logo

Maktablarda tasviriy san`t darslarida o`quvchilarni tasviriy san`at faniga bo`lgan qiziqishini ortirishda ko`rgazmalilikdan unumli foydalanish

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

80 KB
www.arxiv.uz Reja: 1. Kirish 2. Bitiruvchi malaka ishining maqsad va vazifalari. 3. Maktablarda tasviriy san`at darslarida uquvchilarni tasviriy san`at fanlariga bo`lgan qiziqishini arttirishda ko`rgazmalilikdan unumli foydalanish. 4. Tasviriy san`at darslarida ,,Bayram bezaklari www.arxiv.uz Kirish Bugungi kunda maktablarda chizmachilik va tasviriy darslarini olib boorish ijtimoiy –iqtisodiy sharoit bilan xam bog`liqdir .O`zbekiston Respublikasi Prizidenti I.A.Karimov o`zining “Jaxon Moliyaviy –Iqtisodiy inqirozi, O`zbekiston sharoitida ularni bartaraf etish yo`llari va chegaralari” nomli asarida Moliyaviy iqtisodiy inqirozning mazmuni kelib chiqishi sabablari va oqibatlarining oldini olish va yumshatishga asos bo`luvchi omillar mamlakatimiz iqtisodiyotini modenirizatsiyalash va yangilashni izchil davom ettirish borasida qo`lga kiritilayotgan yutuqlar ustivor yo`nalishlar mavjud muammolar va ularni xal etish masalalarini yoritib bergan. {I.A.Karimov asaridan} Maktablarda tasviriy san`at darslarini olib boorish bugungi ijtimoiy – iqtisodiy sharoit bilan bog`liqdir. O`zbekiston Respublikasi Prizidenti I. A. Karimov o`zining “Barkamol avlod O`zbekison taraqqiyotining poydevori nomli nutqida “Hamma o`qituvchilar oily ma`lumotli bo`lishlari shart” degan edi shuningdek badiiy mexnat fani bo`icha dars olib boruvchi boshlang`ich sinf o`qitunvchilari bu darsning hamma xususiyatlari bilan tanishgan bo`lishlari kerak. Xalq ta`lim xodimlarining kundalik ish faoliyatlarida asosiy dasturi amal xisoblamgan “ Ta`lim to`g`risidagi qonun “ va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” dir. Shulardan foydalangan xolda o`quvchilarni ta`lim – tarbiyaga o`rgatamiz. “ Millat , vatan , xalq istiqboli degan muqaddas tushunchalar hamma vaqt qalbimizning to`ridan joy olib , xar birimizning hayotimizda ongimizda charx urib turishi darkor “ degan edi Prizidentimiz I.A Karimov .Boshlang`ich sinf o`quvchilariga tasviriy san`at darslarini o`tish jarayonida o`qituvchilarning o`z ishlari bilan faxrlanib ishlashi , dars o`tish jarayonida yaxshi natijalar beradi. Boshlang`ich sinf tasviriy san`at darslarini o`qitish malakasi bo`yicha O`zbekiston olimlaridan R. Xasanov X. Egamov va R. Mavlonovlarning www.arxiv.uz yaratgan darsliklari metodik qo`llanmalari ilmiy maqolalari tasviriy san`at o`qituvchilari uchun yagona uslubiy manbalardir . Shunday bo`lsada xozirgi kunda xalq pedagogikasidan o`tmish madaniy merosimizning o`rgatishdan boshlab o`quvchilar ongiga tarixiy taraqqiyot manbalarini singdirishni davr talab etmoqda. Umumiy o`rta ta`lim maktablarida tasviriy san`at o`quv predmetlarining maqsadi komil insonni uning badiiy madaniyatini shakllantirishga qaratilgan. Tasviriy san`at o`quv predmeti har bir inson uchun zarur bo`lgan milliy madaniyatga doir elementlar bilim va malakalar beradi. Rasm chizishni bilish faqat