logo

Talab va taklif, uy xo’jaliklari, korxonalar va hukumatning bozordagi o’rni

Yuklangan vaqt:

10.12.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

106.6796875 KB
Talab va taklif, uy xo’jaliklari, korxonalar va hukumatning bozordagi o’rni Reja:  1.Talab tushunchasiga ta’rif bering.  2.Talab qonuni nima?  3.Uy xo’jaliklari, korxonalar va hukumatning bozordagi o’rni.  4.Xulosa  5.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Talab va taklif    bozor iqtisodiyotining fundamental tushunchalari. Talab (tovarlar va xizmatlarga talab) — xaridor, isteʼmolchining bozorda muayyan tovarlarni, neʼmatlarni sotib olish istagi; bozorga chiqqan va pul imkoniyatlari bilan taʼminlangan ehtiyojlari. Ehtiyoj pul va narx vositasida talabga aylanadi.  Rasman olganda talab isteʼmol kattaligi miqdoridir. Tovarlar dunyosidagi xilma-xillikka moye ravishda talab hosil boʻladi. Masalan, oziqovqat tovarlari, sanoat mollari, maishiy va ijtimoiy xizmatlarga boʻlgan talablar tovarlarga talab tuzilmasini tashkil etadi. Mazmuni va harakati jihatidan haqiqiy, oʻsayotgan, barqaror qondirilgan, qondirilishi kechiktirilgan, qondirilmagan, meʼyordagi va boshqa talablarga boʻlinadi. Har bir isteʼmolchining, yaʼni alohida shaxs, oila, korxona, firmaning biror tovar toʻplamiga yoki tovarlarga bildirilgan talablari yakka talab deyiladi.  Muayyan tovarga yoki tovarlar toʻplamiga barcha xaridorlar bildirgan talab yigʻindisi bozor talabi, barcha bozorlarda barcha tovarlarga jamiyat miqiyosida bildirilgan ijtimoiy talab yalpi talab deyiladi. Talab miqdorining oʻzgarishiga bir qancha omillar taʼsir qiladi. Ularning oʻrasida eng muximi narx omilidir. Tovar narxining pasayishi sotib olinadigan tovar miqdorining oʻsishi va aksincha, narxning oʻsishi xarid miqdorining kamayishiga olib keladi. Taklif  muayyan vaqtda va muayyan narxlar bilan bozorga chiqarilgan va chiqarilishi mumkin boʻlgan tovarlar va xizmatlar miqdori bilan ifoda etiladi; taklif ishlab chiqaruvchi (sotuvchi)larning oʻz tovarlarini sotishga (bozorga) taklif etish istagi. Bozorda tovar narxi bilan uning taklifi miqdori oʻrtasqda bevosita bogʻliqlik mavjud: narx qanchalik yuqori boʻlsa, boshqa sharoitlar oʻzgarmagan hollarda, sotish uchun shuncha koʻproq tovar taklif etiladi, yoki aksincha, narx pasayishi bilan taklif hajmi qisqaradi.  Tovar taklifiga, tovarning oʻz narxidan tashqari bir qator omillar: shu tovarni ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan resurslar narxlari; qoʻllaniladigan texnologiya; soliqlar va dotatsiyalar; taqchillik yoki narxlar oʻzgarishlarini kutish; bozordagi sotuvchilar soni va boshqa taʼsir koʻrsatadi. Mas., resurelarning arzonlashuvi muayyan tovarni ishlab chikarish xarajatlarini kamaytiradi, bu esa uning taklifi oʻsishini stimullaydi. Taklifning oʻziga taʼsir koʻrsatadigan omillar oʻzgarishlariga, birinchi navbatda, narx oʻzgarishlariga sezgirligi taklif elastikligi deb ataladi.  Talab va taklifning tub mazmuni ularning narx orqali oʻzaro aloqadorlikda mavjud boʻlishidir. Bu aloqadorlik — talab va taklif qonuni bozor iqtisodiyotining obyektiv qonuni hisoblanadi. Talab va taklifqonuniga koʻra bozordagi taklif va talab faqat miqdoran emas, balki oʻzining tarkibi jihatidan ham bir-biriga mos kelishi kerak, shundagina bozor muvozanatiga erishiladi.  