logo

Tabiatni muhofaza qilish va undan foydalanishning ekologik, ijtimoiy iqtisodiy va siyosiy jihatlari

Yuklangan vaqt:

23.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

2467 KB
TABIATNI MUHOFAZA QILISH VA UNDAN FOYDALANISHNING EKOLOGIK, IJTIMOIY IQTISODIY VA SIYOSIY JIHATLARI WWW.ARXV.UZ REJA: • 1. Tabiiy muhit holatini o`rganish, tushunish va baholash muammolari. Ekologik monitoring. • 2. Ekologik ekspertiza. Atrof-muhitga ta`sirni baholash. Ekologik bashoratlashtirish. Ekologik ta`lim-tarbiya masalalari. • 3. Urbanizatsiya va atrof-muhit. Tabiatdan foydalanish iqtisodiyoti. • Tayanch iboralar : ekologik nazorat, regressiv va progressiv o`zgarishlar • XX asr oxirida insoniyatning biosferadagi jarayonlarga ta`siri o`zining yuqori bosqichiga yetdi. Hozirgi avlod ko`z o`ngida mahalliy va mintaqaviy ekologik inqiroz vaziyatlari kuzatilmoqda. Bunday murakkab davrda ekologiyaning ilmiy-nazariy, amaliy, ta`limiy, madaniy ahamiyatlari tobora ortib bormoqda. Atrof muhit holatini baholash, zarur tadbirlarning o`z vaqtida o`tkazilishini ta`minlash ekologik bilimlarning rivojlanganlik darajasi bilan bevosita bog`liqdir. • Atrof muhit holatini kuzatish, nazorat qilish va boshqarish tizimi – monitoring , ekologik vaziyatni o`rganish va baholash imkoniyatini beradi. Monitoring ko`chma laboratoriyalar, turg`un postlar va maxsus jihozlangan observatoriyalarda olib boriladi. Lekin monitoring tizimi turi biosfera va uning alohida hududlaridagi ekologik vaziyatni to`g`ri baholash uchun har doim ham yetarlicha imkoniyatga ega emas. Natijada atrof muhit holati va mavjud ma`lumotlar o`rtasida farqlar bo`lishi muqarrar. Shuning uchun hozirgi kunda atrof muhitdagi o`zgarishlarni to`g`ri va ishonarli baholash muammoli vazifadir. Atrof muhit holatini to`g`ri va ishonarli baholash kelajakda yuz berishi mumkin bo`lgan ekologik o`zgarishlarni oldindan bashorat qilish imkonini beradi. WWW.ARXV.UZ  • Yoshlarga ekologik tarbiya berishda tabiat qo`yniga ekskursiya va yurishlar uyushtirish katta ahamiyatga egadir. Tabiatni muhofaza qilish, tabiatdan oqilona foydalanish va ekologik sharoitlarni yaxshilada ekologik ta`lim va tarbiya muhim rol o`ynaydi. Turli mamlakatlardagi ekologik vaziyat, tabiatdan foydalanish xususiyatlari ko`p jihatdan aholini ekologik savodxonlik darajasi, ekologik madaniyatiga bog`likdir. Ekologik ta`lim va tarbiya BMT, YUNESKO, YUNEP, va VOZ kabi tashkilotlarning diqqat markazidagi masaladir. (YUNESKO - BMTning fan va madaniyat ishlari bo`yicha shug`ullanadigan mustaqil bir tuzilmasidir. Uning bosh qarorgohi Parij shahrida joylashgan. BMTning o`zi esa Nyu-York shahrida joylashgan, unga dunyodagi 190 ta davlat kiradi.) Ekologik ta`lim va tarbiyani rivojlantirish uchun jahon, alohida davlatlar miqyosida turli tadbirlar o`tkazmoqda. Har bir soha mutaxassisi ekologik savodxon bo`lishi va o`z faoliyatida tabiatga zarar yetkazmasligi, ekologik ta`lim-tarbiyani rivojlantirishga hissasini qo`shishi lozimdir.  • XXI - asr ekologiya asri bo`lishi shubhasizdir. Har bir inson ona sayyoramiz tabiatiga ziyon yetkazmasdan o`zgartirish, tabiiy boyliklaridan oqilona foydalanish va yashash muhitini saqlashdek muqaddas ishga o`zining munosib hissasini qo`shishi lozimdir. • Hozirgi davrda ekologik fojialar bir mamlakat yoki mintaqa chegarasidan chiqib, global darajada katta territoriyalarni egallamoqda (ozon qavatining siyraklashuvi, Sahroi Kabirni janubga siljishi, yerlarni eroziyaga uchrashi, atmosfera havosining ifloslanishi va hokazolar). Sodir bo`lgan global darajadagi ekologik muammolar xalqaro tashkilotlarni, davlat arboblarini, siyosatchilarni aralashuvi orqali hal qilish mumkinligini ko`rsatmoqda. • Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh Assambleyasining tashabbusi bilan sayyoramizdagi ekologik muammolarni o`rganish bo`yicha xalqaro komissiya tuzilib, uning rahbari Norvegiya bosh ministri Gro Xralem Brundland tayinlandi. Komissiya ishining asosiy mazmuni sayyoramizdagi ekologik inqirozlar sababini aniqlash va uni oldini olish choralarini ko`rishga qaratilgan edi.  • Xalqaro Komissiyaning asosiy vazifasi sayyoramizning ekologik holatini «Global darajada o`zgarish dasturi»ni ishlab chiqish desa bo`ladi. Bu borada BMT ning asosiy vazifasi quyidagilardir: • sayyoramizdagi tabiatni muhofaza qilishni uzoq yillik (2000 yil va undan keyingi uzoq davr) strategiyasini ishlab chiqish; • tabiatni muhofaza qilish borasida mamlakatlar o`rtasida hamkorlik o`rnatish, bunda har bir mintaqa yo mamlakatni tabiiy resurslari bilan aholisi soni o`rtasidagi bog`liqlikni hisobga olish; • xalqaro hamjamiyat mamlakatlarning ekologik muammolarni yechishni samarali usullarini va imkoniyatlarini topish; • tabiatni muhofaza qilish borasida mamlakatlarga yordam ko`rsatish; • Biz shunday davrda yashayapmizki BMT, siyosatshunoslar, soha mutahasislari u yoki bu muammolarning yechimi hamkorliklarni markazlashtirish orqali ish tutishni taqozo etmoqda. Bu borada BMT, uning bosh sekretari va bo`lim xodimlari oldida ulkan vazifalar turibdi.  • Hozirgi zamonda davlatlarni hamkorlikka chaqirish muhim masaladir. Ikkinchi jaxon urushidan keyin ko`p mamlakatlarni iqtisodiy hamkorligi, ularni rivojlanishiga olib keldi, endilikda esa ekologik hamkorlikni amalga oshirish dolzarb muammoga aylandi. • 60-yillarda tabiiy boyliklari ko`p bo`lgan mamlakatlarning koloniyadan ozod bo`lishi, ularni taraqqiy etishiga umid bog`lanadi, ammo bu mamlakatlarni milliy izolyatsiyalanishi ularni regressga olib keldi. 70-yillardan keyin Bmtning xalqaro hamkorlikni kuchaytirish uchun qator konferensiyalari bo`ldi. • Oxirgi yillarda fan murakkab va juda muhim ekologik muammolar haqida ma`lumotlar berdi: iqlimning isib borishi, ozon tuynugi paydo bo`lishi, sahrolarni unumdor yerlarga siljishi. Endi esa bu muammolarni yechish yo`lini aniqlash masalasi turadi. Tabiatda sodir bo`lgan inqiroz avval sanoati rnivojlangan mamlakatlarni muammosi deb o`ylandi, keyinchalik bu rivojlanayotgan mamlakatlarda ham bunday ekologik muammolar paydo bo`ldi. Ayniqsa ko`p miqdorda qurollarni yig`ilib qolishi, atom bombasini yaratilishi kaktta xavflarni tug`dirdi.  • Ekologik muammolarni hal qilishda davlat arboblari, yuqori malakali mutaxasislar, ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlardan ko`proq ishtirok etishlari kerak. • Afrikadagi ocharchilik, Chernobil va Bxopaldagi (Xindiston) ekologik fojialar, soha mutaxasislarini kelgusida sodir bo`lishi mumkin, degan bashoratlarini tasdiqladi. • Sayyoramizdagi aholi sonining o`sishi va uning tabiatga salbiy ta`miri, uning iqtisodiy muammolarni keltirib chiqarishi eng murakkab, yechimi qiyin bo`lgan masalardandir. • Yuqorida keltirilgan Komissiya barcha mamlakatlarning davlat arboblariga, ministrlarga, yirik korporatsiya raxbarlariga, yoshlarga, o`qituvchilarga murojaat qilib, barchani jamoatchilikni hayot-momot masalasi bo`lgan tabiatni muhofaza qilishga chaqiradi. Agar tabiatni muhofaza qilish masalasi har bir yosh va keksaning ongiga qalar yetib bormasa, bu muammoni hal qilish qiyin. Chunki maktab va o`quv yurtlari jamoatchilikni fikrini o`zgarishiga katta rol o`ynaydi. WWW.ARXV.UZ • XX asrning o`rtalarida inson birinchi marotaba kosmosdan yerni ko`rishga muvaffaq bo`ldi. Yerimiz unchalik katta bo`lmagan (nozik, zaif), sharsimon tuzilishiga ega, odamlar o`ylagancha yirik emas. Yer bulutlar, okeanlar, o`simlik va tuprqlardan tuzilgan sistemadan iborat. Inson o`z faoliyati bilan bu tizimga salbiy ta`sir etsa, yerda hayotning davom etishiga xavf tug`diradi. • Inson o`z faoliyatini tabiat qonunlari bilan moslashtirib borsa, uning hayoti va tabiat yashnab ravnaq topadi. Bu borada insoniyatning madaniy va ma`naviy merosi, uning iqtisodiy muammolarining yechimiga katta yordam berishi mumkin. Ammo insoniyat oldidagi barcha ekologik muammolar faqat keskin siyosiy tadbirlar ko`rib, tabiat resurslaridan oqilona foydalangandagina sayyoramizdagi aholini hayoti farovon bo`lishi mumkin. • Buning uchun dalillar asosida barchani ogohlantirib, tabiiy boyliklarni tejab, kelgusi avlodlarga ham qoldirib, ulardan oqilona foydalanish kerak. WWW.ARXV.UZ WWW.ARXV.UZ • Tashqi muhitni muxofazasi borasida ham xavfli tendensiyalar sodir bo`ldi. Har bir 6 mln.gektar hosildor yer saxroga aylanmoqda, har yili 11 mln.ga o`rmon qirqilib yuborilmoqda (30 yilda Hindiston territoriyasiga teng o`rmon qirqilib ketgan). Yevropa mamlakatlaridagi kislotali yomg`irlar o`rmon va ko`llarga, tuproqqa, qadimgi yodgorliklarga zarar keltirmoqda. Neft maxsulotlari yonishidan chiqqan uglerod oksidi iqlimni isitib, kelgusida muzliklarni erishiga, suv toshqinlarini sodir qilib iqtisodga katta zarar keltirish xavfini tug`dirmoqda. Ozon qavati siyraklashib (Afrikada 3%), odamlar va hayvonlarga rak kasalini ko`payishiga, sanoat va qishloq xo`jaligidan chiqqan zaharli moddalr suv, oziq-ovqat maxsulotlarini zaharlamoqda. Afrikada sodir bo`lgan qurg`oqchilik 1 mln. kishini xalok bo`lishiga, 35 mln. kishining hayotini xavf ostida qoldirdi. Hindistonni