logo

O’quvchilarning bilish faoliyatida tadqiqiy metod va muammoli ta‘lim elementlarini qo’llash

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

52 KB
O’quvchilarning bilish faoliyatida tadqiqiy metod va muammoli ta‘lim elementlarini qo’llash Reja : 1. Tabiatshunoslik o’qitishda tadqiqot metodining mohiyati. 2. O’quv materialini o’rganishda tadqiqiy yondoshuv qo’llash. 3. Muammoli ta‘limni ta‘lim jarayonida qo’llash. 4. 2-sinf darslari jarayonida muammoli vaziyat yaratish. 5. Tabiatshunoslik darsliklarida dasturlashtirilgan ta‘limni qo’llash. 6. Tezis tipdagi kortochka raqamli dasturlashtirilgan topshiriqlar tuzish. Asosiy tushunchalar: Mashg’ulotlar jarayonida tadqiqiy metodning ahamiyati; tadqiqiy metodning mazmuni va uning qo’llash sharoiti; tadqiqiy yondoshuvda ko’rgazma - vositalar turlaridan foydalanish; muammoli ta‘lim mohiyati; mashg’ulotlar jarayonida muammoli vaziyat yaratish; dasturlashtirilgan ta‘lim, uning asoslari; uni darslar jarayonida qo’llanishini; tezis tili va dasturlashtirilgan kartochkalar mazmuni, ulardan foydalanish yo’llari. O’quvchilarning jonli tabiat bilan muloqotda - bo’lishi (to’qnashishi) ularning jismoniy mehnat va estetik tarbiyasi uchun keng imkoniyatlar ochib beradi. Shuning uchun ham o’quvchilar tabiat bilan qanchalik ertaroq tanishsalar, tabiatning ular tarbiyasi va aqliy rivojlanishiga ta‘siri shunchalar ijobiy bo’ladi. Ta‘lim oldida qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun tabiatshunoslikni o’qitish metodlarini yanada takomillashtirish kerak. Boshlang’ich sinf o’qituvchilarining e‘tibori o’quvchilar bilan ishlash tadqiqiy metodiga qaratilmog’i zarur, chunki bu metod keng bilimlar beribgina qolmay, bolalarni mustaqil bilim olishga ham o’rgata oladi. Tabiat bilan tanishtirishda tadqiqiy metoddan foydalanib, o’qituvchi o’quvchilarga ular oldiga qo’yilgan vazifani anglab olishga yordam beradi. Uning rahbarligida o’quvchilar quyidagi ishlarni bajaradilar: izlanish planini tuzadilar; faraz qiladilar. tekshirish usullarini o’ylab chiqadilar; kuzatishlar o’tkazadilar; tajribalar o’tkazadilar; isbotlaydilar; xulosalar chiqaradilar. Kichik yoshdagi maktab o’quvchilarini agar ularning aqliy taraqqiyoti izlanish faoliyatining barcha bosqichlari — boshidan oxirigacha mantiqiy izchillikda mustaqil amalga oshira olish darajasiga yetgan bo’lsa, ularni «tadqiqotchilar» deb atash ham mumkin. Kichik yoshdagi maktab o’quvchilarining tabiatshunoslik darslaridagi bilish faoliyatlarida quyidagi vositalar katta rol o’ynaydi: ko’rgazmalilik va predmetli tasvirlar; tajribalarni namoyish qilish; o’quvchilarning hayotiy tajribalaridagi ayrim vaziyatlar; kino, video va diafilmlar ko’rsatish; geografiya xaritalari bilan ishlash va hokazo. Tadqiqiy izlanish faoliyatida o’quvchilarning bilish faolligini rivojlantirish muammoli o’qitishning asosidir. Bu tabiatshunoslik darslariga ham taalluqlidir, chunki unda tayyor ilmiy bilimlarni bayon qilish va ularni tushuntirish bilan bir qatorda materialni muammoli bayon qilish tobora ko’proq qo’llanila boshlanadi. Muammoli o’qitishni