logo

Mikroorganizmlarning xayot faoliyatida ishlab chiqaradigan moddalari pigmentlar toksinlar aramatikmoddalar yorug’lik energiyasi

Yuklangan vaqt:

23.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1352.0458984375 KB
Mikroorganizmlarning xayot faoliyatida ishlab chiqaradigan moddalari pigmentlar toksinlar aramatikmoddalar yorug’lik energiyasi Reja: 1. Mikroorganizmlarni fermentativ ko’rsatgichlari. 2. Toksin uchun qo’yiladigan talablar. 3. Pigment turlari xaqida ma’lumot berish. 4. Yoqimli xid va nur tarqatuvchi mikroorganizmlarning axamiyati. Mikroorganizmlarning xayoti faoliyatidagi maxsuloti asosida moddalar almashunuvi yotadi va natijada ko’pgina maxsulotldar ishlab chiqariladi, bularga kiradi: - fermentlar - pegmentlar -toksinlar -vitaminlar antibiotiklar - aromatik moddalar - issiklik va yoruglik energiyalari. Fermentlar - murakkab tuzilishiga ega bo’lgan oqsil moddalardir, xam bu moddalar xujayra ichida tashqarisida xam kimyoviy reaksiyalarni katalizlaydi, tezlashtiradi. Patogen bakteriyalar saprofitlardan fark kilib, kuchsiz bioximik aktivlikka ega va uzining tarkibida ma’lum bir ferment tutadi. Bemor odam organizmdan ajratib olingan bakteriyalar bioximik aktivligini aniqlash yuqumli kasalliklarga tashxis qo’yishni engillashtiradi. Mikrob hujayrasida fermentlar katalizatorligida boradigan barcha reaksiyalar moddalar almashinuvi yoki metabolizm deb ataladi, ular hayotiy faoliyatni ta’minlaydi. Ma’lum biomolekula skletidagi kovalent bog’larning parchalanishi yoki hosil bo’lishiga olib keluvchi fermentativ reaksiyalarning tegishli ketma-ketligi natijasida hosil bo’ladigan oraliq va oxirgi mahsulotlar metabolitlar deb ataladi. Oqsillarning parchalanganligini qo’yidagi reaksiyalar orqali bilish mumkin a)ammiakni maxsus qog’oz yordamida b)indol uchun - Erlix usuli v) servodorod xosil qilinishini bilish uchun H 2 S ni ajratadigan reaktivlar saqlagan oziq muxitlarga bakteriya ekiladi. Oqsil mahsulotlar Oqsillarning parchalanishi  Ko‘plab kimyoviy reaksiyalarni tezlashtiruvchi oqsilsiz katalizatorlarga zid tarzda har bir ferment ko’pincha faqat bitta reaksiyada katalizatorlik qiladi. Bunda fermentning tanlab ta’sir etishi namoyon bo’ladi va tirik organizmlar hujayralaridagi metabolizmda ularning alohida roli belgilanadi, chunki metabolik jarayonlar tezligining aniq boshqarilishi asosida aynan mana shu tanlab ta’sir etish yotadi.  Mikroorganizmlarda almashinish jarayonlari fermentlar yordamida boshqariladi. Mikroorganizmlardagi moddalar va energiya almashinuvi hujayra ichi va tashqarisida moddalar konsentratsiyasining turli xil bo’lishiga olib keladi, bu esa hujayra ichki tarkibining o’rab turgan muhitdan turli moddalar uchun turli darajadagi o’tkazuvchanlikka ega membranalar bilan ajratilgan sharoitidagina amalga oshadi. Energiya ajralishi bilan boradigan reaksiyalar ekzergonik, energiyaning yutilishi bilan boradiganlari esa endergonik reaksiyalar deyiladi. Biologiya fanida energiyaning standart o’lchovi sifatida kilokaloriya qabul qilingan. Bir kilakaloriya – bu 1 kg suvni 1 o ga isitish uchun sarflangan energiya (yoki issiqlik) miqdori 1 kkal = 4,1868 · 10 3 djoul (si) yoki 1 Dj =2,388 · 10 4 kkal. Adabiyotlar:   1. Muhamedov E.M., Eshboev E.X. Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya. T., “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti. 2002. 2. Bakulina N.A., Kraeva E.L. Mikrobiologiya. T., “Meditsina” nashri-yoti. 1979. 3. Vorobyov A.A., Bыkov A.S. «Mikrobiologiya». M., izd-vo «Vыsshaya shkola». 2003. 4. Pyatkin N.D., Krivoshein YU.S. Mikrobiologiya va immunologiya. M., izd-vo «Meditsina» 1980. 5. Sinyushina M.N., Samsonova M.N. Rukovodstvo k laboratornыm zanyatiyam po mikrobiologii. M., 1981.