logo

Xonanda ovozlarining jismoniy va akustik jihatlari. “Etmasmidim” asarining daromad va miyonxat qismi ijrosi ustida ishlash

Yuklangan vaqt:

10.01.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

19.6396484375 KB
Xonanda ovozlarining jismoniy va akustik jihatlari. “Etmasmidim” asarining daromad va miyonxat qismi ijrosi ustida ishlash Reja: 1. Xonanda ovozlarining jismoniy va akustik jihatlari haqidagi nazariy bilimlar shakllantiriladi. 2. Etmasmidim asarining daromad va miyonxat qismi ijrosi ustida ishlash. Nola va bezaklari ijrosi bo’yicha amaliy bilimlar mustahkamlanadi. Xonandalarning jismoniy va ovoz akustik jihatlariga birozgina oydinlik kiritamiz. Ma’lumki, asab tizimidagi shartli (ko’nikma) reflekslarga ko’ra, ovoz chiqarish uchun ishlab turadigan ichki a’zolarning barchasi bosh asab tizimiga bo’ysunadi. Shu sababli kuylash murakkab psixofiziologik jarayon hisoblanadi. Har bir xonanda nutq apparatining ishi haqida aniq tasavvurga ega bo’lishi kerak. Doimiy ravishda o’z hissiyotini tekshirib turishi, ya’ni nimani, qanday qilayotganini tushunishi kerak. Insonning ovoz apparati uchta asosiy qismdan iborat: bular o’z vazifasiga ko’ra bir-biri bilan bog’liq bo’lgan o’pka, hiqildoq va tebrantiruvchi bo’shliqlardir. O’pka to’qimasi odamning ko’krak qafasi bo’shlig’ini egallab turgan konus shaklida bo’ladi. O’pka yuz millionga yaqin alveolalardan tashkil topgan. Alveolalar juda kichkina pufakchalar shaklida bo’lib, organizmga kerakli kislorod, ular orqali to’qimalarga, karbonat angidrid gazi esa to’qimalardan alveolalarga o’tadi. Shu tariqa, gaz almashinuvi jarayoni ro’y beradi. Alveolalar bo’shlig’i sari kengayib boruvchi mayda kanallar - bronxeola, bronxlar bilan bog’langan bo’ladi. Bu kanallar esa bronxlar tizimini tashkil etadi. O’pka tarkibida bronxlar tizimidan tashqari uning arteriya va venalari mavjud. Bu qon tomirlari o’pka to’qimasining oziqlanishi va gaz almashinuvida xizmat qiladi. O’ng va chap o’pkaning bronxlari traxeyaga birikadi. Traxeyalar o’zaro o’ziga xos boylamlar bilan birikkan 18 20 ta tog’aysimon halqalardan tashkil topgan. Traxeya esa, o’z navbatida hiqildoqqa ulanadi. Tabiiyki, fiziologik gaz almashinuvi jarayoni tinch va ritmik nafas olishdir. U yurak qisqarishiga o’xshaydi, ya’ni bizning ixtiyorimizga bog’liq bo’lmagan holda avtomatik tarzda ishlaydi. Nafas jarayoni uzluksiz qaytariluvchi uchta holatdan iboratdir: nafas olish, nafas chiqarish va pauza. Nafas olish orqali alveolalar havo bilan to’ladi. Bu yerdan to’qima qon tomirlariga kislorod, to’qimalardan alveolalarga karbonat angidrid gazi o’tadi. Nafas chiqarish vaqtida esa alveolalar siqilib kerak bo’lmagan gazlar o’pkadan chiqarib tashlanadi. Pauza esa nafas olishdan oldingi tayyorgarlikdir. Hiqildoq traxeya va halqum o’rtasida joylashgan. Bu a’zo ovoz hosil bo’lishida asosiy vazifani o’taydi. U bir bo’shliq bo’lib, ichki tomondan shilliq qavat bilan qoplangan. Hiqildoqning ichida 4 ta tog’ay mavjud, ular: qalqonsimon tog’ay, halqasimon tog’ay va ikkita cho’michsimon tog’aylardir. Ular o’zaro boylamlar va mushaklar bilan birikkan. Yosh o’tgan sari, bu tog’aylarda suyaklanish jarayoni ro’y bera boshlaydi, shu bilan birga, hiqildoq mushaklari bo’shashadi, noziklashadi va kuchsizlanib boradi. Buning natijasida ovoz boylamlari kuylash vaqtida bir-biri bilan mos tushmaydi va yosh xonandalarniki kabi mustahkam turmaydi. Xonandalar ovozi qarilikda zaiflashadi. Hiqildoqning ichki nafas yo’lining davomi bo’lib tobora torayib boradi va tor teshikcha bilan tugaydi. Bu esa ovoz teshikchasi deyiladi. Ovoz teshikchasi chekka qismlarida ovoz (svyazka) boylamlari 1 va buklamlari mavjud. Ovoz boylamlari hiqildoq bo’rtmasida joylashgan bo’lib, qadoq bilan himoyalangan bo’ladi. Qadoq erkaklarda ayollarga nisbatan bo’rtib turadi. Ovoz boylamlari oq yaltiroq rangda bo’lib, hiqildoqning yon devoriga birikkan. Hiqildoqning maxsus tuzilishi sababli ovoz boylamlari o’z vazifasini keng xarakterda o’zgartira oladi. Ovoz boylamlari ishida ikki guruh mushaklar ishtirok etadi: ichki ovoz va tashqi tortuvchi. Bularning har biri muayyan vazifani bajaradi. Ovoz mushaklari ovoz boylamlarining tanasida joylashgan bo’lib, ko’krak registrida ularning uzunligi, qalinligi va kengligini o’zgartiradi. Mushaklar qisqarib ovoz teshikchasi ochiladi va yopiladi. Boylamlarni tortuvchi mushaklar bosh registr vaqtida hiqildoq mushaklari qisqarib boylamlarni tortadi va boylamlar tarangligi sustlashadi. Aralash registrlarda ikkala guruh mushaklar ishlaydi. Ovoz boylamlari uzunligining o’zgarishi sezilarsiz darajada bo’ladi, lekin bu holat kuylayotgan xonanda ovozining ikki oktava oralig’ida o’zgartira oladi. 1 ,,Boylam― — iborasini rus tilidan ,,svyazka― so‗zidan taijima sifatida olindi. Ayrim o‗zbek tilidagi manbalarda uning ma‘nosidan kelib chiqib ,,tovushlog‗ich― deb keltirilgan. Tinch holatda boylamlar orasida keng uchburchaksimon teshik hosil bo’ladi. U yerdan havo erkin o’tadi. Tovush chiqayotgan paytda esa ovoz boylamlari yopiladi. Tovush hosil bo’lishi nafas chiqarish fazasida ro’y beradi. Chin ovoz boylamlaridan yuqorida shilliq qavatning xaltasimon chuqurlashgan qismi mavjud bo’lib, ular Morgan qorinchalari deyiladi. Morgan qorinchalarining yuqori qirralari soxta (falset) ovoz boylamlarini hosil qiladi. Kuylash vaqtida pastki tovushlarda ular kengayadi. Yuqorigi tovushlarda esa pasayadi. Ular o’rtasida ovoz teshikchasiga o’xshash teshikcha mavjud. Chin va soxta ovoz boylamlarining birikkan umumiy qismi nafas olish va ovoz hosil bo’lish vaqtida soxta boylamlarning chin boylamlarga o’xshab harakat qilishida ishtirok etadi.Lekin ular o’rtasidagi masofa taxminan 6 7 mm ni tashkil etadi. Shuning uchun ham og’iz bo’shlig’ida chin ovoz boylamlarini ko’rish qiyin kechmaydi. Uchburchak shakldagi tog’aysimon plastinka taom mahsulotlarining nafas olish vaqtida hiqildoqqa tushishidan himoya qiladi. Tebrantiruvchilar (rezonatorlar) ovozni kuchaytirish uchun xizmat qiladi. Akustikada tebrantiruvchi deb mustahkam devorda tugagan havo hajmi tushuniladi. Odamda ular suyakli tog’aysimon yoki mushakli yumshoq bo’lishi mumkin. Tebrantiruvchilarning hajmi va shakli ovoz kuchiga va tembriga ta’sir etadi. Tebrantiruvchining tabiiy hajmi har bir xonanda uchun o’ziga xos bo’ladi. Tebrantiruvchining o’lchovi qanchalik kichik bo’lsa ovozning ingichkaligi shuncha ortadi, va aksincha qanchalik katta bo’lsa, ovozning yo’g’onligi shuncha ortadi. Insonlarning ovoz chiqaruvchi a’zolari tuzilishi ba’zi holatlarda istalgan musiqiy asbobdan mukammalroqdir. Odam ovozida ikkita tebrantiruvchi: yuqori va pastki tebrantiruvchilar mavjud bo’lib, musiqiy sozlarda esa faqat bittagina, u ham bo’lsa, o’sha cholg’u sozining korpusidir. Yuqori tebrantiruvchilarni yana bosh tebrantiruvchilar ham deyishadi, ya’ni ular boshning yuz qismida, tanglaydan yuqorida joylashgan. Pastki tebrantiruvchilar esa ko’krak tebrantiruvchilari deyiladi. Bu ikkala tebrantiruvchilarni hiqildoq birlashtiradi. U esa, o’z navbatida, ham tebrantiruvchi, ham o’ziga xos boshqaruvchi vazifasini bajaradi. Yuqori tebrantiruvchilar tarkibiga quyidagilar kiradi: halqum, og’iz va burun bo’shliqlari. Burun halqum bo’shlig’i hamda burunning yon bo’shliqlari, ya’ni peshona va goymobo’shliqlaridir. Pastki tebrantiruvchilarga traxeya va yirik bronxlar kiradi. Qolgan barcha tebrantiruvchilar tovushni kuchaytirishda deyarli hech qanday ahamiyatga ega emas. Ular tashqaridagi havo bilan bog’liq emas va