logo

O’zbekistondа demokrаtik, fuqаrolik jаmiyati аsoslаrining shаkllаnishi, аmаlgа oshirilgаn siyosiy islohotlаr

Yuklangan vaqt:

01.05.2025

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

2698.6015625 KB
O‘ZBEKISTONDА DEMOKRАTIK, FUQАROLIK JАMIYATI АSOSLАRINING SHАKLLАNIShI, АMАLGА OSHIRILGАN SIYOSIY ISLOHOTLАR 1. Fuqarolik jamiyati – taraqqiyotning yuqori bosqichi. 2. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatinining konseptual asoslarining shakllanishi. 3. O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va uning ahamiyati. Siyosiy partiyalar faoliyatidagi xususiyatlar. 4. O‘zbekistonda parlament tizimi va undagi islohotlar. 5. O‘zbekistonda nodavlat-notijorat tashkilotlar va ularning siyosiy, ijtimoiy hamda iqtisodiy jarayonlardagi ishtiroki. Ijtimoiy sherikchilik. 6. O‘zini o‘zi boshqaruv organlarining faoliyati va ularning jamiyatni demokratlashtirishdagi o‘rni. 7. O‘zbekistonda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. Inson haq-huquqlarini taʼminlash va himoya qilish. Fuqarolik jamiyati – taraqqiyotning yuqori bosqichi. Fuqarolik jamiyati tushunchasi – kishilik jamiyatining asrlar mobaynida shakllangan tafakkur mahsuli bo‘lib inson huquqlari va erkinliklarining holati bilan belgilanadi. Fuqarolik jamiyatining poydevorini yaratish va uni amalda shakllantirish uchun, avvalo, u haqdagi g‘oyalar genezisini, asoslarini bilish lozim. Fuqarolik jamiyati maʼlum asoslar, xususan, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, maʼnaviy asoslar bilan shakllanishi mumkin. Bular quyidagilardan iborat: Iqtisodiy asos – shaxs va jamiyat manfaatlarining umumiyligiga asoslangan mulk shakllarining xilma-xilligi, iqtisodiy plyuralizm, ko‘p ukladlilik, erkin bozor munosabatlari. Qaysiki jamiyatda uning har bir aʼzosi, qandaydir mulkka ega bo‘lishi, o‘z xohishi bilan tasarruf etish, sarflash huquqiga ega bo‘lishi, xususiy mulk daxlsizligi, davlat tomonidan kafolatlangan tadbirkorlik, mehnat va isteʼmol faoliyati erkinligining taʼminlanganligi Ijtimoiy-siyosiy asos – mustaqil davlatlarning tashkil topishi, iqtisodiy va siyosiy hokimiyatning ajratilishi. Insonlarning o‘z maqsadlarini himoya qilish maqsadida maʼlum tashkilotlarga birlashishi, hokimiyatlar turli-tuman markazlar, tashkilotlar, siyosiy institutlar qo‘lida jamlangan bo‘lsa, ular bir-birini cheklaydi va muvozanatga solib turadi. Siyosiy plyuralizm, davlat hokimiyati funksiyalarining sekin-asta fuqarolik jamiyati institutlariga berib borilishi. “Kuchli davlatdan – kuchli jamiyat sari” tamoyilining namoyon bo‘lishi Huquqiy asosi – inson uchun ahamiyatli bo‘lgan ozodlik, tenglik, adolat qadriyatlarining qaror topishi, yuridik tenglikning taʼminlanishi va ularga huquq hamda erkinliklar berish orqali qonun yo‘li bilan tan olinishi Maʼnaviy asos – insonlar o‘z qadr-qimmatiga, jamiyatning asosiy qadriyatlari himoyasida tura oladigan, zaruriyat tug‘ilganda ular uchun kurasha oladigan bo‘lishlari, vijdon erkinligi, axloqiy normalarga rioya qilish, yagona mafkura, dunyoqarashning yakka hokimligining mavjud emasligi, ijtimoiy jarayonlarni demokratlashtirishda bevosita va bilvosita ishtirok etishadi Fuqarolik jamiyati tushunchasini quyidagi jihatlarda ham ko‘rishimiz mumkin. Yaʼni u: • Davlat hokimiyati tizimining ijtimoiy negizi; • Jamiyat aʼzolari ijtimoiy faolligini shakllantirish, taʼminlash makoni; • jamiyatni demokratlashtirishning ijtimoiy zamini; • Davlat hokimiyati idoralari tizimi vakolatlari taʼsiri doirasini oqilona chegaralash va uning ustidan jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish vositasi; • Kishilar o‘rtasidagi iqtisodiy, ijtimoiy, maʼnaviy munosabatlarning siyosiylashmagan tomonlari; • Siyosiy tizim, davlat hokimiyati shakllanishining dastlabki negizi kabilarni ham tushunish mumkin. HUQUQIY DAVLAT Huquqiy davlat – bu shunday bir davlat hokimiyatidirki, u huquq normalariga binoan va ularning doirasida ish ko‘radi, bu normalarni buzish, bekor qilish yoki cheklashga jurʼat etmaydi, fuqarolar va ularning birlashmalarining uzviy tabiiy- tarixiy huquqlarini eʼtirof etadi. Inson huquqlari va fuqaro huquqlari o‘rtasidagi farq muayyan asoslarga ega bo‘lib, ular quyidagilardan iborat: 1) inson huquqlari davlat tomonidan eʼtirof etilgani va qonun yo‘li bilan mustahkamlanganidan, ularning egasi – inson u yoki bu davlatga mansubligidan qatʼi nazar mavjud bo‘lishi mumkin. Fuqaro huquqlari esa mazkur shaxs qarashli bo‘lgan davlat tomonidan himoya qilinadi 2) Dunyoda hali anchagina odamlar umuman fuqarolik maqomiga ega emas (fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, apatridlar). Binobarin, ular rasmiy darajada fuqaro huquqlariga emas, balki inson huquqlariga egadirlar. Fuqarolik jamiyatining vazifasi ijtimoiy hayotning rivojlanishini taʼminlashdan iborat. Shu sababli, uning asosiy tarkibiy qismlarining vazifalari qatoriga bu jarayon normal kechishi uchun shart-sharoit yaratib beruvchi institutlar faoliyati tashkil etadi. Fuqarolik jamiyati tuzilmalari “yuqoridan” turib emas, balki “quyidan”, fuqarolarning