Bu qonun ayirboshlash qonuni boʻlib, bozorni boshqaruvchi va tartiblovchi kuch darajasiga koʻtariladi. Unga koʻra bozordagi talab oʻzgarishlari darhol ishlab chiqarishga yetkazilishi kerak. Bozordagi Talab va taklif nisbatiga qarab ishlab chiqarish surʼatlar va tuzilmasi tashkil topadi. Jamiyat bu qonundan bozor muvozanatiga aloqador omillarga taʼsir etish orqali foydalanadi. Talab va taklif qonunning nazariy asoslari dastlab A. Marshall asarlarida ifodalab berilgan.  Talab qonuni – tovarlar narxi bilan uning sotib olinadigan miqdori o’rtasidagi teskari yoki qarama – qarshi bog`liqlikni ifodalaydi. Biz ehtiyoj tushunchasi haqida dastlabki bobda gapirgan edik. Ehtiyoj kishilarning hayotiy vositalariga bwlgan zaruriyatini ifodalovchi ilmiy kategoriya sifatida taraqqiyotning hamma bosqichlari uchun umumiy va doimiydir. Uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi tarixiy kwrinishi talab tushunchasidir. Talab ehtiyojdan farq qilib, mustaqil iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha) sifatida amal qiladi.  Maʼlum vaqt oraligʻidagi  narxlarning  muayyan darajasida ishlab chiqaruvchi  yoki  sotuvchilar  tomonidanmaʼlumturdagi  tovar  va  xizmatlarning  DAROMAD VA FOYDA olish maqsadida  bozorga  chiqarilgan miqdoriga taklif deyiladi.  Narx  oʻzgarishi bilan sotishga chiqariladigan mahsulot miqdori ham oʻzgarishi sababli talab kabi taklifning ham bir qator muqobil variantlari mavjud boʻladi.  Taklif narxlarning turli darajasida qancha miqdordagi mahsulotning sotishga chiqarilishini koʻrsatadi.  Narxning  oshishi bilan shunga mos ravishda sotishga chiqariladigan tovarlar taklifi miqdori ham ortadi, narxning tushishi bilan taklif hajmi qisqaradi.  1. Talab tushunchasi va uning miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Talab qonuni Biz ehtiyoj tushunchasi haqida dastlabki bobda gapirgan edik. Ehtiyoj kishilarning hayotiy vositalariga bo’lgan zaruriyatini ifodalovchi ilmiy kategoriya sifatida taraqqiyotning hamma bosqichlari uchun umumiy va doimiydir. Uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi tarixiy ko’rinishi talab tushunchasidir.  Talab ehtiyojdan farq qilib, mustaqil iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha) sifatida amal qiladi. Ehtiyojning faqat pul bilan ta’minlangan qismi talabga aylanadi. Demak, talab – bu pul bilan ta’minlangan ehtiyojdir. Ehtiyoj zarur miqdordagi pul bilan ta’minlanmasa, u «xohish», «istak» bo’lib qolaveradi.  Talabning bir qator muqobil variantlari mavjud bo’ladi, chunki narx o’zgarishi bilan tovarning sotib olinadigan miqdori ham o’zgaradi. Shu bog’liqlikdan kelib chiqib, talabga quyidagicha ta’rif berish mumkin: ma’lum vaqt oralig’ida, narxlarning mavjud darajasida iste’molchilarning tovar va xizmatlar ma’lum turlarini sotib olishga qodir bo’lgan ehtiyoji talab deyiladi. Boshqacha qilib aytganda talab – pul bilan ta’minlangan ehtiyojdir. Uy xo`jaligi tashkilot sifatida  Uy xo`jaligi to`g`risida so`z yuritganda, ikki tushuncha-oila va uy xo`jaligi tushunchalarni chegaralash lozim. Oila deganda, bir uyda yashashi oila-qarindoshchilik aloqalarining umumiyligi bilan birlashgan guruh tushuniladi. Uy xo`jaligi esa umumiy vazifalar, yashash joyi, byudjet va odatda oila- qarindoshchilik aloqalari bilan birlashgan kishilar guruhini o`zida namoyon qiladi.  Boshqacha aytganda, oila faoliyati ko`plab o`lchamlarni o`z ichiga oladi: biologik, demografik, ruhiy, ijtimoiy va b. Uy xo`jaligi faoliyati esa oilani faoliyat sohasining birgina- iqtisodiy turiga yo`naltiradi. Uy xo`jaligining asosiy funksiyasini inson kapitalini shakllantirish, undan foydalanish va saqlash deb belgilash lozim.  Uy xo`jaligi uchun faqat “qora qutiga” “kirish”dagi (ish haqi, soliqlar chiqarib tashlangan davlat tomondan ijtimoiy transportlar) va undan “chiqish”dagi (inson kapitali,mehnat, jamg`arma, iste’mol) omillar ma’lum. J.Gelbreyt ta’kidlaganidek [36], uy xo`jaligi odatda iste’mol qiluvchi va ishlovchi shaxs bilan tenglashtiriladi hamda tashkilotni tavsiflovchi hokimiyat munosabatlari bilan bog`liq bo`lmagan holda ko`rib chiqiladi. Aksincha, institutsional nazariya uy xo`jaligini firmadan va davlatdan farq qiluvchi tashkilotning alohida shakli sifatida tahlil qilishga e’tibor qaratadi.  Uy xo`jaligining asosida yotuvchi hokimiyat munosabatlari haqidagi tezis aniqliklar kiritilishini talab qiladi. Bir tomondan, uy xo`jaligining faoliyat ko`rsatishi quyidagilarni nazarda tutadi:  bolalar harakatlarini nazorat qilish huquqining ota-onalarga topshirilishi, buning o`rniga bola uchun u haqida qayg`urish va uni manfaatlarining ta’minlanishi kafolatlanda;  oilaviy byudjetning shakllanishi va sarflanishi ustidan nazorat qilish, huquqining uy xo`jaligining odatda “oila boshlig`i” deb nomlanuvchi bir a’zosiga topshirilishi, u barcha oila a’zolarining manfaatlarini ko`zlab harakat qiladi va ularga o`zlari alohida erisha olishi mumkin bo`lgandan ortiq darajadagi farovonlikni ta’minlaydi. Umuman uy xo`jaligining maqsadi  o`z a’zolariga kutilmagan holatlar yuzaga kelishidan qat’i nazar kafolatlangan farovonlik darajasini ta’minlashdan iborat. Uy xo`jaligining himoya funksiyasi o`zaro yordam va oila a’zolarini moddiy jihatdan qo`llab-quvvatlashning rasmiy va norasmiy me’yorlariga asoslanadi. Uy xo`jaligi  bu inson kapitalini ishlab chiqarishning umumiy vazifalari, yashash, byudjet va oila- qarindoshchilik aloqalari bilan birlashgan kishilar guruhidir. Uy xo`jaligining asosida hokimiyat munosabatlari yotadi – birgalikdagi iqtisodiy faoliyat ustidan nazorat qilish huquqi uning bir a’zosiga – “oila boshlig`i”ga o`tadi. Bozor muvozanati  bozordagi tapab va taklifntg miqdoran va tarkib jihatidan bir-biriga muvofiq kelishi. Bozor muvozanati bir lahzalik (oʻzgarmas taklifda), qisqa muddatli (tashkilot yoki firmalarning oʻzgarmas miqdori va ishlab chiqarish hajmining oʻzgarishi) va uzoq muddatli (iqtisodiy shartsharoit tashkilot, firmalar va mavjud talabning zamonaviy darajasiga muvofiq kelganda) boʻlishi mumkin.  Talab va taklif uzoq vaqt bir-biridan ajralib qolsa, Bozor muvozanati buziladi. Umuman olganda Bozor muvozanati hamma tovarlarga nisbatan va uzok, vaqt boʻlishi mumkin. Ammo juzʼiy va ayrim tovarlarga nisbatan moslikning buzilishi muqarrar. Chunki ehtiyojning yuksalishi bilan yangi talab paydo boʻladi va u darhol qondirilmaydi.  Bozor muvozanatini taʼminlashning asosiy yoʻllari: tovar ishlab chiqarishni talab darajasiga yetkazish orqali bozorni toʻydirish; yetarli tovarlar zaxirasini barpo etish; talabgir tovarlar narxini oshirish, oʻtmay turgan tovarlar narxini pasaytirish; eksport va importning ortishi yoki kamayishi; aholi daromadlarining tovarlar va xizmatlar koʻpayishiga qarab ortib borishi; mehnat unumdorligining ish haqiga nisbatan tezroq oʻsishi. Bozor muvozanati maʼrifatli jamiyatda narxlar bilan bozorni tartibga solish orqali taʼminlanadi.  