logo

Osmotik gomeostaz, kislotaishqor muvozanatini tug‘rilovchi va parenteral ovqatlantirish uchun ishlatiladigan dori vositalarining klinik va farmakologiq tavsifi

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

74 KB
Osmotik gomeostaz, kislotaishqor muvozanatini tug‘rilovchi va parenteral ovqatlantirish uchun ishlatiladigan dori vositalarining klini k va farmakologiq tavsifi Turli kasalliklar va sindromlar, ayniqsa yosh bolalarda qayt qilish, ich ketish, haroratning ko‘tarilishi, organizmda osmotik gomeostaz va kislota ishqor muhitining buzilishi bilan kechadi. Bu buzilishlarni o‘z vaqtida davolash bemor ahvolini yaxshilaydi hamda tezda tuzalib ketishiga imkon beradi. Suv yo‘qotish natijasida kelib chiqadigan suvsizlanishda suv yo‘qotish tuz yo‘qotishdan ustun bo‘ladi. Masalan, tana harorati yuqori bo‘lganda (teri sathidan va o‘pka orqali suvning bug‘lanishi yo‘li bilan) tuz yo‘qotish natijasida kelib chiqadigan suvsizlanishda tana suvga nisbatan ko‘proq tuzni yo‘qotadi (masalan, qayt qilish natijasida kelib chiqadigan suvsizlanish). Izotonik suvsizlanishda esa organizm teng miqdorda suv hamda tuz yo‘qotadi (19jadval). Suvelektrolit almashinuvi buzilishini davolashdan oldin uning qaysi ko‘rinishda ekanligini va uning buzilish darajasini aniqlash kerak. Kompensatsiyalangan ko‘rinishida — suyuqlik va tuzlarni ichishga tavsiya etilsa, dekompensatsiyalangan ko‘rinishida yuborilishi kerak bo‘lgan suyuqlik miqdorini formula yordamida topish kerak bo‘ladi. Izotonik va tuz yetishmovchiligidan kelib chiqqan suvsizlikka gematokrit ko‘rsatkichini ko‘zda tutib yuborilishi kerak bo‘lgan suyuqlik miqdori Rachev formulasi yordamida topiladi. 19j a d v a l Suvsizlanishning klinik va laboratoriya belgilari Suvsizlik belgilari Suv yo‘qotishdan kelib chiqqan suvsizlanish Tuz yo‘qotishdan kelib chiqqan suvsizlanish Izotonik suvsizlanish MNS ning holati Do‘zg‘aluchanlik, besarapjomlik, kuchli suvsirash Koma, tutdanoq tutishi Bo‘shashish, uyqusirash Tana harorati Yudori Me’yorga yaqyan yoki pasayyab ketnshi mumkin Subfebril Teri Elastikligi saqlangan, issiq Sovuq, ko‘karganlik belgmlari, teri bo‘shashgai Sovuq, quruq Shilliq pardalar Durib ketgan Shilliq bilan qoplangan Duruq Nafas Oshqozonichak yo‘llari Nafas olish kuchaygan; ba’zan to‘xtab qoladi. Teztez ich ketadi, ba’zan qayt qilish kuzatiladi Nafas olish sekin, o‘pkada ho‘l xirillashlar bo‘ladi Kofega o‘xshash qayt qilish, suvga o‘xshash suyuq ich ketish, ichaklar harakati falajlangan Me’yorga yaqin Ishtaha yo‘q, axlatda shilliq bo‘lishi mumkin 1 Siydikning solishtirma orirligi Plazmaning osmotik bosimi Sonda natriy Umumiy oqsil Eritrotsitlar soni Gematokrit Sekinlik bilan ortib bora di 10251035 + + Nn Kamayadi 1010 va undan ham pasayadi + + + Me’yorga yaqin yoki biroz yuqori bo‘ladi N N + + + Eslatma: (+)ko‘paygan, (N)normada Suv yetishmovchiligidan kelib chiqqan suvsizlanishda suyuqlik miqdori Zeyfert formulasi bo‘yicha topiladi. Tananing suvsizlanishi qon aylanishining dekompensatsiyasi bilan kechayotgan bo‘lsa, suvtuz buzilishini davolash uchun oqayotgan qon miqdorini ko‘paytiruvchi suyuqliklar (qon zardobi, 10% li albumin, reopoliglyukin) va mikrotsirkulatsiyani yaxshilovchi moddalar (gemodez, polidez) va 10% li glukoza eritmasi tavsiya etiladi. Tuz yetishmovchiligi natijasida kelib chiqqan suvsizlanishda glukoza va tuzli eritmalar, suv yetishmovchiligidan kelib chiqqan suvsizlikda —5% li glukoza eritmasi quyiladi. Infuzion davolash samaradorligini bemorning tana og‘irligini tortish, markaziy vena qon bosimini va siydikning ysmotik bosimini o‘lchash bilan nazorat qilib boriladi. Transfuzion moddalar yordamida qonning morfologik tarkibiga, qon aylanish dinamikasiga, qonning agregat holatiga, suvtuz almashinuviga va tananing ichki muhiti reaksiyasiga ta’sir qilish mumkin. Transfuzion moddalar hozirgi funksional tasnifga ko‘ra 6 guruhga bo‘linadi: 1. Gemodinamik ta’sirga ega qon o‘rnini to‘ldiruvchilar (karaxtlikda gemodinamikani to‘g‘rilash uchun ishlatiladi). 