logo

Texnosferada havo muhitining ko`rsatkichlari, ularning mehnat faoliyatiga ta`siri, ishlab chiqarish mikroiqlimining gigienik me`yorlari, ularning inson organizmiga ta`siri

Yuklangan vaqt:

06.09.2022

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

153.16796875 KB
Texnosferada havo muhitining ko`rsatkichlari, ularning mehnat faoliyatiga ta`siri, ishlab chiqarish mikroiqlimining gigienik me`yorlari, ularning inson organizmiga ta`siri Reja: 1. Ishlab chiqarish xonalarida mikroiqlim kursatgichlarini aniqlash 2. Mo`tadil iqlim sharoitini yaratish 3. Ishlab chiqarish changi va uning insonga ta`siri 4. Ishlab chiqarish xonalarida gaz mikdorini aniqlash 1. Ishlab chiqarish xonalarida mikroiqlim kursatgichlarini aniqlash Ishlab chiqarish mikroiqlimi me`yorlari mehnat xavfsizligi. Standartlari tizimi “Ish mintaqalari mikroiqlimi” (GOST 12.1005-76) ga asosan belgilangan. Ular gigienik, texnik va iqtisodiy negizlarga asoslangan. Ishlab chiqarish korxonalardagi binolar, yil fasllari va ish toifalariga qarab, ulardagi harorat, nisbiy namlik va havo harakatining ish joylari uchun ruhsat etilgan me`yorlari belgilangan Ish toifalari quyidagicha belgilanadi: a) Yengil jismoniy ishlar (1-toifa) o`tirib, tik turib yoki yurib bajariladigan, biroq muntazam jismoniy, zo`riqish yoki yuklarni ko`tarishni talab qilmaydigan ishlar, energiya sarfi soatiga 150 kkal (172 J.s ) ni tashkil etadi. Bunga tikuvchilik, aniq asbob-sozlik va shu kabi korxonalar kiradi. b) O`rta og’irlikdagi ishlarga (2 toifa) soatiga 150-250 kkal (172-293 J.s) energiya sarflanadigan faoliyat turlari kiradi. Bunga, og’ir bulmagan (10kg.gacha) yuklarni tashish bilan bog’liq ishlar (yigiruv-to`qish ishlari, mehaniq-yig’uv, payvandlash ishlari) sho’lar jumlasidandir. v) Og’ir jismoniy ishlar (3 toifa) muntazam jismoniy zo`riqish, (10 kg dan ortiq) muttasil yukni bir joydan ikkinchi joyga ko`chirish va ko`tarish bilan bog’liq ishlar kiradi. Bunda energiya sarfi soatiga 250kkal (293 J.s) dan yuqori buladi. Bunday ishlarga temirchilik, quyuv korxonalari kiradi. 1 - jadval Ishlab chiqarish xonalar, ish joylaridagi havoning harorati, nisbiy namligi va harakat tezligining me`yorlari. Yi l fasli Ish toifalari Havonin g harorati, 0 S Nisbiy namligi, % Harakat tezligi M/s Sovuq I - Yengil 20-23 60-30 0,2 I a - o`rtacha 18-20 60-40 0,2 og’irlikdagi I b - o`rtacha og’irlikdagi 17-19 60-40 0,3 III – og’ir 16-18 60-40 0,3 Ili q I – yYengil 20-25 60-40 0,2 I a - og’irlikdagi o`rtac ha 21-23 60-40 0,3 I b - og’irlikdagi o`rtac ha 20-22 60-40 0,4 II – og’ir 18-21 60-40 0,5 Iss iq I – Yengil 20-30 60-30 0,3 I a - og’irlikdagi o`rtac ha 20-30 60-30 0,40,5 I b - og’irlikdagi o`rtac ha 20-30 60-30 0,50,7 III – og’ir 20-30 60-30 0,51,0 Harorat, nisbiy namlik va havo harakatining tezligi risoladagi va yo`l qo`yilishi mumkin bo’lgan miqdorlar ko`rinishida me`yorlanadi va issiqlik holatini saqlanishini ta`minlaydigan mikroiqlim ko`r-satkichlarining yig’indisi tushurilib, ish qobiliyatini oshirish uchun shart-sharoit hisoblanadi. 2. Mo`tadil iqlim sharoitini yaratish Ishlab chiqarish korxonalaridagi ish joylarida iqlim sharoitlarida me`yor darajasida ta`minlash uchun uning barcha ko`rsatkichlari o`zaro mutanosib holda bog’langan bulishi kerak. Ya`ni havoning harorati pasayib yoki ko`tarilib ketsa, uning harakat tezligi ham unga bog’langan holda pasayishi (yoki ko`tarilishi) maqsadga muvofiq buladi, aksincha, agar havoning harorati past bulsayu, havoning harakat tezligi me`yoridan oshib ketsa, odam tanasi bilan muhit o`rtasidagi harorat almashish jarayoni tezlashib ketadi va natijada havoning harorati tez tushadi. Agar havoning harorati yuqori bulsayu, havoning harakat tezligi past bulsa bu jarayon sekinlashadi, natijada issiq havoning inson organizmiga ta`siri kuchayadi. Havoning harorati, nisbiy namligi va tezlik o`lchamlarini inson uchun eng ma`qul o`zaro munosabatlari, yuqoridagi nohush holatlarni oldini olishga xizmat qiladi va muhitning mutanosibligi deb yuritiladi. MHMT mehnat jarayonida ikki ko`rinishdagi mikroiqlim sharoitni tashkil etadi. a) O`ta mutanosib (eng ma`qul); b) Ruhsat etsa buladigan (qoniqarli). Bularning ta`sirida insonning vujudida harorat almashinishi va mehnat qilish qobiliyatining buzilmasligini ta`minlangan buladi. Bunday sharoitda haroratning mo``tadilligi to`la ta`minlanadi va mehnat qobiliyati yuqori buladi. Olimlarimiz, shartli ravishda iqlim mutanosibligini aniqlash uchun effektli va ekvivalent-effektli haroratlar ko`rinishidagi nisbiy birliklar tavsiya etilganlar. a) effektli harorat deb, binodagi havoning nisbiy namligi me`yor darajasida bo`lib, uning tezligi nolga teng bo’lgan holatini aks etuvchi haroratga aytiladi. b) ekvivalent-effektli harorat deganda esa, binoda ma`lum nisbiy namlikka va har hil tezlikka ega bo’lgan havoning haroratiga aytiladi. Mikroiqlim ko`satkichlari va omillarining odamga ta`sirini ko`p yillik kuzatuvlar asosida tahlil qilib eng mo``tadil iqlim o`lchamlarini shartli ravishda aniqlash uchun nomogramma yaratilgan. Misol tariqasida temir beton qurilmalar ishlab chiqaradigan zavodning armatura va qoliplash binolarida psihrometr yodamida aniqlangan mikroiqlim ko`rsatkichlari asosida nomogrammadan foydalanib effektli harorat qiymatlarini aniqlash namoyish qilingan bo`lib, binodagi ekvivalent-effektli harorat topilgan u 16 0 S ga teng ekan, qoliplash binosida esa Y 0 , bo’lgani uchun effektli haroratining shartli miqdori aniqlangan, u 20,2 S ni tashkil etadi. Atmosfera tarkibida suv bug’lari mavjud. Havodagi suv buglari uning namligini belgilaydi. Havoning namligi bir kator kattaliklar yordamida aniqlanadi. 1 m 3 havo hajmidagi suv bugining massasi r (suv bugining zichligi) absolyut namlik deb ataladi. Absolyut namlik kg/m 3 larda ulchanadi. Absolyut namlik havodagi suv buglarining partsial bosimi bilan ham aniqlanadi. Bunda u paskallarda ulchanadi. Absolyut namlikni bilgan holda, ayni sharoitda suv bugi tuyinish darajasidan kanchalik uzok ekanligi tugrisida biror fikr aytib bulmaydi. Buning uchun nisbiy nalikni bilish kerak. Tayinli biror haroratdagi havo absolyut namligi r ning shu haroratda 1 m 3 havoni tuyintirish uchun zarur bo’lgan suv bugi massasiga, ya`ni suv tuyingan bugining zichligi R 0 ga nisbati bilan aniqlanadigan kattalikka nisbiy namlik deyiladi: Φ H r / r 0 Foizlarda (%) Φ H r / r 0 .100%. Nisbiy namlik yana quyidagicha aniqlanadi. Kuzatilayotgan temperaturada havoda mavjud bo’lgan suv bugi bosimi R ning shu temperaturadagi tuyingan suv bugi bosimi R 0 ga nisbati btlan aniqlanadigan kattalikka nisbiy namlik deyiladi: Φ H R / R 0 , Foizlarda (%) F H R / R 0 . 100%.  