logo

O’simliklarni zararli organizmlardan himoya qilish bo’yicha o’tkaziladigan dala tajribasidagi kuzatishlarlarning va aniqlashning zaruriy miqdorlari

Yuklangan vaqt:

27.04.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

571 KB
O’simliklarni zararli organizmlardan himoya qilish bo’yicha o’tkaziladigan dala tajribasidagi kuzatishlarlarning va aniqlashning zaruriy miqdorlari Reja: 1. O’simliklarni himoya qilishda biologik va iqtisodiy samaradorlik 2. Qishloq xo’jalik ekinlarining zararkunanda va kasalliklarga chidamli navlarini ajratish bo’yicha olib boriladigan dala tajribalarini rejalashtirishning xususiyatlari 3. Tajriba hujjatlarini yuritish, ilmiy hisobot va ishlab chiqarishga tavsiyalarni tuzib chiqish O’simliklarni himoya qilish bo’yicha o’tkaziladigan eksperimentni rejalashtirishda tajribalar miqdori va zararkunanda sonini qayd qilishlarni hamda kasallik rivojlanishini to’g’ri aniqlash muhimdir. Bu ko’rsatkichlar, ayniqsa, yangi pestitsidlarning zararli organizmga ta'siri yoki biologik xususiyatlarini o’rganishda yuqori darajada aniq bo’lgan o’rtacha natijani olish uchun kerak bo’ladi. Tajribalarni o’tkazishda kuzatishlar aniqligini tanlab olish juda muhimdir. Masalan, navlarning zararkunanda va kasalliklarga chidamliligini o’rganishda masala tayin bir belgi bo’yicha navlararo farqlarning aniq topilishida bo’ladi. Bundan tashqari tasodifiy chetlashishlar darajasini aniqlab olish zarur bo’ladi. Ularning miqdori 5 % dan ortib ketmasligi kerak. Kuzatishlar aniqligini tanlash muhim ahamiyatga ega. Chunki izlanishlar hajmi aynan shunga bog’liq bo’ladi. O’ta yuqori aniqlikda hajm o’sib borib, past aniqlikda bo’lsa o’rganilayotgan belgilarni yaqqol differensiatsiyalash mumkin bo’lmay qoladi. Past aniqlik tanlangan holda pestitsidning turli konsentratsiyalarini o’rganishda ularning zararkunanda yoki kasallik qo’zg’atuvchisiga ta'sirini aniqlab olish qiyin bo’ladi, navlarning zararli organizmlarga chidamliligini o’rganishda bo’lsa, ularni bu belgi bo’yicha ajratish mumkin bo’lmay qoladi. Zaharli dorilarni o’simliklarga ildiz orqali va ildizdan tashqari berish tajribalarining xususiyatlari. Zaharli dorilarni tuproqqa solib o’tkaziladigan dala tajribasida tanlab olinadigan yer uchastkasiga qo’yiladigan asosiy talab bu uning maydon bo’ylab bir xilda bo’lishi, ya'ni tuproq farqi, rel'efi, ishlov usullari, ekib kelingan o’simlik, o’g’itlash kabilar ana shu maydonning hammasida bir xilda bo’lmog’i talabidir. Agar bu talabdan biron-biri bajarilmasa bunda tajriba maydonchalarini kengroq qilib yoki variantlar sonini qisqartirib olish lozim. Tajriba mayda danador holida bo’lgan preparatlar ishlatilgan taqdirda, ularni o’simlikni oziqlantiruvchi kultivatorlarda tuproqqa solishi lozim. Agar bu kabi kultivatorlar bo’lmasa yoki yer maydoni ularning ishlashiga imkon bermasa bu holda dori tuproqqa qo’lda solinadi. Tuproqqa solish uchun mo’ljallangan dori kam me'yorda qo’llash lozim bo’lsa, bunda ana shu dori to’ldiruvchi ( накопитель ) bilan qo’shib ko’paytiriladi. Umuman, gektariga 100 kg dan kam bo’lgan dorini qo’lda dalaga bir tekis solish deyarli mumkin emas. To’ldiruvchi sharoitida, shu poroshok tarkibida bo’lgan to’ldiruvchidan, yoki boshqa bironbir neytral to’ldiruvchidan, masalan, talkdan foydalanish mumkin. Kam miqdorda qo’llaniladigan dori (1-2 kg) qopqog’i buraladigan bankalarda yaxshilab silkitib-silkitib aralashtiriladi. Poroshok miqdori ko’p bo’lganda esa uni zich berkiladigan metall silindrli idishlarda M: yumaloq betonlarda (flyagada), yerga yumalatib aralashtiriladi. Ana shu yaxshilab aralashtirilgan poroshok so’ngra har bir maydoncha uchun aniq qilib tartib olinadi va qo’l bilan (rezina qo’lqop kiyilgan) yoki qo’l changlatgichi yohud marli xaltachalarga solib maydonchalarda changlatiladi. Agar preparat suv bilan aralashtirish mumkin bo’lsa, (xo’llanuvchi poroshok) bu holda tuproq ana shu dori suspenziyasi bilan ishlanadi. Dori purkalgandan so’ng u xaskash barona yoki yuza qilib chopilib tuproq bilan aralashtiriladi. Ayniqsa, organik dorilarni ochiq tuproq sathida qoldirib bo’lmaydi, chunki ular quyosh ta'sirida tezda parchalanib ketadi. Bundan tashqari, poroshoksimon dori ishlatilganda shamol bo’lmasligi hamda ishni kechki tomon o’tkazgan ma'qul (namozshomda). 2. Suyuq (fumigatsiyalanuvchi) dorilarni tuproqqa solganda maxsus asboblar-injektorlar ishlatiladi. Bu asbob-injektor suyuq dorini tuproqning turli chuqurlik qavatiga ma'lum miqdorlarda yuborishi mumkin. Injektor bo’lmagan taqdirda tuproqda qoziq bilan chuqurcha yasab, unga avvaldan o’lchab olingan suyuq dori quyiladi. Bundan tashqari suyuq dori maxsus o’rnatilgan bachoklardan plug ostiga qo’yib borilishi mumkin. Tuproq sathiga yengil eruvchi fumigant bilan dorilanganda bu dorilangan yer 2-3 kun tomchilab qo’yiladi ( мульчирование ). Mulcha tariqasida qalin qog’oz, polietilen plyonka va boshqalar ishlatilishi mumkin. Dorilarning yer maydoniga sarflash optimal qiymati oldindan o’tkazib olingan tajribalar natijalaridan olinadi. Bu tajribalarda ishlatilayotgan dorining qoldiq ta'sirini o’simlik rivoji va hosiliga ta'sirini ham o’rganish katta ahamiyatga ega.  Bu tajribalarda maydonchalar (variantlar) shaxmat usulida yoki lotin kvadrati usullarida joylashtirishga e'tibor berish zarur. Zaharli dorini yer maydoniga yoppasiga solishdan tashqari, keyingi yillarda, dori o’g’it bilan qo’shib yoki o’g’itsiz egatlarga solish yoki ekishda urug’ bilan birga berish kabi usullari ham keng qo’llanilmoqda. Bu holda unib chiqqan o’simlik bir qancha muddat zararkunandalardan holi bo’ladi. Tuproqqa dori solib o’tkazilgandagi tajribalarda shu tuproq tarkibidagi zararkunanda hasharotlarning ishlovdan oldin va undan keyingi tarqalish xususiyatlari va miqdorini bilish zarur. B.V. Dobrovskiy tavsiyasiga ko’ra tuproqning zararkunandalar bilan zararlash darajasini katta maydonlarda bilish uchun plug bilan 100 m li uzunlikda haydab ko’rish kerak va shu haydalgan tuproq sathidan simqurtlar, qarsildoq qo’ng’izlar lichinkalari, tunlam qurtlari va g’umbaklarini yig’ib sanash kerak deb ko’rsatadi. Bunda tekshiruvni aniq qilib olib borish uchun plugning eni va chuqurligini o’lchab ko’rish va natijani 1 m ga ko’chirish lozim. Bu usulni erta baxorda, kech kuzda yoki tuproq sathi quruq bo’lgan davrda kavlab bo’lmaydi. Bunda ko’rsatilgan hasharotlar lichinkalari va qurtlari tuproqning chuqur qavatlariga tushib ketadilar. Zaharli dorilar bilan o’simliklarni ishlov tajribalari metodikasi. Dala tajribalarida zaharli dori o’simlik yashil qismlariga turli xil usullarda ta'sir ettiriladi, ya'ni suyuq maxsulotni purkash, changlatish, gaz holida ta'sir ettirish (fumigatsiya) hamda aerozol holida ishlov usullaridir. Dorilarni suyuq holda (purkash) - bu o’simliklarni zararkunandalarga qarshi ishlovning asosiy usullaridan hisoblanib, dorilar toza eritmalar, emulsiya va suspenziya holida o’simliklarga purkaladi. Bu usulda ishlovda maxsus moslamalar (qo’l, traktor va aviatsiya purkagichlari qo’llaniladi). Dorilarni purkash usulining o’ziga xos afzalliklari mavjud bo’lib, bular; Oz miqdorda sarflanadigan mahsulotning bir tekisda ishlanuvchi sathga taqsimlash imkoniyati.  Ishchi tarkibga maxsus qo’shilmalar qo’shib, sepilgan dorini ob'ekt sathida yaxshi qoplanib qolishini ta'minlanishi. Bu usulning tashqi muhit sharoitlariga juda ham bog’liq bo’lmasligi. 4. Hamda purkashda bir qancha dorilarni birga qo’shib ishlatishimkoniyati. Purkash usulining kamchiligi bo’lib esa, ishchi suyuqlikni tayyorlashdagi ba'zi qiyinchiliklar, bu mahsulotlarni purkash me'yorlarini kontrol etish va dorining dozasini aniq belgilash hamda ishchi apparatlarini korroziyaga uchrashi kabi noqulayliklar uchraydi - purkash usuli ishchi suyuqlikning sarf darajasi va tomchining razmeriga qarab: Ko’p metrajli purkash. Bunda 400-500 litrdan 1500-2000 litrgacha ishchi suyuqligi sarflanadi, tomchining razmeri esa 120-130 mlm bo’ladi. Kichik hajmli purkash. - 15-50 litrdan 25-500 litrgacha tomchi kattaligi 20-70 mlm, yoki 100 dan katta emas. 3.Juda kichik hajmli purkash. 0,5-2 sirt ishchi suyuqligi tomchi razmeri 60- 100 mlm. Texnik vositalar: qo’l purkagichlari. Traktor bilan qo’shib ishlatiladigan apparatlar - OVX14, 0TP-4-8, OVX – 28, OTP - 8-16. Changlatish - Bu usulda changsimon dorilar maxsus moslamalar yordamida o’simliklarga changlatib ta'sir ettiriladi. Bu usulning afzalligi shundaki, uni qo’llash juda soddadir. Ya'ni bunda maxsus ishlov uchun tarkiblar tayyorlanmasdan tayyor dust holidagina dori changlatib qo’shiladi. Lekin bu usulning o’ziga xos bo’lgan katta kamchiliklari ham mavjud - ya'ni dori ishlatilayotgan hudud juda changib ketadi, bu yengil shabada bilan ham boshqa tomonga olib ketilishi mumkin. Bundan tashqari, changsimon dorilar ishlangan o’simliklar sathlaridan yaxshi saqlanib turmaydi. O’simliklar barglari tukchalik, opiroktal holda joylashgan barglarda bunday dorilar yaxshiroq saqlanib qoldiriladi. Changlatish yaxshi samara berishi uchun uni erta bilan barvaqt yoki kechki tomon, ko’tariluvchi oqimlar yo’q paytida, shudringdan so’ng yoki yomg’irdan keyin o’tkazish zarur bo’ladi.  Zarrachalari 15-25 mm bo’lgan dustlar traktor moslamalar bilan changlanadi. 25-50 mm bo’lganlari esa samolyotda changlanadi (chigirtkalarga qarshi). Texnik moslamalar: OVX, OPX-14, OShU-50 va boshq. Fumigatsiya yoki gaz holida ta'sir ettirish. Bunda o’simliklar zararkunandalardan himoya etilishda dorilar parlatib gaz holida beriladi. Bu dorilar fumigantlar deb ataladi. Bu usul ko’proq yopiq xonalarda, omborlarda, issiqxonalarda, hamda tuproqdagi uyalarda yashovchi kemiruvchilarga qarshi ishlatiladi. Fumigantlarni qo’llashda ularni quyidagi hususiyatlarini bilish lozim, ya'ni: ularning uchuvchanlik darajasi, parlanish tezligi, havo bilan uning diffuziyalanish xususiyati, portlash yoki yonishdan keyingi holati, ishlanayotgan ob'ektlarda singish (sorbsiya) darajasi, metall hamda boshqa maydonlarda ta'siri, zaharlilik darajasi hamda ishlangandan so’ng tarqalish xususiyatlari kabilar fumigantlarni xususiyatlarini belgilaydi. Preparat №242-ko’p singadi va uzoq saqlanadi. Brom metil—kuchli ravishda tarqaladi va kam darajada singadi hamda juda yaxshi parchalanib ketadi. Fumigatsiya turlaridan - yopiq xonalarni fumigatsiyalash, kameralarda fumigatsiyalash, palatka ostida fumigatsiyalash, issikxonalarni fumigatsiyalash, tuproqni fumigatsiyalashni ko’rsatib o’tish mumkin. Aerozol usulida - bu havoda zaharli dorining mayda tomchilari yoki qattiq kristallari taqsimlangan holda bo’lishidir. Suyuq holdagi aerozol-bu tuman bo’lsa, qattiq kristall holidagi aerozol esa - tutun bo’ladi (tuman ы i d ы m ы ). Aerozol generatorlari. Aerozol usulini bog’larda, ombor va issiqxonalarda ishlatiladi. Bunda issiq havo bilan dori tomchilari tuman holida tarqatiladi. Aerozol usuli paxtachilikda hozirgi kunda juda kam ishlatilmoqda. Dorilarni lenta usulida sepish. Bu usul ko’pgina gerbitsidlarni ekinlar eqilishida lenta qilib sepish bilan bog’liq bo’ladi. Don ekinlarida TOU - universal oziqlantiruvchi purkagich, paxtada esa PGS-2,4 ishlatiladi. O’simliklarni himoya qilishda biologik va iqtisodiy samaradorlik O’simliklarni himoya qilish qishloq xo’jalik ekinlarini ekish va ulardan yuqori sifatli sut hosil olishning asosiy bosqichlaridan biridir. Umuman, o’simliklarni himoya qilishda 3 xil samaradorlik hosil etiladi va ularni o’rganish taqozo etiladi. Ya'ni bular - 1 biologik (texnik) 3 iqtisodiy samaradorlikdir. Biologik samaradorlik - bu o’simliklardagi zararli organizmlarga qarshi turlik vositalar yoki usullar bilan kurashilganda hosil etiladigan va foizlarda ifodalangan zararkunanda hasharotlarning kamayishi darajasi, o’simlikni zararlanish darajasini kamayishi, kasallangan o’simliklarni miqdori kamayuvchi hamda begona o’tlarning soni yoki hajmini kamayishini ifoda etadigan birlikdir. Biologik samaradorlik bu ko’plab ko’rsatkichlarga bog’liq bo’lib, ular zaharli dorivorlardagi ta'sir etuvchi moddaning miqdori, ishchi suyuqligining konsentratsiyasi, maydon hisobiga taqsimlanayotgan dorivor miqdori, dorining o’simlikni qoplash xususiyatlari va yana qarshi kurashilayotgan ob'ektning biologik xususiyatlariga ham bog’liqdir. Umuman biologik samaradorlik uch sistemaning o’simlik - zarar organizm - himoya usulining o’zaro bog’liqligidan kelib chiqadi. Biologik samaradorlik formulasi orqali hisoblanadi. Bu yerda S - biologik samaradorlik darajasi. A - zararkunanda hasharotlar yoki zararlangan o’simliklarning kurash o’tkazishdan oldingi miqdori. V — shularning kurash o’tkazilgandan keyingi miqdori. Bu formula ancha sodda bo’lib, ko’proq vegetatsion tajribalar natijalarini baholash uchun ishlatiladi.  Dala tajribasida esa biologik samaradorlik darajasi Abbot formulasi orqali hisoblanadi. Bu formulada tajriba variantlarida zararli organizmlarni kamayish miqdori ularni kontrol variantda tabiiy kamaytirishni ham e'tiborga olgan holda hisoblanadi. Bunda: Aa A - zararli organizm kurash o’tkazishdan oldingi darajasi. V - zararli organizm kurash o’tkazishdan keyingi darajasi. a - shularning kontrol varianti. Avlodlar miqdori tez ortuvchi, migratsiya qilish darajasi kuchli bo’lgan hasharotlarga qarshi kurash olib borilganda (m: o’rgimchakkanalar shiralar) yoki kontrol variantda zararkunanda organizmlar qiymatlari kamayganda biologik samaradorlik darajasi. Bunda: Tb-hasharotning ishlov o’tkazishdan oldingi miqdori. Ta-shuning ishlovdan keyingi miqdori. Sb-hasharotning kontrol variantda ishlovdan oldingi miqdori, Sa-shuning ishlovdan keyingi miqdori. O’simliklar kasalliklarga qarshi kurash biologik samaradorligi esa T - biologik samaradorlik (% larda) Rk-kasallikning kontrol variantda rivojlanish ko’rsatkichlari. R0-shuning tajriba variantdagisi. Ball - protsent bilan zararlanish darajalari ifodalangan tajribalar biologik samaradorligi quyidagi formula bilan hisoblanadi: Bu yerda: AK kontrol variantdagi zararlangan o’simliklar darajasini zararlanish ball ko’rsatkichi bilan ko’paytmasini yig’indisi. VK - shular tajriba variantda. -tajriba