2. Zaharsizlantiruvchi moddalar. Turli zaharlanishlarda qo‘llaniladi, kuyishda va nurlanishdagi toksikozlarda, buyrak va jigar kasalliklarida, dizenteriyaning toksikoz ko‘rinishlarida ishlatiladi. 3. Suvtuz va kislotaishqor muvozanatini to‘g‘rilovchilar (tuzli infuzion eritmalar). 4. Parenteral oziqlantirish uchun ishlatiladigan dorilar oqsil yetishmovchiligida ishlatiladigan oqsil gidrolizatlari, aminokislota aralashmalari, energiya manbalari (uglevodlar, spirtlar, yog‘ emulsiyalari). 5. Qislorod tashuvchilar — og‘ir klinik hollarda qonning o‘rnini to‘ldiradi va kislorod tashish vazifasini bajaradi. 6. Ko‘p (polifunksional) vazifani bajaruvchi qonning o‘rnini bosuvchilar. Amaliyotda 1—4 guruh dorilari keng qo‘llaniladi. Gemodinamik ta’sirga ega qon o‘rnini bosadigan dori moddalari turli sabablarga ko‘ra vujudga keltirish natijasida kelib chiqqan gemodynamik buzilishlarni va mikrotsirkulatsiyani tiklash uchun ishlatiladi. Poliglyukin —60000+10000 molekular massali qisman gidrolizlangan dekstranning 0,9 foizli osh tuzidagi eritmasi. Poliglyukin yuborilgandan so‘ng 1kunda umumiy miqdorining 40 foizi, 2kunda 20—25 foizi, 4kundan so‘ng 8—10 foizi saqlanib qoladi, 5—8kunlardan so‘ng esa dori tanadan butunlay chiqib ketadi. Chiqish tezligi dorining molekular og‘irligiga bog‘liq. Molekular og‘irligi 50000 dan yuqori bo‘lsa, dekstran jigarda, lim fatik tugun, makrofaglarda, taloqda va boshqa to‘qimalarda o‘tirib qoladi. Dekstranning ozroq qismi o‘t suyuqligi orqali chiqib ketadi. Tanada qolgan dekstran spetsifik ferment dekstranglyukozidaza ta’sirida sekinasta glukozagacha parchalanadi. Poliglyukin suvga o‘ch (gidrofil) polimer bo‘lib, uning har bir misqoli (gramm) 25 ml suvni o‘ziga tortadi, shu boisdan dori yuborilgandan so‘ng, qon tomirlarda qonning hajmi tezda tiklanadi. Poliglyukin fiziologik jihatdan inert modda hisoblanadi, u qonning shaklli elementlariga ta’sir qilmaydi. Qon zardobi tarkibi bilan munosabatda bo‘lmaydi, o‘pka va boshqa a’zolar faoliyatiga salbiy ta’sirlar ko‘rsatmaydi. Poliglyukin kimyoviy inertligi uni adrenalin, insulin, antibiotiklar, vitaminlar va boshqa dorilar bilan birga kiritishga imkon beradi. Poliglyukin jarohatlar, o‘tkir qon yo‘qotish, zaharlanish, sepsis, kuyish, operatsiyalar va boshqa sabablarga ko‘ra vujudga kelgan karaxtliklarni (shokni) davolash hamda uning oldini olish maqsadida ishlatiladi. Poliglyukin arterial qon bosimini keskin ko‘taradi, shu sababli yuqori arterial qon bosimda hamda tomirga ko‘p miqdorda suyuqlik yuborish mumkin bo‘lmagan hollar (miya ichki bosimi ortishi bilan kechayotgan bosh miya jarohatlari)da tavsiya etilmaydi. Karaxtlik (shokda) poliglyukin birdaniga 400—1200 ml miqdorda yuboriladi. Zarur bo‘lganda uning bir marta yuboriladigan miqdorini 2 litrgacha ko‘paytirish mumkin. Yuborish tezligi bemorning umumiy ahvoliga, qon bosimi ko‘rsatkichiga, puls soniga va gematokrit ko‘rsatkichlariga qarab belgilanadi. Operatsiyalar paytida bo‘ladigan karaxtlik (shok)ning oldini olish maqsadida dori tomchilab beriladi, qon bosimi tushib ketganda esa uzluksyz yuborish Lozim. Qon bosimi 60 mm sim. ustuniga tushib ketganda, poliglyukinni 400 ml miqdorda arteriya qon tomiriga yuborish tavsiya etiladi. Poliglyukinni uzluksiz tomchilab yuborish operatsiyadan so‘ng vujudga keladigan karaxtlik (shok)ning oldini olishning eng yaxshi yo‘lidir, Tana kuyganda kelib chiqadigan karaxtlik (shok)da dorini miqdorlash va yuborish tezligi bemorning umumiy ahvoliga qarab, birinchi 24 soatda 2000—3000 ml, keyingi sutka davomida esa 1500 