Namlikni aniqlash uchun Avgust psihrometridan foydalanish mumkin. Psihrometr ikkita bir hil termometrdan iborat. Termometrlardan birining rezeruariga bir uchi suvga botirib kuyilgan doka uralgan. Havo suv buglari bilan tuyinmagan bulsa, materialdagi suv buglanadi va termometrning rezervuari soviydi. Nisbiy namlik kancha katta bulsa, buglanish shuncha sekin utadi va ho’l termometrning harorati shuncha yuqori buladi. Nisbiy namlik 100% bo’lganda suv umuman buglanmaydi va ho’l termometrning kursatishi bilan quruq termometrning kursatishi bir hil bulib koladi. Ikkala termometr kursatishlarining ayirmasiga karab psihrometrik jadval yordamida havoning nisbiy namligini aniqlash mumkin. 4 - rasm Aniqlash tartibi . 1. Psihrometr stakanchasiga suv soling va 5 – 10 minut kutish. 2. Quruq va ho’l termometrlarining kursatishlari t 1 va t 2 larini yozib olish. 3. Quruq va ho’l termometrlarining kursatishlari farkini hisoblash: ∆t H t 1 – t 2 . 4. Psihrometrik jadvaldan ∆t ga va havoning t 1 harorati (quruq termometrning kursatishi) ga mos kelgan f nisbiy namlikni yozib olish. 5. Havoning r absolyut namligini ifoda yordamida hisoblang 6. Ulchash va hisoblash natijalari jadvalga yoziladi. 2 - jadval Tajrib a № 1 t 2 t t 1 – t 2 ,% F urt f f ∆ fur t ∆ ,% δ 3. Ishlab chiqarish changi va uning insonga ta`siri Ishlab chiqarishdagi ko`p ishlarni bajarishda chang hosil buladi. Ular kelib chiqish manbalariga ko`ra, tabiiy va sun`iy changlarga bulinadi. a) Tabiiy changlar - inson ta`sirisiz hosil buladi. Bunday changlar turkumiga shamol va buronlar ta`sirida qum hamda tuproqning erroziyalangan qatlamlari ko`chishi, o`simlik va hayvon olamida, vulqonlar otilishi boshqa hollarda paydo buladigan changlarni kiritish mumkin. b) Sun`iy changlar – ishlab chiqarish korxonalari va qurilishlarda insonning bevosita ta`siri natijasida hosil buladi. Kelib chiqish hususiyati bo’yicha organiq, mineral va aralashma changlarga farqlanadi. CHanglarning zararli ta`siri uning kimyoviy tarkibiga bog’liq. CHangning kattaligi, uch guruhga bulinadi: - kattaligi 10 mkm.dan katta bo’lgan changlar. Bunday changlar o`z og’irligi ta`sirida erga qo`nadi; - kattaligi 10 mkm.dan 0, 25 mkm.gacha bo’lgan changlar. Ular erga juda sekinlik bilan tushadi va mayda changlar deb yuritiladi. - kattaligi 0,25 mkm.dan kichiq bo’lgan changlar, ular erga qo`nmay havoda uchib yuradi. Changning inson organizmiga ta`siri, eng avvalo, nafas olganda yuzaga keladi. Bunda havo bilan nafas olish, asosan, nafas organlarini zararlanishi: bronhit, pnevmo-konioz yoki umumiy reaktsiya (zaharlanish, allergiya) rivojlanishini vujudga keltirishi va changning o`pka yo`liga kirishi pnevmaniya, sil, o`pka rakining kelib chiqishiga sharoit yaratishi mumkin. Qo`rg’oshin, mis va boshqa metallarning changi inson organizmiga zaharlovchi modda sifatida salbiy ta`sir ko`rsatadi. Changning hosil bulishi va tarqalishiga qarshi kurashda Texnologik jarayonlar avtomatik usullarga o`tkazilgan halda jihozlarning zichligi oshirilib, ma`lum masofadan turib boshqarish tizimlariga o`tish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Sanoatda, transport vositalarini ishlatishda va qishloq ho`jaligida bajariladigan ishlarning deyarli hammasida chang hosil bulishi va ajralishi ko`zatiladi. Umuman changlar, ularning kelib chiqish manbalarini hisobga olgan holda tabiiy va sun`iy changlarga bo`lib o`rganiladi. Ma`lumki, changlangan havo muhiti insoniyatni qadim zamonlardan beri ta`qib qilib kelgan. Tabiiy changlar sirasiga tabiatda inson ta`sirisiz hosil buladigan changlar kiritiladi. Bunday changlarga shamol va qattiq buronlar ta`sirida tuproqning erroziyalangan qatlamlarining uchishi, o`simlik va hayvonot olamida paydo buladigan changlar, vulqonlar otilishi, kosmosdan yatmosferasi ta`siriga tushib qolgan meteoritlar, kosmik jismlarning yonib ketishidan hosil buladigan changlar va boshqa hollarda hosil buladigan changlarni kiritish mumkin. Tabiiy changlarning atmosfera muhitidagi miqdori tabiiy sharoitga, havoning holatiga, yilning fasllariga va aniqlanayotgan joyning qaysi mintaqada joylashganligiga bog’liq. Masalan, atmosferadagi chang miqdori shimoliy hududlarga nisbatan janubiy hududlarda, o`rmon mintaqalariga qaraganda cho`l mintaqalarida, shuningdek qish oylariga nisbatan yoz oylarida ko`proq bulishi ma`lum. Aniqlanishicha, har bir kubometr havo tarkibida katta shaharlar hududlarida 6000 atrofida (ba`zi bir manbalarda avtomobil vositalaridan ajralgan tutunlarni ham kiritib 30000) har hil kattalikdagi chang zarralari bulishi aniqlangan. Dalalar va bog’larda bu miqdor o`n marta kamayadi, tog’li hududlarda esa undan ham kamroq chang zarralari buladi. Sun`iy changlar : sanoat korxonalarida va qurilishlarda insonning bevosita yoki bilvosita ta`siri natijasida hosil buladi. Masalan, mashinasozlik sanoatida cho`yan ishlab chiqaruvchi domna va marten pechlarida va hamda tosh tsehlarida, issiqlik elektrostantsiyalarida yoqilgan ko`mirning ma`lum qismi kul va tutun sifatida atmosferaga chiqarib yuboriladi. Qurilish ishlarida qazish, portlatish, tsement ishlab chiqarish, shuningdek tog’lardan ma`danlarni qazib olish va boshqa juda ko`p ishlarda ko`plab miqdorda chang ajraladiki, bu changlarni atrof-muhitga chiqarib yuborish tabiatga haloqatli ta`sir ko`rsatishi mumkin. Sanoatning ba`zi bir tarmoqlarida, masalan, kimyo sanoatida shunday xavfli sanoat changlari ajraladiki, ularni tozalamasdan chiqarib yuborish fojiali holatlarni vujudga keltiradi. Kelib chiqishi bo’yicha organiq, mineral va aralashma changlar mavjud. Changning zararli ta`sirining tavsifi asosan uning kimyoviy tarkibiga bog’liq. Changning kattaligi (ya`ni dispers tarkibi) bo’yicha uch guruhga bo`lib qaraladi: a) kattaligi 10 mkm dan katga bo’lgan changlar yirik changlar deb ataladi. Odatda bunday changlar o`z og’irligi ta`sirida erga qo`nadi; b) katgaligi 10 mkm dan 0,25 mkm gacha bo’lgan changlar. Bu changlarni mayda changlar yoki mikroskopik changlar deb yuritiladi. Ular erga ma`lum ijobiy sharoitlar bo’lganda, masalan, yomg’ir, qor va shabnam kabi erga yog’ilayotgan og’ir zarralarga ilashib qo`nishi mumkin; v) kattaligi 0,25 mkm dan kichiq bo’lgan changlar ul’tra mikroskopik changlar deb yuritiladi va bu changlar hech qachon erga qo`nmay, betartib harakat qilib, uchib yuradi.  Nafas olish organlarining individual himoya vositalari. Nafas olish organlari fil’trlovchi va izolyatsiyalovchi individual himoya vositalari yordamida himoyalanadi. Fil’trlovchi individual himoya vositalari hajm bo’yicha nafas olinadigan havoda kislorod 18 % dan kam bulmaganda va zararli moddalar kontsentratsiyasi cheklanganda qo`llaniladi. 