logo

Jonli fors tili, mavali askarlar, yag‘nob (tili) shevasi. Zarafshon vohasi, ahamoniylar yozuvi, budda dini, qoraxoniylar sulolasi, turk xoqonligi, saljuqiylar davri

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

60 KB
Jonli fors tili, mavali askarlar, ya g‘ nob (tili) shevasi. Zarafshon vohasi, ahamoniylar yozuvi, budda dini, qoraxoniylar sulolasi, turk xoqonligi, saljuqiylar davri Reja: 1. Yangi eroniy tillar davri. 2. Ba’zi eroniy tillarning qo‘shilib ketish jarayoni. 3. Eroniy va g‘ayrieroniy tillarning qo‘shilib ketish jarayoni. 4. Yangi eroniy tillar davrida eroniyzabon xalqlarning yozuvi va yozma adabiyoti. Yangi eroniy tillar davri ( I X-X asrdan shu kunga qadar) Yangi Eron til davri deganda ko‘pchilik eron tillari tarixini arab alifbosi asosida yozilgan manbalarga qarab tushunadi. Albatta, bunga hozirgi zamon fors, dari, afg‘on va boshqa tillar kiradi, lekin sobiq i ttifoq davrida arab alifbosidan majburan, chetlatilgan hozirda krill va lotin yozuvidan foydalanayotgan tojik, tolish, pomir tillari, hamda Kavkazda eroniy tillar guruhiga kiruvchi osetin, tat tillari ham shular jumlasidandir. Ba’zi eroniy tillarining o‘zaro chatishib ketishi jarayoni Arablar istilosiga qadar fors dialektlari parfyan va boshqa eroniy dialektlar bilan chatishib, butun Xuroson vohasiga tarqalgan edi. Buni Ibn al-Mukaffa (721- 757), Muqaddasiy (X asr) va at-Tabariy (838-923) o‘z asarlarida yozib qoldirgan edilar. VII asrda jonli fors tili Marv viloyatida ham tarqalgan edi. O‘rta Osiyodagi so‘g‘d va tohar tillarining fors tili bilan qo‘shilib ketishi jarayoni uzoq vaqt davom etdi. Arablar istilosidan keyin ham so‘g‘d tili fors tiliga o‘z o‘rnini tezda bo‘shatib bermadi. Lekin iqtisodiy omillar hayotda o‘z hukmini o‘tkazib, shaharlik so‘g‘d va toharlar rasmiy til sifatida fors tilini qabul qilganlar. Buni tarixchi Buxari Nershahiy (X asr) tasdiqlaydi. Fors tilining O‘rta Osiyoga keng tarqalishida arablarning qo‘shinlari ham katta rol o‘ynagan. Chunki arab qo‘shinlari tarkibida ko‘pchilikni xurosonliklar tashkil qilardi. Arablar ularni «mavali»lar deb atardilar. I X-X asrlarda Movarannahrda shu jumladan, Buxoro va Samarqand kabi yirik shaharlarda yerli aholi to‘la fors tilida gapirishga o‘tgan edi. Zarafshon vohasining qishloq joylarida so‘g‘d tili butun o‘rta asr davomida saqlanib qoldi, uning dialektlaridan biri hozir ham Ya g‘ nob daryosi bo‘ylarida mavjud. Lekin tojik tili uni sikib chiqaryapti, natijada ular hozirgi kunda ikki tillikdir. Aynan shu usulda sharqiy eron til guruhiga kiruvchi Toharistonning tog‘li rayonlarida yashovchi aholi va Pomir tog‘ining baland joylarida yashovchi shug‘non, ravshan yaz g‘ ulom va boshqa tillarda gapirishuvchi xalqlar ham tojik tilini qabul qilib, hozirda ular ham ikki tillikdirlar. Bu tillardagi toponimlar hozir ham tojik tilida saqlanib qolgan. Eroniy va g‘ayri eroniy tillarning qo‘shilib ketishi jarayoni Ahamoniylar yozuvi va yunon tarixchilarining asarlarida bayon qilinishicha Eron va O‘rta Osiyoda eramizdan avvalgi I minginchi yillarda yerlik aholi eroniy tillarda gapirishgan. Bu hududlarga turkiyzabon qabilalar eramizning boshlang‘ich asrlarida Markaziy Osiyoning ichki maydonlaridan va Xitoy chegaralaridan aholining katta ko‘chish jarayonida kelib qolganlar. Ular avval O‘rta Osiyoga, so‘ngra asta-sekin Eron hududlariga kirib borganlar. Turkiyzabon qabilalar G‘arbga ko‘chish jarayonida avval Xitoy Turkistoniga kelib, bu yerga o‘z nomlarini berganlar. Turkiy qabilalar kelgan paytda sharqiy Eron dialektlarida gapiruvchi sak-tohar qabilalari yashardi. Ikkinchi bir qismi esa Amudaryo va Sirdaryo oralig‘ida va Toharistonda xionit-eftalit nomi bilan eramizning IV - V asrlarida yashardi. VIII - I X asrlarda bu qabilalar budda diniga e’tiqod qiladilar. Keyinchalik eroniyzabon qabilalarning taqdiri boshqacha bo‘ldi. O‘troq eroniy qabilalar turk qabilalari bilan qo‘shilib turkiyzabon bo‘lishdi. O‘rta Osiyoda turkiyzabon aholining soni VI asrning 60-70-yillaridan boshlab, Turk hoqonati davrida, X-X I asrda Qoraxoniylar davrida va X I asr o‘rtalarida Saljuqiylar davrida anchagina ortdi. Eroniy tilda so‘zlashuvchi aholini turkiyzabon xalqlarga qo‘shilib ketishi keyingi davrlarda Farg‘ona, Shosh, Zarafshon va Qashqadaryo vohalarida ham ro‘y berdi. Ayniqsa, bu jarayon Yettisuv vohasida tez avj oldi. Chunki to‘rt atrofdan turkiy xalqlar bilan o‘ralgan so‘g‘d qabilalari to‘la turk tiliga o‘tishdi. Bu haqda X I asrda yashagan asli turk, lekin arab tilida ijod qilgan mashhur lug‘atnavis Mahmud Kosh g‘ ariy so‘g‘d tilida gapirishgan oxirgi qabilalarni ko‘rgan va ularni avval ikki tillik bo‘lgani va keyinchalik o‘z ona tillarini unutganliklarini yozgan. O‘rta Osiyoning boshqa viloyatlarida ham turkiylashtirish deyarli shu usulda bordi. Al-Beruniyning guvohlik berishicha, uning ona tili xorazm tili bo‘lgan, u yoshligida xorazm tilida so‘zlashuvchi kishilarni ko‘rgan. Lekin Xorazmning to‘la turkiylashtirilishi X III asrda tugallangan. O‘rta Osiyoda eroniy tillardan tojik tilining siqib chiqarilishi keyingi davrlarda ham davom etdi. Bu asosan, Farg‘ona, Chirchiq, Zarafshon, Qashqadaryo va Surxondaryo vohalariga xosdir. Prof. I.N.Zarubinning guvohlik berishicha turklashtirish (o‘zbek) masalan, Urgut tumanida shu kungacha davom etib kelmoqda. Buxoro, Samarqand shahar va shahar atroflarida aksariyat aholi ikki tillikdir. Saljuqiylar davrida (X I -X II asr) turkiyzabon qabilalar Eron yassi tog‘ligining shimoliy- g‘arbiy qismlarida paydo bo‘lishdi. Shu davrda janubiy Ozarbayjondagi eroniyzabon aholining turkiy qabilalar bilan birikishi boshlandi. Turkiy qabilalarning migratsiyasi kuchaygan sari bu maydonda turkiy tilning rolini oshira bordi. Mahalliy aholining ko‘pchiligi turkiy tilni (Ozarbayjon) qabul qildi. Ba’zilar esa (tat va tolishli) o‘z tillarini ham saqlab qolib, hozirgi kunda ular ikki tillikdir. Eroniy tillar hamisha biz tilga olgan hududda o‘z o‘rnini turkiy tillarga bo‘shatib beravermagan, baraks o‘zini turk deb atagan Kulob viloyatidagi kishilar hozir to‘la tojik tiliga o‘tganlar. N.Magidovichning yozishicha XX asrning 20- yillarida Buxoro amirligiga qarashli qishloq joylarining 23 foiz (%)i o‘zlarini turkiy qabilalardan biriga tegishli deb bilganlar. Lekin kundalik turmushda esa tojik tilidan foydalanganlar. 1 Hozirgi kunda O‘zbekiston hududidagi tojik millatiga mansub kishilarning aksariyati ikki yoki uch tillikdir. Huddi shu hol Eronning g‘ arbiy va janubiy- g‘ arbiy qismida ham ro‘y berayapti. Shu kunlarda ham to‘la eroniyzabon bo‘lgan kishilar an’anaga ko‘ra o‘zlarini turkiy avlodga mansub deb hisoblaydilar. Afg‘onistonda tojik tilining turkiy va mo‘g‘ul tillari bilan qo‘shilib ketishi va natijada tojik-fors tilining g‘ olib chiqishi hammaga ma’lum. Masalan: Afg‘onistonning shimoliy- g‘arbiy qismida yashovchi yarim ko‘chmanchi chor aymoq qabilasi avvalda turk, mo‘g‘ul tillarida so‘zlashgan bo‘lsalar, hozirgi kunda ular tojikzabon bo‘lib ketishgan. X VIII asrda shimoliy Erondan Hirot va Kobul taraflariga ko‘chib o‘tgan qizilboshlar Afg‘onistonda hukumronlik qilgan mo‘g‘ul 1 Materiali po rayonirovaniyu Sredney Azii Kn. №1, chast 1, Buxara-Tashkent, 1926 g. 23 s. avlodlari – hazoriylarga qo‘shilib ketganlar. X