logo

Bozor muvozanati, unga tasir etuvchi omillar. Bozorni minimal va maksimal narxlar vositasida tartibga solish

Yuklangan vaqt:

16.12.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

2120.6650390625 KB
 O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti Iqtisodiyot fakulteti “ BOZOR MUVOZANATI, UNGA TASIR ETUVCHI OMILLAR. BOZORNI MINIMAL VA MAKSI, AL NARXLAR VOSITASIDA TARTIBGA SOLISH” mavzusida tayyorlagan Oraliq nazorat ishi MAVZU : BOZOR MUVOZANATI, UNGA TASIR ETUVCHI OMILLAR. BOZORNI MINIMAL VA MAKSI,AL NARXLAR VOSITASIDA TARTIBGA SOLISH 1. Bozor muvozanati va muvozanat narx. Talab va taklifdagi o’zgarishlarning bozor muvozanatiga ta’siri. 2. Maksimal va minimal narxlarning o’rnatilishi va bozoor muvozanatiga tasiri. 3. Taqchillik va qora bozorning vujudga kelishi 4. Iste’molchi yutug’i va ishlab chiqaruvchi yutug’iREJA: Kirish Loyiha ishining dolzarbligi : Hozirgi bozor sharoitida maksimal va minimal narxni belgilashda asosiy ro’l talab va taklifga bog’liq. Bu ikki omillarning to’qnashuvi orqali bozorda barchaga to’g’ri keluvchi narx o’rnatiladi. Inson omili yordamida bozorni tartibga solishda bu jarayon yaqqol ko’rinadi.Talab va taklif o’zagrishini bozorga ta’siri,maksimal va minimal narxlarni belgilash yo’llarini o’rganish mavzuning dolzarbligini belgilaydi. Mavzuning ob’ekti : Bozor, talab, narx, maksimal va minimal narx , bozor muvozanati. Taqdimotning maqsad va vazifalari : Bozor muvozanati,unga davlatning aralashuvi va buning oqibatlarini nazariy jihatdan o’rganish taqdimotning maqsadi hisoblanadi. Belgilangan maqsaddan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalar belgilandi: • bozor muvozanati va muvozanat narx. talab va taklifdagi o’zgarishlarning bozor muvozanatiga ta’siriни ўрганиш; • maksimal va minimal narxlarning o’rnatilishi va bozor muvozanatiga tasiri. • Taqchillik va qora bozorning vujudga kelishi • iste’molchi yutug’i va ishlab chiqaruvchi yutug’i 1. Bozor muvozanati va muvozanat narx Muvozanat - bu tizimning shunday bir holatiki, agar unga biror bir tashqi kuch ta'sir qilmasa, u o‘zining ushbu holatini saqlab qoladi. Muvozanat narx P e deb, shunday narxga aytiladiki, agar u bozorda taklif qilinadigan ne'mat miqdori Q S ni unga bo‘lgan talab miqdori unga bo‘lgan talab miqdori Q D ga tenglashtirsa, ya'ni Q S =Q D . Agar bozor taklifi kamaysa (taklif chizig‘i S chapga siljisa), muvozanat narx P e o‘sadi, muvozanat tovar hajmi Q S kamayadi Bitta mahsulot uchun bozorning dinamik modelini qaraymiz Modelda talab chizig‘ini D va taklif chizig‘i S vaqt o‘zgarishi bilan o‘zgarmaydi deb faraz qilaylik. Talab funksiyasi Q D (t) va taklif funksiyasi Q S (t) narx P(t) ga bog‘liq. Bu yerda P(t) t - oraliqdagi narx, P(t -1) - oldingi P (t -1)- oraliqdagi narx. Talab funksiyasi: Q D (t)= a 0 -a 1 P(t) bu yerda a 0 ,a 1 - o‘zgarmas parametrlar. Taklif funksiyasi: Q S (t)=b 0 +b 1 *P(t-1) bu yerda b 0 ,b 1 - o‘zgarmas parametrlar. Muvozanat narx quyidagi qaytariladigan bosqichlar bo‘yicha aniqlanadi: 1. Talab va taklif chiziqlari grafigi chiziladi (gorizontal o‘q bo‘yicha narx P qo‘yiladi, vertikal o‘q bo‘yicha taklif va talab qilingan mahsulot miqdori Q); 2. Boshlang‘ich vaqt oralig‘i t =1 bo‘yicha taklif miqdori Q S (t) , boshlang‘ich narx P(1) ga ko‘ra aniqlanadi, (boshlang‘ich narx P(1) ) oldindan sotuvchi tomonidan beriladi; 3. t = 2 oraliq uchun narx P(2) muvozanatlik shartidan aniqlanadi. Q S (2) = Q D (2) a 0 -a 1 P(2)=b 0 +b 1 *P(1) Quyidagi talab funksiyasi berilgan