variantdagi umumiy hisob etilgan o’simliklar miqdori. -kontrol variantdagi umumiy hisob etilgan o’simliklar miqdori. -hisob shkalasida eng yuqori ball. Xo’jalik samaradorligi — bu ko’rsatkich o’simlik himoya qilish orqali qo’shimcha hosil olinishi yoki ma'lum miqdordagi potensial hosilni saqlab qolinishini ifoda etadi. Iqtisodiy samaradorlik - bu o’simliklarni zararkunandalarga qarshi kurashda sarf ztilgan harajatlarni qoplanish (mablag’ bilan) darajasini, hosil etilgan sof daromad hamda shu ishning rentabellik darajasini ko’rsatuvchi birlikdir. Iqtisodiy samaradorlik juda ko’plab omillardan kelib chiqib, bular: Ishlov berilgan va ishlanmagan maydonlardan olingan hosil miqdori va sifati. O’simliklarni himoya qilish vositalari qo’llanilib saqlab qolingan hosil miqdori. Ishlov berilgan va ishlanmagan maydonlarda hosilni etishtirish. Yig’ish, transportda tashish, qayta ishlash va realizatsiya qilishga sarflangan umumiy harajatlar darajasi. Qo’shimcha harajatlar va boshqalardir. Iqtisodiy samaradorlikni to’g’ri hisoblash uchun etishtirilgan hosil kontrol (ishlovsiz) va tajriba variantlarida alohida-alohida hisobga olinishi lozimdir. Boshqa qolgan ma'lumotlar esa buxgalteriya hisob-kitoblari «Dehqonchilik» hisobotidan olinadi. Mashg’ulot o’tkazishdan maqsad: asosiy mutanosiblik, tanlangan mutanosiblik, tanlash hajmi tushunchalari bilan tanishish; o’rganilayotgan belgilarning miqdoriy va sifatiy jihatdan o’zgaruvchanligi holida tanlangan ob'ekt strukturasi va hajmini tahlil qilish qobiliyatlariga ega bo’lish. Uslubiy ko’rsatmalar . Tajriba ishi uslubiyatidao’rganilayotganbarcha ob'ektlar guruhini to’plam yoki asosiy mutanosiblik deb atash qabul qilingan. Masalan, tajriba delyankasidagi o’sayotgan barcha bug’doy ekinlari bu - asosiy mutanosiblikdir. Fungitsidlarning bug’doyda jigarrang zang kasalligi rivojlanishiga ta'sirini o’rganishda izlanuvchi dalada o’sayotib, patogen bilan zararlangan har bir o’simlikka baho bera olishi, ya'ni uzluksiz kuzatish usulini qo’llashi zarur bo’ladi. Umuman olib qaraganda buni amalga oshirib bo’lmaydi, chunki buning uchun ko’p mehnat qilish va vaqt sarflashga to’g’ri keladi. Bunday hollarda asosiy mutanosiblikdagi tahlil uchun bir necha o’simliklarni ajratib olib kuzatib qo’ya qolinadi. Izlanish uchun ajratib olingan o’simlikning bunday guruhi (qismi) tanlangan to’plam yoki namuna deyiladi. Tanlangan to’plamga kiruvchi o’simliklar soni namuna hajmi deyiladi. Namuna hajmini aniqlashning asosiy jihati shundaki, tanlangan to’plam tavsiflari bo’yicha haqiqiy ma'lumotlar ola bilish va asosiy to’plam bo’yicha umumiy xulosa chiqara olishdir. Namuna hajmini aniqlovchi asosiy faktor sifatida o’rganilayotgan belgilar va xossalarning o’zgaruvchanligi qabul qilingan. Shu sababli namunani rejalashtirishda o’rganilayotgan to’plamda ularning o’zgaruvchanligi harakteri va kattaligini bilish muhimdir. Bunda biz qayerda sifatiy va qayerda miqdoriy jihatdan o’zgaruvchanlik bo’lishini hisobga olishimiz talab etiladi. Tajriba o’tkazishni rejalashtirayotib namuna hajmi qaysi to’plamdan (cheklanmagan yoki cheklangan) aniqlanishini hisobga olish zarur. Ma'lumki, namuna hajmi tajriba xatoligi bilan chasbarchas bog’liq bo’lib, u quyidagi formuladan ko’rinadi: (miqdoriy o’zgaruvchanlik) (sifatiy o’zgaruvchanlik). Bu erda S x - o’rtacha namunaning o’rtacha xatoligi; sp - tanlangan qism xatoligi; s - standart chetlashish; t - Styudent mezonining standart qiymati; p va q - belgi xissasi; n - namuna hajmi. Cheklanmagan to’plamda o’rtacha qiymatning aniq qiymatiga erishish uchun yetarlicha namuna hajmi quyidagi formulalar orqali topiladi: (miqdoriy o’zgaruvchanlik), (sifatiy o’zgaruvchanlik). t ning qiymati ehtimollik sathining tanlanishiga bog’liq: t =2 - 95 % li va t = 3 - 9 % li sathlar uchun. O’rtacha (standart) chetlashish (s) ni tezkor sur'atlarda hisoblashning yana bir qancha kuzatishlar soni (n) va hosillar o’zgarishi o’lchami (R) o’rtasida ma'lum bir bog’liqlik qo’llaniladigan usullari mavjud. Hosillar o’zgarishi kengligi kichik bir namuna bo’yicha oldindan aniqlanadi: R =X max va X min , bu erda R - o’zgarish kengligi; X max va X min - mos holda eng kichik va eng katta hosillar. s ning taqribiy qiymatini Pirson koeffitsientlaridan foydalanib s= KR formula bilan (1-ilovaning 1-jadvali) yoki kuzatishlar soni 5,10,25 va 100 ta bo’lganda o’zgarish kengligi qiymatini 2,3,4,5 ga bo’lib Snedekor formulasi yordamida hisoblash mumkin. Misol. Namuna n =10 bo’lgan holda oldindan ma'lumki, eng ko’p hosil 62,7 s/ga, eng kam hosil esa - 54,2 s/ga. Bu holda o’zgarish kenligi (R) 8,5 ga teng. Maxsus jadval yordamida (1-ilovaning 1-jadvaliga karang) 10 ta kuzatishlar uchun K=0,325 ga teng. Bundan o’rtacha kvadratik chetlashish 2,16 (0,325•8,5) ga tengligi kelib chiqadi. Snedekor formulasi bo’yicha hisoblaganda deyarli xuddi shunday qiymat - 2,8 (s=8,5:3) ni olamiz. Aytib o’tish joizki, sifatiy belgi o’zgaruvchanligi ko’rsatkichi miqdoriy belgilar uchun o’rtacha kvadratik chetlashish s ga o’xshaydi. Lekin ular o’rtasida o’rtacha kvadratik chetlashishni miqdoriy belgi (konidiyalar uzunligi, qo’ng’izlar massasi, nav hosildorligi va hokazo) qiymatlari chetlashishlari asosida hisoblashi bilan bog’liq bo’lgan prinsipial farq mavjud. Sifatiy belgilar o’zgaruvchanligi koeffitsienti bir-biriga nisbatan kator qiymatlari (kasallangan o’simliklar xissasi, zararkunandalar bilan zararlangan mevalar shakli va hokazo) ning o’zgarishini tavsiflaydi. Sifatiy o’zgaruvchanlik bo’yicha bitta misol ko’rib chiqaylik. 2 ta gradatsiyalardan taqsimlanish (muqobil o’zgaruvchanlik)da: kasallangan (p) va sog’lom (q) o’simliklar xissalari uchun o’zgaruvchanlik ko’rsatkichi (s) ga teng. Bu holda xatolik kattaligi to’plamning bu belgini beruvchi qismi a'zolari uchun ham, bunday belgilari yo’q bo’lgan a'zolari uchun ham bir xil bo’ladi. s= formuladan ko’rinadiki, o’zgaruvchanlik koeffitsienti r 0 dan 0,5 gacha yoki 0 dan 50 % gacha bo’lgan oraliqdagi qiymatlarni qabul qilishi mumkin. Sifatiy belgining eng katta o’zgaruvchanligi muqobil gradatsiyalar xissasi yoki foizi 0,5 yoki 50 % ga teng bo’lganida sodir bo’ladi. Demak, gradatsiyalar xissasining kamayishi bilan mos holda sham kamayadi. Kasalliklar yo’q bo’lgan holda s=0 bo’ladi. Misol. Bug’doy navlarining qo’ng’ir zang kasalligiga chidamliligini o’rganish uchun har bir variantda 4 karralik takrorlanishlarda 800 tadan o’simliklar o’rib olingan. Bu patogen bilan o’simlikning zararlanishini 6 % gacha yoki 0,06 hissa bilan aniqlash zarur. Oldindan qayd qilinishi bo’yicha olingan ma'lumotlarga ko’ra alohida uchastkalardagi kasallikning maksimal rivojlanish darajasi 17 % ga yetadi. Buning asosida o’zgarish ko’rsatkichini hisoblash mumkin: s 2 = r (1-r) = 0,17 (1-0,17) = 0,14. Agar kutilayotgan o’zgarishni oldindan aniqlab bo’lmasa tajriba ishining amaliyotida uning maksimal qiymati - 0,5 olinadi, ya'ni s =50%. s ning qiymatini formulaga qo’yib namunaning hajmi topiladi. O’rganilayotgan to’plamda o’simliklarning kasallik qo’zg’atuvchilari tomonidan zararlangan ulushini hisoblash aniqligi haqida tanlangan ulush xatoligi (sp) ga qarab mulohaza qilinadi. Muqobil o’zgarishda ulushning ishonchli chegaralari r ± t sp ga teng. t kattaligi (o’rtacha tanlangan va o’rtacha bosh to’plamlar o’rtasidagi bog’ltqlikni tavsiflovchi Styudent mezoni) ehtimollikning 95 % lik qiymatida 2 ga teng bo’ladi. Shunday qilib, rejalashtirilayotgan xatolikning = t sp kattaligi ulushni hisoblash aniqligini ko’rsatadi. Aynan shu qiymatni namuna hajmini rejalashtirishda tanlab olish zarur bo’ladi. Masalan, o’rtacha kvadratik chetlashish s = 1,2 bo’lganida cheklanmagan to’plamdagi ehtimollikning 95 % li qiymatida rejalashtirilayotgan o’rtacha xatolik (sx = 10,5 mkm) bilan uzunligini o’lchash zarur bo’lgan konidiylar sonini aniqlash zarur bo’lsin. formuladan foydalanib talab etilgan aniqlikka erishish uchun 23 ta sporalarni o’lchashimiz zarurligini topamiz. Uncha ko’p bo’lmagan sondagi cheklangan to’plamdagi namuna aniqlanayotgan holida uning hajmi quyidagi formula orqali hisoblanadi: , bu erda N - bosh to’plam hajmi. Misol. 30 ta konidiyalardan iborat populyasiya bo’lgan holda uzunlikni berilgan ±0,5 mkm aniqlikda hisoblash uchun g’o’za vilti qo’zg’atuvchisi sporalarining qancha sonini o’lchash zarur bo’ladi? Buning uchun 5 ta sporalar uzunligi oldindan o’lchab olinadi va s o’zgarish kengligi bo’yicha belgilab olinadi. Masalan, sporalar uzunliklari 11,2; 11,3, 12,4, 14,0 va 13,9 mkm bo’lgan holida o’zgarish kengligi 2,8 (14,0-11,2) ga teng bo’ladi. 5 martalik kuzatuv uchun K=0,430 (Ilova 1 ning 1-jadvaliga qarang). s ni hisoblash = 2,8 • 0,430 =1,20 ni beradi. Hisoblangan qiymatlarni formulaga qo’yib 95 % li ehtimollik ko’rsatkichi uchun n=13 ekanini topamiz. Demak, namuna hajmi 13 ga teng bo’lar ekan. TOPShIRIQ: tavsiya etilayotgan variant shartlariga ko’ra kuzatishlar sonini aniqlang. 1-variant. Kuzgi bug’doyning poya zang kasalligiga chidamliligini o’rganish bo’yicha o’tkaziladigan tajribada alohida navlar delyankalarida 800 ta o’simlik mavjud. Zararlangan o’simliklar ulushini 5 % (yoki 0,05) aniqlikda hisoblash zarur. Oldindan qilingan kuzatuv tajribasida zararlanish eng ko’pi bilan 10 % bo’lishi mumkinligi aniqlangan. Ahamiyatlilik darajasi 5 % ga teng. 2-variant. Kuzatuvga ko’ra 1 m2 maydondagi tuproq zararkunandalarini aniqlash simqurt misolida o’zgarishi (s) 10% ekanini ko’rsatdi. O’rtacha xatolik 4 yoki 6 % bo’lgan 5 % li ahamiyatga ega bo’lgan namuna o’lchami, ya'ni maydonchalar sonini aniqlash zarur. 3-variant. Kartoshkaning fitoftoroz kasalligi bilan zararlanishining chegaraviy o’lchash xatoligi 4% dan ortmasligi sharti bilan tanlangan kuzatuv namunasi o’lchamini aniqlash zarur. Hisoblashlar 5 va 1% li ahamiyat darajalarida olib borilgan. 4-variant. Qand lavlagining serkosporoz kasalligi bilan zararlanganligini 5 % li aniqlikda hisoblash uchun namuna kengligini aniqlash zarur. Dastlabki fitopatologik tahlilga ko’ra o’simlik 25% atrofida zararlangan. Ahamiyatlilik darajasi 5% ga teng. 5-variant. Bug’doyning kana bilan zararlanganligini 4% dan ko’p bo’lmagan xatolik bilan hisoblash uchun zarur bo’lgan namuna kengligini aniqlash zarur. Dastlabki kuzatuvda taxminan 14% o’simlik zararkunanda tomonidan zararlanganligi qayd qilingan. Hisoblashlar 5 va 1% li ahamiyat darajalarida olib borilgan. 6-variant. Kuzgi bug’doy navlarining qora kuya kasalligiga chidamliligini o’rganish bo’yicha o’tkazilgan tajribada har bir delyankada har bir navdan 500 tadan o’simlik joylashtirildi. Zararlangan o’simliklar miqdorini 5% (yoki) aniqlikda hisoblash zarur. Dastlabki kuzatuvda tajribadagi zararlanishning eng yuqori darajasi 20% ga etishi aniqlangan. Ahamiyatlilik darajasi 5% ga teng. 7-variant. Qand lavlagi uzunburunini qayd qilish bo’yicha tuproqni ag’darishda 1 m2 da 16% egallanganlik variatsiyasiga egaligi aniqlandi. 5% li ahamiyatga ega bo’lgan o’rtacha xatolik 5 va 4% bo’lganidagi namuna hajmi, ya'ni maydonchalar sonini hisoblang. 8-variant. Qand lavlagining serkosporoz kasalligi bilan zararlanishini aniqlash bo’yicha olib boriladigan tajrida 8 % gacha xatolik bilan hisoblash uchun namuna hajmini aniqlash zarur. Dastlabki fitopatologik tahlil yordamida taxminan 25 % o’simlikning patogen bilan zararlanganligi ma'lum bo’lgan. Ahamiyatlilik darajasi 5 % ga teng. 9-variant. Makkajo’xorining bakterioz kasalligi bilan zararlanganligini 6 % aniqlikda hisoblash uchun namuna hajmini aniqlash zarur. Dastlabki fitopatologik tahlil yordamida taxminan 25 % o’simlikning patogen bilan zararlanganligi ma'lum bo’lgan. Ahamiyatlilik darajasi 5 % ga teng. 10-variant. Maydondagi tuproq ichida sim qurtlarini tekshirilganda 1 m2 maydonda sim qurtlar bilan egallanish variatsiyasi (s) 14,3 % ga teng bo’lgan. 7 va 4 % o’rtacha xatoliklar bilan namuna ahamiyatlilik darajasi 5 % ga teng bo’lishi uchukn qancha namuna hajmi olinishi zarur? 11-variant. Bog’dagi qishlashga yotgan olma qurtlari bilan egallanganligini aniqlash zarur. Dastlabki tekshiruvda har 50 ta daraxstda 29 ta zararkunanda bo’lgan. Hisoblashlar 5 va 1% ahamiyatlilik darajalarida olib borilsin. 12-variant. G’o’zaning vilt kasalligi bilan zararlanganligini 4,5 % gacha xatolik bilan aniqlash uchun namuna hajmini hisoblash zarur. Dastlabki kuzatuvda taxminan 30% o’simliklar kasallanganligi qayd qilingan. Ahamiyatlilik darajasi 5 % ga teng. 13-variant. Kuzgi bug’doyning un-shudring kasalligiga chidamliligini o’rganish bo’yicha olib borilgan tajribada delyankalarga alohida navlardan 800 tagacha o’simlik joylashtirilgan. O’simlikning zararlanganlik darajasini 5 % (yoki 0,05) aniqlikda aniqlash zarur. Dastlabki kuzatuvda tajribadagi eng ko’p zararlanganlik 20 gacha borishi aniqlangan. Ahamiyatlilik darajasi 5 % ga teng. 14-variant. Tuproqni ag’darilganda undagi har 1 m2 maydondagi sim qurtlar bilan egallanganlik darajasi (s) 12 ga teng bo’lgan. O’rtacha namuna xatoligi 3 va 5 % bo’lgan hollarda ahamiyatlilik darajasi 5 % bo’lishi uchun qanday sondagi namuna hajmlari olinishi zarur? 15-variant. Kartoshkaning makrosporioz kasalligi bilan zararlanganligini hisoblash xatoligi 5% dan ortmasligi uchun olinishi zarur bo’lgan namuna hajmini aniqlash zarur. Dastlabki kuzatuvda taxminan 24 % o’simlik kasallik qo’zg’atuvchisi bilan zararlanganligi aniqlangan. Hisoblashlar 5 va 1 % ahamiyatlilik darajalarida olib borilsin. Bilimlarni mustaqil ravishda tekshirish uchun savollar: 1. Bosh to’plam deganda nimani tushunasiz? 2. Namuna to’plami deganda nimani tushunasiz? 3. Namuna va namuna hajmi deganda nimani tushunasiz? 4. Miqdoriy va sifat jihatdan o’zgaruvchanlik deganda nimani tushunasiz? 5. Muqobil o’zgaruvchanlik deganda nimani tushunasiz? 6. Tajribalarda namuna o’lchami qanday qilib rejalashtiriladi? 7. Dala tajribasida namuna hajmi qanday bo’lishi zarur? 8. Namuna hajmini aniqlovchi asosiy faktorlarni sanab bering. 9. Tajriba strukturasini aniqlashda namuna hajmining ahamiyati qanday? 10. Sifat jihatdan o’zgaruvchanlik uchun ahamiyatlilik mezoni va namuna hajmi deganda nimani tushunasiz? 