I X asrda ham hazoriylarning ayrim guruhlari mo‘g‘ul tilining dialektlarida gapirishardi. Hozirgi kunda hazoriylar to‘la tojikzabondir. Eron va O‘rta Osiyodagi ayrim arab guruhlari (masalan: Samarqand va Qashqadaryo viloyatlaridagi) hozirgi kunda ikki-uch tillikdirlar. Bularning hammasi siyosiy vaziyatning o‘zgarishi va iqtisodiy munosabatlar bilan bog‘liq. Bu yerda biror tilni ortiq yoki kam ko‘rish xato bo‘lur edi. Afg‘onistondagi eng katta qabilalardan biri gilzaylar X asrlarda turkiyzabon edilar. X VI asrga kelib, ular pashtu tilini qabul qildilar va o‘z tillarini butunlay unutdilar. Huddi shunday hollar hind-eron tillaridan kashan, Belujistondagi dravid tilidagi belujlarning pashtu va eroniyzabon belujlar bilan qo‘shilishi kuzatilgan. O‘rta Osiyo va Afg‘onistonda turli siquvlardan jon saqlab qolgan tillar bor, ular o‘zlari tarqalgan joylardan siqilib, tog‘li yerlardan joy olganlar. Bularga Zarafshon vohasidagi so‘g‘d tilining davomchisi yaG‘nob tili, Pamir tog‘larida ravshanlar, vaxtanlar, ishkashim, yozg‘ulom tillari, Afg‘onistondagi munjon tili kiradi. O‘z- o‘zidan ko‘rinib turibdiki, mazkur tillarni o‘rganish, eron tilshunosligi uchun qanchalik katta axamiyatga ega. U til xaritasini ko‘rsatish va eroniy va g‘ayri eroniy tillarning qo‘shilishi, paydo bo‘lishi va ikki uch tillik xodisalarni o‘rganishga imkoniyat yaratib beradi. Yangi eroniy til davrida eroniyzabon xalqlarning yozuvi va yozma adabiyoti ( I X-X V asrlar) Hozirgi zamon tirik eroniy tillarini tarixga nazar tashlasak, ularni yozuvga ega va ega emasligiga ko‘ra quyidagi guruhlarga ajratishimiz mumkin. 1. Qadimgi yozma adabiyotga ega bo‘lgan xalqlar. Bularga forslar, tojiklar va dariyzabon xalqlar kiradi, ular deyarli 2,5 ming yillik yozuv va adabiyotga ega. 2. Keyinroq yozma adabiyotga ega bo‘lgan xalqlar. Bularga X V asrda yozuv va yozma adabiyotga ega bo‘lgan afg‘on (pashtu)lar kiradi. 3. Yaqin o‘tmishda yozuv va yozma adabiyotga ega bo‘lgan xalqlar. Bularga osetin xalqi mansub. Ular X VIII asrda yozuvga ega bo‘lib, o‘z adabiyotini yaratmoqdalar. Buxoro juhudlari ham XX asr boshlarida kirill alifbosi asosida o‘z yozuvlariga ega bo‘ldilar. 4. O‘z yozuviga umuman ega bo‘lmagan xalqlar. Bularga Erondagi lur va baxtiyor qabilalari, Afg‘onistondagi munjonlar va O‘rta Osiyo lo‘lilari kiradi. Lur va baxtiyor qabilalarining folklorini arab yozuvi asosida olimlar tomonidan o‘rganishga urunishlar bo‘lgan. O‘rta Osiyoda, asosan, O‘zbekistonda Buxoro lo‘lilari uchun o‘zbek, tojik va rus tillaridagi maktablar eshigi hamisha ochiqdir. Shunday qilib yangi eron tillarini o‘rganish manbalari va bu tillarda yaratilgan adabiyotlarni ikki guruhga ajratamiz: 1) original yozuvlar yodgorliklari: nasr va nazmdagi badiiy adabiyotlar, ilmiy va tarixiy bayozlarni o‘z ichiga olgan o‘rta asr qo‘lyozmalari, yangi va eng yangi davrdagi litografiya, ko‘paytirish vositalarining nashr mahsulotlari va matbuot; 2) tadqiqotchilarning yodnomalari (til, folklor, etnografiya, hozirgi davrda maxsus ilmiy maqsadlarni nazarda tutgan). Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, hozirgi zamon eroniy tillar davrini ikki qismga ajratib o‘rganamiz: a) o‘rta asr yodgorliklari (mumtoz fors-tojik adabiyoti I X-X VI asrlar); b) hozirgi zamon eroniy tillar (X VI -X VII asrlardan to shu kunlargacha). Foydalanilgan adabiyotlar 1. I.M.Oranskiy «Vvedenie v iranskuyu filologiyu» M. 1960, 1988. 2. Osnovi iranskogo yazikoznaniya M., 1979, 1981, 1982 . 3. Gamkrelidze T.V.Ivanov Vch.Vs. «Indoyevropeyskiy yazik i indoyevropeysi» tom I- II , Tbilisi, 1984. 4. Naselenie SSSR M, 1976 . 5. www.ziyonet.uz