o’z ichiga olgan darslarda o’quvchilarga yangi ma‘lumotlarni o’zida saqlagan masalalarni hal qilish taklif qilinadi. Bundan o’quvchilarning bilimlarni o’zlashtirish va ularni amalda mustaqil qo’llash usullarini egallashlari ko’zda tutiladi. Bunday masalalardan bilimlarni tekshirishda o’zlashtirishning chuqurligi va onglilikni aniqlash uchun foydalaniladi. Muammoli o’qitish keyingi yillarda psixolog olimlar, didaktlar, metodistlar, ijodkor o’qituvchilarning e‘tiborini tobora ko’proq jalb qilmoqda. Olimlar muammoli darsni quyidagi bosqichlarga bo’lishini taklif qiladilar: muammoli vaziyat yaratish va uning tahlili; muammoni ifodalash (qo’yish); muammo yechimini izlash (avvalgi bilimlarni muhimlashtirish, farazlarni ilgari surish, eng to’g’ri farazni tanlash va isbotlash); muammoni hal qilish; echimning to’g’riligini tekshirish. Darsda muammoli vaziyat yaratish murakkab didaktik masaladir. Har bir dars muammoli bo’lishi mumkin va lozim. Muammoli o’qitishning samaradorligi faqat material chinakam idrok muammoga ega bo’lgandagina bilinadi. Muammoli xarakterdagi darsni o’tish uchun o’qituvchi undagi muammoli vaziyatlarni oldindan ajratishi, qo’yilgan muammoni yechishda o’quvchilar faoliyatining borishini belgilovchi metodik vositalarni aniqlashi, darsning barcha tafsilotlarini puxta o’ylab chiqishi kerak. Dars shunday tarzda tuzilishi kerakki, unda qo’yilgan muammoga bolalarda qiziqish uyg’onsin, uning bilim olish tizimidagi ahamiyati ko’rsatilsin, yangi bilimlar olishga ehtiyoj tug’ilsin. Muammoli darsning birinchi bosqichida o’quvchilar qaysi tayanch bilimlarga asoslanib oldilariga qo’yilgan masalalarni hal qilishlari mumkinligini aniqlash zarur. Bu bosqichda o’qituvchining ishi o’quvchilarga yordam berish, ularning faolligini o’quv material bilan ishlash va aqliy faoliyat uslublarini to’g’ri tanlashga qaratishdan iborat bo’lishi lozim. O’qituvchi tomonidan yo’naltirilgan o’quvchilar vujudga kelgan muammoli vaziyatni tahlil qiladilar, idrok qilish vazifasini aniqlaydilar, uni hal qilishga o’zlarining bilim hamda turmush tajribalarini safarbar qiladilar. Muammoli darsning kelgusi bosqichlari o’quvchilarning o’qituvchi rahbarligidagi mustaqil faoliyatidir. Izlanish ishlari jarayonida umumiy muammo jism (narsa) yoki hodisalarning biror muhim belgilarini kuzatish yoki o’rganilayotgan ob‘ektning muhim va muhim bo’lmagan belgilarini aniqlash bilan bog’liq bo’lgan qator vazifalarga ajratilishi mumkin. Izlanish jarayonida taqqoslash, tahlil, sintez qilish, umumlashtirish kabi fikrlash faoliyati keng qo’llaniladi. O’quvchilarning o’quv vazifalarini mustaqil hal qila olishlariga erishish muammoli o’qitishning eng muhim belgilaridan biridir va u o’qituvchi uchun ancha qiyin masaladir. Bunda o’qituvchi faqat o’quvchilar ishiga rahbarlik qilishi, eng zarur holatlardagina ularga yordam berishi, biroq hech qachon ularning o’rnini olmasligi, ular uchun murakkab muammolarni hal qilmasligi kerak. Biz 2-sinfda erta bahorda o’simliklar mavzusidagi muammoli darsni misol qilib keltiramiz. Dars tabiat qo’ynida o’tkazilgan bahorgi ekskursiyadan keyin o’tkaziladi, unda o’quvchilar kunduzi quyoshning balandligi qanday o’zgarganligini, kun uzunligining ortganligini va isishning o’simlik hamda hayvonot dunyosiga qanday ta‘sir ko’rsatayotganligini kuzatadilar. Kirish suhbati davomida o’quvchilarga erta bahorda jonli va jonsiz tabiatda sodir bo’ladigan o’zgarishlar haqida hikoya qilish taklif qilinadi. Bunda ular hiyobonda daraxtlarning yalang’och turganligini, yer chiriyotgan barglar qatlami bilan qoplanganligini, biroq ba‘zi o’simliklar (boychechak, binafsha, chuchmoma, lola va hokazolar) gullayotganini albatta aniqlaydilar. Suhbatga «Erta gullovchi o’simliklar tushunchasi kiritiladi, uning ma‘nosi ochib beriladi, keyin nima uchun sanab o’tilgan o’simliklarning erta gullovchilar deb aytilishi aniqlanadi. Endi bu o’simliklar bolalarga ekskursiyadan tanish, shunga ko’ra o’qituvchi, o’quvchilar, ularning farqiga bora olishlarini tekshirish uchun savollar beradi. Buning uchun doskaga o’simliklarning nomlari: binafsha, chuchmoma, boychechak, lola deb yozib qo’yiladi. O’quvchilar bu nomlarni o’qib, o’simlikni gerbariy yoki ko’rgazmali quroldan ko’rsatadilar va uning nomini aytadilar. Keyin sanab o’tilgan o’simliklarning har birini qarab chiqish va ta‘riflash taklif qilinadi. O’simliklarning tuzilishlari taqqoslanganda o’qituvchi muammoli o’qitish metodidan foydalanadi, nima uchun lola, boychechak, binafsha, chuchmoma erta gullaganligi aniqlanadi. O’quvchilar o’simliklar tashqi tuzilishining o’xshashligi va xilma-xilligi to’g’risida xulosalar chiqarishlari kerak. Bu bilimlar darsda yangi materialni o’rganish va qo’yilgan muammoni butunlay hal qilish uchun tayanch bo’ladi. Kirish hikoyasi oldidan topshiriqlar bajartirib, o’qituvchi o’simliklardagi o’xshashlik faqat yer usti uzvlaridagina emas, balki yer osti uzvlarida ham bo’lishini belgilaydi va o’z hikoyasini binafsha, chuchmoma, boychechak, lola ildizlarini ko’rsatish bilan tugatadi. Ikkinchi sinf o’quvchilarining yosh xususiyatlarini, ularda zarur botanik bilimlar zahirasining yo’qligini va qo’yilgan muammoning murakkabligini hisobga olib, o’qituvchi o’quvchilarga ko’rsatilgan erta gullovchi o’simliklar to’g’risida har xil mulohazalar aytishlarini taklif qiladi, e‘tiborini barcha erta gullovchi o’simliklarda yer osti qismlari yo’g’onlashgan bo’lishiga qaratadi. Yer osti qismlariga qarab chiqib va taqqoslab, bolalar boychechak va binafshada ular har xil ekanligini payqaydilar. O’qituvchi binafshaning yer osti qismini ildizpoya, boychechak va lolada — piyozbosh deb atalishini ta‘kidlab aytadi. Piyozbosh va ildizpoyada kuzda oziq moddalar to’planadi, ular o’simliklarga erta rivojlanish va gullashga yordam beradi. Keyin o’qituvchi piyozbosh bilan ildizpoyani kesadi va ularning ichki tuzilishini ko’rishni taklif qiladi. O’quvchilarning ekskursiyadagi kuzatishlariga asoslanib, o’qituvchi erta gullovchi o’simliklarni qaerda (quyosh ko’p tushadigan joylarda) ko’rganliklarini aniqlaydi. Javoblarni umumlashtirib, o’qituvchi o’quvchilarni shunday xulosaga olib keladi: erta gullovchi o’simliklarda