logo

Nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy himoya va manzilli ijtimoiy yordamni amalga oshirishdagi ishtiroki

Yuklangan vaqt:

16.10.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1511.30859375 KB
Nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy himoya va manzilli ijtimoiy yordamni amalga oshirishdagi ishtiroki Bajardi:  O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq mamlakatimizda ijtimoiy hayotni faollashtirishga doir keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda, fuqarolarga davlat va jamiyatni boshqarishda ishtirok etish huquqi berilgan, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati muvofiqlashtirilmoqda, ularning huquq va qonuniy manfaatlari ta’minlanmoqda. Bu, o‘z navbatida, NNTlarni jadal rivojlantirish, ularning demokratik qadriyatlar, inson huquqlari, erkinligi va qonuniy manfaatlarini himoya qilishida muhim omil bo‘lmoqda. ISLOHOTLAR Konstitutsiyamizning fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga oid qoidalariga amal qilgan holda, “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilini izchil amalga oshirishning huquqiy, tashkiliy asosi bo‘lgan ikki yuzdan ziyod qonun, davlat dasturlari qabul qilindi. “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasida jamoat fondlari to‘g‘risida”, “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”, “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”, “Homiylik to‘g‘risida”gi va boshqa qonunlar shular jumlasidandir.  Davlatimiz rahbarining 2005-yil 23-iyunda qabul qilingan «O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga ko‘maklashish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori mustaqil NNTlarni tashkil qilish, ijtimoiy va gumanitar masalalarni hal etishda ularning rolini kuchaytirishda muhim omil bo‘lmoqda. Mazkur hujjatda vazirlik va idoralar, joylardagi davlat hokimiyati organlari zimmasiga fuqarolik jamiyati institutlarining fuqarolar huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning farovonligini yuksaltirish, mamlakatimizni yanada sotsial- iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga qaratilgan faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash vazifasi yuklatilgan. TADBIRLAR TADBIRLAR 2008-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati Kengashlarining “Nodavlat notijorat tashkilotlarini, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qo‘shma qarorining qabul qilinishi natijasida bu jarayon yanada jadallashdi. Ushbu hujjatga muvofiq mamlakatimizning qonun chiqaruvchi oliy organi huzurida Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi hamda ushbu fond mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi tashkil etildi. FAKTLAR “ Transparency International” xalqaro tashkiloti tomonidan dunyo mamlakatlarida korruptsiya holatlarining yillik reytinglari tuziladi. Tashkilotning joriy yil noyabr oyida e’lon qilingan reyting so‘rovnomasida 119 ta mamlakatdan 160 mingdan ortiq kishi ishtirok etgan. STATISTIKA  2016 yil yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston korruptsiyalashgan mamlakatlar ro‘yxatida 100 balldan 21 ball to‘pladi (ball qancha past bo‘lsa, korruptsiya darajasi shuncha yuqori bo‘ladi).  2013 yilda bu ko‘rsatkich 17 ballni tashkil qilgan edi. Ushbu reyting natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda, bor- yo‘g‘i, 18 foiz respondent davlat xizmatlari ko‘rsatilayotganda u yoki bu ko‘rinishda poraxo‘rlik holatlariga duch kelganini ma’lum qilgan  STATISTIKA  Bu MDHda birinchi o‘rin, ya’ni eng yaxshi natija, degani. “Korruptsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun, tegishli davlat dasturi hamda davlat tomonidan mazkur illatni tag- tomiri bilan yo‘qotish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar mamlakatimizning reytingdagi mavqeini yanada mustahkamlashga zamin yaratdi.  Bu fikrlarni “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi direktori o‘rinbosari Marat Hojimuhammedov ham tasdiqladi. Uning aytishicha, sotsiologiyada u yoki bu holatni baholash uchun savolni to‘g‘ri tanlay bilish lozim. Bunday xalqaro tadqiqotlar o‘tkazilganda, savollar odatda standart xususiyatga ega bo‘ladi. Ularning mohiyatini har bir mamlakat uchun moslashtirish juda mushkul. “Maqsad reytingda mamlakatning mavqeini oshirish emas, balki korruptsiyaga qarshi kurashishda real natijalarga erishish hisoblanadi. Yaqinda markazimiz tomonidan o‘tkazilgan so‘rovda qatnashgan yurtdoshlarimiz 96,5 foizi korruptsiya holatlarini balo sifatida ko‘radi va o‘z muammolarini hal qilishda ushbu illatdan foydalanishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, deb hisoblaydi”, dedi u. Xulosa O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq mamlakatimizda ijtimoiy hayotni faollashtirishga doir keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda, fuqarolarga davlat va jamiyatni bo shqarishda ishtirok etish huquqi berilgan, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati muvofiqlashtirilmoqda, ularning huquq va qonuniy manfaatlari ta’minlanmoqda QONUNLAR Bu, o‘z navbatida, NNTlarni jadal rivojlantirish, ularning demokratik qadriyatlar, inson huquqlari, erkinligi va qonuniy manfaatlarini himoya qilishida muhim omil bo‘lmoqda. Konstitutsiyamizning fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga oid qoidalariga amal qilgan holda, “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilini izchil amalga oshirishning huquqiy, tashkiliy asosi bo‘lgan ikki yuzdan ziyod qonun, davlat dasturlari qabul qilindi. “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasida jamoat fondlari to‘g‘risida”, “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”, “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”, “Homiylik to‘g‘risida”gi va boshqa qonunlar shular jumlasidandir. Foydalanilgan adabiyotlar  2017-2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича Ҳаракатлар стратегияси. – Тошкент: Maънавият, 2017.  O`zbekiston tarixi. 3-kitob. Mustaqil O`zbekiston tarixi.T.Sharq. 2011.  Мустакил Ўзбекистан тарихининг дастлабки сахифалари. - Тошкент, 2000.  Мустақил Ўзбекистон тарихи. Масъул муҳаррир А.Сабиров. - Тошкент: Академия, 2013. E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!