logo

Elementar zarralarni qayd qiluvchi asboblar. Elementar zarralar, ularning sistematikasi

Yuklangan vaqt:

23.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

108.50390625 KB
Elementar zarralarni qayd qiluvchi asboblar. Elementar zarralar,ularning sistematikasi Reja: 1. Elementar zarralarni qayd qiluvchi asboblar. 2. Elementar zarralar. 3. Elementar zarralar sistematikasi. Atom yadrosining ichki xossalarini o’rganishning yagona yo’li yadroning elementar zarralar va elementar bo’lmagan zarralar bilan to’qnashishini kuzatishdan iborat. Bunda zarralar katta kinetik energiyalarga ega bo’lishlari zarur. Bunday energiyali zarralar radioaktiv yemirilish vaqtida hosil bo’lmaydi. Shuning uchun bunday energiyali zarralar oqimini hosil qilish uchun maxsus qurilmalardan foydalaniladi. Juda ham katta kinetik energiyali zarralarni yuzaga keltiruvchi qurilmalarga – tezlatkichlar deyiladi. Har qanday tezlatkich – tezlatilayotgan Tezlatkichlar turli belgilariga qarab har xil turlarga bo’linadi. To’g’ri ta`sir etuvchi tezlatkichlarda zarralar bir bosqichda tezlatilsa, ko’p karrali ta`sir etuvchi tezlatkichlarda esa ular bir necha bosqichda tezlatiladi. Yuqori kuchlanishli tezlatkichlarda zarralar doimiy potensiallar farqida tezlatilsa, induksion tezlatkichlarda esa o’zgaruvchan magnit maydon hosil qiluvchi uyurmaviy elektr maydonda tezlatiladi. Rezonans tezlatkichlarda zarra yuqori chastotali o’zgaruvchan elektr maydonda tezlatiladi. Chiziqli tezlatkichlarda zarra to’g’ri chiziq bo’ylab harakat qilsa, siklik tezlatkichlarda esa aylana yoki spiral bo’ylab harakatlanadi. Uzluksiz ravishda ishlovchi tezlatkichlarda statsionar oqim yuzaga kelsa, impulsli tezlatkichlarda bir –biridan ma’lum vaqt intervali bilan ajratilgan zarralar to’plami yuzaga keladi. Oddiy tezlatkichlarda zarralar oqimi qo’zg’almas nishonga kelib tushsa, oqimlar uchrashadigan tezlatkichlarda esa massalari va impuls modullari bir xil bo’lgan zarralar bir –birlari bilan to’qnashadilar. Zarralar manbaidan, tezlatuvchi kamera va tezlatilgan zarralar yo’naltiriladigan nishondan iborat bo’ladi. Har qanday tezlatkichlarda tezlatilayotgan zarra oqim yo’nalishidan chiqib ketishga harakat qiladi. Shu tufayli, tezlatkichlarda perpendikulyar fokuslash amalga oshiriladi. Bunday fokuslash zarraning harakat trayektoriyasiga perpendukulyar yo’nalishda, uning harakati turg’unligini ta`minlaydi. Fokuslash maxsus shakldagi magnit maydonlarini tanlash yo’li bilan amalga oshiriladi. O’tgan asrning 50 –yillarga qadar tezlatkichlarda kichik gradiyentli magnit maydonlarning ishlatilishiga asoslangan kuchsiz fokuslashdan foydalanilgan. Hozirgi zamon tezlatkichlarida esa katta gradiyentli magnit maydonlarning qo’llanilishiga asoslanagan qattiq yoki ishorasi o’zgaruvchi fokuslash ishlatiladi. Tezlatilayotgan zarralarning energiyasi va oqimi intensivligi har qanday tezlatkichlarning asosiy xarakteristikalari qatoriga kiradi. Ko’pchilik hollarda intensivlik o’rniga zarralar oqimidagi tok kuchi ishlatiladi. Impulsli tezlatkichlarda esa o’rtacha intensivlik