eshituvchilarning qulog’iga yetib bormaydi. Shunday ekan ovoz yangrashida qolgan tebrantiruvchilarning vazifasi qanday? Ularda bosh va ko’krak tebranishi namoyon bo’ladi, ya’ni xonandalarning muhim sezgilari bo’lgan o’z ovozi haqida fikr yurita olish imkonini beradi. Bosh tebrantiruvchilar burun, halqum bo’shlig’idan boshqa bo’shliqlar hajmini va tebrantiruvchilik faoliyatini o’zgartira olish xususiyatiga ega emas. Ular havoni ma’lum bir hajmda saqlaydi. Shuning uchun faqatgina ovozning yuqori tovush obertonlarini tebrata oladi. Bundan shuni tushunish mumkinki, kuylayotgan vaqtda ovoz tembri yuqori chastotali obertonlarga boy bo’lgandagina yuz qismidagi tebrantiruvchilar faoliyati yaqqol ko’rinadi. Og’iz halqum yo’llari orqali tovush o’tayotgan vaqtda uning energiyasining katta qismi yuz skeletining qattiq to’qimalari orqali ovoz tebrantiruvchilariga uzatiladi. Shu bilan birga, u yerdagi havoni tebratadi va tebranish holatini keltirib chiqaradi. Bosh tebrantiruvchilarida to’plangan energiya havo yo’llari orqali tashqariga chiqish imkoni bo’lmagani uchun tebrantiruvchilar devorning titrashini keltirib chiqaradi. Mana shu tebranishlarni xonanda tebrantiruvchiga tushgan tovush sifatida qabul qiladi. Bosh tebrantiruvchidagi tebranma holati ovoz vazifasining eng muhim kuchaytiruvchisidir. Demak, tovush bosh tebrantiruvchiga tushishi xonanda uchun kuylash vaqtida qulay sharoit yaratib beradi. ―Falset - italyancha falsetto - so’zidan olingan bo’lib, yolg’on ma’nosini anglatadi. Bu yolg’on ovoz yoki yuqori registrlarda g’ing’illash deganidir. Ba’zida uni «bosh» registr yoki «fistula» deb ham atashadi. Ma’lumki, inson qulog’ining eshitish chastotasi 16 gersdan 20000 gersgacha bo’lgan tebranishlarni qabul qiladi. So’zlashish va kuylash vaqtidagi tovush balandligi eshitish diapazonining bir qismini egallaydi. Inson ovozi 74 gersdan 1056 1057 gersgacha bo’ladi. Odam ovozining balandligi ovoz boylamlarining tebranish chastotasiga bog’liqdir. Ovoz boylamlari qanchalik kalta va ingichka bo’lsa, kuchlanishi, tebranishlar chastotasi, hamda hiqildoq teshigidan o’tuvchi havoning tezligi katta bo’ladi. Bu holda ovoz balandligi oshadi yoki aksincha. Inson ovozining kuchi va boylamlari tebranishlar oralig’i orqali hosil bo’ladi. Tebranishlar oralig’i qanchalik keng bo’lsa, ovoz yangrashi shunchalik kuchli bo’ladi. Tebranishlar oralig’i ovoz mushaklarining qisqarish kuchiga va nafas olishga bog’liq holda hosil bo’ladi. Bundan tashqari, ovoz kuchiga tebrantiruvchi bo’shliqlarning holati ham ta’sir etadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1 .Begimatov S. Mamirov Q., Mansurov A., Karimova D, Ro’ziyev I. Musiqa 6-sinf uchun darslik. G’.Gulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti. Toshkent 2001-yil 2.Jabborov A. Musiqiu drama va komediya janrlari. O’zbekiston kompozitorlarining ijodiyotida. Toshkent. 2000-yil.. 3.Ismoilova.M. E. Xalq qo’shiqlari vositasida o’quvchilarning ma’naviy ahloqiy fazilatlarini shakillantirish. Toshkent “Istiqlol” 2000-yil. 4 .Ismoilova M. Vokal o’qitish metodikasi. Oliy va o’rta maxsus musiqiy ta’lim talablati uchun o’quv uslubiy qo’llanma.Toshkent ”Musiqa” nashriyoti.2011yil. -61 bet. 5 .Ismoilova M.E. Bayramjonim-bayramjon. Umumiy o`rta ta’lim maktab o`quvchilari uchun o`quv qo`llanma. Toshkent, “Musiqa” 2016 yil –232 bet. 6. Ibrohimov.O. J. Sadoqov. 7-sinf uchun darslik. G’.Gulom nomidagi manbaa ijodiy uyi. Toshkent 2004-yil. 7.Mansurov A., Hakimova D. Musiqa 5-sinf uchun darslik G’.Gulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti. Toshkent 2001-yil. 8. Hasanboyeva O. Hasanboyev.J, H.Hamidov. Pedagogika tarixi. Toshkent 2004-yil. 9. Rizayeva M, Yosh xonandaning kamoloti. Toshkent “Cho’lpon”2003-yil.