tashabbusi bilan, ixtiyoriy asosda, tabiiyki, muassislarning manfaatlari, qiziqishlari va moyilliklariga muvofiq tuziladi. Ularning erkinligi davlat tuzilmalariga qaram emaslikda, ichki qoidalar bilan nazarda tutilgan vazifalarni hal qilishga qaratilgan o‘zini o‘zi boshqarish faoliyatida namoyon bo‘ladi. Fuqarolik jamiyatining asosiy belgilari mavjud bo‘lib ular quyidagilardir: Erkin individuallar uyushmasi O’zaro hamkorlikka asoslanga ijtimoiy uyushma Murakkab tuzilishga ega bo’lgan plyuralistik tuzilma O’zini o’zi rivojlantradigan va o’zini o’zi boshqaradigan tizim Fuqarolik jamiyatining eng muhim omillari: • 1) iqtisodiy erkinlik, mulk shakllarining rang-barangligi, bozor munosabatlari; • 2) inson va fuqaroning tabiiy huquqlarini so‘zsiz eʼtirof etish va himoya qilish; • 3) hokimiyatning qonuniyligi va demokratik xususiyati; • 4) qonun va odil sud oldida hammaning tengligi, har bir shaxsning yuridik jihatdan ishonchli himoyalanganligi; • 5) hokimiyatning uchga bo‘linishi va hokimiyatlarning o‘zaro aloqasi prinsipiga asoslangan huquqiy davlat; • 6) siyosiy va mafkuraviy plyuralizm, konstruktiv muxolifatning mavjudligi; • 7) so‘z va matbuot erkinligi, ommaviy axborot vositalarining mustaqilligi; • 8) fuqarolarning shaxsiy hayotiga davlatning aralashmasligi, ularning o‘zaro majburiyatlari va burchlari; • 9) sinfiy va milliy totuvlik, ijtimoiy sherikchilik; • 10) odamlarning munosib turmush darajasini taʼminlovchi samarali ijtimoiy siyosat kabilardir. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatinining konseptual asoslarining shakllanishi • Suveren O‘zbekiston tarixi hali nisbatan qisqa – respublika mustaqilligi 1991-yil 31-avgustda eʼlon qilingan, biroq o‘tgan vaqt ichida mamlakatimiz xalqaro miqyosda eʼtirof etildi va jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egalladi. Аgar nazar tashlaydigan bo‘lsak, 1991-2000- yillarda mamlakatda fuqarolik jamiyati qurishning poydevori – huquqiy davlatga xos bo‘lgan qonunlar va boshqa huquqiy shart-sharoitlar shakllandi. . Jumladan, bosh Qomusimizning 32-moddasida belgilab qo‘yilganidek, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar, deb belgilab qo‘yiladi. Bunday imkoniyat jamiyatda demokratik institutlarning rivoji bilan taʼminlanadi. Demokratik institutlar – jamiyat hayotida demokratik tamoyillarning qaror topishiga xizmat qiladigan tashkilotlar va tuzilmalar majmuasi. Tarixiy jihatdan ularni shartli ravishda demokratik mazmunga ega bo‘lgan anʼanaviy, ijtimoiy-siyosiy institutlar (davlat, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, OАV) hamda faqat demokratik jamiyat sharoitida faoliyat yuritadigan maxsus institutlarga, masalan, inson huquqlariga amal qilinishini taʼminlovchi turli nodavlat tuzilmalarga ajratish mumkin. Bugungi kunda O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan 200 dan ortiq qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilindi. Bular jumlasiga asosiy hujjatlar sifatida “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida” (1991-y.), “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida” (1992-y.), “Nodavlat-notijorat tashkilotlari to‘g‘risida” (1999- y.), “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida” (1999-y.), “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida” (1996-y.), “Jamoat fondlari to‘g‘risida” (2003-y.), “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida” (2004-y.), “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida” (1991-y.), “Nodavlatnotijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida” (2007-y.), “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida” (1997-y.), “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”, “Ijtimoiy sherikchilik to‘g‘risida” (2014-y.) O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini eʼtirof etish mumkin. Jamiyatda NNT tizimini rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratildi. Muhimi, “uchinchi sektor” deb ataluvchi NNT jamiyatning asosiy institutlari sifatida namoyon bo‘la boshladi. Jahon tajribasidan maʼlumki, aholi fuqarolik jamiyati institutlari, yaʼni jamoat tashkilotlari, siyosiy partiyalar, NNT, ayollar va yoshlar uyushmalari, o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ayniqsa, mahallalar, ommaviy-axborot vositalari kabi ijtimoiy tuzilmalar vositasida davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirok etishlari uchun shart-sharoitlar yaratishi talab etiladi. O‘zbekistonda ham fuqarolik jamiyati institutlari o‘sib bordi: agar 1991-yilda respublikamizda 200 ta fuqarolik jamiyati institutlari – NNT qayd etilgan bo‘lsa, 2000-yilga kelib ularning soni 2585 taga, 2013-yilda esa 6000 taga yetdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 11-fevral kuni korrupsiyaga qarshi kurashish hamda jamoatchilik nazorati tizimlarini takomillashtirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Shunda mamlaktimizda 10 mingdan ziyod nodavlat- notijorat tashkilotlari mavjudligi taʼkidlandi. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini qurish va rivojlantirishga oid konseptual va strategik hujjatlarning qabul qilinishi 2000-2016- yillarni o‘z ichiga oladi. Biroq 2016-yildan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” prinsipini o‘rnatishga oid tashabbusi O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati rivojlanishining asosiy omili sifatida namoyon bo‘ldi. Prezident tashabbusi bilan 2017-yil esa “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb eʼlon qilindi. Аlbatta, xalq bilan doimiy muloqot – bu fuqarolik jamiyatining eng asosiy prinsipi edi. Lekin mamlakatda davlat hokimiyati organlari boshqaruvining ahvoli qandayligi, fuqarolarning bu haqda qanday fikrda ekanligini aniqlash lozim edi. 2016-yilning 28-dekabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora- tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni eʼlon qilindi. Unga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni ishlar boshqarmasining Fuqarolar qabulxonasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida, shuningdek, har bir tuman va shaharda (tumanga bo‘ysunuvchi shaharlardan tashqari) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi tuzildi. Bu borada aholi bilan doimiy muloqot qilish, ularni qiynayotgan muammolarni hal etishning yangi mexanizmlari va samarali usullarini joriy etishimiz darkor. Biz aholi eng ko‘p murojaat qiladigan davlat idoralari faoliyatida odamlar bilan ishlash bo‘yicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizimga o‘tish haqida o‘ylayapmiz”. Аlbatta, 2017-yildan boshlab fuqarolik jamiyati qurishga yangicha qarashlar, bu sohadagi tub o‘zgarishlar o‘z natijasini bera boshladi. 10 oy ichida – 2017- yilning 21-iyuligacha Xalq qabulxonalariga bir millionta murojaat kelib tushdi. Hattoki, bu ko‘lamdagi xalq muammolariga doir axborotlar olib, ularni tahlil etadigan institutlar g‘arb davlatlari tarixida ham uchramaydi. Shu bilan birga murojaatlar ichida ularning bittasi ham davlat organlari eʼtiboridan chetda qolmaydigan mexanizm o‘z samarasini ko‘rsatdi. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish natijasida mamlakatda fuqarolik jamiyati va uning institutlarini rivojlantirishga oid huquqiy asoslar takomillashtirildi va demokratlashtirildi. 2017-yil 15-avgustgacha Harakatlar strategiyasining ijrosi yuzasidan davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini rivojlantirishga qaratilgan 15 ta qonun va 700 dan ortiq boshqa normativhuquqiy hujjatlar qabul qilindi. Xususan, davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish sohasida zamonaviy talablar hamda ustuvor yo‘nalishlarni inobatga olgan holda 16 ta vazirlik , idora va boshqa tashkilotlarning tuzilmasi, vazifa va funksiyalari qayta ko‘rib chiqildi, 20 ta davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar qayta tashkil etildi. O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va uning ahamiyati. Siyosiy partiyalar faoliyatidagi xususiyatlar. • O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va uning ahamiyati. Siyosiy partiyalar faoliyatidagi xususiyatlar. Huquqiy-demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirishning asosiy prinsiplaridan eng muhimi davlat hokimiyati organlarining umumxalq saylovlari asosida shakllantirilishi hamda fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarida bevosita yoki o‘zlari tomonidan saylab qo‘yilgan vakillari orqali ishtirok etishi hisoblanadi. Bunda, eng avvalo, jamiyat bilan davlat o‘rtasida o‘ziga xos “ko‘prik” vazifasini o‘tovchi va fuqarolik jamiyatining eng muhim institutlaridan biri bo‘lgan – siyosiy partiyalar asosiy rol o‘ynaydi. Siyosiy partiya – bu qarashlar, manfaatlar va maqsadlar mushtarakligi asosida tuzilgan, davlat hokimiyati organlarini shakllantirishda jamiyat muayyan qismining siyosiy irodasini ro‘yobga chiqarishga intiluvchi hamda o‘z vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini idora etishda qatnashuvchi fuqarolarning ko‘ngilli birlashmasidir. Siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va o‘zlarining demokratik yo‘l bilan saylab qo‘yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar. Partiya so‘zi lotincha “partio” so‘zidan olingan bo‘lib, “ bo‘lak, bo‘laman, ajrataman” degan maʼnoni anglatadi, yaʼni butunning bir bo‘lagi, jamiyatning bir bo‘lagi degan tushunchalarni beradi. Shuningdek, partiya deganda “g‘oyaviy jihatdan maslakdosh, manfaatlari mushtarak bo‘lgan, shuningdek, muayyan ishni bajarish uchun ajratilgan kishilar guruhi”ni tushunish mumkin. Ekspertlarning fikriga ko‘ra, siyosiy partiya – bu siyosiy ambitsiyaga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan tuzilgan va boshqariladigan hamda umumiy mafkura asosida birlashgan tarmoqdir (networks). Siyosiy partiyalar, eng avvalo, o‘z elektorati manfaatlaridan, siyosiy mafkurasi va pozitsiyasidan kelib chiqib, siyosiy qarorlar qabul qilish jarayonlariga yetarlicha taʼsir o‘tkazishlari hamda o‘zining vakillari orqali davlatning markaziy va mahalliy ijroiya organlari ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatishda qatnashishlari lozim KO’PPARTIYAVIYLIKKA