bo‘lsin: Q D (t)= 41-10P(t) Taklif funksiyasi: Q S (t)=2+3*P(t-1) t=2 uchun boshlang‘ich narx P(1) = 5 bo‘lsin va bu narxda taklif miqdorini aniqlaymiz. Talab va taklifdagi o’zgarishlarning bozor muvozanatiga ta’siri Talab qonuni Xaridor, isteʼmolchining bozorda muayyan tovarlarni, neʼmatlarni sotib olish istagi; bozorga chiqqan va pul imkoniyatlari bilan taʼminlangan ehtiyojlari. Taklif qonuni Muayyan vaqtda va muayyan narxlar bilan bozorga chiqarilgan va chiqarilishi mumkin boʻlgan tovarlar va xizmatlar miqdori bilan ifoda etiladi; taklif ishlab chiqaruvchi (sotuvchi)larning oʻz tovarlarini sotishga (bozorga) taklif etish istagi. Talab va taklifdagi o’zgarishlar Avvalo aytib o’tish kerakki talab va taklif hajmining o’zgarishiga bir nechta omillar sabab bo’ladi: 1.Istemolchi didi 7.O’rnini bosuvchi tovarlar 2.Istemolchi daromadi 8.Birga ishlatiladigan tovarlar 3.Mahsulot narxi 9.Takomillashish 4.Mahsulot hajmi 5.Raqobatbardoshlik 6.Ishchi kuchi The Impact of a Change in Income • Higher income decreases the demand for an inferior good • Higher income increases the demand for a normal good  Dastlab taklif hajmini o’zgarmas deb olamiz yani constanta.Taklif o’zgarmagan holda talab hajmining oshishi bozorda Tovar narxi va talab hajmi oshishiga olib keladi E QP SD SD’ E’ Q’P’ ED  Talab o’zgarmagan holda taklif hajmining oshishi bozorda Tovar va xizmatlar hajmining oshishiga va narxning pasayishiga olib keladi E QP SD D P’ Q’ S’ E’ Agar talab va taklif bir vaqtda oshsa nima bo’ladi? Talabning oshishi talab chizig’ini o’ngga va yuqoriga surib narxni qimmatlashishiga sabab bo’lsa,taklifning oshishi taklif chizig’ini o’ngga va pastga surib bozordagi mahsulot hajmini oshishiga va narxni arzonlashishiga olib keladi.Bunday o’zgarishlarning bozor muvozanatiga ta’siri ulardan qay birining ko’proq oshishiga bog’liq.agar talab taklifdan ko’proq oshsa narx ko’tariladi agr aksincha bo’lsa narx pasayadi.Agar talab va taklif bir xil nisbatda oshsa muvozanatli hajm oshadi muvozanatli narx esa o’zgarmasdan qoladi D s D’ S’ P1 Pe Qe Q1 Qe’E E’ 2.Maksimal va minimal narxlarning o’rnatilishi va bozoor muvozanatiga tasiri. Talab va taklif mexanizimlari bazan istemolchilar bazan esa ishlab chiqaruvchilar manfatlariga ziyon yetkazadigan adolatsiz narxlar shakllanishiga sabab bolishi mumkin. Bunday holatda davlat qonunchiligi orqali yuqori va quyi chegaralarni ornatilishi bozor muvozanatiga tasir qilishi mumkin. Bunday holatda narxlarning yuqori chegarasi quidagicha ifodalanadi. Narxlarning yuqori chegarasi- bu qonuniy asosda muvozanatli narxdan pastda o’rnatilgan maksimal narx bo’lib , u sotuvchilarga tovarni sotish uchun so’raladigan narxlarning eng yuqori chegarasini belgilab qo’yadi. Maksimal narxlar istemolchilarni 1-darajali zaruriy tovarlar va xizmatlar bilan minimal darajada taminlashga imkon yaratadi. Agar narxlar bozordagi talab va taklif nisbati asosida erkli o’rnatilganda ayrim toifadagi kam daromadli istemolchilar bu tovarlar va xizmatlarni xarid etish imkoniyatiga ega bo’lmasdi. Bunga misol tariqasida jamoat transporti (metro va avtobus ) chiqtasi narxining davlat tomonidan chegaralab turilishini misol keltirishimiz mumkin. Maksimal narxlarning kiritilishi talab hajmini oshirsa taklif hajmini kamaytiradi. Natijada taqchillik yuzaga keladi. Agar davlart sotuvchilariga tovarni maksimal narxdan yuqori narxga sotishga ruxsat berilmasa taklif chegaralanganligi uchun norasmiy bozorlar vujudga kelishiga(xufyona bozor ) bu esa