ml gacha yuborish mumkin. Odatda dorini quyib bo‘lgandan keyin reaksiya kuzatilmaydi. Lekin bemorning shaxsiy sezuvchanligini hisobga olib, dori yuborishni boshlash kerak va birinchi 10 tomchini va keyingi 30 tomchini quyib bulgandan keyin 3 daqiqa tanaffus qilish tavsiya etiladi. , Podifer — molekular og‘irligi 60000+10000 bo‘lgan, qisman gidrolizlangan, 0,015 foizli temir dekstran birikmasi saqlovchi o‘rta molekular dekstranning 6 foizli eritmasidir. Polifer o‘tkir qon yo‘qotishda va karaxtlikda gemodinamikani tiklashda va eritropoetik ta’sir ko‘rsatadi. Polifer o‘tkir qon yo‘qotishdan so‘ng va jarohat karaxtligida, shuningdek zaharlanishda va sepsisda, operatsiya vaqtida, operatsiyadan so‘ng uchraydigan karaxtliklarning oldini olishda va gemopoezni jonlashtirish uchun, kuyish karaxtligida, operatsiyalar vaqtida qon yo‘qotilganda ishlatiladi. Polifer bosh miya jarohatlarida (bosh miya suyagi ichidagi bosimning ko‘tarilishi bilan kechadigan), o‘pka shishlarida va qon aylanish yetishmovchiligida tavsiya etilmaydi. Poliferning ishlatilishi va uni miqdorlash poliglyukinnikiga o‘xshash. Qon yo‘qotish natijasida kelib chiqqan karaxtlikda polifer uzluksiz ravishda 400—1200 ml dan yuboriladi. Zarurat tug‘ilsa, uning miqdori 2000 ml gacha yetkazilishi mumkin. Gemodinamika ko‘rsatkichlari me’yoriga yetganda, tomchilab yuborish tartibi va miqdori bemorning umumiy ahvoliga bog‘liq bo‘ladi. Odatda polifer ishlatilganda salbiy ta’sirlar kuzatilmaydi, ammo bemorning doriga shaxsiy sezuvchanligi ortishi kuzatilishi mumkin. Reopoliglyukin va glukozali reopoliglyukin. Molekular og‘irligi 35000+5000 bo‘lgan dekstranning 10 foizli osh tuzining izotonik eritmasidagi suyuqlik. Dori qon tomirlarida oqayotgan qon hajmini ko‘paytiradi, qbyning reolognk xususyyatyni mo‘tadillashtiradi, ajralayotgan qon hajmini saqlab turish ta’siri poliglyukinga nisbatan kam. Bu polimerning qon aylanishidan tez chiqib ketishi bilan bog‘liq. Dori yuborilgandan so‘ng 6 soat o‘tgach uning qondagi miqdori 2 marta kamayadi. Bu davr ichida dorining 60 foizi siydik bilan chiqib ketadi, 24 soat ichida esa 70—80 foizi chiqib ketadi. Dori qaytaqayta quyilganda ham organizmda to‘planmaydi. Yarim chiqish davri 8—12 s ga yaqin. Reopoliglyukin, poliglyukin, globulin yoki boshqa oqsil preparatlari bilan qo‘shib ishlatilganda gipobolemiyada yaxshi natija beradi. Qon yo‘qotishda, trombotsitlar yopishqoqligini kamaytirishda va eritrotsitlarning quyuqlanishini yo‘qotishda juda muhim omildir. Mikrotsikulyatsiya va qonning reologik xususiyatini mo‘tadillashtiradi, shuningdek oqayotgan qon hajmini tezda ko‘paytirish zarur bo‘lgan hollarda reopoliglyukinni tavsiya etish zarur. Reopoliglyukin — hujayra ichidagi va hujayralararo bo‘shliqlardagi suyuqlikni keskin harakatlantiruvchi gipertonik eritmadir. Shu sababdan uni ishlatilganda suyuqlik muvozanatini kuzatib borish tavsiya etiladi. Reopoliglyukinni quyidagi hollarda: kapillar qon aylanishining buzilishlarida, jarohat, operatsiya va kuyish natijasida kelib chiqqan karaxtliklarning oldini olish va davolash uchun; arterial va venoz qon aylanishining buzilishida, tromboz, tromboflebit va Reyno kasalligining oldini olish va davolashda; yurak operatsiyalarida; qon tomirlar va plastik xirurgik operatsiyalarda; kuyishda, peritonit, pankreatit, buyrak, jigar kasalliklarida uchraydigan zaharlanishlarni davolashda ishlatiladi. Yurak qontomirlar va plastik jarrrohlik amaliyotida dori bevosita operatsiyadan oldin 30—60 daqiqa davomida 10 ml/kg hisobida, operatsiya vaqtida 400— 500 ml va operatsiyadan keyin 5—6 kun davomida har kuni bir marta venaga tomchilab yuboriladi. Zaharsizlantirish (dezintoksikatsiya) maqsadlarida venaga tomchilab 400— 1000 ml miqdorida yuboriladi, kerak bo‘lsa bir muncha vaqtdan so‘ng