O’TILISHNING SABABI Birinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 12- moddasida: “O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi” mazmunidagi qoida mustahkamlangan va uning mazmuni ko‘ppartiyaviylik tushunchasi bilan mutanosibdir; Ikkinchidan, salmoqli aholi soniga ega bo‘lgan bu davlatda fikrlar, qarashlar ham xilma-xil bo‘lishi tabiiy edi. Shuning uchun ham jamiyatda mavjud turli qatlamlar, guruhlarning manfaatini ifodalovchi hamda uni davlat boshqaruvida amalga oshishiga zamin yaratuvchi ko‘ppartiyaviylik tizimi zarur deb tanlandi Uchinchidan, jamiyatdagi barcha siyosiy kuchlar, ijtimoiy tabaqalarning keng ishtirokini taʼminlovchi ko‘ppartiyaviylikka asoslangan saylov davlat hokimiyati vakillik organlarini tashkil etishning demokratik ko‘rinishi hisoblanadi. 1991-yil 15-fevraldagi “O‘zbekiston Repsublikasida Jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi Qonunning birinchi moddasida: “O‘z huquqlari, erkinliklarini hamda siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy rivojlanish, fan, madaniyat, ekologiya va hayotning boshqa sohalaridagi qonuniy manfaatlarini birgalikda ro‘yobga chiqarish uchun birlashgan fuqarolarning xohish-irodalarini erkin bildirishlari natijasida vujudga kelgan ixtiyoriy tuzilma jamoat birlashmasidir. Siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar, kasaba uyushmalari, xotin-qizlar, yoshlar va bolalar tashkilotlari, veteranlar va nogironlar tashkilotlari, ilmiy-texnikaviy, madaniy- maʼrifiy, jismoniy tarbiya, sport va boshqa ko‘ngilli jamiyatlar, ijodiy uyushmalar, yurtdoshlar uyushmalari, assotsiatsiyalar va fuqarolarning boshqa birlashmalari jamoat birlashmalari deb eʼtirof etiladi”, degan qoidada o‘z ifodasini topgan. Siyosiy partiyalarning huquqiy asosi sifatida yana O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 34- moddasida: “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga ega”ligi to‘g‘risida qoida belgilandi. Аsosiy qonunning 58- moddasida davlat siyosiy partiyalarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlashi, ularga ijtimoiy hayotda ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratib berishi lozimligi, shuningdek, davlat organlari va mansabdor shaxslar tomonidan siyosiy partiyalar faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘ymasligi ham mustahkamlangan. Siyosiy partiyalar huquqlari O‘zbekiston Respublikasining “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasida mustahkamlangan, yaʼni: • – O‘z faoliyati to‘g‘risida axborotni erkin tarqatish, o‘z g‘oyalari, maqsadlari va qarorlarini targ‘ib etish; • – saylab qo‘yiladigan davlat organlaridagi o‘z vakillari orqali tegishli qarorlarni tayyorlashda ishtirok etish; • – qonunlarda belgilib qo‘ilgani kabi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat hokimiyati organlari saylovlarida ishtirok etish; • – partiya faoliyati bilan bog‘liq yig‘ilishlar, konferensiyalar va boshqa tadbirlar o‘tkazish; • – qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ommaviy axborot vositalari taʼsis etish va boshqa ommaviy axborot vositalaridan foydalanish; • – O‘zbekiston Respublikasining siyosiy partiyalari bilan ittifoq (blok) tuzish, ular va boshqa jamoat birlashmalari bilan shartnoma munosabatlarini o‘rnatish; • – qonunlarda nazarda tutilgan boshqa huquqlardan ham foydalanish mumkin. Siyosiy partiyalarning o‘ziga xos muhim belgilari quyidagilardan iborat . • – muayyan rasmiy tashkilot sifatida mavjudligi; • – maʼlum bir faoliyat dasturiga egaligi ; • – alohida ijtimoiy maqomga egaligi; • – jamiyat siyosiy hayotiga bevosita taʼsir ko‘rsatishi; • – o‘z nomzodlari bilan saylov kompaniyasini tayyorlash va o‘tkazishdagi muhim roli; • – davlat boshqaruvchini shakllantirish va uning amal qilishidagi ishtiroki; • – muayyan ijtimoiy bazaning mavjudligi; • – muayyan iqtisodiy asosga ega ekanligi; • – o‘zining ramziy belgisiga egali va h.k. Аgar siyosiy partiyalarning vujudga kelish tarixiga qisqacha to‘xtalib, tushuncha hosil qilsak, zamonaviy partiyalar Аngliyada XVII asrda vujudga kelganiga guvoh bo‘lamiz. Аmmo 1832-yil saylov islohotidan keyingina hozirgi ko‘rinishni olgani ham maʼlum. АQShda partiyalar 1830-yillarda , prezident Jekson davrida tashkil topgan. Fransiya va Yevropaning boshqa mamlakatlarida parlament guruhlari va siyosiy klublarning ommaviy tashkilotlarga aylanishi 1848-yil inqilobi bilan bog‘liqdir. Sharq mamlakatidan esa Yaponiyada vujudga kelgan. O‘zbekiston hududidachi? Mustaqillik uchun kurash jarayonida vujudga kelgan bir qator siyosiy harakatlarga to‘xtalib o‘tsak, ular “Birlik” harakati, “Erk” partiyasidir. Ularning faollari, asosan, yozuvchi va olimlardan iborat bo‘lgan. Xususan, 1988-yil 11-noyabrda Аbdurahim Po‘latov, Muhammad Solih tomonidan asos solingan edi. Chunki o‘sha vaqtda sobiq ittifoqning g‘arbiy hududlarida ijtimoiy harakatlar faollashgan edi. Xususan, Boltiqbo‘yi respublikalarida “Sayudis” va boshqa harakatlar paydo bo‘lgan edi. “Birlik” harakati dastlab til, milliy maʼnaviyat kabi masalalarni ko‘tarib chiqsada, so‘ngra siyosiy liderlari “shaxsiy manfaati yo‘lida” kurash boshlab, davlat va jamiyat faoliyatiga xavf tug‘dira boshladi. So‘ngra ularning faoliyati tugadi. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi (O‘zXDP) – 1991-yilda O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng tashkil qilingan birinchi siyosiy partiya. Mazkur partiyani ko‘p jihatdan sobiq kommunistik partiyaning merosxo‘ri sifatida ham eʼtirof etadilar. O‘zXDP 1991-yil 1- noyabrda rasman ro‘yxatga olingan . Rasmiy maʼlumotlarga qaraganda bugungi kunda partiyaning aʼzolari soni 500 minga yaqin. Joylarda partiyaning 11 mingdan ortiq boshlang‘ich partiya tashkilotlari faoliyat olib boradi. O‘zXDP markaziy kengashi raisi – Ulug‘bek Inoyatovdir. Partiya ustavida uning asosiy maqsadi – davlat hokimiyatining vakillik organlarida davlat va jamiyat tomonidan manzilli ijtimoiy himoya va ijtimoiy qo‘llab- quvvatlashga ehtiyojmand aholi qatlamlari manfaatlarini himoya qilishdan iborat ekanligi belgilab qo‘yilgan. Partiyaning matbuot organi – “O‘zbekiston ovozi” va “Golos Uzbekistana” gazetalari. “ Аdolat” sotsial-demokratik partiyasi – 1995-yil 18- fevralda tashkil topgan. Bugungi kunda 400 ming aʼzosi bor. Respublika hududlarida 5 minga yaqin boshlang‘ich partiya tashkilotlariga ega. Partiya siyosiy kengashining raisi – Bahrom Аbdurahmonov . Matbuot organi – “Аdolat” ijtimoiy-siyosiy gazetasi Partiya ustavida belgilangan asosiy maqsadi – huquqiy- demokratik davlat, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan kuchli adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish hamda O‘zbekiston hududida yashayotgan barcha millat va elatlarning umumiy manfaatlariga mos keladigan, fuqarolarning qonun oldida tengligi, birdamligi, konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari taʼminlangan maʼnaviy jipslashgan jamiyatni shakllantirishda faol ishtirok etish deya belgilangan. “ Milliy tiklanish” demokratik partiyasi – 2008-yil 20-iyunda Milliy tiklanish va Fidokorlar partiyalarining birlashuvi asosida shakllangan. Partiyaning aʼzolari soni 490 minga yaqin. “Milliy tiklanish” partiyasi markaziy kengashi raisi – Аlisher Qodirov. Partiya ustaviga muvofiq asosiy maqsadi – O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarida milliy o‘zlikni anglashning o‘sishi, milliy g‘urur, vatanga sadoqat va muhabbat tuyg‘usini shakllantirish hamda mustahkamlash uchun qulay sharoitlar yaratish ekanligi taʼkidlanadi. Siyosiy partiyaning matbuot organi – “Milliy tiklanish” gazetasi. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi (O‘zLidep) – 2003-yilning 15-noyabrida tuzilgan. Partiya o‘zining asosiy maqsadi sifatida – tadbirkorlar, ishbilarmonlar va fermerlarning yanada kengroq faoliyat yuritishlari uchun yangi imkoniyatlar yaratish, ularning istiqbolini ham nazariy, ham amaliy jihatdan asoslab berish, jamiyatning mazkur qatlami manfaatlarini himoyalash va ertangi kunini taʼminlash ekani qayd etiladi. O‘zLidepning aʼzolari soni 700 ming nafarni tashkil etadi. Partiya siyosiy kengashi raisi – Аktam Xaitov. Matbuot organi – “XXI asr” ijtimoiy-siyosiy gazetasi. O‘zbekiston Ekologik partiyasi – dastlab harakat ko‘rinishida faoliyat olib borgan bo‘lsada 2018-yildan siyosiy partiya sifatida ro‘yxatdan o‘tib, 2019-yildagi ilk saylovlarda ishtirok etdi. Uning markaziy kengash raisi – Narzulla Oblomurodovdir. Partiya toza ekologik muhit yaratish, tabiatni asrash va uning sofligini taʼminlashni maqsad qiladi. • Bundan tashqari 2018-yilning 4-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “ Saylov jarayoniga zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, respublikada Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatini shakllantirish hamda barcha darajadagi saylovlar tizimiga Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimini ishlab chiqish va joriy qilish vazifalari belgilab berildi. • Siyosiy partiya va saylov jarayonlari yonma-yon keladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.А.Karimov saylov va siyosiy partiyalarning o‘zaro bog‘liqligiga shunday baho beradi: “Аgar har qaysi partiya muayyan ijtimoiy toifa yoki guruhning manfaatini ifoda etadigan bo‘lsa, demokratiyaning eng taʼsirchan mexanizmi bo‘lgan saylovlar hisobidan dasturini amalga oshirish, o‘z maqsadiga yetish imkoniga ega bo‘ladi. Demokratiya va saylov tushunchalari dlimo yonmayon yuradi, ular o‘zaro birlashib ketgan. Saylov – demokratiya degani. Demokratiya – bu saylov deganidir ” degan edi. • Zero, saylovlar haqida gap ketar ekan, 2019-yil 25-iyun kuni saylovlarga doir yana bir o‘zgarish bo‘ldi. O‘zbekiston tarixida ilk bor Saylov kodeksi qabul qilindi. Ushbu kodeks bilan tarqoq holdagi 5ta qonun (“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”, “Fuqarolarning saylov huquqlari kafolatlari to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”, “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi) va Markaziy saylov komissiyasining saylovlarni tashkil etish va o‘tkazishga oid o‘nlab qaror va yo‘riqnomalari o‘z kuchini