logo

Iqlim o'zgarishi sharoitiga dehqonchilikning adaptatsiya qilish muammolari va tuproq xossalari yaxshilash unumdorligini qayta tiklash va oshirishda innovatsion texnologiyalar

Yuklangan vaqt:

04.03.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

10271.013671875 KB
Iqlim o'zgarishi sharoitiga dehqonchilikning adaptatsiya qilish muammolari va tuproq xossalari yaxshilash unumdorligini qayta tiklash va oshirishda innovatsion texnologiyalar  Iqlimga moslashish, iqlimlashtirish — organizmlarning yangi hayot sharoitiga moslanishi va rivojlanishning barcha bosqichlarini oʻtab, yashovchan avlod berishi. I.m. deganda organizmning faqat boshqa iqlim sharoitiga emas, balki yangi biotsenozta moslashishi ham tushuniladi. I.m. 2 yoʻl bilan boradi: 1) organizmlarda moddalar almashinuvining oʻzgarishi, bun-day oʻzgarish (modifikatsiya) avlodga oʻtmaydi va organizmdagi reaksiya nor-masi bilan cheklanadi Modifikatsiyada populyasiya yoki turning genetik strukturasi oʻzgarmaydi; 2) turning genetik strukturasi oʻzgarishi (haqiqiy I.m.). Turning genetik strukturasini belgilovchi va I.m.ga sababchi omil tabiiy tanlanishdir. Organizmlar yangi hudud yoki joyga koʻchirilganda yoki yashash sharoiti oʻzgarganda (mas, oʻrmon daraxtlari kesilganda, choʻllarga suv chiqarilganda yoki botqoqlik quritilganda) Iqlim. yuz beradi. Bunday hollarda baʼzi organizmlar boshqa joyga oʻtadi yoki nobud boʻladi, boshqalari esa yangi sharoitga moslashadi, yaʼni iqlimlashadi. Oʻsimliklarni iqlimlashtirish xalq xoʻjaligining muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Oʻsimliklarning Iqlimda iqlim omillari (havo harorati va namligi, yogʻinlar miqsori va taqsimoti, yorugʻlik rejimi va b.), tuproq tiplari va uning mikroflorasi , shuningdek, oʻsimlikning oʻz xususiyatlari asosiy oʻrinda turadi. Oʻsimliklarning I.m.da geografik va sistematik uzok, shakllarni duragaylash, yovvoyi turlar bilan chatishtirish, takroriy avlodlarni oʻstirishdan foydalaniladi. Iqlimshunoslarning maʼlumotlariga koʻra, iqlim oʻzgarishining asosiy sababi yer yuzasidan chiqadigan uzun toʻlqinli radiatsiyani yutib atmosferada issiqxona effekti hosil qilayotgan gazlardir. . Yer sayyorasida umumiy haroratning koʻtarilishi atrof muhitning, ayniqsa atmosfera havosining zararlanganligini koʻrsatuvchi asosiy koʻrsatkichlardan biridir. Atmosfera havosi tarkibida qator zararli moddalar miqdorining koʻpayishi nafaqat haroratning, balki sayyoramizning barcha mintaqalarining iqlimi oʻzgarishiga olib kelmoqda Dunyo miqyosida atmosfera havosiga chiqarilayotgan tashlanmalar miqdori shu surʼatlarda ketsa, global isish va iqlim oʻzgarishlari natijasi bashorat qilib boʻlmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkinligi taʼkidlanmoqda.  Mutaxassislarning fikriga koʻra, iqlim oʻzgarishi tufayli sodir boʻlishi mumkin boʻlgan oqibatlar qatorida quyidagilarni koʻrsatish mumkin:  - hozirgi yuz yillikning oʻzida okeanlar sathi 1 m koʻtarilishi;  - SO2 konsentratsiyasi atmosfera havosida ortishi (1870-yildan beri uni miqdori 30 foiz ortdi);  - Yerning ustki qobigʻi harorati +0,7°S ga oʻzgargan ( soʻnggi yuz yil ichida). Юқори ҳаво ҳароратли кунлар сонининг кутилаётган ўзгаришлари  . Қишлоқ хўжалиги экинлари учун ноқулай бўлган юқори ҳаво ҳароратга эга кунлар сони ҳосилнинг эҳтимолий йўқотилишини баҳолаш учун фойдали бўлиши мумкин. Ишлаб чиқилган иқлим сценарийлари ўртача максимал ҳаво ҳароратининг баҳоси, ойлик абсолют максимумлар, шунингдек уларнинг 90% квантилларини ўз ичига олади.  Юқори ҳароратлар ўсимликлар ўсиши ва ривожланишига салбий таъсир кўрсатади, бу таъсир биринчи навбатда миқдор ва давомийликка бевосита боғлиқ бўлади. Минтақавий тадқиқотларга кўра,39,40қишлоқ хўжалиги экинлари учун ноқулай таъсир 35⁰С дан юқори ҳаво ҳароратдан бошлаб кузатилади. - qishloq xoʻjaligida yetishtirish uchun maqbul ekinlar tarkibi butunlay oʻzgarishi; - yuqori darajadagi jaziramalar takrorlanishining oshishi, harorat rejimi kuchayishi natijasida aholi salomatligi bilan bogʻliq muammolar koʻpayishi; - oʻsimliklar va hayvonlarning aksariyat turlari yashaydigan areallarning qayta taqsimlanishi, demak, ekologik jarayonlar, beriladigan mahsulotlar va bajariladigan funksiyalarning tubdan oʻzgarishi; - sahrolanish jarayonlarining kuchayishi, yaʼni, yashash va xoʻjalik yuritish mumkin boʻlgan yerlarning kamayishi; - iqtisodiyot sektorlari taʼsirining toʻliq qayta taqsimlanishi va oldindan aniq aytish qiyin boʻlgan boshqa koʻpgina oqibatlar .  