logo

Dino Buzzatining Yetti qavat asari Xurshid Do'stmuhammadning Jimjitxonaga yo'l asarlari qiyosiy tahlili

Yuklangan vaqt:

21.08.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1760.01953125 KB
DINO BUZZATINING YETTI QAVAT ASARI XURSHID DO'STMUHAMMADNING "JIMJITXONAGA YO'L" ASARLARI QIYOSIY TAHLILI Reja:  Dino Buzzati hayoti va ijodi  ,Yetti Qavat’ asari  Xurshid Do'stmuhammadni hayoti va ijodi  ,,Jimjitxonaga Yo'l’’ asari  Ushbu ikki asarning farqli va o’xshash tomonlari Dino Buzzatti (1906- 1972) XX asr jahon hikoyachiligining betakror namoyandalaridan biri italyan adibi Dino Butssatidir. U 1906 yilda Italiyaning Belluno viloyatida tug‘ilib, 1972 yilda Milanda vafot etgan. Ko‘p yillar Milandagi “Korrera della Sera” gazetasida ishlagan. Yozuvchining “Tog‘li Barnabbo” (1933), “Eski o‘rmon siri” (1935), “Tatar cho‘li” (1940), “Muhabbat” (1963) romanlari, “Yiriklashtirilgan qiyofa” (1960), “Ayiqlarning Sitsiliyaga g‘aroyib bosqini” (1945) va boshqa qissalari, ko‘pgina hikoya va dramalari mashhur. Chunonchi, “Tatar cho‘li” romani bilan “Qiziq voqea” dramasini frantsuz tiliga Alber Kamyu tarjima qilgan. “ Tatar cho‘li” romani Borxesning shaxsiy kutubxonasidagi eng ardoqli asarlardan biri hisoblangan. Yozuvchining 1958 yilda chop etilgan “Oltmish hikoya” to‘plami Italiyaning eng obro‘li “Strega” adabiy mukofoti bilan taqdirlangan.“La Skala”dagi shov-shuv” hikoyasini esa, Andre Morua ikkinchi jahon urushidan keyingi butun Yevropa adabiyotida dunyoga kelgan eng haqqoniy asar sifatida baholagan. Adib qalamiga mansub jami ikki yuzga yaqin hikoyaning aksariyati ko‘pgina tillarga tarjima qilingan. Bu hikoyalarning eng muhim fazilatlari yorqin chizib ko‘rsatilgan lavha – mumtoz tasviriy aniqligi, qisqaligi, sharqona mubolag‘a, majoz va asotirlarga boyligida deyish mumkin. Rassom sifatida Dino Buzzati oʻz kitoblarini suratga olgan va teatrda ishlagan. U bir qancha teatrlashtirilgan spektakllar va radio koʻrsatuvlar uchun ssenariylar, shuningdek, opera librettolari, sheʼrlar va koʻplab hikoyalar yozgan. Buzzatining hayoti davomidagi shaxsiy koʻrgazmasi Milanda boʻlib oʻtgan.Buzzatining asarlari, hatto roman va hikoyalari ham sahnaga juda mos keladi. Yakkalanish va halokat hissi sahnada yanada keskinroq ifodalanishi mumkin. Ammo uning teatrdagi faoliyati nisbatan qisqa muddatli boʻldi. Uning deyarli barcha pyesalari 1953-yil yozilgan „Klinik voqea“ va „Burjuaziyaning oxiri“ 1968-yil oralig‘ida paydo bo‘lgan. Yozuvchi oʻzining kasalligini bilar edi. Italyan yozuvchisining izlanishlari va umidsizliklari „Tongda polk jo‘naydi“ hikoyasiga asos bo‘ldi. Hikoya 1985-yilda muallif vafotidan keyin nashr etildi. Unda juda achinarli mavzu bor edi, yaʼni keksa urush qahramoni tong otguncha o‘limdan qutulishga harakat qiladi va oʻlimidan oldin o‘z hayoti haqida o‘ylaydi. Adibning eng sara asarlari ,,Yetti