11. Don ekinlari bilan olib boriladigan tajribalardagi fitopatologik va entomologik usullar xususiyatlari haqida gapirib bering. 12. O’simliklarni himoya qilish bo’yicha dala sharoitida olib boriladigan tajribalarda qayd qilish va kuzatishlar klassifikatsiyasi qanday bo’ladi? 13. O’rganishlarni qabul qilish sifatida olib boriladigan kuzatishni tavsiflab bering. 14. Eksperimentning kuzatishga nisbatan afzalliklarini sanab bering. 15. Izlanish usullaridan tahlil qilish va sintez qilishlar o’rtasida qanday aloqa mavjud? Qishloq xo’jalik ekinlarining zararkunanda va kasalliklarga chidamli navlarini ajratish bo’yicha olib boriladigan dala tajribalarini rejalashtirishning xususiyatlari O’simliklarni zararli organizmlardan himoya qilishning eng ko’p ishonchli, samarali va iqtisodiy jihatdan foydali usuli bo’lib chidamli navlarni yaratish va ishlab chiqarishga tatbiq qilish hisoblanadi. O’rganilayotgan faktorlarning turli tumanligi va zararkunanda va kasalliklarga chidamlilarini ajratib olish jarayonida qatnashuvchi navlar va o’simliklar miqdorining ko’pligi tajribalarni rejalashtirishva qo’yilishida ko’plab qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Mashg’ulotning maqsadi. Qishloq xo’jalik ekinlarini zararli organizmlarga chidamlilarini ajratib olish bo’yicha olib boriladigan tajribalardagi o’ziga xos xususiyatlar bilan tanishish. Oldindan rejalashtirilgan tajriba xatoligi uchun variant (nav)larni bir-biri bilan taqqoslashning ahamiyati va zarurligini tushunib etish. Ajratib olish jarayonining turli bosqichlarida tajriba hatoligi va ishonchliligiga bo’lgan talablarni o’rganish. Uslubiy ko’rsatmalar. Ajratib olish bo’yicha olib boriladigan izlanishlarni rejalashtirishda asosiy maqsad bo’lib dala tajribasining zararli organizmlarga chidamliligining belgilarini oldindan berilgan xatolik bo’yicha variant (nav)larni eng ko’p iqtisodiy jihatdan taqqoslash bilan ta'minlovchi hamjihatligi hisoblanadi. Rejalashtirishning asosiy prinsiplari tajriba uchastkasida tuproq unumdorligining turli xilda o’rganilayotgan nav (variant)lar soniga bog’liq ravishda bu belgi bo’yicha o’zgarish harakterining o’zgarishi qonuniyatlariga asoslanadi. Odatda, bunday ma'lumotlar oldindan aniqlab olinadi. Zararkunanda va kasalliklarga chidamliligi bo’yicha ajratishda dala tajribasini rejalashtirish yana delyanka o’lchami yoki takrorlanishlar soni bilan tajriba xatoligi o’zgarishlari o’rtasidagi empirik usulda o’rnatilgan bog’liqliklardan foydalanishni ko’zda tutadi. Delyanka maydoni n marta ortganida yoki kamayganida hosildorligi bo’yicha tenglashtirilgan uchastkalarda tuproq hosildorligi turli xilligiga bog’liq ravishda dan gacha bo’lgan oraliqda tajriba xatoligi ortishi yoki kamayishi aniqlangan. Hosildorligi bo’yicha bir tekisroq bo’lgan uchastkalarda delyankalar maydoni ko’payishi bilan ko’proq ortadi. Takrorlanishlar soni ortsa yoki kamaysa mos holda tajriba xatoligi ham n marta o’zgaradi. Ajratish jarayonining turli bosqichlarida tajriba xatoliliga bo’lgan talablar turlicha bo’ladi. Ajratishning boshlang’ich bosqichlari (konkurs pitomnik, alohida oldindan navni tekshirish)da asosiy masala ko’p sonli materialdan zararli organizmlarga o’ta chidamliligi bilan tavsiflanuvchi eng ko’p istiqbolli shakllarni ajratib olishda bo’ladi. Bu bosqichlarda tajribaning etarli xatoligi 5-6 % atrofida bo’lishi zarur bo’lib, u navlar o’rtasidagi hosildagi farqning 10-12 % li ishonchli qiymati bilan ta'minlab beradi.Keyingi izlanishlar uchun uning asosida eng istiqbolli navlar aniqlanuvchi asosiy (konkursli) nav tekshirilishida navlar o’rtasidagi hosildorlik va standartlar bo’yicha 5-6 martalik farqlar deyarli ahamiyatli hisoblanib, bunda maksimal yo’l qo’yish mumkin bo’lgan xatolik 2,5 % dan ortmasligi kerak.Bu talablarni hisobga olgan holda ajratib olish bo’yicha dala tajribasini rejalashtirishda uning eng ratsional shakli va tajriba hatoligini o’rnatish ayniqsa muhimdir. Tajribaning berilgan xatoligi uchun hosildorlikning ma'lum turli tumanligi darajasi bilan tajriba uchastkasidagi delyanka o’lchami va takrorlanishlar sonining mosligi nomogramma yordamida aniqlanadi. Ulardan birini ko’rib chiqaylik (10-rasm). Nomogramma 2 qismdan iborat bo’ladi. Birinchi qism (A va V shkalalar) variatsiyaning tuproq hosildorligining turlichaligini qayd qilish usullaridan biri yordamida topilgan empirik koeffitsienti yordamida ixtiyoriy o’lchamdagi delyankaning variatsiya koeffitsientini aniqlashga imkon beradi. Bunda variatsiya koeffitsienti (V) avvalgi yillar olib borilgan tajribadagi hosil ma'lumotlarini statistik qayta ishlash yordamida topiladi. Avvalgi yillar hosili to’g’risidagi ma'lumotlar yo’q bo’lsa, u holda variatsiya koeffitsientini topish uchun shu uchastkada avvalroq olib borilgan statistik qayta ishlash ma'lumotlaridan foydalaniladi. Tajriba xatoligi ( )va takrorlanishlar soni (n) ni bilgan holda V ham V= sx formula yordamida topiladi.Nomogrammaning 2-qismi (S, D, E shkalalar) kuzatishlarda etarlicha aniqlikka erishish yoki oldindan tanlangan tajriba strukturasini qo’llashda kutilayotgan aniqlikni topish uchun dala tajribasi elementlari munosabatini aniqlashga imkon beradi. Nomogramma shkalalari belgilanishi quyidagicha: shkala A - berilgan tajriba uchastkasi hosildorligi turlichaligini analitik usulda aniqlab topilgan fiksirlangan delyankalar variatsiya koeffitsientlari; shkalaV - hosildorlik ma'lumotlari variatsiya koeffitsientining delyankalar maydoniga o’rtacha bog’liqligini ifodalovchi kattaligining qiymati. Delyanka yuzining n marta o’zgarishida variatsiya koeffitsienti marta o’zgaradi. ning qiymati maxsus jadvaldan topiladi (1-ilovaning 2-jadvaliga qarang); shkala S - kerakli o’lchamdagi delyankalar uchun variatsiya koeffitsientlari; shkala D - chap tomondan tajriba nisbiy xatoligi ko’rsatkichlari ( ), o’ng tomondan esa variantlarni tajribadagi o’rtacha hosil bilan taqqoslashdagi nisbatan eng kam ahamiyatli farq (EKAF,%) kiritilgan. EKAF qiymatini standart bilan taqqoslash zarur bo’lganida D shkalada 1,47 koeffitsientga ko’paytirib qo’yish zarur; E shkala - takrorlanishlar soni.  