Tovarlar qiymati va ularning nafliligi o’zlarining namoyon bo’lishini narxda topadi. Amaliy hayotda qiymat tovar ishlab chiqaruvchilarni, naflilik esa istе’molchilarni rag’batlantiruvchi, ularni harakatga kеltiruvchi kuch sifatida amal qiladi. Narx turlari  Ulgurji narx  Shartnoma narx  Chakana narx Ulgurji narx  ishlab chiqaruvchilar tomonidan katta miqdordagi tovarlar bir yo’la ko’tarasiga sotilganda qo’llaniladigan narx. Ulgurji narx ishlab chiqaruvchilar va ta’minlash-sotish tashkilotlari xarajatlarini qoplashi hamda ularning ma’lum miqdorda foyda ko’rishini ta’minlashi zarur. Ulgurji narx tovar birjalari va savdo uylarida ham qo’llaniladi. Shartnoma narx  sotuvchi va xaridorning roziligi bilan bеlgilanadigan, ular tomonidan tuzilgan shartnomada qayd qilingan narx. Shartnoma narx odatda shartnoma bitimi amal qilib turgan davrda o’zgarmaydi. Mazkur narx ham milliy, ham xalqaro bozorlarda qo’llaniladi. U xalqaro bozorda qo’llanilganda tovar (xizmat)larning jahon narxlariga yaqin turadi. Chakana narx  tovarlar bеvosita istе’molchilarga sotiladigan narx. Chakana narxga tovarning ulgurji narxi , chakana savdo tashkilotlarining xarajatlari va ularning oladigan foydasi kiradi. Chakana narx tovarlarga bo’lgan talab va taklifni bog’lovchi rolini o’ynaydi hamda ularning nisbatiga qarab yuqori yoki past bo’lishi mumkin.  Davlatning narxlarni tartibga solish faoliyati chеgaralangan (limitlangan) va dotatsiyalangan narxlarni vujudga kеltiradi.  Ularga quyidagilar kiradi:  Chеgaralangan narx  Dotatsiyalangan narx  Dеmping narx  Erkin bozor narxi Dotatsiyalangan narx  davlat budjеti hisobidan maxsus arzonlashtirilgan narx. Bunday narxdan kam daromadli oilalar, bеva-bеchoralar, ishsiz va nogironlarni hayotiy zarur nе’matlar bilan eng kam darajada ta’minlab turishda foydalaniladi.Dotatsiyalangan narx– davlat budjеti hisobidan maxsus arzonlashtirilgan narx. Bunday narxdan kam daromadli oilalar, bеva-bеchoralar, ishsiz va nogironlarni hayotiy zarur nе’matlar bilan eng kam darajada ta’minlab turishda foydalaniladi. Dеmping narx – bozorda o’z mavqеini mustahkamlash va raqiblarini bozordan siqib chiqarish uchun firmalar tomonidan foydalaniladigan maxsus narx. U «bozorga kirib olish narxi» dеb ham ataladi. Dеmping narxda rasmiy narxning bir qismidan kеchib yuboriladi. Dеmping narx bozorda o’z mavqеini mustahkamlash va raqiblarini bozordan siqib chiqarish uchun firmalar tomonidan foydalaniladigan maxsus narx. U «bozorga kirib olish narxi» dеb ham ataladi. Dеmping narxda rasmiy narxning bir qismidan kеchib yuboriladi. Nufuzli narx  sotish hajmini o’zgartirmasdan, yuqori foyda olishga erishish uchun firmalar tomonidan foydalaniladigan narx. Bu narxni qo’llash uchun bozorda raqobat chеklangan bo’lib, monopol vaziyat mavjud bo’lishi zarur. Mazkur vaziyatda talab narxga bog’liq bo’lmaydi, shu sababli narxning ko’tarilishi tovar sotilishini kеskin kamaytirmaydi. Bundan tashqari aholining yuqori daromad oluvchi qatlami xarid qiladigan nufuzli tovarlar ham mavjudki, ular nufuzli narxlarda sotiladi. Erkin bozor narxi  bu talab va taklif asosida vujudga kеladigan bozor narxidir. Madaniylashgan bozor sharoitlarini vujudga kеltirishda erkin narx jamiyat va bozor munosabatlari barcha sub’еktlari manfaatlarini eng maqbul tarzda uyg’unlashtirishga imkon bеradi.