qavat’’ asari Seven Floors - italiyalik yozuvchi va jurnalist Dino Buzzati tomonidan yozilgan qisqa hikoya. Hikoya engil isitmani davolash uchun Italiyaning mashhur qariyalar uyiga kelgan bemor Jovanni Kortening sayohati haqida. Hikoya o'zining allegorik tabiati bilan mashhur bo'lib, ko'pchilik uni qarilik, kasallik va o'limning muqarrarligi haqidagi sharh sifatida talqin qiladi. Hikoyadagi kasalxonaning yetti qavati hayot bosqichlarini ifodalaydi, bemorlar har safar ahvoli yomonlashganda bir qavat pastga siljiydilar. Ko'pgina o'quvchilar bu voqeani o'lim muqarrarligi va unga qarshi kurashishning befoydaligi haqidagi sharh sifatida talqin qilishadi. Boshqalar buni byurokratik sog'liqni saqlash tizimi va uni boshqarishga urinayotgan bemorlar duch keladigan muammolar haqida sharh sifatida ko'rishadi. Buzzatining “Yetti qavat” asarida allegoriya va simvolizmdan foydalanishi uni adabiyotshunos olimlar va kitobxonlar orasida mashhur tahlil va muhokama mavzusiga aylantirdi. Hikoyaning mavzulari va xabarlari bugungi kunda tomoshabinlar bilan rezonanslashishda davom etmoqda va bu uni abadiy adabiyotga aylantirmoqda. Janri: Hikoya Metodi: Realizm ,,Yetti qavat” asari ham ommabop madaniyatga ta’sir ko‘rsatdi. Roman sahnaviy spektakl va filmga moslashtirilgan bo‘lib, ikkalasi ham tanqidchilar olqishiga sazovor bo‘lgan. Hikoyaning o'lim va insoniy holat mavzulari tomoshabinlar bilan rezonanslashdi va uni abadiy klassikaga aylantirdi. Asarning asosiy g’oyasi Yetti qavat”da shifoxonaning yetti qavati hayot bosqichlarini ifodalaydi va har bir qavat hayotning turli bosqichlari uchun metaforadir. Birinchi qavat tug‘ilishni, ikkinchi qavat bolalikni, uchinchi qavat o‘smirlikni, to‘rtinchi qavat balog‘atni, beshinchi qavat o‘rta yoshni, oltinchi qavat keksalikni, yettinchi qavat o‘limni ifodalaydi. Qavatlar turli yo'llar bilan talqin qilinishi mumkin, ammo umumiy xabar shundan iboratki, hayot tsikldir va hamma bir xil bosqichlardan o'tadi. Asar sarlavhasi haqidagi fikrim Dino Buzzati "Yetti qavat" asarida qarish, kasallik va o'lim mavzularini etkazish uchun yorqin tasvir va metaforalardan foydalanadi. Masalan, shifoxonaning yetti qavati hayotning turli bosqichlarini ifodalaydi, ularning har bir qavati turli yosh guruhlarini ifodalaydi. Qahramonning shifoxona bo'ylab sayohati hayot sayohati uchun metafora bo'lib, har bir qavat hayotning boshqa bosqichini ifodalaydi. Metaforik tasvirlardan foydalanish o'quvchiga qarishning muqarrarligini va hayotning mo'rtligini tushunishga imkon beradi.  