yil davomida yer osti qismlarida oziq moddalar to’planadi, ulardan o’simliklar bahorda foydalanadi. Bahorgi o’sish jarayonini kuchayishiga bu xilda to’plangan oziq moddalar yordam beradi. O’simliklarning erta gullashini o’quvchilar oziq moddalar zahirasining bo’lishi va bahorda haroratning isishi bilan tushuntirishlari kerak. SHunday qilib, o’quv materialini muammoli bayon qilish uning isbotlanishini va zarur miqdordagi bilimlarning ongli o’zlashtirilishini ta‘minlaydi, ularga bo’ladigan qiziqishni oshiradi va bolalar tafakkurini faollashtiradi. Bundan tashqari, muammoli bayon qilish o’quvchilarga o’zlarining shaxsiy farazlarini aytib, ulardan faqat haqiqatga muvofiq keladiganlarini tanlab olishga imkon beradi, ya‘ni mantiqiy fikrlashga o’rgatadi. Yana shu narsa muhimki, muammoli bayon qilish ancha hissiyotli bo’ladi, shuning uchun ham o’rganishga qiziqishni oshiradi. Bilimlarni muammoli bayon qilish faqat yuqori sinflarda qo’llanilishi mumkin, kichik yoshdagi maktab o’quvchilariga og’irlik qiladi, degan fikrlar ham bor. Ilg’or o’qituvchilar tajribasi bunday emasligini ko’rsatadi. Shubhasiz, boshlang’ich sinflarda muammoli o’qitishning faqat elementlari bo’lishi kerak, butun dars izlanishga va qo’yilgan muammoni hal etishga bag’ishlanmasin, bu bolalarni charchatib qo’yadi, idrok qilish faolligini pasaytiradi. Muammoli o’qitish elementlari esa, aksincha, darslarda va amaliy mashg’ulotlarda ular faoliyatini faollashtiradi. Muammo qo’yilishi va uni mustaqil hal qilinishi bolalarning bilishga qiziqishini, ya‘ni ularning bilimlarni egallashga va masalalar yechishni o’rganishga bo’lgan intilishlarini rivojlantirish uchun rag’batlantirish bo’lib xizmat qiladi. Muammoni hal qilishda asosiy vaqtni amaliy ish egallaydi. CHunonchi, «O’lkamizda kuz», «Qish» (2- sinf) mavzularini o’rganishda bolalar oldiga quyidagi muammoli savollarni qo’yish mumkin: Nima uchun kuzda qushlar issiq o’lkalarga uchib ketadilar? Nima uchun ba‘zi hayvonlar qishda uxlaydi? Nima uchun kuzda sovuq tushadi? O’quvchilar oldiga u yoki bu muammoni qo’yishda ularning har bin qanchalik dars mazmunidan kelib chiqayotganini, didaktik va tarbiya maqsadlariga xizmat qilishini puxta hisoblab chiqish kerak. Bu talablarga javob bermaydigan muammolarni qo’yish darsda ko’rib chiqilayotgan masalalarning mohiyatini aniqlashga halaqit beradi. Shuningdek, o’quvchilar oldiga, ular zarur bilimlarga ega bo’lmasalar, ongli hal qilinishi uchun muammo qo’yish mumkin emas. O’qituvchi darsning har xil bosqichlarida: materialni tushuntirish vaqtida, amaliy ish, tajribalarni namoyish qilish jarayoni va hokazolarda uning mazmuniga qarab, muammoli vaziyatlar hosil qilish va muammoli savollar qo’yishi mumkin. Faqat shuni esda tutish kerakki, tabiatshunoslikni o’qitishga muammoli yondashishda yetakchi rolni o’qituvchi o’ynaydi, o’quvchilarning fikrlash mustaqilligi, amaliy va aqliy ishlari ularning bilish faoliyatiga o’qituvchi doimo izchillik bilan va mohirona rahbarlik qilganda muvaffaqiyatli rivojlanadi. Tabiatshunoslik darslarida dasturlashtirilgan o’qitish elementlari. Hozirgi vaqtda o’quvchilarning idrok qilish faoliyatlari va bilimlarini tekshirish maqsadida tabiatshunoslik darslarida har bir o’quvchining o’qishdagi mustaqilligiga va o’quv axborotlarini qabul qilish hamda qayta ishlashlarini tashkil qilishga yordam beruvchi dasturlashtirilgan o’qitish qo’llaniladi. Dasturlashtirilgan o’qitish bilimlarni egallashdagi harakatlarni kuzatib borishga, qaysi bo’g’inda uzilish bo’lganligini, o’qitish jarayoniga qanday o’zgartirishlar kiritish kerakligini aniqlashga imkon beradi. Dasturlashtirilgan o’qitish uchun: 1) o’quv materialini sinchiklab tahlil qilish, uni qat‘iy tanlash va mantiqiy izchillikda taqsimlash; 2) o’quvchilarning idrok qilish faoliyatlariga rahbarlik qilish kerak. Dasturlashtirilgan o’qitishda o’quvchilaning o’quv materialini egallashdagi mustaqilligi hamda faolligi ortib boradi: o’rgatish jarayonini individuallashtirish imkoniyati tug’iladi; o’qituvchi va o’quvchilar mehnatini takomillashtirishga yordam beruvchi o’qitishning texnika vositalari keng qo’llaniladi. Dasturlashtirilgan elementlarni tatbiq qilishda an‘anaviy o’qitishni dasturlashtirilgan o’qitishga qarama-qarshi qo’yish, yangini deb umum qabul qilingan metodlardan voz kechish kerak emas. Har ikkala yo’nalish chambarchas bog’langan bo’lishi va bir-birini to’ldirishi zarur. O’qitish sifatini oshishiga yordam beruvchi o’quvchilar bilimini faol nazorat qilishning yangi shakllarini ishlab chiqish quyi sinflardagi tabiatshunoslik darsida dasturlashtirilgan elementlardan foydalanishning boshlanishi bo’ldi, chunki muntazam nazoratning eski shakllari ko’pincha dars tuzilishini buzib, unumsiz fakt yo’qotilishiga olib kelib, o’qituvchilarda qiyinchiliklar tug’dirdi. Kontrol topshiriqlarni dasturlashtirish tamoyili o’quvchilaming og’zaki javoblarini shartli ifodalar — raqam yoki chiziq bo’laklari ko’rinishidagi javoblar bilan almashtirishdan iboratdir. Ularning afzalligi shundaki, ular o’tilgan dastur materialini har bir o’quvchi tomonidan odatdagi tekshirishdagiga qaraganda ko’p hajmda o’zlashtirish darajasini qisqa vaqt ichida aniqlashga imkon beradi. Tajriba bilimlarni hisobga olishning dasturlashtirilgan uslublari-dan tabiatshunoslik darslarida o’quvchilarning idrok qilish faoliyat-larini faollashtirish maqsadida foydalanish maqsadga muvofiqligini ko’rsatdi. Uning afzalligi yana shundaki, o’quv materialini o’z lashtirish darajasini hatto o’quvchilarning o’zlari tushuntirishdan keyin dars vaqtida yoki keyinroq tekshirishlari mumkin. Quyi sinflarda tabiatshunoslikni o’rganishdagi dasturlashtirilgan o’qitishning qo’llanilishi mumkin bo’lgan variantlarini ko’rib chiqamiz. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Nuriddinova M.I. Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi. Cho’lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent-2005. 2. Grigoryants A.G. “Tabiatshunoslikni o’qitish”. Toshkent “O’qituvchi”. 1992. 3. Grigoryants A.G. 3-sinf uchun. Tabiatshunoslikni o’qitish. Toshkent “O’qituvchi”, 1992. 4. Farberman. Ilg’or pedagogik texnologiyalar. Toshkent, 2000. 5. www.ziyonet.uz