qaytadan yana 400— 500 ml miqdorda quyish mumkin. Keyingi 5 kun davomida dori tomchilab, kuniga 400 ml dan yuboriladi. Buyrak faoliyati susaygan bemorlarda yoki natriy xloridni yuborish cheklangan hollarda reopoliglyukinning glukozali eritmasi ishlatiladi. Uglevodlar al mashINuvi buzilganda yoki uglevodlarni yuborish muykin bo‘lmagan boshqa holatlarda osh tuzidagi reopoliglyukin eritmasi ishlatiladi. Trombotsitopeniyada, anuriya bilan kechadigan buyrak kasalliklarida, yurak yetishmovchiligida va ko‘p hajmda suyuqlik yuborish mumkin bo‘lmagan hollarda reopoliglyukinni ishlatish mumkin emas. Reoglyuman — diuretik ta’sirga ega, qon o‘rniny 6d= suvchi ko‘p qirrali suyuqlik. Reoglyumanning maxsus ta’siri uning tarkibidagi dekstran va mannitning fizikkimyoviy va biologik xususiyatlari bilan bog‘liqdir. Past molekular dekstran eritrotsitlarning manfiy zaradlarini ko‘paytirib, qonning reologik xususiyatini yaxshilaydi, eritrotsitlarning yopishqoqligi va tromblar hosil bo‘lishiga qarshilik ko‘rsatadi, qonning yopishkoqligini kamaytiradi, periferik qon aylanishini yaxshilaydi. Dekstran yuqori konsentratsiyali suyuqlik bo‘lganligi tufayli, hujayralararo bo‘shliqdan suyuqlikni qon tomirlariga harakatlantiradi, qon bosimini tezda ko‘taradi va qon tomirlarida oqayotgan qon hajmini ko‘paytiradi. Dori tarkibiga kirgan 50 foizli mannit diuretik ta’sir ko‘rsatadi. Reoglyuman kapillar qon oqimini yaxshilovchi dori sifatida tanada suv to‘planishi bilan kechadigan mahalliy va umumiy mikrotsirkulatsiyaning buzilishiga olib keladigan kasalliklarning oldini olish va davolash maqsadida ishlatiladi. U kapillar qon oqimining buzilishida (jarohat, kardiogen hamda kuyishdan kelib chiqadigan karaxtliklarda), arterial va venoz qon aylanishining buzilishida, trombozlar, tromboflebitlar, endoarteriitlar, Reyno kasalligi, qon tomirlar va plastik operatsiyalarda, buyrak filtrlash faoliyati saqlanib qolgan, buyrak va jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda, qon quyganda kelib chiqqan asoratlarda, peritonit, pankreatit va kuyish davridagi zaharlanishni kamaytirish maqsadida ishlatiladi. Reoglyumanni uzluksiz ravishda yuborish gipervolemiyaga olib kelishi mumkin. Shu sababli uni venaga tomchilab yuboriladi. Dorining miqdori va yuborish tezligi bemorning umumiy ahvoliga qarab individual belgilanadi. Qaraxtlikni kompleks davolashda reoglyuman venaga tomchilab 400—800 ml miqdorda 30—60 DZqiqa davomida yuboriladi. Qon o‘ta suyulib ketganda (gematokrit ko‘rsatkichi 25 TB dan kam bo‘lganda, gemorragik diatezda (trombotsitopeniya), qon aylanish byshmovchyligida (anasarka), buyrak yetyshmovchyLigida (anuriya bilan kechadigan), og‘ir allergik holatlarda tavsiya etilmaydi. Reoglyumanning salbiy ta’sirlari kuzatilmaydi. Ammo, og‘ir allergik reaksiyalar, pulsning tezlashishi va qon bosimining pasayishi kuzatilishi mumkin. Bu holatlarda reoglyumanni quyish to‘xtatiladi., Bemorga tezlik bilan antigistamin, yurak qontomir dornlari va kortikosteroidlar yuboriladi. Jelatinol — qisman gidrolizlangan jelatinaning 8% li osh tuzining izotonik eritmasidagi suyuqlik. Utkir qon yo‘qotishda jelatinolni quyi.sh birinchi soatlarda qon zardobida oqsillar miqdorini kamaytiradi. Lekin bir kundan so‘ng ularning miqdori ko‘payadi, 5—10 kundan keyin esa ularning mo‘tadillashishi kuzatiladi, nooqsil azotning miqdori ko‘payadi. Jelatinol jigarning oqsil, uglevod va pigmentlar almashinuvidagi faoliyatini buzmaydi. Jelatinolning asosiy qismi siydik orqali chiqadi. 