Asarning lingvistik tahlili 7 qavat bino – qulayotgan jamiyat, undagi tartib- qoidalar – jamiyat qonuniyatlari, qahramon esa o‘sha jamiyatning asosli-asossiz qoidalariga bo‘ysunuvchi qurbon ramzi. Asardagi tugun Kortening yonida yaqinlarining yo‘qligi ham individualizm asosiga qurilgan jamiyatda shaxsning yolg‘izligi, bas, boshiga tushgan har qanday kulfat faqat uning o‘ziniki bo‘lishini ko‘rsatadigan detal. Asardagi konflikt turi Yolg'izlik - befarqlik Asar kulminatsiyasi Korte kasalxonada davolana boshlaydi. Tez orada Korteni bir narsalarni bahona qilib 6- qavatga tushirishadi. Keyin 5, keyin 4, 3, 2 va nihoyat 1-qavatga. Korte har bir pog‘onadan pastga tushishda o‘zining chindanam xasta ekaniga ishona boshlaydi. 1-qavatga tushganda u deyarli falaj holatda edi… Asardagi eng yaxshi aforizm yoki falsafiy mushohadalar “ o‘lim haq” yo “hammamiz ham o‘lamiz” tarzida o‘ylab xotirjam tura olmaydigan ayol gavdalanadi. Ikkinchi holda – “sho‘rlik bemor” deyilganida, holat kampir nigohi bilan ko‘riladi, uning bemorga onalarcha, cheksiz rahm- shafqat bilan qarayotganini his etiladi. Asardan olgan taasurotlarim Dino Butstsati talqinida absurdga moyillik bor: inson dunyoga keladi, o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan shart-sharoitlar izmida, kelib-ketishidan matlab neligini ham durust anglolmagani holda muqarrar ravishda intiho tomon boradi – uning hayoti ma’nidan mosuvo. Bu XVIII asrdan boshlab ziyolilari yaksara moddiyunchiligu daxriylikka berilgan G‘arb kishisining XX asrning birinchi yarmiga kelgandagi holati. Unda endi jamiyatni o‘zi istaganidek qayta qura olishiyu tabiatni butkul o‘z izmiga sola bilishiga ishonolmay qolgan, biroq shu holida ham Xoliqning borligini tan olishga bo‘yni yor bermayotgan odamning abgor ruhiyati aks etadi. Undagi tushkunligu qo‘rquv, umidsizligu sarosimaga yo‘g‘rilgan absurd kayfiyati o‘limni oxirgi nuqta deb bilganlikdan oziqlanadi. Undan farq qilaroq, “tsivilizatsiyadan ortda qolgan”, ko‘pchiligi hatto dahriy tuzum zug‘umi ostida ham qo‘lidan kelganicha ibodatini qo‘ymagan, loaqal taomdan keyin shukrona aytishu qabriston yonidan o‘tarda duoni kanda qilmagan, o‘lmoq intiho emas – boqiy dunyoga o‘tish deb biluvchi kishilar jamiyatida absurd kayfiyatga o‘rin yo‘q. Xurshid Do‘stmuhammad 1951 yil 8 yanvarda Toshkent shahrida tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1973). Dastlabki kitobi — «Hovli etagidagi uy» (1989). Shundan keyin yoauvchining «Panoh», «Oromkursi». «So‘roq». «Sof o‘zbekcha qotillik», «Mahzuna», «Ibn Mug‘anniy», «Yolg‘izim — Siz», «Ko‘z qorachig‘idagi uy», «Jajman» (1997) asarlari, shuningdek, «Hijronim mingdir mening» (2000) qissa va hikoyalar to‘plami, «Bozor» (2000) romani nashr etilgan. «Hamid A’lamovning aytolmagan gaplari» xotira-essesi va «Jurnalist bo‘lmoqchimisiz?» (2002) risolasi, «Chayongul» (2000) kinostsenariysi muallifi. A. Ryunoskening «Rasyomon darvozasi» hikoyasini, T. Po‘latovning «Yetti huzur-halovat va qirq qayg‘u-alam» romanini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.Antuan de Sent Ekzyuperi Xurshid Do'stmuhammadning qissalaridagi qahramonlar taqdiri turlicha, ularning fe'l-atvorlari ham bir-biridan