rassomlar, dizaynerlar, me`morlar uchungina emas u o`qituvchining injinerlik , mediklik quruvchilik,agranomlik xarbiylar olimlar uchun xam zarurdir. Ularning xar biri o`z faoliyatlarida sxemalar diagrammalar eskizlar orqali so`z bilan tshuntirib bo`lmaydigan o`z g`oya va fikrlarni tasvirlab ko`rstishga xarakat qiladilar. Tasviriy san`at fani barcha fanlar bilan o`zaro bog`liqdir. Keyingi vaqtda boshqa soxalarda bo`lgani kabi, oily Ta`lim tizimida xam ko`pgina amaliy tadbirlar amalgam oshirilmoqda.Xususan pedagogika Oliy o`quv yurtlarining Badiiy grafika fakukltetlarida yosh pedagogic rassomlarni tayyorlash bo`yicha Davlat ta`lim standartlari yangi o`quv rejalari dasturlari tuzilmoqda o`quv qo`llanma darslik va metodik tavsiyalar yaratilmoqda. Respublika oily o`quv yurtlari va ilmiy tadqiqot Institutlarida yoshlarga milliy san`at na`munalarni o`qitishning ilmiy asoslangan yangi shakli metodlari ishlab chiqilmoqda xamda yoshlarni badiiy va estetik jixatdan tarbiyalab voyaga etkazish borasida ko`plab ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Maktablarda tasviriy san`t darslarida o`quvchilarni tasviriy san`at faniga bo`lgan qiziqishini ortirishda ko`rgazmalilikdan unumli foydalanish. Tasviriy san`at darslarining muvafaqiyati ko`p jihatdan bolalarni fanga bo`lgan qiziqishlarini shakillantirish va doimiy ravishda uni oshirib borishga www.arxiv.uz bog`liq. Fanga qiziqishi bo`lmagan boladan yahshi natija kutib bo`maydi. Shuningdek o`quvchi darsdan bironta natijani ongli ravishda olganida hamda unga ega bo`lishga ishonch hosil qilgandagina fanga qiziqish paydo bo`ladi. Tasviriy san`atda o`quvchilarning qiziqishlarini oshirishning bir qator yullari mavjud: -san`atning mohiyatini bolalar ongiga sindirish; -mashur san`at namoyondalrining hayoti va ijodi yuzasidan suhbatlar utkazish filmlar namoyish etish albomlar tayyorlash; -ozgina bo`lasada bolalarni erishgan yutuqlarini qayd qilish va rag`batlantirish ularning ibrotomis ishlarini sinfdagi barcha o`quvchilarga namoyon etish; -qiziqarli bo`gan san`at asarlari haqida suhbat va murozalar utkazish; -muvafaqiyatga erishgan o`quvchilarining ishlaridan ko`gazmalar tashkil etish, ularni ishlarini tuman, shahar, viloyat ko`gazmalariga tavsiya etish; -har bir darsda o`qtuvchi bolalarga yangi bilim, tushuncha va malakalar berishi; -tasviriy san`at darslarini o`yin, musabaqa tarzida tashkil etishi {viktorina krasvord, chaynvord yechish }; -bolalarning tasviriy ijodi uchun ko`proq ularni qiziqtirgan mavzularni tavsiya etish. .Ayniqsa ertaklar hikoyalar multiplikatsiyalar filmlar asosida dengiz tubiga va boshqa planitalarga hayoliy sayohat mavzularida rasm chizdirish; -bolalarni yirik muzey va ko`rgazmalarga olib borish; -mashhur san`atkorlar bilan uchrashuvlar utkazish va boshqalar. O`quvchilarni tasviriy san`atga bo`lgan qiziqishini oshirishda ko`rgazmali materiallardan ken foydalanish ham katta samara beradi. Bunda san`at asarlari reproduksiyalarni kursatish o`quvchilarning fanga bo`lgan qiziqishini yanda orttiradi.Reproduksiyalarni bolalarga shunchaki kursatish, uning mazmunini tahlil