va o’rtacha tok kuchi kabi kattaliklardan foydalaniladi. Zaryadlangan zarralarni elektrostatik maydonda tezlatish uchun elektrostatik tezlatkichlardan, o’zgaruvchan elektr maydonda zaryadlangan zarralarni tezlatish uchun chiziqli tezlatkichlardan, zaryadlangan zarralarni juda katta energiyagacha tezlatish uchun siklik tezlatkich – siklotronlardan foydalaniladi. Undan tashqari tezlatkichlarning o’zgaruvchan magnit maydonli va tezlatuvchi elektr maydoni o’zgaruvchan chastotali halqali tezlatkichlar –fazotron, sinxrotron, sinxrofazotron, induksion tezlatkich –betatron kabi turlari mavjud. Tezlatkichlarning bir turi chiziqli tezlatkichning ishlash prinsipi bilan tanishib chiqaylik. O’zgaruvchan tokchiziqli tezlatkichini birinchi bo’lib 1929 yili Videroe taklif qildi. Uni keyin Sloan (1931 yil), Al’varets (1946 yil) va boshqalar mukammallashtirgan. Bunday tezlatkichning eng sodda sxemasi 1–rasmda ko’rsatilgan. silindrik vakuum trubkada bir qator koaksial trubkasimon 1,2,3,4,5 … elektrodlar o’rnatiladi, ularga 6 va 7 shinalar orqali YuCH generatordan yuqori chastotali o’zgaruvchan kuchlanish beriladi. Tezlatiladigan zaryadlangan zarralar ionizatorda hosil bo’ladi va zarralar u yerdan elktrod yordamida tezlatkich trubkasiga tortib olinadi. Bunda elektrodga, agar musbat ionlar tezlatilayotgn bo’lsa, manfiy potensial, agar elektronlar tezlatilayotgan bo’lsa, musbat potensial beriladi. Tezlatilayotgan zaryadlangan zarralar trubkasimon katoddan chiqib, katod va birinchi trubkasimon elektrod orasidagi fazoga tushadi, ular orasiga yuqori chastotali maydon kuchlanishi qo’yilgan bo’ladi. zaryadlangan zarralar bu elektrodlar orasidagi masofani o’tib tezlashadi, so’ngra 1 trubkaga uchib kiradi, ular bu trubkadan tezlatuvchi yuqori chastotali maydon tebranishlarining yarim davriga teng vaqt ichida tezlanish olmasdan o’tadi. Shu tufayli 1 – 2 oraliqda undan zaryadlangan zarralar impul’si o’tayotgan momantda elektr maydon shunday yo’nalgan bo’ladiki, bu yo’nalish yarim davr oldingi 1 - oraliqdagi yo’nalish bilan mos tushadi. Shu tufayli zarralar 1 – 2 oraliqda tezlanuvchan harakat qiladi. Bu protses 2 – 3 oraliqda, so’ngra 3 – 4 oraliqda va h.k takrorlanadi . Yuqorida aytilganlardan ko’rinadiki, chiziqli tezlatkichda zarralar tezlatuvchi oraliqlardan ulardagi elektr maydon o’zgarishi bilan bir taktda harakatlanadi, ya`ni zarralar harakati bilan tezlatkichdagi elektr maydon tebranishlari orasida rezonans bo’ladi. ta elektrodli va ular orasiga amplitudali o’zgaruvchan potensiallar farqi qo’yilgan tezlatkichda zarralar olgan to’la energiya gat eng bo’ladi. soni katta bo’lganda ning kichik qiymatlarida juda katta energiyali zarralar olish mumkin. Aytib o’tilgan bu tezlatkich asosan protonlar, deytronlar, zarralar kabi og’ir zarralar uchun qo’llaniladi. Atom yadrosi va elementar zarralar fizikasining paydo bo’lishi hamda tarqqiy qilishiga imkoniyat yaratib bergan qurilmalar bilan tanishaylik. Bular yadrolar va elementar zarralarni qayd qilish, ularning to’qnashishlari va o’zaro bir –birlariga aylanishlarini