1kuni—40 foizi, 2kuni 10 fozi chiqib ketadi. Keyingi kunlarda jelatinolning siydik tarkibida borligi aniqlanmaydi, jelatinol va uning asosida tayyorlangan dorilarning og‘ir karaxtliklarni (shok) davolashdagi samaradorligi poliglyukinga qaraganda kamroq. Bu uningtarkibida qon tomirlardan tez chiqib ketadigan kichik molekular og‘irlikdagi fraksiyalar borligi bilan tushuntiriladi. Jelatinol birinchi va ikkinchi darajali postgemorragik va jarohat karaxtliklarini davolashda, bemorlarni operatsiyaga tayyorlashda, kuyish davridagi zaharlanishni kamaytirishda ishlatiladi. Dori venaga, arteriyaga yuboriladi, uning miqdori bemorning umumiy ahvoliga qarab aniqlanadi. Bir marta 2000 ml gacha yuborish mumkin. Urtacha og‘irlikdagi operatsiyalarda jelatinolni qo‘llash gemodinamika ko‘rsatkichlarini mo‘tadillashtiradi. Operatsiya va operatsiyadan so‘ng paydo bo‘lgan karaxtliklarda jelatinol va boshqa dorilarni qo‘llash, odatda karaxtlik holatini yo‘qotadi. Gemodez—molekular og‘irligi 12000 bo‘lgan polivinilpirrolidonning 6 foizli eritmasi bo‘lib, organizm uchun zarur bo‘lgan tuzlarning fiziologik miqdorini tutadi. Gemodez tana uchun zararsiz bo‘lib, uning asosiy miqdori 6—8 soat ichida, qolgan qismi esa bir kechakunduz davomida siydik bilan birikmalar ko‘rinishida chiqadi. Gemodez qonga quyilganda, toksinlar (zaharlar) bilan birikmalar hosil qiladi, diurezni kuchaytirishi esa bu zaharli birikmalarning tezda chiqib ketishini ta’minlaydi. Dorining zaharsizlantirish ta’siri tez kelib chiqadi va hatto yuborish davridayoq boshlanadi. Gemodez zaharlanish davrida uchraydigan kapillarlar qon oqishining buzilishini mo‘tadillashtiradi. Buyraklardagi qon oqimining buzilishi va buyrak koptokchalarida filtratsiyani ko‘paytirish hisobiga kuchli diuretik ta’sir ko‘rsatadi. Dizenteriya, salmonellyoz, zaharlanish va dispepsiya kasalliklarining boshlang‘ich davrlarida gemodezning o‘ta tozalovchi ta’siri kuzatiladi. Jarrohlik amaliyotida yiringli kasalliklarda, jigar sirrozida, o‘pkaning surunkali kasalliklarida, o‘tkir buyrak va jigar yetishmovchiligida gemodez juda samarali ta’sir ko‘rsatib, yaxshi natija beradi. Gemodez o‘tkir oshqozonichak kasalliklari: dizenteriya (ichburug‘), dispepsiya, salmonellyoz, kuyish kasalligidagi zaharlanish davrining 4—5 kunlarida, chaqaloqlarning gemoliz kasalligida va operatsiyadan keyingi davrda keng qo‘llaniladi. Peritonitlar va ichak tutilishida operatsiyaga tayyorlash va operatsiyadan keyingi davrda gemodez keng qo‘llaniladi. Turli sabablarga ko‘ra kelib chiqqan o‘tkir buyrak yetishmovchiligida va tireotoksikozda ham tavsiya etiladi. Gemodezning eng asosiy xususiyatlaridan biri uning kapillarlarda eritrotsitlarning to‘xtab qolishini yo‘qotishdir. Gemodez oqayotgan qon hajmini ko‘paytiradi, umumiy va mahalliy qon aylanishini yaxshilaydi. Gemodezni bir kechakunduz bir marta yoki bir necha marta yuborish mumkin, chunki u antigen xususiyatiga ega emas. Gemodezning yuboriladigan miqdori bemorning yoshi va umumiy ahvoliga bog‘liq. Qattalar uchun eng yuqori miqdori 400 ml, ko‘krak yoshidagi bolalarga 5— 10 ml/kg, ular uchun eng yuqori miqdori — 70 ml, 2 yoshdan 5 yoshgacha bolalarga 100 ml, 10 yoshdan 15 yoshgacha — 200 ml hisobida yuboriladi. Parenteral oziqlantirish dori vositalari. Parenteral oziqlantirishning asosiy vazifasi oshqozonichak yo‘lini organik va funksional yetishmovchiligidan kelib chiqadigan buzilgan modda almashinuvini tiklashdir. Tanadagi bajaradigan asosiy faoliyatiga ko‘ra, bu moddalar azot manbalari, energiya manbalari va ionsuv almashinuvini ta’minlovchi guruhlarga bo‘linadi. Azot manbalarini parenteral oziqlantirishda ish latishdan asosiy maqsad hujayralar o‘z oqsillarini sintez qilishi uchun ularning assimilatsiyasiga erishishdir. Amaliyotda parenteral oziqlantirish uchun asosan oqsil gidrolizatlari va qisman aminokislotalar aralashmalari ishlatiladi. Farmakodinamikasi. Qlinik kuzatishlar ko‘rsatishicha, azot manbalarini to‘g‘ri ishlatish oqsil, suvtuz va modda almashinuvini ancha darajada mo‘tadillashtiradi. Azot moddalari jigar, oshqozon