qilish bilan chegaralanib qolmay asarning yaratilish tarixi, asar haqida yirik olim rassomlarni aytgan fikirlarini o`quvchilarga yetkazish muhumdir.Avvalo kursatiladigan asarlar o`z mazmunini va yaratilish tarixiga kura qiziqarli bo`lishi www.arxiv.uz maqsadga muvofiqdir .Masalan badiiy asarlar qatoriga I.Repinning “Ivan Grozniy va uning o`g`li Ivan”, N.Genning “Pyotr I shahzoda Aleksey Petrovichni so`roq qilmoqda “, V.Perovning” Ovchilar manzilgohda”, Leonardo Do Vinchining “Mona Liza. Jakonda “asrlarini ko`rsatib ular haqida kenroq tushunchalar berish maqsadga muvofiqdir. Malumki, barcha tasviriy san`at darslarida ko`gazmali qurollar ishlatiladi . bu o`quv predmetining ko`rgazmali qurollarsiz tassavuir etib bo`lmaydi .Shuningdek tasviriy san`at darslarida ko`rgazmalilik turlari xam nixoyatda turli- tumandir .Xususan natura uchun shuningdek tushuntirish uchn mo`ljallangan tabiiy va suniiy materiallar chizish va yasash usullari va bosqichlarini ko`rsatuvchi ko`rgazmali tablitsalar shular jumlasiga kiradi. Ayniqsa: 1. Tabiat maxsulotlaridan –daraxt ,gul,bargcha, shoxcha rasmlari. 2. Xayvonot olamidan- kapalak, ninachi, qo`ng`zlar, burgutlar, it, bo`ri, quyon, turna va boshqa rasmlar . 3.Turmushda qo`llaniladigan buyumlar- oshxona va sport buyumlari, mexnat qurjkkari va boshqalar 4.Transport vositalari- xarbiy texnika, sport texnikasi rasmlari 5.Odam va xayvonlarni turli tomondan ko`rinishlarini , ranglari, shakllarini, xamda perspektiv qisqarishini tasvirlovchi rasmlar 6. Odam va narsalarni chizish bosqichlarini ko`rsatuvchi rasmlar Bunday ko`rgazmalar namoish etilganda sinfdagu barcha o`quvchilarga yaxshi ko`rinadigan o`lchovda tasvirlanishi lozim .Bu rasmlar o`z xarakteriga ko`ra rangli yoki oq-qora bo`lishi mumkin. Ko`rgazmali qurollar nafaqat rasmli, balki turli materiallardan { karton, yog`och, sim, loy, tabiiy va badiiy materiallar} yasalgan bo`lishi mumkin. Ular tasviriy san`at nazariyasiga{ kompozitsiya perspektiva ,rangshunoslik, yorug` soya}, uning qonuniyatlarini ko`rsatuvchi modellar bo`ladi.Bu ko`rgazmali qurollar avval eskiz yoki kichik o`lchovdagi nusxa tarzida tayyorlanadi. U o`qituvchi tasdig`idan o`tgandan so`ng katta o`lchovda ishlanadi. Har bir tayyorlangan ko`rgazmaga talaba qisqacha tushuntirish xati yozadi. Unda www.arxiv.uz ko`rgazmadan foydalanishga oid metodik ko`rsatmalar namoish vaqti va bosqichlari ko`rsatiladi. Ko`rgazmali qurollarni o`quvchilar tomonidan tayyorlanadigan darsga doir konspekt va metodik ishlanmalar bilan bog`liq xolda amalgam oshirish maqsadga muvofiqdir.Lekin ko`rgazmali qurol dars ishlanmasi bilan bog`liq bo`lmasligi ham mumkin. O`quvchilarni tasviriy san`atga bo`lgan qiziqishlarini orttirishda shuningdek turli ko`rgazmalar xam tashkil etish lozim.Ko`rgazma orqali maktabda tasviriy san`at soxasida olib borilayotgan ishlarga baxo berish mumkin bo`ladi.Shuningdek ko`rgazma olib borayotgan ishlar yakuni sifatidagina axamyatli bo`lib qolmay, balki kelgusi ishlarda xam muxim rol o`ynaydi.Ko`rgazmaning natijalari o`qituvchini kelgusida kamchiliklarni bartaraf etishda olib borilgan ishlarni yanada takomillashtirishga imkon beradi. Amalyotda ko`rgazmaning ikki xil shakli uchraydi . 