logo

Mikroorganizmlar ishlab chiqaradigan fermentlar fermentlarni biotexnologiyada foydalanilishi va biotexnologik xususiyatlari

Yuklangan vaqt:

23.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

949.412109375 KB
Mikroorganizmlar ishlab chiqaradigan fermentlar fermentlarni biotexnologiyada foydalanilishi va biotexnologik xususiyatlari   Reja: 1. Farmatsevtika sanoatida bakteriya fermentlarining foydalanishi. 2. Fermentlarning turlari xaqida ma’lumot berish. 3. Fermentlar orqali bakteriyalarni identifikatsiya qilinishi. 4. Doimiy va konstuktiv ferment turlari. Farmatsevtika sanoatida bakteriya fermentlarining foydalanishi Fermentlar ya’ni enzimlar deb atalgan murakkab organik katalizatorlar turli-tuman moddalar almashinuvidan sodir bo’ladigan bioximiyaviy jarayonlarni jadallashtiradi. Tirik organizmlar tarkibida fermentlar borligini birinchi bo’lib rus olimi G. N. Kirxgof (1814) aniqlagan. U arpa maysasidan ajratib olingan modda ta’sirida kraxmal parchalanganligini kuzatib, uni amilaza deb atagan. Saxaraza, maltaza va laktaza fermentlari ham absolyut o‘ziga xos fermentlar hisoblanadi. Lipaza fermenti esa faqat efir borlarini uzishda ishtirok etadi. Ba’zi fermentlar jumladan, peroksidaza bir necha xil peroksidlarning, shu jumladan, vodorod peroksidning parchalanishini ham jadallashtiradi. Fermentlarning miqdori kam bo’lishiga qaramay, ular ishtirokida parchalanadigan moddalarning miqdori ancha ko’p bo’ladi. Masalan, 1 g saxaraza fermenta 48 soatda 1 t shakarni fruktoza va glyukozaga parchalaydi. O’zida 1 atom temir saqlagan katalaza fermenti 1 minutda 5 000 000 molekula vodorod peroksidni suv va kislorodga parchalaydi: Oshqozonda ishlab chiqariladigan pepsin fermentining 2 grami 2 soat davomida 100 kg pishirilgan tuxum oqsilini parchalasa, oshqozon osti bezi ishtirokida ishlab chiqarilgan 1,6 g amilaza fermenti 1 kecha-kunduzda 175 kg kraxmalni parchalaydi. Flavin fermentlar (flavoproteidlar) ham ikki komponentli fermentlar qatoriga kiradi va har qaysi ferment maxsus oqsil va aktiv guruxdan (V 2 vitamindan) tashkil topgan. Flavin fermentlarining ba’zilari 1. Flavinmononukleotid (FMN), boshqalari 2. Flavinadenindinukleotid (FAD) deb atalgan aktiv guruxni o’zida saqlaydi. Ular ximiyaviy tuzilishiga ko’ra bir-biridan ancha farq qiladi. O’simliklar tanasidagi uglevodlarning umumiy miqdori quruq massasining 50% ini tashkil etadi va oziq modda bo’lishi bilan birga o’simliklar hujayrasining tuzilishida ishtirok etadi. Uglevodlar uglerod, kislorod va vodoroddan tashkil topgan bo’lib, uch guruhga bo’linadi: 1. Oddiy uglevodlar — monosaxaridlar. 2. Oligosaxaridlar — birinchi darajali polisaxaridlar. 3. Polisaxaridlar — murakkab uglevodlar. Oddiy uglevodlar ga 3 uglerodli triozalardan glitserin aldegid va dioksiatsetonni, 5 uglerodli pentozalardan ksiloza, arabinoza, riboza va dezoksiribozani; 6 uglerodli, ya’ni geksozalardan glyukoza, fruktoza, galaktoza, sarboza, mannozalarni misol qilib ko’rsatish mumkin. Monosaxaridlar tarkibida SNON, SN 3 ON guruxlar borligidan ular suvda erish va kristallanish xususiyatiga ega. Liazalar (ajratuvchi-parchalovchi fermentlar). Liazalar organik birikmalar tarkibidagi ayrim guruhlarning ajralish jarayonini jadallashtiradi. Ular 2 bog’li birikmalarga boshqa turli modda molekulalarining ayrim radikallarini yoki guruhlarini borlashda ishtirok etadi. a) karbon-karbonliaza birikmalardagi S0 2 guruhni ajratib olishda yoki qo’shishda ishtirok etadi. b) aldolaza nafas olish va bijg’ish jarayonlarida muhim o’rin egallaydi. v) fumaratgidrataza (fumaraza) olma kislotadan suv molekulalarini ajratib olib, fumarat kislota hosil bo’lishini jadallashtiradi. Oddiy va murakkab oqsillar. Oqsil molekulalarining sintezlanishi. Oqsillar ximiyaviy tuzilishiga ko’ra, oddiy va murakkab oqsillarga bo’linadi. Oddiy oqsillar - proteinlar, Murakkab oqsillar - proteidlar deb ataladi. Oqsil tabiatiga ega bo’lmagan va prostetik guruh deb atalgan moddalarning oddiy oqsillar bilan birikishidan murakkab oqsillar hosil bo’ladi. Adabiyotlar: 1. Muhamedov E.M., Eshboev E.X. Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya. T., “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti. 2002. 2. Bakulina N.A., Kraeva E.L. Mikrobiologiya. T., “Meditsina” nashri-yoti. 1979. 3. Vorobyov A.A., Bыkov A.S. «Mikrobiologiya». M., izd-vo «Vыsshaya shkola». 2003. 4. Pyatkin N.D., Krivoshein YU.S. Mikrobiologiya va immunologiya. M., izd-vo «Meditsina» 1980. 5. Sinyushina M.N., Samsonova M.N. Rukovodstvo k laboratornыm zanyatiyam po mikrobiologii. M., 1981.