidrofitlarning asosiy anatomik belgilaridan biri, ularning ildiz, poya, barg va ildizpoyalarida – suzishga, nafas olishga, moddalar va energiya almashinuviga yordam beradigan aerenximaning yaxshi rivojlanganligini ko’rsatish mumkin. Bularda mexanik to’qima yaxshi rivojlanmagan, urug’ va mevalari suv, shamol va suvda, suv havzalarida yashovchi hayvonlar yordamida amalga oshadi. Nilufarga o’xshaganlari ildizpoyalari yordamida vegetativ yo’l bilan ko’paysa, g’ichchak, urut va suvbezaklar turion kurtaklari yordamida vegetativ ko’payadi (kurtaklar o’simlikdan ajralib tushib bahorda unib chiqadi). SUV EKOLOGIK OMIL SIFATIDA