1.O`quvchilarning ijodiy ishlaridan tashkil etiladigan ko`rgazmalar 2.Mashhur tasviriy va amaliy san`at ustalari asarlarining asl nusxalari yoki ularning repraduksialaridan tashkil etiladigan ko`rgazmalar. O`quvchilarning ijodiy ishlaridan tashkil etiladigan ko`rgazmalarning shakllarinihoyatda turli- tuman bo`ladi. Xususan: 1.Sinf ko`rgazmasi.Alohida sinf o`quvchilarining eng yaxshi ishlaridan tanlab olish orqali tashkil etiladi 2.Maktab ko`rgazmasi.Maktab o`quvchilarining eng yaxshi ishlarini tanlab olish orqali yaratiladi. 3.Shaxsiy ko`rgazma. Soha bo`yicha katta yutuqlarga erishgan o`quvchining faoliyatiga doir bo`ladi. Ko`rgazmalilik prinsipi tasviriy san`atni o`qitishda borliqdagi narsa va hodisalarning mohiyatini bilishga uning harakterli xususiyatlari va qonuniyatlarinini o`rganishga ko`maklashadi. www.arxiv.uz Ko`rgazmalilik tsviriy san`at darskarida boshqa o`quv predmetlaridagidek yordamchi emas balki o`quvchilarda tushuncha va tassavurlar xosil qiluvchi asosiy materialdir. Naturaning o`ziga qarab rasm chizish darslarida uni naturasiz tassavur etib bo`lmaydi .Bu o`rinda tasviriy san`at darslarida ko`rgazmalilik prinsiplarining roli juda katta . Darslar uchun ko`rgazmali qurollar tayyorlash va tanlashda ularga quyidagicha talablar qo`yiladi : 1.Darsning maqsad va vazifalariga mosligi. 2.O`quvchilaring yosh xususiyatiga mosligi 3.Ko`rgazmaning aniqligi , tushunarli bo`lishi 4.Tasvirning sifatli bo`lishi 5.Ko`rgazmalar o`zining rang- barangligi bilan o`quvchilarda zavq va qiziqish uyg`otish 6.Estetik talablarga mosligi Tasviriy ko`rgazmali qurollarga ,pedagogic rasmlar fotografiya ,geometric gipsli shakllar va boshqa suniy usul bilan tayyorlangan tasviriy vositalar kiradi. Sanab o`tilgan ko`rgazmali qurollar quyidagicha guruxlanadi; 1Mexnat va turmush buyumlari ular geometrik shakllar, sabzovotlar, mevalar, qushlar, hayvonlar, gullar va o`simliklar, amaliy san`at buyumlari. 2.Buyumlarning tuzilishi, pers peletivaqonunlari, yorug`-soya, rangshunoslik, dikarativ stilizatsiyiga doirdoir geometrik shakldagi simdan yasalgan modellar vidioiskatel va boshqalar kurgazmalar. 3.Rasmlar va tablitsalar unda rasm va naqsh chizishdagi ketma-ketlik, atrof- muhitning perspektiv ko`rinishlari amaliy san`at asarlarining tasvirlari. 4.Rassomlar asarlarining repraduksiyalari, amaliy san`at asarlarining tasvirlari. Bunday ko`rgazmali qurollar yordamida yorug`-soya va rangshunoslik kompozitsiyalari qonunlari tushuntiriladi . www.arxiv.uz 5.Bolalarga naturani chizishda ketma-ketlikni, har-xil ekispanatlar bilan ishlash uslubini, buyumlarning qurilishin, tasvirlanayotgan predmetlar va obektlarning fazoviy holatini ko`rsatuvchi pedogogik rasimlar va boshqalar. 