o’rganish uchun mo’ljallanagan qurilmalardir. Muhitdan uchib o’tayotgan zarrani faqat uning modda bilan ta`sirlashishi tufayligina qayd qilish mumkin. Bunday ta`sirlashuvlarning turli xillari ma`lum. Zaryadlangan zarralar muhit orqali o’tgan vaqtlarida muhit atomlarini uyg’otadilar va ionlashtiradilar. Bu hodisalar tok impul’slari, yorug’lik chaqnashlari shaklida namoyon bo’ladi. kvantlar modda atomlarini ionlashtirmasa –da, ular bilan ta`sirlashishi tufayli tez elektronlarni hozil qiladilar va bu elektronlar o’z navbatida modda atomlarini ionlashtiradi. Neytronlar esa turli xil yadro reaksiyalarini keltirib chiqaradi. Bu reaksiyalarda protonlar, zarralar, bo’linish parchalari va boshqa zarralar hosil bo’ladi. bular ham modda atomlarini ionlashtirishi mumkin. Zarralar modda orqali o’tgan vaqtlarida ionlashish bilan bog’liq bo’lmagan jarayonlar, masalan, Vavilov –Cherenkov nurlanishi hosil bo’lishi mumkin. Zarralar modda bilan ta`sirlashganda yo’qotgan energiyalari boshqa turdagi energiyaga aylanadi. Masalan, muhit atomlariga berilgan energiya issiqlik energiyasiga aylanib, moddaning isishiga olib keladi. Mana shu energiya aylanishlaridan foydalangan holda zarralarni qayd qilish mumkin. Muhit orqali o’tgan zarralar energiyasini ularni o’lchash va qayd qilish uchun qulay bo’lgan boshqa turdagi energiyaga aylantirib beruvchi qurilmalarga ionlashgan nurlanish detektorlari yoki elementar zarralarni kuzatish va qayd qilish qurilmalari deyiladi. Zarra muhit orqali o’tish vaqtida ro’y berishi mumkin bo’lgan jarayonlar turiga qarab qayd qiluvchi qurilmalar quyidagi turlarga bo’linadi: 1. Ionizatsion detektorlar, bularning ishlash prinsipida asosan zarralarning muhit bilan ta`sirlashishi tufayli hosil bo’lgan ionlashsish jarayonidan foydalaniladi. Ularga ionizatsion kameralar, gaz razryadiga asoslangan sanagichlar, yarim o’tkazgichli detektorlar, Vil’son va pufakchali kameralar, fotoemul’siya va boshqalar kiradi. 2. Radiolyumunessent detektorlar, bularning ishlash prinsipida muhit atomlarining uyg’onishi yoki ionlashishi tufayli hosil bo’lgan yorug’lik chaqnashlari(ssintilyatsiya)dan foydalaniladi. Bu guruhga turli xil ssintilyatsion sanagichlar va termolyuminessent detektorlar kiradi. 3. Cherenkov detektorlari, ularning ishlash prinsipi Vavilov–Chernkov nurlanishiga asoslangan. 4. Kalorimetrik detektorlar, ularning ishlash prinsii nurlanish ta`sirida u o’tgan muhit yoki moddaning isishi effektiga asoslanadi. 5. Kimyoviy detektorlar, ularning ishlash prinsipi yadroviy nurlanish tufayli ro’y beradigan kimyoviy reaksiyalardan foydalanishga asoslangan. Misol, marganetsli detektor. 6. Zaryadli detektorlar, ularda yadroviy nurlanishning moddaga ta`siri tufayli yuaga kelgan elektr maydondan foydalaniladi. 7. Radionuqsonli detektorlar, ularning ishlash prinsipi moddalarning radiatsion zararlanishidan foydalanishga asoslangan. Zaryadlangan tez zarralarni qayd qiluvchi asboblardan muhimi –Vil’son kamerasidir. Vil’son kamerasining ishlash prinsipi quyidagicha. Zarralarni kuzatish uchun mo’ljallangan fazo suv yoki spirt bug’lariga to’yintirilgan gaz bilan to’ldiriladi. Agar gaz hajmini keskin kengaytirilsa, u holda gaz adiabatic sovuydi, bu esa kondensatsiya markazlarida (agar ular shu hajmda mavjud bo’lsa) bug’ning juda mayday tuman tomchilari shaklida kondensatsiyalanishiga olib keladi. Tez harakatlanuvchi zaryadlangan zarralar vujudga keltirgan gaz yoki bug’ ionlari shunday kondensatsiya markazlari bo’lib xizmat qilishi mumkin. Agar gaz hajmi yorug’lik dastasi bilan yoritilsa, u holda zaryadlangan zarralar kameradan o’tayotganda (undagi gaz kengayayotgan momentda) zaryadlangan zarralarning izi ko’rinuvchan bo’ladi. Agar Vil’son kamerasi magnit maydonga joylashtirilsa u holda kuzatilayotgan zarralar izi egrilanadi: musbat zaryatlangan zarralar bir tomonga, manfiy zaryatlangan zarralar esa boshqa tomonga og’adi. Bu elektronlarni pozitronlardan, protonlarni antiprotonlardan farq qilishga imkon beradi va h.k. Magnit maydonli Vil’son kamerasida kosmik nurlardagi pozitronlar, shuningdek, mezonlar va boshqa zarralar topilgan. 3 –rasmda Vil’son kamerasidagi -zarralar izining fotosurati keltirilgan. Hozirgi vaqtda Vilson kamerasi metodiga juda katta o’zgarishlar kiritildi, xususan, zarralarni kuzatish prosiessi avtomatlashtirilgan. Keyingi yillarda Vilson kamerasi bilan bir qatorda pufakchali kameralar ham kehg tarqaldi. Bu asbobning ishlash prinsiipi yuqori energiyali zarralar suyuqlik orqali harakatlanganda o’z traektoryasi bo’ylab bug’ hosil bo’lish markazlarini yuzaga keltirishiga asoslangan. Ularni visual kuzatish yoki fotisuratga olish mumkin. * Keyingi yillarda Vilson kamerasi bilan bir qatorda pufakchali kameralar ham kehg tarqaldi. Bu asbobning ishlash prinsiipi yuqori energiyali zarralar suyuqlik orqali harakatlanganda o’z traektoryasi bo’ylab bug’ hosil bo’lish markazlarini yuzaga keltirishiga asoslangan. Ularni visual kuzatish yoki fotisuratga olish mumkin. Bunday kameralarda ishchi suyuqlik sifatida vodorot, azot, efir, ksenon, propan, pentan va shu kabilar olinadi. Ishchi suyuqlik sifatida propan olinadigan pufakchali kameralar juda keng tarqalgan. Unda ishchi temperatura 65 C, bosim 35-40 atm. Bir qator hollarda gaz va suyuqlik aralashmasidan foydalaniladi, bu esa ishchi temperatura va bosimning kamayishiga olib keladi. Elementar zarralar haqidagi ta`limot hozirgi zamon atomistikasining eng yuqori bosqichidir. Mikrodunyoni o’rganshda uch bosqichni ta`kidlab o’tish mumkin: a) atom tuzlishini va yadro ichida sodir bo’ladigan protseslarni o’rganish; b) yadro tuzilishini va yadro ichida sodir bo’ladigan protseslarni o’rganish; c) atom yadrolari va atomlarning elektron qobiqlarini tashkil qilgan, shuningdek, yadro aylanishlarida vujudga keladigan zarralarni va ularni tashkil qilgan zarralarni o’rganish. Elektronika, atomlar tuzilishi, atomlar yadrolaridagi hodisalarni, kosmik nurlardagi jarayonlarni, tezlatkichlar yordamida olinadigan zaryadlangan tez zarralarda bo’ladigan har xil reaksiyalarni o’rganish elementar zarralar deb ataluvchi zarralarning juda ko’p miqdorda mavjud