osti bezi shira ishlash apparatlari faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, neyrogumoral boshqarish omillari ishini faollaydi (buyrak usti bezining miya va po‘stloq qismi, oshqozon ssti bezining ichki sekretsiya qismi, qalqonsimon bez), ular safroning suyuq qismini va bikarbonatlar ajralishini kuchaytiradi, lipopreteidlar, o‘t kislotasi, fosfolipidlar va xolesterinni kamaytiradi. Asab tizilmasining trofik faoliyatini yaxshilaydi. Oqsil gidrolizatlaridan kazein gidrolizati, gidrolizat L—103, aminopeptid, aminokrovin va boshqalar ishlatiladi. Gidrolizatlarni vena tomiriga, teri ostiga, zond orqali oshqozon yoki ingichka ichakka yuborish mumkin. Gidrolizatlar 20—40 tomchidan yuboriladi, 1 daqiqada yuboriladigan tomchilar soni qancha kam bo‘lsa, ularning o‘zlashtirilishi shuncha yaxshi kechadi, allergik reaksiyalar kam uchraydi. Oqsil gidrolizatlarini ishlatganda 0,5—2 foiz hollarda tananing qizishi qaltirash, tana haroratining ko‘tarilishi, ko‘ngil aynishi, qusish kuzatiladi. Karaxtlik, gemodinamikaning o‘tkir buzilishida, yurak yetishmovchiligida, tromboemboliyada kazein gidrolizati tavsiya etilmaydi. Energiya manbalari — odam va hayvon tanasida plastik va energetik jarayonlar borishini ta’minlash uchun zarurdir. Plastik jarayonlar uglevod va yog‘lar oksidlanishida hosil bo‘ladigan energiya sarfisiz kechmaydi. Qaloriya yetishmovchiligida tashqaridan kiritilayotgan oqsillar qisman yoki to‘la energiya manbai sifatida parchalanib ketadi. Shu jumladan oqsil bo‘lmagan energetik moddalarni kiritish, hatto kundalik ratsionda oqsillar yetishmayotgan holatlarda, shuningdek katta operatsiyalardan keyin ham kuchli azot saqlovchi ta’sir ko‘rsatadi. Uglevodlar — hayvon tanasidagi muhim energiya manbaidir. Glukoza parenteral oziqlantirish uchun qulay uglevoddir. Bu monosaxarid yaxshi eriydi, modda almashinuviga tezda qo‘shiladi. Glukoza bosh miya, eritrotsitlar, ilik, periferik asab to‘qimasi faoliyatini ta’minlash uchun juda zarurdir. To‘qimalarda glukozaga bo‘lgan kundalik ehtiyoj 180 g tashkil qiladi, jarohatlarda va regeneratsiya jarayonlarida bu ehtiyoj 2 baravar ko‘payadi. Glukoza energiya manbai sifatida yuborilganda, u saqlab qoluvchi ta’siridan tashqari, yana oqsillarni ham saqlab qolish va aminokislotalardan to‘qima oqsillari sintezini tezlatuvchi ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, glukoza RNK tuzilishidagi boshlang‘ich tarkibiy qismlardan biridir. Glukozaning anabolik samarasi — uning insulin ajralishini kuchaytirishi bilan bog‘liqdir. Glukoza va insulinni birgalikda yuborish aminokislotalarning oqsillarga ko‘proq kirishini va kaliy, natriy ionlarini tanada mo‘tadil taqsimlanishini ta’minlaydi. Ko‘pincha glukozaning izotonik (5 foizli) eritmasi ishlatiladi, uning 1 litri 200 kkal energiya beradi. Giperglikemiya va glyukozuriyaning oldini olish maqsadida ko‘pincha har 3 —5 g glukozaga 1 TB insulin qo‘shib yuboriladi. Glukoza yagona energiya manbai sifatida ishlatilganda shuni e’tiborga olish kerakki, uni to‘xtovsiz ishlatish jigarning ish faoliyatiga salbiy ta’sir qilishi mumkin, glukoza jigarda albuminlar sintezini pasaytiradi. Giperglikemiya chaqirib uglevodlar gomeostazini buzadi va oshqozon osti bezining insulin chiqarish qobiliyatini pasaytiradi. Hujayralar va umumiy suvsizlanishda suyuqlik hajmini to‘ldirish uchun glukozaning izotonik eritmalari teri ostiga va venaga kuniga 300 ml dan 2000 ml miqdorgacha yuboriladi. Gipertonik eritmalar esa faqat venaga 10—15 ml dan bir marta yoki 300 ml dan tomchilab yuboriladi. Glukozani to‘liq o‘zlashtirish uchun shu bilan bir vaqtda uning har bir g miqdoriga 1 TB insulin qo‘shib yuboriladi. Fruktoza — glukozadan farqli ravishda tanada insulin ishtirokisiz o‘zlashtiriladi. Pediatriya amaliyotida glukozaning izotonik eritmalari tana suvsizlanganda suyuqlik hajmini to‘ldirish va energiya manbai sifatida parenteral oziqlantirish uchun ishlatiladi. 