6.Namoyish qilinadigan ko`rgazmali qurollar {diapozitivlar, diafilimlar, slaydlar, kinofilimlar}.Bular orqali o`quvchilar turli rasmlar, xalq amaliy san`at ustalari bilan tasviriy san`at asarlarini yaratish texnikasi va texnalogiya bilan tanishadilar. Ko`rgazmali qurollardan foydalanish masalalari uqtuvchining nutqi bilan ham bo`liqdir. Nutq va ko`rgazmalilikning uyg`unligi ikki jihatdan foydali bo`lishi ikki joyda ko`rinadi. Chunonchi, birinchidan, uqtuvchining nutqi ko`rgazmalilikga ko`maklashsa, ikkinchidan ko`rgazmalilik uqtuvchi nutqiga ko`maklashadi. Tasviriy san`atni o`qitiishda, ayniqsa narsaning o`ziga qarab rasm ishlash va san`at shunoslik asoslari darslarida ikkinchi yo`l kuproq bo`lib shu yo`l qo`llaniladi. Agar ko`rgazmalilikning birinchi yo`li bilim qonun tushunchalarni uzlashtirishga yordam bersa, ikkinchi yo`li pedagogga bu qonun-qoydalarni, atrof muhitdagi hodisalarni isbotlashda o`qituvchiga ko`maklashadi o`qtuvchining so`zi sinfda zaruriy muhit hosil qilishda o`qtuvchilarning ijodiy foaliyatini oshirishda aloxida ahamiyat kasb etadi.SHuning uchun o`qtuvchining nutqi ravon to`shinarli va ma`noli bo`lishi lozim Shundagina o`qituvchi oldiga qo`yilgan vazifani a`lo darajada bajara olgan bo`ladi. Tasviriy san`at darslarida bayram bezaklari va badiiy tasvirga bo`lgan ijodkorlikni oshirish. Bayram bezaklari va badiiy tasvirga bo;lgan ijodkorlikni oshirishda badiiy qurish va yasash mashg`ulotlari katta rol o`ynaydi .Bu mashg`ulotlar boshlang`ch sinflarda o`tkaziladi. Badiiy qurish yasash mashg`ulotlarini o`tkazish uchun bolalarga turli- tuman badiiy va tabiiy materiallar zarur bo`lganligi sababli, o`qituvchi bu masalaga o`z etiborini ko`proq qaratishi kerak bo`ladi. O`qituvchi barcha bolalarni bunday materiallar bilan ta`minlay olmagani taqdirda bu ishga www.arxiv.uz o`quvchilarni jalb etishi kerak bo`ladi.Tabiiy va badiiy, tashlandiq materiallarni to`plash uchun sinfda maxsius joy ajratilgan bo`lishligi, uni bolalar ishtirokida to`lg`zib turilishi kerak bo`ladi. Badiiy qurish yasash mashg`lotlarida o`qituvchi bolalarni faqat bir xil material yordamida ishlash bilan chegaralab qo`ymasligi lozim.Ular ham tabiiy, ham badiiy, ham tashlandiq materiallar bo`lishligi mumkin. Bunday mashg`ulotlarda o`qituvchi tabiiy va tashlandiq materiallar yordamida hashorot,qush, hayvon, odam kabilarning shaklini ko`rsatishi muximdir. Masalan: ildizdan ilon, kalta kesak, yong`oq po`chog`dan toshbaqa kosasi, tuxum po`chog`idan pingvin, jo`xori o`zagidan xayvon tanasi shakillarini ko`rish mumkin. Mashg`ulotlarning samaradorligi bolalarni, uyda, ko`chada, sayjxat vaqtida tabiiy va tashlandiq materiallrni ko`plab yig`ish xamda maktabga olib kelishga xam bog`liq. Shuning uchun o`qituvchi xar bir darsda bu xaqda bolalarga ko`rsatma berishi, yangi bajarilgan original qurish yasash ishlaridan ularga ko`rsatib turish yaxshi natijalar beradi. Quyida biz qurish- yasashga doir dars ishlanmasini qisqacha ko`rib chiqamiz Darsning mavzusi: Hayvonlar tasvirini tadiiymateriallaridan aplikatsiya usulida ishlash. Darsning vazifalari : O`quvchilarni tasviriy faoliyatda turli materiallardan foydalanish haqidagi tushunchalarni kengaytirish. Narsakar shaklini va o`lchov nisbatlarini ko`ra bilishga o`rgatish.Aplikatsiya ishlash malakalarini o`stirish. Darsning jixozlanishi: Hayvonlarni tabiiy materiallardan ishlangan materiallardan ishlangan rasmlari, yangi yoki quritilgan barglar, bolalar kitoblariga ishlangan illyustratsiyalar. Darsning mazmuni:O`qituvchi bolalarning bilimlarini boyitish va tassavurlarini o`stirish uchun ular ko`rgan hayvonlarni eslashni taklif etadi.O`qituvchi savol berib, bolalarni xayvonlarning nomi va tashqi qiyofasi xaqidagi bilimlarini tekshirib ko`radi. Bunda u quyidagi savollarni berishi mumkin : “ Bolalar , mana bu rasmlarga qarang,nimalarni ko`rayapsiz?Ularning tashqi www.arxiv.uz qiyofakari o`xshaydimi ?Nomlarini ayting. Anashu rasmdagi xayvonlarning barglardan ishlangan applikatsiya tasvirini ko`rsating va xarakterli bekgilariga ko`ra nomini ayting . Bolalar tayorkangan barg shakillarini o`qituvchining ruxsati bilan,yopishtirishga o`tadilar. Bunda o`qituvchi barglarni qog`ozga yopishtirishda extiyot bo`lishi, bargning orqa tomoniga mo`yqalamda yelim surgich, kerakli joyga latta bilan astalikda artib olish kerakligini eslatadi. Dars oxirida o`quvchilarning ishlari namoish taxtasiga qo`yiladi va bolalar bilan birgalikda taxlil qilinadi. Badiiy qurish yasash mashg`lotlari uchun boshlang`ch sinflarda aloxida soatlar yaratilgan.Bu mashg`ulot uchun asosan uch xil materillardavfoydalanish nazarda tutiladi: 1.Badiiy materiallar {rangli qog`z fakga, gul, qog`ozlar, plasatilin, loy va boshqalar} 2Tabiy materiallar {daraxt barglari, shoxlari ildizlari,po`stloqlari , rangli toshchalar, bug`doy, arpa, poyalari va boshqalar} 3tashlandiq materiallar{ ichimlik va dori darmondan bo`shagan sintetik idishlar, gugurt qutichalar, idish qopqoqlari va boshqalar} Bolalar ko`pincha o`zlari yasagan buyumlarni yaqinlariga sovg`a qilgisi keladi .Ayniqsa “8-Mart Xotin qizlar” bayramida bu yaqqol namoyon bo`ladi.O`quvchilar karton qog`zlarga gul shakillarning turli xil ko`rinishini qirqib yopishtiradi. Badiiy qurish yasash mashg`lotlarining qiziqarli o`tishi o`quvchiga xam bog`liq .O`qituvchi qancha bilimli tassavuri boy o`z soxasining moxir ustasi bo`lgandagina u o`quvchilarga o`chiriladigan va bajariladigan ishlarni yaxshi yetkaza oladi shunchalik qiziqarli xammaga tushunarli tarzda o`tayotganidan dalolat beradi . Bu albatta o`qituvchining yutug`i xisoblanadi. O`qituvchi avvalam bor o`quvchini darsga qiziqtira olishi shart shundagina u o`z ko`lagan maqsadiga erishadi. Mavzuga oid bir soatlik dars ishlanmasi www.arxiv.uz Tasviriy san`at darslarini o`tish jarayonida o`qituvchi o`tadigan darsni rejalashtirib olishi kerak .Darsni tuzilish qismi qyidagicha qismlardan tashkil topadi . Tashkiliy qism .Bu qismda bolalarning darsdagi davomati ,sinfdagi darsga tayyorgarlik yani sinfni darsga tayyor yoki tayyor emaskigini tekshirishdan iborat bo`lib 2-daqiqa vaqt ajratiladi.Undan keyin esa o`qituvchi o`quvchilarning uyga berilgan topshiriqlarni tekshirib fvvflgi darsda o`tilgan mavzuni qaytarib mustaxkamlab oladi. Buninig uchun esa 3-4daqiqa ajratiladi shundan so`ng o`qituvchi o`quvchilarga yangi dars mavzusini tushuntiradi. Mavzu yuzasidan chuqurroq tushunchalar berishga xarakat qiladi. Buninguchun esa5-10 daqiqa