ekanligini qat`iy aniqlab olishga imkon berdi. Hozirgi vaqtda bunday zarralar qatoriga elektronlar, pozitronlar, protonlar, antiprotonlar, neytronlar va antineytronlar, neytrinolar va antineytrinolar, mezonlar, giperonlar, fotonlar va boshqalar kiradi. Bu zarralardan ba`zilari barqaror zarralar hisoblanadi, ya`ni o’z –o’zidan emirilib boshqa zarralarga aylanmaydi. Elementar zarralarning xarakterli xususiyati shuki, ular ikki xil ko’rinishda –zarralar va antizarralar ko’rinishida bo’ladi. Bu muayyan ko’rinishdagi musbat zaryadlangan zarralar bilan bir qatorda ularning manfiy zarralari ham mavjudligida o’z ifodasini topgan. Neytral zarralarda bu farq shundan iboratki, ularda mexanikaviy va magnit momentlari qarama–qarshi oriyentatsiyalangan bo’ladi. Hamma elementar zarralar u yoki bu massaga, energiyaga, harakat miqdori momentiga, ba`zi zarralar esa magnit momentga, lektr zaryadga ega bo’ladi. Elementar zarralardagi barcha o’zgarishlar massa, energiya, harakat miqdori, harakat mori momenti va elektr zaryadining saqlanish qonunlariga qat`iy bo’ysunadi. Hozirgi kunda ma`lum bo’lgan elementar zarralar(ular 400 ga yaqin) asosan ikki guruhga: 1.Leptonlar- elektron, tau mezon va ularning antilari. (Fermi –Dirak taqsimotiga binoan yengil hisoblanadi). va 2.Adronlar- barionlar(proton, neytron va fermion bo’lgan boshqa zarralar) va mezonlar ( mezonlar ka -mezonlar)(og’ir zarralar) ga bo’linadi. Yadro reaksiyalarni va yuqori energiyali zarralarning o’zoro ta’sirini o’rganish bo’yicha o’tkazilgan juda katta tadqiqot ishlari natijasida olingan eksperimental ma’limotlar to’plami hozirgi vaqtgacha ma’lum bo’lgan elemental zarralarni tegishli gruppalarga taqsimlashga imkon berdi. 1. Elektormagnit maydon ta`sir zarrasi –foton; 2. Leptonlar –elektron va pozitron, myuon va intimyuon, taon va antitaon, hamda ularning neytrinolari; 3. Mezonlar – mezonlar, ka –mezonlar, eta –nol mezonlar; 4.Barionlar –nuklonlar va giperonlar. 1964 yili amerikalik olim M. Gell–Mann va undan bexabar holda avstriyalik olim J. Sveyg o’sha vaqtdagi ma`lum adronlarni uchta zarradan(ularni Sveyg tuzlar, Gell–Mann esa kvarklar deb atadilar) iborat deb qaradilar. Bu uchta zarra kvarklar hozirgi vaqtda (up -yuqori), (down–past), (stronge–g’alati) bilan belgilanadi. Undan tashqari keyinchalik maftun, zebo, haqiqiy kvarklar aniqlandi. Zаrrаlаrni gruppаlаrgа аjrаlishdа ulаrning fаqаt mаssаlаri emаs, bаlki bоshqа хususiyatlаri hаm e`tibоrgа оlingаn. Mаsаlаn, lеptоnlаr vа bаriоnlаrning spinlаri 1/2gа (оmеgа — gipеrоnning spini 3/2 gа tеng), mеzоnlаrniki 0 gа, fоtоnniki esа 1 gа tеng. Zаrrаlаr yanа bir хususiyati bilаn bir-biridаn fаrqlаnаdi. Bu хususiyat — zаrrаlаr оrаsidаgi o’zаrо tа`sir хаrаktеridir. O’zаrо tа`sirning to’rt turi mаvjud: 1) kuchli o’zаrо tа`sir, u bilаn yadrоviy kuchlаr misоlidа tаnishgаnmiz; 2) elеktrоmаgnit o’zаrо tа`sir; 3) kuchsiz o’zаrо tа`sir 4) grаvitаtsiоn o’zаrо tа`sir, eng sust o’zаrо tа`sir bo’lib, uni elеmеntаr zаrrаlаr оlаmidаgi rоlini hisоbgа оlmаsа hаm bo’lаdi. E ’ t i b o r i n g i z u c h u n r a x m a t