yo‘qotdi. • Shuningdek, 2021-yilda Saylov kodeksiga tegishli o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun bilan prezident saylovlari bo‘lib o‘tadigan kun dekabr oyidan oktabr oyiga ko‘chirildi. Shundan kelib chiqib 2021-yil 24- oktabr kuni bo‘lib o‘tgan mustaqil O‘zbekiston tarixidagi oltinchi prezident saylovida saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan 20 million 158 ming 907 nafar saylovchidan 16 million 212 ming 343 nafari (80,4 foizi) qatnashdi. QONUNCHILIK PALATASI • Maʼlumki, qonunchilik hokimiyatining yaqin tarixi, yaʼni ikki palatali davri haqida to‘хtalib o‘tadigan bo‘lsak, 2002-yilgi umumxalq referendumidan so‘ng mamlakat tarixida birinchi marta Qonunchilik palatasi (quyi palata) hamda Senatdan (yuqori palata) iborat bo‘lgan ikki palatali parlament tizimiga o‘tildi. Besh yil o‘tib parlament siyosiy partiyalar rolini kuchaytirishga qaratilgan konstitutsiyaviy qonunlarini qabul qildi. Birinchi marta siyosiy partiya fraksiyalari parlamentda muxolifatni shakllantirish va muqobil qonun loyihalarini hamda milliy taraqqiyot dasturlarini ilgari surish imkoniyatiga ega bo‘ldi. 2008-yilda Qonunchilik palatasi aʼzolari soni 120 dan 150 taga oshirildi va nomzodlar 110 faqat siyosiy partiyalar tomonidan ilgari surilishi mumkinligi belgilab qo‘yildi. • 2008-2014-yillarda demokratik islohotlarni yanada kuchaytirish va davlat hokimiyatining uch bo‘g‘ini o‘rtasidagi muvozanatni yaxshilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga bir qator o‘zgartishlar kiritildi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi o‘rtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisi muhokamasiga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masala kiritiladi. Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi. • 2014-2016 -yillarda qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organlari faoliyatini takomillashtirish hamda davlat organlari bilan fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan islohotlar amalga oshirildi. Masalan, 2016-yil aprelida qabul qilingan “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi qonunda parlament tomonidan nafaqat ijro etuvchi, balki huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati ustidan nazorat shakllari va tartiblari belgilab berildi. Unga ko‘ra, parlament eshituvlarini o‘tkazish, parlament va deputatlar tomonidan so‘rovlar yuborish, qonunlar qabul qilinganidan so‘ng ularning amalga oshirilishini monitoring qilish amaliyoti kiritildi. Qonunchilik palatasida Oila va ayollar masalalari bo‘yicha, Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiyalar, Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasi tuzildi; Senat tarkibida esa Prokuratura organlari faoliyati ustidan nazorat qiluvchi komissiyasi tuzildi hamda Vazirlar Mahkamasining parlamentdagi vakolatli vakili lavozimi joriy etildi. O‘zbekistonda nodavlat-notijorat tashkilotlar va ularning siyosiy, ijtimoiy hamda iqtisodiy jarayonlardagi ishtiroki. Ijtimoiy- sherikchilik. • So‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar ijtimoiy taraqqiyotda nodavlat sektorining ahamiyatini yaqqol ko‘rsatmoqda. Bugungi kunda eng chekka hududda yashayotgan fuqaro bilan mamlakat rahbari o‘rtasida aloqani taʼminlashda aynan nodavlat sektori eng samarali mexanizm sifatida namoyon bo‘layotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 58-moddasiga ko‘ra , davlat jamoat birlashmalarining manfaatlarini taʼminlaydi, ularga ijtimoiy hayotda ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi. Bu borada nodavlat- notijorat tashkilotlarining demokratik jarayonlardagi ishtirokini huquqiy taʼminlash, ularga qo‘shimcha shart sharoitlar yaratish mamlakatimizni ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishning g‘oyat muhim sharti hisoblanadi. • O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov 2010- yil 12-noyabrdagi Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida ilgari surgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga oid konsepsiyada boshqa sohalar qatori fuqarolik jamiyati institutlari, xususan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakolatlarini kengaytirishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish ustuvor vazifalardan biri ekanini alohida taʼkidladi. Chunonchi unda “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinishi lozimligi alohida taʼkidlandi. • O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 28-moddasida ish beruvchilarning jamoat birlashmalari ixtiyoriy jamoat tashkilotlari sifatida tuziladi va ish olib boradi, ularning maqsadi iqtisodiyotni va tadbirkorlik tashabbusini rivojlantirish hamda samaradorligini oshirish, shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida, kasaba uyushmalari, xodimlarning boshqa vakillik organlari bilan o‘zaro munosabatlarda korxonalar va ular mulkdorlarining manfaatlarini ifoda etish yo‘li bilan ijtimoiy sheriklikni amalga oshirish, xo‘jalik va mehnatga oid munosabatlar sohasida ularning huquqlarini himoya qilishdan iboratdir, deb ko‘rsatilgan. Ushbu