yetarli xisoblanadi.Mavzu tushuntirilgandan keyin o`quvchilarning mustaqil ishlariga 20-22 daqiqa vaqt ajratiladi.O`tilgan mavzu yuzasidan savol- javob uchun esa 3-4 daqiqa vaqt ajratiladi. Shundan so`ng o`qituvchi o`quvchiklarga uyga vazifalar beradi va uni tushuntiradi. Buning uchun esa2-3 daqiqa vaqt ajratiladi. Darsni mana shu tarzda rejalashtirib olsa o`qituvchi o`tadigan mavzusini o`quvchilarga oson tushunarli va keng ma`noda o`quvchilar ongiga singdiradi. Darsni bunday rejalashtirib olish nafaqat tasviriy san`at darslarini o`tishda balki boshqa fanlarning ham o`tilishida keng qo`llash katta foyda beradi. Har bir mavzuni o`z vaqtida o`tishga katta yordam beradi. www.arxiv.uz X u l o s a Yurtimiz mustaqillikka erishgandan so`ng ta`lim – tarbiyaga bo`lgan etibor yanada kuchaydi .Yoshlarni xar tomonlama etuk inson bo`lib euchun ularga ko`plab imkoniyatlar yaratildi. Xususan O`zbekiston Respublikasi Prizidentining iqtidorli yoshlarni chet elda o`qishini qo`llab quvvatlovchi “UMID” jamg`rmasi tashkil etildi. Bu jamg`rma ajratilgan grant xisobiga AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Yaponiyaning eng nufuzli universitetlarida ko`plab mutahassisliklar bo`yicha bakalavir va magistir darajalarini olish imkonini beradi. Tarixan O`zbekiston Respublikasida shakillangan intelektual salohiyat XXI asr bo`sag`asida o`zining rivojlanish darajasi jihatidan inovotsion kashviyotlar imkoniyatlari bilan hozirgi vaqtda jaxondagi ko`pgina rivojlanayotgan mamlakatlarda elgarilab kettgan.Ko`p jihatdan esa iqtisodiy rivojlangan mamlakatlardan qolishmaysi Mubolag`asiz aytish mumkinki fanimiz aqil zokovat salohiyatimizning noyob va go`zal binosiga bundan ko`p asrlar muqaddam poydevor solingan edi. Hozir O`zbekiston Markaziy Osiyodagi yirik ilmiy markazdir. Bu markaz tadqiqotlar uchun zarur bo`lgan rivojlangan modiy asosda ken ilmiy fanga malakali ilmiy kadirlarga ega. Ularning mehnati butun dunyoda e`tirof etilgan. Umumiy o`rta talim maktablarida tasviriy san`at o`quv predmetining maqsadi barkamol, komil insonni uning badiy madaniyatini shakillantirishga qaratilgan. www.arxiv.uz Adabiyotlar: 1.I.A.Karimov “ Jaxon moliyaviy iqtisodiy inqirozi O`zbekiston sharoitida uni bartaraf etish yo`llari va chorakari” Toshkent-2009 2.I A Karimov “ Yuksak manaviyat engilmas kuchdir” Toshkent 2008 3.I.A.Karimov “Bbarkamol avlod orzusi” 4. I.A.Karimov “Buyuk kelajak sari” Toshkent 1998 5. Kadrlar tayyorlash milliy dsaturi.Barkamol avlod O`zbekiston taraqiyotining poydevori .-Toshkent Sharq N 1997 6.Umumiy o`rta ta`lim maktablarida tasviriy san`t konsepsiyasi .Toshkent 1995 7. Tasviriy san`at Umumiy o`rta ta`limning davlat ta`lim standarti va o`quv dasturi “ –Tosh sharq nash 1999 8.Boymetov.B Tolipov N “Maktabda tasviriy san`at to`garagi` Tosh 1995 9.Komenskiy Ya A “ Velikaya didaktika” Izobr ped soch Moskva :Uchpedgiz 1995 10.Leonar do Dovinchi “ Kniga o jivopisi”- Moskva 1934 11.Oydinov N. “Rassom o`qituvchilar tayyorlash muammolari”- Tosh o`qit 1997 12.Tasviriy san`at. O`rta maktab programmalari {1-3, 4-6 sinflar} Tosh O`qituvchi 1968