10% va 20% li eritmalari dorilarni suyultirish uchun jigar kasalliklarida, turli yuqumli kasalliklarda va zaharlanishlarda ishlatiladi. Kuniga 10 —15 mg/kg hisobida venaga tomchilab yuboriladi. 40% li eritmasi teri ostiga tushganda to‘qimalar nekrozi va venaga yuborilganda flebit, tromboz chaqiradi. Spirtlar. Etil spirti yuqori kaloriyaliligi jihatidan glukozaga qaraganda 1,7 marta yuqori. 1 g spirt yonganda 7,1 kkal beradi. Tanaga kiritilgan spirt asosan, jigarda tezda, dastlabki 5 soatda ancha tez oksidlanadi, u yerda atsetilkoenzimA ga aylanib Krebs sikli orqali metabolizmga uchraydi va energiya manbai sifatida xizmat qiladi. Spirt energiya almashinuvi jarayoniga tezda aralashadi va uglevod hamda yog‘larning parchalanishidan saqlaydi. Bundan tashqari, spirtlar azot saqlovchi ta’sirga ham ega. Alkogolni davolovchi miqdorlarda ishlatish jigar faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Klinikada alkogolni quyidagi ijobiy ta’sirlari ahamiyatga ega: tinchlantiruvchi va og‘riq qoldiruvchi, yurak qontomirlar tizilmasini quvvatlantiruvchi va arterial bosimni ko‘taruvchi va siydik X4aydovchi xususiyatlari shular qatoriga kiradi. Tananing energiyaga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida spirtlar, gidrolizatlar, aminokislotalar va boshqa suyuqliklar bilan birgalikda ishlatiladi (1 g spirt 1 kg tana og‘irligi hisobidan yuboriladi). Poliollar. Keyingi yillarda energiya manbai sifatida ko‘p atomli spirtlar (poliollar) — sorbit va ksilit ishlatilmoqda. Sorbit. Ko‘p atomli spirt jigarda fruktozaga aylanadi va glikogen holida to‘planadi. Ksilit esa besh atomli spirt, glukozaning metaboliti xisoblanadi. Spirtlarning monosaxaridlardan afzalligi shundaki, ular yuqori energiya qimmatiga ega va poliol zritmalarini aminokislotalar eritmalari bilan birgalikda sterilizatsiya qilish mumkin, chunki uglevodlardan farqli o‘laroq aminokislotalar bilan munosabatga kirishmaydi. Ular qontomirlar devorini kam qitiqlaydi va ularni gipertonik eritma holida kiritish mumkin. Poliollar vitamin saklovchi xususiyatga ega, ayniqsa Vguruhidagi vitaminlarni parchalanishdan saqlaydi. Venaga yuborilganda 20—35% miqdori siydik orqali chiqib ketadi. Sorbit kukun holida va 20% li steril tayyor eritma ko‘rinishida chiqadi. Qlinik maqsadlarda dori natriy xloridning izotonik eritmasida eritiladi. Parenteral oziqlantirish maqsadida dori izotonik eritma holida kuniga 500—1000 ml dan kiritiladi. Ayniqsa uglevod almashinuvi buzilgan bemorlarda (diabet, ateroskleroz), shuningdek oshqozon osti bezi patologiyasi bo‘lgan bemorlarda yaxshi samara beradi. 11.1. Qonning suvmineral tuzlar va kislotaishqor muvozanatiny to‘g‘rilovchi dorilar Laktasol — izotonik, mo‘tadillashtirilgan, mineral buferli eritma. Dori qon zardobi asosiy kationlarining fiziologik aralashmasidir. Laktat — tuzli eritmalarning terapevtik samaradorligi karaxtlikda, buzilgan suvelektrolit muvozanatini to‘g‘rilashda, har xil patologik holatlarda buzilgan qonning kislotaasos muhitini to‘g‘rilashda, yo‘qotilgan qonda eritma yetarli miqdorda ishlatilgan sharoitda qon tomirlar bo‘shlig‘ini to‘ldirish, qonning reologik xususiyatini yaxshilash bilan, mikrotsirkulatsiyani yaxshilash, diurezni ko‘paytirish va buyrak faoliyatini yaxshilash bilan bog‘liqdir. Laktasol hujayradan tashqari suyuqlikning kamayishi yoki suvsizlik bilan kechadigan o‘tkir sirkular buzilishlarda, travmatik, termik (gemorragik, operatsiyada va operatsiyadan so‘ng kuzatiladigan karaxtlikda), peritonitda, ichak tutilishida, turli diareyalarda, shuningdek metabolitik atsidozlarda ishlatiladi. Laktasol alkaloz holatida (ayniqsa uning og‘ir