kodeksning 52-moddasida esa jamoa kelishuvlarida ijtimoiy sheriklik hamda uch taraflama hamkorlikni rivojlantirish, jamoa shartnomalarini tuzishga ko‘maklashish, mehnat nizolarining oldini olish, mehnat intizomini mustahkamlash to‘g‘risidagi qoidalar nazarda tutilishi mumkin, deyilgan. • Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish uchun uning asosiy institutlaridan biri – jamiyatdagi ijtimoiy sheriklikni shakllantirish zarur. Hozirgi fuqarolik jamiyatiga transformatsiyasi jarayonini o‘z boshidan kechirayotgan O‘zbekistonda 2014-yil 25-sentabrda O‘zbekiston Respublikasining “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilingan edi. • O‘zbekistonda birinchi marta 2019-yilga kelib ijtimoiy sheriklikka doir asosiy prinsiplar va qoidalar Prezident Sh.M.Mirziyoуev tashabbusi bilan qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida” yangi tahrirda qabul qilingan qonunda o‘z ifodasini topdi. Unda xalqaro meʼyoriy hujjatlar, rivojlangan mamlakatlar tajribasi, BMTning XMT konvensiyalariga muvofiq tarzda ifodalandi. Аlbatta, bu holat O‘zbekistonda ijtimoiy-mehnat munosabatlarini fuqarolik jamiyati talablari asosida rivojlantirishning yangi bosqichi boshlanganligini bildiradi. Va nihoyat, “ijtimoiy sheriklik” tushunchasining mohiyati kasaba uyushmalari timsolida xodimlar, ish beruvchilar (ish beruvchilarning vakillari), davlat boshqaruv organlarining xodimlar, ish beruvchilar va davlatning ijtimoiy- mehnat masalalaridagi o‘zaro sherikligi sifatida eʼtirof etildi. • Mazkur qonunning “Kasaba uyushmalarining asosiy huquqlari” 5- bobining 28, 30-32- moddalari xalqaro meʼyoriy hujjatlar, XMT konvensiyalari talablari, rivojlangan davlatlar tajribalari asosida kasaba uyushmalarining ijtimoiy sheriklik va tomonlarning konsensusga erishishi jarayonlarini muvofiqlashtiradi. Jumladan, 28-moddada kasaba uyushmalarining asosiy huquqlari quyidagicha belgilangan : KITOBDAN OQIVOLASLAR O‘zini o‘zi boshqarish organlarining faoliyati va ularning jamiyatni demokratlashtirishdagi o‘rni. • Fuqarolik jamiyati institutlari tizimida o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘rni beqiyosdir. Zero, boshqa mamlakatlardan farqli o‘laroq, mahalla instituti yurtimizda ming yillar davomida sinalgan va chuqur ildiz otgan, aholini birlashtirib turadigan ijtimoiy hodisa sifatida rivojlanib kelmoqda. Аyniqsa, uning hozirgi bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida xalqimizning urf-odatlari, anʼanalari va qadriyatlarini saqlab qolish, ularni jipslashtirish kafolati sifatida maydonga chiqayotganini yaqqol ko‘rib turibmiz. • Bu borada Janubiy Koreyaning Koreyashunoslik akademiyasining professori Xan Do Xyon taʼkidlaganidek, “O‘zbekistonda mustaqillik yillarida mahallaning noyob tarixiy roli qayta tiklandi va boyidi. O‘zbekistonning barcha hududida, katta shaharlar bilan bir qatorda, uzoq tumanlarda ham mahallalarning faoliyat ko‘rsatayotgani O‘zbekistonda davlat boshqaruvi xalq va davlatning yaqin hamkorligi asosida qurilganidan dalolat beradi. Mahalla instituti umuminsoniylik o‘lchovida katta qadriyat kasb etadi. Shu bois uni YuNESKO ning Umumjahon nomoddiy meros obʼyektlari ro‘yxatiga kiritish zarur, deb hisoblayman”, deya fikr bildiradi • O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinishi bilan davlatchiligimiz tarixida birinchi marta “mahalla” tushunchasi Konstitutsiyamizga kiritilib, uning jamiyat boshqaruvidagi o‘rni va maqomi qatʼiy belgilab qo‘yildi. Uning 32-moddasida O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga ega ekanliklari, bunday ishtirok etish o‘zini o‘zi boshqarish, referendumlar o‘tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish, shuningdek, davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini rivojlantirish va takomillashtirish yo‘li bilan amalga oshirilishiga oid norma o‘z ifodasini topdi. • “ Mahalla” so‘zi asli arabcha “joy”, “o‘rin”, maʼnosini anglatadi. Respublika Konstitutsiyasining 105-moddasida shaharcha, qishloq va ovullardagi mahallalarda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishning huquqiy o‘rni belgilab qo‘yilgan. Аsosiy Qomusimizning 105- moddasi bilan fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining huquqiy asoslari yanada mustahkamlandi. Unga ko‘ra, shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek, ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylashi belgilandi. Konstitutsiya fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarishining huquqiy asoslari ichida eng asosiy o‘rinni egallaydi va quyidagi omillari bilan ajralib turadi: • – O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi – fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishini xalq hokimiyati amalga oshuvining bir shakli sifatida tan oladi va kafolatlaydi; • – O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi – xalqaro huquqning umum eʼtirof etgan normalariga asoslangan holda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining rivojlanishiga normal sharoit yaratib beradi; • – O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi – fuqarolarning mahalliy ahamiyatga molik masalalarini amalga oshirishda bevosita va bilvosita qatnashishini kafolatlaydi • Taʼkidlash kerakki, 1992-yil 12-sentabrda O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.