Bxolapa kimyoviy zaodidan chiqqan zaharli moddadan 2500 kishi xalok bo`ldi. 200000 kishi ko`r bo`lib qoldi va zaharlandi. Mexikodagi suyuq gaz sistirnasini portlashidan 1000 kishi halok bo`ldi, birnecha ming kishi uy- joysiz qoldi. Sifatsiz suv iste ` mol qilgandan sayyoramiz bo`yicha 60 mln.kishi ayniqsa, bolalar oshqozon ichak kaslligiga uchrab, nobud bo`ldilar. Afrikada 33 mln. kishi SPID bilan kasallangan. WWW.ARXV.UZ  • Bir-biriga bog`liq inqirozlar. Yaqin yillarga qadar sayyoramizdagi har-xil tarmoqlar (energetika, qishloq xo`jaligi, savdo va boshqalar) alohida mustaqil hitsoblanar edi. Keyingi yillarda bular o`rtasidagi chegara yo`qolib boryapti, chunki bu masalalar bir-biriga juda bog`liqdir. • Ma`lumki sayyoramizda axoli soni borgan sari ko`payib bormoqda. Hozirgi vaqtda aholi soni 6 mlrd dan oshgan bo`lsa, BMT ning bashoratiga ko`ra XXI asrda 8-14 mlrd ga yetadi. Aholi soni 90% ning o`sishi qashshoq mamlakatlarga to`g`ri keladi, 90% esa shunday ham ko`payib ketayotgan shahar aholisi hisobida bo`ladi. • Dunyodagi mamlakatlarning iqtisodiy holati ham ko`p marta oshdi, qaysiki, uning miqdori 13 trln dollarni tashkil etadi. Kelgusi 50-yillarda u yana 5-10 marta ko`payishi ko`zda tutilmoqda. Oxirgi 100 yilda sanoat ishlab chiqarishi 50 marta oshdi. Sanoatning bunday tez o`sishi biosferaning o`zgarishiga olib kelmoqda. Bundan tashqari uy- joy qurilishi, transport vositalari va fermer xo`jaliklari ham ko`paydi. Ba`zi mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishi asosan tabiiy boyliklarni (o`rmon, yer, suv havzalari, qazilma boyliklari) ko`p ishlatish hisobida bo`ldi.  • Tuproqning eroziyaga uchrashi millionlab kishilarni o`z joylarini tashlab ketishga majbur etayapti. (Qadimgi mesopotamiyadagidek) Lotin Amerikasi va Afrikadagi o`rmonlarni qirqilishi tufayli pastki tomonga suv toshqinlarini ko`paytirmoqda. Kislotali va radioaktiv yomg`irlar Yevropadan chiqib boshqa mintaqalarga tarqalmoqda. Shunga o`xshash ekologik falokatlar global darajada sodir bo`lmoqda. (ozon qavatini siyraklashuvi, suv toshqinlari). Qishloq xo`jaligi maxsulotlari tarkibidagi kimyoviy moddalar ham keng tarqalmoqda. Yangi asrda ekologik muammolar, uning oqibatida kishilarning migarsiyasi yana ham kuchayadi. Oxirgi 10 yillarda qishloqlarda fermerlar sonini ko`payishi yangi ekologik muammolarni chiqardi. Shaharlarda odamlarning yashashini qiyinlashuviga olib kelmoqda. • Ko`p rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiy ahvoli tabiiy boyliklardan unumli (ratsional) foydalanish imkonini bermaydi. Ularda asosan asosan qishloq xo`jaligi, o`rmon xo`jaligi yoki mineral boyliklar hisobida milliy daromad olinadi. Shuningdek, ishchi joyi tashkil etadi. Ba`zi qashshoq mamlakatlarni iqtisodi asosan tabiiy resurslarni eksport qilish orqali erishishga qaratilgan. Bunday mamlakatlar o`zlarining tabiiy boyliklarini ayovsiz eksplatatsiya qiladilar.  • Yaqinda Afrikada sodir bo`lgan ekologik va iqtisodiy inqiroz qanday sodir bo`ldi? Avvalambor qitada inqiroz qurg`oqchilikdan boshlanadi, ammo uning ildizi yanada chuqurroq. Uning asosiy sababi axoli sonini va mayda fermer xo`jaliklarini ko`payishidir. Bundan tashqari dunyo bo`yicha iqtisodiy sistemadagi (prinsip) qoidalar, ya`ni qashshoq mamlakatlarga yordam berish o`rniga, ko`proq ulardan arzon narxda xom-ashyo olishga qaratilgan. Bu mamlakatlar o`z qarzlarini to`lay olmaganlari uchun ularni xom-ashyolari bilan savdo qilishga majbur etadilar. Bu esa qashshoq mamlakatlar yerlarini, tabiiy boyliklarini ayovsiz eksplatatsiya qilishga olib keladi. Oqibatda ularning tabiiy boyliklari kamayib, yerlarni eroziyaga uchrab qolmoqda. • BMT qoshida tuzilgan Komissiyasining analiziga ko`ra, 70-yillarda 60- yillarga ko`ra tabiiy ofatlardan har yili ikki barovar ko`p aziyat chekmoqda. Falokatlarning asosiy sababi rivojlanishda tabiatni muhofaza qilish ishlari noto`g`ri tashkil etilganligidadir. Chunonchi, qurg`oqchilik, suv toshqinlari ta`sirida katta joylar zarar ko`rib, aholining aksariyat qismi aziyat chekmoqda. 60-yillarda qurg`oqchilikdan 18,5 mln.kishi jabrlangan bo`lsa, 70-yillarda 24,4 mln., 60-yillarda suv toshqinidan 5,2 mln. kishi, 70-yillarda 15,4 kishi jabrlandi.  • Zilzilalardan ko`pincha aholini mustahkam uy qura olmagan qashshoq qismi jabrlandi. 80-yillarda birgina Afrikada 35 mln. kishi, Hindistonda o`n millionlab kishilar jabrlandi. And va Himolay tog`larida o`rmonlarning qirqilishidan suv toshqinlari ko`paydi. Borgan sari sayyoramizda bunday tabiiy ofatlar ta`siridan kishilarning jabrlanishi ortib bormoqda. matbuotda, televizorda bular haqida har kuni noxush xabarlar kelib turibdi. • Taraqqiy etgan mamlakatlarning rivojlanayotgan mamlakatlarga savdo sohasida qo`ygan to`siqlari (arzon narx qo`yishlari) bu mamlakatlarni ekologik holatlariga yanada ko`proq qiyinchilik tug`diradi. Lotin Amerikasi mamlakatlarini tabiiy boyliklari shu mamlakatlarni rivojlanishi uchun emas, balki ularni chet mamlakatlardan olgan qarzlarini to`lash uchun emas, balki ularni chet mamlakatlardan olgan qarzlarini to`lash uchun sarflanmoqda. Masalaga bunday yondashish siyosiy, iqtisodiy va ekologik jihatdan uzoqni ko`ra olmaslik oqibatidandir. Tabiiy boyliklarni chetga eksport qilinishi bu mamlakatlar xalqlarini aksariyat qismini yanada ko`proq qashshoqlikka olib kelmoqda.  • Hozirgi davrda ko`p rivojlanayotgan mamlakatlarning xalqlarini daromadlari oldingi yillarga qaraganda kamayib bormoqda. Odamlarning sonini ko`payishi, qashshoqlikni kuchayishi bu mamlakatlarda tabiiy boyliklarni yanada ko`proq olish zaruratini tug`dirmoqda. Ko`p mamlakatlarni hukumatlari rivojlanishni rejalashtirib, tabiatni muhofaza qilish muammolariga e`tiborni kamaytirdilar. Chuqurlashib borayotgan ekologik inqirozlar nafaqat mamlakatni xavfsizligiga hatto xalqlarning xayotiga xavf tug`dirmoqda. Hozirgi davrda Afrika, Osiyo, Yaqin Sharq, Lotin Amerikasi mamlakatlarida tashqi muhit holatining buzilishi, xalqaro siyosiy munosabatlarni buzilishi sababli sodir bo`lmoqda. Afrikadagi ko`p mamlakatlarning unumli yerlari urushlardan emas, ekologik urushdan ko`rilgan zararlardan bir necha marta ko`pdir. • Hozirgi davrda ko`p xukumat rahbarlari global darajadagi ekologik falokatlar sodir bo`lguncha (ozon qavati tugaguncha, global darajadagi suv toshqinlari, kislotali yomg`irlar yog`ib katta ofatga aylanguncha saxrolar kengayib, ko`p tur tirik organizmlarni o`lib ketguncha va h. ko.) bu dunyodan ko`z yumadilar. Tabiatga munosabat shunday davom etaversa kelgusi avlodga xuvillab inqirozga uchrab tabiat qoladi. Shuning uchun ham yoshlar Komissiyani fikriga ko`proq qo`shiladilar, ammo ularni ovoz berish, siyosiy va moliyaviy imkoniyatlari yo`q.  • Aholi va inson resurslari. Ba`zi mamlakatlarda odamlar juda ko`payaborib, mavjud tabiat boyliklari, yetishtirilgan oziq-ovqat, energiya, uy-joy, sog`liqni saqlash sohasida oilb borayotgan ishlarining darajasi ko`payotgan odamlarning talabini qondira olmay qoldi. Asosiy masala o`sayotgan odam sonining mavjud resurslarga to`g`ri kelishidir. Bundan tashqari aholi ma`lumotini oshirib borish ham muhim ahamiyatga ega, chunki mavjud resurslarni o`zlashtirish uchun bilimli odamlar kerak bo`ladi. • Hukumat rahbarlari o`z mamlakatlari aholisining uzoq yillarga mo`ljallangan demografik siyosatni aniqlab, bunda ularni sotsial, madaniy, iqtisodiy ta`minlanishi, oila soni, ularni ma`lumot olish imkoniyatlarini e`tiborga olishlari kerak. Kishilar nafaqt texnik bilimlarni o`zlashtirishlari, axloqiy jihatdan ham yetuk bo`lib shakllanishi kerak. Ayniqsa, sivilaziya uzoqroq bo`lgan, qabila bo`lib yashovchi kishilar alohida e`tiborga muhtoj, chunki iqtisodiy rivojlanish kuchlari ularning azaldan kelgan hayot tarzini o`zgartiradi (o`rmon, tabiat boyliklarini o`zlashtirilishi). Hukumat rahbarlari ularni tan olish, oddiy aholi fikrlarini e`tiborga olishlari kerak, yangi ishlab chiqarish texnologiyalarga o`rgatib, ularni jalb qilish lozim. WWW.ARXV.UZ  • Oziq-ovqat mahsulotlarini ko`p yetishtirayotgan mamlakatlarda ularni yetishtirish uchun hukumat katta mablag` ajratib, xalqaro konkurensiyadan himoya qilingan. Qishloq xo`jaligiga ajratilgan bu katta mablag` yerga ko`p kimyoviy o`g`it berilishiga, tashqi muhitni ifloslanishiga yetishtirilgan oziq-ovkatnisifatini pasayishiga olib keladi. Ularning ortiqchasini arzon narxda yo yordam sifatida qashshoq mamlakatlarda yuborilishi o`sha mamlakatlarning qishloq xo`jaligiga putur yetkazadi. Masalan, Rossiyadagi ahvol. Qishloq xo`jaligining bunday rivojlanishi ekologiya va iqtisodga putur yetkazishini ko`p kishilar tushunib qoldi. • Rivojlanayotgan mamlakatlarda esa dehqonlar davlatdan yordam (subsidiya) ola olmasdan qishloq xo`jalik mahsulotlarini yetarli, sifatli ishlab chiqara olmaydilar. Ba`zilari unumsiz, relfi nuqlay, suv bilan yaxshi ta`minlanmagan joylarga siqib qo`yilgan. Shuning uchun ham rivojlanayotgan mamlakatlarning xalqlari oziq-ovqat mahsulotlariga ko`proq muhtojdirlar.  • Energetika va tashqi muhit. Energiyaga talab yil sayin oshmoqda. Ayniqsa, aholisi, sanoati va qishloq xo`jaligi rivojlanayotgan mamlakatlarda unga talab ko`paymoqda. Hozirgi davrda sanoati, iqtisodi rivojlangan mamlakatdagi har bir kishi Sahroi Kabirni janubidagi mamlakat xalqlariga nisbatan 80 marta ko`p energiya sarflaydi. • Rivojlanayotgan mamlakatlar 2025 yilda energiya sarfi bo`yicha rivojlangan mamlakatlarga yetishi uchun ular energiya ishlab chiqarishni 5 marta oshirishlari kerak. Sayyoramizning ekosistemasi bunday yuklamaga (nagruzka) bardosh bera olmaydi, ayniqsa, energiya mineral moddalar (neft, ko`mir) ishlatib olinsa, chunki havoni isishi va kislotali yomg`irlar yanada kuchayadi. Shunday qilib, har qanday iqtisodiy taraqqiyotni kam energiya sarflab erishish maqsadga muvofiq bo`ladi. • Kirq yillar davomida olib borilgan katta tadqiqot ishlari natijasida atom energiyasidan foydalanish imkoni tug`ildi. Ammo unga sarflangan katta xarajat va xavfli tomonlari mavjudligidan atom energiyasidan foydalanishga nisbatan har xil fikrlar paydo bo`ldi (Chernobi va boshqa avariyalar). Shuni qayd qilish kerakki, atom energiyasidan faqatgina ekologik jihatdan xavfsizligina foydalanish kerak.  • BMTning dengiz va okean suvidan foydalanish xuquqlari haqidagi konferensiyasida qabul qilingan qarorlar dengiz resurslaridan qanday unumli foydalanish lozimligi to`g`risida muhim xujjatdir. Baliqlarni ovlash tartibi, chiqindilarning to`kilishini olidni olish haqidagi konvensiyalar qayta ko`rilib, mukammallashtirilishi kerak. Shundagina baliq ovlash tartibga olinadi yoki dengiz va okeanlarga to`kiladigan chiqindilar miqdori kamayitshi mumkin. • Yer yaqinidagi kosmik fazodan foydalanish haqida ko`p tortishuvlar bo`ldi. Chunki unda kosmik kemalarning qoldiqlari, parchalari, ko`payib, fazoni ifloslantirib yuborgan. Ayniqsa, orbitaga kosmik qurollarni chiqarish, unda siniq parchalar sonini ko`paytirib qo`yadi. 80-90 yillarda bu borada shov-shuvlar ko`payib ketgan edi. Hozir esa biroz tinchigan, ammo bu muammolar o`z yechimini topmagan. Kosmosga raketa uchirayotgan mamlakatlar kosmosni toza saqlashga va undan faqat tinchlik maqsadida foydalanishlari kerak. • Tinchlik, xavfsizli, tashqi muhit. Tashqi muhitga eng xavfli omil u yadro urushidir. Ba`zi mamlakatlar o`zlarining go`yo xavfsizligini ta`minlash uchun atom bombasiga ega bo`lishga harakat qilishadi. Umuman, harbiy yo`l bilan ekologik xavfsizlikni ta`minlash mumkin emas.  FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Karimov I. A. «O`zbekiston XXI asr bo`saasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» Toshkent. O` zbekiston, 1997. 2. Baratov P . Tabiatni muhofaza q ilish. T.Oqituvchi, 1991. 3. Biologik xilma-xillikni saqlash milliy strategiya va harakat rejasi . T.1998. 4. Tilovov T. Ekologiyaning dolzarb muammolari. Qarshi. Nasaf, 2003. 5. T o` xtayev A. Xamidov A . Ekologiya asoslari va tabiatni muxofaza q ilish. T. O`qit. 1997. • www.nature.uz • www.uznature.uz • www.econews.uznature.uz • www.ziyonet.uz • www.google.uz • www.nun.uz