tubdan farq qiladi, lekin shunday bo'lishiga qaramay, qissalarni bir-biri bilan bog'lab turuvchi qaysidir jihatlari ham bor. Tahlil qilgan qissalardagi qahramonlar ruhiyatida ham o'xshashliklarni sezamiz. Bek va Zamira, Ahmadali va Ma'rifat, Bozorboy va Shabnamlarning hayotlaridagi bir-biriga o'xshash bo'lgan vaziyatlarni guvohi bo'lamiz. Yozuvchining mahoratini uning qissalarini o'qish jarayonida ham bilib olamiz. ,,Jimjitxonaga yo'l ’’ asari “ Zohid Yaqin “shifoxonada qavatdan-qavatga ko‘chib-ko‘tarilish dardiga mubtalo bo‘lganini ko‘proq o‘ylayotgani” aytiladi, ya’ni bu bilan uning o‘tgan umrini sarhisob etayotganiga ishora qilinadi. Injiq qaysarlik bilan zinapoyadan o‘zi ko‘tarilarkan, u butun hayotini ko‘z oldidan o‘tkazadi: “ U suyanchiqqa tirsagini qo‘yganicha uzoq o‘yga cho‘mdi. Bolaligini, o‘smirligini, sho‘x-sha’n yoshligini ko‘z o‘ngidan o‘tkazdi. Bir pog‘ona ko‘tarildi. Uylandi. To‘ng‘ichi tug‘ilgan yillari kasb-korini topolmay obdon qiynaldi. Neki mashaqqat cheksa, ichiga yutdi. Zohid Yaqin ikki pog‘ona ko‘tarildi. Keyin, tinim bilmadi, ishi xo‘p yurishdi. Yegani – oldida, yemagani – ortida, izzat-hurmati joyida… Zohid Yaqin ikki-uch pog‘ona ko‘tarilganini o‘zi ham sezmadi”. Zohid Yaqinning zinapoyadan ko‘tarilishida umumlashma ramziy ma’no kasb etadi: ko‘pchiligimizga turmush tashvishlari bilan yelib-yugurib “ikki-uch pog‘ona ko‘tarilganini sezmay qolish” xosligi sir emas. Ya’ni umrning yeldek esib o‘tishi yoki daryo misol oqib ketishi haqidagi gaplar shunchaki tashbeh emas. Ayni fikr qavatdan-qavatga ko‘chishda yana bor ta’kidlanadi: bemor o‘zi sezib-sezmagan holatda uchinchi qavatdan oltinchi qavatga ko‘chadi. Janri: Hikoya Shavqiya – zavqu shavqqa to‘la yoshlikni, Mujohida – hayotdagi muqim o‘rnini topishu turmush tashvishlarini aritish yo‘lidagi tinimsiz harakatda kechgan yillarni, Mushohida – o‘tgan umrini mushohada qilish davri, foniy dunyoni tark etish arafasini. Qahramon Shavqiyaning zavqli suhbatidan uch kunlab bahramand bo‘lsa, Mujohida bilan qavatlar orasida yo‘l-yo‘lakaygina gaplashadi va shu ondayoq Mushohidaning qo‘liga o‘tadi. Asarning asosiy g’oyasi Ishonch shu qadar katta kuchga egaki, o‘layotgan odamni tiriltirishi, soppa-sog‘ insonni falaj qilishi, hatto o‘ldirishi mumkin. Ishonch bizni bu dunyoda suyab turgan ustunlardan biri. Ozuqa odam uchun qanchalar darkor bo‘lsa, ishonch va umid ham shunchalar zarur. Bu narsalar ruhimiz ozuqasi hisoblanadi. ishonch nelarga qodir ekani yoritib berilgan.  