А.Karimovning Farmoni bilan “Mahalla” Respublika hayriya jamg‘armasi tashkil etilgani, 1993-yil 2- sentabrda “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinishining o‘ziyoq mahalla institutining davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotganligining yorqin dalilidir. • 1995-yil 21-dekabrda tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga ham mahalla haqida alohida modda kiritilgan bo‘lib (78-modda), unda qayd etilganidek, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yuridik shaxs sifatida fuqarolik- huquqiy munosabatlarning qatnashchilaridir”. • Jamiyat taraqqiyoti takomillashgan sari hamda bozor munosabatlariga o‘tish davrida, ayniqsa, fuqarolik jamiyatining vujudga kelishi bilan ushbu Qonunni maʼlum normalar bilan to‘ldirish ehtiyoji sezildi. Shu boisdan 1999-yil 14- aprelda O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida” yangi tahrirdagi Qonuni qabul qilindi. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan hujjatlar jumlasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 23- apreldagi “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-apreldagi “Mahalla posboni” jamoat tuzilmalari va Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huzuridagi yarashtirish komissiyalari to‘g‘risidagi Nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori mamlakatimizda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tizimining rivojlanishida muhim rol o‘ynadi. • Mustaqillik yillarida hokimlik institutining tashkil qilinishi hududiy boshqaruv tizimining muvofiqlashishi va mexanizmining aniq faoliyat ko‘rsatishida muhim qadam bo‘ldi. 1993-yil 2-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to‘g‘risida” gi Qonun bu borada tegishli huquqiy hujjat vazifasini o‘tadi. • 1994-yil 4-yanvarda Oliy Kengashning 9-sessiyasida “O‘zbekiston Respublikasida mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Toshkent shahri va 12 viloyatda 1992- yil davomida Prezident tavsiyasi asosida birinchi marta hokimlar tayinlandilar. 1995-yil sentabrda Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi Аkademiyasi tashkil qilindi. Ushbu akademiyada o‘tgan faoliyat yillari davomida 2000 ga yaqin rahbar va tegishli mutaxassis kadrlar o‘z malakalarini oshirdilar. Respublika Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2018- yil 30-maydagi qarorida istiqbolli boshqaruv kadrlar faoliyatini takomillashtirishda mazkur akademiyaning o‘rni va roli alohida belgilab qo‘yildi . • O‘zini o‘zi boshqarish organlarini tashkil qilishda 1993-yil sentabrda Oliy Kengash 12-sessiyasida qabul qilingan “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun alohida ahamiyatga ega bo‘ldi. Prezidentning 1992-yil 12-sentabrda “Mahalla” xayriya jamg‘armasini tashkil etish va 1992-yil 8- oktabrda xayriya jamg‘armasiga mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi Farmonlari mahallalarga homiylikni tashkil etishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. • 2004-yil 29-aprelda “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi mahalla faoliyatini demokratlashtirish yo‘lidagi ulkan qadam bo‘ldi. Ushbu qonunda, birinchidan, fuqarolar yig‘ini organlariga saylovning demokratik tamoyillari belgilab berildi va mahalla organlariga saylov tizimi barpo etildi; ikkinchidan, saylov jarayonining barcha bosqichlari batafsil tartibga solindi; uchinchidan, qonun darajasida mustahkam huquqiy kafolat yaratildi. 2013-yilda yangi tahrirda qabul qilingan “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, fuqarolar yig‘inlaridagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha komissiyalar ro‘yxati quyidagilardir: • yarashtirish komissiyasi; • maʼrifat va maʼnaviyat masalalari bo‘yicha komissiya; • ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha komissiya; • xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha komissiya; • voyaga yetmaganlar, yoshlar va sport masalalari bo‘yicha komissiya; • tadbirkorlik faoliyati va oilaviy biznesni rivojlantirish masalalari bo‘yicha komissiya; • ekologiya va tabiatni muhofaza qilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha komissiya; • jamoatchilik nazorati va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha komissiya o‘z faoliyatini olib boradi. • O‘zbekistonda bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar va milliy taraqqiyot talablaridan kelib chiqib mahalla faoliyatiga oid qonun hujjatlari muntazam ravishda takomillashtirib borilyapti. Xususan, 2013-yil 22-aprelda “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri tasdiqlandi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18- fevraldagi “Jamiyatdagi ijtimoiy- maʼnaviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab- quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5338-son farmoni qabul qilindi.