5- rasm. Changga qarshi respiratorlar: a-,,Lepestoq"; b-,,Astra-2": v-F- 62 SH; g-F62 SHM; D-U-2k; e-RP-K. Nafas olish organlarini himoyalovchi vositalarning fil’trlovchi elementlari maxsus FPTS-15 yoki FPP-70 materiallaridan tayyorlanadi. Nafas olish organlarini himoyalashda changga qarshi respiratorlar (lepestoq, Astra-2, F-62SH, F-62SHM, U2k, RP-K) dan va gazga qarshi RU-60M, RPG-67 respiratorlaridan keng foydalaniladi (5-rasm). Changga qarshi respiratorlar aerozollarning ruhsat etilgan eng kam kontsentratsiyasi 200 gacha bo’lganda foydalaniladi. Gazga qarshi respiratorlar gaz va bug’larning ruhsat etilgan eng kam kontsentratsiyasi 15 gacha bo’lganda ishlatiladi. CHangga qarshi respiratorlarni foydalanib bulinganligini mezoni nafas olishni a b 6-rasm. Gazga qarshi respiratorlar: a-RU-60 M; b-RPG-67. og’irlashganligi va fil’trlarni xizmat muddati hisoblanadi: 3 - jadval Changga qarshi respiratorlarning fil’trlarini tahminiy xizmat muddati Respirat orlar nomi Zararli changlar kontsentratsiyasida fil’trlarning xizmat muddati 25 mg/m 3 100 mg/m 3 300 mg/m 3 Mu `tadil (o`r tacha) ish O g’ir ish M u`tadil (o`rtacha ) ish O g’ir ish Mu `tadil (o`rtacha) ish O g’ir ish U-2k 2 smena 5 soat 3 soat 1 soat 0,5 soat 15 minut F-62sh 5 smena 3 smena 1, 5 smena 0, 5 smena 3 soat 2 soat «Astra2» 10 smena 5 smena 5 smena 2, 5 smena 6 soat 3, 5 soat 4. Ishlab chiqarish xonalarida gaz mikdorini aniqlash Toza havo tarkibida 77% azot, 21% kislorod va 1% boshka gazlar mavjud. Ammo sanoat korxonalarida havo zararli moddalar bilan aralashib odam organizmiga zarar yetkazadi. Bu holat ishlab chiqarish jarohatlanishlarga, kasb kasalliklariga olib kelishi mumkin. SHunday holatlarning oldini olish uchun mehnat sharoitlarini baholash, odamlarning salomatligini saklash lozim. SHuning bilan bir katorda zararli bug va gazlarning me`yordan yuqori mikdorda tarkalishini oldini olish zarur. Qurilish me`yorlari (CH- 245-71) da yul kuyilishi mumkin bo’lgan kontsenratsiyalarning mikdori keltirilgan. Havo tarkibidagi zararli gaz va bug kontsentratsiyalarni kamaytirish uchun kuydagi chora – tadbirlarni kulash mumkin: 1) Texnologik jarayonlarni mehanizatsiyalash. 2) Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish. 3) Texnologik jarayonlarni germetiklashtirish. 4) Mahalliy chang surish dastgohlarini urnatish 5) SHamollatish vositalarini urnatish. 6) Shaxsiy himoya vositalarini ishlatish. Nazorat savollari 1. Havo tarkibini aytib bering. 2. Havo namligi insonga qanday ta`sir qiladi. 3. Havo harorati insonga qanday ta`sir kiladi. 4. Shamol insonga qanday ta`sir kiladi. 5. To’yingan va tuyinmagan buglar orasidagi fark nimadan iborat. 6. Havoning namligi deb nimaga aytiladi. 7. Absolyut va nisbiy namliklar qanday aniqlanadi. 8. Havoning namligini qanday asboblar yordamida aniqlash mumkin? 9. Havoning namligini aniqlaydigan usullarni tushuntiring. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: "O’zbekiston", 2008. 2. “Mehnat Kodeksi”. O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari to’plami. – T.: 2005 y., 37-38 - son. 3. “Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida”gi qonun. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi. –T.: 2002 y., 1-son. 4. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to’g’risidagi Nizom. Vazirlar Mahkamasining qarori № 286, 06.06.1997, –T.: 1997. 5. “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug’urtasi to’g’risida”gi qonun. O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2008 y., 37-38-son. 6. “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida”gi qonun. O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, – T.: 2009 y., 16-son.