ko‘rinishida), ko‘p miqdorda suyuqlik kiritish taqiqlangan hamma holatlarda (bosh suyagining yopiq jaroxatlarida), bosh miya ichki bosimi ko‘tarilishi bilan kechadigan holatda, yurak faoliyati susayganda va o‘pka shishida tavsiya etilmaydi. Laktasol kuyish kasalligining hamma darajalarida ishlatiladi. Laktasol venaga tomchilab va uzluksiz yuboriladi. Jarohat karaxtligining yengil ko‘rinishlarida laktasol 2—3 l miqdorda, og‘ir holatlarida esa qon, poliglyukin, reopoliglyukin, protein bilan birgalikda 1—2 l miqdorda ishlatiladi. Bolalarga venaga tomchilab, og‘ir holatlarda uzluksiz yuboriladi va tomchilab yuborishga o‘tiladi. Bolalarga kuniga 10—25 ml/kg miqdor hisobida tavsiya etiladi. Laktasol ishlatilganda ba’zan tana haroratining ko‘tarilishi, qaltirash kabi salbiy ta’sirlar kuzatilishi mumkin. Trisamin — bufer moddadir. Trisamin tanaga kiritilganda vodorod ionlari miqdorini kamaytiradi va atsvdozni yo‘qotadi. Natriy gidrokarbonatdan farqli o‘laroq, trisamin qonda SO2 ni ko‘paytirmaydi. Dori hujayra qobig‘idan yaxshi o‘tadi, shu sababli u hujayra ichidagi atsidozni ham yo‘qotadi. Shuningdek, osmotik va diuretik ta’sirga ham ega. Trisamin buyraklar orqali o‘zgarmagan ko‘rinishda chiqib ketadi. Trisamin metabolitik atsidozlar bilan kechadigan o‘tkir va surunkali kasalliklarda, karaxtlikda, ko‘p miqdorda qon quyishda, peritonitda, o‘tkir pankreatitda va boshqa klinik holatlarda ishlatiladi. Trisamin reanimatsiya vaqtida va operatsiyadan so‘nggi atsidozni zudlik bilan yo‘qotishda ham ishlatiladi. Atsidozni kamaytiruvchi va gipoglnkemik ta’sir ko‘rsatuvchi modda sifatida trisamin diabetik atsidozni davolashda ham ishlatiladi. Dori, shuningdek, salitsilatlar, butadion, barbiturat kislotasi hosilalaridan zaharlanishni davolashda x,am ishlatiladi (osmodiuretik va siydikni ishqorlovchi ta’siri bu zaharli moddalarning organizmdan tez chiqib ketishiga olib keladi). Trisamin venaga 3,66% li eritma ko‘rinishida yuboriladi. Og‘iz orqali qabul qilinganda ichakka bo‘shatuvchi ta’sir ko‘rsatadi. Eritmaning o‘rtacha miqdori 60 kg vazndagi bemorga 500 ml va bir daqiqada 120 tomchidan venaga yuboriladi. Trisaminni yuborish nafas buzilishiga, qonda qand, natriy va kaliy miqdorining kamayishiga olib keladi. Pediatriya amaliyotida trisamin atsidozga qarshi kurashishda va diurezni ko‘paytirishda ishlatiladi. Venaga tomchilab har 1 kg vaznga 1,5 g hisobida kislotaishqor muvozanati ko‘rsatkichlarini nazorat qilgan holda yuboriladi. Buyraklar faoliyati buzilganda trisaminni tavsiya etish taqiqlanadi. Bunday holatda og‘ir giperkaliyemiya kuzatilishi mumkin. Trisaminning miqdori ko‘payib ketganda nafas buzilishi (to‘xtabto‘xtab nafas olish), gipokaliyemiya, gipotoniya, ko‘ngil aynishi, qusish kuzztiladi. Natriy gidrokarbonat — og‘ir atsidoz bilan kechadigan turli kasalliklarda ishlatiladi (diabet, yuqumli kasalliklar va b.). Antatsid sifatida keng qo‘llaniladi, shuningdek antiaritmik modda sifatida ham ishlatiladi. Metabolik atsidozni to‘g‘rilash maqsadida natriy gidrokarbonat ichish uchun yoki venaga tomchilab 4% li eritmasi yuboriladi. Atsidozning og‘ir ko‘rinishida 3,5% li eritmasi 50—100 ml miqdorda venaga yuboriladi. Shuningdek, 4,5% li eritmasi ham ishlatiladi, o‘tkir og‘ir kechayotgan atsidozlarda — 8,4% li eritmasi 50—100 ml miqdorda ishlatiladi. Davolash jarayonida qonning kislotaishqor muhitini kuzatib borish zarur. Pediatriyada natriy gidrokarbonatning 4% va 8,4% li eritmalari metabolik atsidozni to‘g‘rilash uchun 6 mmol/kg hisobida ishlatiladi, chala tug‘ilgan bolalarda esa 2 barobar ko‘proq miqdorda ishlatiladi. Natriy gidrokarbonatni uzoq vaqt kiritish ishtaha yo‘qolishi, ko‘ngil aynishi, qusish, qorin sohasida og‘riq; bezovtalanish, bosh og‘rigi, tirishish bilan kechadigan alkalozga olib kelishi mumkin.