Asar haqidagi fikrim “ Jimjitxonaga yo‘l” hikoyasi, bir tomondan, X.Do‘stmuhammadning Dino Butstsati bilan ijodiy musobaqasi, ikkinchi tomondan, inson hayotining mohiyati haqida ikki turli madaniyat vakili orasida kechgan g‘oyaviy bahs o‘laroq qabul qilinishi kerak. Aslida, ijodiy ta’sir natijasi o‘laroq yaralgan, hatto “G‘arbga ko‘r-ko‘rona taqlid” deb yozg‘irilayotgan har qanday asarda ham musobaqa va bahs ruhi kurtak holida mavjud, faqat ularning qay darajada rivoj olishi iste’dod kuchi bilan bog‘liqdir. Asar haqida qiziqarli faktlar ■ Hikoya qahramoni Juzeppe Korte – deyarli sog‘lom odam, kasalxonada o‘rnatilgan tartiblarga beixtiyor bo‘ynisungan, o‘zi istamagan va negaligini anglamagan holda qavatdan-qavatga muttasil pasayib boradi. Qizig‘i, garchi pasayib borishga ich-ichidan qarshilik qilsa-da, bu jarayon aksar go‘yo uning roziligi bilan yoki boshqacha bo‘lishi mumkin emasdek yo‘sinda amalga oshadi, aniqrog‘i, o‘ziga (o‘quvchiga ham) shunday tuyuladi. Anglash qiyin emaski, yaxlit olib qaraganda, kasalxona – ramz, yuqorida muxtasar ta’riflaganimiz shaxsni ixtiyoridan ayirib komiga tortib ketayotgan jamiyat ramzi o‘laroq yaratilgan. Shu jihatdan qaralsa, hikoyadagi detallar qatidagi ma’no ochilib boradi. Avvalo, kasalxona binosining muhtashamligi: ruscha tarjimada uning “mehmonxonalarga o‘xshash” ekanini aytish bilan kifoyalanilgan bo‘lsa, erkin tarjima qilgan X.Do‘stmuhammad ushbu detalni birmuncha bo‘rttirgan: “…kasalxona emas, naq mehmonxona deysiz! Palatalari ham besh yulduzli musofirxonalardan kam bo‘lmasa kerak!” Palataning jihozlanishi ham shu hashamatga yarasha: “… hamshira ayol uni yettinchi qavatga boshlab chiqdi. Asardan olgan taasurotlarim Demak, o‘tgan asrning 90-yillaridan boshlab “G‘arbga taqlid” tamg‘asi urib kelinayotgan asarlarga qaytadan xolis nazar tashlash va munosib bahosini berish zarur. Ikkinchisi shuki, Dino Butstsati qalamiga mansub “Etti qavat” hikoyasining X.Do‘stmuhammad amalga oshirgan erkin tarjimasi “Jimjitxonaga yo‘l” hikoyasining tarkibiy qismiga aylangan, ya’ni yangi badiiy butunlikning mazmuni va ruhiga muvofiq jiddiy o‘zgarishlarga uchragan. Asarlarning o’xshash va farqli jihatlari Ikki asarda ham asar boshqahramonlari ya'ni Dino Corte va Zohid Yaqin degan obrazlar taqlinida namayon bo'ladi ikkisi ham kasalxonada bo'ladi . Ularning birinchisini ko‘proq o‘quvchi individualligi – tug‘ma qiziquvchanlik, hayrat va zavqqa tashnalik, notanish xorijiy narsa bilan bog‘liq kuzatuv kabilar bilan, ikkinchisini esa o‘quvchi mansub madaniy kontekst (o‘xshashlik, zidlik, begonalik kabi) belgilaydi. Ya’ni mazkur omillar behad hayratlanish, hafsalaning pir bo‘lishi, alqash yo befarq qolish, qo‘shilish yo bahslashish, qabul qilish yo rad etish kabi javob reaktsiyalarini hosil qiladi. Korte pastga tushgani sari o‘limdan qo‘rqib ortiga qaytishni o‘ylasa, «Jimjitxonaga yo‘l» hikoyasi qahramoni Zohid esa yuqorilab, o‘limga yaqinlashgani sari suyunadi. Shu joyda turli xil e’tiqod vakillarining farqi ko‘rinadi. Biri uchun o‘lim mahv etilish, tamom bo‘lishni ko‘rsa, undan qo‘rqsa, boshqasi aynan shu o‘limda abadiy hayotni, azoblardan najot topishni, murod-maqsadni ko‘radi. E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT