logo

Borliq falsafasi (Ontologiya). Jamiyat falsafasi va inson borlig‘i

Yuklangan vaqt:

26.07.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

785.2431640625 KB
Borliq falsafasi (Ontologiya). Jamiyat falsafasi va inson borlig‘i Режа. 1 . Борлиқ категорияси.Борлиқ турлари. 2. Материя категорияси.Дунёнинг моддий бирлиги. 3.Фалсафий билишда тарихан шаклланган услублари метафизика, софистика, эклектика, синергетика. 4.Диалектик услуб ва тадкикот тамойиллари. Фалсафанинг онтология соҳасида тадқиқ этилади Борлиқ Борлиқнинг асосий шакллари : 1. Табиат борлиғи. 2. Инсон борлиғи. 3. Маънавий борлиқ . 4. Ижтимоий-социал борлиқ. Табиат борлиғи:  Бирламчи  Иккиламчи турларга эга. Маънавий борлиқ  маданият ва санъат асарлари,  тил, илмий кашфиётлар,  ғоялар, ахлоқ-одоб қоидалари,  фалсафий, эстетик, бадиий, сиёсий, тафаккурлаш маданияти,  руҳий кечинмалар,  диний тасаввурлар, тушунчалар ва х.к. мажмуи киради.  Жамият, шахс, миллат тараққиётининг манбаидир. Ижтимоий борлиқ  ҳодисаларнинг барча турларини ўз ичига қамраб олади.  Иқтисодий, ижтимоий, сиёсий,  ижтимоий этник, оилавий ва х.к. муносабатлардан таркиб топган,  доимо тараққий этиб,  ривожланиб турадиган жонли организмдир. Материя абстракция, фикрнинг махсулидир.  оламда «умуман материя» учрамайди  материянинг конкрет кўринишлари учрайди.  барча моддий объектларга хос хусусиятларни умумий тарзда ифодалаш учун қўллайдиган тушунча . М атерия тушунчасининг фалсафий мазмуни: А ) нарсаларнинг бизнинг онгимиз, хохишимизга боғлиқ бўлмаган холда мавжуд эканлиги; б) улар бизнинг сезги ва билимларимиз манбаи эканлигини билдиради. Материянинг модда кўриниши  Модда кўринишидаги материя тинчлик масса кўринишига эга.  Протон, нейтрон, электрон ва позитронларни, улардан ташкил топган атом ва молекулаларда намоён бўлади.  Суюқ, қаттиқ, газсимон, плазма, эпиплазма, физик вакуум холатида мавжуддир Материянинг майдон кўриниши  Материянинг майдон кўриниши ҳаракатдаги массага эга.  Ёруғлик тезлигига яқин тезлик билан ҳаракат қилади.  Электромагнит майдон, ядро майдони гравитацион майдон – майдон кўринишларидир . Материянинг масштаб ўлчов даражасилари:  Микродунё Мегадунё Макродунё Материянинг яшаш усули  Ҳаракат  Фазо  Вақт ҳаракат фазовақтtматерия Ҳаракат - ҳар қандай ўзгаришдир  Унинг шакллари: 1) механик ҳаракат (жисмларнинг фазодаги силжиши); 2) физик ҳаракат (иссиқлик, ёруғлик, электр, магнитизм); 3) кимёвий ҳаракат (кимёвий бирикиш ва парчаланиш, агрегат холатларнинг бир- бирига ўтиши) 4) Биологик ҳаракат (органик ҳаёт) 5) ижтимоий ҳаракат . Фазо ва вақтнинг умумий томонлари -1. объектив, инсон онги, иродаси ва ғояларига боғлик эмасдир. -2. абадий азалийдир. Фазо билан вақтнинг абадийлиги материянинг абадийлигидан келиб чиқади, -3. чексиз чегарасиз бепаёндир. Фазо ва вақтнинг ўзига хос хусусияти Фазо уч ўлчовга эгадир (бўйига ва баландлигига, олдига ва орқасига) Ҳозирги замон физикасига кўра тўртинчи ўлчов сифатида вақт олинган. Вақтнинг хусусияти бир ўлчовлигидадир, қайтарилмаслигидадир. Вақт  материянинг мавжудлик шаклидир  моддий жараённинг кенг ёйилиш изчиллигини англатади.  Жараённинг турли босқичлари, бир-биридан ажралганлиги, уларнинг давом этишини, уларнинг ривожланишини билдиради.  Ҳар бир нарса ўз ўтмиши, ҳозири ва келгусига эга.  Булар эса вақт тушунчасини ифодалайди.  Jamiyat tushunchasi Umumbashariy ma'noda jamiyat odamzodning umri, hayoti o'tgan hamma davri,joy va hududi bilan bog'liq barcha o'zgarish va jarayonlarni ifoda etadi. Jamiyat — tabiatning bir qismi. ya'ni ijtimoiy borliq bo'lib, odamlar uyushmasining maxsus shakli, kishilar o'rtasida amal qiladigan juda ko'plab munosabatlar yig'indisi, degan turlicha ta'riflar ham bor. Tarix falsafasi Tarix falsafasi tushunchasiga «Falsafiy qomusiy lug‘at» mualliflari bergan ta'rifni keltirish o‘rinli bo‘ladi deb o‘ylaymiz: «Tarix falsafasi – falsafaning tarixiy jarayonni va tarixiy bilishni talqin qilish bilan bog‘liq bo‘lgan bo‘limi». Shunday qilib, tarix falsafasi falsafaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Tarix falsafasining predmeti esa tarixiy jarayon va tarixiy bilishni talqin qilish, ularning mazmunini yoritib berishdan iborat. Tarix falsafasining funksiyalari . Tarix falsafasining funksiyalari to‘g‘risidagi masalani hal qilmasdan uning predmeti va o‘ziga xos jihatlarini to‘la anglab yetish mumkin emas. Tarix falsafasi falsafaning tarkibiy qismi ekanligiga asoslanib, tarix falsafasining funksiyalari umuman falsafaning funksiyalari bilan asosan bir xil, deb taxmin qilish mumkin. Ayni vaqtda shuni ham unutmaslik kerakki, tarix falsafasi o‘z alohida ob'ekti, predmeti, metodlari, tadqiqot maqsadlari va vazifalariga ega va bu uning muayyan xususiyatlari mavjudligidan dalolat beradi. Madaniyat tushunchasi.  Madaniyat – shaxs va jamiyat hayotining barcha jabhalarini qamrab oluvchi o‘ta serqirra hodisa. «Madaniyat» atamasi arabcha «madina» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «shahar» degan ma'noni anglatadi. Arablar kishilar hayotini ikki turga ajratib, birini badaviy yoki sahroyi turmush, ikkinchisini madaniy turmush deb ataganlar. Madaniyat tushunchasining mazmuni moddiy va ma'naviy qadriyatlar, ularni yaratish, ajdodlar tajribasini o‘zlashtirib, undan yangi qadriyatlar yaratish uchun foydalanishga qodir bo‘lgan insonni shakllantirish usullari tizimidan iborat. Madaniyat yaxlit bo‘lib, ancha murakkab tuzilishga ega . Sivilizatsiya tushunchasi Sivilizatsiya (lot. civilis – fuqarolik, davlatga doir) atamasi har xil ma'noda ishlatiladi. Birinchidan, sivilizatsiya – insoniyat rivojlanishida varvarlikdan keyin boshlangan va sinflar, davlat vujudga kelishi, urbanizatsiya va yozuv paydo bo‘lishi bilan tavsiflanadigan tarixiy bosqich. Ikkinchidan, sivilizatsiya – barcha madaniyatlar yaxlitligining tavsifi, ularning umuminsoniy birligi sifatida («jahon sivili- zatsiyasi», «ma'rifatli hayot tarzi» va sh.k.)namoyon bo‘ladi. Uchinchidan, sivilizatsiya – «moddiy madaniyat» atamasining sinonimi sifatida: qulay narsa, texnika yaratadigan qulaylik (turar joy, ro‘zg‘or texnikasi, transport va aloqa, xizmatlar ko‘rsatish va sh.k.)ni ifodalaydi. To‘rtinchidan, sivilizatsiya – tarixiy jarayon birligining tavsifi sifatida xarakterlanadi. . An'anaviy, liberal va oraliq sivilizatsiyalar  Liberal sivilizatsiya yoki G‘arb sivilizatsiyasi madaniy va siyosiy plyuralizm hamda jamiyatning asosiy qadriyati – huquq tizimining vujudga kelishi bilan bog‘liq .  An'anaviy sivilizatsiyalar ijtimoiy hayotning varvarlikka chek qo‘yish bilan bog‘liq dastlabki shaklidan iborat .  Oraliq sivilizatsiya yoki o‘tish davri sivilizatsiyasi ulkan inshootlar (to‘g‘onlar, kanallar va sh.k.) barpo etish, yangi hududlarni bosib olish yoki o‘z hududini tashqi dushmandan himoya qilish (masalan, Buyuk Xitoy devori) zaruriyati tufayli vujudga keladi. Ong inson borlig‘ining eng muhim omilidir .  Ong shak-shubhasiz mavjud, ammo u mavhum bo‘lib, balki bilvosita – odamlar tili va muayyan faoliyati orqali namoyon bo‘ladi. Ongning tabiati nafaqat falsafada, balki fiziologiya, psixologiya, sotsiologiya, kibernetika, informatika va boshqa ijtimoiy va tabiiy fanlarda ham o‘rganiladi. Ongning tarkibiy elementlari. Ongning birinchi elementi – bilim. Bu ongning bosh tarkibiy elementi, uning o‘zagi, mavjudlik vositasi. • Ong strukturasining ikkinchi muhim elementi emotsiyalardir. Ongning uchinchi tarkibiy elementi iroda. • Ong strukturasining elementi – bu tafakkur dir. Ong va ongsizlikning aloqadorligi.  Ruhiyat – ongga qaraganda murakkabroq tuzilma bo‘lib, u aks ettirishning ikki sohasi – ong va ongsizlikni o‘z ichiga oladi. Ongsizlik sohasi – bu aqldan tashqaridagi ruhiy hodisalar, holatlar va harakatlar majmui Ongsizlik strukturasi.  Intuitsiya – bu olish yo‘llari va shartlarini anglamasdan, bevosita hissiy kuzatish yoki mushohada yuritish yo‘li bilan olinadigan bilim. Avtomatizmlar – bu avval ong nazorati ostida paydo bo‘lib, uzoq mashq qilish va ko‘p karra takrorlash natijasida ongsiz harakatlar xususiyatini kasb etuvchi insonning murakkab harakatlari. Tush, gipnoz holati, somnambulizm hodisalari, hushsizlik holatlari ham ongsiz harakatlar hisoblanadi. O‘zlikni anglash strukturasi: o‘z-o‘zini his qilish • o‘z-o‘zini bilish o‘z-o‘ziga baho berish • o‘z-o‘zini boshqarish Фазо  Ҳаракатдаги материя мавжудлигининг туб объектив шаклидир.  Моддий объектларинг биргаликда мавжудлигини ва бир биридан узоқлигини  уларнинг кўламини, бир-бирига нисбатан жойлашиш тартибини ифодалайди.