logo

Abu Nasr Farobiyning Fozil odamlar shahri asaridan fozillar shahri hokimining fazilatlari

Yuklangan vaqt:

23.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

488 KB
Abu Nasr Farobiyning Fozil odamlar shahri asaridan fozillar shahri hokimining fazilatlari ABU NASR FAROBIYNING FOZIL ODAMLAR SHAHRI ASARIDAN FOZILLAR SHAHRI HOKIMINING FAZILATLARI • A holisining fikricha, baxt- saodatga faqat o’lgandan keyin yetishish mumkin. Ammo, bu shahar xalqining Alloh-taolo azza va jalla haqida, uning yaratgan hilqatlari va faol aqlga doir fikr-mulohazalari, tasavvurlari shu qadar chalkashib ketganki, bunday tasavvurlar halol yashash uchun asos bo’lolmaydi, bu (chalkash) tasavvurlar Alloh yaratgan hilqatlarning suvratlarini ham aslini ham aks ettirmaydi • Bunday shaharning birinchi boshlig’i o’zini ilohiy nur sohibi qilib ko’rsatadi, ammo aslida bunday emas; u o’zining ilohiyligini isbotlash uchun aldov, riyo, kibru-havo bilan ish tutadi. • Bunday shaharlarning hokimlari fozillar shahri hokimlarining teskarisidir. Shaharni boshqarish usullari ham mutlaqo qarama-qarshidir. Bu fikr shu shaharlar aholisiga ham taalluqlidir. Fozii shaharlarning bir-biriga izdosh bo’lgan imom-boshliqlari yagona abadiy boshliqning yagona ruhini mujassam etadilar. Mabodo bir zamonda ko’pchilik shunday shaharlarning hokimlari yashasalar ular ham birgalikda yagona abadiy hukmdorni, ularning ruhlari esa yagona abadiy hukmdor ruhini mujassam etadilar. Fozillar shahri odamlaridan ba'zilari hamma uchun mushtarak — umumiy bo’lgan bilimlarni o’rganib ish yuritadilar, ba'zilari esa faqat muayyan mavqedagi odamlar bilishi zarur bo’lgan bilimlarni o’rganish va ish yuritish bilan shug’ullanadilar. Bu odamlarning har biri, shunday umumiy va xususiy bilimlar va faoliyatiar orqali saodatga erishadilar. Har bir shaxs baxt – saodatga eltuvchi faoliyat bilan qancha uzoqroq va avvalgidan yanada yaxshiroq shug’ullanaversa uning ko’ngli, ruhiy holati ham shunga muvofiq komilroq, fozilroq bo’lib boradi Abu Nasr Forobiy kimlar rahbarlik qilish • Abu Nasr Forobiy kimlar rahbarlik qilishga munosib bo’lishi mumkin degan masala xususida o’z fikr – mulohazalarini davom ettirib, ta’kidlaydiki, mobodo shu olti xislatning barchasini o’zida jamlagan bir odam topilma-sa, fozillar shahriga rahbarlikka ana shunday fazilatli ikki kishini (biri – donishmand, ikkinchisi qolgan xislatlar sohibi bo’lsa) qo’yish zarur. Agarda qayd etilgan xislatlar bir emas, bir necha kishilarda bo’lsa (ya’ni, birida u, ikkinchisida bu, uchunchisida yo to’rtinchisida boshqa xislatlar mujassam bo’lsa), yana shu fozil insonlar guruhini yurt rahbarligiga ko’tarish ma’qul deb maslahat beradi. Uning fikricha, ana shu guruh insonlar hamjihat bo’lib, o’zaro bamaslahat, kelishib ish tutsa, shahar yaxshi boshqariladi, har bir fozil hokim bo’lishi mumkin. Lekin, fozillar shahriga hokimlik qilayotgan kishilar barcha zarur xislatlarga ega bo’lsa-yu, ammo, donishmandlik bo’lmasa, fozillar shahri yaxshi hokimsiz qoladi, bunday shahar halokatga yuz tutadi RAHBAR UCHUN ENG MUHIMI • Shunday qilib, Abu Nasr Forobiy rahbar uchun eng muhimi – bu donishmandlik degan g’oyani hamma fazilatlardan ustun qo’yadi. U o’z zamonasining hokimi, imomi, boshlig’i, rahbari barcha kishilardan har jihatdan mukammal, komil inson bo’lishi kerak deb hisoblaydi. Faqat shunday inson bosh – qosh bo’lgan, rahnomalik qilayotgan shahargina chinakam fozil kishilar shahri bo’lishi mumkin. • Abu Nasr Forobiyning rahbar va rahbarlik haqidagi bu fikr – mulohazalari uzoq yillar davomida ko’pchilik podsho, xon, amir, sulton, bek, hokimlar uchun bir uslubiy qo’llanma, dasturulamal bo’lib kelgan bo’lsa ajab emas. • Ko’rinadiki, fozillar shahri hokimi ham jismoniy, ham ma'naviy jihatdan mukammal, qobiliyatli, har tomonlama y е tuk bo’lishi bilan bir qatorda dono ham bo’lishi zarur. «Dono bo’lmasa, fozillar shahri yaxshi hokimsiz qoladi, bunday shahar halokatga yuz tutadi, fuqarolari esa jabr-zulmga mubtalo bo’ladi», d е ydi Forobiy. • Insonlarda adolat, vijdon, or – nomus, insonparvarlik, vatanparvarlik kabi ko’plab ajoyib his – tuyg’ular rivojlangan. • Qisqasi, insonning komil, yetuk, barkomol bo’lib yetishishida milliy qadriyatlarning ta’siri benihoya kattadir. Hokimning fazilatlari • Insonlarda adolat, vijdon, or – nomus, insonparvarlik, vatanparvarlik kabi ko’plab ajoyib his – tuyg’ular rivojlangan. • Qisqasi, insonning komil, yetuk, barkomol bo’lib yetishishida milliy qadriyatlarning ta’siri benihoya kattadir. • Abu Nasr Forobiy fikricha davlatni boshqarish ikki xil bo’ladi. Insonlarni haqiqiy va hayoliy, soxta baxtga eltuvchi davlat tuzish, davlatni boshqarish san'ati va boshqarishning umumiy qonunlariga binoan nazariy bilim va talablarga asoslanadi. Abu Nasr Forobiy din erkinligi tarafdoridir. Abu Nasr Forobiy davlatni boshqaruvchisining zaruriy fazilatlaridan biri, mulohazali bo’lish, adolatparvar, kamtar, haqiqatgo’y va aql bilan ish ko’rishdir. Abu Nasr Forobiy inson aqlining bilish qobiliyatlarini aniqlashga intiladi. • Rahbarda bilishi zarur bo’lgan q oida va axloqiy hislat lar haqida Farbiy quydagilarni alohida zikr etadi.