Nomogrammalardan foydalanishga doir misollar: 1-masala. Har xil o’lcham (10, 25, 50 va 100 m2) dagi delyankalar bilan olib boriladigan tajribadagi takrorlanishlarning zaruriy sonini aniqlang. Hosildorlikning variatsiya koeffitsienti - - javob javob javob  (V) 50 m2 maydondagi qayd qilish ma'lumotlariga ko’ra 8 ga teng. Tajriba xatoligi 4 % dan tortmasligi kerak. Nomogrammadan foydalanish sxemasi 11- rasm, d qismida tasvirlangan. Masalani echishga kirishishdan avval nomogramma yordamida rejalashtirilayotgan delyankalar shkalalari kattaliklarining qiymatlari topiladi. Buning uchun jadvaldan 4 n kattalikning qiymati aniqlab olinadi: 10 m2 li delyankalar (kichiklashtirish 5 marta) uchun - 1,49; 25 m2 (kichiklashtirish 2 marta) - 1,19; 50 m2 (o’zgarmagan) - 1,00; 100 m2 (kattalashtirish 2 marta) - 0,84. Bu qiymatlarni bilgan holda, nomogrammada lineyka yordamida A shkaladagi 8 metkasini V shkaladagi 1,49 metkasi bilan tutashtiriladi va S shkaladagi 11 metka belgilanadi (10 m2 o’lchamli delyanka uchun). Keyin 11 nuqtani lineyka yordamida D shkala 4 metkasi bilan tutashtiriladi (tajribaning berilgan xatoligi) hamda E shkaladan 6 topiladi. Bu 10 m2 maydondagi delyankalarda 4% xatolik bilan tajribani rejalashtirishda 6 marta takrorlash zarur deganidir. Shunday qilib, boshqa o’lchamdagi delyankalar uchun ham takrorlashlarning zaruriy soni hisoblab olinadi. Natijada delyankalar maydonlarining 4 xil kombinatsiyalari va takrorlashlar soni kelib chiqadi: 6 martalik takrorlanishlar uchun 10 m2, 5 martalik uchun 25m2, 50 marta 4,100 m2 3 martalik takrorlanishlar uchun. Izlanuvchi dala tajribasining eng mos strukturasini tanlaydi. Nomogramma yordamida variatsiya koeffitsienti va tajriba xatoligini ham aniqlab olsa bo’ladi. 2- masala. Berilgan uchastkada avvalgi yillarda olib borilgan tajribaning statistik tahlili ma'lumotlari bo’yicha variatsiya koeffitsientini aniqlang. Delyanka maydoni 100 m2, 4 karralik takrorlanishlar uchun tajriba xatoligi 3,5% ga teng. Bu masalani echish uchun nomogrammadan foydalanish sxemasi 11-rasm, b qismida tasvirlangan. Lineyka yordamida S shkaladagi 4 metkani Dshkaladagi 4 % bilan tutashtirib (chapda), Sshkaladan javobni topamiz: 100 m2 li delyankalar uchun V = 7% ga teng. 3-masala.10m2 delyankalarda 4 martalik takrorlanishlar uchun rejalashtirilayotgan tajriba xatoligini toping. 100 m2 delyankalar uchun tajriba uchastkasidagi variatsiya koeffitsienti 6 % ga teng. Vni jadval yordamida topib olamiz. S shkaladagi 8 metkani E shkaladagi metka bilan tutashtirib D shkaladan chapda 4, o’ngda 7 ni topamiz. Bu berilgan uchastkadagi dala tajribasining bunday strukturasida kutilayotgan xatolik 4%, o’rtacha hosil EKAF bilan taqqoslashdagi isbotlangan farq 7 %, standart EKAF bilan taqqoslashda EKAF=7•1,47=10,3% (11-rasm, v) ekanligini anglatadi. Topshiriq. Quyidagi variantlar bo’yicha nomogrammadan foydalanib dala tajribasini rejalashtirish bo’yicha masalani eching. 1-variant. Turli xil o’lcham (10, 25, 50 va 100 m 2 )dagi delyankalar takrorlanishining zaruriy sonini aniqlang. Tajriba 3 % xatolik bilan amalga oshirilishi zarur. 50 m 2 maydondagi delyankalarda qayd qilingan ma'lumotlar bo’yicha hosildorlikning variatsiya koeffitsienti 6 % ga teng. 2-variant. 100 m 2 maydondagi delyankalarda 4 karralik takrorlanishda o’tkazilgan tajriba (konkursli navni sinash bo’yicha) xatoligi 2,5 % ga teng. Nomogramma yordamida variatsiya koeffitsientini toping. 3-variant. Kuzgi bug’doy turli navlarining un-shudring kasalligiga chidamliligini baholash uchun turli xil o’lcham (20, 50 va 100 m 2 )dagi delyankalarda tajriba o’tkazilishi rejalashtirilmoqda. Tajriba xatoligi 5 % dan oshmasligi uchun takrorlanishlarning zaruriy soni aniqlansin. Dastlabki izlanishlardan ma'lumki, 100 m 2 li delyankalarga ega bo’lgan uchastkadagi hosildorlikning variatsiya koeffitsienti (K) 7 % ga teng. 4-variant. 100 m 2 maydonga ega bo’lgan delyankalardagi kuzgi tunlamning zararini aniqlash bo’yicha o’tkaziladigan tajribani o’tkazishda 4 karralik takrorlanishdagi xatolik 4 % ga teng. Berilgan tajriba uchastkasi chegarasidagi hosildorlik variatsiyasi koeffitsientini aniqlang. 5-variant. 400 m 2 maydondagi delyankalarda karam oq kapalagiga qarshi kurashda lepidotsidning ta'sirini o’rganish bo’yicha o’tkaziladigan tajribani 4 karralik takrorlanishda o’tkazish rejalashtirilmoqda. Agar o’tgan yili berilgan uchastkada o’tkazilgan tajriba natijalarini statistik qayta ishlash ma'lumotlariga ko’ra 100 m 2 maydondagi delyankalar uchun variatsiya koeffitsienti 7 % ga teng bo’lgan bo’lsa, u holda bu tajriba xatoligini aniqlang. 6-variant. Agar delyankalar maydoni 100 m 2 bo’lgan uchastkada bug’doy navlarining kanaga chidamliligini o’rganish bo’yicha, 4 karralik takrorlanishda olib borilgan tajriba xatoligi 3,4 % ga teng bo’lsa, u holda nomogrammadan foydalanib variatsiya koeffitsientini aniqlang. 7-variant. 10, 25 va 100 m 2 maydonlardagi delyankalarda boshlang’ich seleksion materialni o’rganish bo’yicha 4 % xatolik bilan olib boriladigan tajriba o’tkazish uchun takrorlanishlarning zaruriy sonini aniqlang. 50 m 2 maydondagi delyankalarda 4 karralik takrorlanishlarda olib borilgan tajribada dastlabki qayd qilinishi bo’yicha hosildorlikning variatsiya koeffitsienti (V) 7,5 % ga teng. 8-variant. Kartoshka navlarining Kolorado qo’ng’iziga chidamliligini o’rganish bo’yicha 4,3 % xatolik bilan tajribalar o’tkazing. Delyankalar maydoni 100 m 2 , 4 karralik takrorlanishlarni ma'lum deb hisoblab, nomogramma yordamida variatsiya koeffitsientini aniqlang. 9-variant. 50 m 2 uchastkalarda dastlabki qayd qilinishi bo’yicha hosildorlik variatsiya koeffitsienti 4,6 % ga teng. Agar delyankalar o’lchami 25, 50 100 m 2 bo’lsa, u holda 4 % gacha tajriba xatoligi bilan takrorlanishlarning yetarli sonini aniqlang. 10-variant. Pomidor o’simligining bakteriya rak kasalligiga chidamliligini o’rganish bo’yicha olib borilgan tajriba xatoligi 5,8 % dan oshmaydi. Agar mabodo delyankalar maydoni 100 m 2 , 4 karralik takrorlanishlar uchun nomogramma yordamida variatsiya koeffitsientini aniqlang. 11-variant. Agar 100 m 2 maydonli delyankalardagi g’o’za o’simligida vilt kasalligi bilan zararlanish darajasini aniqlash bo’yicha 4 karralik takrorlanishlarda tajriba o’tkazilganida xatolik 6 % ga teng bo’lgan bo’lsa, u holda ushbu uchastkadagi hosildorlik variatsiyasi koeffitsientini aniqlang. 12-variant. 400 m 2 maydonli delyankalarda 4 karralik takrorlanishlarda uzum navlarini mildyu kasalligiga chidamliligini o’rganish bo’yicha tajriba o’tkazish rejalashtirilmoqda. Ushbu uchastkada o’tkazilgan dastlabki tajriba natijalarini statistik qayta ishlash ma'lumotlariga ko’ra 100 m 2 delyankalardagi variatsiya koeffitsienti 7 % ga teng bo’lgan bo’lsa, u holda tajriba xatoligini aniqlang. 13-variant. Bug’doy navlarini kanaga chidamliligini o’rganish bo’yicha o’tkazilgan tajriba xatoligi 4,4 % ga teng. 100 m 2 maydonli delyankalar va 4 karralik takrorlanishlar uchun nomogramma yordamida variatsiya koeffitsientini aniqlang. 14-variant. 10, 25, 100 m 2 delyankalarda boshlang’ich materialning kasalliklarga chidamliligini o’rganish yuzasidan olib boriladigan tajribani 4 % xatolik bilan o’tkazish bo’yicha takrorlanishlarning zaruriy sonini aniqlang. 