yana narxlarni oshib ketishiga va dastlabki muvozanat holiga intilishiga olib keladi. Buning oldini olish uchun esa davlat o’zining bufer zahirasidan bozorga mahsulot chiqarib, talab va taklifni tenglashtiradi yoki istemolni meyorlashi talab qilinadi. D E SP TAQCHILLIK QP(max) P(e) Q(1) Q(2) Q(3) MAKSIMAL NARXLARNING KIRITILISHI OQIBATLARI Minimal narxning o’rnatilishi bozorda ortiqcha taklif vujudga kelishiga sabab bo’ladi yoki mahsulot sotilmasdan omborlarda qolib ketilishig sabab bo’ladi. Bu vaziyatda agar davlat sotuvchilarga tovarni minimal narxdan past narxda sotishga ruxsat bermasa talab chegaralangani uchun , norasmiy bozor vujudga kelishiga bu esa yana narxlarning tushib ketishiga va dastlabki muvoznat holatiga intilishiga sabab boladi. Buning oldini olish ucun esa davlat ortiqcha maxsulotni bufer zahirasiga sotib olish orqali talab va taklifni tenglashtiradi. Narxlarning quyi chegarasi-bu davlat tomonidan muvozanat narxdan yuqorida ornatilgan anrx bo’lib, odatda bozor muvozanati holatida vujudga kelgan anrx ishlab chiqaruvchilar yoki sotuvchilarning ayrim guruhlarga yetarli daromad olishga imkon bermaydigan holatlarda qo’llaniladi. Minimal ish haqi darajasi qonunchilik bilan belgilanishi qishloq xojaligi mahsulotlari narxining quyi darajasini belgilanishi –davlat tomonidan minimal narxlar o’rnatilishining yaqqol namunasidir. D E SP TAQCHILLIK QP(min) P(e) Q(1) Q(2) Q(3) Minimal narxlarning kiritilishi oqibatlari Ortiqcha taklif 4. Iste’molchi yutug’i va ishlab chiqaruvchi yutug’i Bu yerda chiziqli taklif va talab chiziqlari yordamida qanday qilib oddiy hisobkitoblar qilinishini qarab chiqamiz. Buning uchun, bozor ma'lumotlariga muvofiq talab va taklifning chiziqli grafiklarini chizishni qarab chiqishimiz kerak. (Biz hozir, statistik usullar orqali quriladigan chiziqli regressiya, tenglamalarni hisoblashni qaramaymiz.) Faraz qilaylik, biror tovar uchun ikkita miqdor berilgan bo‘lsin: tovar narxi va uning miqdori, bu ko‘rsatkichlar bozorda muhim ko‘rsatkichlar hisoblanadi  Bu ko‘rsatkichlarni muvozanat ko‘rsatkichlar deb qaraymiz va quyidagicha belgilaymiz: muvozanat narx P* , muvozanat tovar miqdori Q*. Berilgan tovarning muvozanat nuqta yoki uning atrofidagi narx bo‘yicha taklif va talab elastikligini mos ravishda E D va E S harflari bilan belgilaymiz. Talab va taklifning grafigini chizamiz . Talab va taklif tenglamalari quyidagicha yoziladi: Talab: Q D (t)=b 0 -b 1 *P(5) Taklif: Q S (t)= a 0 +a 1 P(6)   Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash lozimki, bozor sharoitida maksimal va minimal narxni yuzaga keltirishda talab va taklif o’rtasidagi bog’liqlikni o’rganish kerak. Ana shunda taqchillik yuzaga kelishini oldini olish mumkin bo’ladi. Talab o’zgarishi unga ta’sir etuvchi narxdan boshqa omillar qanday ta’sir etadi va bularning ta’siri ostida qanday o’zgarishlar yuzaga kelishini o’rganib oldik. Demak zamonamiz rivojlanishi bilan mahsulotlarning turi va turkumi ko’payib borgani sari ularga talab ham oshib boradi. Shunday ekan talab nazariyasi tushunchasini o’rganish kelajakda kuzatiladigan barcha o’zgarishlarni oldindan ko’rish imkonini yaratadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. 1. S.S. G’ulomov, P.X. Alimov, B.T. Salimov “Mikroiqtisodiyot” darsligi. 2. Y.V. Taranuxa 2002, Talab va taklifning asosiy teoriyalari 20-bet 3. Mikroiqtisodiyot darsligi, B.T. Salimov , Sh.I. Mustafoqulov 4. www.khanacademy.org 5. www.uzA.uz 6. www.wikipedia.org 7. Google.com 8. Canva.com