logo

Jahon san‘ati tarixi fanining maqsadi, vazifalari va uning fan sifatida shakllanishi

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

44.5 KB
Jahon san‘ati tarixi fanining maqsadi, vazifalari va uning fan sifatida shakllanishi Reja: 1. Kirish. Fanning dolzarbligi, maksad va vazifalari. 2. San‘atning jamiyatdagi o’rni. 3. Jahon san‘ati tarixi fanining Fan sifatida shakklanishi.  Dars o’tish jarayonida yangi pedtexnologiyalardan (“Bumerang”, Munozara” ) foydalaniladi. Tayanch so’zlar: San‘at, Ibtidoiy san‘at, professional san‘atkorlar, insonparvarlik qadimgi yunonlar, grafika, dekorativ-amaliy san‘at. buddizm, iudaizm, xristianlik, islom dini. San‘at qachon paydo bo’lgan? Tarix faniga uning qanday bog’liqlik tomoni bor. Bu savolga birma-bir javob bera boshlaymiz. San‘at-ijtimoiy ong va inson faoliyatining shakli. San‘at qadimiy tarixga ega bo’lib u jamiyat taraqqiyotining ilk bosqichlarida mehnat jarayoni bilan, kishilar ijtimoiy faoliyatining rivojlanishi bilan bog’lik holda vujudga kela boshlagan. Ibtidoiy san‘atning dastlabki izlari so’nggi paleolit davriga taxminan mil.av. 40-20 ming yillikka borib taqaladi.U davrda hali san‘at inson faoliyatining mustaqil shakli sifatida ajralib chiqmagan edi. Chunki ma‘naviyat moddiy ishlab chiqarish bilan qorishiq xolatda edi. Keyinchalik madaniyatning o’sishi natijasida san‘at aloxida soxa sifatida asta-sekin ajrala bordi. San‘at odamlarning estetik talablarini qondirish bilan birga, o’z taraqqiyotining turli davrlarida jamiyat a‘zolarini ma‘lum ruxda tarbiyalash, ularni aqliy va xissiy jixatdan rivojlantirish vositasi sifatida xizmat qilib kelgan, ularning turli maqsad, xis-tuygu , manfaat, idellarini ifoda etgan. San‘at ijtimoiy ongning boshqa shakllaridan o’zining predmeti, mazmuni , voqelikni ifoda etish usuli va uslubi, ijtimoiy xayotda tutgan o’rni xamda vazifalari jixatidan farq qiladi. San‘at insonning moddiy va ma‘naviy faoliyatidagi bilimi, tajribasi maxorati va qobiliyatlarini namoyon etuvchi badiiy ijodiyot maxsulidir. Estetik tafakkur tarixida san‘at narsa va xodisalarni qanday bo’lsa shunday aks ettirish va xayotini go’zallik qonunlari asosida badiiy ifodalash goyalari sari yuksalib bordi. Tabiat, jamiyat va insonning ijtimoiy, ma‘naviy, milliy dunyosi san‘at predmeti xisoblanadi. Voqelik qaysi shaklda badiiy ifoda etilmasin, ijodkor unga ma‘lum ijtimoiy-estetik ideal nuqtai nazardan munosabat bildiradi va o’z estetik baxosini beradi. San‘at turli ko’rinishlari bilan o’ziga xos badiiy estetik qadriyatalrini to’plash, saqlash va boshqalarga uzatish xususiyatiga ega bo’lgan estetik tizimni tashkil etadi. Sinfiy jamiyat vujudga kelishi bilan esa ijtimoiy taraqqiyotda katta o’zgarishlar sodir bo’ladi. Aqliy mehnat jismoniy mehnatdan ajralib chiqa boshlaydi.Bu esa fan va san‘at rivojida muhim ahamiyat kasb etadi. Professional san‘at va san‘atkorlar shu davrda paydo bo’ldi. San‘at esa o’zining spetsifek xususiyatini, sinfiyligining namoyon etib, hukmron sinfning idealogiyasini targib etuvchi kuchli goyaviy qurolga aylandi. Lekin shunga qaramay omma orasidan yetishib chiqqan iste‘dodli ijodkorlar mehnatkash xalq ommasining orzu- istaklarini ularning go’zallik va xudbinlik, olijanoblik va insonparvarlik haqidagi tushunchalarini ifoda etuvchi asarlar yaratdilar. Xalqning turmushi, xulq va odatlari, yutuq va maglubiyatlari ularning asarlarida o’z ifodasini topdi. Har bir davrda mavjud bo’lgan anna shunday san‘at hayot go’zalliklarini tasvirlab, odamlarda yuksak hislat va fazilatlarini kamol toptirdi, ularnining tenglik, ozodlik, birodarlik, kelajakka intilish yo’lidagi quroliga da‘vat etdi. Insoniyat yaratib qoldirgan madaniy boyliklar faqat o’tmish kishilardan olgan yoki yaratilayotgan boyliklar bo’lib qolmay, balki o’zida inson aql zakovati, hayot to’grisidagi fikr o’yinlarini aks ettiruvchi ko’zgo’ hamdir. 2-savolga javob. San‘at keng ma‘noli tushunchadir. Masalan qadimgi yunonlar, musiqa, raqs, nazmni san‘at deb bilgan edilar. O’rta asrlarda esa san‘at tarkibiga taaluqli kasalliklarni davolash va dorixona ishlari ham kiritilgan. Bugungi kunda «san‘at» so’zi «voqelikni badiiy timsollar vositasida ijodiy aks ettirishi», «ishning ko’zini bilishi va mahorat ko’rsatish jarayoni», «har qanday ishning o’zi va u talab qiladigan mahorat darajasi» ma‘nolarida qo’llaniladi. San‘at keng ma‘noda san‘at asarlari (badiiy qadriyatlar) bilan birga ularni yaratish (badiiy ijod qilish) va iste‘mol (badiiy idrok etish) jarayonlarni ham qamrab oladi. San‘at haqidagi davrlarga qadar insoniyat taraqqiyoti bilan bogliq holda rivojlanib kelgan. O’zbekiston hududida Ispaniya, Sahroi Kabir va boshqa manzillarda uchraydigan qoyalarga o’yib tushirilgan yovvoyi hayvonlarning tasvirlari haqidagi davrlar nazariyadan yuksak estetik qiymatga ega. Bu tasvirlarda har bir narsa turining mezoniga mos ijod qilish, ya‘ni nafosat qonunlariga rioya qilish, vazn tuygusi, tenglik aksi, ularni yaratish jarayonidan olinadigan quvonch kabi estetik faoliyatning muhim belgilari mavjud.Bu yodgorliklar in‘ikos etiladigan badiiy faoliyat kurtaklari endigina ko’rinib kelayotgan inson estetik faoliyatining natijalari edi. Badiiy faoliyatning eng qadimgi shakllari hali bir-biridan ajralmagan yaxlit ibtidoiy jamoa madaniyatning bir qismini tashkil etgan bo’lib, afsonaviy (mifologik) bo’laklarda ifodalangan. Afsonalarda diniy mazmun keng o’rin olgan. Misr afsonalari asosiy diniy ibodat mazmuniga ega edi. Yunon afsonalaridagi diniy mazmun-yunon san‘atining xazinasigina bo’lib qolmay, balki uning zamini ham tashkil etgan. Qadimgi odamlar badiiy faoliyati jarayonida tabiatning ramziy-timsoliy aksi kurtaklari shakllandi. Mana shu ramziy timsolni aks ettirishda insonning mualliflik qo’li uslubi bor. Badiiy ramz timsol muallif ijodkorning betakror iste‘dodini namoyon ildi. San‘at asosan yaxshi va yomon hodisalarni ibrat qilib ko’rsatish orqali axloqiy poklikka, rahm-shafqatga, dardkashlikka, axloqiy kamolotga da‘vat etadi.San‘at qadim davrlardan beri din bilan uzviy bogliq holda rivojlanib kelgan. Kadimdan san‘at va din aqidaviy bir butunlikni tashkil etgan edi. San‘at va din ijtimoiy ongning ma‘naviy va amaliy shakllari qatoriga mansub bo’lib, ularning ikkalasi ham iqtisodiy zaminni ustidagi goyaviy ustqurmaning «yuqori qavati» dan o’rin egallaydi. Jahon dinlari buddizm, iudaizm, xristianlik va islom san‘at bilan bevosita bogliq. Diniy ibodatlar, marosimlar, san‘at bilan tamsil etilib, inson ongiga, his- tuygusiga kuchli ta‘sir o’tkazadi. Ovro’pa jamiyati ma‘naviy hayotida xristianlik dini ehtiyojlarini qondirishning birdan-bir shakli diniy mazmundagi san‘at asarlari bo’lgan. Evropada san‘atning juda ko’p buyuk asarlari diniy ibodat bilan boglangan bo’lib, siginish ob‘ekti yoki diniy marosimlarni o’tkazish shakli, vositasi sifatida xizmat qilgan. 3-savolga javob. Jahon san‘at tarixi-bu har bir davlatning rivojlanish tarixidir. Tarixiy taraqqiyot davomida san‘atning har-xil turlari paydo bo’lgan: Arxitektura, Haykaltaroshlik, Rangtasvir, Dekorativ-amaliy san‘at, Grafika va boshq. Bu san‘at turlarining gullab yashnashi yoki rivojlanishidan to’xtab qolish sabablari har xildir. Jahon san‘at tarixini o’rganish uning taraqqiyot qonunlarini tushunish, nodir yodgorliklari bilan tanishish, o’tmish odamlarining his-tuygu, hayotiy tajribalarini o’rganish g’oyaviy-estetik qarashlarining shakllanishini bilish demakdir. Jahon san‘at tarixi san‘atshunoslik fanining bir bo’limi hisoblanib, Fan sifatida XVI-XIX asrlar mobaynida shakllangan. Bunga qadar, falsafiy, diniy va boshqa fanlar tarkibida yoki ayrim ma‘lumotlar, qo’llanmalar ko’rinishida bo’lgan. Ilk namunalari Yunoniston (Aristotel, Platon mil av IV asrlar) qadimgi Rim (Tsitseron, Vitruviy mil av I mil. I –a ) Osiyo mamlakatlarida san‘at nazariyasi va tarixining ko’plab holati bayon qilingan yaxlit va universal ko’rinishdagi risolalar bitilgan. Ularda me‘mor va rassomlarga ayrim qo’llanmalar, diniy mifologik afsonalar falsafiy, axloqiy va boshqa tasavvurlar, san‘at tarixi elementlari qo’shilgan holda bayon qilingan. Jahon san‘at tarixi fanining fan sifatida shakllanishida Uygonish davri muhim bosqich bo’ldi. (L.Giberti, L.Alberti, Leonardo da Vinchi, A.Dyurer va boshqalar) Ma‘rifatchilik davrida mustaqil fan sifatida ajralib chiqa boshladi. (Frantsuz D.Didro, nemis G.Lessing va boshqalar). Adabiyotlar. 1.Abdullaev Ne‘mat. San‘at tarixi. Ikki tomlik.T. «O’qituvchi». 1987. 2.Abdullaev N.D.“San‘at tarixi”.Toshkent «O’zbekiston» 2006. 3.Abdullaeva D. San‘at tarixi.T. «O’zbekiston». 2006. 4.San‘atshunoslik masalalari. Ilmiy maqolalar to’plami. T .1998 5.Umarov Erkin. Estetika.Toshkent «O’zbekiston» 1995 y.