Tuproq degradatsiyasi tuproqlar tarkibidagi foydali mikroorganizmlar populyatsiyalarining kamayib ketishida ham ko'rinadi. Bundan bir necha o'n yillar avval tuproqlarimiz tuproq unumdorligi va hosildorlikni belgilab beruvchi mikroorganizmlarga boy bo'lgan bo'lsa, hozir unday deya olmaymiz. Qishloq xo'jaligi menejmentidan boshlab turli ekinlar navlarini joylashtirish, o'g'itlash va kasalliklarga qarshi kurashishning ilmiy asoslanmagan usullari oxir-oqibat, hosildorlikning keskin kamayishi, tuproqlarning buzilishi, har xil kasalliklarning ko'payishi ortidan hosilning nobud bo'lishiga olib keldi.  So'nggi statistik ma'lumotlarga qaraganda, yurtimizdagi sug'oriladigan yer maydonlarining 47 foizi turli darajada sho'rlangan tuproqlardan iborat. Afsuski, dehqonni og'ir ahvolga solib qo'yadigan “sho'r” muammosiga hali ham yechim topilganicha yo'q. Ammo bir narsa quvonarli, oxirgi yillarda mamlakatimizda barcha sohalar qatori qishloq xo'jaligini rivojlantirish yangi bosqichga chiqdi. Soha ilm-fan asosida o'rganilyapti, mavjud muammolar esa eng ilg'or texnologiyalar orqali hal etilmoqda. TUPROQ UNUMDORLIGINI OSHIRISH VA QAYTA TIKLASH  Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Tuproqsifattahlil” DUK tomonidan tuproqning agrokimyoviy tarkibini to‘liq o‘rgangan holda o‘g‘itlash va yer maydonlariga ilmiy asoslangan ishlov berish tartibini yo‘lga qo‘yish, tuproq unumdorligini oshirish, saqlash va qayta tiklash maqsadida dehqon, fermer xo‘jaliklari hamda klasterlarga taklif-tavsiyalar berish, tuproq tahlilini o‘tkazish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.  Odatda qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanuvchilar o‘simlik vegetatsiyasi davomida yer maydonlariga ishlov berish jarayonida tuproqning agrokimyoviy holatini o‘rganmagan holda, anʼanaviy usullar bilan o‘g‘itlash miqdorlarini belgilashadi. Bu esa o‘z navbatida ortiqcha o‘g‘it sarfi hamda tuproq tarkibini buzilishiga olib kelishi mumkin Maʼlumki, daladan namuna olib, tahlil o‘tkazilganidan keyin uni tezkorlik bilan yana yerdan foydalanuvchilarga yetkazish uzoq vaqtni talab etadi. Ushbu omilni inobatga olgan muassasa mutasaddilari  sayyor uslubda ishlaydigan eng zamonaviy texnikalar bilan jihozlangan mobil laboratoriyani  tashkil etgan Mobil laboratoriyaning qulayligi shundaki, namunalar shu joyning o‘zida olinadi hamda 3-4 soat mobaynida tuproq tarkibidagi ozuqa elementlar va mikroelementlar to‘g‘risida aniq, tezkor va sifatli maʼlumotlar taqdim etiladi. Mobil laboratoriya quyosh paneli, yoqilg‘i hisobiga ishlaydigan elektr generatori, laboratoriyani suv bilan taʼminlash uchun suv idish, havo ventilyatsiyasi, joyning aniqligiga ishonch hosil qilish uchun GPS navigator bilan jihozlangan. Tuproqning quyidagi tahlillari:  Umumiy fosfor miqdori;  umumiy kaliy miqdori;  umumiy azot miqdori;  harakatchan fosfor miqdori;  almashinuvchi kaliy miqdori;  harakatchan azot miqdori;  mexanik tarkib;  gumus miqdori; Mamlakatimizda cho'llanishga qarshi kurashning milliy dasturi ham ishlab chiqilgan. Dasturga ko'ra, yerlar degradatsiyasining hajmini qisqartirish yoki uning oldini olish, cho'llanishga duchor bo'lgan yerlarni qayta tiklash ishlari amalga oshiriladi Bdaun yerlarni namlantirish, suv tarmoqlarini tortish, umuman, suvsizlik masalasini hal etish bo'yicha ham vazifalar belgilangan.  Markaziy Osiyo mamlakatlarida suv tanqisligi allaqachon sezila boshlagan. Buning oqibatida cho'llanish, sho'rlanish kabi hodisalar soni ko'payib bormoqda. Kelajakda iqlimning tobora isib borishi va cho'l zonalarining ortishi oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishga salbiy ta'sirni oshirishi borasida xulosalar ham yo'q emas.  Hozirgi kunda ilm va ilg'or texnologiyalar bu muammoga echim topishi mumkin. Oxirgi yillarda mamlakatimiz qishloq xo'jaligida ekinlarni tomchilatib sug'orish, zamonaviy gidroponika, aeroponika usullarida etishtirish ommalashib boryapti. Suv tanqis hududlarda artezian quduqlar qazilyapti. Buni qishloq xo'jaligiga biologik dehqonchilik usullari va tajribalarini bosqichma-bosqich tadbiq etishning ilk ko'rinishlari, deyish mumkin. Перейти  E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT