logo

Ekologik madaniyat, ekologik xavfsizlik va uning tabiiy geografik jihatlari

Yuklangan vaqt:

19.11.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

4169.11328125 KB
Ekologik madaniyat, ekologik xavfsizlik va uning tabiiy geografik jihatlari Ekologik ta’lim – tarbiya Ekologik tarbiya oiladan boshlanadi. Ekologik ta`lim va tarbiya bog`chadan olib o`quv yurtigacha uzluksiz davom etishi lozim. Tabiatga mehr insonlarga oqibat demakdir. Ekologik ta`lim va tarbiya BMT, YUNESKO va YUNEP ning diqqat markazidagi masaladir. Ekologik ta`lim va tarbiyani rivojlantirish uchun jahon, alohida davlatlar miqyosida turli tadbirlar o`tkazilmoqda. Har bir soha mutaxassisi ekologik savodhon va ekologik madaniyatli bo`lishi va o`z faoliyatida tabiatga zarar yetkazmasligi, ekologik ta`lim tarbiyani, ekologik madaniyatni, savodxonlikni rivojlantirishga hissasini qo`shishi lozimdir. Ekologik ong va madaniyat tabiatni avaylab asraganda, unga ongli munosabatda bo`lganda, boyliklaridan me`yorida foydalanishda, noxush hodisalarning oldini olishda, eng zaruri atrof-muhit doimo toza saqlashda namoyon bo`ladi. Ekologik tarbiyalanmagan kishi tabiatni e`zozlay olmaydi. Ekologik ta`lim - tarbiyaning barchasi barobar zarurdir.  Atrof - muhit muhofazasida aholi ekologik ong va madaniyatning ahamiyati – tabiat inson uchun yagona makon, u odamni turli oziq - ovqat mahsulotlari, kiyim - kechak, uy - joy va boshqa zaruriy buyumlar bilan ta`minlaydi. Tabiat – bu avvalo hayot belgisi, zilol suv, toza havo, ona tuproq, kislorodni be`minnat ishlab beruvchi, chiqaruvchi o`simliklar olami. Inson tabiat qo`ynida tug`iladi, yashaydi, uning barcha ehsonlaridan keragicha foydalanadi. Shunday ekan har bir inson tabiiy muhitga mehr - shafqatli bo`lishi, uning barcha boyliklaridan ehtiyojiga yarasha ishlatishi amalga oshirishi, tabiatning turli chiqindilar bilan ifloslanishini oldini olishi, nomaqbul hodisalarning vujudga kelishini oldindan aniqlashi va ko`z - quloq bo`lib turishi zarurligi sog`lom aql egalariga ma`lum. Biroq bunday olijanoblik har bir insonning shaxsiy burchi bo`lgan bu ishlar hamma joylarda barobariga to`liq va halol ado etilmaydi. Kishilarning tabiat muhofazasiga nisbatan turli munosabatlarda bo`lishining asl sababini ekologik ong va madaniyatning yetishmasligidir deb izohlash mumkin. Kishilarning joylarda tabiat qonuniyatlariga zid keladigan amaliy ishlarni bajarayotganliklarida ularga nisbatan befarq bo`lishlari atrof-muhitning ifloslanishini yanada kuchaytirmoqda. Ekologik bilimga ega bo`lmagan kishilar tabiatning bag`ri keng, u insonning shuncha yetkazgan zulmiga shu vaqtgacha chidab keldi, endi bunchasiga ham chidasa kerak, degan mantiqsiz fikrlarga cho`lg`anib yuradilar. Aql - idrokli, madaniyatli va muhandislik olamining sohibkorlari tabiatga ko`proq befarq bo`lishliklari sababli tabiiy muhit aziyat chekib kelmoqda. Binobarin o`sha joylarda istiqomat qiluvchi aholi ham jiddiy zarar ko`rmoqda, chunki havo va suvning ifloslanishi, tuqroqning zaharlanishi hayot tarzini murakkablashtirmoqda, tabiat qulayliklaridan bebahra qilmoqda. Binobarin, aholining ekologik ongi, madaniyati tabiat muhofazasini muntazam amalga oshirishda asosiy ijrochi omil hisoblanadi, uning har doim ham yuqori bo`lishiga, vaqti - vaqti bilan takomillashtirib turishiga erishish zarur. Aholining barcha tabaqalari, bog`cha yoshidagi yosh bolalardan tortib mo`ysafid otaxon va onaxonlargacha atrof - muhitga nisbatan yakdil ijobiy fikrda bo`lishlari unga zahmat keltirmaslik ruhida tarbiyalashlari kerak. Har bir kishida “Tabiat – bu men va sen, biz yashaydigan makon, tabiat butun Yer kurrasi aholisi yashaydigan yagona makon” degan tushunchalar shakllanishi darkor.  Ekologik ong va madaniyat. Albatta bu tizim birin - ketin bo`lishi shart emas. Ekologik madaniyatni shakllanishida oila katta miqyosda ta`sir etadi, shuningdek, jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari (radio, televideniya, matbuot va hakozo), kuchli mutaxassislar, din arboblarining fikrlari ham o`z ta`sirini ba`zan jiddiy tarzda ko`rsatadi. Sirasini aytganda ekologik ong ekologik madaniyatni belgilaydi, binobarin, ekologik ongga ega bo`lish, kishini ekologik madaniyat sohibi bo`lishiga yetaklaydi. Ekologik madaniyat - bu hozirgi va kelajak avlodlar uchun ekologik muammolarning yechimini topish va ekologik xavfsizlikka erishish har bir inson hayotida ulkan mas`uliyat ekanligini anglash va shu asosda faoliyat yuritishdir. U muayyan davlat va jahon madaniyatining rivojlangan bosqichi hamda tarkibiy qismidir. Ekologik madaniyat. Markaziy Osiyo hududi tub xalqlari ongida to`la mujassam bo`lgan, to`g`ri vaqtlarda aholi soni ancha oz, urbanizatsiya darajasi past, tabiiy boyliklardan foydalanish darajasi ham nihoyatda kam bo`lgan. Lekin xalqlar yuksak ekologik madaniyatga ega bo`lgan. Odamlar orasida “Savob”, “Uvol”, “Qarg`ish”, “Xarom”, “Birovning (yoki yetimning) haqi”, “Tarozidan urma”, “O`g`irlik qilma”, “Sutga suv qo`shma”, “Hayvonlarga ozor berma”, “Suvga supurindi tashlama”, “Nonni uvog`i ham non, uni yerga tashlama” va shu kabi qator ibora va tushunchalar mavjud ediki ayrim yoshlarimiz bular to`g`risida unchalik tasavvurga ega emaslar. Shuning uchun o`sha vaqtlarda tabiat haqiqiy ardoqlanar edi. Har bir tabiat nemati bu Allohning bizga bergan naziri, marhamati biz uni yuksak darajada hurmat bilan avaylab -asrashimiz lozim deyiladi. Xalq tabiat noz - ne`matlariga , daraxt, buta, o`t o`simliklari, hayvonot olami, suv, havo, tuproq, zamin, non, oziq - ovqat va boshqa shu kabilar zo`r ehtirom bilan hurmat qilingan. Ozodlikka katta ahamiyat berilgan. Vatan ostonadan boshlanadi deyishganidek har kuni hovli, ko`cha, eshik oldi supurilar va suv sepilib nuragan joylar muntazam ta`mirlanib turilar edi. O`sha vaqtlardan qolganku quyidagi dono hikmatlar: “Suvga tupurma”, “Quduqqa urma” va boshqalar. Juda odobli hikmatlar muqaddas kitoblarimiz Qur`oni Karim va Hadisi Shariflarda keltirilgan. Biz ularga har doim ham rioya qilishimiz lozim. Darhaqiqat xalqimizning qadimgi urf - odatlari, an`analari, tabiat to`g`risidagi katta ma`noga ega bo`lgan dono hikmatlariga ming yillar davomida quloq solib ulardagi tavsiyalarga itoat qilib kelinga, bundan buyon ham, ayniqsa, hozirgi mustaqillik sharofati katta erkinliklar bergan bir paytda ularga katta hurmat bilan qarashimiz va hayotda juda sinalgan odatlarimizga, qadriyatlarimizga sodiq qolishimiz yoshlarga bular to`g`risida tez - tez gapirib turishimiz, undashimiz ham qarz, ham farzdir.  O`zbekiston Respublikasida ekologik ta`lim va tarbiyani rivojlantirish sohasida ma`lum tadbirlar o`tkazilmoqda. Mamlakatimizda ekologik ta`lim va tarbiyani amalga oshirishning uzluksiz konsepsiyasi ishlab chiqilgan. Lekin bu borada ham kamchiliklar ham ko`p. Jumladan, O`zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to`g`risida” gi qonunida ushbu masalaga kam o’rin berilgan. Ekologik axborot tizimi yaxshi shakllanmagan. Bu muammolar yaqin yillar ichida ijobiy hal qilinishi lozim. XXI asr ekologik asri bo`lishi shubhasizdir. Har bir inson ona sayyoramiz tabiatini ziyon yetkazmasdan o`zgartirish, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish va yashash muhitini saqlashda muqaddas ishga o`zining munosib hissasini qo`shishi lozim. Ehtimol, kimlardir ma`naviyat tarmoqlaridan biri bo`lgan, masalan, adabiyot uchun ekologiyaning sira daxli yo`q- ku, deb e`tiroz birdirishi mumkin. Bizningcha endilikda ekologiyani faqat tabiatdagi muvozanatning buzilishigagina bog`lab tushuntirish va tushinish mutlaqo yaramaydi. Endi ekologiya daxl qilmagan biror sohaning o`zi yo`q va bo`lmaydi ham. XX asrda u juda teran ma`no kashf etadi. Tabiat - insonning go`zallik haqidagi tasavvurlarining birinchi manbaidir. Ammo tabiat go`zalligini his qilish yoki boshqacha aytganda, unga bo`lgan insoniy munosabat asta- sekinlik bilan rivojlanadi. To`g`rirog`i, tabiatni his etish, unga bo`lgan insoniy munosabatlar kishining ma`naviyatiga bog`liq. Tabiatga bo`lgan mehr-muhabbat yoki shafqatsizliklar badiiy adabiyotda juda ko`p tasvirlangan. Tabiatga mehr uni tushunishdan, uning go`zalligini his qilishdan boshlanadi. Bu insoning tabiat bilan munosabatga kirishib, u bilan o`zini bir butun, yaxlit his qilganida ko`rindi. Shoir o`z satrlarida bu holatni go`zal ifodalab beradi. O, kuz sening turlik ko`rinishlaring Men uchun suyumli va aziz biram. Oqshom cho`kkanidagi urinishlaring, Tongi shafaqlarning sirli va teran. Feruza soylaring qirg`oqlarida Xazondan bexabar yashil maysalar... Menchalik ularni hech kim sevmagay, Umrning sermas`ul bu chog`larida .