50 m 2 maydondagi delyankalarda dastlabki qayd qilinishicha, hosildorlikning variatsiya koeffitsienti 8,5 % ga teng. 15-variant. No’xat navlarining peronosporoz kasalligiga chidamliligini o’rganish bo’yicha olib borilgan tajriba xatoligi 5,3 % ga teng. Delyankalar maydoni 100 m 2 va 4 karralik takrorlanishlar bo’yicha nomogramma yordamida variatsiya koeffitsientini aniqlang. Tajriba hujjatlarini yuritish, ilmiy hisobot va ishlab chiqarishga tavsiyalarni tuzib chiqish Tajriba bo’yicha hujjatlar va hisobotlarni to’g’ri olib borish tajriba ishining ahamiyatli elementi bo’lib hisoblanadi. Dala tajribasini rejalashtirish va o’tkazish eksperiment usuli va dasturida ko’zda tutilgan bir qator ketma-ket bajariladigan vazifalarni o’z ichiga oladi. Bunga qishloq xo’jaligi ekinlarini etishtirish texnologiyalari, ularni zararli organizmlardan himoya qilish, o’simliklar, kasallik qo’zg’atuvchilari va hasharotlarni qayd qilish va kuzatish ishlarini kiritish lozim bo’ladi. Ob'ektiv tahlil va eksperimentda olingan ma'lumotlarni tushuntirish tajriba olib borilganida bajarilgan barcha ishlarni qat'iy qayd qilib borilganida, kuzatishlar natijalarini o’z vaqtida fiksirlab qo’yilganidagina mumkin. Bularning barchasi izlanuvchidan tajribada olinadigan ma'lumotlarni batafsil yozib borish zarur bo’lgan ilmiy hujjatlashtirishni etarli darajada malakali darajada olib borishni talab qiladi.  Ilmiy tekshiruv natijalarini to’g’ri tahlil etish, ularni saqlash va e'lon qilishda dala tajribasini xujjatlov ishlarini aniq olib borish katta ahamiyat kasb etadi. Dala tajribasi xujjatlari to’liq ma'nolik, ob'ektiv va aniq bo’lmog’i, ular qisqa aniq lo’nda usulda yozilmog’i kerak. Bu ishlarning hammasini asosida dala tajribasi birlamchi xujjatlari yotadi. Birlamchi xujjat bo’lib dala kundaligi hisoblanadi. Dala kundaligi bu kichik cho’ntakka sig’adigan daftar-bloknot bo’lib, unga kunma-kun dala tajribasida o’tkazilgan ishlar usha erning uzida yozib boriladi. Dala kundaligidan tashqari yana birlamchi xujjatlardan bo’lib, bu ishchi daftarlari hisoblanadi. Bu daftarga ommaviy kuzatuvlar. analizlar va hisob-kitoblar natijalari sistematik ravishda qayd etib boriladi. Kundalik va ishchi daftarlarga yozuvlar faqat oddiy qora qalam bilan yozib boriladi. Dala tajribasida olib borilgan hamma ishlar, ya'ni: tajriba programmasi, uning sxemasi, ilmiy-tekshiruv metodikasi, tajriba o’tkazishga yuldosh boshqa sharoitlar, dala tajribasida o’tkazilgan hamma agrotexnik ishlar, kuzatuvlardan hosil etilgan qiymatlarning tahlil etilgan yakunlari, hosil to’g’risidagi ma'lumot va boshqa ma'lumotlar esa dala tajribasi jurnalida yozib boriladi. Jurnal qora rangli siyohda birlamchi yozuvlar asosida to’ldirib boriladi va xonalarda saqlanadi. Jurnalda ma'lumotlar tekst holida, chizma hamda jadval holida ifodalanadi. Dala tajribasi jurnalida eng kamida quyidagi ma'lumotlarning bo’lishi lozim: Tajriba nomi, maqsadi va vazifalari. Tajriba sxemasi va er uchastkasida joylanuv plani. Yer uchastkasining tarixi va ta'rifi (tuproq sharoitlari, ekinlar turi, o’g’itlash va boshqalar). Yer uchastkasining agronomik, agrofizik va boshqa xususiyatlari. Ilmiy tekshiruv programmasi va metodikasi. Tajriba uchastkasida olib borilgan barcha ishlar hisobi. Hamma analizlar va kuzatuvlarning natijalarini ifodalovchi namunalar, grafiklar dibral va tengliklar. Hosilni hisob etish natijalari: a) maydonchalar bo’yicha; b) gektar hisobiga o’tkazilgani; v) standart holiga keltirilgani. Dastlabki xulosalar va takliflar.  Dala tajribasi, umuman har qanday tajriba ishining so’ngi bosqichi bu ilmiy ishni adabiy ifodalanishi, ya'ni uni ilmiy hisobot, maqola, diplom yoki kandidatlik ishi tariqasida tafsiya etilishi hisoblanadi. Ilmiy ishlarning yakuni hisoblangan maqola, hisobot, diplom yoki kandidatlik dissertaiiyalar quyidagi qismlarni (bo’limlarni) o’zida jamlangan bo’lmog’i lozim. Bular: Ilmiy tekshiruv vazifasi va maqsadi. Tekshirilayotgan ob'ektning qisqacha tarixi (kirish). Tajriba sxemasi, metodikasi va o’tkazish sharoitlari. Tajriba ishlari natijalari (asosiy kism). Xulosalar va amaliy tavsiyalar. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. Tajribadan olingan ma'lumotlarga qo’yiladigan talab bu - ularning aniq ekanligi va ishonchlilik darajada bo’lishligidir (uchetnost, doverennost). Mashg’ulotlar maqsadi: dala tajribasini o’tkazish uchun zarur bo’lgan asosiy hujjatlar va uni olib borish talablarini o’rganish; o’simliklarni zrarkunada va kasalliklardan himoya qilish ishchi dasturi, kalendar rejasini tuzishni o’rganish; amalga oshirilgan ishlar hamda ishlab chiqarish yuzasidan mos tavsiyalar bo’yicha ilmiy hisobot tayyorlash qoidalari va talablari bilan tanishish. Uslubiy ko’rsatmalar. Dala tajribasi hujjatlari tarkibi, ob'ektivligi, aniqligi, zamonaviyligi va ishonchliligi nuqtai nazaridan to’liq bo’lishi zarur. Bunda yozuvlarning bir tipli bo’lishi juda muhimdir. Nazorat qilishning qulayligi va tajriba materiallarini keyingi qayta ishlashni engillashtirish hamda foydalanish uchun hujjatlashtirish shaklllarida standartlashtirish ishlab chiqilgan. Majburiy hujjatlar. Dala tajribasining asosiy hujjatlari quyidagilar hisoblanadi: Ishchi reja (dastur); Dastlabki yuritiluvchi hujjatlar (dala ishlari kundaligi); Qo’shimcha hujjatlar (ishchi daftarlar va jurnallar); Hisoblash hujjatlari (dala tajribasi jurnali); Dala tajribasi o’tkazilishi bo’yicha hisobot. Tajriba ishchi rejasi (dasturi) ijrochi tomonidan ma'lum bir kalendar yili uchun tuziladi va kafedra majlisi yoki bo’lim yig’ilishida tasdiqlanadi. Ishchi rejada mavzu (bo’lim) nomi, tajriba o’tkazish muddati va joyi, lavozimi, boshliq va ijrochining familiya va ism-shariflari, izlanish asosi va topshiriqlari hamda eksperiment o’tkazish usullari (laboratoriya, vegetatsiya, lizimetrik, dala yoki ularning hamjihatligi) ko’rsatiladi. Aytib o’tilgan ma'lumotlardan tashqari unga yana tajriba sxemasi (variantlar nomerlari va nomlari, ishning tarkibiy qismlari va eksperiment mohiyatini tavsiflovchi boshqa qismlari); tajribani o’tkazishning umumiy shartlari (tuproq, agrotexnika va boshqalar), dala tajribasi parametrlari (delyankalar maydoni, takrorlashlar soni, uchastkadagi variantlarni joylashtirish usuli); qayd qilish, kuzatishlar va tahlillar (kasallik rivojlanishiyoki zararkunanda soni, boshqa ishlarni bajarish uchun tahlillar va namuna olish, hosil strukturasining tuzilishini qayd qilish o’tkazilgan sanalar) ro’yhati va usuli; kutilayotgan (kutilayotgan texnikaviy va iqtisodiy samaradorlik) natijalar; tajribani o’tkazish uun zarur bo’lgan vositalar, materiallar va qurilmalar kiradi. Ilmiy izlanish ishlarining namunaviy ishchi rejasi 2-ilovada keltirilgan. Ishchi dasturning eng muhim tarkibiy qismi bo’lib hajmlari va ularni bajarish muddatlari ko’rsatilgan barcha ish turlari, qayd qilishlar, kuzatishlar va tahlillar ro’yxati keltirilgan kalendar reja hisoblanadi (ilova). Tajriba usuli va ishchi dasturi ilmiy ishning ijrochilari tomonidan imzolanadi (ilova). Dala ishlari kundaligi. Tajriba o’tkazish paytida izlanuvchi xronologik tartibda har kuni tashqi muhit va o’simliklar shavrtlari bo’yicha amalga oshirilgan barcha agrotexnik ishlar, qaydlar va kuzatishlarni yozib boradi. Yozuvlar bevosita dalada yoki ishni bajarish payti yoki bo’lmasa yakunida kiritib boriladi, o’zgartirishlar qilinishiga yo’l qo’yilmasligi, qo’shimcha va tuzatishlar haqida ta'kidlab o’tilishi zarur. Dala ishlari kundaligi o’rnatilgan tartibda rasmiylashtirilishi lozim. Kundalikning dastlabki betlarida eksperiment mavzusi, uni o’tkazish joyi, ijrochilar familiyalari, izlanishlarni olib borish vaqtlari ko’rsatiladi. Keyin tajriba sxemasi tavsiflanadi, tajriba uchastkasidagi variantlar joylashuvining tayin bir reja asosidagi chizmasi keltiriladi. Dala ishlari kundaligi, ishchi daftarlar va jurnallarga tajriba aniqligiga ta'sir qilishi mumkin bo’lgan barcha o’tkazilgan tadbirlar, kuzatishlar va hodisalar bo’yicha ma'lumotlar kiritiladi. Ayniqsa zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurashda o’simliklarga kimyoviy preparatlar purkalgan paytdagi ob-havo faktorlariga e'tibor qaratish lozim. Yordamchi hujjatlarda tajriba uchun er uchastkasi tanlangan vaqtdan boshlab to hosilni yig’ishtirib olguncha tuproqni tavsiflash, uni qata ishlash usullari, o’g’it tizimlari, urug’larni ekishga tayyorlash, ekish payti, pestitsidlarni qo’llashning me'yor va muddatlariga oid bo’lgan yozuvlarni batafsil kiritib borish zarur. O’simlikning o’sishi va rivojlanishining fenologik kuzatishlari tizimli tarzda qayd qilinib borilishi zarur. Zararkunanda va kasalliklarni kuzatishlar va qayd qilishlar o’simliklarning barcha vegetatsiyasi mobaynida zararli organizm dastlabki paydo bo’lgan sananing albatta ko’rsatilishi orqali o’tkaziladi. Bu ma'lumotlarning yozuvlari maxsus qabul qilingan yoki ixtiyoriy shaklda o’tkaziladi. Yozuvlarni ma'lum bir sxemada olib borish maqsadga muvofiqdir. Dala tajribasi jurnali keyingi umumlashtirishlar va xulosalar chiqarish uchun barcha zaruriy materiallardan tarkib topgan yig’ma hujjat hisoblanadi. Jurnalda, odatda, dala tajribasi bo’yicha ular asosida dastlabki hisobot tayyorlash mumkin bo’lgan barcha asosiy material (matn, jadval grafik) lar yig’ilgan bo’ladi. Dala tajribasi jurnaliga quyidagi ma'lumotlar: tajriba mavzusi; uni o’tkazish muddatlari va joyi; ijrochi va rahbarning familiyalari va ism-shariflari; tajribaning maqsad va vazifalari; asl tajriba sxemasi va joylashtirish rejasi; tajriba uchastkasining tavsifi va tarixi; tuproqning agrotexnikadagi xususiyatlari haqidagi materiallar; izlanishlar dasturi va usulikasi; uchastkada o’tkaziladigan barcha ishlar ro’yxati (bajarish muddatlari, usullari va sifati ko’rsatilgan holda); kasallik yoki zararkunandalar sonini jadvallar, grafiklar, diagrammalar ko’rinishida qayd qilishlarning qayta ishlangan natijalari; zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurashish bo’yicha o’rganilayotgan usullarning samaradorligi haqidagi ma'lumotlar; delyankalar bo’yicha hamda 1 ga ga to’g’ri keluvchi hosilni qayd qilishning qayta ishlangan natijalari; ma'lumotlarni qayta ishlashning statistik natijalari kiritiladi.Dala tajribasi jurnaliga barcha yozuvlarni qora rangdagi ruchka bilan kiritish tavsiya etiladi. Dala tajribasi o’tkazilganligi haqidagi hisobot eksperimental ishning yakuniy bosqichi hisoblanadi. U yillik yoki yakuniy hisobot, maqola, kurs ishi, bitiruv malakaviy yoki dissertatsiya ishi ko’rinishida rasmiylashtiriladi. Bu holda izlanuvchi ishining mohiyati eksperiment jarayonida yig’ilgan va qayta ishlangan ma'lumotlarning ketma-ket qilib, ilmiy-faktga asoslanib, ishlab chiqarishga asosli mos tavsiyalar holida bayon etilishiga bog’liq.Hisobotni tuzishda asosiy talablarga: tuzishning aniqligi, materialni bayonlashtirishning mantiqan ketma-ketligi, faktlarning ishonarliligi, sub'ektiv va bir qiymatli bo’lmasligi mumkinligini inkor qiluvchi fikrlar tasdig’ining lo’nda va aniqligi, haqiqiylik, ish natijalarini bayon qilishning tayinliligi, xulosalarning isbotlanganligi va ishlab chiqarishga tavsiyalarning asoslanganligi kiradi.Talablar asosiga hisobot xususiyatlarini ilmiy hujjat sifatida aniqlovchi va uni boshqa turdagi ilmiy hujjatlardan farqlovchi 2 ta asosiy prinsip: o’tkazilgan ilmiy-tekshirish ishlari mundarijasi va natijalari (bosqichlari)ning to’liq aks ettirilishi hamda bayonlashtirishning mumkin bo’lgan shakli qo’yilgan. Shunga ko’ra har qanday kategoriyali mutaxassis ham o’ziga kerak bo’lgan ma'lumotni osongina ola oladi. Dala tajribasi hisoboti quyidagi asosiy qismlardan tarkib topadi: izlanishlarning maqsad va vazifalari; masala qo’yilishining qisqacha tarixi (ilmiy adabiyotlarni o’rganish materiallari asosida); eksperiment o’tkazishning sxemasi, mutodikasi va shartlari; izlanishlar natijalari; xulosalar va ishlab chiqarishga tavsiyalar; foydalanilgan adabiyotlar. Ilmiy tekshirish muassasasi, korxona va tashkilotlarida bajarilgan ilmiy tekshirish ishlari (ITI) hisobotlarining strukturasi va qoidalari standart talablariga mos kelishi zarur. Ilmiy hisobot va ishlab chiqarishga tavsiyalarga rahbar va ijrochilar imzo qo’yadilar. O’simliklarni zararkunandalar, kasalliklar va begona o’tlardan himoya qilish bo’yicha tayin bir mavzuga oid olib boriluvchi ilmiy izlanishlar bu izlanishlar turidan qat'iy nazar qishloq xo’jaligini rivojlantirish uchun amaliy jihatdan ahamiyatga ega bo’lgan ilmiy mahsulot yaratish bilan tugallanadi. Bunday mahsulot bo’lib nazariy va ilmiy-uslubiy holatlar, mutodikalar, ishlab chiqarishga tavsiyalar xizmat qiladi. Amaliy izlanishlarni tatbiq qilishning eng ratsional bo’lgan shakllari quyidagilardir: fermer dalasida o’simliklarni himoya qilish bo’yicha olib borilgan ishlanishlarda erishilgan va keyingi foydalanish rejalarini ko’rsatish bilan hujjat orqali tasdiqlanib kutilgan samaradan foydalanish; keyingi realizatsiya qilish muddatlari va kutilgan samarani ko’rsatish orqali Gosagroprom organlari tomonidan tasdiqlangan izlanishlar natijalarini tajriba-xo’jalik approbatsiyasidan o’tkazish; o’simlikni himoya qilish sohasidagi ilmiy tekshirish ishlari, ko’rsatilgan izlanishlarning ITI rejalariga kiritilganligini koordinatsiya qiluvchi tashkilotning qarori. Qishloq xo’jaligi ekinlarini zararkunanda, kasallik va begona o’tlardan himoya qilish bo’yicha olib boriladigan yakuniy ilmiy izlanishlar xo’jalik shart- sharoitlarida ishlab chiqarish tekshiruvidan o’tadilar. Tekshirish natijalari o’rnatilgan tartibdagi shaklda dalolatnoma orqali rasmiylashtiriladi va komissiya tomonidan imzolanadi. Tatbiq etishni tasdiqlash haqidagi hujjatlarda tatbiq qilish ob'ekti, izlanishlarning tatbiq qilingan natijalari ro’yxati, tatbiq qilish shakli va erishilgan iqtisodiy samara ko’rsatilishi zarur. Adabiyotlar : 1. Белуха Н.Т. Основы научных исследований в экономике. - Киев: Вища школа, 1985. 2. Вольф В.Г. Статистическая обработка опытных данных. - М.: Колос, 1996. 3. Деревицкий Н. Ф. Опытное дело в растениеводстве. — Кишинев: Штиинца, 1962. 4. Гар К.А. Методы испытания токсичности и эффективности инсектицидов. —М.: Сельхозгиз, 1963. 5. Доспехов Б. А. Методика полевого опыта. — М.: Колос, 1985. 6. 3ак Г.П. К вопросу о методика фитопатологического сортоиспытания. - М.: Сельхозгиз, 1939. 7. Константинов П.Н. Основы сельскохозяйственного опытного дела. - М.: Сельхозгиз, 1952. 8. Лакин Г.Ф. Биометрия. - М.: Высшая школа, 1980. 9. Литтпа Т., Хиллз Ф. Сельскохозяйственное опытное дело. Планирование и анализ. - М.: Колос, 1981. 10. Методика Государственного сортоиспытания сельскохозяйственных культур. - М.: Колос, 1971. 11. Методика полевого опыта / Под ред. П.Г.Найдина. -М.: Изд-во с.-х. литературы, 1959.