logo

Evolutsiyani isbotlashda embriologiya va solishtirma anatomiya, paleontologiya fan dalillari

Yuklangan vaqt:

23.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1449.6220703125 KB
Evolutsiyani isbotlashda embriologiya va solishtirma anatomiya, paleontologiya fan dalillari Reja: 1. Embriologiya. 2. Biogenetik qonun. 3. Gomologik organlar. 4. Rudiment va atavizmlar. 5. Paleontologiya Embriologiya O’simlik, hayvon, odam tanasi hujayralardan tashkil topgan. Barcha tirik mavjudot tana tuzilishidagi bunday o’xshashlik ular bir tarmoqdan kelib chiqqanligini isbotlovchi dalil hisoblanadi. Barcha ko’p hujayrali hayvonlar o’z shaxsiy rivojlanishini urug’langan tuxum hujayra — zigotadan boshlaydi. Biogenetik qonun Har bir individ o’zining shaxsiy rivojlanishini — ontogenezida filogenezning, ya’ni tarixiy rivojlanishining qisqacha takrorlanishini ifodalaydi. Bu biogenetik qonun deb ataladi. Gomologik organlar. Bajaradigan funksiyasidan qat’i nazar, tuzilishi va kelib chiqishi jihatidan bir-biriga o’xshash organlar gomologik organlar deb ataladi. Umurtqali hayvonlarning quruqlikda, havoda tarqalgan vakillarida oldingi oyoq yurish, yer qazish, uchish, suzish vazifasini bajaradi. Analogik organlar deyilganda bajaradigan funksiyasi jihatidan o’xshash, ammo kelib chiqishi jihatidan har xil organlar tushuniladi. Kaktusning tikanlari barg, do’lananing tikanlari poya, atirgul, malinaning tikanlari esa epidermis o’simtalarining o’zgarishidan hosil bo’1gan Rudiment va atavizmlar Evolutsion jarayonda o’z ahamiyatini yo’qotgan va yo’q bo’lib ketish bosqichida turgan organlar rudiment organlar deb ataladi. Rudiment organlar qadimgi ajdodlarda normal rivojlangan va ma’lum funksiyani bajargan. Keyinchalik evolutsion jarayonda ular o’zining biologik ahamiyatini yo’qotib, qoldiq shaklida saqlanib qolgan. Rudiment organlar o’simliklarda ham, hayvonlarda ham uchraydi. Marvaridgul, bug’doy, paporotnik va xona o’simliklaridan aspidistra ildiz poyasida qobiqlar rudiment holdagi barg hisoblanadi. Paleontologiya — qazilma holdagi o’simliklar, hayvonlar, zamburug’lar va boshqa organizmlar to’g’risidagi fandir. Organik olamning tarixiy rivojlanishini isbotlashda paleontologiya fanining dalillari muhim o’rin egallaydi. Paleontolog olimlar hayvonlarning qazilma holdagi qoldiqlariga qarab organizmlar hayot davrida qanday bo’lsa, xuddi shunday tashqi qiyofasini va tuzilishini tiklamoqdalar. Paleontologiya Tiklashda mashhur fransuz biologi Jorj Kyuvening korrelyatsiya qonuniga muvofiq kashf etgan rekonstruksiya (lotincha rekonstruktio — qayta tiklash) metodidan foydalaniladi. Rekonstruksiya metodi kalla, qo’l, oyoq va tanadagi boshqa suyaklar, muskullarni o’zaro taqqoslab nisbatini aniqlashga asoslanadi. Rekonstruksiya metodi yordamida qadimgi davrlarda yashagan bir qancha umurtqali hayvonlar, odam ajdodlari- ning tashqi qiyofasini tiklashga muvaffaq bo‘lindi. Ch. Darvin o‘z vaqtida paleontologik solnoma chala deb ko‘rsatib o‘tgan edi. Lekin shunga qaramay fan sohasida to‘plangan paleontologik dalillar qadim vaqtlarda hayvonot va o‘simliklar olami qanday bo‘lganligi to‘g‘risida tasavvur hosil qilishga imkon beradi. Adabiyotlar:   1. Muhamedov E.M., Eshboev E.X. Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya. T., “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti. 2002. 2. Bakulina N.A., Kraeva E.L. Mikrobiologiya. T., “Meditsina” nashri-yoti. 1979. 3. Vorobyov A.A., Bыkov A.S. «Mikrobiologiya». M., izd-vo «Vыsshaya shkola». 2003. 4. Pyatkin N.D., Krivoshein YU.S. Mikrobiologiya va immunologiya. M., izdvo «Meditsina» 1980. 5. Sinyushina M.N., Samsonova M.N. Rukovodstvo k laboratornыm zanyatiyam po mikrobiologii. M., 1981.